Научная статья на тему 'TURK TILIDA INSON OBRAZINI IFODALOVCHI ZOOFRAZEOLOGIZMLAR TARJIMASIGA DOIR'

TURK TILIDA INSON OBRAZINI IFODALOVCHI ZOOFRAZEOLOGIZMLAR TARJIMASIGA DOIR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
124
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Til / inson qiyofasi / xarakter / zoonim / portret / o‘xshatish / ekvivalent / til doirasi / ma‘no ko‘chishi / Language / human image / character / zoonym / portrait / analogy / equivalent / volume of language / transfer of meaning.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Salimova, Zebo

Ushbu ilmiy maqola turk tilida inson obrazini ifodalashda zoonim va zookomponentli iboralar va ularning tarjimasi masalalariga bag’ishlanadi. Ijobiy va salbiy xususiyatlarni ifodalashda qo’llanilgan birliklar tahlil qilinadi. Zoonim orqali inson qiyofasini ifodalashda til imkoniyatlarining kengligi ko’rib chiqiladi. Turk tilida inson qiyofasini aks ettirish, ularning xarakterlarini ochib berishda tilning so‘z boyligiga e‘tibor qaratiladi. Zoofrazeologizmlar va ularning tarjimasidagi o’xshash va farqli tomonlar o’rganiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON THE TRANSLATION OF ZOOPHRASEOLOGISTS EXPRESSING THE HUMAN IMAGE IN TURKISH LANGUAGE

This scientific article is devoted to zoonym and zoocomponent expressions and their translation in Turkish. The units used to express positive and negative characteristics are analyzed. Zoonim explores the breadth of language possibilities in expressing the human image. In the Turkish language, attention is paid to the vocabulary of the language when reflecting the image of people and revealing their characters. Similarities and differences in zoophraseologisms and their translation are studied.

Текст научной работы на тему «TURK TILIDA INSON OBRAZINI IFODALOVCHI ZOOFRAZEOLOGIZMLAR TARJIMASIGA DOIR»

TURK TILIDA INSON OBRAZINI IFODALOVCHI ZOOFRAZEOLOGIZMLAR TARJIMASIGA DOIR

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7460833

Zebo SALIMOVA,

TDSHU o'qituvchisi, Toshkent, O'zbekiston. Tel: +998 90 936-83-63; E-mail: [email protected]

Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqola turk tilida inson obrazini ifodalashda zoonim va zookomponentli iboralar va ularning tarjimasi masalalariga bag 'ishlanadi. Ijobiy va salbiy xususiyatlarni ifodalashda qo'llanilgan birliklar tahlil qilinadi. Zoonim orqali inson qiyofasini ifodalashda til imkoniyatlarining kengligi ko'rib chiqiladi. Turk tilida inson qiyofasini aks ettirish, ularning xarakterlarini ochib berishda tilning so'z boyligiga e'tibor qaratiladi. Zoofrazeologizmlar va ularning tarjimasidagi o 'xshash va farqli tomonlar o 'rganiladi.

Kalit so'zlar: Til, inson qiyofasi, xarakter, zoonim, portret, o'xshatish, ekvivalent, til doirasi, ma'no ko 'chishi.

Аннотация. Данная научная статья посвящена зоонимическим и зоокомпонентным выражениям и их переводу на турецкий язык. Анализируются единицы, используемые для выражения положительных и отрицательных характеристик. Zoonim исследует широту языковых возможностей в выражении человеческого образа. В турецком языке внимание уделяется лексике языка при отражении образа людей и раскрытии их характеров. Исследуются сходства и различия зоофразеологизмов и их перевода.

Ключевые слова. Язык, человеческий образ, характер, зооним, портрет, аналогия, эквивалент, объем языка, передача значения.

Abstract. This scientific article is devoted to zoonym and zoocomponent expressions and their translation in Turkish. The units used to express positive and negative characteristics are analyzed. Zoonim explores the breadth of language possibilities in expressing the human image. In the Turkish language, attention is paid to the vocabulary of the language when reflecting the image of people and revealing their characters. Similarities and differences in zoophraseologisms and their translation are studied.

