BOBURNING VATANGA BO'LGAN MUHABBATI
Ulug'bek Musurmonqulovich Ochilov Termiz davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Bobur odamlarni hayotni qadrlashga va sevishga, rostgo'y, to'g'ri bo'lishga, dushmanlarga ishonmaslikka, o'z shaxsiy manfaati ketidangina quvmaslikka, halol, sof ko'ngilli bo'lishga, umuman, ruhiy boylikka ega bo'lishga, bema'ni moddiy boylik, amaldorlik bilan ovora bo'lib qolib, mazlumlarni, muhtojlarni oyoq osti qilmaslikka, maqsadga e'tibor berib intilishga, qat'iyat bilan qanday bo'lmasin unga erishishga chaqirgan.
Kalit so'zlar: rostgo'ylik, botirlik, halol, sof ko'ngillilik, qat'iyatlilik, olim, yozuvchi, adabiyoti, madaniyati
BABUR'S LOVE FOR THE MOTHERLAND
Ulug'bek Musurmonkulovich Ochilov Termiz State Pedagogical Institute
Abstract: Babur taught people to appreciate and love life, to be honest and correct, not to trust enemies, not to pursue their own interests, to be honest, pure volunteers, and to have spiritual wealth in general. He called on them not to trample on the oppressed and the needy, to pay attention to the goal, and to achieve it no matter what.
Keywords: honesty, bravery, honesty, pure volunteerism, perseverance, scientist, writer, literature, culture
Boburning vatanga bo'lgan muhabbati ijtimoiy jihatdan, albatta,cheklangan xarakterga ega edi. U muhabbatda o'z mamlakati va aholisining ahvolini tubdan yaxshilash (Bobur buni qilolmas edi ham) masalalari ko'rinmaydi. Biroq bunga qaramay, Boburni u samimiy kuylagan vatanga bo'lgan muhabbat ham jozibali qilib ko'rsatadi.
Bobur o'zining asarlarida bir qancha boshqa masalalarda ham o'z davridagi shart-sharoitga nisbatan qator ilg'or va progressiv fikrlar aytgan.
U fan va bilimning ahamiyatini qayd qilgan. Insonlar chinakam odam bo'lishni istasalar, fan va bilimni egallashlari lozimligini aytgan.
U odamlarni hayotni qadrlashga va sevishga, rostgo'y, to'g'ri bo'lishga, dushmanlarga ishonmaslikka, o'z shaxsiy manfaati ketidangina quvmaslikka, halol, sof ko'ngilli bo'lishga, umuman, ruhiy boylikka ega bo'lishga, bema'ni moddiy
boylik, amaldorlik bilan ovora bo'lib qolib, mazlumlarni, muhtojlarni oyoq osti qilmaslikka, maqsadga e'tibor berib intilishga, qat'iyat bilan qanday bo'lmasin unga erishishga chaqirgan.
Davlatga yetib mehnat elin unutma,
Bu besh kun uchun o'zingni asru tutma.
Beqayd menu xarobi sim ermasmen.
Ham mol ig'ishturur laim ermasmen...
Ko'ngli tilagan murodig'a yetsa kishi,
yo barcha murodlarini tark etsa kishi.
Bu ikki ish muyassar o'lmasa olamda
Boshini olib bir sorig'a ketsa kishi.
Bobur o'zining bunday botirligi va qo'rqmasligi bilan o'z atrofidagi boshqa kishilarga ham namuna ko'rsatgan.
Bir harbiy yurish paytida qattiq sovuq edi. Sovuq shunday ediki, hatto Bobur armiyasidan bir necha kishi sovuqdan,o'ladi. Shunda Bobur anhorning muzini sindirib 16 marta sho'ng'iydi...
Kunlarning birida Bobur va uning bir necha odami o'zidan bir necha marta kuchi ziyod bo'lgan dushmanni ta'qib qilishardi. «Muqammad Ali Mubashshirbek,-deydi Bobur, - mening yangi rioyat qilg'on beklarimdin edi, xili mardona va qobili rioyat, yaxshi Yigit edi, jibasi yo'q, ilgariroq shox solg'on yo'lg'a mutavajjih bo'ldi, biqinig'a o'qladilar. U shul zamon jon taslim qildi. Ildam kelilib edi. Askarining jibasi yo'q edi. Bir-ikki o'q o'tub-o'tub tushti. Ahmad Yusufbek iztiroblar qilib, har zamon aytadurkim, yalangoch mundoq kirib borasiz,ikki-uch o'qni ko'rdumkim, boshingizdin o'tti. Men dedimkim, siz mardona bo'lung, mening boshimdin mundoqlar xili o'tubtur».
