Научная статья на тему 'BO'LAJAK PEDAGOGLARNI O'QUVCHILARDA BILIM KO`NIKMA VA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

BO'LAJAK PEDAGOGLARNI O'QUVCHILARDA BILIM KO`NIKMA VA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
36
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bo'lajak pedagoglar / innavatsion texnalogiyalar / zamonaviy dunyoqarash / ilmiy-nazariy qarashlar / uzluksiz ta’lim / individual sifatlar / barkamol inson / ta’lim standartlari / fuqarolik jamiyatini / ilmiy-metodik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — I.I. Tuychiyeva

Ushbu maqolada bugungi kunda o’quvchilarida bilim ko’nikmalarni rivojlantirish va maqsadlarni belgilashning asosiy yo’nalishlaridan biri bu bo'lajak pedagoglarni o'quvchilarda bilim ko'nikmalarni va malakalarini shakllantirish, bu pedagoglarni boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Ta’lim sifatini va samaradorligini takomillashtirish, ularning fanlar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha ko‘plab dasturlar ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi fikr mulohazalar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO'LAJAK PEDAGOGLARNI O'QUVCHILARDA BILIM KO`NIKMA VA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BO'LAJAK PEDAGOGLARNI O'QUVCHILARDA BILIM KONIKMA VA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH I.I. Tuychiyeva

FarDU pedagogika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dotsent

https://doi.org/10.5281/zenodo.11061305

Annotasiya. Ushbu maqolada bugungi kunda o'quvchilarida bilim ko'nikmalarni rivojlantirish va maqsadlarni belgilashningasosiyyo'nalishlaridan biri bu bo'lajak pedagoglarni o'quvchilarda bilim ko'nikmalarni va malakalarini shakllantirish, bu pedagoglarni boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Ta'lim sifatini va samaradorligini takomillashtirish, ularning fanlar bo'yicha amaliy ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha ko'plab dasturlar ustuvor vazifalar to'g'risidagi fikr mulohazalar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: bo'lajakpedagoglar, innavatsion texnalogiyalar, zamonaviy dunyoqarash, ilmiy-nazariy qarashlar, uzluksiz ta'lim, individual sifatlar, barkamol inson, ta'lim standartlari, fuqarolikjamiyatini, ilmiy-metodik.

Аннотация. В данной статье одной из основных задач будущих педагогов в современном обществе сегодня является высокая профессиональная компетентность и интеллектуальный потенциал, лояльность, идейная убежденность и любовь к своей профессии. Это отличает педагогов от других профессий. Было высказано множество программ по повышению качества и эффективности образования, формированию практических навыков по предметам, мнения по приоритетным задачам.

Ключевые слова: будущие педагоги, новые разработки, современное мировоззрение, научно-теоретические взгляды, непрерывное образование, индивидуальные качества, всесторонне развитая личность, образовательные стандарты, гражданское общество, научно-методология.

Abstract. In this article, one of the main tasks of future pedagogues in modern society today is high professional competence and intellectual potential, loyalty, ideological conviction, and love for their profession. This distinguishes educators from other professions. Many programs on improving the quality and efficiency of education, forming their practical skills in subjects, and opinions on the priority tasks were expressed.

Keywords: future pedagogues, new development, modern outlook, scientific-theoretical views, continuous education, individual qualities, well-rounded person, educational standards, civil society, scientific-methodology.

Mamlakatimizda oliy ta'lim tizimini modernizatsiyalash hamda rivojlangan mamlakatlar ta'lim standartlari talablariga har tomonlama javob beradigan raqobatbardosh, kreativ fikrlovchi mutaxassiskadrlarni tayyorlashga qaratilgan o'qitish jarayonini takomillashtirish zaruratini yuzaga kelmoqda. Oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli yo'nalishlarini aniqlash, ayniqsa, oliy ta'lim tizimida o'quvtarbiya jarayonini sifatli tashkil etish dolzarb hisoblanadi. 2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida oliy ta'lim sifatini oshirish va olim ta'lim qamrovini kengaytirish, davlat oliy ta'lim muassasalariga akademik va moliyaviy mustaqillik berish, salohiyatli oliy ta'lim muassasasini QS va TNE xalqaro reytinglariga kiritish, erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga o'qishga yuborish ko'lamini ikki baravarga oshirish kabi muhim vazifalar belgilangan. Bo'lajak pedagog mutaxassislarni zamon talablari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

