Научная статья на тему 'O’QUVCHILARDA LINGVISTIK QOBILYAT SHAKILLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSATLARI'

O’QUVCHILARDA LINGVISTIK QOBILYAT SHAKILLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’quvchilardagi qobilyat xususyatlari / diqqat / ilmiy qobilyat / badiiy qobilyat / amaliy qobilyat / tafakkur / qobilyat shakillanishining psixologik xususyatlari / Characteristics of students' abilities / attention / scientific ability / artistic ability / practical ability / thinking / psychological characteristics of ability formation

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mirsoatova Gulchiroy Eshmurodovna

Bugun dunyoda millionlab insonlar o’z tilidan tashqari boshqa chet tillarni o’rganish uchun o’z bilimlarini va bor kuch g’ayratini sarflashmoqda. Dunyo bo'ylab 1,75 milliard kishi ingliz tilida so'zlashadi va barcha rivojlangan davlatlarning ta’lim tizimida chettillini o’rganish yo’lga qo’yilgan. Davlatimizda kundan kunga chet tillarni o’zlashtirib ILTS, TOFEL, TOPIC, kabi nufuzli xalqaro sertifikatlarni qo’lga kiritayotgan yoshlarimiz juda ko’p. Aksariyat yoshlarimizning ko’p qismini ingilis tilini o’rganayotgan yoshlarimiz tashkil etadi. Ingliz tili butun dunyo bo'ylab odamlar bilan muloqot qilishni xohlaydigan ishlaydigan mutaxassislar uchun o'rganish uchun zarur bo'lgan global tildir. Bu axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida keng qo'llaniladigan til bo'lib, onlaynda mavjud bo'lgan ma'lumotlarning aksariyati ingliz tilida. Ushbu maqolada biz o’quvchilardagi lingvistik qobilyat shakillanishidagi muhum psixologik omillar va tildagi muloqot ko'nikmalarini o'rganishning muhimligini va bu odamlarning shaxsiy va professional hayotida qanday foyda keltirishi mumkinligini muhokama qilamiz. Chet tillini o’zlashtirish jarayonida muhum bo’lgan lingvistik qobilyat ahamiyati haqida ko’rib chiqishga harakat qilamiz. Tilni o’zlashtirishning oson usullari birinchi o’rinda diqqatni jamlab olish va aqliy tafakkurning tiniq va ravonligi nimalarga bog’liq ekanligini o’rganamiz. Chet tillini tez va oson samarali o’zlashtirishda diqqatni qanday jamlay olish yoki tartib, tizimli, tanaffussiz o’rganishning foydasi qanday ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratamiz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL FEATURES OF LINGUISTIC ABILITY FORMATION IN STUDENTS

Today, millions of people in the world are spending their knowledge and all their energy to learn other foreign languages besides their own. 1.75 billion people around the world speak English, and in the educational system of all developed countries, learning a foreign language is established. There are many young people in our country who are learning foreign languages day by day and obtaining prestigious international certificates such as ILTS, TOFEL, TOPIC. Most of our young people are young people who are learning English. English is a global language that is essential to learn for working professionals who want to communicate with people around the world. It is a widely used language in the field of information and communication technology, and most of the information available online is in English. In this article, we discuss the important psychological factors in the formation of linguistic ability in students and the importance of learning communication skills in the language and how it can benefit people in their personal and professional lives. We will try to consider the importance of linguistic ability, which is important in the process of learning a foreign language. In the first place, we will learn what easy ways to learn a language depend on concentration and clarity and fluency of mental thinking. We will pay attention to the importance of how to concentrate on learning a foreign language quickly and easily, or how important it is to learn in an orderly, systematic, uninterrupted manner

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARDA LINGVISTIK QOBILYAT SHAKILLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSATLARI»

Mirsoatova Gulchiroy Eshmurodovna1

O'QUVCHILARDA LINGVISTIK QOBILYAT SHAKILLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSATLARI

PSYCHOLOGICAL FEATURES OF LINGUISTIC ABILITY

FORMATION IN STUDENTS

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ ЯЗЫКОВЫХ СПОСОБНОСТЕЙ У СТУДЕНТОВ

1 Alfraganus universitety Pedagogika va Psixologiya fakulteti 1-bosqich magistiranti. e-mail: [email protected] ORCID: 0009-0001-4549-0387

Annotatsiya. Bugun dunyoda millionlab insonlar o'z tilidan tashqari boshqa chet tillarni o'rganish uchun o'z bilimlarini va bor kuch g'ayratini sarflashmoqda. Dunyo bo'ylab 1,75 milliard kishi ingliz tilida so'zlashadi va barcha rivojlangan davlatlarning ta'lim tizimida chet-tillini o'rganish yo'lga qo'yilgan. Davlatimizda kundan kunga chet tillarni o'zlashtirib ILTS, TOFEL, TOPIC, kabi nufuzli xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritayotgan yoshlarimiz juda ko'p. Aksariyat yoshlarimizning ko'p qismini ingilis tilini o'rganayotgan yoshlarimiz tashkil etadi. Ingliz tili butun dunyo bo'ylab odamlar bilan muloqot qilishni xohlaydigan ishlaydigan mutaxassislar uchun o'rganish uchun zarur bo'lgan global tildir. Bu axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida keng qo'llaniladigan til bo'lib, onlaynda mavjud bo'lgan ma'lumotlarning aksariyati ingliz tilida. Ushbu maqolada biz o'quvchilardagi lingvistik qobilyat shakillanishidagi muhum psixologik omillar va tildagi muloqot ko'nikmalarini o'rganishning muhimligini va bu odamlarning shaxsiy va professional hayotida qanday foyda keltirishi mumkinligini muhokama qilamiz. Chet tillini o'zlashtirish jarayonida muhum bo'lgan lingvistik qobilyat ahamiyati haqida ko'rib chiqishga harakat qilamiz. Tilni o'zlashtirishning oson usullari birinchi o'rinda diqqatni jamlab olish va aqliy tafakkurning tiniq va ravonligi nimalarga bog'liq ekanligini o'rganamiz. Chet tillini tez va oson samarali o'zlashtirishda diqqatni qanday jamlay olish yoki tartib, tizimli, tanaffussiz o'rganishning foydasi qanday ahamiyatga ega ekanligiga e'tibor qaratamiz.