Bobur o'zining ikki-uch odami bilan dushmanning butun bir to'dasiga qarshi janga kirib, g'alaba qozongan vaqt ko'p bo'lgan.
Bobur mohir lashkarboshiligini boshqa jihatdan ham namoyon qilgan. U urush harakatlari olib borishdagi ba'zi usullarni takomillashtirgan, yoxud yangi usullar yaratgan. Bu jihatdan olganda ayniqsa,«To'lg'ama» (yon tomondan aylannb o'tish) usuli ajralib turadi. Boburning o'zi bu usulni jangda erkin san'at deb ataydi.
G'arblik olimlardan birining aytishicha, Bobur o'sha vaqtda xarakterli bo'lgan ayrim harbiy yoki umuman qurolli guruhlarning betayin,tuturuqsiz, betartib hamlalari o'rniga turli harbiy qismlarning kelishib harakat qilish usulini harbiy san'atga kiritgan lashkarboshilardan biridir.
Bobur armiyada ma'lum tartib va intizom joriy qiladi va mustahkamlaydi. U maqsadi birgina o'ldirish, chopish, talash, vayron qilishdan iborat bo'lgan armiyalarga qarama-qarshi o'laroq, armiyasida o'z harakatida ba'zi onglilik elementlarini barpo qilishga intiladi.
U o'zining asosiy yurishlarini dastavval o'sha zamon sharoiti uchun katta ijtimoiy ahamiyatta ega bo'lgan ma'lum bir ijobiy istaklar yo'lidagi yurish bo'lishi uchun harakat qilgan.
Quyidagi hodisa bunga misol bo'ladi: uning odamlari o'z yurishlaridan birida bir joyning aholisidan hech qanday asosga ega bo'lmay ko'p o'lja oladi Bobur buni bilib qolib, o'ljalarni o'z egalariga yetkazib berishga o'z odamlarini majbur qiladi. Armiyada intizom ana shunday edi, hech narsa qoldirmay, hammasi qaytarib berildi, ertasi kuni egasiga qaytarilmagan bir bo'lak ip-u siniq igna ham qolmadi, - deydi Bobur.
O'z-o'zidan shuni anglash kerakki, Boburning o'sha zamon sharoitidagi maqsad va intilishlari qayerda, qaysi masalada va qanchalik muhim bo'lsa, uning harbiy salohiyati, lashkarboshilik sifati ham xuddi o'sha masalada va o'shanchalik katta ijobiy ahamiyatga ega bo'lgan.
Boburning "Boburnoma"sini ingliz tiliga tarjima qilgan Erskin Bobur haqida shunday deydi:
"Bobur xarakterining eng mislsiz belgisi uning boshqa mulkdorlarnikiga mos kelmasligidadir. Osiyo tojdorlaridagi mahobatli,suniy xarakter o'rniga bizning ko'z oldimizda Boburning xarakteri tabiiy,hayotiy, sevuvchi, samimiy bo'lib gavdalanadi. Bobur taxtda o'tirganiga qaramay, oddiy turmushning eng yaxshi tuyg'ularini va ishtiyoqini o'zida saqlab qolgan, Biz osiyodagi hukmdorlar ichidan Bobur singari genial va talantli kishilarni kamdam-kam uchratamiz.Uning aqlining aktiv faoliyati, xushchaqchaq, sovuqqonlik va bevafo taqdirning nayranglariga qaramay, ruhining tetikligi, podshohlar orasida kamdan-kam uchraydigan sahiyligi, mardligi, talantliligi, fanga, san'atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug'ullanishi jihatidan olib qaraganda,osiyodagi podshohlar ichidan Boburga teng keladigan bironta ham podshoh topolmaymiz».
Bobur aytgan edi: Donishmandlar sharafli bo'lishni ikkinchi hayot deb bilganlar.
