PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in-academy.uz
"BOBURNOMA" DAGI FITONIMLARNING SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Rasulova Gulbahor Normahmat qizi
Toshkent amaliy fanlar universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13302475 Annotatsiya: O'zbek tilining qardosh turkiy tillar orasida eng boy va serqatlam bo'lishida, rivojlangan jahon tillari qatoridan munosib joy egallashida, o'zbek adabiy tilining taraqqiyotida ulug' shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Boburning o'rni beqiyos. Bobur asarlarining lug'at boyligi deb ataluvchi leksik tizimning mohiyatini, so'zlarning qo'llanish doirasini, hajmi va chegarasini belgilash o'zbek tilshunosligi fani uchun dolzarb ahamiyatga ega. O'zbek tilshunosligida turli sohalarga doir so'z va terminlar maxs us o'rganilgan bo'lsa-da, Bobur mirzo ijodi bilan bog'lik mukammal, umumlashtirilgan leksikologik tadqiqotlar ko'p emas. Bobur asarlari tili leksik boyligining ma'lum qismini o'simliklar dunyosini aks ettirgan so'zlar tashkil qiladi. Ushbu maqolada "Boburnoma" da uchraydigan fitonimlar haqida so'z boradi va tahlilga tortiladi.
Kalit so'zlar:fitonimlar, fitonimlarning semantik jihatdan bo'linishi, poliz ekinlari nomlari, don ekinlari nomlari, daraxt nomlari, o't-o'lan nomlari, sabzavot nomlari, gul nomlari.
KIRISH
O'simlik nomlari har bir xalq tilida ma'lum qatlamni tashkil qiladi. O'simlik nomlarida shu xalq yashab kelgan tarixiy-geografik hududga va iqlimga mos keluvchi nabotot olami ko'lami ham namoyon bo'ladi. Bobur mirzo asarlari tilidagi bir mavzuiy guruh so'zlari -fitonimlarni o'rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki tildagi so'zlarni mavzuiy guruhlarga bo'lib o'rganish so'z qo'llash tarixini mukammalroq yoritishga, so'zlarning tarixiy-etimologik qiyofasini aniqlashga, so'zlarning diaxronik o'zgarishlari va sinxron holatdagi shaklini baholashga, o'rganilayotgan tilga qardosh va qardosh bo'lmagan tillarning leksika jihatidan ta'sirini baholashga, so'zlarning leksik-semantik,semantik-uslubiy
xususiyatlarini kengroq yoritishga imkoniyat beradi. Fitonimlar lisoniy va botanik birlik sifatida seleksiya, nav va uning xilini, qanday o'simlik (sabzavot, poliz, rezavor, donli ekinlarni, mevali va manzarali daraxtlar)ni ifodalashi, pishish vaqti va boshqa tabiiy belgi-xususiyatlariga ko'ra tasniflanadi.dagi fitonimlarning semantik maydonini tabiiy bo'linishiga ko'ra quyidagicha guruhlash mumkin.
"Boburnoma" asaridagi fitonimlarning semantic maydonini tabiiy bo'linishiga ko'ra quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Poliz ekinlari nomlari
2. Don ekinlari nomlari
3. Daraxt nomlari
4. O'simlik nomlari
5. O't-o'lan nomlari
6. Sabzavot nomlari
7. Gul nomlari.
Poliz ekin nomlari: asarda poliz ekinlariga kiruvchi qovun, ro'yan kabilar tasviri uchraydi. Nafaqat "Boburnoma"da nomi keltirilgan fitonimlar orasida, balki Bobur mirzo uchun ham alohida ahamiyat kasb etadigan poliz ekini bu qovundir. Bu haqida ta'rif berar ekan qovunning qayerlarda o'sishi, mazasi haqida o'z fikrini bayon etish bilan birga uning navlari haqida ham ma'lumot berib o'tadi. Asarda "mirtemuriy" Axsi qovuni, Ismoil shayxiy, xusraviy kabi qovun navlari nomlari keltirilgan: "Qovuni yaxshi bo'lur. Bir nav'
qovundurkim, «Mirtemuriy» derlar, andok, qovun ma'lum emaskim, olamda bo'lg'ay. Buxoro qovuni mashhurdur. Samarqandni olg'on mahalda Axsidin va Buxorodin qovun kelturub bir majlisda kesturdum, Axsi qovunining hech nisbati yo'q erdi ("Boburnoma", 36-bet). Ro'yan asarda G'azni viloyati tasvirida bir marta uchraydi: "Vale Kobul ekinidin muning ekinining hosili ortug'roqdur. Ro'yan ekarlar. Tamom Hindustonga borur. Bu elning yaxshi maxruli ro'yandur" ("Boburnoma", 113-bet) . Bu ekindan rang olishda ham foydalaniladi.
