Научная статья на тему 'BOLAGA NECHA YOSHDAN CHET TILLARNI O'RGATISH MUMKIN? OTA-ONALARNI QIZIQTIRGAN SAVOLLARIGA MUTAXSIS JAVOBI'

BOLAGA NECHA YOSHDAN CHET TILLARNI O'RGATISH MUMKIN? OTA-ONALARNI QIZIQTIRGAN SAVOLLARIGA MUTAXSIS JAVOBI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
10
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kichik yoshdan xorijiy tillarni o’rgatish / tillarga oid turli xil o’yinlar / xorij o’qitish sistemasi / o’z faoliyatini o’quvchilarga moslashtirish.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Nizamova Muyassarxon, Mansurova Sarvinoz

Maqolada bolaga necha yoshdan chet tillarni o'rgatish mumkinligi haqida,xorijiy tillarni o’qitishning zamonaviy usullarini o’rgatish hamda ularni xorjiy davlatlari bilan taqqoslab o’rganishni o’z ichiga oladi.Bolalarga o’yin orqali til o’rgatish afzalliklari haqida mutaxasis fikrlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLAGA NECHA YOSHDAN CHET TILLARNI O'RGATISH MUMKIN? OTA-ONALARNI QIZIQTIRGAN SAVOLLARIGA MUTAXSIS JAVOBI»

BOLAGA NECHA YOSHDAN CHET TILLARNI O'RGATISH MUMKIN? OTA-ONALARNI QIZIQTIRGAN SAVOLLARIGA

MUTAXSIS JAVOBI

Nizamova Muyassarxon

Ilmiy rahbar: Namangan Davlat Universiteti o'qituvchisi [email protected]

Mansurova Sarvinoz Namangan Davlat Universiteti Defektalogiya yo'nalishi 3-bosqich talabasi

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 25-yanvar 2024 yil Ma'qullandi: 28-yanvar 2024 yil Nashr qilindi: 31-yanvar 2024 yil

KEY WORDS

kichik yoshdan xorijiy tillarni o'rgatish, tillarga oid turli xil o'yinlar, xorij o'qitish sistemasi, o'z faoliyatini o'quvchilarga

moslashtirish.

ABSTRACT

Maqolada bolaga necha yoshdan chet tillarni o'rgatish mumkinligi haqida,xorijiy tillarni o'qitishning zamonaviy usullarini o'rgatish hamda ularni xorjiy davlatlari bilan taqqoslab o'rganishni o'z ichiga oladi.Bolalarga o'yin orqali til o'rgatish afzalliklari haqida mutaxasis fikrlari bayon etilgan.

Dunyoga kelgan yangi chaqaloq bolaning ruhini «top-toza paxtaga» o'xshatadi. Uning fikricha, bolaning «top-toza paxta» tarzidagi ruhiga nimalarni yozish mutlaqo katta odamlar ixtiyorlaridadir. Shuning uchun bolaning qanday odam bo'lib yetishishi, ya'ni unda qanday shaxsiy fazilatlarning tarkib topishi bola hayotdan oladigan tajribaga, o'zgalar bilan muloqot jarayonida oladigan hayotiy tushuncha va tasavvurlariga bog'liqdir''.

Angaliyalik olim Djon Lokk.

Mavzuning dolzarbligi

Hozigi rivojlanib borayotgan davrda chet tillarini o'rganish zamon talabiga aylanib bormoqda.Gap aynan bolalarni chet tillaridan biriga (ko'pincha - ingliz tili) o'rgatish haqida ketganda, ota-onalar "til bilan shug'ullanish" va "til bilan tanishish" orasidagi aniq farqni tushunishlari kerak bo'ladi sababi bola chet tillarni o'zlashtira oladimi?qanday tartibda?qaysi yoshdan?kabi bir qator ota-onalarni qiziqtirgan savollariga mutaxasislar javobini olasiz.