Xa, ajoyib olim va yozuvchi Boburning ham ikkinchi hayoti to'rt yuz yildan ortiqroq vaqtdan beri davom etib kelmoqda.
Albatta, Boburning ahamiyati bir qancha jihatdan o'tgan zamon bilan cheklanadi, u o'z zamonasining murakkab ijtimoiy sharaoitida va keyin ham uzoqroq vaqtgacha ijobiy rol o'ynagan emas.Bu unga shon shon sharaf bag'ishlagan.Lekin shu bilan birga biz uning poetik va siyosiy faoliyati bo'ylab qizil ip bo'lib o'tgan chuqur ziddiyatlarini hisobga olishimiz lozim.Ahir biz yuqorida ko'rib
o'tdikki,Bobur bir qarasang,ijtimoiy turmush va madaniyatda nihoyat darajada katta ijobiy rol o'nagan atoqli va ilg'or arbob sifatida namoyon bo'ladi.O'zbek adabiyoti va madaniyatining rivojlantirilishida uning samarali ta'siri,siz, ayniqsa katta. Ajonib o'zbek shoirasi Nodira Boburning nomini katta faxr va hurmat bilan tilga oladi. Abulg'ozixonning mashhur «Shajarai turk»i esa xuddi «Boburnoma» bilan egizakka o'xshaydi desa bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Boburnoma, T., 1960;
2. Karimjonovich, K. U. (2021). Sherna bakhshi's work and its place in sherobod school of friendship. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(4), 1341313417.
3. Karimjonovich, X. U. B. (2022). Important importance of elementary theory of music in the field of music education. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 200-204.
4. Khurramov, U. K. (2021). Processes of formation of performance traditions in folk instruments. Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari, 9, 186192.
5. Хурамов, Великобритания (2019). СТАНОВЛЕНИЕ, РАЗВИТИЕ И ИСТОРИЯ ГАРМОНИИ. Теоретическая и прикладная наука , (12), 77-82.
6. Karimjonovich, X. U. B. (2023). QADIMIY KUYLAR VA ULARNI TASHKIL ETUVCHI QISMLAR. Scientific Impulse, 1(7), 74-81.
7. Musurmonqulovna, B. F., & Khurramov, U. (2022). ARTISTIC INTERPRETATION OF WORKS FOR THE PIANO IN THE WORKS OF YOUNG COMPOSERS OF THE XXI CENTURY. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(4), 95-97.
8. Xuramov, U. B. K. (2022). MUSIQA ASARLARIDAGI DAVRIYA TURLARI. Oriental Art and Culture, 3(4), 198-204.
9. Irnazarov, O. Y. (2022). HISTORY AND STAGES OF DEVELOPMENT OF THE ART OF BAXSHI. Евразийский журнал академических исследований, 2(3), 314-319.
10. Yuldoshovich, I. O. (2023). URMA ZARB CHOLG'ULARNING KELIB CHIQISH TARIXI VA QO'LLANILISHI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(8), 46-50.
11. Yolandevych, I. O., & TerDP, K. K. M. (2023). PERFORMANCE OF DAP INSTRUMENT OF SURKHANDARYA REGION AND ITS PECULIARITIES.
12. Yuldashevich, I. O. THE PERFORMANCE GROUP OF MUSICAL INSTRUMENTS, THE EMERGENCE OF THE" DOIRA" MUSIC FROM MUSICAL INSTRUMENTS.
13. Musurmonqulovich, O. U. B. (2022). Buyuk akbarshohning yoshligi. Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 31-35.
14. Musurmonqulovich, O. U. B., & Abdurayimovna, T. D. (2023). "BOBURNOMA" ASARIDA MUSIQAGA OID VOQEALAR. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(8), 54-57.
15. Musurmonqulovich, O. U. B. (2022). AKBARSHOHNING SAN'ATGA BO'LGAN E'TIBORI. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(4), 495499.
16. Raxmatullaev, X. S. (2023). MESOPOTAMIYA (IKKI DARYO ORALIGI) MUSIQASI. Академические исследования в современной науке, 2(9), 102-113.
17. Raxmatullaev, X. S. (2023). THE EPIC OF ERGENEKON OR THE RETURN OF THE TURKIC PEOPLES. Science and innovation in the education system, 2(1), 15-20.
