Научная статья на тему 'TURK TILIDA INSON OBRAZINI IFODALOVCHI FITOMORF BIRLIKLAR VA ULARNING TARJIMADA BERILISHI'

TURK TILIDA INSON OBRAZINI IFODALOVCHI FITOMORF BIRLIKLAR VA ULARNING TARJIMADA BERILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Til / inson qiyofasi / xarakter / fitonim / obraz / portret / ijobiy / salbiy / tashqi ko’rinish / o‘xshatish / obraz / muqobil / ekvivalent / til doirasi / ma‘no ko‘chishi. / Personality / character / zoonim / phytonym / image / portrait / positive / negative / appearance.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Salimova, Zebo Rustam Qizi

Ushbu ilmiy maqola inson qiyofasi va xarakter xususiyatlarini berishda fitomorf birliklardan foydalanish masalalariga bag’ishlanadi. Fitonimlar orqali inson qiyofasini ifodalashda til imkoniyatlarining kengligi ko’rib chiqiladi. Turk tilida fitonimlar va ularning o‘zbek tilidagi muqobili berilgan. Meva va o‘simlik nomlari orqali inson qiyofasini aks ettirish, ularning xarakterlarini ochib berishda tilning so‘z boyligiga e’tibor qaratiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PHYTOMORPH UNITS REPRESENTING THE HUMAN IMAGE IN TURKISH LANGUAGE AND THEIR TRANSLATION

This scientific article deals with the use of animal or plant names in giving human appearance and character traits. The ability of language to express human appearance through zoonim or phytonim is examined.

Текст научной работы на тему «TURK TILIDA INSON OBRAZINI IFODALOVCHI FITOMORF BIRLIKLAR VA ULARNING TARJIMADA BERILISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(8), Sep., 2024

Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz

TURK TILIDA INSON OBRAZINI IFODALOVCHI FITOMORF BIRLIKLAR VA ULARNING TARJIMADA BERILISHI

Salimova Zebo Rustam qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Turkshunoslik oliy maktabi katta o'qituvchisi, PhD.

Tel: +998 90 936-83-63 E-pochta: zebosalimova1990@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu ilmiy maqola inson qiyofasi va xarakter xususiyatlarini berishda fitomorf birliklardan foydalanish masalalariga bag'ishlanadi. Fitonimlar orqali inson qiyofasini ifodalashda til imkoniyatlarining kengligi ko'rib chiqiladi. Turk tilida fitonimlar va ularning o 'zbek tilidagi muqobili berilgan. Meva va o'simlik nomlari orqali inson qiyofasini aks ettirish, ularning xarakterlarini ochib berishda tilning so 'z boyligiga e'tibor qaratiladi.

Kalit so'zlar: Til, inson qiyofasi, xarakter, fitonim, obraz, portret, ijobiy, salbiy, tashqi ko 'rinish, o 'xshatish, obraz, muqobil, ekvivalent, til doirasi, ma'no ko 'chishi.

АННОТАЦИЯ

Эта научная статья посвящена использованию названий животных или растений для придания человеческой внешности и черт характера. Исследуется способность языка выражать человеческую внешность через зооним или фитоним.

Ключевые слова: Личность, характер, зооним, фитоным, образ, портрет, позитив, негатив, внешность.

ABSTRACT

This scientific article deals with the use of animal or plant names in giving human appearance and character traits. The ability of language to express human appearance through zoonim or phytonim is examined.

Keywords: Personality, character, zoonim, phytonym, image, portrait, positive, negative, appearance.

KIRISH

Nutqda inson obrazining yaratilishida fitonimlar muhim rol o'ynaydi. Zero, inson hayoti flora bilan uzviy bog'liqdir. Tilshunos olimlarning o'simlik dunyosiga alohida e'tibor qaratishining birinchi sababi shu bo'lsa, ikkinchidan, o'simliklar bilan aloqador til birliklari xalqning olam lisoniy manzarasida asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Fitonimlar xalq tafakkurida mifologik, diniy va adabiy an'analar bilan

Research BIB / Index Copernicus

chambarchas bog'langan bo'ladi. Fitomorfizmlar fikrlashning dastlabki shakli bilan ham aloqador bo'lib, unga xos tushunchalar tilga ham ko'chgan. Fitonimlar qator tadqiqotchilarning e'tiborini jalb qilishda, ularni turli diskursda (adabiy, she'riy, ilmiy) ko'rib chiqish davom etmoqda.

