Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH JARAYONIDA KOMPETENTLIK'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH JARAYONIDA KOMPETENTLIK Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
549
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
KOMPETENSIYA / KASBIY KOMPETENTLIK / INTELLEKTUAL / GNOSTIK / LOYIHALASHTIRISH / TASHKILOTCHI / TEXNOLOGIYA / KONSTRUKTORLIK

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muslimov Sh.N., Lutfullayeva Ch.S.

Maqolada asosiy e’tibor»kompetensiya”,»kompetentlik”«kasbiy kompetentlik” tushunchalarining mohiyati, mutaxassisning kompetentligi jihatlari, tasniflari, kasbiy kompetensiyalarning guruhlari hamda ularni rivojlantirishning asosiy yo‘llari va vositalari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPETENCE IN THE COURSE OF PREPARATION FOR PROFESSIONAL WORK OF THE FUTURE TEACHERS

In this article, necessary attention is paid to the disclosure of the essence of such concepts as competence, competence, professional competence, types, characteristics of the competence of specialist, group of professional competence as well as methods and means of its development.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH JARAYONIDA KOMPETENTLIK»

Muslimov Sh.N. T.N. Qori niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti PhD dotsent Lutfullayeva Ch.S. Shahrisabz davlatpedagogika instituti Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi mutaxasissligi 2-kurs magistranti

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH JARAYONIDA KOMPETENTLIK

Annotatsiya. Maqolada asosiy

e 'tibor»kompetensiya",»kompetentlik"«kasbiy kompetentlik" tushunchalarining mohiyati, mutaxassisning kompetentligi jihatlari, tasniflari, kasbiy kompetensiyalarning guruhlari hamda ularni rivojlantirishning asosiy yo'llari va vositalari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: kompetensiya, kompetentlik, kasbiy kompetentlik, intellektual, gnostik, loyihalashtirish, tashkilotchi, texnologiya, konstruktorlik

Muslimov Sh.N., PhD doctoral student associate professor Uzbek Research Institute of Pedagogical Sciences

Lutfullayeva Ch.S.

2nd year master's student specialty engineering graphics and design theory Shakhrisabz State Pedagogical Institute

COMPETENCE IN THE COURSE OF PREPARATION FOR PROFESSIONAL WORK OF THE FUTURE TEACHERS

Abstract. In this article, necessary attention is paid to the disclosure of the essence of such concepts as competence, competence, professional competence, types, characteristics of the competence of specialist, group of professional competence as well as methods and means of its development.

Keywords: competence, competence, professional competence, intellectual, gnostic, design, organizer, technology, designer.

Iqtisodiyotning globallashuvi, O'zbekiston Respublikasida axborot jamiyatining shakllanishi va uning oliy ta'lim tizimining jahon miqyosidagi integrasiyasi bizning pedagogik fanlarimiz oldiga o'zbek an'anaviy ilm-fan sohasini dunyoda qabul qilingan pedagogik tushunchalarni milliy

xususiyatlardan kelib chikkan holda ta'lim tizimiga moslashtirish vazifasini qo'yadi. Xususan, ta'limning bilim paradigmasini kompetentlik yondashuvi nuqtai-nazaridan takomillashtirish

maksadga muvofikligini ko'rsatadi.

Mutaxassisning kompetentligi quyidagi jihatlarni o'z ichiga oladi:

- intellektual - bilim orttirish qobiliyati bo'lib, insonning bilim va tajribalarni

o'zlashtirish va ulardan foydalana olishga, muammoli vaziyatlarda o'zini oqilona tuta bilish, amalga oshirilishi kerak bo'lgan faoliyatning maqsadlari, vazifalari, me'yorlarini o'zaro moslab qo'ya bilish va ularni samarali ravishda bajara olishga tayyorligini ifodalaydi;

- amaliy - qayta o'zgartirish faoliyati bo'yicha malaka va ko'nikmalar, mehnat texnikalarini va texnologiyalarini yuqori darajada egallaganlik;

- qadriyatlardan xabardorlik - madaniy-ma'naviy qadriyatlarning ustunligiga tayanganlik.

