Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1069-1077
TEMIR YO'L STANSIYASI YO'LLARIDA HARAKAT TARKIBINI MAHKAMLASH VOSITALARINING MAQBUL TURINI ANIQLASH
Ma'ruf Murodulla o'g'li Po'latov
Toshkent davlat transport universiteti assistenti [email protected]
Saidjon Yuldashbay o'g'li Xudayberganov
Toshkent davlat transport universiteti magistrant said. xudayber ganov98.mail.ru
Kamola Nuriddin qizi Mustafayeva
Toshkent davlat transport universiteti talabasi kamolamustafayeva08@ gmail. com
Tohirbek Sahobiddin-o'g'li Soliyev
Toshkent davlat transport universiteti talabasi tohirbeksoliyev88 @ gmail .com
ANNOTATSIYA
Vagonlarni eng keng tarqalgan va oddiy mahkamlash usuli to'xtab turgan vagon g'ildiraklari ostiga qo„l tormoz boshmoqlarini qo'yishdan iborat. Ushbu maqolada "Rossiya temir yo'llari" OAJ stansiya yo'llarida qo'llanilayotgan harakat tarkibini mahkamlash texnik vositasi - UTS-380 bilan tormoz boshmoqlarini taqqoslash natijasida harakat tarkibini mahkamlash vositalarining maqbul turini aniqlash uslubiyati ko'rsatilgan.
Kalit so'zlar: qo„l tormoz boshmoqlari, harakat tarkibini mahkamlash, UTS-380, oraliq stansiyasi, manyovr ishlari, turib qolish vaqti davomiyligi.
DETERMINATION OF ACCEPTABLE TYPES OF TRAFFIC STRENGTHENING MEASURES ON RAILWAY STATION ROADS
ABSTRACT
The easiest way to secure the cars, which received the dominant spread, is laying under the wheels of a standing wagon of hand brake shoes. In this article,
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1069-1077
based on the comparison of advantages and disadvantages of a mechanized technical tool for securing rolling stock on station tracks - UTS-380 (stop brake stationary type) used on the Russian railways and brake shoes, the method for selecting the rational type of means for securing the rolling stock is shown.
Keywords: handbrake shoes, rolling stock fastening, UTS-380, intermediate station, shunting operations, downtime.
KIRISH
Temir yo'l transportida poyezdlar harakati xavfsizligini ta'minlashga doir masalalarning asosiylaridan biri stansiya yo'llaridagi poyezd tarkibining o'z-o'zidan harakatlanishi natijasida stansiyadan chiqib ketishi oldini olish uchun tarkibni ishonchli mahkamlashdan iboratdir. Bugungi kunda stansiya yo'llarida harakat tarkibini mahkamlash uchun yetarlicha ko'p turdagi takomillashtirilgan texnik vositalar mavjud va ularning qo'llanish joylarini asoslash bo'yicha uslublar ishlab chiqilgan.
Bu kabi texnik vositalardan keng tarqalgani bu tormoz boshmoqlaridir. Tormoz boshmoqlari (vagonlarni to'xtatish uchun temir yo'l iziga qo'yiladigan ponasimon moslama) lokomotivsiz qolgan harakat tarkiblarini stansiya yo'llarida vaqtinchalik saqlash, ularning o'z-o'zidan harakatga kelishini oldini olish maqsadida ishlatiladi. "O'zbekiston Respublikasi temir yo'laridan texnikaviy foydalanish qoidalari"ning 204-bandiga muvofiq, stansiya yo'llaridagi harakat tarkibi chegara ustunchalari bilan belgilangan chegara ichida joylashtirilishi lozim [1]. Stansiya yo'llarida lokomotivsiz turgan poyezd tarkiblari, vagonlar va maxsus harakat tarkiblari o'z-o'zidan ketib qolishidan tormoz boshmoqlari, qo'l tormozlari yoki AJ tomonidan belgilangan boshqa mahkamlash vositalari bilan ishonchli mahkamlanishi lozim. Bugungi kunda "O'zbekiston temir yo'llari" AJda asosan "tormoz boshmoqlari"dan foydalaniladi.