Kalit so'zlar: O'quvchilardagi qobilyat xususyatlari, diqqat, ilmiy qobilyat, badiiy qobilyat, amaliy qobilyat, tafakkur, qobilyat shakillanishining psixologik xususyatlari.

Abstract. Today, millions of people in the world are spending their knowledge and all their energy to learn other foreign languages besides their own. 1.75 billion people around the world speak English, and in the educational system of all developed countries, learning a foreign language is established. There are many young people in our country who are learning foreign languages day by day and obtaining prestigious international certificates such as ILTS, TOFEL, TOPIC. Most of our young people are young people who are learning English.

English is a global language that is essential to learn for working professionals who want to communicate with people around the world. It is a widely used language in the field of information and communication technology, and most of the information available online is in English. In this article, we discuss the important psychological factors in the formation of linguistic ability in students and the importance of learning communication skills in the language and how it can benefit people in their personal and professional lives. We will try to consider the importance of linguistic ability, which is important in the process of learning a foreign language. In the first place, we will learn what easy ways to learn a language depend on concentration and clarity and fluency of mental thinking. We will pay attention to the importance of how to concentrate on learning a foreign language quickly and easily, or how important it is to learn in an orderly, systematic, uninterrupted manner.

Key words: Characteristics of students' abilities, attention, scientific ability, artistic ability, practical ability, thinking, psychological characteristics of ability formation.

KIRISH

Aqil bu fikirlash qobiliyatidir. Aqilni insonga hech kim bermaydi, aql insonda yillar moboynida shakillanib borib yuksak darajaga yetadi. Inson tabiatan mukammal qilib yaratilgan biologik mavjudod. Unda hech bir mavjudodga berilmagan aqil va tafakkur qilish qobilyati berilgan. Har birimizda yashirin qobilyat bo'lishi mumkun albatta, ammo ba'zan insonlar ichki his-tuyg'ularini oshkora eta olmaydilar. Ichki qobilyatni yuzaga chiqozib berishda esa insonda psixologik muommolar mavjud bo'lmagan vaziyatlarda unda erkin fikirlash qobilyati mavjud bo'ladi. Bola tug'ilishi bilanoq unda hech qanday tilni bilish qobilyati mavjud bo'lmaydi. Biroq vaqt va atrofdagi odamlar bilan ular boshqalar bilan bir xil tilda gapira boshlaydilar. Bolalar ulg'aygach, tengdoshlari va do'stlari bilan muloqot qilish uchun boshqa tillarni o'rganadilar. Bugun dunyoning istalgan yeriga sayohat qilishingiz, ishlashingiz yoki u yerda biroz muddat yashab qolishingiz ham mumkun, faqat siz chet tillini yaxshi o'zlashtirgan bo'lsangiz. Ingliz tili global til bo'lib, odamlar o'z ona tili ta'siridan chiqib, ingliz tilidagi muloqot qobiliyatlarini o'rganishlari uchun zarur bo'lib qoldi.

MUNOZARA

Bugun tilni o'rganishga bo'lgan talabning oshishi sezilarli darajada o'zgardi. Ko'plab ota-onalar farzandlarni yaxshi ta'lim olishi bilan birga uning boshqa bir chet tillini mukammal egallashini hohlashmoqda. Yoshlarimizning maktabda boshlang'ich sinfdan boshlab va uning oila muhitida ham ota-ona tomonidan tilni o'rganish majburyati yuklanadi. Ammo tilni o'zlashtirayotgan o'quvchilarning aksariyat qismi tilni o'zoq muddat o'rganishiga qaramasdan ularda hech qanday ijobiy nateja bo'lmagan holatlar ham ko'zatilmoqda. Ana shunday keskin vaziyatlarda ko'pchiligimizning tilni o'rganayotgan o'quvchidagi psixologik xususyatlarning muhumligini bilmaymiz. Ba'zi holatlarda tilni o'rganayotgan o'quvchilarning psixologik xususyatlarida ham bir qancha muommolarga duch kelish holatlari ko'zatilgan. Nima sababdan uzoq muddat davomida tilni o'rganayotgan o'quvchilarda ijobiy natejaga erishish qiyin bo'lmoqda? Buning sababi nimada? Tilni o'rganish jarayonida boladagi lingvistik qobilyat xususyatlarining qanday ahamiyati borligini bugun ko'rib chiqamiz.

