Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
DOI : 10.24412/2992-9024-2024-1-55-62
© S.G. Fayziyeva 1B_
1 Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz
Annotatsiya
KIRISH: zamonaviy ta'limda oliy ta'lim muassasalaridagi ta'lim sifatini ta'minlashga qaratilgan tizimli islohotlar zamirida professor-o'qituvchilarning kasbiy mahorati, ularning zamonaviy ta'lim va innovatsion texnologiyalar, ilg'or xorijiy tajribalarni o'zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi. Natijada zamonaviy raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash jarayonining sifat bosqichi rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi ilg'or boshqaruv tajribasini milliy qadriyatlarga uyg'unlashtirish, boshqaruv personallari kompetensiyalarini aniqlash, ularni kompetentlik sohalari bo'yicha klasterlash, diferensiyalashtirish hamda o'rta bo'g'in rahbari psixologik kompetentligini optimallashtirish sharoitlari rivojlanadi.
MAQSAD: bo'lajak chizmachilik o'qituvchilarining kasbiy mahoratlarini rivojlantirishga qaratilgan asosiy vazifalarni belgilab olish va uni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
MATERIALLAR VA METODLAR: bo'lajak chizmachilik o'qituvchilarini har tomonlama yetuk kadr bo'lib yetishlari va fan, texnologiyalarni qay darajada o'zlashtira olish va ularni bu fanlarni o'zlashtirishdagi qulayliklar, qiyinchiliklarni o'rganishdan keyingi ta'sir qilishini tahlil qilish uchun 10 ta ilmiy maqoladan iborat korpus yaratildi. (5 tasi zamonaviy texnologilarnini qo'llaganda kelib chiqadigan muammolar va 5 tasi grafik dasturlaridan foydalanish afzalliklari bo'yicha maqolalar). Yig'ilgan maqolalar 2022-2023 yillar oralig'ida xalqaro va milliy akademik jurnallarda chop etilgan. Bu maqolalar tahlil qilindi va qiyosiy tahlil olindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: yig'ilgan materiallarni o'rganilish natijasida ularning kasbiy-pedagogik bilim, ko'nikma va malakalarining yetarli darajada rivojlantirish kerakligi aniqlandi. Chizmachilik fanini grafik dasturlar bilan o'rgatishning afzalliklari bo'yicha tahlil qilingan ilmiy maqolalar zamonaviy texnologiyalarining kamchiliklariga qaratilgan maqolalarga qaraganda ko'proq jalb qilish kontingentiga tayanadi. Ikkala o'rganish natejalari bo'yicha mualliflar o'quvchiga murojaat qilish va umumiy bilimlarga murojaat qilish orqali o'quvchi bilan muloqot qiladi, ammo chizmachilikni an'anaviy ravishda o'qitishga qaraganda grafik dasturlari bilan bog'lab yozilgan maqolalar o'quvchi e'tiborini faol ravishda yo'naltiradi va sharhlar orqali ularga bevosita murojaat qiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda grafik dasturlar bilan o'quvchiga chizmachilik fanlari haqida bilim berish ularda ko'proq tassavvurni kengayishi va bilimni to'laqonli
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
egallashga ko'maklashgan. Asosiy farq o'quvchiga to'g'ridan-to'g'ri murojaatlarda bo'lib, ular shaxsiy sharhlar va savollarda amalga oshiriladi.
XULOSA: tadqiqot natijalari muhim pedagogik ahamiyatga ega ilmiy maqolalar mualliflari tomonidan juda ko'p murojat qilingan bo'lib, aksariyatida yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanish, bo'lajak chizmachilik fani o'qituvchilarining fundamental bilimlarini rivojlantirish, yaqqol tasvirni bajarishda qulayliklar, ko'rish va tasavvur qilish imkoniyatlari va ahamiyati ko'rsatilgan. Bu esa o'z o'rnida global bilimlarni rivojlantirish va ularni to'g'ri yo'naltirishga yordam beradi.
Kalit so'zlar: chizma, rasm, chizmachilik, obyekt, proyeksion bog'lanish, texnik
rasm.
МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ НАВЫКОВ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ РИСУНКА_
© С.Г. Файзиева 1Н
1Термезский государственный педагогический институт, Термез_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: профессиональные навыки профессоров и преподавателей, их современные знания современного образования и инновационных технологий, ассимиляция передового зарубежного опыта как основа системных реформ, направленных на обеспечение качества образования в высших учебных заведениях в современном образовании, развитие навыков и компетенций. является одной из актуальных задач. В результате качественный этап процесса подготовки современных конкурентоспособных кадров-специалистов заключается в гармонизации передового управленческого опыта зарубежных стран с национальными ценностями, определении компетенций управленческих кадров, их кластеризации и дифференциации по областям компетентности, оптимизации. развивается психологическая компетентность менеджеров среднего звена.
