SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023
TURK VA O'ZBEK TILLARIDA ZOOMORF VA FITOMORFLAR BILAN INSON OBRAZINING IFODALANISHIDAGI O'ZIGA XOSLIKLAR
Salimova Zebo Rustam qizi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Turk filologiyasi"kafedrasi katta o'qituvchisi Tel: +998 9Q 936-83-63 E-pochta: [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu ilmiy maqola turk tilida inson obrazini ifodalashda zoonim va zookomponentli iboralardan foydalanish masalalariga bag'ishlanadi. Fitonimik va zoonimik lug'at orqali shaxsni obrazli nominatsiya qilish muammosi tilshunoslikda o'z ahamiyatiniyo'qotmagan. Uning lingvistikqiymatining sababi insonni o'zini o'rab turgan tirik tabiat sharoitida o'zini anglashning uzluksiz jarayonida yotadi. Ushbu jarayon zoosfera va fitosferani antropotsentrik talqin qilishning yangi shakllari bilan doimiy ravishda ta'minlanib, keng va chuqurlikda tarqalmoqda. Bir tomondan, u so'z boyligining barcha yangi qatlamlarini qamrab oladi, boshqa tomondan, turli darajadagi til darajalariga kirib boradi.Bu darajalarning eng qudratlisi - matn darajasi ham chetda qolmaydi.
Turk tilida qo'llaniladigan zoofrazeologik birliklar ma'no jihatdan tahlil qilinadi. Zoonim orqali inson qiyofasini ifodalashda til imkoniyatlarining kengligi ko'rib chiqiladi. Turk tilida inson qiyofasini aks ettirish, ularning xarakterlarini ochib berishda tilning so 'z boyligiga e'tibor qaratiladi.
Kalit so'zlar: Til, inson qiyofasi, xarakter, zoonim, zoofrazeologizm, obraz, portret, ijobiy, salbiy, tashqi ko 'rinish, o 'xshatish, obraz, muqobil, ekvivalent, ma 'no ko 'chishi.
АННОТАЦИЯ
Данная научная статья посвящена вопросам использования зоонимов и выражений с зоокомпонентами для выражения образа человека в турецком языке. Проблема образной номинации лица через фитонимическую и зоонимическую лексику не утратила своего значения в языкознании. Причина его лингвистической ценности кроется в непрерывном процессе самосознания человека в окружающей его живой природе. Этот процесс постоянно обеспечивается новыми формами антропоцентрической интерпретации зоосферы и фитосферы, распространяясь вширь и вглубь. С одной стороны, он охватывает все новые слои лексики, а с другой стороны, проникает на разные уровни языка, самым мощным из которых является уровень текста.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
Зоофразеологические единицы, употребляемые в турецком языке, анализируются с точки зрения значения. Zoonm исследует широту языковых возможностей в выражении человеческого образа. В турецком языке внимание уделяется лексике языка при отражении образа людей и раскрытии их характеров.
Ключевые слова: Язык, человеческий образ, характер, эвфемизм, зооним, образ, портрет, положительный, отрицательный, внешний вид, аналогия, образ, альтернатива, эквивалент, передача значения
This scientific article is devoted to the issues of using zoonyms and expressions with zoocomponents to express the human image in the Turkish language. The problem of figurative nomination of a person through phytonymic and zoonymic vocabulary has not lost its importance in linguistics. The reason for its linguistic value lies in the continuous process of self-awareness of a person in the living nature that surrounds him. This process is constantly being provided with new forms of anthropocentric interpretation of the zoosphere andphytosphere, spreading wide and deep. On the one hand, it covers all new layers of vocabulary, and on the other hand, it penetrates to different levels of language. The most powerful of these levels is the text level.
Zoophraseological units used in the Turkish language are analyzed in terms of meaning. Zoonim explores the breadth of language possibilities in expressing the human image. In the Turkish language, attention is paid to the vocabulary of the language when reflecting the image of people and revealing their characters.
Keywords: Language, human image, character, euphemism, zoonym, image, portrait, positive, negative, appearance, analogy, image, alternative, equivalent, transfer of meaning.
