Научная статья на тему 'INGLIZ TILI DARSLARIDA YANGI O’ZBEKISTONNI YARATUVCHI YOSHLARNING EMOTSIONAL INTELLIKTINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB VAZIFALARI'

INGLIZ TILI DARSLARIDA YANGI O’ZBEKISTONNI YARATUVCHI YOSHLARNING EMOTSIONAL INTELLIKTINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

13
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
emotsional intellekt / motivatsiya / ingliz tili / his-tuyg'u / aql / samaradorlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh G‘ Muxammadiyeva

Maqolada asosiy yo'nalishi texnika bo'lgan o'quv yurtlarida ingliz tilini o'qitishda emotsional intelliktning tutgan o'rni, uni rivojlantirish omillari, duch kelinishi mumkin bo'lgan qiyunchiliklar va ulani bartaraf etish usullari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILI DARSLARIDA YANGI O’ZBEKISTONNI YARATUVCHI YOSHLARNING EMOTSIONAL INTELLIKTINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB VAZIFALARI»

Tashkent State University of Economics

INGLIZ TILI DARSLARIDA YANGI O'ZBEKISTONNI YARATUVCHI YOSHLARNING EMOTSIONAL INTELLIKTINI RIVOJLANTIRISHNING

DOLZARB VAZIFALARI

Sh. G'. Muxammadiyeva

Toshkent shahridagi MMFI Milliy tadqiqot yadro universiteti Federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining filiali katta o'qituvchisi muxammadiyevashaxlo9@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada asosiy yo'nalishi texnika bo'lgan o'quv yurtlarida ingliz tilini o'qitishda emotsional intelliktning tutgan o'rni, uni rivojlantirish omillari, duch kelinishi mumkin bo'lgan qiyunchiliklar va ulani bartaraf etish usullari yoritilgan.

Tayanch iboraralar: emotsional intellekt, motivatsiya, ingliz tili, his-tuyg'u, aql, samaradorlik.

Yangi O'zbekistonni yaratuvchilari orasida alohida oringa ega bo'lgan yoshlar keng dunyoqarash, mustahkam e'tiqod, namunali axloqqa ega bo'lishlari talab etiladi. Bu sifatlarni shakllantirishda bir qator omillar mavjud bo'lib ular orasida chet tillarni xususan ingliz tilini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu tilni o'rganishga alohida e'tibor berilmoqda. Mazkur yo'nalishda bir qator Prezident farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori fikrimizning yaqqol isbotidir.

Yangi O'zbekistonni yaratish jarayonida mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga tobora kengroq kirib borar ekan, ingliz tilini o'rganishning ahamiyati yana ham ortib bormoqda. 2023 yilning birgina to'rtinchi choragida mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev dunyoning o'nlab mamlakatlariga rasmiy va ishchi tashrif bilan bordi, o'nlab mamlakatlarning o'nlab rasmiy va ishchi delegatsiyalarini qabul qildi. Mana shu holatning o'zi ham mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga qanchalik shiddat bilan kirib borayotganidan guvohlik beradi. Bu jarayonda yuqori samaradorlikka erishish uchun nafaqat diplomatik korpusimiz a'zolari , balki barcha mutaxassislarimiz , biznesmenlarimiz va birinchi navbatda yoshlarimiz ingliz tilini bilishlari talab etiladi.

84

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Hozirgi zamonda ingliz tilini o'rganish butun dunyo miqyosida toboro muhimroq ahamiyat kasb etmoqda. Bu til dunyoda eng keng tarqalgan xalqaro til bo'lib uni yuz millionlab odamlar o'rganmoqda. Bu til madaniyatlararo va millatlararo muloqotning etakchi vositasi va global identiklikni ta'minlovchi omil sifatida obru qozonmoqda. Shuning uchun ham u dunyodagi ko'pchilik mamlakatlarning umumta'lim maktablarida, litsey, kollej va oliy ta'lim muassasalarida muntazam o'rganilmoqda. Bizning mamlakatimizda ham bu til maktab, kollej , texnikumlar va oliy o'quv yurtlarida o'rganish majburiy bo'lgan fanlar jumlasiga kiritilgan. Shuni ham qayd etish lozimki, mamlakatimizda bu tilni millionlab yoshlar va kattalar o'rganayotgan bo'lishiga qaramay, uni yaxshi va to'la egallayotganlar soni ko'ngildagid emas. Bu tilni o'rganish samaradorligini oshirishga uni o'rganishning psixologik masalalariga e'tiborni kuchaytirish alohida ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda ingliz tiini o'rganish va o'rgatishning bir qator tashkiliy va uslubiy jihatlarini yoritish bo'yicha monografiya , darslik, o'quv qo'llanmalari, maqola va risolalar yaratilgan. Ayni paytda ingliz tilini o'rganish va o'rgatishning psixologik jihatlarini yoritishga bag'ishlangan monografiya, qo'llanma, risola va maqolalar juda oz ekanini e'tirof etishga to'g'ri keladi. Bizning fikrimizcha, ingliz tilini o'rganishda uning psixologik jihatlari metodik jihatlaridan kam ahamiyatga ega emas.