Keywords: Language, human image, character, zoonym, portrait, analogy, equivalent, volume of language, transfer of meaning.

Olamda hamma narsa bir-biriga bog'liq yaratilganidek, Insoniyat ham tabiat bilan chambarchas yashaydi. Kishining xatti-harakatlari, xarakteri va tashqi ko'rinishini hayvon yoki o'simlik nomlari bilan atash yoki o'xshatish buning yaqqol isbotidir. Tarixdan hozirgi kunga qadar yomon xulqli odamlar yovvoyi yirtqich hayvonlarga, yaxshi fazilatli insonlar uy hayvonlariga, sezgir, harakatchanlar ba'zi qushlarga o'xshatilishi an'anaga aylanib qolgan.

Hayvonot dunyosi haqiqatining nomlari bo'lgan zoonim ko'pgina tillarning leksik tarkibidagieng qadimgi semantik guruhlardan birini tashkil qiladi. Ma'joziy ma'nolarning rivojlanishi tufayli zooleksemalar insonning fazilatlari va harakatlarini tavsiflash uchun faol ishlatiladi.

Muayyan madaniyatga tegishli bo'lish ma'lum bir jamiyatda shaxsni sotsializatsiya jarayonida takrorlanadigan bilimlarning asosiy stereotipik yadrosining mavjudligi bilan belgilanadi, shuning uchun stereotiplar madaniyatdagi nomuvofiq nomlar hisoblanadi.

Zoofrazeologizmlar tarkibida hayvon nomlari qatnashgan va aksariyat holatda ularning xatti-harakatlarini ifodalaydigan iboralardir. Ilmiy adabiyotlarda tarkibida hayvon nomlari kelgan iboralarni ifodalash uchun zoofrazeologizmlar, zoonim komponentli frazeologizmlar, shuningdek, animalistik frazeologizmlar singari terminlardan foydalaniladi. Tarkibida zoonim komponent ishtirok etgan frazeologik birliklarning rivojlanishi inson va hayvonlarning uzoq ming yillik munosabatlariga borib taqaladi. Mazkur munosabatlar ko'p qirrali bo'lib, ular turfa shakllarda namoyon bo'ladi. Bugungi kunda ham inson faoliyatining aksariyat sohalari, xususan, qishloq xo'jaligi, sanoat, sport, ilm va h.k. hayvonlar bilan bog'liqdir. Tarixiy, geografik va ijtimoiy omillar ta'sirida rivojlanayotgan "inson - hayvonot dunyosi" munosabati o'z navbatida tilga ham ta'sir ko'rsatadi. Shuni ta'kidlash kerakki, tilning leksik fondidagi qator guruhlarning ichida faqat antroponimlar va zoonimlargina jonli mavjudotni ifodalashga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, zoonim komponentli iboralarga ham antroposentrik xususiyat xos deyish mumkin. Binobarin, ular zoonimlarning o'zidagi lingvistik xususiyatlarda namoyon bo'ladi. Shu ma'noda zoonim komponentli iboralarni o'rganish o'ziga xos dolzarblik kasb etadi. Zoofrazeologizmlar tarkibida uy hayvonlari: it, mushuk, qo'y, ot, ho'kiz, sigir, echki, tuya, tovuq; yovvoyi

R

hayvonlar: tulki, quyon, yo'lbars, ayiq, bo'ri, sher, to'ng'iz; sudralib yuruvchilar: ilon, toshbaqa; kemiruvchilar: sichqon, olmaxon; qushlar: chumchuq, qarg'a, bulbul, bedana, mayna, g'oz, o'rdak, tovus; suvda yashovchilar: baliq, qurbaqa; hasharotlar: pashsha, chivin, bit, burga, ari va h.k. zoonimlar ishtirok etadi. Turkiy tillardagi "zookomponentli frazeologik birliklar jismoniy sifat, tashqi ko'rinish, xarakter belgilari, intellekt, inson faoliyati kabilarni aks ettiradi"1 .