asosida aqliy, axloqiy, intellektual, estetik va jismoniy jihatdan komil inson sifatida tarbiyalash "Pedagogika va psixologiya fanlarini o'qitish metodikasi" fanining ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Bo'lajak pedagog-o'qituvchilarni o'z mutaxassisliklari bo'yicha ta'lim muassasalarida fan asoslarni yangi pedagogic texologiyalar asosida o'qitishga tashkil etishga tayyorlash, ularni oily o'quv yurtida butun o'qish davrida kompleks ravishda amalga oshirilishi lozim. Pedagogik, psixologik , falsafiy, sotsial va uslubiy metodik hamda ta'limning texnika vositalari va axborot texnologiyalariga doir bilimlarni ularga tegishli fanlarni o'rganish jarayonida oladilar, umumiy ko'nikma va malakalarni laborotoriya-seminar mashg'ulotlarda, maktabda pedagogik amaliyot o'tash davrida egallaydilar. Pedagogik profildagi fakultetlar o'quv rejalariga kiritilgan "Yangi pedagogik texnologiyalar" fani bo'lajak pedagoglarga o'qish o'qitish jarayoniga texnologik yondoshuvni amalga oshirish b'yicha maxsus bilim va ko'nikmalarni berishi zarur. Bizning mamlakatamizda pedagogik innovatsiyaning rivojlanish keng jamoatchi- pedagoglar harakati maktabning tez rivojlanishiga bo'lgan talab va uni pedagoglar amalga oshira bilmasliklari o'rtasidagi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar bilan bogliq. Yangiliklarni qo'llash umumyligi kengaydi. Shu sababli yangi bilimlarga bo'lgan talab, yangi "yangilik", "yangi innovatsiya", "innovatsion jarayon" tushunchalarini anglash talabi keskinlashdi.

"Innovatsiya" so'zi ingliz tilidan kelib chiqqan, uning tarjimasi "yangilash", "o'zgartirish", "yangilik kiritish" degan ma'nolarni bildiradi. Bizning adabiyotlarimizda innovatsiya muammolari ko'p vaqtgacha iqtisodiy tadqiqotlar tizimida o'rganilib kelinmoqda. Ammo vaqt o'tishi bilan jamiyat hayoti faoliyatining hamma sohalarida innovatsion o'zgarishlar sifat xarakteristkalarini baholash muammosi yuzaga keladi, ammo o'zgarishlarni faqatgina iqtisodiynazariyalar bilan aniqlab bo'lmaydi. Innavatsion jarayonlarni o'rganish uchun boshqa yo'llar zarur, unda innovatsion tahlil faqatgina. Fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlaridan foydalanishnigina o'z ichiga olmay, balki boshqarish, ta'lim, huquq va boshqa sohalarni ham qamrab oladi. Innovatsion pedagogik muammolarini yechilishini izlash ta'lim sohasida innovatsion jarayonlar borishi xususiyatlari, mazmuni, tarkibi va klassifikatsiyasini tekshirish natijalarini tahlil (analiz) qilish bilan bog'liq. "Innovatsiya" tushunchasi birinchi marta XIX asrda madaniyatshunoslar o'rganishlarida paydo bo'ldi va bir madaniyat elementlarini boshqasiga joriy qilish ma'nosini bildirgan. Uning bu ma'nosi hozirgacha etaografiyada saqlanib qolgan.