Don ekinlari nomi: oshlig' (bug'doy, g'alla, don): muxtasar viloyattur, oshlig' va mevasi farovon. Girdo-girdi tog' voqi' bo'lubtur; arpa: tonglasi un olti kurux, yo 'l kelib, tushga yovuq, Kalpiy tavobiidin Bilavar degan parganada tushlanib, otga arpa berib, namozi shom andin otlanildi; sholi: Sholisi va bug'doyi yaxshi bo'lur va norunji va turunji va anori bisyor bo'lur, yaxshi bo'lur ("Boburnoma", 109-bet).
Daraxt nomlari: asarda keltirilgan fitonimlar orasida daraxt nomlari eng ko'pchilikni tashkil qiladi. Asarda keltirilgan daraxt nomlarini o'z navbatida quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Mevali daraxt nomlari: anjir: ...mevasi daraxtining tanasidin chiqar, anjirga uxshar. Gular g'arib bemaza mevadur ("Boburnoma", 204-bet); funduk (yang'oq): ...ichida fundukdek-fundukdek donalari bor; tut: ...bori yafroqlardin tut yafrog'i va qaroyig'och yafrog'i otqa sazvorroq emish ("Boburnoma", 85-bet); olma (Sebi Samarqand, qizil olma navlari ): ...sardseriy mevalardin uzum va anor va o'ruk va olma va bixi va amrud va shaftolu va olu va sanjid va bodom va yang'oq ko'ptur ("Boburnoma", 108-bet), Vale ikki meva Samarqandtin mashhurdur: sebi Samarqand va sohibiyi Samarqand ("Boburnoma", 59-bet), Yana paniyaladur, oluchadin ulug'roqtur, qizil olmaning g'o'rasiga shabihdur, turshkina mazasi bor, yaxshiginadur ("Boburnoma", 204-bet); uzum (obi angur, Kobul uzumi, G'azni uzumi, qora uzum, husayni uzum, kishmish kabi uzum navlari ): Bir nav' uzum bulur, obi angur derlar, xeyli yaxshi uzumdir. Mast chog'irlari bo'lur. Xoja Xovand Sayyid Domani kuxiyning chog'iri tundluk bila mashhurdur. Agarchi holo taqlid birla andin ta'rif
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
qiladurlarki, "lazzati may mast donad, xushyoronro chi xaz" ("Boburnoma", 108-bet), Kobul uzumidin G'azni uzumi yaxshiroq bo'lur ("Boburnoma", 113-bet), Yana ja'mundur, bargi tol bargiga filjumla o'xshap, girdoq va yashilroqtur, daraxti xoli az xushnamolik, emas. Mevasi qora uzumga o'xshar, turshroq mazasi bor, xeyli yaxshi emastur ("Boburnoma", 204-bet), Yana beyrdur, forsiy "kunor" derlar emish. Bu anvo' bo'ladur. Oluchadin bir nima ulukroqdur. Bir nav'i bo'ladur, husayni uzum andomida, aksari xeyli yaxshi bo'lmaydur. Bandiyrda bir beyr ko'rduk, xeyli yaxshi edi. Muning daraxti savr va javzoda barg tugub, saratonda va asadtakim, ayni pashakaaldur, barg chiqarib, tar va toza bo'ladur. Mevasi dalv va xutta pishadur ("Boburnoma", 204-bet), Yana bir mahvadur, gul chikon xam derlar. Muning daraxti ham xeyli bolida bo'lur. Hinduston elining imorat lari aksar mahva yig'ochidindur. Maxvaning gulidin arak, tortarlar va gulini mavzdek qurutub yerlar va arak, xam tortarlar. Filjumla kishmishga shabohati bor. Badmazalig'i bor. Gulining uli ham yomon emas, yesa bo'lur. Bu ham sahroyi bo'ladur. Mevasi bemaza bo'ladur. Donasi uluqroq, terisi yupqa, muning donasining mag'zidin yog' ham tortarlar ("Boburnoma", 204-bet); noranj (amradpal, amalbed, karna apelsin navi, Lamg'onot noranjlari, andomi noranj, Bajavr noranjlari, Astrobod noranji kabi turlari ): noranj Lamg'onotta va Bajavr va Savadta ko'p bo'lur va xo'b bo'lur. Lamg'onot noranji kichikrak va kindiklik bo'lur, bisyor latif va nozuk va serob bo'lur. Xuroson navohisining noranjiga hech nisbati yo'qtur. Nozuklugidindurkim, Lamg'onottin Kobulgachakim, o'n