Majoziy asosda paydo bo'lgan tirik tabiat ob'ektlari bilan insonning birlashmalari chuqur bilim asoslariga ega, chunki ular murakkab aqliy operatsiyalar natijalarini yozadilar, chunki inson o'simlik yoki hayvonot dunyosining turli xil vakillarini o'ziga xos fazilatlar bilan ta'minlab, keyin o'ziga xos xususiyatlarni beradi. o'ziga xos xususiyatlarini, uning fikri belgisidagi har qanday umumiylikni asos qilib oladi.

Taniqli turk yozuvchisi Emine §enlikogluning asariga murojaat qilamiz. Asarning bosh qahramoni Mariya:

"Sevinçle oradan ayrildim. Arabama binip eve dogru giderken aklima geldi. Gidip bu soruyu Abdulvahhab'a sormaliydim. Boylece hem bir ta§la iki ku§ vurmu§ olur, hem de etkisini anlardim".(E.§.63s.)2

"Bir ta§la iki ku§ vurmu§" iborasi o'zbek tilidagi "bir o'q bilan ikki quyonni o'ldirish" ma'nosini beruvchi iboradir.

Tarjima tilida asliyatda qo'llanilgan frazeologik birlikka ekvivalent frazeologizm topilmagan taqdirda, adekvatlik ko'p hollarda muqobil variantlar yordamida amalga oshiriladi. Ma'no va uslubiy vazifa jihatlaridan mos ikki til frazeologik birliklari qator hollarda bir-birlaridan leksik tarkibda yo butunlay, yoki tayanch komponentlaridan boshqa unsurlarda farq qiladilar. Bunday frazeologik birliklar o'zaro muqobillik munosabatida bo'ladi. Moddiy jihatdan farq qiladigan bunday muqobil variantlarning paydo bo'lishi va iste'foda etilishi har bir xalq sohibining muayyan fikrni obrazli yoki hissiy-ta'sirchan tarzda ifoda etishda o'z turmush tushunchalari, urf-odatlari, milliy-falsafiy qarashlari va o'ziga xos ruhiyatidan kelib chiqishlari bilan izohlanadi.3

1 HCMOH^OB F. 300K0Mn0HeffMH $pa3eo^ornK ÔHp^HK^apHHHr этномаданнн xycycnaraapH // Y36eK TH^myHOC^HrHHHHr gomap6 Macamiapn. №7. - TomKeHT, 2013. - 98 b.