Bu kabi tormoz boshmoqlarini not o'g'ri mahkamlanishi yoki yetarlicha talab qilingan miqdorda qo'yilmasligi oqibatida temir yo'l tarmog'ida bir qancha muammolar yuzaga kelmoqda. Statistik ma'lumotlarga ko'ra aynan mana shu tormoz boshmoqlari bilan bog'liq muammolar oqibatida temir yo'l transportiga sezilarli miqdorida zarar yetkazilgan. Bu esa harakat xavfsizligini ta'minlashda muammolar mavjudligini, bu kabi muammolarni bartaraf etishda yangi texnologiyalarni joriy qilishni talab etadi.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1069-1077
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Temir yo'llarda harakat tarkibini mahkamlashda qo'l qurilmalariga nisbatan mexanizatsiyalashgan qurilmalar anchagina samarali. Ulardan foydalanish katta iqtisodiy va ijtimoiy samara ko'rsatadi. Bu kabi qurilmalar mahkamlash ishlarining ishonchliligini, mahalliy va masofadan boshqaruvni tashkil etish imkoniyatini, nisbatan past narxlarda va yo'llarga o'rnatishning soddaligini ta'minlab berishi kerak [2]. Rossiya temir yo'llarida stansiyalarda harakat tarkibini mahkamlash uchun asosiy turdagi qurilmalar sifatida UTS-380 qo'zg'almas tormoz tayanchi qabul qilingan.
Bugungi kunda temir yo'l stansiyalari ishini jadallashtirish va yo'qilg'i sarfini optimallashtirishga doir bir qancha tadqiqotlar olib borilgan [3-16]. Ammo, ushbu tadqiqotlarda stansiya yo'llarida harakat tarkibini mahkamlash qo'llanilayotgan tormoz boshmoqlarini texnik vosita - UTS-380 ga almashtirishning samaradorligini aniqlash yetarlicha bayon etilmagan.
O'zbekiston Repsublikasi temir yo'llarida poyezdlar harakati va manyovr ishlari bo'yicha Yo'riqnomaning 11-bobida bayon etilgan talablarga muvofiq vagonlar stansiya yo'llarida mahkamlanganida quyidagi eng kam me'yorlarga tayanish zarur [17]:
1. Gorizontal va nishabligi 0,0005 gacha bo'lgan yo'llarda istalgan sondagi vagonlarni (harakat tarkibi, vagonlar guruhi yoki yakka vagonni) ikki tomondan mahkamlash uchun bittadan tormoz boshmog'i. Relslarning sathini moy kuchli qoplagan stansiya yo'llarida (suyuq yuklarni ortish, sisternalarni tozalash va yuvish va h.z. yo'llarida) mahkamlash me'yorlari 1,5 marta oshiriladi.
2. Nishabligi 0,0005 dan katta bo'lgan yo'llarda mahkamlanish me'yorlari quyidagi hisob formulalari bo'yicha aniqlanadi:
2.1. Yakka vagonlar, shuningdek, og'irligi (brutto) bo'yicha bir turdagi harakat tarkibidan tashkil topgan tarkib yoki guruhlar: ularning turidan qat'iy nazar yuklangan yoki bo'sh yuk vagonlar, motorvagon harakat takribini o'z ichiga oluvchi yo'lovchi park vagonlari; refrijerator vagonlar, guruhda (seksiyada) barcha vagonlar ortilgan yoki bo'sh (shu jumladan mashina bo'limi bilan bo'sh seksiya) bo'lish sharti bilan; ish faoliyatida bo'lmagan lokomotivlar yig'masi;
2.2. Aralash (og'irligi bo'yicha har turli) yuklangan va bo'sh vagonlardan yoki turli og'irlikdagi yuklangan vagonlardan (tormoz boshmoqlari o'qlarga yuklamasi 15 t (brutto) dan kam bo'lmagan vagonlar ostiga qo'yillishi, bunday vagonlar bo'lmagan taqdirda - o'qlar yuklamasi kamroq bo'lgan, lekin mahkamlanayotgan guruh uchun
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1069-1077
eng maksimal bo'lgan vagonlar ostiga qo'yillishi sharti bilan) tashkil topgan tarkib va guruhlar mahkamlanganda.