Ko'pchilik zamonaviy o'qituvchilarning fikricha, 5 yoshdan kichik bolalar bilan til bo'yicha shug'ullanishning foydasi yo'q. Mashg'ulotlarda ma'lum bir darajadagi diqqat-e'tibor va berilgan vazifalarni ketma-ket bajarish ko'zda tutiladi. Kichkina bolalarga esa buning nafaqat qizig'i yo'q va og'ir, balki aynan chet tillariga o'rgatishni erta boshlash kelajakda uning bu tilni o'rganish istagi va qiziqishini so'ndirishi mumkin.

Til bilan tanishishni esa aksincha, iloji boricha ertaroq boshlagan ma'qul. Ruhshunoslar tomonidan kichkina bolalarning yon-atrofda eshitganlarining hammasini qabul qilishlari va

keyinchalik gaplarni tuzishda tanish bo'lgan tovushlar birikmasidan foydalanishlari isbot qilingan.

Farzandingiz 1,5-2 yoshda bo'lsa-da uyingizda haligacha chet tilidagi so'zlar hech qachon aytilmagan bo'lsa ham siz bundan xavotirlanib o'tirmang. Bolalar 3-4 yoshgacha juda tez qabul qiluvchan bo'lishadi. Va til bilan tanishishni bunday sust holatda ham xohlagan vaqtda boshlash mumkin.Shu bilan birga bolada naniq biror narsani takrorlash, jumlani to'g'rilash, talaffuz qilishni talab qilish noto'g'ri. Agar u xohlasa, so'zlarning qaysidir elementlarini yoki hatto alohida tovushlarni takrorlasa ham mayli chunki, bularning hammasi foyda beradi!

Bolaning nechchi yoshidan chet tilini o'rganishi kerakligiga butun dunyo insonlari turlicha qarashadi. Kimdir yoshligida bolaga og'irlik qiladi kimdir esa kichikligidan o'rgatsa tez va yaxshi o'zlashtiradi degan fikrda bo'ladi

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Aqshning Massachusets texnologik universiteti mutaxassislari xorijiy tillarni o'rganish uchun eng qulay yoshni 10 yoshgacha deb ma'lum qilishgan.Chet tilni o'zining millatidek o'zlashtira olish imkoniyati katta yoshlilarga qaraganda 10 yoshgacha bo'lgan bolalarda ko'proq kuzatiladi 18 yoshdan keyin ham tilni o'zlashtirish saqlanib qolgan bo'ladi lekin xotirada ma'lum miqdorda sustlashuv bo'lib qiyinchiliklar kuzatiladi.

Lekin bola o'rgana oladi deb 10 yoshgacha bolalarga ko'p vazifalar berib ularni zo'riqtirib qo'yish kerakmas. Ularni asosan o'yin orqali tilga qiziqtirib o'rgatish bolada ham shu chet tilini o'rganishga yanada ko'proq axborot olishga istak, xohish paydo bo'ladiBolalarga til o'rgatish jarayoni dars sifatida bo'lsa bolada ancha qiyinchiliklar kuzatiladi qo'shimcha chet qili vazifalari og'irlik qiladi shuning uchun bola bilan ishlashda vazifa topshiriq sifatida emas balki o'yin tariqasida uni qiziqtirib o'rgatish samarali hisoblanadi