Ingliz tilini o'rganishning psixologik jihatlari jumlasiga motivatsiya, qobilyat, to'siq( barer)larni engib o'tish, qiziqish kabilarni kiritish mumkin. Til o'rganishda psixologik omillarning e'tibordan chetda qoldirish mumkin bo'lmagan yana bir jihat bu emotsiyonal intellekt bo'lib, ushbu maqolada emotsional intellektning til o'rganishda tutgan o'rni, uning sog'lom dunyoqarashing shakllantirishdagi samarali omillariga to'xtalamiz.

Emotsional intellekt nazariyasi va uning o'lchovi, hissiy ko'rsatkich (EQ) 1970 va 80-yillarda ishlab chiqilgan, ammo 90-yillarning o'rtalarida Daniel Goulman tomonidan ommalashgan. Emotsional intellekt (hissiy intellekt yoki hissiy ko'rsatkich) - bu o'zining va boshqalarning his-tuyg'ularini, niyatlarini, motivlarini, istaklarini tushunish va boshqarish qobiliyati. Bu mahorat amaliy muammolarni hal qilishda va hayotda va ishda maqsadlaringizga erishishga yordam beradi. Rivojlangan emotsional intellektga ega odamlar boshqa odamlar bilan muzokaralar olib borishni, qarorlar qabul qilishni va salbiy vaziyatlarga to'g'ri munosabatda bo'lishni biladilar.[1]

85

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

öpporiMnitiesjoReaLizeHumnPoientiaL

1970-yillarda ikkinchi tilni o'rganish sohasiga kiritilganidan so'ng, emotsional intellekt ko'plab tadqiqotlar diqqat markaziga aylandi. Ikkinchi tilni o'rganish o'rganuvchilar uchun qiyin, mashaqqatli, stress va zo'riqishlarga to'la. Muammo hatto kattalar uchun ham muammolidir,chunki ular ona tilidan farq qiladigan til bilan muloqot qilishlari kutiladi.Ularning urinishi ham katta xatolarga va muvaffaqiyatsizliklarga olib kelishi mumkin. Ingliz tili o'qituvchilari duch keladigan muammolardan yana biri bu ingliz tilini o'rganuvchilarining qobiliyatlari o'rtasidagi tafovutdir. Shubhasiz, ularning intellekt darajalari ingliz tilini o'rganishda muhim rol o'ynaydi, ammo, ularning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi faqat aql darajasi bilan chegaralanmaydi. Ingliz tilini o'rganuvchi qanchalik ko'p emotsional intellektga ega bo'lsa, u shunchalik muvaffaqiyatli bo'lishini tadqiqotlar ko'rsatib bermoqda.[2]

Emotsional intellekt xulq-atvor namunalarini tushunish va baholash bilan bog'liq bo'lganligi sababli, bu shaxsning ham, tashkilotning ham rivojlanishiga taalluqlidir. Ta'limda u o'quv jarayonidagi tashvish va salbiy his-tuyg'ularni kamaytirish bilan birga, akademik muvaffaqiyatni rag'batlantirish orqali muassasa, o'qituvchilar va talabalarga ham taalluqlidir.

Faqat o'qituvchi asosiy rol o'ynaydigan( teacher-centered) til o'rgatishning biroz eski uslubida o'rganuchilarning bir-birlari bilan o'zaro muloqatlari muhim emas edi. Tilni kommunikativ tarzda o'rgatadigan (communicative language teaching) uslubda esa juft bo'lib ishlash, guruhlarda ishlash asosiy o'rin tutadi. Bu yerda o'rganuvchilar orasidagi o'zaro yordam va hamkorlik muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa o'smir talabalar uyat, tortinish, qo'rquvjahl kabi hissiyotlar ta'siri ostida hamkorkikda ishlashni xoxlamasliklari mumkin. Bu esa o'z navbatida talaba markazda bo'lgan( student-centered) darslarda o'rganuvchining biror bir ijobiy natijaga erishishi dargumondir. Bunday holatda esa o'qituvchi talabaning emotsional intellektini hisobga olgan holda yondashuvi ijobiy natija berishi mumkin.

