Научная статья на тему 'Bo’lajak muhandislarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishning asosiy vazifalari'

Bo’lajak muhandislarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishning asosiy vazifalari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
233
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
dinamikasi / nostandartligi / kuzatuvchanlik / kompetent / chegaralarning ta’siri / produktiv / kretiv / kretiv fikrlash / individual hodisa

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zebo Davlatovna Hasanova

Ushbu maqolada kasbiy kompetentlik tashhisi kasbiy shakllanishning mohiyatli va xarakteristikalari haqida fikrlar keltirib o’tilgan. Pedagogning bilish faoliyati ko’p jihatdan o’rganilayotgan narsalarning murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalarni ajratib turadigan chegaralarning ta’siri, ularni izlash, noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini modellashtirish malakasini nazarda tutadi.Bularning barchasi shaxsning ma’lum bir kasbga bo’lgan kompetentligi deb qaraladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Bo’lajak muhandislarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishning asosiy vazifalari»

Bo'lajak muhandislarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishning asosiy vazifalari

Zebo Davlatovna Hasanova Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada kasbiy kompetentlik tashhisi kasbiy shakllanishning mohiyatli va xarakteristikalari haqida fikrlar keltirib o'tilgan. Pedagogning bilish faoliyati ko'p jihatdan o'rganilayotgan narsalarning murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalarni ajratib turadigan chegaralarning ta'siri, ularni izlash, noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini modellashtirish malakasini nazarda tutadi.Bularning barchasi shaxsning ma'lum bir kasbga bo'lgan kompetentligi deb qaraladi.

Kalit so'zlar: dinamikasi, nostandartligi, kuzatuvchanlik, kompetent, chegaralarning ta'siri, produktiv, kretiv, kretiv fikrlash, individual hodisa.

The main tasks of forming professional competence in future

engineers

Zebo Davlatovna Hasanova Bukhara Institute of Engineering and Technology

Abstract: In this article, the assessment of professional competence is based on the essence and characteristics of professional formation. The pedagogue's cognitive activity is largely determined by the complexity, dynamics, non-standardity of the things being studied, the influence of boundaries separating social phenomena, their search, uncertainty, which implies observation, the skill of modeling the inner world of the interlocutor. is considered as competence for a certain profession.

Keywords: dynamics, non-standard, observability, competent, influence of boundaries, productive, creative, creative thinking, individual phenomenon.

Kirish

Bugungi kundagi ta'limda olib borilayotgan islohotlar biz tadqiqotimizda ham aniq maqsad qilib belgilab qo'yilgan. Ishimizning dolzarbligi shundaki globallashgan raqobatbardosh zamonda biz yoshlarning ertangi kun talablariga to'laqonli javob bera oladigan, produktiv va kretiv fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalab chiqarish provard maqsadimiz ekanligi va shu maqsad yo'lida bir qator ilmiy tadqiqot va yangi

innovatsion metodlarni o'z tajribalarimiz orqali sinovdan o'tkazib, ularning kamchiliklari va ijobiy tamonlarini farqlagan holda o'z ta'lim jarayonimizda qo'llab kelmoqdamiz [1]. Bugungi ya'ni 21 asr talabasiga zamon rivojlanishi bilan bir qatorda tashqi axborotlarning ko'pligi qaysidir ma'noda biz ilmiy izlanuvchilarning oldiga kata bir ma'suliyatni belgilab qo'ymoqda.