ЦЕЛЬ: определить основные задачи, направленные на развитие профессиональных навыков будущих учителей рисования и разработать мероприятия по их совершенствованию.
Материалы и методы: для анализа влияния будущих учителей рисования на их способности к овладению наукой и техникой, а также легкость и сложность освоения этих предметов создан корпус из 10 научных статей. (5 статей о проблемах, возникающих при использовании современных технологий и 5 статей о преимуществах использования графических программ). Сборники статей были опубликованы в международных и национальных научных журналах в 2022-2023 гг. Эти статьи были проанализированы и получен сравнительный анализ.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в результате изучения собранных материалов установлено, что их профессионально-педагогические знания, навыки и
Iqtibos uchun: Fayziyeva S. G. Bo'lajak chizmachilik o'qituvchilarining kasbiy mahoratini rivojlantirish metodikasini takomillashti ris // Inter education & global study. 2024. № 1. Б. 55-62.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
Научно-теоретический и методический журнал ISSN 2992-9024 (online)
Scientific theoretical and methodical journal
2024, №1
Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
квалификация должны быть достаточно развиты. Научные статьи, анализирующие преимущества обучения рисованию с помощью графических программ, привлекают более высокий контингент, чем статьи, посвященные недостаткам современных технологий. В обоих результатах обучения авторы общаются с читателем, обращаясь к читателю и обращаясь к общим знаниям, но статьи, написанные в связи с графическими программами, чем при традиционном обучении рисованию, более доступны читателю. внимание и обращается к ним непосредственно через комментарии. Использование современных педагогических технологий в обучении учащихся рисованию с помощью графических программ позволило им расширить воображение и в полной мере усвоить знания. Основное отличие - в прямых обращениях к читателю, которые осуществляются в личных комментариях и вопросах.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования широко цитируются авторами научных статей, имеющих важное педагогическое значение, большинство из них посвящено использованию новых инновационных технологий, развитию фундаментальных знаний будущих учителей рисования, удобству наглядного оформления. показаны образы, видение и воображение, возможности и важность действий. Это, в свою очередь, помогает развивать глобальные знания и правильно их направлять.
Ключевые слова: рисунок, чертёж, чертёж, предмет, проекционная связь, технический рисунок.
Для цитирования: Файзиева С. Г. Методика развития профессиональных навыков будущих учителей рисунка // Inter education & global study. 2024. № 1.С. 55-62.
METHODOLOGY FOR DEVELOPING PROFESSIONAL SKILLS OF FUTURE ART
TEACHERS_
© Salomat G. Fayzieva1®
1Termez State Pedagogical Institute, Termez_
Annotation
INTRODUCTION: professional skills of professors and teachers, their modern knowledge of modern education and innovative technologies, assimilation of advanced foreign experience as the basis of systemic reforms aimed at ensuring the quality of education in higher educational institutions in modern education, development of skills and competencies. is one of the urgent tasks. As a result, the qualitative stage of the process of training modern competitive specialists consists in harmonizing the advanced management experience of foreign countries with national values, determining the competencies of management personnel, their clustering and differentiation by areas of competence, optimization. The psychological competence of middle managers is developing.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
Научно-теоретический и методический журнал ISSN 2992-9024 (online)
Scientific theoretical and methodical journal
2024, №1
Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
AIM: to identify the main tasks aimed at developing the professional skills of future art teachers and to develop measures to improve them.
MATERIALS AND METHODS: To analyze the influence of future art teachers on their ability to master science and technology, as well as the ease and complexity of mastering these subjects, a corpus of 10 scientific articles was created. (5 articles about the problems that arise when using modern technologies and 5 articles about the advantages of using graphics programs). Collections of articles were published in international and national scientific journals in 2022-2023. These articles were analyzed and a comparative analysis was obtained.
DISCUSSION AND RESULTS: As a result of studying the collected materials, it was established that their professional and pedagogical knowledge, skills and qualifications should be sufficiently developed. Scientific articles that analyze the benefits of learning to draw using graphics programs attract a higher contingent than articles that dedicated to the shortcomings of modern technologies. In both learning outcomes, authors communicate with the reader by addressing the reader and addressing general knowledge, but articles written in connection with graphics programs are more accessible to the reader than in traditional drawing instruction. attention and addresses them directly through comments. The use of modern pedagogical technologies in teaching students to draw using graphic programs allowed them to expand their imagination and fully assimilate knowledge. The main difference is in direct appeals to the reader, which are carried out in personal comments and questions.