TAXLIL VA NATIJALARI

Olimlar til o'rganish bolaning xotirasini mustahkamlanishi fikrlashi o'zining tengqurlariga nisbatan yuqori bo'lishi va dunyoqarashni kengaytirishi kabi ijobiy hislatlarga egaligini takidlab o'tishgan. Chet tilini erta o'rganishi aqliy salohiyatini yuqorilashiga keng fikrlay olishiga imkon yaratadi.Yaponiyalik olim Masaru Ibuka o'z kitobida bolaning qobiliyatlarini rivojlantirishga uch yoshdan keyin kech bo'lishini yozgan. Uning "Uchdan keyin kech" nomli kitobida o'qituvchi Masao Nagataning tajribasi hikoya qilinadi. U ishdan bo'shab o'z hayotini farzandlari tarbiyasiga bag'ishlaydi. Bir vaqtning o'zida ikki yarim yashar o'g'li va uch oylik qiziga ingliz, ispan, italyan, nemis, fransuz hamda o'z ona tilini o'rgata boshlagan. Masao Nagata bolalarining besh tilni bir vaqtda o'zlashtirishda chalkashmaganligini aytadi. «Biz xorijiy tillar bilan faqat radio orqali shug'ullanar edik. Bu radioeshittirishlarni juda muloyim boshlovchilar olib borar edi. Talaffuz mashqlari uzoq vaqt davomida takrorlanardi. Bolalar o'zlari gapirganida hamma narsani to'g'ri talaffuz qilar edi," deydi u.Bundan ko'rinib turibdiki, bolaga til o'rgatish jarayonida to'g'ri yondashilsa, bolaning zo'riqishiga sabab bo'ladigan omillar yuzaga keltirmasa bolaga chet tillarini erta o'rgatish samarali hisoblanadi.Yosh bolalar uchun mo'ljallangan chet tili darslari bolalarda o'rganilayotgan tilga nisbatan qiziqish uyg'otishi hamda ularni yangi, hali notanish tilda muloqot qilishga chorlashi lozim. O'quv muassasalari tomonidan imkoniyat yaratib berilsa, vaqt nuqtai-nazaridan jadal

ravishda til o'rganish uzoq vaqt davomida sekin til o'rganishga qaraganda ko'proq samara beradi.

Til o'rganish jarayonining boshlarida bolalar o'z dunyolariga oid so'z va iboralarni va ularning ona tilidagi ma'nolarini bilishni afzal ko'radilar. Erta yoshda chet tilini o'rganishni boshlaganlarida grammatik strukturalarni hali anglab yetmaydilar, balki ularni avval turg'un birikma yoki iboralar sifatida qabul qiladilar.Bolaga hali tili chiqmasdan 2 ta tilda gapirilsa (masalan, ingliz tili) uning tili chiqishi kechikadi degan fikr bildirishadi. Biroq ikki tillilik bolaning tili kechikishiga sabab bo'lmaydi. 2 tilda gaplashiladigan, ya'ni kichikligidanoq yangi til ham o'rgatilayotgan bolaning leksikonidagi so'zlar bir tilda tili chiqayotgan bolaniki bilan bir xil bo'ladi. Ehtimol, 2 tilli bola kechroq gapirganini kuzatgan bo'lishingiz mumkin, lekin ular ham odatiy holatda 8-15 oyligidan gapirishga harakat qila boshlaydi.Bola bilan bittadan ko'p tilda gaplashish holatining o'zigina uning tili kech chiqishiga sabab bo'lmaydi. Agar bolaning tili chiqishi kechikayotgan bo'lsa, unda mutaxassis bilan maslahatlashish kerak.Til o'rganish bola miya faoliyati ishlashini yaxshilaydi. 2 tilli bolalar muammoni hal qilish, diqqatni jamlash va rejalashtirishda bir tillilarga qaraganda yaxshiroq bo'lishadi; -Boshqa madaniyatlarni yaxshiroq tushunish imkonini beradi; -Eshitish qobiliyati kuchliroq bo'ladi;

-Keyinroq ulg'aygach boshqa tillarni ham o'rgana olishiga ishonch paydo bo'ladi;

-Kuchli so'z boyligiga ega bo'ladi;

-Ijtimoiylashish qobiliyati yaxshilanadi;

-Yozma matnni yaxshiroq tushunishadi;

-O'ziga ishonch yuqori bo'ladi.