uch-o'n to'rt yig'och bo'lgay, kelturguncha ba'zi noranjlar xarob bo'lur. Astrobod noranj ini Samarqanddakim, ikki yuz yetmish-ikki yuz sekson yig'och bo'lgay, eltarlar, terisining qalinligidin va kamoblig'idin oncha xarob bo'lmas. Bajavr noranjlarining ulug'ligi bihicha bo'lur, suvi ko'ptur va o'zga noranjlarning suvidin turshroqtur. Xoja Kalon dedikim, Bajavrda ushbu jins noranjning bir daraxtidin olib sanaduk, yetti ming noranj chiqti ("Boburnoma", 206-bet); shaftolu (kordiy shaftolu navi): Yana bir kaneyrdur, oq ham bo'ladur, qizil ham bo'ladur. Shaftolu guli vaz'lik panjbarga bo'ladu ("Boburnoma", 206-bet). Ba'zi el anbani andoq, ta'rif kilib edilarkim, qovundin uzga jami' mevaga tarjih qilib edilar. El ta'rif qilg'oncha xud emastur. Kordiy shaftolug'a shaboxati bor. Pashakaal vaqtida pishadur ("Boburnoma", 203-bet); anor (anori Xo'jand, Marg'inon anori, Samnon anori navlari): ...yaxshi kasaba voqe bo'lubtur, purne'mat: anori va o'rugi asru xo'b bo'lur. Bir jins anor bo'lur, "donakalon" derlar, chuchuklugida zardolu mayxushlugidin andak choshni bor. Samnon anorlarig'a tarjih qilsa bo'lur. ...mevasi farovon va bisyor yaxshi bo'lur. Anori yaxshilikka mashhurdur. Nechukkim, «sebi Samarkand» va «anori Xujand» derlar. Vale bu tarixda Marg'inon anori ko'p ortuqdur ("Boburnoma", 35-bet); o'rik, (Subhoniy navi): Yana bir jins o'ruk bo'lurkim, donasini olib, ichiga mag'z solib quruturlar, «subhoniy» derlar, bisyor lazizdur ("Boburnoma", 35-bet); anba: Hinduston maxsusidur, biri anbadur... ("Boburnoma", 203-bet); limu (galgal limu, uluq limu kabi navlari):
Yana noranj mushobahati mevalardin uluq limudurkim, Hindustonda galgal limu deydurlar ("Boburnoma", 206-bet).
2. Mevasiz, maishiy hayotda foydalaniladigan daraxt nomlari: balut, bodomcha: .. .o'tunlari xanjaq va balut va bodomcha va qarqanddur ("Boburnoma", 115-bet); chinor: Chashmaning o'rtasida qalin chinor daraxtlaridur, latif soyasi bordur ("Boburnoma", 112-bet); tol: Sufaning girdida tamom tol daraxtlari ekildi ("Boburnoma", 113-bet); terak: andin Feruza darvozasig'acha xiyobon kilib, ikki tarafida terak yig'ochlari ekturubtur ("Boburnoma", 59-bet).
3. Manzarali daraxt nomlari: norvan, sarv: Chorbog'da ham martaba-martaba yerlarni siyok bila tuzatib, yaxshi norvanlar va sarv va safedorlar tikibturlar, xeyli saromad manzilidur ("Boburnoma", 60-bet); archa: Andarob va Xost va Badaxshon tog'lari tamom archalik, qalin chashmalik, yumshoq pushtalik tog'lardur ("Boburnoma", 115-bet).
4. Buta va butasimon daraxt nomlari: bodom: musmir daraxtisi bisyordur, vale bog'chalarida aksar bodom daraxtidur ("Boburnoma", 35-bet); jika: Yana karundadur, bizning viloyatning jikasi yo'sunliq, buta-buta bo'ladur. Jika tog'larda bo'lur. Bu dashtlarda bo'ladur ("Boburnoma", 204-bet); kaneyr: Bir pora qizil kaneyrni Gvaliyardin Agra bog'lariga kelturub ekturdum ("Boburnoma", 239-bet).
O'simlik nomlari: asarda bir yillik g'o'za, a'mla: Yana a'mladur, bu ham panj paxludur, g'o'zaning g'unchasiga o'xshar, zumuxt va bemaza nimadur ("Boburnoma", 204-bet) kabi va ko'p yillik keyla: Yana keyladur, arab "mavz" der, daraxti xeyli baland emas, balki daraxt deb ham bo'lmas ("Boburnoma", 203-bet); nayshakar: Nayshakarni men kelturub ekturub edim ("Boburnoma", 108-bet); ko'p yillik dorivor o'simliklar: ayiq o'ti, yosuman kabi o'simlik nomlari uchraydi.