CONCLUSION: The results of the study are widely cited by the authors of scientific articles of important pedagogical importance, most of them are devoted to the use of new innovative technologies, the development of fundamental knowledge of future art teachers, and the convenience of visual design. images, vision and imagination, possibilities and importance of actions are shown. This, in turn, helps develop global knowledge and guide it properly.
Key words: drawing, drawing, drawing, object, projection connection, technical drawing.
For citation: Salomat G. Fayzieva. (2024) 'Methodology for developing professional skills of future art teachers', Inter education & global study, (1), pp. 55-62. (In Uzbek).
Zamonaviy ta'limda oliy ta'lim muassasalaridagi ta'lim sifatini ta'minlashga qaratilgan tizimli islohotlar zamirida professor-o'qituvchilarning kasbiy mahorati, ularning zamonaviy ta'lim va innovatsion texnologiyalar, ilg'or xorijiy tajribalarni o'zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi. Natijada zamonaviy raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash jarayonining sifat bosqichi rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi ilg'or boshqaruv tajribasini milliy qadriyatlarga uyg'unlashtirish, boshqaruv personallari kompetensiyalarini aniqlash, ularni kompetentlik sohalari bo'yicha klasterlash, diferensiyalashtirish hamda o'rta bo'g'in rahbari psixologik kompetentligini optimallashtirish sharoitlari rivojlanadi.
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida "Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: "Oldimizda uzoq va mashaqqatli yo'l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o'qib-o'rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o'zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o'zgaradi"
Innovatsion texnologiyalarni hayotga tadbiq etish, sohaga oid ilm-fan, fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borish, belgilangan ustuvor yo'nalishlar asosida ta'lim tizimida ilm-fanning zamonaviy yutuqlarini joriy etish, sohaga oid ishlab-chiqarish korxonalarida oliy ta'lim muassasalari, akademik litsey va kasbhunar kollejlari bazasida tadqiqot va o'quv ilmiy markazlarni - ya'ni texnoparklarni bosqichma-bosqich tashkil etish orqali fan bilan ta'lim hamda ishlab chiqarishning o'zaro integratsiyasini ta'minlash asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu jarayonda nafaqat rahbar va pedagoglarning balki malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayoniga jalb etilgan oliy ta'lim muassasalari professor o'qituvchilarining ham ijodiy-intellektual salohiyatini, amaliy malaka va ko'nikmalarini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, jumladan, oliy, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida faoliyat yurituvchi ilmiy daraja va unvonga ega bo'lgan pedagoglarning salohiyatini ko'tarishdek asosiy maqsad belgilanadi. Pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonida, o'qituvchi-amaliyotchilar shaxsiga yangicha yondashish hozirgi ijtimoiy taraqqiyotning zarur talabidir . "Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi" va "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda ta'lim mazmunini yangi shakl va korinishlarini joriy etish, talabalarning faoliyatini rivojlantirishga, va talabaning shaxsiy fikrini kamol toptirishga xizmat qiladigan, ijodkorlikka yo'naltiruvchi natija beradigan ta'limni tashkil etishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishga erishish muhim vazifa ekanligi uqtirilgan Mamlakatimizda ma'nan yetuk, ruhan sog'lom, uyg'un kamol topgan avlodni tarbiyalash uchun zarur imkoniyatlar bazasini yaratishga erishildi. "Oliy ta'limini rivojlantirish Davlat dasturi"ning samarali amalga oshirilganligi buning yorqin dalilidir. Ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirishda asosiy omil sifatiga qaralayotgan ta'lim texnologiyalarni ayniqsa, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish multimediya resurslaridan oqilona foydalanishdan, buning ijoboy natijasi bo'lgan bo'lajak o'qituvchi pedagogok kadrlarning bilish qobiliyatini o'stirishdan iborat. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarning afzallik tomoni shundaki, talabaning mustaqil fikrlashga, dunyoqarashini kengaytirishga, tinglashga va mushohada etishga, intilish va izlanishga, tafakkurni rivojlantirishga, o'z ustida mustaqil ishlashga o'rgatadi.