METOD

Zamonaviy ta'lim jarayonlarining sifatini yaxshilash maqsadida kundan-kunga yangi o'zgarishlar kiritilmoqda. Tilni bugun nafaqat yoshlar balkim 30-yoshdan yuqori bo'lgan pedagoglarimiz, muassasa tashkilot xodimlari ham o'rganishga katta qiziqish bildirishgan. Bugun zamon talabiga javob bermasangiz siz ertaga keraksiz kadrga aylanib qolishingiz mumkun. Chet tillarni o'rganishda qanday metodlardan foydalanish samaraliroq nateja beradi? Bu borada ko'plab tilshunos olimlarlarimizning o'tkazgan tajribalari ko'p. Tilni o'rganish jarayonida eng samarali metodlardan biri ko'proq muloqot jarayoni hisoblanadi. Bunda ong hech qanday gramatikalarsiz yangi so'zni miyaga muhirlaydi. Tilni o'rganishda xotira juda muhum rol o'ynaydi agar insonda kuchli xotira shakillangan bo'lsa u boshqa bir tilni tez o'rgana oladi. Tilni o'rganishdagi yana bir sinalgan va yaxshi natejaga erishilgan metodlardan biri bu SPEAKING CLUB (davra suhbati)ni tashkil etish hisoblanadi. Bunda o'quvchi o'rganayotgan yangi tilda gapirishga harakat qiladi. Boshqa bir tilni o'rganish ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Chunki bu holatda inson munosabatga kirishishga harakat qiladi. O'quv jarayonidagi o'tkazilgan davra

suhbatlari o'quvchidagi kognitiv faoliyatni tashkil etishga va lingvistik qobilyat shakillanishiga yordam beradi.

Dunyoni bilish va dunyoviy bilimlarni shakillantirishda muloqot qilish vositasi sifatida chet-tili o'zining muhum ahamiyatiga ega. Zamonaviy o'quv jarayoni bugun o'quvchilardan bilim, ko'nikma, malaka, til o'rganish qobilyatini talab qiladi. Bugun yoshlarning chet- tillini o'rganishga bo'lgan talablari ortib bormoqda. Ba'zi yoshlarimizda til o'rganishdan maqsad chet mamalakartlarda ta'lim olish va boshqa yoshlarimizning esa chet elda ishlash ihtiyojlaridan deb bilishimiz mumkun. Oliy ta'lim o'quv yurtlarida ham bugun tilga bo'lgan yoshlarimizdagi qiziqish quvonarli albatta. Ba'zi oilalarda hattoki bolalar 3-yoshdan boshlab ingilis tiliga chuqurlashtirilgan maktabgacha ta'lim muassalariga ota-onalar tomonidan berilishi bu ingiliz tilining ahamiyati sezilarli darajada oshganidan dalolat.

Maktab yoshidagi o'quvchilarning aniq fanlar bilan birga chet tillarni o'rganishlari ba'zi bir hollarda ijobiy nateja bersa ba'zi vaziyatlarda esa salbiy holatlar ham ko'zatiladi. Psixoliklarning fikricha maktab yoshidagi bolalarda haddan ortiq yuklamalarning qo'yilishi uni psixologik kasalliklarning ortirib olinishiga sabab bo'lishi aytilgan. Ana shunday holatlarni oldini olish uchun avvalombor o'quvchilardagi qobilyatning qaysi fanga shakillanganligini aniqlab olish va uning qobilyatiga ko'ra yunaltirish samarali nateja beradi.

Qobiliyat — insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobiliyat bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat ko'nikma, malakadan farq qiladi. Qobiliyat insonga berilgan in'om sifatida qaraladi.

Qobilyat insonga tug'ma berilishi yoki unda yillar moboynida uning ilim olishga bo'lgan sayin harakati, o'qishga bo'lgan qiziqishi orqali bilimlarining oshishi natejasida shakillanishi mumkun. Maktabda ta'lim olayotgan yuqori sinf o'quvchilarining bugun aniq fanlar va chet tillarni o'rganish uchun barcha kuchlarini sarflashlari bu o'z navbatida ularning ilim olishga bo'lgan intilishlaridan dalolat. Ammo bugun ba'zi bir o'quvchilarning fiziologik charchab qolishlari oqibatida fanlarni to'liq egallay olmayotganliklari ko'zatilmoqda. Bunday vaziyatlarda o'quvchilarning lingvistik qobilyatini til o'rganishga bo'lgan qobilyatini aniqlash kerak. O'quvchilarda lingvistik qobilyat shakillanishida psixologik xususyatlar juda muhum ahamiyatga ega.

Tilni egallash insonda turlicha amalga oshiriladigan jarayondir. Inson tug'ilishi va uning rivojlanishi jarayonlarida ko'plab bosqichlarni bosib o'tadi. Inson tug'ulganda uning tili hali rivojlanib o'lgurmagan bo'ladi albatta ammo kun o'tishi bilan eshitish orqali bola tilni asta sekinlik bilan egallab boradi. Til qobiliyati deganda tilni egallash qobiliyati tushuniladi. Bolalar til o'zlashtirish uchun eng katta qobiliyatga ega. Bu qobiliyat taxminan l0 yoshdan keyin pasayadi.

O'quvchining intellektual rivojlanishining muvaffaqiyati asosan sinfda, o'qituvchi o'z o'quvchilari bilan yolg'iz qolganda erishiladi. O'quvchining lingvistik qobilyati tizimli, kognitiv faoliyati tashkil qilish qobiliyati o'quvchilarning o'qishga bo'lgan qiziqish darajasi, bilim darajasi, doimiy o'z-o'zini tarbiyalashga tayyorligi, ya'ni ularning intellektual rivojlanishi hisoblanadi. O'quvchilardagi tilni o'rganishga bo'lgan qobilyatni faxmlash uncha qiyin bo'lmaydi agar o'qtuvchida kuchli kuzatish tajribasi bo'lsa albatta har bir o'quvchining aniq fanlarga yoki san'atga, adabiyotga, sportga, qo'l mehnati kabi kasbiy ta'limga bo'lgan qobilyatini aniqlay olishi mumkun. Qobilyat insonning psixologik xususyatlari xisoblanadi. Har bir qobilyat insondan mukammal izlanuvchanlik va tassavur olamining kengligini talab qiladi. Tassavur

olamining keng bo'lishi o'z navbatidagi inson aqlining rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan ham biologik,fiziologik hamda psixologik jarayon hisoblanadi.