Har qanday chet tilini o'rgatishning asosiy maqsadi muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Biroq, amaliyot shuni ko'rsatadiki, haqiqiy hayotda bizning (o'zbek)talabalar kommunikativ vazifalarni bajarish uchun o'rganayotgan tildan foydalana olmaydilar. Nima uchun bunday holat sodir bo'lmoqda? Chet tillarini, xususan, ingliz tilini o'zlashtirish juda qiyinmi? Yoki boshqa sabablari bormi? Bir qator sabablar borki, ular orasida psixologik omilni - og'zaki nutqdan qo'rqishni eslatib o'tish maqsadga muvofiqdir. Talabalar xato qilishdan qo'rqishadi, o'zlarning urg'usidan xijolat bo'lishadi va o'z qobiliyatlariga ishonmaydilar. Shuningdek, muloqot qobiliyatlari yetarli darajada rivojlanmaganligi ko'pchilik talabalarning

17-aprel, 2024

86

Tashkent State University of Economics

shaxslararo munosabatlarni o'rnatishni bilmasliklari va o'zlarining emotsional holatini ijtimoiy jihatdan maqbul tarzda ifoda etishni bilmasliklari natijasidir. Shu sababli, guruhda nizolar paydo bo'ladi, o'quvchilarda tashvish, giperaktivlik, uyatchanlik, tajovuzkorlik, izolyatsiyaga olib keladigan shaxsiy muammolar paydo bo'ladi. Shu munosabat bilan ingliz tili darslarida til o'rganishga turtki bo'lgan, til ko'nikmalari va nutq qobiliyatlarini shakllantirishda muhim rol o'ynaydigan emotsional intellekt masalasi dolzarbdir. Shuningdek, intellektual va emotsional muvozanatning muhim sharti bo'lgan emotsional intellektni rivojlantirish ham ayniqsa muhim. [3]

Ta'lim, his-tuyg'ular va aql o'rtasidagi chambarchas bog'liqlikni hisobga olgan holda, so'nggi o'n yilliklarda talabalarning ishlashi, his-tuyg'ularining jihatlarini o'rganish maqsadida emotsional intellekkt nuqtai nazaridan turli xil tadqiqotlar o'tkazilmoqda. Bunday tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, emotsional intellektning rivojlanganligi yoshlarning shaxslararo munosabatlar, akademik samaradorlik , farovonlik va shu kabi ijobiy omillarda o'z aksini ko'rsatadi. Ushbu ijobiy bog'liqliklardan tashqari, tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, talabalarda yuqori emotsional intellekt depressiya , stress , psixologik bosim va charchash kabi salbiy his-tuyg'ularning paydo bo'lishini kamaytirishi va jilovlashi mumkin. Emotsional intellekt shuningdek, kasbiy rivojlanish va yuqori akademik ko'rsatkichlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun qachon yoshlar hissiy barqaror bo'lsalar, ularda ko'proq ishonch, baxt va xushmuomalalik bor deb da'vo qilish mumkin.[4]

Zamonaviy jamiyatda mutaxassislarning professionallik darajasini oshirishga nisbatan aniq tendentsiya mavjud. Yangi O'zbekiston qurilayotgan jamiyat har qachongidan ham yuqori malakali kadrlarga muhtoj. Yangi O'zbekiston shakllanishining tez o'zgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlari turli soha talabalarining shaxsiy va kasbiy fazilatlarini, shu jumladan ularning emotsional intellektlarining ham rivojini talab etmoqda. Bizning fikrimizcha, har qanday soha vakillariidan tezkorlik , yangiliklarga tez va malakali moslashish qobiliyati va nostandart vaziyatlarga nostandart echimlarni bera olish qobilyatini talab qiladi. Jamiyatga muammoni ko'ra oladigan mustaqil va tanqidiy fikrlovchi va uni ijodiy hal qilish salohiyatiga ega mutaxassis kerak. Binobarin, har qanday yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarining kasbiy ta'limida shaxsning psixologik xususiyatlariga, psixologik tayyorgarlikka talablarni oshirish jarayoni ustuvor hisoblanadi. Ko'rinib turibdiki, shaxsning kasbiy faoliyatda samaradorligi malaka darajasi, bilim va ko'nikmalar, emotsional intellikti bilan o'zaro bog'liqdir. Ingliz tili darslarida

87

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OppcriunitiesjoReaLizeHumanPoientiaL

yoshlarning emotsional intellektini rivojlantirish "hissiy savodxonlik" deb ataladigan o'z his-tuyg'ularini ingliz tilida ifodalash qobiliyatini rivojlantirishni talab qiladi.