Ushbu 2.1 va 2.2 bandlarida ko'rsatilgan shartlar bajarilganda (1) formula qo'llaniladi [17]:
K = n (1,5 • i + 1) / 200 (1)
bunda: K - tormoz boshmoqlarining zaruriy miqdori;
n - tarkibdagi (guruhdagi) o'qlar soni;
i - yo'l yoki yo'l bo'lagi nishabligining mingliklardagi o'rtacha kattaligi;
(1,5 i +1) - har 200 o'qqa tormoz boshmoqlari miqdori;
Og'irligi bo'yicha har turli vagonlardan tashkil topgan tarkiblar yoki guruhlarning mahkamlanishida, agar tormoz boshmoqlari bo'sh vagonlar ostiga, o'qlarga yuklamasi 15 t (brutto) dan kam bo'lgan vagonlar (guruhdagi eng og'ir bo'lmagan vagonlar) ostiga yoki o'qlarga yuklamasi noma'lum bo'lgan vagonlar ostiga qo'yilganda, (2) formula qo'llaniladi [17]:
K = n (4 • i + 1) / 200 (2)
bunda: (4 i+1) - har 200 o'qqa tormoz boshmoqlari miqdori;
Ushbu formulalar bo'yicha hisoblangan mahkamlanish me'yorlari stansiya texnikaviy-boshqaruv aktida ko'rsatiladi.
Tormoz boshmoqlarining zaruriy miqdori "O'TY" AJ tomonidan tasdiqlangan mahkamlanish me'yorlarini hisoblashning avtomatik tizimlaridan foydalanib aniqlanishi mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ stansiya yo'llarida ham tarkibni mahkamlash uchun UTS-380 tormozlash qurilmasini tatbiq qilish masalalari ko'rib chiqilmoqda. Me'yoriy hujjatlarga belgilangan talablarga asosan stansiya yo'llaridagi harakat tarkiblarini mahkamlashda talab etiladigan tormoz boshmoqlari soni yo'l nishabligiga, tarkibdagi o'qlar soniga va turiga bog'liq. UTS-380 qo'zg'almas tormoz tayanchlari har bir yo'lning ikki tomonida bir komplektdan o'rnatiladi (1-2 rasmlar).
1-2-rasmlardan ko'rinib turganidek stansiya yo'llari nishabligi qancha katta bo'lsa shuncha ko'p tormoz boshmoqlari talab qilinadi. Bu o'z navbatida vagonlarni mahkamlashga sarflanadigan vaqt miqdorini oshishiga sabab bo'ladi. Quyida tarkib o'qlari soni va yo'l nishabligiga bog'liq bo'lgan holat uchun vagonlarni mahkamlashga ketadigan vaqt me'yorini ko'rib chiqamiz (3-4-rasmlar).
Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki mexanizatsiyalashgan qurilmalar poyezd
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1069-1077
tarkibini mahkamlashda qo'l qurilmalariga nisbatan ancha kam vaqt talab qiladi. Stansiya yo'llari nishabligi 1%o dan oshmagan hollarda tormoz boshmoqlaridan foydalangan samaraliroq, ammo nishablik va tarkib o'qlari soni oshib borishi bilan qo'zg'almas tormoz tayanchining samaradorligi ortib boradi.
1-rasm. Stansiya yo'llarida yuklangan vagonlarni mahkamlash uchun kerakli moslamalar sonini
aniqlash grafigi.
2-rasm. Stansiya yo'llarida bo'sh vagonlarni mahkamlash uchun kerakli moslamalar sonini aniqlash
grafigi.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1069-1077
3-rasm. Stansiya yo'llarida yuklangan vagonlarni mahkamlash uchun sarflanadigan vaqt me'yori grafigi.
4-rasm. Stansiya yo'llarida bo'sh vagonlarni mahkamlash uchun sarflanadigan vaqt me'yori grafigi.