Fiziologik xususiyatlar o'quvchilarning o'rganishiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan yana bir ta'lim uslubi modeli omilidir. Bu xususiyatlar o'quvchilarning qachon va qanday qilib yaxshiroq o'rganishiga ishora qiladi. Talabalarning fiziologik xususiyatlarini tushunish o'qituvchilarga o'quvchilarning idrok etish qobiliyatiga asoslangan holda o'rganishga yordam beradi. Xususiyatlarga kunning vaqti, tashqi stimulyatsiya, energiya darajasi va o'qish paytida harakatlanish kiradi. Misol uchun, o'qituvchilar o'quvchilarni kunning eng yaxshi vaqtida o'qishga undashlari mumkin, bu erta tongda maktabga ketishdan oldin, tushlik yoki o'quv zallarida, maktabdan keyin darhol yoki kechqurun yotishdan oldin bo'lishi mumkin. Talabalar o'qishga e'tibor qaratishganda, tashqi stimulga ham boshqacha munosabatda bo'lishadi. Ba'zilar o'rganish paytida ovqatlanishni, saqich chaynashni yoki ichishni yaxshi ko'radilar. Ba'zi katta yoshdagi talabalar hatto o'rganish paytida chekishni afzal ko'rishlari mumkin. Boshqa talabalar energiya darajasi yoki harakatchanlik sohasida idrok etish qobiliyatiga ega bo'lishi mumkin. Agar ular o'rganish davomida harakatlana olsalar va bitta stol maydoniga cheklanib qolmasalar, yaxshiroq o'qishlari yoki sinf sharoitida yaxshiroq ishlashlari mumkin (R. Dunn, & K. Dunn, 1992).

1Yuqori sinf o'quvchilarining ma'lumotni qayta ishlash usuli ham o'rganish qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin. Ba'zi o'quvchilar doimiy bo'lishga moyil bo'lgan ko'proq tahliliy protsessorlardir. Ular har doim ham topshiriqni darhol boshlamasligi mumkin, lekin ular boshlaganlaridan so'ng, ularda vazifa tugaguniga qadar yoki ular to'xtab qolishlari mumkin bo'lgan joyga kelguniga qadar davom etish uchun kuchli hissiy istak paydo bo'ladi. Boshqa tomondan, global o'quvchilar odatiy o'qituvchilar tomonidan chalg'ituvchi narsalar - tovush (musiqa, teginish yoki suhbat), norasmiy dizayn (bemalol yotish), yumshoq yorug'lik (ko'zlarini yopish yoki uyda quyoshdan saqlaydigan ko'zoynak taqish) bilan o'rganishni afzal ko'rishadi. Sotsiologik omillar ham o'rganishga ta'sir qilishi mumkin. O'qituvchilar turli sharoitlarda o'quvchilarning o'rganish uslublaridan xabardor bo'lishlari kerak. O'rganishni kuchaytiruvchi yoki inhibe qiladigan o'zgarishlar yolg'iz o'rganishni, juftlikda, kichik guruhlarda, jamoaning bir qismi sifatida, obro'li yoki kollegial kattalar bilan o'rganishni va naqsh va tartiblardan farqli o'laroq, xilma-xillikni xohlashni o'z ichiga olishi mumkin.

Qobilyat faqatgina faoliyatda nomoyon bo'ladigan muhum jarayon hisoblanadi. Har bir qobilyatning o'ziga xos tuzulishi va xusuyatlari mavjud bo'ladi. Qobiyatnin yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishlik hisoblanadi. Qobilyatlarning asosiy tayanch tizimi bu kuzatish metodi hisoblanadi. O'quvchilarning qobilyatlarioni aniqlash uchun ularni birinchi navbatda kuzatish krerak bo'ladi. Insondagi qobilyat ba'zi o'quvchilarda oilada o'z yaqinlari davrasida yoki maktabda va do'stlari davrasida namoyon bo'ladi. Undagi qaysi yo'nalishga bo'lgan kuchli qiziqish va salohiyat bu ishni hech qanday qiyinchiliklarsiz egallashi bilan bog'liq jarayon hisoblanadi. Qobilyatning kengligi va yo'nalishiga ko'ra 2 turi mavjud.

1 Alberg, J., Cook, L., Fiore, T., Friend, M., & Sano, S. (1992). Educational approaches and options for integrating students with disabilities: A decision tool. Triangle Park, NC: Research Triangle Institute.

American Education Network Corporation. (1999). AENC'sEducational philosophy - Recognition of Howard Gardner [On-line]. Available: http://www.aenc.org/ABOUT/MI-Pie.html

Andrews, R. H. (1990). The development of a learning style program in a low socioeconomic, underachieving North Carolina elementary school. Journal of Reading, Writing, and Learning Disabilities International, 6 (3) , 307-314.

1.Maxsus insoniy qobilyatlar. Ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo'lib, ijtimoiy hayot va taraqqiyotni ta'minlaydi. Maxsus insoniy qobilyatlar o'z navbatida umumiy va xususiy qobilyatlarga bo'linadi.

2.Umumiy qobilyatlatlar. Insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta'minlovchi aqliy qobilyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi,qo'l harakatlarini aniqligi va boshqa xususyatlaridan iborat.

O'quvchilarda lingvistik qobilyat shakillanishida qobilyatning o'zi kamlik qilishi mumkun. Agar tilni o'rganayotgan odam tilni o'rganish jarayonida diqqatni jamlay olmasa unda hech qanday nateja bo'lmaydi.