2 Emine Çenlikoglu. Maria. - istanbul: Eylul, 2019. - 63 s.

3 MycaeB Tap^HMa Ha3apnacn acoc^apn. - TomKeHT: ®aH, 2005. - 195-196 6.

200

R

Masalan Aziz Nesinning "§imdiki Qocuklar Harika" asaridan parchani ko'raylik: Ba§ka bir gocuk horoz gibi atildi: -Asil yalanci senin gibisine derler. Benim babam, bikez bile sinifinin ikincisi olmami§. Hep sinifinin birincisiymi§. Anladin mi sen? 4 Parchadagi horoz gibi frazeologik birligi "o'dag'aylamoq" ma'nosini berish uchun qo'llanilgan. Tarjimada mazkur ma'noni ifodalashda xo'rozning bo'ynini cho'zish harakatiga muqoyasalangan bo'ynini cho'zmoq iborasidan foydalanilgan. Qiyoslang: - O'zing ham aldoqchi ekansan. Mening dadam sinfda hecham qolmaganlar. Nuqul a'lo o'qiganlar. Tushundingmi? - dedi boshqa bir bola bo'ynini cho'zib5. Turk va o'zbek tillaridagi aslan gibi / arslonday o'xshatishi kuchli, mard, azamat kishilarga nisbatan qo'llaniladi. Biroq turk tilida aslan gibi iborasining o'zbek tilidan farqli o'laroq, "sog'lom" ma'nosi ham mavjud. Mazkur iboradan quyidagi parchada aynan shu ma'noda foydalanilgan: Ben, gözlerimde bir türlü durmayan ya§lar, tikanan ku§yavrulari gibi agik agzimda boguk higkiriklarla titrerken ihtiyar arkada§im, pencereye döndü, karanlikta ta uzaklara yumrugunu saklayarak: - Allah belani versin, aslan gibi gocugu berbat ettin, dedi 6. Tarjimon bu o'rinda aslan gibi iborasini "sog'lom" ma'nosini ochib berish uchun o'zbekcha oyday qiz iborasini qo'llagan. Odatda, sharq badiiy muqoyasa an'analarini tabiiy ravishda o'zida mujassamlashtirgan o'zbek tilida go'zal qizlarni «oy»ga o'xshatish me'yoriy hol hisoblanadi. Biroq o'zbek lafzida oyday o'xshatishi "sog'lom" ma'nosida ham qo'llaniladi. Agar tarjimon xuddi asliyatdagidek arslonday bola deb tarjima qilganda, birinchidan, iboraning ma'nosi ochilmay qolgan bo'lardi. Ikkinchidan, asar qahramoni qiz, binobarin, o'zbek lingvomadaniyatida arslonday o'xshatishi faqat erkaklarga nisbatan ishlatiladi. Demak, tarjima muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Yana bir o'rinda: Ko'zlarimdan yoshlar quyilar, ovqat tiqilib qolgan qush bolalari singari og'zimni katta ochib hiqillar, titrar ekanman, qari do'stim derazaga o'girildi, qorong'ida uzoqlarga musht do'laytirib: Xudo jazoingni bersin! Oyday qizni xarob qilding, - dedi 7

4 Aziz Nesin. §imdiki Qocuklar Harika. - istanbul: Nesin Yayinevi, 2005. -53 b.

5M. Hakimov tarjimasi. G'aroyib bolalar. - Toshkent: Sharq, 2006. -101 b.

6 Re§at Nuri Güntekin. Qaliku§u. Roman. - istanbul: inkilap Kitabevi, 1995. - 370-371 s.

7 Pamog Hypu rymeKHH. ^o^H^yrnH. TypKnagaH M. Hcmoh^hh Tap^HMacu. - TomRem: fflap^, 2002. - 379 6.

Har ikki tilning izohli lug'ati vositasida fitonim ifodalagan qiyofalar orqali o'zbek va turk tillari orasidagi o'xshash va farqli tomonlar ham ko'rib chiqiladi.

O'zbek va turk tillarining leksikografik manbalari materiallarini qiyosiy tahlil qilish zoonimni idrok etishda umumiy va o'ziga xos xususiyatlarning mavjudligi haqida gapirishga imkon beradi. Umumiy bo'lgan narsa bu - zoonimning ikkala til tizimida mavjudligi, shu jumladan hayvonning biologik xususiyatlari va zoomorfizm. Har ikki tilda ham odamni salbiy va ijobiy tomondan tavsiflash uchun zoometaforalardan foydalaniladi.

Insoniyat azal-azaldan borliqdagi hayvonlar va jonivorlar bilan juda yaqin munosabatda bo'lgan. Buning muayyan sabablari bor: birinchidan, hayvonot olami insonlar uchun asosiy ozuqa manbaidan biri bo'lsa, ikkinchidan, ular kundalik hayotda yordamchi ish kuchi vazifasini bajargan va uchinchidan, ov qilishda asosiy vosita hisoblangan. Ayni holat insonlarning hayvonot olami sir-asrorlarini azaldan yaxshi bilib olishga, uy hayvonlarini o'zlariga yaqin tutishiga, ularning ko'magidan samarali foydalanishga yoki yovvoyi hayvonlarga nisbatan jiddiy mas'uliyat bilan munosabatda bo'lishga, umuman, ularga alohida e'tibor bilan qarashga olib kelgan. Bu o'rinda ta'kidlash lozimki, ularning har biri matnda muayyan uslubiy vosita vazifasini bajargan. Ma'lumki, insonlarning o'xshatish va qiyoslashga asoslangan obrazli fikrlash jarayonining vujudga kelishi badiiy tafakkurning o'sishi, izchil rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday mushohadalarning vujudga kelishida avlodlar va ajdodlarning tabiat va koinot olamini bilishga, bunda mavjud sirlarni yechishga intilishlari, biroq izohlashdagi ojizliklar tufayli ularga nisbatan sirli va ilohiy kuch sifatida baho berish, shuningdek, mifik obraz sifatida tasavvur etish hollari vujudga kelgan. Xususan, ibtidoiy dunyoqarash va diniy e'tiqod xilma-xilliklari hayvonot, nabotot va koinot olamidagi mavjud narsalarga, jonzotlarga nisbatan totemistik munosabatlar tufayli sher, arslon, yo'lbars, qoplon va burgut, lochin, qirg'iylarni - mard, jasur, botir, dovyurak kishilarga; qarg'a, quzg'unlarni - qonxo'r, toshyurak kishilarga; tovus, bulbullarni - go'zal, chiroyli xulqli kishilarga; gul, g'uncha va oy, yulduz, quyosh singarilarini go'zal va suluv qizlarga; yantoq, saksovul kabilarni xunuk kishilarga nisbatat tashbeh etilishi