Ingliz tilini o'qitishda emotsional intellektning ko'plab tarkibiy qismlari ishlab chiqilgan bo'lib, ular orasida: o'zini tartibga solish, empatiya, muvaffaqiyat motivatsiyasi kabilar mavjuddir. Ushbu komponentlar negizini talabalarda chet tilining kommunikativ kompetentsiyasini yanada samarali shakllantirish tashkil qiladi.[5]

Emotsional intellekt asosan o'z tilida so'zlashuvchi tomonidan faqat muloqot jarayonlarida amalga oshiriladi. Yangi O'zbekiston yoshlari kasbiy rivojlanishidagi jarayonlar ingliz tili darslarida modellashtirilishi kerak. Yoshlar hissiyotini va sinfdagi hissiy munosabatini rivojlantirish uning ingliz tilini yanada samarali o'zlashtirilishiga katta hissa qo'shadi. Yoshlar guruhida samarali ish olib borishning zaruriy shartlaridan biri bu-talaba va o'qituvchi orasidagi hissiy hamkorkining muvofiqligidir. Bu o'rinda og'zaki va og'zaki bo'lmagan aloqa vositalarining kombinatsiyasidan foydalanish mumkin. Chet tilini o'rganishning an'anaviy usullarida til materiallarini shunchaki , avtomatik tarzda yodlab o'rganish usuli ustuvorlik qilardi. Bunday vaziyatda dialog olib borilayotgan tilda ifodalangan his-tuyg'ular va his-tuyg'ularning xilma-xilligi hisobga olinmasdi. Shuningdek, o'quv guruhi ichida va o'qituvchi bilan o'zaro munosabatlar unchalik muhim emas edi. O'qitishning kommunikativ yondashuv shartlarida esa asosiy ustuvorlik guruh bolib ishlash, juft bo'lib ishlash kabi uslublarga qaratilaladi va bunda hissiy holatning xilma-xilligi e'tibordan qochirilmaydi. Bunda qo'llab-quvvatlash va hamkorlik muhim o'rin tutadi. O'z navbatida, yoshlar guruhida ishlatiladigan dialog formalari didaktik o'qitish vositalarini to'g'ri tanlashni talab qiladi. Ular esa turli xil ko'nikmalarga ega bo'lgan har bir talaba uchun hissiy qulaylikni ta'minlashga qaratilgan bo'lishi lozim. Ta'lim faoliyatida hamkorlik va shaxslararo o'zaro munosabatlarga tayyorlik ko'p jihatdan ijobiy his-tuyg'ular bilan ta'minlanadi. Biroq, ingliz tilini o'qitish tajribasi shuni ko'rsatdiki, guruh ishining samaradorligini pasaytiradigan faktorlar ham mavjuddir. Muloqot jarayonida salbiy his-tuyg'ularning mavjudligi, muloqot ishtirokchilarining hissiy beqarorligi, zaif ta'lim motivatsiyasi, shuningdek dialogli o'zaro ta'sir qilish ko'nikmalari va qobiliyatlarining yetishmasligi bunga misol bo'la oladi. Bunday vaziyatda o'qituvchi "emotsiyalarni ifodalovchi til tuzilmalari shakllari"ni o'rgatishga e'tibor qaratishi, shuningdek, o'yinlardan faol foydalanishi mumkin. [6]

Seminar yoki amaliy mashg'ulotlarda yoshlarlar guruhida taklif etilayotgan til materialining shakllarini xilma-xillashtirish ham maqsadga muvofiqdir. Buni o'yin

17-aprel, 2024

88

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaLizeHUmia^POtentiaL

vaziyatlari, tarixiy va madaniy materiallar, psixologik seminarlardan foydalanish orqali amalga oshirish mumkin.[7]

O'yin faoliyatining ijodiy salohiyati shunisi bilan muhimki, o'yin odamni bevosita tajribasidan tashqariga olib chiqadigan yagona faoliyat turidir.