Til inson va borliq o'rtasidagi ko'prik, olamni idrok etishidagi eng muhim vosi ta sifatida namoyon bo'ladi1. Har bir shaxsning o'zligini anglashi, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg'ularining yuzaga keltirishida til o'zgacha ahamiyatga ega. Har qanday xalq o'zining olam manzarasiga ega bo'ladi. Til egasi esa bo'lgan lisoniy shaxs esa ayni shu manzaraga mos ravishda ifodalami tuzadi va tinglovchiga yetkazadi. Bu jarayonda tilda o'z aksini topgan insonda olamni o'ziga xos idrok qilish tarzi namoyon bo'ladi. Til insonning olam haqidagi bilimlarning shakllanishi va mavjud bo'lishidagi eng muhim omil sanaladi. Insonning o'zligini anglashi, unda milliy
1Сепир Э. Язык. Введениу в изучение речи.-М.:ЛЕМАНД.2016. -C.5
ABSTRACT
KIRISH
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
g'urur, iftixor kabi oliy tuyg'ularning qaror topishida tilning o'mi nihoyatda beqiyos. Zero, tilshunoslik sohasi mutaxassislarini tayyorlashda sohaga oid turk va o'zbek tillarida sifat leksemalaming qiyosiy-chog'ishtirma tizimini ilmiy asosda chuqur tadqiq qilingani, o'zbek va xorijiy tillarda umumiy, xususiy jihatlarini aniqlash bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borish ko'lami hamda samaradorlik ko'rsatkichini yanada oshishiga imkoniyatlar yaratadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ma'lumki, insonlarning o'xshatish va qiyoslashga asoslangan obrazli fikrlash jarayonining vujudga kelishi badiiy tafakkurning o'sishi, izchil rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday mushohadalar avlodlar va ajdodlarning tabiat va koinotni bilishga, bunda mavjud sirlarni yechishga intilishlari, biroq izohlashdagi ojizliklar tufayli ularni sirli va ilohiy kuch sifatida baholashi, shuningdek, mifik obraz sifatida tasavvur etish hollari natijasida vujudga kelgan. Xususan, ibtidoiy dunyoqarash va diniy e'tiqodga bog'liq holda hayvonot, nabotot va koinotdagi mavjud narsalar jonzotlarga totemistik munosabatlar natijasida sher, arslon, yo'lbars, qoplon, burgut, lochin, qirg'iylarni mard, jasur, botir, dovyurak kishilarga; qarg'a, quzg'unlarni qonxo'r, toshyurak kishilarga; tovus, bulbullarni go'zal, chiroyli xulqli kishilarga; gul, g'uncha va oy, yulduz, quyosh singarilarini go'zal va suluv qizlarga; yantoq, saksovul kabilarni xunuk kishilarga nisbatan tashbeh etilgan va bu holat og'zaki va badiiy ijodda keng tarqalgan eng qadimgi tasavvurlar mahsulidir. Bularning barchasi insoniyat o'zini tabiatning sehrli olami bilan yoki aksincha, tabiatdagi mavjud narsa va hodisalarni insoniyatning xulq-atvori, ichki dunyosi bilan bog'lashi, ya'ni, qiyoslashi, o'xshatishi, sifatlashi kabilar bilan bog'liq, ular tilimizdagi ko'plab badiiy ifoda vositalarning vujudga kelishida asos bo'lgan.
Olam lisoniy manzarasini tashkil etuvchi metaforalar hayvonot va nabotot dunyosi bilan chambarchas bog'langan bo'ladi va bunda hayvonlar, hasharotlar, qushlar va o'simliklar nomi aks etadi. Ularning turli xususiyatlari va insonga xos belgilari, harakatlari o'rtasida o'xshashlik kuzatiladi. O'xshatishlarda insonning deyarli barcha xususiyatlarini aks ettirish mumkin bo'ladi. Xususan, arslondek yigit, ayiqday kuchli, tulkidek ayyor, ilondek avramoq, o'rgimchakdek to'riga ilintirmoq, eshakdek ishlamoq, chumoliday mehnatkash, itday ishlamoq, burgutdek kuchli, quyondek epchil, chinordek yigit, gulday nozik, olmaday singari metaforalar o'zbek lisoniy manzarasida mavjud. Bundan tashqari, insonning g'ayriodatiy harakatlarini ifodalashda echki, maymun kabilardan etalon sifatida foydalaniladi.
Turk va o'zbek tillarida inson tashqi qiyofasini ifodalashda uy hayvonlari bilan bog'liq qator zoonimlar qo'llanilishini ko'rish mumkin. Xususan, kuchli, navqiron,
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
yelkador erkaklar uchun "tay gibi (toydek)" birikmasi qo'llansa, durkun ayollarni ta'riflashda esa "at gibi" (otdek) birligidan foydalaniladi.
