Научная статья на тему 'BOJXONA TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH JINOYATLARI BO‘YICHA TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV O‘TKAZISHNING AHAMIYATI'

BOJXONA TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH JINOYATLARI BO‘YICHA TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV O‘TKAZISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

8
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish / tergov harakatlari / jinoyat / iqtisodiyot / bojxona chegarasi / tergovga qadar tekshiruv / tovarlar va transport vositalari / Нарушение таможенного законодательства / следственные действия / преступность / экономика / таможенная граница / доследственная проверка / товары и транспортные средства.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sardor Umirtosh O‘g‘li Asatov

Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyatlari mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligiga jiddiy zarar yetkazib, ko‘plab salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Ushbu maqolada bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyatlarini fosh etish hamda tergov harakatlarini o‘tkazishda tergovga qadar tekshiruv harakatlarining muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Нарушение таможенного законодательства, относящееся к категории преступлений против основ экономики, наносит серьезный вред экономической безопасности нашей страны и имеет множество негативных последствий. В данной статье рассмотрены важные аспекты доследственного проверка и расследования таможенных нарушений

Текст научной работы на тему «BOJXONA TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH JINOYATLARI BO‘YICHA TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV O‘TKAZISHNING AHAMIYATI»

BOJXONA TO'G'RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH JINOYATLARI BO'YICHA TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV O'TKAZISHNING

AHAMIYATI

Sardor Umirtosh o'g'li Asatov

O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi "Tergov faoliyati"

yo'nalishi magistratura tinglovchisi E-mail : asatovsardor! 7 @gmail .com

ANNOTATSIYA

Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish jinoyatlari mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligiga jiddiy zarar yetkazib, ko'plab salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Ushbu maqolada bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish jinoyatlarini fosh etish hamda tergov harakatlarini o'tkazishda tergovga qadar tekshiruv harakatlarining muhim jihatlariga to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar. bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish, tergov harakatlari, jinoyat, iqtisodiyot, bojxona chegarasi, tergovga qadar tekshiruv, tovarlar va transport vositalari.

АННОТАЦИЯ

Нарушение таможенного законодательства, относящееся к категории преступлений против основ экономики, наносит серьезный вред экономической безопасности нашей страны и имеет множество негативных последствий. В данной статье рассмотрены важные аспекты доследственного проверка и расследования таможенных нарушений.

Ключевые слова. Нарушение таможенного законодательства, следственные действия, преступность, экономика, таможенная граница, доследственная проверка, товары и транспортные средства.

ABSTRACT

The violation of the customs legislation regarding crimes against the fundamentals of the economy, is causing serious harm to economic security of our country and leading to numerous negative consequences. This article focuses on the crucial aspects of pre-investigation and investigation of crimes of violations of customs legislation

Keywords. Violation of customs legislation, investigations, crime, economy, customs border, pre-investigation check, goods and vehicles

So'nggi yillarda bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tadbirkorlik va kichik biznes subyektlari uchun

April 24, 2024

880

bir qator qulayliklar yaratildi. Soha faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasi yildan-yilga takomillashtirilmoqda. Bu esa o'z navbatida, mamlakatimiz eksport va import hajmining o'sishiga hamda tashqi savdo operatsiyalarining rivojlanishiga hissa qo'shmoqda. Statistik ma'lumotlarga e'tibor beradigan bo'lsak, o'tgan 2023-yil davomida bojxona chegaralari orqali harakatlangan fuqarolar soni 37 mln. nafarni tashkil etib, jami bojxona nazorati obyektlari bir yilning o'zida 14 mln.taga

ko'payganligini va shu bilan birga, 21 mingdan ortiq bojxona qonunbuzilish holatlari aniqlanib, qariyb 1 trln. so'mlik tovarlarning noqonuniy aylanuviga chek qo'yilgan ligini ko'rishimiz mumkin.