Diqqat — subyekt faoliyatining biror obyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya po'stlog'ining muayyan joylaridagi optimal qo'zg'alish manbalari Diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqat ikki turga bo'linadi: ixtiyorsiz (passiv) Diqqat va ixtiyoriy (aktiv) Diqqat Ixtiyorsiz Diqqat biron tashqi sabab ta'sirida kishi xohishidan qat'i nazar hosil bo'ladi. Bunday Diqqat odamdan iroda kuchini talab qilmaydi. Diqqatni jalb qilish uchun qo'zg'atuvchining kuchi katta ahamiyatga ega; mas, narsaning chi-royliligi, yorqinligi, o'tkir hidliligi va b. xususiyatlari Diqqat ni beixtiyor tortadi. Ixtiyoriy Diqqat da psixik faoliyat oldindan belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga ongli ravishda jalb etiladi. Diqqatning bu turi iroda kuchini talab qiladi; shuning uchun bu Diqqat irodaviy Diqqatdeb ham ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy Diqqat vositasida amalga oshiriladi.

Dars o'tish jarayonida o'qtuvchi uchun eng muhum bo'lgan vosita quroli bu o'quvchining diqqatini bir joyga yig'ib olishi hisoblanadi. Agar o'qtuvchida pedagogik mahorat va qobilyat bo'lsa u har qanday o'quvchini diqqatini darsga qarata olishi mumkun. Diqqat psixologik noyob hodisa hisoblanib bugungi kungacha birorta psixoliklar va ruhshunoslar bu borada yagona fikirga ega emaslar. Psixoliklar diqqatni psixikaning fikriga ko'ra, diqqat istalgan psixik jarayonda u yoki bu darajada ishtirok etganligi sababli, mustaqil hodisa sifatida o'rganilishi mumkin emas, boshqalar esa diqqatning psixik jarayon sifatida mustaqilligini yoqlaydilar. Psixik bilish jarayonlarining yo'nalganligi va tanlash xususiyati diqqat bilan bog'liq, diqqat bilan idrokning aniqligi va izchilligi, xotiraning mustahkamligi va tanlash xususiyati, aqliy faoliyatning yo'nalganligi va samaradorligi, qisqasi, umuman bilish faolligining sifati va natijalari aniqlanadi.

Diqqat boshqa psixik jarayonlar qatori ma'lum fiziologik hodisalar bilan bog'liqbo'ladi. Ma'lum yo'nalishdagi alohida qo'zg'atuvchilarni ajratish va jarayonlar kechishining fiziologik asosini ba'zi nerv markazlarining qo'zg'alishi, boshqalarining esa tormozlanishi tashkil etadi. Odamga ta'sir ko'rsatayotgan seskantiruvchi retikulyar formatsiya tomonidan amalga oshiriladigan miya faollashishini yuzaga keltiradi. Diqqat da yana bir muhum holat bu taxminiy refleks bo'lib uni alohida ta'kidlab o'tish joiz. Bu refleks odam va hayvonlarda atrof muhitga bo'lgan rekleks hisoblanadi. Bu jarayon inson miyasidagi psixologik jarayon hisoblanadi, chunki inson ongidagi qabul qiluvchi signallar tashqi muhutdan kelgan ovoz,tovush,qandaydir tabiat hodisasi yoki tusattan honaga kirib kelgan begona odam xonadagi insonlarning diqqatini tortilishi kabi misollarni ko'rsatishimiz mumkun. D.E.Brodbentning fikricha, diqqat - axborotni, aynan, kirib kelishda, ya'ni periferiyada tanlab o'tkazuvchi filtr. u, agar odam bir vaqtning o'zida turli axborotni ikki qulog'i bilan qabul qilgan bo'lsa, lekin qo'llanmaga binoan, faqat chap qulog'i bilan qabul qilishi zarur bo'lgan holatda, o'ng quloqqa uzatilgan axborot umuman qabul qilinmaganligini aniqladi.

Insonhdagi qobilyatlarning shakillanishida diqqatning ham ahamiyati katta. Odam bolasi bu dunyoda yaratilgan eng noyob va mukammal biologik mavjudot deb hisoblashimiz mumkun. Chunki odamda boshqa mavjudodlarda bo'lmagan ong, aql,idrok,tafakkur, qobilyat berilgan. Tarixda yashab o'tgan allomalardan biri Umar Hayyom insonga berilgan eng oliy ne'mat bu tafakkur deb aytib o'tgan. Chunki inson ongli mavjudot ammo unda tafakkur bo'lmasa u ong rivojlana olmasligini ong rivojlanmasa insondagi hich bir qobilyat tashqi muhutga chiqmasli mumkunligini aytib o'tgan. Darhaqiqat tafakkurning rivojlanib borishi bizdagi yashirin qobilyatning yuzaga chiqishiga turtki bo'ladi.2 Ayrim adabiyotlarda qobilyat mohiyati turlicha talqin qilingan. Umumiy qobilyat deganda shaxsning yuksak intellektual taraqqiyoti va bilim olishi tushuniladi. Ammo ba'zi bir olimlarning fikriga ko'ra bu tor va notug'ri tushuncha sifatida inkor etiladi. Inson faoliyatidagi maxsus qobilyatlarni 3 qismga bo'ladi.

Ilmiy qobilyat-everistik fikrlashning yuksak rivojlangan chuqqisi hisoblanadi. Bu qobilyat insondan mantiqiy og'zaki xotirani, qa'tiyat va sabr toqatni talab qiladi.

Badiiy qobilyat sensor obrazli fikrlashning asaosiy bo'g'ini hisoblanib, o'tkir emosional ta'sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi.

Amaliy qobilyat praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligi, ilm farosatning kuchliligi, iroda va yetuk kirushuvchanlikni o'z ichiga oladi.