Harakat tarkibini mahkamlovchi qo'l boshmoqlarini UTS-380 rusumli mexanizatsiyalashgan vositaga almashtirish mumkin bo'lgan ob'ektlarni texnik-iqtisodiy asoslashni oraliq stansiyasi misolida ko'rib chiqamiz. Oraliq
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1069-1077
stansiyalaridagi asosiy ish terma poyezdlar bilan ishlashdir. Terma poyezd deb temir yo'l uchastkasining orasida joylashgan stansiyalarga xizmat k o'rsatuvchi poyezdga aytiladi. Uchastka bo'ylab harakatlanish mobaynida ushbu poyezd oraliq stansiyalarida yukdan bo'shagan va ortilgan vagonlarni yig'ib chiqadi va ularni o'rniga shu stansiyalarda yuk ortish-tushirish ishlari mo'ljallangan vagonlarni tarqatadi.
XULOSA
Terma poyezdning oraliq stansiyasida turib qolish umumiy vaqti davomiyligi tormoz boshmoqlari ishlatilganda 39,48 daqiqa bo'lsa, UTS-380 rusumli mexanizatsiyalashgan vositasi qo'llanilganda bu vaqt 34,02 daqiqani tashkil etadi. Umumiy natija 5,46 daqiqaga (0,09 soatga) kamayishiga olib keldi. 2021 yilda bir vagon-soat xarajatlar stavkasi 973 so'm va o'rganilayotgan stansiyada terma poyezd tarkibidagi kutadigan vagonlarning soni 53 taligini inobatga olinsa, o'rganilayotgan stansiya vagonning turib qolishidan bir tarkibdan 53*973*0,09 = 4641 s o'm tejaydi, bu poyezd ushbu stansiyaga juft yo'nalishda kelganida yana shuncha tejam bo'ladi deb hisoblanganda jami 9282 so'm tejaladi. Poyezd lokomotivlarining lokomotiv-soatlaridan (bir lokomotiv-soat xarajatlar stavkasi 218913 so'm) 218913*0,09 = 19702 so'm tejaydi, bu poyezd ushbu stansiyaga juft yo'nalishda kelganida yana shuncha tejam bo'ladi deb hisoblanganda jami 39404 so'm tejaladi. Poyezd brigadalarining brigada-soatlaridan (bir brigada-soat xarajatlar stavkasi 157585 so'm) 157585*0,09 = 14182 so'm tejaydi, bu poyezd ushbu stansiyaga juft yo'nalishda kelganida yana shuncha tejam bo'ladi deb hisoblanganda jami 28364 so'm tejaladi. Poyezd lokomotivlarining yoqilg'i sarfidan (bir kg yoqilg'i 9650 so'm va bir soatda o'rtacha 13 kg sarflanadi) 9650*13*0,09 = 11290 so'm tejaydi, bu poyezd ushbu stansiyaga juft yo'nalishda kelganida yana shuncha tejam bo'ladi deb hisoblanganda jami 22580 so'm tejaladi. Harakat tarkibini mahkamlovchi qo'l boshmoqlarini UTS-380 rusumli mexanizatsiyalashgan vositaga almashtirish natijasida bir sutkada bir juft tarkibdan umumiy tejam 99630 so'mni tashkil etadi. Bir oyda 2988900 so'm, bir yilda 35866800 so'm tejaladi. UTS-380 rusumli mexanizatsiyalashgan vositaning narxi 298540 rubl (https://synapsenet.ru/zakupki/fz223/31806241886%231 --buryatiya-resp-postavka-upora-tormoznogo-stacionarnogo-uts380) yoki Markaziy bank kursi (15.10.2021 holatiga ko'ra 151 so'm = 1 rubl) bo'yicha 45079540 so'mni tashkil etadi. Demak, 1,3 yilda o'zini oqlaydi.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1069-1077
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi temir yo'llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari. Т.: O'zdavtemiryo'lnazorat, 2013 - 93 b.
2. Технология заграждения станционных путей от самопроизвольного выхода с централизованных ж.д. путей подвижного состава с использованием сбрасывающих башмаков с дистанционным управлением. М.: Департамент управления перевозками ОАО «РЖД», 2003 - 12 с.
3. Суюнбаев Ш.М. Оперативное планирование эксплуатационной работы в условиях организации движения грузовых поездов по твердому графику / Известия Петербургского университета путей сообщения. - Санкт-Петербург: ФГБОУ ВО ПГУПС, 2010. - №3(24). - С. 15-24.
