Научная статья на тему '“BOBURNOMA” DA KELTIRILGAN GEOGRAFIK NOMLAR VA ULARNING IZOHLARI'

“BOBURNOMA” DA KELTIRILGAN GEOGRAFIK NOMLAR VA ULARNING IZOHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
“Boburnoma” / etimologiya / rel’ef / tog’ / feruza / iqlim / Sayhun / xrestomatiya / muxtasar / yetti pora.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shahnoza Sobirova Sobir Qizi

Mazkur maqolada “Boburnoma” asarida keltirilgan ayrim geografik nomlar va ularning izohlari ko’rib chiqilgan. Shuningdek, o’lkamiz geografiyasi va tabiati to’g’risidagi ma’lumotlarning tavsifi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“BOBURNOMA” DA KELTIRILGAN GEOGRAFIK NOMLAR VA ULARNING IZOHLARI»

"BOBURNOMA" DA KELTIRILGAN GEOGRAFIK NOMLAR VA ULARNING IZOHLARI Shahnoza Sobirova Sobir Qizi

FarDU, geografiya yo'nalishi 2 - kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.12190121

Annotatsiya: Mazkur maqolada "Boburnoma" asarida keltirilgan ayrim geografik nomlar va ularning izohlari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, o'lkamiz geografiyasi va tabiati to'g'risidagi ma'lumotlarning tavsifi keltirilgan.

Kalit so'zlar: "Boburnoma", etimologiya, rel'ef, tog', feruza, iqlim, Sayhun, xrestomatiya, muxtasar, yetti pora.

"Boburnoma" asari ko'pchilikka ma'lum va mashhur. Uni o'zbek klassik adabiyotining XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashab ijod etgan yirik namoyondasi, g'azalxon shoir, atoqli siyosiy madaniy arbob, podshoh Zahiriddin Muhammad Bobur yozgan. O'sha zamonlar o'zbek adabiy tilida yozilgan bu asarni muallifning o'zi "Boburiya" deb nomlagan, forsiy tarjimalarda esa " Voqeoti Boburiy", " Tuzuki Boburiy" nomlari bilan ham tanilgan. XX asr boshlarida Boburning ushbu asarini inglizchaga tarjima qilish va uning ilmiy tanqidiy tahlili bilan jiddiy shug'ullangan olima Annet Beverij: "Boburnoma butun tarixda yaratilgan yozma yodgorliklarning eng bebahosidir" deb yozgandi.

"Boburnoma"da XV asr boshidagi joy nomlari o'sha vaqtdagi holatda va transkripsiyada berilgan. U nomlarning ko'pi ba'zi fonetik o'zgarishlar bilan shu kungacha mavjud. Ba'zilari hozir unutilgan, yangi nom olgan yoki butunlay ishlatilmay qolgan. Kitobda bir qancha nomlarning etimologiyasi hamm tushuntiriladi, ayrim nomlarning turli variantlari beriladi. O'zbekiston nomlarining ba'zilari ayni bir vaqtda tojikcha hamda o'zbekcha ishlatilishi xalqimizning shu ikki tilda bemalol gaplashganidan dalolat beradi.

Masalan, quyidagi jumlalarni keltiramiz: " Farg'ona vodiysining janubi -sharqidagi tog'larni (hozirgi Turkiston tizmasi deyiladigan tog'larni) Bobur Andijon tog'lari deb ataydi. Shimoldagi tog'larni (Talas) esa Yettikent tog'lari deydi. U tog'larning narigi yog'ida haqiqattan yettita mashhur qishloq va yettita katta daryo bo'lgan. "Boburnoma"da nomlarga toponimik izoh berilgan. "Kankibodom" ga bodom yaxshi bo'lur. Bu jihatdan bu ismga mavsumdir".