Ma'lumki, tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda bojxona chegarasidan har qanday tarzda o'tkazish qonunga xilof hisoblanadi va ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi [1]. Bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish jinoyatlari soni yildan-yilga oshib borayotganligi, ushbu jinoyatlarni sodir etilish usullarining xilma-xilligi hamda ushbu qilmish natijasida jamiyat va davlatning iqtisodiy xavfsizligiga jiddiy zarar yetkazilishi kabi omillar ushbu turdagi jinoyatlar bo'yicha tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini o'tkazishda alohida yondashuvni talab qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 3202-moddasiga ko'ra jinoyat haqidagi arizalar, xabarlar va boshqa ma'lumotlar tergovga qadar tekshiruv o'tkazish uchun asos bo'lib hisoblanadi va ularni tekshirish, ko'rib chiqish natijasi yuzasidan qaror qabul qilishga doir tadbirlarni, ish uchun ahamiyatli bo'lishi mumkin bo'lgan jinoyat izlari, narsalar va hujjatlarni mustahkamlash va saqlashga doir choralarni o'z ichiga oladi.

A.S.Lizunov fikricha, "tergovga qadar tekshiruv - vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarining jinoyat-protsessual qonunchiligi bilan tartibga solinadigan faoliyati bo'lib, uning davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kelib tushgan sodir etilgan yoki tayyorgarlik ko'rilayotgan jinoyat to'g'risidagi xabar tekshiriladi, sodir etilgan qilmishning malakasi aniqlanadi, jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash bo'yicha shoshilinch choralar ko'riladi" [2].

D.M.Mirazov esa "tergovga qadar tekshiruv jinoyat protsessining birlamchi bosqichi bo'lib, unda jinoyatlar to'g'risidagi ariza xabar va boshqa ma'lumotlar tekshirilishi va jinoyat ishini qo'zg'atish yoki qo'zg'atmaslik masalasi hal etiladi" deb ta'kidlagan [3]

Jinoyatlar haqidagi ariza va xabarlar deb tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlariga kelib tushgan, O'zbekiston Respublikasining jinoyat-protsessual qonunchiligida o'rnatilgan protsessual qoidalarga binoan ko'rib chiqilishi talab etiladigan ma'lumotlarga aytiladi [4].

Ko'rib chiqilayotgan bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish jinoyatlari haqidagi ariza va xabarlarning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ushbu turdagi

April 24, 2024 |

https://nuu.uz/ International Conference

ariza va xabarlarda yaqqol jinoyat izlariga oid ma'lumotlar aks etmaydi, balki bunday xabarlarda jinoyat alomatlari bor yoki yo'qligini aniqlash maqsadida tergovga qadar tekshiruv o'tkaziladi. Aynan tergovga qadar tekshiruv bosqichida ko'plab protsessual harakatlar amalga oshiriladi. Bojxona chegarasi orqali tovarlarni noqonuniy ravishda olib o'tish bilan bog'liq jinoyatlarda tovar va transport vositalarini ko'zdan kechirish va daliliy ashyo sifatida olib qo'yish, holat yuzasidan protses ishtirokchilaridan tushuntirishlar olish, protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish, tovarlarning miqdori hamda yaroqliligini aniqlash maqsadida turli ekspertizalar tayinlash hamda zaruriyat tug'ilgan holatlarda tezkor-qidiruv tadbirlari o'tkazish to'g'risida vakolatli organlarga topshiriqlar berish mumkin. Shu bilan birga, tergovga qadar tekshiruv davomida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 329-moddasi 2-qismida ko'rsatib o'tilgan tergov harakatlaridan boshqa tergov harakatlarini o'tkazish taqiqlanadi.