Muhandislik grafikasida talabalarning chizmalarini yanada oson va qulay o'qishlari uchun va chizmani yaxshi tasavvur qilishlari uchun AutoCad, 3DMax, Power point, Paint, dasturlaridan foydalana olishi zarur. O'qituvchi va bo'lajak chizmachilik "o'qituvchisi" talaba birgalikda faoliyat yuritadi. O'qituvchi boshqaruvchi sifatida talabaga turli yo'nalishlarni ko'rsatadi. Talaba dars mashg'uloti jarayonida faol harakat qilib, o'zi mustaqil fikr yuritadi. Darsda malakalarini samarali ravishda qo'llashga o'rgatish dars samaradorligini oshiradi. Ta'limning barcha bosqichlarida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ayniqsa, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali va oqilona foydalanish va yuqori samaradorlikka erishishga alohida ahamiyat berish
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
darkor. Bo'lajak o'qituvchining kasbiy mahoratini shakllantirish pedagoglarni tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o'ziga xos o'rin tutadi. Ayniqsa, ta'limni modernizatsiyalash bilan bog'liq islohotlarning joriy bosqichida kasbiy pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo'lmoqda. Bo'lajak o'qituvchilarni amaliy, psixologik, metodik, tadqiqotchilik turlari bilan bir qatorda o'qituvchining kasbiy mahoratini shakllantirish bilan boyib bormoqda. Pedagogning bilish faoliyati ko'p jihatdan o'rganilayotgan narsalarning murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalarni ajratib turadigan chegaralarning ta'siri, ularni izlash, noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini modellashtirish malakasini nazarda tutadi. Mazkur holda o'z-o'zini tartibga solish xususiyatlari o'z bilim va malakalarini doimo takomillashtirish zarurati, boshqa odamlarga qaratilgan o'z hatti-harakatini qatiy muovfiqlashtirish bilan tavsiflanadi
Oliy o'quv yurtida bo'lajak chizmachilik o'qituvchilarining grafik tayyorgarligi sifatini oshirish bir qator dolzarb muammolarni hal qilishni taqozo etadi, ulardan biri ularning kasbiy-pedagogik bilim, ko'nikma va malakalarining yetarli darajada rivojlanmaganligidir. Kasbiy pedagogik bilim, ko'nikma va malakalarni rivojlantirishning eng muhim asosi talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish, ularning texnik rasm chizish qobiliyati va tasavvurini kengaytirish, innovatsion texnikalardan erkin foydalana olish malakalarini rivojlantirish hisoblanadi. O'quvchilarning kasbiy-pedagogik bilim, ko'nikma va malakalarining yetarli darajada rivojlanmaganligi maktablarda faoliyat yuritayotgan bitiruvchilar o'rtasida yuzaga keladigan ko'plab muammolarga sabab bo'lmoqda. Bu eng avvalo, o'z fikrini ixcham va izchil ifoda eta olmaslik, nazariy materialni taqdim etishda pedagogik va texnik chizmalarni professional darajada bajara olmaslik, doskada bo'r va boshqa materiallar bilan ishlay olmaslik, innovatsion dasturlarni tushunmaslik bilan bog'liq. Yosh o'qituvchilar ko'pincha texnik rasmning o'ziga xos xususiyatlarini to'g'ri tushunmaydilar, bu shaklni tasvirlashda maksimal soddalikni, semantik aniqlik va ixchamlikni nazarda tutadi. Texnik chizmalarni ifodalash uchun o'ziga xos imkoniyatlarga asoslangan texnik chizmani fazoviy holatini tasavvur qila olish va uni amaliy tarzda bajara olishdir. Bu esa ularda tasavvur qila olish ko'nikmalarini, ko'zning mutanosiblik hissini rivojlantirish qobiliyatlarini shakllantiradi. Chizmachilik o'qituvchisining o'zi butun o'quv jarayoni davomida o'quvchida tegishli bilim va ko'nikmalarni shakllantirish imkonini beradigan kasbiy-pedagogik bilim, ko'nikma va malakalar majmuasiga ega bo'lishi kerak.
Chizmachilik fani orqali shakllantirilishi kerak bo'lgan kasbiy va pedagogik mahoratga quyidagilar kiradi:
1) Grafik mahorat. Geometrik yasashlarni qo'lda bajara olish va bajarish mashqlari; oqlarni yasash qonuniyatlarini bilish; geometrik shakllarni chizish qobiliyati; uch o'lchamli jismlarni chizish qobiliyati; kesish, modellashtirishni amalga oshirish qobiliyati; taxta, karton yoki penoplastdan texnik chizmaning bajarilishi bilan bir qatorda uning maketini bajara olish qobiliyati.
2) Konstruktiv: Talabalar uchun topshiriqlar tizimini yaratish qobiliyati; ishdagi xatolarni aniqlash va ularning kelib chiqishini tushuntirish, o'quvchilar ishini obyektiv baholash qobiliyati.