Shu o'rinda har ikki tildagi "eshak" zoonimi bilan bog'liq birliklarga e'tibor qaratsak. "E§ek gibi" ifodasi turk tilida "aqlsiz", "qo'pol", "o'ylamay ish qiladigan" kabi ma'nolarda keladi. Tuyg'usiz, hissiz odamga nisbatan esa "e§ek derisi gibi" birikmasi qo'llanadi. Bundan tashqari, insonlarni tashqi ko'rinishiga nisbatan ham qo'llash mumkin. Xususan, chiroyli, katta-katta ko'zlarga nisbatan "e§ek gozlü" ifodasi ham ishlatiladi. O'zbek tilida buning o'rniga "jayron ko'z", "ohu ko'z" birligi ishlatiladi.
Qaysar odamning ta'rifini berishda har ikkala tilda ham biroz o'xshashlik mavjud. O'zbek tilida "qaysar eshshak" iborasi qo'llansa, turk tilida undan ham qaysarroq bo'lgan xachir hayvoniga o'xshatiladi. Mahmud Koshg'ariyning yozishicha, qoraxoniylar saltanati davrida eshak bilan ot o'rtasidagi hayvon qatir deb yuritilgan: Qazïda qalïn yund aqurda qatïr — dashtda ko'plab otlar og'ilxonada esa xachir. XIV asr arab tilida bitilgan filologik risolalarda o'zining asl ma'nosini davom ettirgan.2
Qaysar odam turk tilida ham "Katir gibi" birikmasi yordamida ifodalanadi. Turk xalqida qaysar ma'nolarida "inatçi keçi", "e§ek gibi" o'xshatmalari ham qo'llanadi. "E§ek kafali" birikmasi esa "anqov", "hech nimani tushunmaydigan" kabi ma'nolarda keladi. Ayni shunga o'xshash "eshak miya" birligi o'zbek tilida ham mavjud. Shuningdek, tilimizda "o'z bilganidan umuman qolmaydigan, birovni fikri bilan hisoblashmaydigan kishi"ga nisbatan o'zbek nutqida "eshak ekansan" tarzidagi haqorat birligi ham ham ishlatiladi.
O'zbek va turk tillarida it zoonimi bilan birga kuchuk, ko'ppak (kopek) singari zoonim birga ham qo'llanadi. Ushbu zoonimlar ifodalaydigan sifatlardan biri "sodiq" tushunchasi bilan bog'liq. Odatda, har ikki tilda uzoq yillar bir odam qo'lida ishlagan va sadoqat ko'rsatgan kishilarga "itdek vafodor" birligi ishlatiladi. Hattoki, o'zbek olam lisoniy manzarasida maqol shaklida aks etgan: "It vafo - xotin jafo"
It zoonimi "qadr-qimmati yo'q, tarbiyasiz odam" ma'nosida ham turk lingvomadaniyatida mavjud. "Yüzünü kopek yalamiç", "kopek gibi" kabi birliklar orqali "surbet", "yuzsiz", "orsiz" kishilar obrazi gavdalantiriladi. Shu bilan birga, it zoonimi juda ham sodiq, bog'lanib qolgan insonga nisbatan ham yoki "jon-jahdi bilan yalinmoq", "itdek yalinmoq" ma'nolarini berish uchun ishlatiladi:"Hatani anlayip, bir gün kopek gibi yalvaracaksin." "ínkar ediyorsun, ama kopek gibi sevdigin her halinden belli" Mazkur jumlada kopek gibi birikmasi turk xalqi mentalitetiga chuqur singiganini ko'rish mumkin.
2Abdushukurov B. XI - XIV asr turkiy yozma manbalarda qo ' llanilgan zoonimlar// Oltin bitiglar- Golden scripts, 2019.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
Turk va o'zbek tillaridagi inson xarakteri va tashqi ko'rinishini gavdalantirishga xizmat qiluvchi faol zoonimlardan biri "bo'ri", "bo'ridek", "kurt gibi", "kurt" birligidir. Ushbu zoonim turkiy xalqlar dunyoqarashida alohida ahamiyatga ega. Qadimdan ota-bobolarimiz bo'riga boshqacha munosabatda bo'lishgan. Bo'ri turkiy xalqlar tasavvurida totem darajasiga ko'tarilgan hayvon hisoblanadi. Shuning uchun u bilan bog'liq tushunchalarning aksari ijobiy ma'noda ifodalanadi. Ayniqsa, bu holatni turk tilida yaqqol ko'rish mumkin. U turkchada ijobiy ma'nodagi stereotip sifatida "o'z ishining ustasi", "kirishuvchan" kishilarga nisbatan "kurt gibi" birikmasi qo'llaniladi. Bundan tashqari "ish ko'zini biladigan, uddaburon" shaxslarga yoki "mehribon va ishonchli do'st" ma'nosida ham "kurt gibi" tarzida qo'llanadi.