4. S.K. Khudayberganov, Sh.M. Suyunbayev, Sh.B. Jumayev. Results of application of the methods "Sologub" and Combinator sorting in the process of forming multi-group trains at the sorting station // Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers, 15 (4), 62-72.
5. S.K. Khudayberganov, Sh.M. Suyunbayev, A.M. Bashirova, Sh.B. Jumayev. Results of application of the methods "Conditional group sorting" and "Combinatorial sorting" duringthe multi-group trains formation // Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers, 16 (1), 89-95.
6. Dilmurod Butunov Baxodirovich, Sokijon Khudayberganov Kobiljonovich, Shinpolat Suyunbaev Mansuralievich. Modeling of unproductive losses in the operation of a sorting station / European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 2020, Volume 7, Issue 2, Pages 277-290, (https://ejmcm.com/article_2070.html).
7. Суюнбаев Ш.М., Саъдуллаев Б.А. Формирование многогруппных составов на двустороннем сортировочном устройстве / Universum: технические науки (электронный научный журнал). - Российская Федерация: ООО «МЦНО», 2020. - №9 (78). - С. 5-7.
8. Суюнбаев Ш.М., Жумаев Ш.Б., Ахмедова М.Д. Процесс расформирования и формирования многогруппного поезда на железных дорогах АО «Узбекистан темир йуллари» // Транспорт шёлкового пути. - 2020. - №3.- С. 30-38.
9. Жумаев Ш.Б. Исследование среднего состава грузовых поездов при отправлении их с повышенной нормой состава в условиях твердого графика / Ш.Б. Жумаев // Международная студенческая научно -практическая конференция «Инфраструктура и эксплуатация наземного транспорта»: сб.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1069-1077
науч. трудов / Научно-издательский центр «XXI век» - Н. Новгород.: филиал СамГУПС в г. Н. Новгороде, 2019. - С. 178-180.
10. Суюнбаев Ш.М., Жумаев Ш.Б., Буриев Ш.Х., Туропов А.А. Темир йул участкаларида мах,аллий вагонлар окимини турли тоифадаги поездлар билан ташкил этиш усулларини техник-иктисодий бах,олаш / Academic Research in Educational Sciences (ARES), Vol. 2, Issue 6 (2021), (Scientific Journal Impact Factor; №23). https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-6-492-508
11. Suyunbayev Sh.M., Khudayberganov S.K., Svetashev A.A., Jumayev Sh.B., Mikhayeva D.B., Olimov A.R. The method of determining minimum necessary number of sorting tracks depending on length of a group of wagons // Geintec-gestao magazine innovation and technologies, Volume-11, Issue 2, April 2021. - p. 19411960. https://doi.org/10.47059/revistageintec.v11i2.1810
12. Suyunbayev Sh.M., Jumayev Sh.B., Khusenov U.U., Nazirov N.N. The improvement decision method of decision on the choice of delivery of wagons to the defined station on the basis of information technologies // International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology (IJARSET) - 2021. -Vol. 8, №2. - pp. 16760-16770.
13. Suyunbayev, Sh.M. and Butunov, D.B. (2019) "Development of classification of the reasons of losses in the work sorting stations" Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers: Vol. 15: Iss. 2, Article 23. Available at: (https://uzjournals.edu.uz/tashiit/vol15/iss2/23).
14. Aripov N., Suyunbaev S., Azizov F., Bashirova A. Method for substantiating the spheres of application of shunting locomotives at sorting stations // E3S Web of Conferences, 2021, 264, 05048. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202126405048.
15. Sherzod Jumayev, Sakijan Khudayberganov, Oybek Achilov, Munira Allamuratova. Assessment criteria for optimization of parameters affecting to local wagon-flows at railway sites / E3S Web of Conferences, Vol.264, 05022 (2021). (Scopus) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202126405022.
16. Суюнбаев Ш.М., Саъдуллаев Б.А. Выбор рационального варианта организации маневровой работы на станции // Материалы конференции «Приоритетные направления инновационной деятельности в промышленности». - Казань.: ООО «Конверт», 2020. - С. 183-186.
17. O'zbekiston Respublikasi temir yo'llarida poyezdlar harakati va manyovr ishlari bo'yicha yo'riqnoma. Т.: O'zdavtemiryo'lnazorat, 2015 - 152 b.