XX asr boshlarida yangi bilim sohasi yangiliklarni kiritish, qollash yuzaga keldi. U mahsulot ishlab chiqarish sohasida texnik yangiliklarni kiritish qonuniyatlarini o'rgana boshladi. Yangiliklarni kiritish haqidagi fan-innovatika-firmalarning yani reja, xizmatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish faoliyatiga talablari keskin oshib borishiaks ettirilgan holda paydo bo'ladi. 30 yillarda AQSHda "firma innovatsion siyosati", "innovatsion jarayon" atamalari paydo bo'ldi. 60-70 yillarda g'arbda firmalar va boshqa korxonalar amalga oshirilayotgan yangiliklarni emperik tekshirishlar keng quloch yoyadi. Shu bilan birga diqqat ikki asosiy tekshirishlar sohasiga qaratiladi, ularning har birida o'z nazariy- metedologik madaniyati ustun turadi. O'rta Osiyoning mutaffakir allomalaridan Bahoviddin Naqshband, al-Kindiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Husayn Voiz Koshifiy, Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbuddiy, Abdurauf Abdurahimboy o'g'li Fitrat, Hamza Hakimzoda, Asqar Zunnunov Abdulhamid Cho'lpon va boshqa mashhur qomusiy olimlar ta'lim tarbiya va madaniyatning rivojlanishining tengi yo'q vakillari hisoblanadi. Hozirgi zamon o'qituvchising asosiy fazilatlaridan biri o'z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi, o'z kasbini sevishi, bu kasbga bo'lgan cheksiz sadoqat o'qituvchining boshqa kasb

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

egalaridan ajralib turadi. Chunki maktabda ta'lim tarbiya ishining yuqori saviyada olib borilishi faqat o'qituvchiga, uning kasbiy tayyorgarligiga bog'liq. O'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablardan birishuki, u o'zi o'qitayotgan predmetlarni chuqur bilishi, uning metodikasini o'zlashtirib olgan bo'lishi zarur. Predmetni va uning nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli etib o'quvchilarga yetkaza olishi bolalarni shu predmetga bo'lgan qiziqishini oshiradi. O'qituvchi obro'sini ko'taradi. O'quvchilar o'qituvchi bilimining bu bilimlarni bolalarga yetkaza olish imkoniyatlarini qadirlabgina qolmay balki uning shu predmetga bo'lgan qiziqishini, uning fidoyiligini ham taqdirlashadi O'qituvchining yuksak madaniyati, uning teran bilim doirasi ta'lim tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi. Hozirgi zamon o'qituvchisi ayniqsa, boshlang'ich sinf o'qituvchisi milliy qadiryatlarimizni bilibgina qolmay, uni keng ota onalar jamoatchiligi ichida, sinfda otashin targ'ibotchisi ham bo'lishi kerak. O'qituvchi kasbiga xos bo'lgan muhum fazilatlardan, talablardan biri-bolalarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, har bir shaxsni hurmat qilishdan iboratdir. Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalarning kelajagi buyuk Vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy o'qituvchi bo'la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, o'qituvchilik kasbiga loqayd odam haqiqiy o'qituvchi bo'la olmaydi. O'qituvchiga shaxsiga qo'yiladigan umumiy talablar bilan boshlang'ich sinf o'qituvchisi kasbining o'ziga xosligi ayrim spetsifik talablarni keltirib chiqaradi.

Bugungi kunda ta'lim mazmunida modernizatsiya ishlari, ya'ni DTS da, o'quv rejasida va fan dasturlarida ham islohatlar olib borilmoqda. Bugungi zamon o'qituvchisi yuqoridagi islohatlarni ham hisobga olishi zarur. Pedagogning kreativligi haqida fikr yuritganda biz standart va nostandart ta'lim shaklida ham fikr yuritmoqdamiz. Standart - bu ta'lim mazmuniga mos shakldir, bunda o'qituvchi subyekt, o'quvchi, tinglovchi obyekt sifatida faoliyat olib boradi. Nostandart ta'lim shaklida o'qituvchi ham o'quvchi, tinglovchi ham subyekt sifatida faoliyat olib boradi, o'qituvchi ta'lim jarayonida mustaqil qarorlar chiqarishi mumkin bo'ladi. O'qituvchining kompetentligida kasbiy bilim va madaniyat tushunchalarini to'g'ri tahlil qilishi lozim. Kasbiy bilim - bu o'qituvchinig o'z sohasini mukammal bilishi bo'lsa, madaniyat tushunchasida uning nutq madaniyati, estetik va boshqa tomonlari namoyon bo'ladi. Kreativlik qobiliyatiga ega mutaxassis o'z bilimini izchil boyitib borishi, yangilikka intiluvchan mahorat egasi bo'lishi lozim. Bu esa o'z navbatida o'qituvchi kompetentligini ta'minlaydi. Ta'lim tizimini boshqarish orqali har yili ta'lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishish maqsadida yangi o'quv dasturlari, darsliklar, uslubiy qo'llanmalar, zamonaviy axborot vositalari yordamida video darsliklar, multimedialar ishlab chiqarilmoqda.