Chet tilni o'rganish uchun erta yosh afzalroq bo'lishining yana bir sabablari shundaki,bola qancha yosh bo'lsa, shuncha kamroq bo'ladi so'z boyligi yilda mahalliy til, ammo shu bilan birga uning nutqiga bo'lgan ehtiyojlari ham kam: kichik bolada aloqa sohalari katta yoshdagilarga qaraganda kamroq, u hali murakkab aloqa muammolarini hal qilishi shart emas. Bu shuni bildiradiki, u chet tilini o'zlashtirganda, ona va chet tillaridagi imkoniyatlar orasidagi bunday katta farqni sezmaydi va uning muvaffaqiyat hissi kattaroq bolalarnikiga qaraganda yorqinroq bo'ladi.Bolalarni o'qitish - bu maktab o'quvchilari va kattalarga qaraganda mutlaqo boshqacha uslubiy yondashuvni talab qiladigan juda qiyin masala.Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan faqat tajribali mutaxassislar ishlashi kerak.Chet tilini o'rgatishda "Tanishuv","Yangi do'stim",'Meni do'stim bo'lasanmi","Kel birga o'ynaymiz" kabi bir qator o'yinlar orqali til o'rgatish yaxshi samara beradi.

XULOSA

Bolani intelekti va qiziqishlarini hissobga olib,til o'rgatish erta yoshdan boshlansa yaxshi lekin mutaxasis sifatida shuni aytishim kerakki bola o'z ona tilida mukammal nutqni egallagan bo'lishi kerak.Shundagina bola chet tillarni muoffaqiyatli o'rganadi.Kattalarga nisbatan bolalarda tillarni o'rgatish tez va oson kechadi sababi bolalarda xotira juda keng bo'ladi.

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki sog'lom, hech qanday nutq nuqsonisiz bolaga til o'rgatish jarayonida to'g'ri yondashib, til o'rgatishga qiziqtirib o'yin orqali qo'shiq she'rlar orqali o'rgatilsa maqsadga erishish samarali bo'ladi. Bolani tug'ilganidan yarimtillikda muomala qilinmasa, til o'rgatish jarayonida ta'lim mazmuni bolalarning yoshi va individual

qiziqishlariga mos ravishda tuzilsa hech qanday nuqson orttirilmagan holda tez chet tillarini mukammal o'rgatish mumkin.

Adabiyotlar:

1. Nuritdinovna, N. M. (2022). BOLA SHAXSINING SHAKLLANISHIDA PSIXOLOGNING O'RNI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(4), 61-63.

2. Nuritdinovna, N. M., & Murtozaevna, M. M. (2022). PEDAGOGICAL MECHANISMS OF DEVELOPING PROFESSIONAL MOBILITY OF FUTURE MANAGERS. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 2(1.5 Pedagogical sciences).

3. Низамова, М. Н. (2022). ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ БУДУЩЕЙ УПРАВЛЕНЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ В РАЗВИТИИ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ МОБИЛЬНОСТИ. Science and innovation, 1(B3), 530-532.

4. Низамова, М. Н. (2022). ПРИЧИНА ВОЗНИКНОВЕНИЯ АУТИСТИЧЕСКОГО ДЕФЕКТА. Ученый XXI века, (5-1 (86)), 59-61.

5. Nuriddinovna, N. M. (2022). NUTQNI TO'LIQ RIVOJLANMAGANLIGINI BARTARAF ETISHDA PEDAGOGIK KORREKSION ISHLAR TIZIMI. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 3(25), 19-22.

6. Nizamova, M. (2023). BO 'LAJAK MENEJERLARDA AKADEMIK MOBILLIKNI AMALGA OSHIRISH SHART SHAROITLARI. Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi, (6), 759763.

7. Muyassar, N. (2023). OLIY TA'LIM TIZIMLARIDA KASBIY MOBILLIKNI RIVOJLANTIRISH VA ULAR ASOSIDA PEDAGOGIK MEXANIZMLARNI TAKOMILLASHTIRISH. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 12-15.

8. Sodiqova, Y., & Nizamova, M. (2023). YOZMA NUTQ NUQSONLARI. Академические исследования в современной науке, 2(11), 76-80.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.