Odam egallaydigan faoliyat uning xususyatlariga yuksak talablar qo'yadi. O'zidagi talablarni qondirish uchun inson tinimsiz o'z nustida ishlashi va ko'p mehnatni talab qiladi. Yillar davomida olib borilgan faoliyat natejasi qobilyatga aylanishi mumkunligini ko'p misollar orqali bilamiz. Qobilyatlar murakkab tuzulishga ega bo'lgan psixik sifat yig'indisidan iborat. Ba'zi hollarda o'quvchilarning dars davomida bir fanda 45 minut o'tirib bitta mavzuni eshitib uni o'rganib olishlari ham uning qobilyatiga bog'liq jarayondir. Chet tillarni o'rganayotgan o'quvchilardagi uchrayotgan kamchiliklardan biri o'quvchining ichki his tuyg'ularini va ongini to'g'ri boshqara olishi bilan bog'liq bo'lgan psixologik jarayon hisoblanadi. Ba'zan tilni o'rganishimizdagi ko'p vaqtni yuqotishimiz bizning psixologik xususyatlarimiz bilan bog'liqligini kech tushunib yetamiz.

Chet tillini o'rganayotgan o'quvchilarda nafaqat ichki psixologik xususyatlari balki ularni tashqi psixologik xususyatlariga ham o'zlashtirilgan til ta'sir ko'rsatadi. Butun dunyoda turli millat va turli irq vakillari yashashadi. Agar diqqat bilan e'tibor qaratsak har bir millatning tili uning ichki va tashqi ko'riniashiga ham tilning ta'sirini ko'rishimiz mumkun. Bugun ko'plab maktab o'quvchilarining qizib o'rganayotgan tili ingilis tili hisoblanadi. Ingilis tilini o'rganib bo'lgan yoshlarimizning nafaqt fikrlash dunyosida balki ularning ichki dunyosida ham katta o'zgarishlar ko'zatila boshladi. Chet tillarni o'rgan yoshlarning tilni bilmagan bolalar bilan farqi juda katta bo'ladi. Tilni o'rganayotgan bolaning birinchi navbatda uning lingvistik qobilyatidan kelib chiqib yunaltirilgan bo'lsa bola tilni mukammal darajada o'zlashtira oladi.

Bugungi kunda o'quvchilardagi lingvistik qobilyatning shahillanishidagi psixologik xususyatlarning rivojlanishi uchun qanday muhum omillarni amalga oshirish muhum hisoblanadi? Tilning bir holatdan ikkinchi, yuqori holatga o'tishi, o 'sishi, yuksalishi, taraqqiyoti, ravnaqi, ravnaq topishi mumkun, faqatgina bu tilning ustida tinimsiz izlanishlar olib borilgandagina ruy berishi nmumkun bo'lgan jarayon hisoblanadi. Psixoliglar, Tilshunoslar, Pedagoglar va hattoki tibbiyot hodimlarining bajarishi mumkun bo'lgan ishlari bir-biri bilan

2 Югай A.X., Мираширова H.A. "Oбщaя психология" - Taшкент 2014 г. С.-194-205.

Safayev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. "Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti" TDPU, 2013 y, B.79-90.

uzviy bog'liq. Chunki bir tilni bola o'rganishi jarayonidagi undagi psixologik hususyatlarni psixoliklar o'rgansa, Tilshunos esa bolaga yangi tildagi boshlang'ich bilim va ma'lumotlarni taqdim etadi, Pedagoglarning bu boradagi vazefasi muhum hisoblanadi, chunki pedagog boladagi nutq tekisligi yangi o'rganilgan tilning ravon gapira olishi va bolaning nutqini shakillanishiga yordam beradi. Aynan tildagi kamchiliklar ya'ni nutqning yo'qligi tildagi tug'ma va ortirilgan nuqsonlarni esa tibbiyot o'rganadi. Ya'ni boladagi til chiqishi bilan mavjud bop'lgan biologic kasalliklarga tashhis qo'yadi. Bundan xulosa qilib aytishimiz mumkun til nutq qiroli bo'lganligi sabali ham uning rivojlanib borishi bilan insondagi ham psixologik va fiziologik jarayonlarning o'zgarishi muhum aahamiyatga ega.

Til, nutq va nutq faoliyati ozaro bog'liq hodisalar bo'lib ular bir-birini taqazo qiladi. Ularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Tadqiq qilish jarayonida ularni shartli ravishda ramziy ma'noda bir-biridan ajratish mumkin. Ammo bugunga kelib ba'zi maktab yoshida bo'lgan o'quvchilarning nutqiy qobilyatlari shaillanmasadan ular boshqa bir chet tillini o'zlashtirishga harakat qilashmoqda. Ammo bu hato chunki insondagi nutq qobilyati juda muhum hisoblanadi. Nutq qobiliyatining shaikillanmaganligi uning yangi tilni o'rganishida qiyinchiliklar tug'dirishi mumkun.

Aksariyat maktab yoshidagi bolalarning ichida til o'rganishga qobilyatli bo'lgan o'quvchilarning ko'p bo'lishi bu yonida o'tirgan o'quvchining ham o'z navbatida bilimiga ijobiy ta'sir qiladi. Til o'rgatish o'rgatuvchi tomonidan tashkil qilinadi va tashabbus, qarorga kelish o'qituvchi tomonidan hal qilinadi. O'rgatuvchi ta'lim jarayonida turli uslublardan foydalanadi va uslublarning samaradorligi qayta bog'lanish orqali aniqlab boriladi. Til orgatishning ikki yoli keng tarqalgan:

1. Til bilmidan nutq ko'nikmalari va malakalariga o'tish.

2. Nutq ko'nikma va malakalaridan til bilmiga o'tish.

Birinchi yol bilan ona tili, ikkinch yol bilan esa chet tillar o'rgatiladi. Til orgatishning samarali bolishi bir qator omillarga bog'liq. Ularni shartli ravishda:

- shaxsning individual-psixologik xususiyatlari;

- orgatuvchining mahorati, tajribasi, topqirligi;

- lingvistik omillar,

- psixologik omillar;

- ta'limning shart - sharoitlari bilan bog'liq bolgan omillarga

Til bilish darajasini aniqlash muhim masalalardan biridir. Biroq ushbu darajani aniqlash murakkab faoliyat bo'lib, u birinchi navbatda tildan foydalanish maqsadini aniqlashdan boshlanishi lozim. Til bilish darajasini aniqlash, shu tilga oid bilim, ko'nikma va malakalarning rivojlanish darajasi bilan uzviy bog'liq. Bu borada ko'plab usullardan foydalanish mumkin. Keyingi paytda ta'lim jarayonida test usulidan keng foydalanish urf bo'lmoqda. Tilni o'rganayotgan o'quvchi o'zlashtirgan bilimlarini o'zi tahlil qilishi va xatolarini aniqlashning eng qulay usuli bu mavzuga doir testlarni ko'proq ishlash hisoblanadi. Quyidagi olimlar psixolingvistika sohasida aynan lingvistik qobilyatning tildagi ahamiyati va uni shakillantirishdagi psixologiyaning ahmiyati haqida ko'plab tajribalar va tadqiqot ishlarini olib borganlar:

- Nikolay Ivanovich Jinkin.

- Boris Vasilyevich Belyayev .

- Vladimir Alekseevich Artyomov.

- Irina Alekseeva Zimnyaya.

- Zinaida Ivanovna Klichnikova.

- Aleksey Alekseevich Leontyev.

Tilni bilish uning tuzilishi va so'zlarini egallash demakdir. Ko'plab olimlarning olib borgan tadqiqotlarini shuni ko'rsatadiki chet tillarni o'rganishda lug'atlardan foydalanish samarali nateja beradi. Shunday qilib, lug'at ta'lim muassasasi va maktabda o'qitiladigan tilning jihatlaridan biri.

Bola tug'ilsa, hech qanday tilni bilmaydi. Biroq, vaqt va atrofdagi odamlar bilan ular boshqalar bilan bir xil tilda gapira boshlaydilar. Bolalar ulg'aygach, tengdoshlari va do'stlari bilan muloqot qilish uchun boshqa tillarni o'rganadilar. Ingliz tili global til bo'lib, odamlar o'z ona tili ta'siridan chiqib, ingliz tilidagi muloqot qobiliyatlarini o'rganishlari uchun zarur bo'lib qoldi. 3Ingliz tilida yaxshi muloqot qilish ko'nikmalariga ega bo'lish, ayniqsa professional hayotga kelganda juda muhimdir. Agar shaxs ingliz tilida yaxshi muloqot qobiliyatiga ega bo'lsa, u holda hamkasblar bilan suhbatlashish yoki ish uchun intervyu berishda hech qanday qiyinchilik bo'lmaydi. Boshqa tomondan, agar shaxs ingliz tilini o'rganishga to'g'ri munosabatda bo'lmasa, u boshqa tilni biladiganlarga qaraganda o'z hayotida o'sishga qodir emas.

Ingliz tili ko'nikmalari ingliz tilida ravon va samarali gapirish, o'qish, yozish va tushunish qobiliyatini anglatadi. Psixologik, pedagogik va uslubiy adabiyotlarda bolaning ijodiy rivojlanishiga qaratilgan vazifalar keng namoyish etiladi, ammo ular tizimga kiritilmagan, ularning yordamida qaysi turiga tegishli ekanligini aniqlash mumkin bo'lgan ko'rsatkichlar ishlab chiqilmagan. Sinfda yosh maktab o'quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan pedagogik shartlar aniqlanmagan. Bizga malumki mamlakatimizda davlat standarti, boshlang'ich ta'limning asosiy ta'lim dasturlari maktab o'quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, insonparvar, ijodkor, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan. Shu sababli ham bugun maktab 'oquvchilarining barchasi o'z qiziqishidan va zamon talabiga ko'ra chet tilini o'zlashtirishga harakat qilishmoqda. Chet tillarni o'rganish jarayonida qobilyatning muhum psixologik hususyatlariga ko'ra til; mukammal bir tizim sifatida o'rganish emas uni osonlashtirilgan,sodda tartibga solib ham o'rganish mumkun.

Bugungi kunda, boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning ijodiga muhim o'rin berilsa, boshlang'ich maktab o'quvchilarining ijodiy faoliyatini tashkil etish yo'llarini konkretlashtirish, yosh o'quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash zarur. Psixolingvistika - nutqning hosil bo'lishi, shuningdek, nutqni idrok etish va shakllantirish jarayonlarini ularning til tizimi bilan o'zaro bog'lanishi holatida o'rganuvchi fan; psixologiya va lingvistikaning sintezidan paydo bo'lgan. O'z o'rnida ham ko'rinib turibdiki lingvistik qobilyat shakillanishidagi eng muhum hodisa bu psixologik jarayon hisoblanadi. Endi tilni o'rganayotgan o'quvchi dastlab tilni soddalashtirilgan va oson tartibda o'rganishi kerak. Chunki o'quvchilardagi qobilyat turlicha bo'lishi va bu jarayonda o'quvchi tilni qancha vaqt moboynida o'rganishi uning tafakkur tezligiga, diqqat, lingvistik qobilyatiga bog'liq jarayon hisoblanadi.Tilni o'rganayotgan

3 A. A. Leontyev Psixolingvistika. L. 1967. Psixolingvistika za rubejom M. 1972. Osnovi teorii rechevoy deyatelnosti M. 1974.

Yazik, rech i rechevaya deyatelnost M. 1969. Friedrich Kainz Psychologie der Sprache Wien. 1954.