Jamiyatda ta'lim tizimini rivojlantirishning strategik yo'nalishi - bu insonning turli sohalarida maqsadli mustaqil faoliyati asosida uning intelekt va ahloqiy rivojlanishidir. Jahonning rivojlangan davlatlari qatori mamlakatimizda ham ta'limdagi islohotlar jarayonida mustaqil ta'limni rag'batlantirish muhim yo'nal ish sifatida kelmoqda. Pedagogning kasbiy layoqatliligini tarbiyalash fenomenini tadqiq qilishga bir qator olimlarning ishlarida o'z ifodasini topgan. Bu mualliflar kasbiy layoqatlilik - ishonchlilik sifatlari bilan birgalikda o'qituvchining kasbiy - individual hodisa sifatida pedagogik madaniyatini tavsiflaydi degan fikrni olg'a surganlar [2, 3]. O'z navbatida, kasbiy layoqatlilik tushunchasi, V.A.Slastenin ta'kidlaganidek, pedagogning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga nazariy hamda amaliy tayyorligining birligini ifodalaydi va uning kasbiy shakllanganligini tavsiflaydi.

Oliy ta'limda kompetentlik: ma'naviy, motivatsion, intellektual va amaliy jihatdan o'z-o'zini rivojlantirish, irodaviy va hissiy jihatdan o'z-o'zini boshqara olishga qaratilgan. Talaba shaxsiy manfaatlari va imkoniyatlariga ko'ra faoliyat usullarini egallaydi, bu unga o'zida zamonaviy mutaxassisga xos bo'lgan shaxsiy sifatlarini rivojlantirish, tafakkurini, madaniyati va xulqini shakllantirishga yordam beradi [4, 5, 6, 7].

"Kompetentlik" tushunchasining mohiyati. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o'rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo'lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo'lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo'sh, kompetentlik nima?Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi?Pedagog o'zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur.Ayni o'rinda shu va shunga yondosh g'oyalar yuzasidan so'z yuritiladi [8, 9, 10].

Inglizcha "competence" tushunchasi lug'aviy jihatdan bevosita"qobiliyat" ma'nosini ifodalaydi. Mazmunan esa "faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorini namoyon eta olish"ni yoritishga xizmat qiladi.

"Kompetentlik" tushunchasi ta'lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib kelgan [11, 12, 13, 14]. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik "noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik"ni

anglatadi.

Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi [15, 16, 17]. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi.

Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo'ladi:

✓ murakkab jarayonlarda;

✓ noaniq vazifalarni bajarishda;

✓ bir-biriga zid ma'lumotlardan foydalanishda;

✓ kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo'la olishda.

Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis:

✓ o'z bilimlarini izchil boyitib boradi;

✓ yangi axborotlarni o'zlashtiradi;

✓ davr talablarini chuqur anglaydi;

✓ yangi bilimlarni izlab topadi;

ularni qayta ishlaydi va o'z amaliy faoliyatida samarali qo'llaydi.

Quyida kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati qisqacha yoritiladi.

1. Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik ko'rsatish ko'nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub'ektlar bilan muloqotga kirisha olish.

2. Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo'lib, ushbu kompetentlik negizidapsixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko'zga tashlanadi [18, 19]. Ular o'zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:

1) psixologik kompetentlik - pedagogik jarayonda sog'lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta'lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o'z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;

2) metodik kompetentlik - pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta'lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to'g'ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo'llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo' llash;

3) informatsion kompetentlik - axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma'lumotlarni izlash, yig'ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o'rinli, samarali foydalanish;

4) kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy

yondashish, o'zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;

5) innovatsion kompetentlik - pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta'lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g'oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish;

6) kommunikativ kompetentlik - ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo'lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta'sir ko'rsata olish.

7. Shaxsiy kompetentlik- izchil ravishda kasbiy o'sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o'z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.

8. Texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg'or texnologiyalarni o'zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.

9. Ektremal kompetentlik - favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to'g'ri harakatlanish malakasiga egalik [20, 21].

Pedagog olimlarning ishlarida kompetentlikni pedagogik nuqtai nazardan yanada kengroq va sinchiklab o'rganish imkonini beradigan turli jihatlari va tarkibiy qismlari ajratib olingan va o'rganib chiqilgan.