Har ikki tilda inson tashqi ko'rinishidagi "novchalik" bilan bog'liq sifatni anglatishda "jirafa" zoonimlaridan foydalaniladi. "Bir mahal mundoq qarasam, bo'ynim uch qarichcha cho'zilib ketibdi, boshimni ko'targan edim - Afrika o'rmonlarida yashaydigan jirafaning xuddi o'zginasi bo'lib qolibman"3
Salbiy stereotiplarni ifodalash uchun manda gibi (to'ng'izday), tilki gibi (ayyor, laganbardor) kabi zoonimli birikuvdan foydalaniladi.
Ayyor, laganbardor kishilarga nisbatan har ikkala tilda "tulki", "tilki gibi" tarzida beriladi. Tabiatan tulki ayyor hayvon, u o'z o'ljasiga erishish uchun har qanday ayyorlikni qiladi. O'zbek tilida esa inson xarakterining ayyorlik jihati "ilonni yog'iniyalagan" frazeologik birligi orqali ham ifodalanadi.
Ayyor, yolg'onchi, yomonli xulqli kishilar yoki sotqin kishilarni "çakal", ya'ni shoqol, chiyabo'riga qiyos qilinadi. Turk tilida sotqin va yoqimsiz kishilarga "yilan gibi" metaforasini qo'llash ham uchraydi. Gozlerinde ancak annemin bildigi bir yilan îçiltisiyla gülüyor4. (Ko'zlarida faqat onam bilgandek ilon makri bilan kuladi).
Har ikki til egalari tafakkurida "sher", "arslon" zoonimlari "qo'rqmas, jasur" ma'nosini anglatadi. Ayniqsa, turklarda o'g'il bolani erkalashda "aslan og'lum" birikmasi juda ko'p qo'llanadi. O'zbeklarda ham o'g'il farzand tug'ilganda "sherdek baquvvat bola bo'lsin" singari niyat aytiladi. Bundan tashqari turk va o'zbek tillaridagi aslan gibi / arslondek o'xshatishi kuchli, mard, azamat kishilarga nisbatan qo'llanadi. Biroq turk tilida "aslan gibi" birligining o'zbek tilidan farqli o'laroq, "sog'lom" ma'nosi ham mavjud. Quyidagi parchada aynan shu ma'noda voqealangan: Ben, gozlerimde bir türlü durmayan yaçlar, tikanan kuçyavrulari gibi açik agzimda boguk hiçkiriklarla titrerken ihtiyar arkadaçim, pencereye dondü, karanlikta ta
3To'xtaboyev X. Sariq devni minib. -T., 2001.-B.66
4 Ortaç Y.Z.Tûrkçe sözlük. Ankara, 1999.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
uzaklara yumrugunu saklayarak: - Allah belani versin, aslan gibi çocugu berbat ettin, - dedi
O'zbek tilida aqrab deb ham yuritiladigan chayon turk tilida akrep deyiladi, lekin insonlarga nisbatan "çiyan gibi" ifodasi ishlatiladi va "tili zahar", xoin, sotqin kishiga nisbatan qo'llanadi.
Insonning xarakteri, xatti-harakati bilan bog'liq bo'lgan o'xshatishlarda turk va o'zbek tillarida so'zlashuvchi til egalarining etalon sifatida itday sadoqatli (kopek gibi sadik), molday befahm (mal gibi), musichaday beozor (ku§ gibi), eshakday qaysar (e§ek gibi), itday ishlamoq (kopek gibi isirmak), echkiday sakramoq (keçi gibi ziplamak), toshbaqaday sudralmoq (kaplumbaga gibi sùrùklenmek), ilonday avramoq (yilan gibi mahfetmek), bulbulday sayramoq (bùlbùl gibi otmek) singari turli hayvon va jonivor turlarini bildiruvchi so'zlardan ko'proq foydalanganligi ma'lum bo'ldi.