Andijonning shimol tarafida Sayhun daryosining yoqasida Taka Sekretku degan yerda... bu jihatdin ul mavzu bu ismga mavsumdirkim, to' domonasi jihatidin bu daryo andoq tor oqarkim, rivoyat qilurlarkim ul yerdan taka sekrigandur, mag'lub bo'lib ilikkatushti" (65). Bu joy Uchqo'rg'on qishlog'i bo'lsa kerak, noinki Farg'ona vodiysi doirasida Norin suvining ( Sayhunning katta irmog'i )eng tor qisig'i ayni shu yerda.

"Boburnoma"da Farg'ona viloyati va uning yetti shahri quyidagicha tasvirlanadi. "Farg'ona viloyati beshinchi iqlimdandur. Ma'muraning kanorasida voqi bo'libtur. Sharqi Qoshg'ar, g'arbi Samarqand, janubi Badaxshonning sarhadi tog'lar shimolida agarchi burun shaharlar bor ekandur, misli: Olmaliq va Olmatu va Yangi kim, qutblarda O'rtorkent bitirlar, mug'ul va o'zbek jihatdin bu tarixda buzulibtur, aslo ma'mura qolmabdur. Muxtasar viloyatdur, oshliq va mevasi farovon, Girdo - girdo tog' vaqi bo'libtur. G'arbi tarafidakim, Samarqand va Xo'jand bo'lg'ay tog' yo'qtur. Ushbu jonibtin o'zga hech jonibtin qish yog'i kira olmas. Sayhun daryosikim, Xo'jand suyiga mashhurdir, sharq va shimoli tarafidin kelib, bu viloyatning ichi birla o'tib g'arb sori oqar, Xo'jandning

shimoli, Fanokatning janubi tarafidinkim, xolo Shoxruxiyaga mashhurdir, o'tib yana shimolga mayl qilib Turkiston sori bobur. Turkistondin xili quyiroq bu daryo tamom qumga singur, hech daryoga qotilmas.

Yetti pora qasabasi bor, beshi Sayhun suyining janub tarafida ikki shimol janubida. Janubiy tarafdagi qasabalar bir Andijondirkim , vasatta voqi bo'lubtur. Farg'ona viloyatining poytaxtidur. Oshlig'i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo'lur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoqrasm emas. Andijonning noshvotisidan yaxshiroq noshvoti bo'lmas.

Yana biri o'sha qasabasidir. Andijonni sharqi - janubiy tarafidur, sharqqa moyil, Andijondin to'rt yig'och yo'ldir. Havosi xub va oqar soyi farovondur. Qo'rg'ono sharqi - janubiy jonibida bir mavzun tog' tushubtur. Oqar suvlari bor, bahori bisyor yaxshi bo'lur, qalin lola va gullar ochilur.

Yana biri Marg'inondur. Andijonning g'arbidadur. Andijondan yeti yig'och yo'ldur. Yaxshi qasaba bo'lubtur, nur ne'mat anori va urug'I asr ko'p xo'b bo'lur, "doni kalon" derlar, chuchikligida zardolu mayhushkigidin andak chomni bor. Ovi qushi yaxshidir, oq kiyik yovukta bo'lur. Eli sorttur va pushtai pursharu shur eldur. Sohibi "Hidoya" Marg'inonnig Rushdon otliq kentidindur.

Yana biri Isfaradir, ko'pxoya voqi bo'lubtur. Oqar suvlari, safoli boqchalari bor. Marg'inon bilan Isfara orasi to'qqiz yig'och yo'ldur. Musmir daraxtisi bisyordir, vale bog'chalarida aksar bodom daraxtidur. Eli tomon sort va ko'xiydur. Isfaraning bir shar'iysida janub sori chushtalarning orasida bir parcha tosh tushubtur, "Sangi oyna" derlar uzunligi o'n qarich bo'lgay, balandligi bazi yeri kishi, pastligi ba'zi yeri kishining belicha bo'lg'ay, harnima mun'anis bo'lur.

Isfara viloyati to'rt butun ko'hpoyadur: bir Isfara, yana bir Voruh, yana biri So'x yana Xushyor. Yana bir Xo'janddur, Andijondin g'arb soriga yigirma yig'och yo'ldur. Xo'janddan Samarqand ham yigirma besh yig'och yo'ldur, qadim shaharlardandur.