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
3) Tashkiliy: Talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish qobiliyati; topshiriq ustida ishlash ketma-ketligini nazorat qilish va o'quvchilar faoliyatini takomillashtirish qobiliyati.
4) Kommunikativ: Fanga bo'lgan qiziqishlarini uyg'otish, rivojlantiruvchi va tarbiyaviy maqsadlarda fanlararo aloqalarni topish va o'rnatish qobiliyati.
Darsga tayyorgarlik birinchi yildagi chizmachilik darslarida boshlanib, "Chizmachilikni o'rgatish metodikasi" fani bo'yicha davom etishi kerak. Bo'lajak chizmachilik o'qituvchilarining kasbiy pedagogik mahorat va ko'nikmalarini rivojlantirish uchun eng munosib asos bo'lgan chizmachilik darslarining butun sikliga asoslangan qo'shimcha chora-tadbirlar majmuasi bo'lishi zarur. Buning uchun biz chizmachilik bo'yicha asosiy ta'lim dasturining tuzilishiga mantiqiy birlashtirilgan maxsus mashqlar tizimini ishlab chiqdik.
Chizmachilikda talabalarning kasbiy pedagogik mahoratni rivojlantirish quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi:
1) Pedagog rahbarligida ko'nikmalarni egallashga, interfaol metodlarni o'zlashtirishga qaratilgan turli xil o'quv mashqlarini talabalar tomonidan tizimli ravishda amalga oshirish;
2) Auditoriyadan tashqari mustaqil mashg'ulotlarni amalga oshirish;
4) Fazoviy tasavvur ko'nikmalariga ega bo'lish,
5) Kasbiy va pedagogik mahoratni rivojlantirishga yordam beradigan interfaol va interaktiv metodlar.
Bo'lajak pedagog - o'z kasbiy faoliyatida turli fanlar bo'yicha bilimlar majmuasini qo'llashga ega bo'lishi kerak. Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda "fanlararo integratsiya" tushunchasi noaniq talqin etiladi, uning har xil rollari va pedagogik kategoriya (toifa)larda orasidagi o'rni belgilanadi. Y.B.Shoshtayeva fikriga ko'ra, fanlararo aloqa o'zida kasbiy faoliyat birligi, uzluksiz va yaxlit hodisalarini aks ettiruvchi o'quv fanlari hamdo'stligi jarayonini ifodalaydi. Biz uchun fanlararo integratsiya ta'lim dasturining barcha o'quv fanlarini keng ko'lamli o'zaro aloqasini yaratishda ta'lim maqsadi, tamoyillari va ma'nolari majmuini ifodalaydi. Shuning uchun talabalarda ta'limi birinchi bosqichidayoq kasbiy kompetentlik rivojlana boshlaydi, katta kurs talabalariga har qanday murakkab kasbiy vaziyatlarda tezkor optimal qarorlar qabul qilishga qaratilgan, ularda mustaqil ravishda muayyan harakatlarni amalga oshirish ko'nikmalarini shakllantirishni fanlararo aloqalarni o'rnatish yordamida amalga oshirish mumkin.
Xulosa qilib aytganimizda, Bugungi kunda mavjud voqelikdan kelib chiqadigan tadqiqotlar zarur. Mutaxassislarni tayyorlashga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan vositalardan biri bu ularning kasbdan manfaatdorligini oshirishdir.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan.
2. N.S. Sayidaxmedov, A.Ochilov. "Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviy loyixasi"-Toshkent: RTM, 1999.
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
3. E.I.Ro'ziyev, A.O.Ashirboyev "Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi" Fan va texnoogiya, toshkent-2010y
4. Ю.П. Беженарь "Методика преподавания черчения" Витебск ВГУ мени П.М. Машерова 2018
5. Fayziyeva Salomat G'aybullayevna "Muhandislik grafikasi fanlarini o'qitishda gumanitar, ijodiy va umummadaniy yo'nalishlarda o'qitish metodikasini takomillashtirish" МУFАЛЛИМ Х.ЭМ YЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИУ. Nokis-2023 265-269-bet
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HFayziyeva Salomat G'aybullayevna, stajyor o'qituvchi [Файзиева Саломат Гайбуллаевна, преподаватель-стажер], [Salomat G. Fayzieva, trainee teacher]; manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahar Islom Karimov ko'chasi 157-uy 49-xona [Адрес: Сурхандарьинская область город Термез улица Ислама Каримова 157-дом 49-квартира],м[address: Surkhandarya region, Termez city, Islam Karimov street 157-building 49-apartment]; e-mail: [email protected]