O'yinning faoliyat turi sifatida bir qator xususiyatlari bor. Ular yoshlarda emotsional intellekt rivojiga samarali hissa qo'shadi.

1. O'yin xavfsiz, uning qat'iy qoidalari bor, uning qoidalarga rioya qilish orqali ishtirokchilarning hissiy va psixologik xavfsizligini kafolatlaydi.

2. O'yin rolli tuzilishga ega va uni boshqa rolda va boshqa syujetda qayta o'ynash mumkin.

3. O'yin, qoida tariqasida, dramatik asar qonunlariga ko'ra quriladi, bu uning ishtirokchilariga kuchli his-tuyg'ularni beradi va hissiy ta'sir darajasini oshiradi.

4. O'yin natijalari ochiq xarakterga ega bo'lib, bir tomondan, bu individual, qiymatga asoslangan natijalar, ikkinchidan esa ular guruh darajasidagi natijalarnu taqdim etishi bilan ahamiyatga molik.

Yangi bilimlarni egallash jarayonida mustaqil faoliyat uchun shart-sharoitlar yaratish ayniqsa muhimdir. Har bir aniq mashg'ulot davomida hissiy qo'llab-quvvatlash vositalariga murojatni tanlay olishdek hissiy erkin atmosferaga imkoniyat yaratish lozim. Tuyg'ularni tavsiflashda o'rgatuvchi ularni qarama-qarshi xususiyatlariga ko'ra tartibga solishi mumkin, masalan, his-tuyg'ularni juftlik bilan guruhlash mumkin: sevgi va nafrat, hamdardlik va jirkanish, xavfsizlik va qo'rquv, qayg'u va quvonch va boshqalar. Tuyg'ularni tasvirlashdagi asosiy jihat shundaki, o'qituvchi barcha tajribalarni so'z bilan etkazishi kerak, boshqa qiyinchilik - bu his-tuyg'ular bir vaqtning o'zida ham ichki tajribalarda, ham xatti-harakatlarda namoyon

Daniel Goulman emotsional intellektni muvaffaqiyatsizliklar va umidsizliklarga qaramay, o'zingizni motivatsiya qilish va maqsadga erishishga intilish, his-tuyg'ularingizni va kayfiyatingizni nazorat qilish va salbiy fikrlarning fikr yuritish, tashvish va umid qilish qobiliyatingizga xalaqit berishiga yo'l qo'ymaslik qobiliyati deb ta'riflaydi.[9]

Piter Salovey va Jon Mayer hissiy intellektning asosiy tarkibiy qismlarini aniqladilar:

- his-tuyg'ularingizni bilish;

- his-tuyg'ularni boshqarish;

- o'zini rag'batlantirish;

- boshqa odamlarning his-tuyg'ularini tan olish;

bo'ladi.

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesjoReaLizeHuma^Potentia^

- munosabatlarni saqlash [9.55-59 b]

Yoshlar emotsional intellektni rivojlantirishning har bir bosqichida qiyinchiliklarga duch kelishadi. Talabalar nafaqat his-tuyg'ularni va kechinmalarni tasvirlash uchun mos keladigan leksik va grammatik vositalarni tanlashda, balki muhokama qilinayotgan mavzuning hissiy jihati bo'yicha o'z fikrlarini bildirishda ham qiyinlashadi. Tuyg'ularni boshqarish emotsional intellektni rivojlantirishning eng qiyin jihatlaridan biridir. Xato qilishdan qo'rqish, o'qituvchi tomonidan norozilik yoki guruhdoshlar tomonidan masxara qilish, yomon baho olish qo'rquvi talabalarning chet tilini samarali o'zlashtirishlariga to'sqinlik qiladi. Talabalar ko'pincha test yoki imtihonlarda qilgan xatolarini haddan tashqari tashvish bilan tasvirlaydilar. Hissiy nazoratning boshqarishni yana bir muhim jihati - sharhlarni tinglash qobiliyatidir, chunki xatolarni tuzatish o'quv jarayonining ajralmas qismidir, talabalar o'qituvchining sharhlariga tanqid sifatida emas, balki o'z bilimlarini oshirish imkoniyati sifatida qarashlari kerak. Chet tilini o'rganishdan maqsad faqat ijobiy baho olish emas, balki muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish bo'lishi kerak. Afsuski, ikkinchi variant, ayniqsa, tilga oid bo'lmagan ta'lim sohasidagi talabalar orasida, xususan, texnika yo'nalishidagi talabalar orasida keng tarqalgan. Ingliz tilini faqat akademik fan sifatida qabul qilgan talabalar uni o'zlashtirishga sinov sifatida qaraydilar. Bunday munosabat bilan har qanday qiyinchiliklar salbiy his-tuyg'ularni keltirib chiqaradi, bu esa muvaffaqiyatga erishishga yordam bermaydi. Talabalar chet tilini o'rganishni barcha xilma-xilligi bilan qabul qilishni o'rganishlari kerak, shunda o'quv jarayonining o'zi qiziqarli va rag'batlantiruvchi bo'ladi. O'qituvchi talabalarni ko'rib chiqilayotgan mavzularni muhokama qilishda iloji boricha faol ishtirok etishga undashi kerak. Talaba esa o'z nuqtai nazarini jasorat bilan ifodalashga, o'z fikrlarini asoslab berishga harakat qilishi kerak. Suhbatdoshning dalillarini hurmat bilan tinglashi, kerak bo'lsa, muloyimlik bilan o'z noroziligini bildirishi, va har qanday vaziyatda konstruktiv hamkorlikka intilishini ta'minlash lozim.[10]