Qo'rg'ono baland yerda voqi bo'lubtur. Sayhun suyi shimol jonibidin oqar. Qo'rg'ondin daryo bir o'q otimi bo'lg'ay. Qo'rg'on bilan daryoning shimol tarafida bir tog' tushubtur. Munug'ul otliq derlarkim, bu tog'da feruza koni va ba'zi konlar topilur. Bu tog'larda bisyor yilon bor.

Muning tavobindin Kondibodomdur. Agarchi qasaba emas, yaxshigina qasabachadur. Bodomi yaxshi bo'lur. Bu jihatdin ismga mavsumdur. Hurmuz va Hindistonga tomon buning bodomi borur. Ho'jand bilan Kondibodom orasida bir dasht tushubtur, Xodarveshga mavsumdir. Hamisha bu dashtga el borur. Marg'inongakim sharqida, hamisha el borur. Xo'jandgakim g'arbidur, doim mundin el kelur: tund ellari bor.

Sayhun soyining shimoli tarafidagi qasabalar bir Axsidur. Kitoblarda Axsikat bitirlar. Farg'onada Andijondin so'ngra mundin ulug'roq qasaba yo'qdur. Andijondin g'arb sori to'qqiz yig'och yo'ldur. Sayhun daryosi qo'rg'onidin ostidin oqar. Yana biri Kosondur, Axsining shimolida tushubtur. Kichikroq qasabadur. Nechunkim Andijon suyi O'shdin kelur, Axsi suyi kosondin kelur. Yaxshi havolik yerdur.

1505 yili Qobulning shimolida bo'lgan zilzilani Bobur bunday tasvirlagan: "...Andoq zilzila bo'ldikim, qo'rg'onning fasllari va bog'larning tomlari aksari yiqilib, shaharda va kentlarda ko'p uylar xolivor bo'lib, uy va tom ostig'a qolib o'lgan bisyor bo'ldi. Pamg'on kentining uylari tamom yiqildi. Yetmish - sakson obdon kad xudolar tom ostiga qolib o'ldilar. Pamg'on bilan Bektut orasida bir parcha yer kim aria birgina tosh

otimi bo'lg'ay uchub, bir o'q otimi quyi bordi. Uchqan yerning o'rinidan chashmalar paydo bo'ldi. Istarg'ichdin maydongacha, taxminan olti - yeti yig'och yo'l bo'lg'ay, andoq yer yorilib edikim, ba'zi tarafi belcha baland bo'lur edi. Zilzila bo'lg'on zamon jami tog'larning boshida gardlar ko'pti... tepadagi uylar aksar tup tuz bo'ldi. O'shal kun o'ttiz uch qatla yer tebrandi. Bir oygacha har kecha kunduzda ikki va uch qatla yer tebranur edi".

Boburning bu tasvirida zilzilaning kuchi to'qqiz - o'n ballga yetganligini tushunish qiyin emas. Ma'lumki, Qobul atroflari aktiv seysmik zonaga kiradi, chunki bu yerdagi tog'lar haligacha shakllanayotgan yosh burmali tog'lardir.

Bobur iqlimga meteorologik hodisalarga juda qiziqqan. O'zi borgan har bir mamlakatning qaysi iqlimga mansubligini aytadi. Ma'lumki, sharq geografiyasida yer shari yeti iqlimga bo'lingan, ya'ni ekvatordan boshlab shimolga tomon yettita tabiat zonasi belgilangan edi. Bobur o'qimishli kishi bo'lganidan, bu gorizontal zonallikdan habardor bo'lgan, albatta. Umuman, o'sha davrrning savodxon o'zbek va tojiklari yerning turkli iqlimlarini tasavvur eta olgan.