S.E. Shishov tomonidan kompetentlikning quyidagi ta'riflari keltirilgan:

- o'qish o'rganish tufayli egallangan bilimlar, tajriba, qadriyatlar vamoyilliklarga asoslangan umumiy layoqatlilik;

- bilim va vaziyatlar o'rtasidagi aloqani o'rnata bilish qobiliyati, muammoga mos keladigan hal etish yo'lini topish (kompetentlik deb aytish uchun biror bir vaziyatda namoyon etiladigan taqdirdagina joiz bo'ladi [22, 23].

Bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchisining kasbiy kompetentligini shakllantirish pedagoglarni tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o'ziga xos o'rin tutadi.Ayniqsa ta'limni modernizatsiyalash bilan bog'liq islohotlarning joriy bosqichida kasbiy pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo'lmoqda.

Kasbiy kompetentlik tashhisi kasbiy shakllanishning mohiyatli xarakteristikalariga diagnostik, kommunikativlik, boshqaruv va proektiv o'quvlar guruhlarini kiritish lozim. Pedagogning bilish faoliyati ko'p jihatdan o'rganilayotgan narsalarning murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalarni ajratib turadigan chegaralarning ta'siri, ularni izlash, noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini modellashtirish malakasini nazarda tutadi. Mazkur holda o'z-o'zini tartibga solish xususiyatlari o'z bilim va malakalarini doimo takomillashtirish zarurati, boshqa odamlarga qaratilgan o'z hatti-harakatini qathiy muvofiqlashtirish uquvi bilan tavsiflanadi [24].

Pedagogning kasbiy tarbiyalanganlik layoqatliligini tadqiq qilishga bag'ishlangan asarlarda uning quyidagi turlari bilan farq qilinadi:

- maxsus tarbiyalanganlik layoqatliligi - kasbiy faoliyatini yetarlicha yuqori darajada egallaganlik, o'zining kelgusi kasbiy rivojlanishini loyihalash qobiliyati;

- ijtimoiy tarbiyalanganlik layoqatliligi - birgalikdagi kasbiy faoliyatni, hamkorlikni va shuningdek, mazkur kitobda qabul qilingan kasbiy muloqat uslublarini egallaganlik, o'z kasbiy kasbi natijalari uchun ijtimoiy mas'ullik.

Kasb ta'limi o'qituvchisining kasbiy kompetentligi, irodaviy sifatlar, intellektual salohiyat, hissiy sifatlar, amaliy ko'nikmalar, o'z-o'zini boshqara olish layoqatlarining o'zaro bog'liqligi va shaxsning ijtimoiy-madaniy faollik darajasini aks ettiruvchi individual sifatlar asosida shakllantiriladi [25, 26].

Evropa davlatlarida shakllangan an'anaga muvofiq kasbiy malaka mutaxassisning kompetentligi, uni shakllantirishga qaratilgan ta'lim tizimi esa -bilim, ko'nikma va malakalar darajasi bilan o'lchanadi.

Kasb ta'limi o'qituvchisini tayyorlashda muhim pedagogik shart-sharoitlar sifatida quyidagilarni e'tirof etish mumkin:

- zamonaviy talablarga javob bera oladigan me'yoriy va o'quv-metodik hujjatlar (davlat ta'lim standarti, namunaviy o'quv rejalari, ishchi o'quv rejalari, namunaviy o'quv dasturlari, ishchi dasturlari, darsliklar, o'quv qo'llanmalar, metodik tavsiyanomalar, qo'shimcha maxsus adabiyotlar, ko'rsatmali vositalar, dars ishlanmalari, loyihalar va boshqalar)ning mavjudligi;

- ilmiy pedagogik xodimlar (professor, dotsent, o'qituvchi, malakali o'quv ustalari, texnik xodimlar)ning bilim, ko'nikma va malakalarining yuksakligi, kasbiy kompetentlik darajasining yetarlicha shakllanganligi hamda ilmiy salohiyatga ega bo'lishi;