Xulosa:

Kichik guruhlarda ishlash, munozaralar davomida fikr va fikr almashish, rolli o'yinlar va loyiha faoliyati ham emotsional intellekt, ham muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. O'z his-tuyg'ularini biladigan, ularni ifoda etish va boshqarishni biladigan yoshlar Yangi O'zbekiston qurishdek muhim jarayonning asosiy ishtirokchilaridir. Turli mavzularni muhokama qilishda faolroq ishtirok etadigan, sog'lom fikrlaydigan yoshlarda emotsional intellekt bir muncha yuqori bo'lishi bilan birga, ularda sog'lom dunyoqarash shakllanishida ham muhim omil bo'lishi aniqlandi.

17-aprel, 2024

90

Tashkent State University of Economics

Tavsiyalar :

Emotsional intellekt tabiatini ochish boshqalarni tushunish madaniyatining oshishiga xizmat qilishi tabiiydir.Chunki aqliy qobiliyat va emotsional qobiliyatlar bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Yoshlardagi emotsional kechinmalarning o'zgarishi albatta intellektual qobiliyatlarni ham o'zgarishiga olib kelishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda, yoshlarda emotsional intellektni oshirish bo'yicha treninglar o'tkazib turishni tavsiya qilgan bo'lardik. Bu kabi uchrashuv va treninglarda sohaning tajribali vakillari beradigan yo'nalish va ko'rsatmalar Yangi O'zbekiston quruvchisi bo'lgan yoshlarga muhim amaliy yordam bo'lishi mumkin.

Bundan tashqari, emotsional intellekt borasida yanada kengroq tadqiqotlar olib borilsa, Yangi O'zbekiston barpo etishda assosiy ishtirokchi hisoblangan yoshlarimizning psixologik holati bilan bog'liq bo'lgan bir qator muammolariga samarali echimlar topilishi mumkin, deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. https://trends.rbc.ru/trends/education/5ed67acf9a79470d60d8af28?

2. Procedia - Social and Behavioral Sciences 84 ( 2013 ) 1286 - 1289 The effect of emotional intelligence in English language learning Tayebeh Zarezadeh

3. https://magarif-uku.ru/news/online-news/razvitie-yemocionalnogo-intellekta

4. Lei Yang , Manfu Duan The role of emotional intelligence in EFL learners' academic,literacy development. available at ScienceDirect Heliyon journal homepage: www.cell.com/heliyon

2 Гоулман Д. Эмоциональный интеллект. М. : АСТ, 2009. С. 65.

5. Программа развития эмоционального интеллекта в процессе обучения // URL: http://psihdocs.ru/pedagogicheskii-dialog-v-vuze-teoriya-pozicii-praktika.html?

6. Кириллова А. И. Формирование эмоционального интеллекта на занятиях иностранного языка // Современная педагогика. 2014. № 2. С. 68.

7. Ерофеева А.В Условия развития эмоционального интеллекта студентов средствами иностранного языка ISSN 1991-5497. Мир науки, культуры, образования № 6 (37) 2012

8. Goleman, D. Emotional Intelligence / D. Goleman. - N. Y. : Bantam Books, 2020. - 497 p

9. Куличенко Ю. Н Развитие эмоционального интеллекта студентов-психологов при обучении иностранному языку. Педагогика и психология. www.volsu.ru

91

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.