N.LJinkin Mexanizmi rechi M. 1958. B.V.Belyayev Ochcrki po psixologn obucheniya mostranium yazikam M. 1969.

o'quvchining psixologik holati dars moboynida nomoyon bo'lishi mumkun. Ba'zi bir o'quvchilar chet tilini o'rganish jarayonida muhum bo'lgan psixologik qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi.

Qobiliyatning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi bo'lishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba ko'pincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi. Zehn muayyan bir faoliyatga yoki ko'pgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon bo'ladi. Zehn nishonalari deganda qobiliyat ichki imkoniyatlarining tabiiy asosini tushunish lozim. U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. Qobiliyat umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobiliyat deganda yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobiliyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. Qobiliyatni ma'lum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniqlash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, qobiliyatni takomillashtirishning maxsus vositalarini qo'llash, shaxsning faollik alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni umumiy talablar bilan uyg'unlikda olib borish va boshqa orqali rivojlantirish yo'llari mavjud. Qobiliyatning yuqori darajasi iste'dod va daholik (qarang Daho) namoyon bo'ladi. Qobilyatlar, aslida, tug'ma bo'ladi. Qobiliyat tug'ma bo'lsada uning rivojlanishi ijtimoiy muhitga ham bog'liq bo'ladi.4

Joriy yilda "El-yurt umidi" jamg'armasi orqali 350 nafar talabaning nufuzli xorijiy universitetlarda o'qishi uchun stipendiyalar ajratildi. Bu o'tgan yillarga nisbatan 5 baravar ko'pdir.Bundan ko'rish mumkunki bugun maktab yoshidan boshlaboq yoshlarning chet-tillarni o'rganishlari va qiziqishidan o'z oldiga qo'ygan maqsadlari aniq. Aynan yurtimizda bu borada oliy ta'lim tashkilotlarida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda, chet tillarni o'rganayotgan yoshlarni maktabdanoq to'g'ri tizimli yunalish berilmoqda. Shu o'rnida ta'kidlash joizki, umumta'lim maktablarida ingliz tilini turli sinflar doirasida o'quvchilarni yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, ulardagi chet tilini o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish va ehtiyojlarini to'liq qondirishga yordam beruvchi pedagogik innovatsion texnologiyalarga asoslangan zamonaviy dars ishlanmalar yordamida dars o'tish o'quvchilardatilni o'rganish uchun yuqori samara beradi.

XULOSA

Bugun yurtimizdagi barcha yoshlar chet tillarni o'rganishga bo'lgan qiziqishlari tufayli tilni o'rganib dunyoni ko'rish imkoniyatini o'zlari uchun yaratishmoqda. Xulosa qilib aytish mumkunki, ushbu maqola orqali siz qobilyat nima ekanligi va o'quvchilardagi qobilyatning shakillanishidagi muhum psixologik xususyatlarning ahamiyati haqida bilib olasiz. Lingvistik qobilyatning o'quvchilarda namoyish bo'lishidagi muhum e'tibor qaratilishi kerak bo'lgan jarayonlar haqida ham kerakli ma'lumotlarni olishingiz mumkun. O'quvchilardagi qobilyatning shakillanishi uchun aynan qaysi metodlardan foydalanish samaraliroq nateja berishi haqida maqolada to'xtalib o'tildi. Maqolada qobilyat turlariga va qobilyatning uzi chet tillini o'zlashtirish uchun yetarli bo'lmasligini, til o'rganish uchun eng muhumi o'quvchining diqqatini bir joyga jamlay olish muhum ekanligi haqida ham o'tqazilgan tadqiqot xolosalariga ham tayanildi.

4 B.V.Belyayev Ochcrki po psixologn obucheniya mostranium yazikam M. 1969. V.A.Artyomov Psixologiya obucheniya inostrannim yazikam M. 1968. Z.I.Klichnikova Psixologiya obucheniya chteniyu na inostranno yazike M. 1977. LA.Zimnyaya Psixologiya obucheniya govoreniyu inostrannim yazikam. M. 1969. Psixologiya obucheniya inostrannim yazikam v shkole M. 1991. A.V.Petrovskiy va boshqalar. Umumiy psixologiya M. 1986. M.V.Gamezo,l.A.Domashenko. Atlas po psixologii M.1986.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlarning ilmiy-nazariy asoslari Muhammedov A, To'raqulov D T.Nashiroti 2014

2. Didaktik ta'limni o'qitish metodikasi 2021. To'raqulov D, Musayev M

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshkent Islom Universiteti Ergash G'oziev Ontogenez psixologiyasi O'quv qo'llanma Toshkent "NIF MSH" 2020

4. Gaziev E.G. Psixologiya vusshey shkolbi. Tashkent, Universitet,0 0 6 .- 132 s.

5. Gaziev E.G. Samoupravlenie uchebnoy deyatelnostyu Aouchayuuuixsya. Tashkent, Universitet, 2008. - 132 s.

6. Djakupov S.M. Psixologicheskaya struktura protsessa obucheniya. Almatbi, 2004. - 312 s.

7. Zimnyaya I.A. Pedagogicheskaya psixologiya. - М.: 1999.

8. Kondrateva S.V. Pedagogicheskaya i vozrastnaya psixoloogiya. - Grodno, 1996.

9. Maslou A. Motivatsiya i lichnost. SPb, 1999.

10. Petrovskiy V.A. Lichnost v psixologii. Rostov N/D, 1996. - 512 s.

11. Rean A.A., Kolominskiy Ya.L. Sotsialnaya pedagogicheskaya psixologiya. SPb, 1999.

12. Rean A.A. Psixologiya lichnosti. - М.: AST; SPb.: Praym-Evroznak,1007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.