O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida milliy o'zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o'zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat o'rtasida uyg'unlikni vujudga keltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada mamlakatimizda yoshlar, o'quvchilarning qobilyatlari, iste'dodlari, ichki imkoniyatlari o'ziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Kishi dunyoga kelgandan so'ng, avvalo, uning ota-onasi, farzandini unib-o'sishini , kamol topishini istaydi. Kelajakda esa o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib shu yurtning biror koriga nafi tegadigan barkamol avlod sifatida ulg'ayadi.

Hozirgi vaqtga kelib dunyo aholisining soni yildan- yilga ortib bormoqda. Tug'ilgan bolalarning aksariyatida esa turli xil nuqsonlar kuzatilmoqda. Ushbu holatlarning kelib chiqishiga sabab bo'lgan bir qancha omillar mavjud. Jumladan, ekologik holatning yomonlashuvi, turmush qurishda yo'l qo'yilgan xatolar va sog'lom turmush tarziga amal qilmaslik natijasida yuzaga kelmoqda. Lekin hozirgi vaqtga kelib davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar ushbu turdagi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

shaxslarga ham keng yo'l ochdi. Maxsus maktablar hamda inklyuziv ta'limning to'gri yo'lga qo'yilganligi, ularga ta'lim-tarbiya berish jarayoni davlat standartlariga javob bera oladigan darajada shakllanib bormoqda Ta'lim jarayonida o'quvchilarni hayotga tarbiyalash bugunning kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Buning uchun, albatta, har bir pedagog o'quv jarayonini amaliy hayot bilan bog'lagan holda to'g'ri tashkil etishi zarur. Ta'limda nazariyani amaliyot bilan bog'lash prinsipi bu jarayoni yanada osonlashtiradi. O'quvchilarda onglilik va faollikni yuzaga keltirish, ularni o'z-o'zini baholashiga imkon yaratish hamda badiiy adabiyot na'munalarining asl mohiyatini o'quvchiga yetkazib berish ta'lim oluvchida hayot haqidagi ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. O'qituvchilarni tashvishga solayotgan muammolardan biri - o'quvchida qanday qilib bilim olishga bo'lgan doimiy qiziqishni rivojlantirish va ularning mustaqil izlanishiga bo'lgan ehtiyoj, boshqacha qilib aytganda, o'quv jarayonida bilish faoliyatini qanday faollashtirish kerakligi. Maktab ta'limining davlat, jamiyat va oila oldiga qo'ygan maqsadlari, ma'lum bir bilim va ko'nikmalarni to'plashdan tashqari, o"quvchining salohiyatini ochib berish va rivojlantirish, uni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdir. O'quvchilarda amaliy faoliyat tajribasini tarkib toptirish, tayanch kompetensiyalarni shakllantirish, ijtimoiy hayotga samarali tayyorlash jarayonlarini tashkil etish orqali o'quvchilarni hayotga tayyorlashga katta e'tibor qaratmoq lozim.