Insonning intellektual qobiliyatlari shaxsda mavjud bo'lgan intellektual sifatlarda ko'rinadi, bu sifatlarga ijodkorlik, tashabbus, aqlning intellektual jihatdan o'ziga xosligi, bilim orttirish va motivasion omillarning ajralmas birligi sifatidagi shaxsning kompetentligini kiritishimiz mumkin. Kasbiy ijodkorlik -bu yangi g'oyalarni yuzaga keltirish va muayyan faoliyatda ularni amalga oshirish jarayonidir. Ijodiy ish faoliyatida o'z-o'zini idora qilish, o'zining intellektual faoliyatini erkin boshqara olish, maqsadga muvofiq ravishda rejalashtira olish, bilim orttirish vazifalarini mustaqil ravishda hal qila bilish qobiliyatlari muhim o'rin tutadi.

Intellektual inson quyidagi xislatlarga ega bo'lishi kerak: a) turli xil tizimli bilimlarga egalik; b) uddaburonli k; v) tezkorlik, zarur vaziyatlarda bilimlarini tez ishga sola bilish; g) nazariy qoidalarni amaliyotga tatbiq etish shakllari va vositalari; d) tayanch elementlarni ajrata bilish.

Intellektual kompetentlikda shaxsda bilim orttirish faoliyati ustun turishini, maksimal darajada bilim to'plashga intilishini anglatuvchi»erudit madaniyati"ni alohida ta'kidlab o'tiladi. Lekin, A. Molning yozishicha, »ikki xil eruditsiyani bir-biridan farqlash zarur: shunchaki madaniy dunyokarash maydonini kengaytirish, boshqacha qilib aytganda, akl xazinasidagi mavjud elementlar sonini ko'paytirish bir tomonda va assotsiasiyalar qatlamining qalinligi va chuqurligi bilan belgilanadigan, ijtimoiy yoki individual organizm tomonidan taffakkur jarayonida barpo qilinadigan va keyinchalik xotirada saqlab qolinadigan ma'lumotlar boshqa tomondadir".

Kasbiy tashabbus insonning yangi axborotlarni izlash, u yoki bu g'oyalarni ko'tarib chiqish, boshqa turdagi faoliyat sohalarini o'zlashtirish, ma'lum bo'lgan doiradan chetga chiqish va tashqaridan rag'batlantirilmaydigan intellektual faoliyatga kirishib ketish ishtiyoqi sifatida namoyon bo'ladi. Intellektual tashabbusni yaxlit xususiyat deb bilmoq lozim.

Ta'limni modernizasiyalash muammolarini ko'rib chiqishda oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilariga qo'yiladigan talablarni belgilashda»kasbiy kompetentlik" atamasi keng qo'llaniladi. T.Yu. Bazarov»kasbiy kompetentlik" toifasini mutaxassisning kasbiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida samarali qarorlarni qabul qilishga tayyorligi va qodirligi deb hisoblaydi. Kasbiy kompetentilik»umuman olganda bilim, ko'nikma va tajribaning, shuningdek shaxsiy sifatlarning bir butun, yaxlit yig'indisi bo'lib, insonga kasbiy faoliyatini atrof olam bilan o'zaro bog'liqlikda, samarali loyihalashtirish va amalga oshirish imkonini beradi".

Kasbiy kompetensiyalarni ko'rib chiqib, ko'pchilik tadqiqotchilar6 quyidagilarni alohida ta'kidlaydilar:

1) oddiy (bazaviy) kompetensiyalar (faoliyatning muayyan turlarida namoyon bo'ladigan va oson mustahkamlanadigan bilim, ko'nikma va qobiliyatlarga asoslangan holda shakllantiriladigan);

2) tayanch kompetensiyalar hisobga olish va o'lchash uchun o'ta qiyin bo'lib, faoliyatning barchacturlarida, shaxsning atrof olam bilan barcha munosabatlarida namoyon bo'ladi, shaxsning ma'naviy dunyosini va uning faoliyati mazmunini aks ettiradi.