O'zbek va turk tillarining kelib chiqishi bir ildizga borib taqalishiga qaramasdan o'xshatishli qurilmalardan foydalanishida o'zaro o'xshash va farqli tomonlarining borligi har ikki til egalarining yashash tarzi, dunyoqarashi, istiqomat hududi turlicha ekanligi bilan izohlanadi. Bizning tahlillarimiz mevasiz daraxat nomlari, asosan, insonlarning qaddi qomatini aks ettirishga keng foydalanilishini ko'rsatmoqda.

Nutqda inson obrazining yaratilishida fitonimlar muhim rol o'ynaydi. Zero, inson hayoti flora bilan uzviy bog'liqdir. Tilshunos olimlarning o'simlik dunyosiga alohida e'tibor qaratishning birinchi sababi shu bo'lsa, boshqa sababi o'simliklar bilan bog'liq til birliklari xalqning olam lisoniy manzarasida asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Fitonimlar xalq tafakkurida mifologik, diniy va adabiy an'analar bilan chambarchas bog'langan bo'ladi. Fitomorfizmlar fikrlashning dastlabki shakli bilan ham aloqador bo'lib, fikrlashning bu shaklidan kelib chiqqan tushunchalar tilga ham ko'chgan.

Turk lingvomadaniyatida armut//nok (murut) so'zi inson tabiatini aks ettirishda eng keng qo'llanadi. Xususan, "armut gibi" o'xshatishli birikmasi yordamida "gap tushunmaydigan, anqov kishi"ga nisbatan ishlatiladi. Armut gibi ne demek? Çok anlayi§siz, bon1. Armut mevasi yordamida ko'pincha salbiy xarakterli kishilar obrazi yaratiladi. Dangasa, biror ish qilmasdan foyda kutadigan, rizqni osmondan tushadi deb o'tiradigan odamlarga nisbatan turk olam lisoniy manzarasida "armut pi§, agzima du§" iborasi ham ishlatiladi. Bu o'zbek lingvomadaniyatidagi "olma pish og'zimga tush" iborasining aynan o'zidir. Bu esa turklar tafakurida armut//nok (murut) bilan bir xil ma'no kasb etuvchi hech bir mehnat sarflamasdan bir nima kutadigan odamlarga nisbatan ishlatiluvchi tekinxo'r obrazini ifodalashini ta'kidlash joizdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbek va turk tillarida meva nomlarining o'shatish etaloni sifatida qo'llanishi ham ko'p uchraydi. Bunday o'xshatish etalonlariga "gilos", "olma", "yong'oq" kabi meva nomlarini misol sifatida keltirish mumkin.

Turk tilida "ayva gobekli" metaforasi orqali qorni pastga osilgan kishining tasviri ifodalanadi. Ayva- bu behi, behi fitonimining shakli turk tilida qorni osilgan odam obrazi uchun qo'llanadi.

1https://www.nedirnedemek.com/armut-gibi-ne-demek

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Mevalar - inson hayotining ajralmas qismi. Dunyo tillarida inson tashqi ko'rinishini ifodalashda meva nomlari ham faol ishtirok etadi. Mevalar bilan bog'liq qiyoslar har bir xalqning yashash tarzidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Turk xalqida nok, zaytun, xurmo, tog' pista, qovun, anor kabi mevalar inson tashqi qiyofasini aks ettirishda keng qo'llansa, o'zbek millati uchun esa olma, jiyda, yong 'oq, bodom, tarvuz kabilar ahamiyatlidir.

Turk lingvomadaniyatida armut//nok (murut) so'zi inson tabiatini aks ettirishda eng keng qo'llanadi. Xususan, armut gibi o'xshatishli birikmasi yordamida "gap tushunmaydigan, anqov kishi"ga nisbatan ishlatiladi. Armut gibi ne demek? Çok anlayi§siz, bon2. Armut mevasi yordamida ko'pincha salbiy xarakterli kishilar obrazi yaratiladi. Dangasa, biror ish qilmasdan foyda kutadigan, rizqni osmondan tushadi deb o'tiradigan odamlarga nisbatan turk olam lisoniy manzarasida "armutpi§, agzima düf' iborasi ham ishlatiladi. Bu o'zbek lingvomadaniyatidagi "olma pish og'zimga tush" iborasining aynan o'zidir. Bu esa turklar tafakurida armut//nok (murut) bilan bir xil ma'no kasb etuvchi hech bir mehnat sarflamasdan bir nima kutadigan odamlarga nisbatan ishlatiluvchi tekinxo'r obrazini ifodalashini ta'kidlash joizdir.