Nutqda inson obrazining yaratilishida fitonimlar muhim rol o'ynaydi. Zero, inson hayoti flora bilan uzviy bog'liqdir. Tilshunos olimlarning o'simlik dunyosiga alohida e'tibor qaratishning birinchi sababi shu bo'lsa, boshqa sababi o'simliklar bilan bog'liq til birliklari xalqning olam lisoniy manzarasida asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Fitonimlar xalq tafakkurida mifologik, diniy va adabiy an'analar bilan chambarchas bog'langan bo'ladi. Fitomorfizmlar fikrlashning dastlabki shakli bilan ham aloqador bo'lib, fikrlashning bu shaklidan kelib chiqqan tushunchalar tilga ham ko'chgan.
Turk lingvomadaniyatida armut//nok (murut) so'zi inson tabiatini aks ettirishda eng keng qo'llanadi. Xususan, "armut gibi" o'xshatishli birikmasi yordamida "gap tushunmaydigan, anqov kishi"ga nisbatan ishlatiladi. Armut gibi ne demek? Çok anlayi§siz, bon5. Armut mevasi yordamida ko'pincha salbiy xarakterli kishilar obrazi yaratiladi. Dangasa, biror ish qilmasdan foyda kutadigan, rizqni osmondan tushadi deb o'tiradigan odamlarga nisbatan turk olam lisoniy manzarasida "armut pi§, agzima dù§" iborasi ham ishlatiladi. Bu o'zbek lingvomadaniyatidagi "olma pish og'zimga tush" iborasining aynan o'zidir. Bu esa turklar tafakurida armut//nok (murut) bilan bir xil ma'no kasb etuvchi hech bir mehnat sarflamasdan bir nima kutadigan odamlarga nisbatan ishlatiluvchi tekinxo'r obrazini ifodalashini ta'kidlash joizdir.
O'zbek va turk tillarida meva nomlarining o'shatish etaloni sifatida qo'llanishi ham ko'p uchraydi. Bunday o'xshatish etalonlariga "gilos", "olma", "yong'oq" kabi meva nomlarini misol sifatida keltirish mumkin.
Turk tilida "ayva gobekli" metaforasi orqali qorni pastga osilgan kishining tasviri ifodalanadi. Ayva- bu behi, behi fitonimining shakli turk tilida qorni osilgan
5https://www.nedirnedemek.com/armut-gibi-ne-demek
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
odam obrazi uchun qo'llanadi. O'zbek tilida esa behi orqali inson tasvirlanmaydi, "qorni qopday" yoki "tarvuz yutib olganday" o'xshatishli birikmalaridan foydalaniladi. Bunga qardosh tillar orasidagi farq sifatida qarash mumkin.
Turk xalqi lingvomadaniyatida zaytun fitonimi katta o'rin tutadi. Zaytun qora bo'lishi bilan birga, ham foydali ham mazali bo'lgani uchun "zeytin gibi" o'xshatishli birikmasi qorachadan kelgan, istarali qizlarni ta'riflashda ishlatiladi.
Shuningdek, quruq meva nomlari har ikki xalq lingvomadaniyatida keng foydalaniladigan inson obrazini ifodalovchi fitomorf birliklar hisoblanadi. Fistik yong'og'i kishilar orasida sevgilisini yoxud yosh bolani erkalab chaqirishda "fistigim" shaklida qo'llanadi, shirinligiga qiyoslanadi. Xalq orasida "çekirdekten yetiçme" iborasi ham keng tarqalgan bo'lib, tug'ma iste'dodli insonga ko'ra nisbatlanadi. Bu fitonim çekirdek-pista bo'lib, turk xalqi yashash tarzining ajralmas qismidir.
Umuman olganda, meva nomlari orqali shaxsning u yoki bu xususiyatini tasvirlash yaratish til imkoniyatlarining qanchalik kengligini ko'rsatib beradi, ta'sirchanlikni oshiradi hamda tinglovchiga shaxs haqida aniq taassurot qoldiradi va idrok qilinishini osonlashtiradi.
Menekçe turk tilida binafsha gulini anglatib "Menekçe gibi"-çok güzel, juda chiroyli ma'nosida keladi. Turk tafakkurida "menekçe gibi" birligi mavjud bo'lib, juda chiroyli ma'nosida keladi: "menekçe gibi çok güzel" tarzida faol qo'llanadi.