- o'quv jarayonining moddiy-texnik (o'quv binolari, o'quv auditoriyalari, o'quv ustaxonalari, amaliy-laboratoriya jihozlari), axborot texnologiyalari (radio, televidenie, kompg'yuter, nusxa ko'chirish qurilmalari, laboratoriya asbob-uskunalari, audio, video, mulg'timediya, trenajyorlar, kinoproektorlar, diaproektorlar, videoproektorlar, texnik vositalar majmuining mavjudligi va hokazolar) jihatdan yetarlicha ta'minlanganligi;

- ijtimoiy va o'quv-texnologik jihatdan qulay muhit (o'qituvchilar, talabalar, rahbarlar hamda talabalar, shuningdek, talabalarning o'zaro munosabatlari mazmuni, yo'nalishi, maqsadlar birligi va boshqalar) yaratilganligi;

- tashkiliy hamda o'quv-amaliy faoliyatning izchil, uzluksiz hamda tizimli yo'lga qo'yilganligi.

«O'qituvchining kasbiy kompetentligi» tushunchasiga berilgan ta'rif va tavsiflarni umumlashtirib, uni quyidagicha talqin etish mumkin: O'qituvchining kasbiy kompetentligi - pedagog faoliyatida kasbiy kompetentlik muhim jihatlaridan

biri bo'lib, pedagogning faqatgina kasb va kasbiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq barcha ehtiyoj, qobiliyat, mahorat, bilish va qiziqishlarini ifodalaydi [27].

Buning uchun u:

✓ ijodiy izlanishlar jarayonini boshqarishga moyil bo'lishi;

✓ ijodiy izlanishlarning samaradorligi o'qituvchining pedagogik, psixologik va nazariy tayyorgarligiga bog'liq bo'lishini esda tutishi lozim.

Xulosa

Kasbiy kompetentlikni shakllantirishda to'la kasbiy shakllanishga intilishi, pedagogik texnologik vaziyatlarni idrok etishi, shu jumladan kasbiy qiziqishlari doirasi kengaytira olishi o'zini takomillashtirishida talab paydo bo'ladi. Kasbiy bilimlar, ko'nikmalar, malaka va qobiliyatlarga, ularni namoyon etishga ko'pchilik talabalarda chuqur va doimiy qiziqish paydo bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bahriddinova, N. M., Nematova, L., Hasanova, Z. D., Salomov, B. K., & Khamidov, Y. Y. (2020). Analysis of ecological and toxicological safety of agricultural raw materials of Uzbekistan.Journal of Critical Reviews, 7(14), 310-312.

2. Хасанова, З. Д. (2013). Социально-педагогическая необходимость (потребность) в развитии мировоззрения у будущих учителей. Молодой ученый, (4), 618-620.

3. Хасанова, З. Д. (2013). Социально-педагогическая необходимость (потребность) в развитии мировоззрения у будущих учителей. Молодой ученый, (4), 618-620.

4. Хасанова, З. Д. (2013). Нравственно-эстетическое мировоззрение: сущность, структура, функции. Искусство и образование, (2), 71-77.

5. Шнейдер, Л. Б. Профессиональная идентичность: теория, эксперимент, тренинг / Л. Б. Шнейдер // М.: МПСИ, 2004. - 335 с.

6. Морозова, И. С. Социально-педагогическая поддержка профессионального самоопределения учащихся вечерней сменной школы / И. С. Морозова, Е. В. Филатова. - Кемерово: ЮНИТИ, 2008. - 136 с.

7. Khamidov Jalil Abdurasulovich, Khujjiev Mamurjon Yangiboevich, Alimov Azam Anvarovich, Gafforov Alisher Xolmurodovich, Khamidov Odil Abdurasulovich. "OPPORTUNITIES AND RESULTS TO INCREASE THE EFFECTIVENESS OF MULTIMEDIA TEACHING IN HIGHER EDUCATION." Journal of Critical Reviews 7 (2020), 89-93. doi:10.31838/jcr.07.14.13

8. Alimov, A. A. (2016). Improving the Training the Future Teachers of Special Disciplines in Uzbekistan. Eastern European Scientific Journal, (1), 113-117.