O'zbek va turk tillarida meva nomlarining o'shatish etaloni sifatida qo'llanishi ham ko'p uchraydi. Bunday o'xshatish etalonlariga gilos, olma, yong'oq kabi meva nomlarini misol sifatida keltirish mumkin.

Har ikki tilda kiraz // gilos fitonimi keng tarqalgan. Uning yordamida qip-qizil lablar gilosga qiyoslangan. Masalan, kiraz dudakli//gilos dudoqli, ya'ni lablari gilosday qiyosi orqali lablari qizil va qalin bo'lgan ayollar ta'rifi uchun qo'llangan.Dildor gilosday qizil, chiroyli lablariga yoyilgan tabassum bilan boshini silkidi.Oltinrang sochlari yelkalari uzra sochilib ketgan, qayrilma kiprikli ko'zlarini ochib-yumganda gilosday qizil lablari o 'z-o 'zidan jilmayib qo'yadiganqo'g'irchoqqa, ochig'I, hammamizning havasimiz keldi3. O'zbek xalq lingvomadaniyatida, shuningdek, "labing gilosga o 'xshar, ko 'zing charosga o'xshar" deb aytiluvchi qo'shiq misralari bor. Bu yerda lab gilosga o'xshatilish asnosida ko'z charosga, ya'ni uzumning qora rangli naviga qiyoslanmoqda. Turklarda esa qorachadan kelgan odam ta'rifida üzüm gibi o'xshatishi qo'llanadi va bunda qora rangli uzum ma'nosi faollashtirilgan. Shuningdek, 'çôpsûz üzüm ' yakin akrabalari hayatta olmayan ki§i, üzüntü verici bir §eymi§ gibi dursa da ôzellikle zengin koca arayan hanimlar için çift katli ekmek kadayifi durumudur. Cho'psiz uzum birikmasi hech kimi yo'q yolg'iz ayolni ifoda etadi4. Üzüm gibi turklarda

2https://www.nedimedemek.com/armut-gibi-ne-demek

3Ма^мудов H., Худойберганова Д. Узбек тили ухшатишларининг изошли лугати - Тошкент: Маънавият, 2013.-Б.56.

4https://www.hurriyet.com.tr/mahmure/ruyada-uzum-gormek-ne-anlama-gelir-ruyada-uzum-yemek-tabiri-414QQ491

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

qorachadan kelgan ma'nosida keluvchi bu metafora turk tilida asosan qorachadan kelgan qariya kishini bildirsa, o'zbek tilida bu ko'rinish uzumning quritilgani -mayizday ifodasi yordamida beriladi.

Elma//olma har ikki til egalari tafakkurida deyari bir xil komparativ ma'noda keladi. Masalan, elma yanakli//olma yuzli "yuzlari qip-qizil olmaga o'xshagan kishilar"ga nisbatan turk tilida ham o'zbek tilida ham ishlatiladi. O'zbek folkloridan joy olgan "Yor-yor"larda ham, aytishuvlarda ham qizlarning yuzini olmaga o'xshatish keng tarqalgan. Ayniqsa, "Eronning olmasidek qip-qizil yuzlari" o'xshatishli birikmasi xalq orasida mashhur.

Turklarda ko'proq ayollarning go'zalligi anor guliga o'xshatiladi: "Nar 5i?egi" nomli she'rlari ham bor.

Canim kurban yoluna

Takiver yar koluna

Nar Qigegim, Yar Qifegim5.

O'zbek tilida "anordek yuzi" birikmasi ham mavjud bo'lib, bu bilan sog'lom insonlarning yal-yal yonib turgan yuzlari gavdalantiriladi. Qip-qizil, qon rangida; qizarmoq, qizil tusini olmoq kabi o'xshatishlarda anorday etalonidan foydalaniladi. Miryusuf Xilvatiy banoras to'nining keng etaklari orasida oyoqlari chalishib, o'rnidan turdi, qo'ltig'idan ipak matoga o'ralgan bir kitobchani olib ochdi va anorday qip-qizil, yum- yumaloq yuzi ilhomdan lov-lov yonib, ovozi hayajondan titrab, o'qiy ketdi (O.Yoqubov. Ulug'bek xazinasi). Uning ham qizlik havaslari uyg'onadi, yuraklari muloyim va yoqimli bir talvasa bilan duk-duk ura boshlaydi: ikki yuzi dasturxon ustidagi anor singari qip-qizil bo'ladi (A.Cho'lpon. Kecha va kunduz). Jaloliddin Xorazmshohmi? - yuzlari anorday qizarib ketdi Robiyaxonimning (E.Samandar. Sulton Jaloliddin). Raqs va sharob ta'sirida yonoqlari anor yanglig' qizargan, ko'kraklari qo'sh kaptarday patirlab turgan qizni bag'riga bosib erkalagan bo'ldida, maqsadga ko'chdi Hojib (E.Samandar. Sulton Jaloliddin). Hamma gapni o'zlaring aytyapsizlar-u, yana cho'zish shartmikan? - qimtinib, yuzlari anordek qizarib arang so'zladi Sabo (U.Hamdam. Sabo va Samandar)6.