O't-o'lan nomlari: bir yillik chikintola: ... yozlar chikin tola o'ti bisyor yaxshi bo'lur ("Boburnoma", 112-bet); ko'p yillik butaka: ...aksar butaka o'ti bo'lur, otg'a bisyor sozvor o'ttur ("Boburnoma", 115-bet); kabi o't-o'lan nomlari uchraydi. Ikki yillik zardak ham kiradi. Bu o't zaharli o't bo'lib,asarda bir marta uchraydi, ya'ni Bobur mirzoni zardak qalyasi (sousi) bilan zaharlaydi.
Sabzavot nomlari: bodinjon: Keylaning ikki latofati bor: bir ulkim, terisi oson suyulur. Yana bir ulkim, xech donasi va jirmi bo'lmas, bodinjondin bir nima uzunroq va inichkarakdur, xeyli chuchuk emas ("Boburnoma", 204-bet); sabzi: Ba'zi sabzilarga suv beradurlar. Laxur va Dipalpur va Saxrinda va ul navoxida charx bila suv beradurlar ("Boburnoma", 198-bet). ( bu o'rinda, bizningcha, sabzi sabzavot ma'nosida emas, yashillik, nihollar ma'nosida kelgan); bodring: Bodringi dag'i yaxshi bo'lur ("Boburnoma", 108-bet) kabi sabzavot nomlari keltirilgan.
Gul nomlari: binafsha: ... bog'lari rudka mushriftur, binafshasi bisyor latif bo'lur ("Boburnoma", 35-bet); jaasun: ... yana Hindustonda tavre gullar bordur: bir jaasundur ("Boburnoma", 206-bet); lola: ... bahori bisyor yaxshi bo'lur, qalin lola va gullar ochilur ("Boburnoma", 35-bet). Lolaning lolayi gulbo'y, sadbarg lola kabi
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z
turlarini ham keltirib o'tgan. Bir o'rinda Dashti Shayxda 32-33 xil lola, Kobulda 34 xil lola sanatganini aytib o'tadi, ammo ularning nomlari sanab o'tilmagan.
Bundan tashqari kaneyr guli, keyla gullari, shaftolu guli, anor guli va mahvaning guli kabi daraxt gullari nomi va xususiyatlari keltiriladi.
Mevalarni umumlashtirib nomlovchi ayrim so'zlar semantikasida o'zgarishlar kuzatiladi. Masalan, yemish atamasi XIV asrda umuman "ho'l meva" tushunchasini anglatgan. "Boburnoma" da "qaro yemish" nomli meva nomi tarkibida uchraydi. Bunda so'z semantikasida umumlashtiruvchi semadan xoslovchi sema tomon siljish kuzatiladi. Oshliq so'zining semantikasiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, asarda oziq-ovqat, don-dun ma'nosini anglatuvchi umumnomdir. Hozirgi kunda esa bu so'z oshlik tarzida ovqatning masallig'i ma'nosini ifodalashda ishlatiladi. Bunda hozirgi kunga kelib so'z semantikasida umumlashtiruvchi semadan xoslovchi sema tomon siljigan.
Asarda Bobur mirzoning zaharlanib, holsiz yotganida paxta bilan og'ziga suv tomizgan o'rnida paxta so'zi bir marta uchraydi. Bunda o ' simlikning nomi emas mahsulot ma'nosini ifodalagan. O'simlik nomini ifodalashda g'o'za so'zi qo'llangan. Hozirgi kunda esa o'simlik ma'nosini ifodalashda g'o'za so'zi bilan bir qatorda paxta so'zi ham keng qo'llaniladi.
ADABIYOTLAR:
1. Ибрaгимов А.П. БО6УР aсaрлaри лексикaсининг лингвостaтистик, семэнтик вa генетик тaдкики ("Девон", "Мyбaййин", "Аруз"). Филол. фaн. д-ри ... диса - Тошкент, 2008.
2. Ибро^имов А.П. "Бобyрномa" - буюк acap -Тошкент, 2000.
3. Мyxaммaдиeвa Д. "Бобypномa" тypкчa тapжимacидaги пapeмиялapнинг киёсий тaдкики -Тошкент, 2021
4. Задириддин My^aMMaA Бобур. "Бобypномa" Нaшpгa тaйёpловчи С.X,acaнов. - Тошкент, 2002.
5. Сaфapовa Р. Лeкcик-ceмaнтик мyноcaбaтлapнинг тypлapи. - Тошкент, 1996.
6. Холмaновa З.Т. "Бобypномa" лeкcикacи тaдкики (Aвтоpeфepaт). - Тошкент, 2009.
7. Холмоновa З.Т. "Бобypномa" лeкcикacи тaдкики. Филол. фaн. док. ...диса - Тошкент, 2009.