"Boburnoma"da bir necha marta tog' va dovonlarni qor bosishi haqida gapiriladiki, bu hozirgi davrda ham transport uchun ahamiyati bordir. Yana bir necha misol keltiraylik. Axsida "Ul axshon mahkam qattiq sovuq edi. Andoqkim , ba'zining iliq - yorqin sovuq odi. Ko'p kishining quloqlari olmadek - olmadek qabarchuklanib edi. Xitoy karvoni keladurganda Andijonning sharqiy tarafidagi tog'larning tubida ming uyluq karvonni andoq qor bosdikim, ikki kishi qutuldi" ("Boburnoma", 64 bet).

Boburnoma tarix va etnografiyadan tashqari geografiyaga oid ma'lumotlarga shunchalik boyki, hatto uning ayrim parchalarini sharqshunos Vitsen 1705- yilda golland tiliga tarjima qilib, unga "Tatarlar mamlakatining sharqiy ham shimoliy qismining jug'rofiy ta'rifi" deb nom bergandi. Bu Farg'ona viloyati va u yerdagi shahar va ayrim qishloqlarning geografik tavsifidir. Umuman olganda, "Boburnoma" dagi geografiyaga doir ma'lumotlar o'zining aniqligi, mukammal yoritilganligi bilan ajralib turadi. Chunonchi, geograf olim H.H.Hasanov: "Bobur Farg'ona va Samarqand, Afg'oniston va Hindiston geografiyasini o'zbek tilida birinchi bo'lib tasvirlagan olim desak xato bo'lmas" - deb yozgandi.

"Boburnoma"da Farg'ona viloyati geografiyasi - O'rta Osiypoda tutgan o'rni, kattaligi, rel'efi, yani atrofi tog'lar bilan o'ralgan, feruza konlari, iqlimi, suvlari, shaharlari va ular orasidagi masofa, aholisi, mashhur kishilari, o'simlik va hayvonot dunyosi shu qadar batafsil tasvirlaganki, hatto undan geografiyaga oid xrestomatiya materiali sifatida foydalanish mumkin.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozim, Zahiriddin Muhammad Bobur mamlakatni, o'lkani, undagi shaharlarning geografik joylashuvini, iqlimini, rel'efini, tog', daryo, o'simlik va hayvonot dunyosini batafsil bilgan. Boburning fikriy doirasi nihoyatda keng, xotirasi esa nihoyatda tengsiz, haqiqatda kishini hayratda qoldiradigan darajada bo'lgan. Undagi keng qamrovli ma'lumotlar shu darajada qimmatliki, mana besh asrdan buyon tarixchilar, geograflar, tilshunoslar, sharqshunoslar, etnograflar, adabiyotshunoslar va botaniklarni o'ziga jalb qilib kelmoqda. Uni koinotdagi, tabiatdagi barcha narsalar qiziqtirgan. Shu boisdan, Boburni mubolag'asiz mashhur sayyoh, alpinist, geograf olim deb atashimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Hasanov H.H. Tanlangan asarlar. 1-jild G'oya muallifi va to'plab, nashrga tayyorlovchi M.M.Avezov.-T.; "VNESHINVESTPROM", 2019. 335 bet.

2. Hasanov.H. Bobur - geograf Fan va turmush, 1982.

3. Hasanov H. Sayyoh olimlar. - Toshkent; "O'zbekiston", 1881, b. 183-206.

4. Bobur Zahiriddin Muhammad. Boburnoma Z.M. Bobur; O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi; Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi; Xalqaro Bobur fondi.-Toshkent: "O'qituvchi" NMIU, 2017 - 368 b.

5. Azimjanova S.A. К истории Ферганы второй половины XV в. -Ташкент: Изд - во АН УзР, 1957, -C. 94.

6. Bo'riyev O. Farg'ona vodiysining temuriylar manbalaridagi tavsifi. Toshkent: "Akademnashr", 2018, -b. 110-111;

7. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi Bosh muharrir - A. A'zamov. -Toshkent: "Sharq", 2014; Tuzatilgan ikkinchi nashri, - Toshkent: "Sharq", 2017.

8. Randhawa M. S. Paintings of Baburnama/ -New Dehli, 1983.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.