O'zbek tilida yong'oq, danak, bodom birliklaridan ham kishi tashqi qiyofasini tasvirlashda foydalaniladi. Bo'yi past, do'mboq kishilarga ko'ra yong'oqday bo'yi bor o'xshatishli birikmasi keng qo'llanadi. O'zbek tilida yong'oq fitonimi yordamida kishi xarakterini ifodalash turk tiliga qaraganda faolligi ma'lum bo'ldi. Yong'oq ham bo'yi pakana dumaloq kishini tavsiflashda ishlatilishi bilan birga kutilmaganda pand berib qo'yadigan, tili boshqa dili boshqa odam obrazi uchun ham ishlatiladi. Puch

5https://onedio.com/haber/serdar-ortac-nar-cicegim-sarki-sozleri-845650

6Ма^мудов Н., Худойберганова Д. Узбек тили ухшатишларининг изошли лугати - Тошкент: Маънавият, 2013. -Б. 27.

Research BIB / Index Copernicus

yong'oq metaforasi ana shu fikrning isbotidir. Quyidagi she'riy parchada buni ko'rish mumkin:

Bilmaysiz, do'stdan ham goh -

Sinovda qalb qaqshaydi.

U ichin etmas ogoh -

Puch yong'oqqa o'xshaydi7.

Bundan tashqari o'zbek tilida bir qop yong'oq o'xshatishi ham bor. Bu o'xshatish ichida gap turmaydigan, hamma bilan til topishadigan kishilarga nisbatan qo'llanadi.

Turk tilida ayva gobekli metaforasi orqali qorni pastga osilgan kishining tasviri ifodalanadi. Ayva- bu behi, behi fitonimining shakli turk tilida qorni osilgan odam obrazi uchun qo'llanadi. O'zbek tilida esa behi orqali inson tasvirlanmaydi, qorni qopday yoki tarvuz yutib olganday o'xshatishli birikmalaridan foydalaniladi. Bunga qardosh tillar orasidagi farq sifatida qarash mumkin.

Turk xalqi lingvomadaniyatida zaytun fitonimi katta o'rin tutadi. Zaytun qora bo'lishi bilan birga, ham foydali ham mazali bo'lgani uchun zeytin gibi o'xshatishli birikmasi qorachadan kelgan, istarali qizlarni ta'riflashda ishlatiladi.

Shuningdek, quruq meva nomlari har ikki xalq lingvomadaniyatida keng foydalaniladigan inson obrazini ifodalovchi fitomorf birliklar hisoblanadi. Fistik yong'og'i kishilar orasida sevgilisini yoxud yosh bolani erkalab chaqirishda fistigim shaklida qo'llanadi, shirinligiga qiyoslanadi. Xalq orasida çekirdekten yetiçme iborasi ham keng tarqalgan bo'lib, tug'ma iste'dodli insonga ko'ra nisbatlanadi. B u fitonim çekirdek-pista bo'lib, turk xalqi yashash tarzida ajralmas o'ringa egadir.

Umuman olganda, meva nomlari orqali shaxsning u yoki bu xususiyatini tasvirlash yaratish til imkoniyatlarining qanchalik kengligini ko'rsatib beradi, ta'sirchanlikni oshiradi hamda tinglovchiga shaxs haqida aniq taassurot qoldiradi va idrok qilinishini osonlashtiradi.

Insonni xarakterlash uchun meva nomlaridan foydalanish jarayoni qadimiy hisoblanadi. Inson mavjud bo'lgan paytdan boshlab tabiat bilan chambarchas birlikda yashab, atrofdagi daraxt va o'simliklarga turli xil munosabatda bo'lgan. Tabiat va inson uyg'unligi dunyoning barcha lisoniy manzaralarida universaldir.

Har ikki til tafakkuridagi daraxt va mevalar bilan bog'liq fitonimlar tahlili shuni ko'rsatdiki, inson ijobiy xususiyatlarini aks ettirishda ko'proq mevali daraxtlarga qiyoslanilsa, kishining salbiy qiyofasini ifodalashda esa asosan, daraxtning kesilgan tanasi, o'tin yoki to'nka bilan bog'liq birliklar orqali ifodalanadi.