9. Хужжиев, М. Я. (2020). ВОЗМОЖНОСТИ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ МУЛЬТИМЕДИА В ПРОЦЕССЕ УРОКА.Universum:

психология и образование, (1), 10-13.

10. Мирзаев, С. С., Кодирова, Н. Д., Нуруллаев, М. М., & Хужжиев, М. Я. (2013). Изучение энергозатрат при плазмохимической диссоциации сероводорода. Молодой ученый, (2), 49-52.

11. Давронов, Ф. Ф. У., & Хужжиев, М. Я. (2018). Изучение процесса очистки газов физической абсорбцией. Вопросы науки и образования, (3 (15)).

12. Хужжиев, М. Я. (2018). Изучение методов конверсии метана в синтез-газ. Научный аспект, 7(4), 852-854.

13. Усанбоев, Ш. Х. У., & Хужжиев, М. Я. (2017). Основные свойства катализаторов гидроочистки. Вопросы науки и образования, (5 (6)).

14. Бурхонов, И. У., & Хужжиев, М. Я. (2017). Сравнительный анализ эффективности работы аппаратов воздушного и водяного охлаждения нефтеперерабатывающих заводов.Вопросы науки и образования, (2 (3)).

15. Ризаев, Д. Б., & Хужжиев, М. Я. (2017). Очистка газовых выбросов. Вопросы науки и образования, (5 (6)).

16. Хужжиев, М. Я. (2016). Очистка и осушка газов растворами гликолей. Наука и образование сегодня, (3), 33-34.

17. Хужжиев, М. Я. (2016). Изучение процесса риформинга и подготовки нефтепродукта. Наука и образование сегодня, (3 (4)).

18. Хужжиев, М. Я., & Хайдаров, Г. А. У. (2016). Изучение характеристики физических поглотителей для очистки газов.Наука и образование сегодня, (3

(4)).

19. Хужжиев, М. Я. (2016). Материалы и реагенты для приготовления промывочных растворов в нефтехимической отрасли. Наука и образование сегодня, (3 (4)).

20. Хужжиев, М. Я., & Нуруллаева, З. В. (2015). Полимеризация газообразных углеводородов в жидкое топливо. Молодой ученый, (8), 332-334.

21. Barakaev, N., Mirzaev, O., Toirov, B., & Alimov, A. (2021, April). Justification of the parameters of parts of a walnut cracking machine. In Journal of Physics: Conference Series (Vol. 1889, No. 2, p. 022061). IOP Publishing.

22. Тоиров, Б. Б., Хамидов, Ё. Ё., & Асадова, З. А. (2019). ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ ОБУЧЕНИЯ. ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ, (5-3), 117.

23. Ismatov, N. A., Radjabova, V. E., & Toirov, B. B. (1999). Biochemical and consumers qualities of sorgo flour. UZBEKSKII KHIMICHESKII ZHURNAL, (5/6), 82-83.

24. Toirov, B. B., Khamidov, Y. Y., & Asadova, Z. A. (2019). INNOVATIVE TRAINING TECHNOLOGIES. BULLETIN OF MASTER'S,(5-3), 117.

25. Алимов, А. А., Тоиров, Б. Б., & Савриева, И. Б. (2020). УМУМКАСБИЙ

OAH.HAPHH y^HTHm ^APAEHHHH TAfflKKH 3THm BA EAXP-tfAm. Science and Education, 1(8), 199-206.

26. Toirov, B. B. (2021). AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISH VOSITASI SIFATIDA. Science and Education, 2(2), 338-343.

27. Tosheva, G. D., & Toirov, B. B. (2020). INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR TA'LIM TARAQQIYOTINING ASOSIY KUCHI VA TUTGAN O'RNI. Science and Education, 1(8), 222-228.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.