og'zaki va badiiy ijodda keng tarqalgan eng qadimgi tasavvurlar mahsulidir.8 Bularning barchasi insoniyat o'zini tabiatning sehrli olami bilan yoki aksincha, tabiatdagi mavjud narsa va hodisalarni insoniyatning xulq-atvori, ichki dunyosi bilan bog'lashi, ya'ni, qiyoslashi, o'xshatishi, sifatlashi kabilar bilan bog'liq bo'lib, ular tilimizdagi ko'plab badiiy ifoda vositalarning vujudga kelishida asos bo'ladi.

Koyun - qo'y o'zbek tilida ham, turk tilida ham buyruqlarni so'zsiz bajaradigan, o'z "men" iga ega bo'lmagan odamga qiyos qilinadi. Hayron qolib, dovdirab qaraydigan ma'nosida "koyun bakisli" birikmasi ishlatiladi. "Kedi gibi" -mushuk kabi o'xshatishi ham bo'sinuvchan ma'nosida keladi. Shu o'rinda "Kedi gibi dört ayak üstüne dü§mek" iborasi juda qiyin vaziyatlardan ham oson chiqa olgan odamga nisbatan ishlatilishi, "kedi ile harara (veya çuvala) girmek"-chorasiz qolgan kishi bilan hamkorlik qilgan kishiga, "kedi ile köpek gibi" iborasi bir-biri bilan kelisha olmagan kishilarga nisbatan qo'llanilishi, "kedi cig'ere bakar gibi" iborasi esa havas bilan, ishtaha bilan, qo'lga kiritishni istab qaragan ko'zlarni ifodalashini ta'kidlash joizdir.

"Chumolidek mehnatkash" metaforasi o'zbek tilida juda ko'p qo'llanilgani kabi turk tilida ham ishlatiladi, "karinca yuvasi gibi" tarzida, ya'ni tiqilinch, odam gavjum joy ma'nosida qo'llaniladi.

Birovning ortidan qolmaydigan kimsalarni "kanadek yopishqoq" iborasi bilan ta'riflaymiz. Turk tilida ham aynan "kene gibi yapi§mak" birikmasi shu ma'noda keladi.

Har bir yozuvchining badiiy mahoratini belgilashda uning qahramon portretini yaratishdagi o'ziga xosligi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki yozuvchi yaratgan portret adabiy qahramon to'g'risida tasavvur hosil qilish uchun dastlabki tayanch asos sanaladi. Asarda qalamga olinayotgan voqeq-hodisalarda kimlar ishtirok etayotgani, ular qanaqa ko'rinish, qiyofa va qanday fe'l-atvorga ega ekanligi, avvalo, ularning portreti orqali namoyon bo'ladi.

Asardagi voqealarning kundalik hayotdagidan ko'ra ta'sirchanroq, jozibaliroq bo'lishining asosiy sababi, avvalo, qalamga olinayotgan voqealarni markazida turgan qahramonlar bilan bog'liqdir.