'httpVAvww.uzbekshe'rlari.uz

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Ushbu turdagi qiyosiy tadqiqotlar taqqoslangan tillarning milliy-madaniy xususiyatlarini, shuningdek ma'lum bir tilda so'zlashuvchilarning milliy mentaliteti va dunyoqarashining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.

Shunday qilib, fitonimik nominatsiyalar o'zbek va turk tillarida insonning ichki dunyosi va tashqi ko'rinishini belgilashda keng qo'llanadi va ba'zi hollarda insonning har qanday xususiyatlariga (tashqi qiyofasi, aqliy qobiliyatlari, ichki hissiy holati, Yoshi, kasbi, ijtimoiy holati) o'ziga xos standart bo'lib xizmat qiladi.

Har ikki til tafakkuridagi daraxt va mevalar bilan bog'liq fitonimlar tahlili shuni ko'rsatdiki, inson ijobiy xususiyatlarini aks ettirishda ko'proq mevali daraxtlarga qiyoslanilsa, uning tashqi ko'rinishi manzarali daraxt nomlariga qiyoslanadi. Insonning ijobiy yoki salbiy xarakterlari esa shirin va achchiq meva nomlari yordamida ham aks ettiriladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, gul, o't-o'lan, sabzavot va poliz mahsuloti bilan bog'liq nomlar orqali kishining ijobiy xarakter-xususiyatlarini ham, salbiy xarakter-xususiyatlarini ham ifodalashi mumkin. O'simliklarning ushbu turlari bilan inson har kuni to'qnash keladi va u inson ongida oson saqlanadi. Shu bois biror kishini ta'riflashda ulardan foydalanish juda qo'l keladi. Insonlar muloqotida biror kishini ta'riflashda uning nozik jihatlarini gavdalantirish va yaqqolroq namoyon etishda gul, o't-o'lan, sabzavot va poliz ekini nomlari alohida o'rin tutadi.

Har ikki tilda inson ijobiy xususiyatlarini aks ettirishda ko'proq gullardan foydalanilsa, kishining salbiy qiyofasini ifodalashda esa, asosan, o't-o'lan va poliz ekinlari nomi bilan bog'liq fitonimlarga murojaat qilingan.

O'zbek tilida esa behi orqali inson tasvirlanmaydi, "qorni qopday" yoki "tarvuz yutib olganday" o'xshatishli birikmalaridan foydalaniladi. Bunga qardosh tillar orasidagi farq sifatida qarash mumkin.

Turk xalqi lingvomadaniyatida zaytun fitonimi katta o'rin tutadi. Zaytun qora bo'lishi bilan birga, ham foydali ham mazali bo'lgani uchun "zeytin gibi" o'xshatishli birikmasi qorachadan kelgan, istarali qizlarni ta'riflashda ishlatiladi.

Shuningdek, quruq meva nomlari har ikki xalq lingvomadaniyatida keng foydalaniladigan inson obrazini ifodalovchi fitomorf birliklar hisoblanadi. Fistik yong'og'i kishilar orasida sevgilisini yoxud yosh bolani erkalab chaqirishda "fistigim" shaklida qo'llanadi, shirinligiga qiyoslanadi. Xalq orasida "çekirdekten yetiçme" iborasi ham keng tarqalgan bo'lib, tug'ma iste'dodli insonga ko'ra nisbatlanadi. Bu fitonim çekirdek-pista bo'lib, turk xalqi yashash tarzining ajralmas qismidir.

Research BIB / Index Copernicus

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Deyimler Sözlügü. - Istanbul: inkilap Kitabevi, 1995. 1205- S.

2. Esendal M. Türk?e Sözlük. - Ankara. 2010.

3. Kemal Y. Türk?e Sözlük. - Ankara. 2010. 1088- S.

4. Orta? Y. Türkfe Sözlük - Ankara, 1999. 206- S.

5. Türk?e Sözlük. I-II. - Ankara: Türk Tarih Kurumu Basim Evi, 1988. 745-S

6. Usmanova Sh. Lingvokulturologiya. - Toshkent, 2019. 153- B.

7. Ахметова Э. Названия овощей и фруктов в татарском языке // Автореф. канд. филол. наук - Казань, 2012. 229- С.

8. Бурганова Н. О татарских народных названиях растений // Вопросы лексикологии и лексикографии - Казань, 1976.141- С.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.