18. Raxmatullaev, X. S. (2022). BLIND SON OR INFANT SON? HEROIC EPIC OF TURKISH PEOPLES THROUGH THE EYES OF THE WORLD. Scientific Impulse, 1(5), 1588-1592.
19. Raxmatullaev, X. S. (2022). THE GREATEST EPIC OF THE TURKIC PEOPLES IS MANAS. Scientific Impulse, 1(5), 1593-1598.
20. Raxmatullaev, X. S. (2022). ANOTHER LOOK AT THE TURKISH HEROIC EPIC. Scientific Impulse, 1(5), 1585-1588.
21. Raxmatullaev, X. S. (2023). OSIYO, AVSTRALIYA, SHIMOLIY VA JANUBIY AMERIKA QITALARIDA TARIXGACHA BOLGAN DAVRLARDA MUSIQA. Академические исследования в современной науке, 2(9), 114-120.
22. Raxmatullaev, X. S. (2023). MUSIQANING KASHF QILINISHI HAQIDAGI NAZARIYALAR. TARIXGACHA BOLGAN DAVR. Solution of social problems in management and economy, 2(4), 70-75.
23. Raxmatullaev, X. S. (2023). ERAMIZGACHA BOLGAN DAVRLARDA QADIMGI MISR MUSIQASI. Академические исследования в современной науке, 2(9), 97-101.
24. Rustamova, I. K., Abdullayev, R. A., & Xolmirzayeva, M. F. (2020). Study of depression and anxiety prevalence in patients undergoing acute myocardial infarction. Вестник Казахского национального медицинского университета, (21), 628-629.
25. Sadullayevna, J. M. (2023). HXON MAMADALIYEVNING IJODIY MEROSI.
26. Sadullayevna, J. M. (2023). AN'ANAVIY XONANDALIK IJROCHILIGI ASOSIDA TALABALARDA TAFAKKUR VA IDROKNI YUKSALTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI.
27. Sadullayevna, J. M. (2023). О 'ZBEK AN'ANAVIY QO ' SHIQCHILIGIDA FATTOHXON MAMADALIYEVNING IJODIY MEROSI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 22(5), 112115.
28. Nuriddinovich, M. H. (2023). HISTORY AND DEVELOPMENT PROCESSES OF CHORAL ART.
29. Uktamovna, E. D. (2023). FORM, METHODS AND MEANS OF FORMING CHILDREN'S MUSICAL ABILITY. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(8), 58-62.
30. Pardayevna, H. N. (2023). UMUM TA'LIM MAKTABLARI "MUSIQA MADANIYATI" DARSLARINING MAZMUNI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(8), 63-66.
31. Pardayevna, H. N. (2023). UMUM TA'LIM MAKTABLARI "MUSIQA MADANIYATI" DARSLARINING MAZMUNI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(8), 63-66.
32. Akramovna, S. S. (2023). ISSUES OF ACOUSTICS AND PERFORMANCE SKILLS IN DUTOR DRUM.
33. TO, T. C. I. P. P. Khojageldiyeva Mahfuza Ergash qizi.
34. Ходжагельдыева, М. Э., & Машрабалиева, Б. М. (2022). ИСТОРИЯ ПРОИСХОЖДЕНИЯ СЛОВА" ДУТАР" И СПОСОБЫ ЕГО ИСПОЛНЕНИЯ. Экономика и социум, (6-2 (97)), 919-923.
35. Pardayevna, H. N. (2022). The role of club activities in the development of students' musical abilities in general education schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 10, 13-15.
36. Amanovich, K. E. (2022). TRADITIONAL SINGING AND TRADITIONAL MUSIC SKILLS. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 2(2), 206-210.
37. Khojageldiyeva, M. E., & Sayfiddinova, S. A. (2022). THE HISTORY OF THE ORIGIN OF THE WORD DUTAR AND METHODS OF ITS PERFORMANCE. Экономика и социум, (4-2 (95)), 211-214.
38. Khojageldiyeva, M. E., & Nabiyeva, K. H. (2022). THE IMPORTANCE OF APPLICATION OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS. Экономика и социум, (4-2 (95)), 207-210.