Ba'zi tadqiqotlarda boshqacha ta'riflar mavjud: standart kompetensiyalar - bularsiz shaxsning yoki tashkilotning normal faoliyati mumkin emas; tayanch kompetensiyalar - ijtimoiy - iqtisodiy bozorda ularni turdosh vakillarga nisbatan yuqoriroq pog'onalarga ko'tarib, raqobatbardoshligini ta'minlaydi; etakchi kompetensiyalar - bu kelajakni»yaratish", innovasiyalarda, kreativlikda, ilgariga intiluvchanlikda, murosakorlikda namoyon bo'ladi.

Eng samarali ishlayotgan pedagoglarning faoliyatini kuzatish va kelajakdagi ehtiyojlarni modellashtirish natijasida kompetensiyaning pedagog faoliyatining va shaxsining»bilmoq, bajarmoq, ega bo'lmoq" de gan uch asosiy bo'g'iniga asoslangan bir qator turlari aniqlangan. Shundan boshlab o'qituvchining shaxsiy sifatlarining uning kasbiy kompetenligiga ta'siri barcha tadqiqotchilar tomonidan e'tirof etilib kelmoqda. O'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligiga kompetentlik yondoshuvlarni ishlab chiqishga I.L. Zimnyaya katta hissa qo'shgan. U pedagog shaxsining barcha sifatlarini ob'ektiv va sub'ektiv sifatlarga ajratgan: ob'ektiv sifatlari - bu o'qituvchining o'z fanini bilish darajasi, fan metodologiyasini egallaganlik darajasi va ilmiy bilimlarining chuqurligi, umumiy didaktik va xususiy metodik tamoyillarni egallaganligi, bolalar psixologiyasini yaxshi bilish va uning o'ziga xos xususiyatlarini to'liq qabul qilishi; sub'ektivlari: pedagoglik san'ati, pedagogik iste'dod, ijodkorlik va h.k. N.I. Almazova pedagogning kasbiy kompetensiyasini o'rganishda o'qitishning samaradorligini oshirish imkonini beradigan ko'nikmalarni va pedagogning shaxsiy sifatlarini guruhlarga bo'lib chiqdi va shunday xulosa chiqardi:»Pedagogning kasbiy kompetensiyasi - bu pedagogning mehnati bo'lib, unda pedagogik faoliyat, pedagogik muloqot etarlicha yuqori darajada amalga

oshiriladi, o'qituvchining shaxsi namoyon bo'ladi, o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalash bo'yicha yaxshi natijalarga erishiladi"

XXI asr o'qituvchisining kasbiy-shaxsiy kompetensiyasining mazmuni T.E. Isaeva tomonidan batafsil ta'riflangan va asoslab berilgan. Muallif kompetensiyalarni quyidagicha guruhlagan: moslashuvchan-zamonaviy kompetensiyalar; ijtimoiy kompetensiyalar; ijtimoiy-tashkiliy kompetensiyalar; kasbiy (maxsus fanlar hamda xususiy metodika bo'yicha) kompetensiyalar-o'qitiladigan fanning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda va o'qituvchining o'ziga xos bo'lgan pedagogik tizimiga moslab tanlanadigan bilim, ko'nikmalar, o'qitish metodlari, kasbiy- korporativ tajribani uzatish usullarining majmui; kommunikativ kompetensiyalar qadriyatlarga asoslangan har qanday sharoitda ham insonning»o'zligini" saqlab qolishini ta'minlaydigan.