Turk tilida vaqtinchalik kayf-safoga mukkasidan ketgan, o'tkinchi go'zallik shaydolariga nisbatan "bahar çiçegi gibi geçici güzellik" birligi ham qo'llanadi. O'zbek tilida barvaqt turmushga chiqishga harakat qilgan qiz bodom guliga qiyos qilinadi, chunki bodom kunlar salgina isib quyosh ko'rinishi bilan gullaydi, hatto bir yilda uch martagacha gullaydigan bodom navlari bor. Shunga ko'ra yengiltabiat qizlar, bodom fitonimiga qiyoslanadi. Turk tilida "tez qo'ldan ketguvchi narsalarga mast bo'lgan kishi" "bahar çiçegi" birligi bilan ifodalanadi.
Ikki til lisoniy manzarasida ham "yuziga dog' tushib ketish kasalligiga" nisbatan xalq tilida çiçek bozugu//chechak chiqibdi birligi bilan ataladi.
Bundan tashqari turk tilida biror bir daraxt guli vositasida ham inson tashqi qiyofasini ifodalash mumkin. Masalan, "juda chiroyli inson"larni ta'riflash uchun esa "nar çiçegi" birikmasi qo'llanadi.
Har ikki til olam lisoniy manzarasida "rayhon" fitonimi yordamida "xushbo'yli, yoqimli so'zli kishilar" ta'rif etiladi. Turkchada reyhan kokulu (rayhon hidli) birlik odatda xushbo'y odamlarga nisbatan qo'llanadi.
O'zbek va turk tillarining fitonomik manbalarining qiyosiy tahlil qilish natijasida o'simliklar dunyosi bilan bog'liq birliklarni inson obrazini gavdalantirishda
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
umumiy va o'ziga xos xususiyatlar mavjudligini ko'rsatdi. Har ikki til tafakkurida inson ijobiy xususiyatlarini aks ettirishda asosan meva va mevali daraxtlarga tayanilsa, kishining salbiy qiyofasini ifodalashda esa ko'proq daraxtning kesilgan tanasi, o'tin yoki to'nka bilan bog'liq birliklarga asoslanishini ko'rsatdi.
Turk va o'zbek olam lisoniy manzaralarida gul, o't-o'lan, sabzavot, poliz mahsulotlari nomlari inson tasvirini aks ettirishda eng faol birliklar sifatida keng qo'llanadi. Kishining ijobiy xususiyatlarini aks ettirishda ko'proq gullar bilan bog'liq fitonimlardan foydalanilsa, kishining salbiy qiyofasini ifodalashda esa asosan, o't -o'lan va poliz ekinlari nomi bilan bog'liq fitonimlardan foydalaniladi.
Buyuk olim nemis tilshunosi Yakob Grimm "Xalq haqidagi saqlanib qoladigan eng jonli guvoh-bu uning suyagi, foydalangan ish qurollari yoki qabri emas, balki uning tilidir" degan o'rinli mulohazani aytgan6. Shu jihatdan qaralsa, inson tilidan uning tarixi, madaniyati, barcha qadriyatlarini topish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Исмоилов F. Зоокомпонентли фразеологик бирликларнинг этномаданий хусусиятлари // Узбек тилшунослигининг долзарб масалалари. №7. -Тошкент:
2. Шабанов Ж., Хдмидов Х. Уй хайвонлари номига асосланган макол ва ибораларнинг таржимада берилиши // Таржима масалалари. № 2. -Тошкент: ТошДШИ, 2014.
3. Шомаксудов Ш., Шорахмедов Ш. Маънолар махзани. - Тошкент: Узбекистон миллий энциклопедияси, 2001.
4. Jumanazarova G.U. «Shirin bilan Shakar» dostonining lug'aviy va lingvopoetik xususiyatlari (Fozil Yo'ldosh o'g'li varinti asosida):Filol. fan. nomz. ...dis. avtoref. -T., 2008. -26 b.
5. Zohidov T.Z. Zoologiya ensiklopediyasi. Qushlar. - Toshkent, 1957.
6. Ibrat. «Ergash Jumanbulbul o'g'li ijodining ma'naviy qadriyatlarni yuksaltirishdagi o'rni va ahamiyati» ilmiy-amaliy anjumanining materiallari. -Samarqand: SamDU nashri, 2006. - 84 b.
6Гримм. Я. История немецкого языка. - Журнал А. А. Хованского «Филологические записки» 1864.
2013.
Internet saytlari
1. http : //www.ziyonet.com
2. 2http://tdk.gov.tr
3. http://kitob.uz
4. http://www.biblus.ru