8 I. Jumanazarova G.Fozil Yo'ldosh o'g'li dostonlari tilining lingvopoetikasi (leksik-semantik, lingvostilistik va lingvostatistik tahlil). - Toshkent, 2012. - B.15-16.

Tarkibida zoonim komponent ishtirok etgan frazeologik birliklarning rivojlanishi inson va hayvonlarning uzoq ming yillik munosabatlariga borib taqaladi. Mazkur munosabatlar ko'p qirrali bo'lib, ular turfa shakllarda namoyon bo'ladi. Bugungi kunda ham inson faoliyatining aksariyat sohalari, xususan, qishloq xo'jaligi, sanoat, sport, ilm va h.k. hayvonlar bilan bog'liqdir. Tarixiy, geografik va ijtimoiy omillar ta'sirida rivojlanayotgan "inson - hayvonot dunyosi" munosabati o'z navbatida tilga ham ta'sir ko'rsatadi. Shuni ta'kidlash kerakki, tilning leksik fondidagi qator guruhlarning ichida faqat antroponimlar va fitonimgina jonli mavjudotni ifodalashga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, zoonim komponentli iboralarga ham antroposentrik xususiyat xos deyish mumkin. Binobarin, ular fitonimning o'zidagi lingvistik xususiyatlarda namoyon bo'ladi. Shu ma'noda zoonim komponentli iboralarni o'rganish o'ziga xos dolzarblik kasb etadi.

REFERENCES

1. Исмоилов F. Зоокомпонентли фразеологик бирликларнинг этномаданий хусусиятлари // Узбек тилшунослигининг долзарб масалалари. №7. -Тошкент:

2. maôaHOB X,aMHgoB X. YH xafiBOHnapu HOMHra acocnaHraH MaKpn Ba HÔopanapHHHr Tap^HMaga Sepunurnu // Tap^HMa Macananapu. № 2. -TomKeHT: Torn^mH, 2014.

3. Jumanazarova G.Fozil Yo'ldosh o'g'li dostonlari tilining lingvopoetikasi (leksik-semantik, lingvostilistik va lingvostatistik tahlil). - Toshkent, 2012.

4. MycaeB K. Tap^HMa Ha3apuacu acocnapu. - TomKeHT: OaH, 2005.

5. Aziz Nesin. §imdiki Çocuklar Harika. - Istanbul: Nesin Yayinevi, 2005/

6. M. Hakimov tarjimasi. G'aroyib bolalar. - Toshkent: Sharq, 2006.

7. USMANOVA, S. Altay dillerindeki bazi ev gereç adlari uzerine. Manas Universitesi Sosyal Bilimler Dergisi, 10(19), 123-128.

8. Reçat Nuri Guntekin. Çalikuçu. Roman. - Istanbul: înkilap Kitabevi, 1995

9. Khodjaeva, N. (2019). SEMANTICS OF KINSHIP TERMS AS A FORM OF ADDRESS IN UZBEK TRANSLATIONS OF PREMCHAND. Theoretical & Applied Science, (8), 107-110.

10. KHODJAEVA, N. B. (2021). PREMCHAND'S VARDAAN IN UZBEKISTAN: TRANSLATION ISSUES OF SOME CULTURAL SPECIFIC WORDS. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE YnpegHTenu: TeoperanecKaa H npuKnagHaa HayKa, (12), 374-377.

11. KHODJAEVA, N. The Development of Indian Literature in Uzbekistan: Historiography of Translation. History of Translation in India, 431.

2013.

12. Ходжаева, Н., & Губаева, Х. (2020). ISSUES ON TRANSLATION OF CHARACTER SPEECH (ON THE EXAMPLE OF KOREAN-UZBEK LITERATURE). МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(4).

13. Khodjayeva, N. (2021). The issues of stylistics on translation of historical costumes. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 534-543.

Internet saytlari

14. http://www.ziyonet.com

15. http://tdk.gov.tr

16. http://kitob.uz

17. http : //www.biblus .ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.