Zamonaviy tadqiqotchilar oliy ta'lim muassasalari bitiruvchisining kompetensiyasini tasniflashga katta e'tibor qaratmoqdalar. Masalan, T.E. Isaeva o'zining»XXI asr menedjerining tayanch kompetensiyalari" kursida quyidagi tayanch kompetensiyalarni ajratib ko'rsatadi: strategik; ijtimoiy; funksional; boshqarish; kasbiy Zamonaviy pedagogik amaliyotda»kompetentlik" va»kompetensiya" tushunchalari vujudga kelishining asosiy jihatlarini ta'riflashning imkoni bo'lmagani kabi, mazkur maqola doirasida ham ularni tasniflashning batafsil tahlilini berib bo'lmaydi. Biroq, bunda asosiy yo'nalishni aniqlab olish muhimdir: a) oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari uchun eng muhim deb e'tirof etilgan kompetensiyaning mazmunini aniqlashtirish; b) zamonaviy oliy ta'limda kasbiy

kompetentlikni rivojlantirishning asosiy yo'llari va vositalari, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

• talabalarning kasbiy yo'naltirilganlik darajasini, kasbiy yo'naltirilganligini va

tayyorgarligini, individual xususiyatlarini, shaxsiy qiziqishlari va imkoniyatlarini e'tiborga olgan holda tanlab olish uchun taklif etiladigan muammoli-vaziyatli topshiriqlarning variativligi (murakkablik va mustaqillik darajasiga ko'ra variativlik);

• ishni bajarishning jamoaviy (talabalar guruhi) va individual shakllarini uyg'unlashtirish asosida talabalarning mustaqilligini rivojlantirish;

• talabalarning bajargan ishlarini va kasbiy tayyorgarlik darajalarini

o'zaro

tekshirishlarini, o'z-o'zini nazorat etishlarini va tahlil etishlarini rag'batlantirish;

• talabalarni ijodiy faoliyatning turli shakllariga va o'z-o'zini boshqarishga keng jalb etish;

• talabalarning respublika va oliy ta'lim muassasasi miqyosida tashkil etilayotgan ma'naviy va madaniy tadbirlarda faol ishtirok etishlari.

Oliy ta'lim muassasasi axborot manbai sifatida emas, balki ma'naviy-madaniy

qadriyatlarning milliy va umuminsoniy tamoyillari bilan talaba orasidagi vositachi vazifasini bajargan taqdirdagina, birinchidan, talabaning shaxsiy qiziqish, ijodkorlik, muloqot, o'qish va bilimlar orttirish faoliyatlarini o'z ichiga hayot faoliyati sifatidagi, ikkinchidan, madaniyatning bugungi kundagi holati va tarixiy rivojlanishini egallashning usuli sifatidagi o'quv jarayoni mutaxassisning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning real shart-sharoitlariga aylanishi mumkin.

"Kompetensiya" va»kompetentlik" tushunchalarining o'zi pedagogik fanlarda nafaqat mustahkam joy egalladi, balki pedagog-amaliyotchilarning keng doiralari tomonidan ham tobora chukurroq o'rganilmoqda.

Kasbiy kompetentlikni tadqiq etishda kasbiy kompetensiyalarning quyidagi guruhlari bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish uchun zarur deb hisoblanadi:

- gnostik - ishlab chiqarishga oid yangi bilimlarni egallay olish, o'z shaxsiy tajribasini hamda ishlab chiqarish ilg'orlari va novatorlari tajribasini umumlashtirish va tizimlashtira olish;

- loyihalashtirish - texnik va texnologik tizimlarni, tikuv buyumlari ob'ektlarini yaratish, kasbiy faoliyatni joriy va istiqbolli rejalashtirish, texnologik jarayonlarni boshqarish va nazorat qilish tizimini loyihalashtirish;

- tashkilotchilik - muhandislik g'oyalarini amaliyotga joriy eta bilish, jamoaga etakchilik qila olish;

- texnologik - texnologik jarayonlarni tashkil etish, chizmalar va texnologik xaritalarni o'qiy olish, qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo'ladigan imkoniyatlar va sharoitlarni, asbob-uskuna va jixozlarning texnik tavsiflarini aniqlay bilish;

- konstruktorlik - buyumlarni tayyorlash bo'yicha hisoblash grafik ishlarni bajara olish, eskizlar va chizmalarni bajara olish, texnik shartlarga mos ravishda texnologik jarayonni yo'lga qo'ya bilish, nosozliklarni bartaraf etish uchun tadbirlar tizimini aniqlay olish.