Pedagogik mahorat fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, pedagogik mahorat haqida umumiy ma'lumot, bilim, ko'nikma va malakalarni puxta egallab olishga imkon yaratib beradi. Shuningdek, maktab amaliyotida va pedagogik fikr tarixida o'qituvchining mahorati masalalari, pedagogika qobiliyat, o'qituvchining kommunikativ qobiliyati, muloqot madaniyati va o'quvchining psixologik faoliyati, pedagogik texnika va uni shakllantirish usullari, darsda va tarbiya jarayonida o'qituvchi mahorati, o'qituvchi mehnatini tashkil etishning ilmiy asoslari, pedagogik tajriba orttirishi, tadqiqot metodlari; hozirgi Ta'lim muassasalarida ilg'or pedagogik g'oyalar, tajriabalarning taraqqiyoti va uni hayotga tatbiq etish yo'llari, pedagogik mahorat taraqqiyoti tarixi, mustaqil malaka oshirish va o'z-o'zini nazorat qilish o'quv- tarbiya jarayonida pedagogik muloqot mahorati, pedagogik tajriba va uni tatbiq etish, o'qituvchi faoliyatida sharqona muomala madaniyati asoslarini o'rganish, tahlil etish to'g'risida Boshlang'ich ma'lumotlar berishni nazarda tutadi. Pedagogik mahorat fani yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini,pedagogik texnikani egallashini, shuningdek, pedagogik shaxsi uning tajribasi, fuqaro'lik va kasbiy mavqeini o'rgatadi. «Pedagogik mahorat» fani «Pedagogika nazariyasi va tarixi», «Yosh pedagogikasi va psixologiyasi», «Tarbiyaviy ishlar metodikasi», «Pedagogik texnologiya»lar bilan birgalikda bilim va malakalar tizimini yaratadi. Pedagogik mahorat fanining maqsadi bo'lajak o'qituvchiga hozirgi zamon pedagogika sohasidagi dolzarb muammolarni, o'qituvchi shaxsi va kasbi haqidagi bilim va malakalarni hamda har bir tarixiy bosqichda ta'lim -tarbiya tizimi, ijtimoiy-pedagogik fikrlar, ta' lim-tarbiya mazmuniga ij odiy munosabatda bo'lishini o'rgatadi. Pedagogik mahorat fanining predmeti - «ta'lim to'g'risida» gi qonun va «kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqib, o'z sohasini mukammal egallagan, bilimdon, axloqan pok, ma'nan etuk, jismonan sog'lom bo'lgan pedagoglarni tarbiyalashdir.

Xulosa qilib aytganda maktab o'quvchilarida bilim ko'nikmalarni rivojlantirish va hayotiy maqsadlarni belgilashning asosiy yo'nalishlaridan biri bu bo'lajak pedagoglarni o'quvchilarda bilim ko'nikmalarni shakllantirishdir. Demak, bo'lajak pedagoglarni o'quvchilarda avvalo o'zining mustaqil fikriga ega bo'lishi, o'z-o'zini boshqara olishi ham juda muhim sanaladi. Ularda bilim ko'nikmalarni shakllantirish uchun kasb hunarga o'rgatish, mehnatkash, sabr toqatli, qat'iyatli va tirishqoq qilib tarbiyalash o'quvchilarda hayotiy maqsadlarini belgilashda ancha qo'l keladi. Shu

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

bilan bir qatorda mustaqil shug'ullanishlari uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalana olish

qobiliyati ham rivohjlangan bo'lishi kerak. Ko'proq badiiy adabiyotlar mutolaa qilishi asosiy

mezonlardan sanaladi.

REFERENCES

1. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik -T.: SANO-STANDART, 2017.

2. Umumiy pedagogika. Qism I: darslik / O.Musurrnonova [va boshq.]. -Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2020. - 376 b.

3. Ro'ziyeva D.I., Tolipov O.Q. Pedagogik texnologiyalar va pedagogic mahorat. -T.: INNOVATSIYA-ZIYO, 2019.

4. «O'zbekistonni rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil, 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni.

5. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda,23-son, 448-modda, 37-son, 982-modda.

6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori.

7. Axrarova Z., Sadikova Sh., Sodikov U., Allayarova S., Shodmonov Sh. Umumiy pedagogika. Barcha ta'lim yo'nalishlari uchun o'quv qo'llanma. - Toshkent: MUMTOZ SO'Z". 2020 y.- 331 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.