Bojxona chegarasi orqali noqonuniy tarzda olib o'tilayotgan tovarlarning miqdorini aniqlash jinoyatni kvalifikatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi "Bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo'yicha sud amaliyoti haqida" gi 2-sonli Qarorida "bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzgan deb topish uchun javobgarlik turi bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda o'tkazilayotgan tovar yoki boshqa qimmatliklarning miqdori bilan bog'liq bo'lib, bu miqdor ularning huquqbuzarlik sodir etilgan kundagi qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi" deb belgilab qo'yilgan. Shuningdek, tovar yoki boshqa qimmatliklarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan ko'p miqdorgacha o'tkazganlik uchun har doim, shaxs aynan shunday huquqbuzarlik uchun bir yil davomida bir necha marta ma'muriy javobgarlikka tortilganligidan qat'i nazar, ma'muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish jinoyatlarini fosh etishda, shuningdek, dalillar to'plashda tovar va boshqa qimmatliklar bo'yicha tayinlangan ekspertizalar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan ekspertiza xulosalari asosida tovarlarning ushbu jinoyat predmeti bo'lib hisoblanishi yoki hisoblanmasligi, foydalanish uchun yaroqli yoki yaroqli emasligi va boshqa shu kabi tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishi lozim bo'lgan holatlarga oydinlik kiritiladi. Jinoyat kodeksi 246-moddasida keltirilgan Kontrabanda jinoyati faqatgina predmeti bilangina ushbu turdagi jinoyatlardan farq qiladi. Jinoyat kodeksi 182-moddasi dispozitsiyasida ushbu jinoyat predmetlariga batafsil to'xtalib o'tilmagan. Shu sababli, yuqorida keltirilgan Plenum Qarorida jinoyat predmetlariga aniqlik kiritilib, tegishli qonun hujjatlariga havola berib o'tilgan. Ya'ni Bojxona kodeksi 13-moddasida nazarda tutilgan tovarlar va transport vositalari, "Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan ko'char ashyolar, o'simlik va hayvonot dunyosi obyektlari bojxona to'g'risidagi

882

April 24, 2024

qonunchilikni buzish jinoyatlarining predmeti hisoblanishi qayd etilgan. Ushbu normativ-huquqiy hujjatlarda esa ushbu predmetlarga batafsil ta'rif berib o'tilgan.

Bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish jinoyatlari bo'yicha o'tkaziladigan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida to'plangan dalillarga baho berilib, yakunda jinoyat ishi qo'zg'atilishi yoki jinoyat ishi qo'zg'atish rad qilinishi mumkin. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida to'plangan dalillarning qanchalik maqbulligi va ishonchligi mazkur jinoyat ishining dastlabki tergov va sud jarayonlaridagi keyingi taqdirini hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari, ushbu turdagi jinoyatlar haqida kelib tushgan jinoyat haqidagi ariza va xabarlar bo'yicha tergovga qadar tekshiruv o'tkazilmasdan darhol jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlarini amalga oshirishga kirishilsa va yakunda jinoyat alomatlari aniqlanmasdan ish tugatilgan holatda juda ko'p vaqtning ortiqcha sarflanishini keltirib chiqaradi. Aniqlangan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o'tkazilganda esa Jinoyat-protsessual kodeksi 329-moddasidda belgilangan muddatlarda, ya'ni darhol yoki o'n kunlik muddatda yoki qonuniy asoslar mavjud bo'lganda muddat yana yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin. Mazkur holatlarda eng ko'pi bilan o'ttiz kunda jinoyat haqidagi ariza va xabarlar yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilinishi ta'minlanadi va ortiqcha vaqt va sarf xarajatlarning oldi olinishiga erishiladi.

REFERENCES:

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi "Bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo'yicha sud amaliyoti haqida" gi 2-sonli Qarori.

2. Лизунов А.С Доследственная проверка как часть досудного производства : Автореферат диссертации кан. юри. наук.

3. Mirazov D.M Tergovga qadar tekshiruv o'tkazish asoslari, tartibi va xususiyatlari. O'quv qo'llanma. Toshkent IIV Akademiyasi, 2016

4. Rashidov B.N. Tergovga qadar tekshiruv: Ma'ruzalar kursi / Ma'sul muharrir yuridik fanlar doktori, professor M.A.Rajabova. Toshkent IIV Akademiyasi, 2018.

883

April 24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.