Adabiyotlar ro'yhati:

1. Исаева Т.Е. Классификaция профессионально-личностных компетенций вузовского преподавателя. - М.: Педагогика. - 2005.

2. Исаева Т.Е. Классифигация профессионально-личностных компетенций вузовского преподавателя. - М.: Педагогика. - 2005.

3. Моль А. Социодинамика культуры. - М.: 1993. с.51.

4. Базаров Т.Ю. Компетенция будущего: Квалифигация? Компетентность (критерии качества). Зимняя И.Л. Ключевые компетентности как результативно-целевая основа компетентностного подхода в образовании. Авторская версия. - М.: Исследовательский центр проблем качества подготовки специалистов. -2004. 13-б.

5. Алмазова Н.И. Когнитивные аспекты формирования межкультурной компетентности при обучении иностранному языку в неязыковом вузе.

Авт. дисс. на соискание ученой степени док.пед.наук. Санкт-Петербург,

2003. - 47 стр.;

6. Базаров Т.Ю. Компетенция будущего: Квалификация? Компетентность (критерии качества).;

7. Зимняя И.Л. Ключевые компетентности как результативно-целевая основа компетентностного подхода в образовании. Авторская версия. - М.: Исследовательский центр проблем качества подготовки специалистов. -

2004.;

8. Моль А. Социодинамика культуры. - М.: 1993. с.51.

9. Базаров Т.Ю. Компетенция будущего: Квалификация? Компетентность (критерии качества). 157-б.

10. Зимняя И.Л. Ключевые компетентности как результативно -целевая основа компетентностного подхода в образовании. Авторская версия. - М.: Исследовательский центр проблем качества подготовки специалистов. -2004.

11. Алмазова Н.И. Когнитивные аспекты формирования межкультурной компетентности при обучении иностранному языку в неязыковом вузе. Авт. дисс. на соискание ученой степени док.пед.наук. Санкт-Петербург, 2003. - 47 стр.

12. Исаева Т.Е. Классификация профессионально-личностных компетенций вузовского преподавателя. - М.: Педагогика. - 2005.

13. Исаева Т.Е. Классификация профессионально-личностных компетенций вузовского преподавателя. - М.: Педагогика. - 2005.

14. N.Muslimov, D.Sayfurov, M.Usmonboeva va A.To'raevlar. Web-texnologiya asosida elektron axborot ta'lim resurslarini yaratish va ularni amaliyotga joriy etish. - T., 2015

15. Muslimov N.A, Urazova M.B. Bo'lajak o'qituvchilarning professional malakasini shakllantirishning texnik vositasi sifatida veb-sayt vazifasi // Hayot davomida ta'lim: Barqaror rivojlanish uchun uzluksiz ta'lim: Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Sankt-Peterburg: Sankt-Peterburg davlat universiteti, 2014. P 127-129.

16. Muslimov Sh.N.»Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish" T -2020:, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi.

17. Sh.Muslimov., M.Xalimov., Sh.Dilshodbekov., X.To'raev.»Chizma geometriya va Muhandislik grafikasi" o'quv qo'llanma Adabiyot uchqunlari nashriyoti, 2020. -168 b.

18. Muslimov Sh.N.»Chizma geometriya va Muhandislik grafikasi" elektron o'quv qo'llanma 2020. Respublika intelektual mulk agentligi guvohnomasi. №DGU 07744

19. Muslimov Sh.N., Xolmurzaev A.A., Madaminov J.Z., Xomidov A.Q.»Chizma geometriya va Muhandislik grafikasi" fanidan talabalar bilimini

baholash uchun EHM dasturi 2020. Respublika intelektual mulk agentligi guvohnomasi. №DGU 08206

20. Muslimov Sh.N, Turaxanov.Sh.U, Matlab.I.A.»Chizmachilik" elektron qo'llanma (mobil ilova) 2020. Respublika intelektual mulk agentligi guvohnomasi. №DGU 08816

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.