Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINF MUSIQA DARSLARIDA MUSIQIY FAOLIYATLAR MAZMUNI'

BOSHLANG'ICH SINF MUSIQA DARSLARIDA MUSIQIY FAOLIYATLAR MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
254
322
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
boshlang‘ich sinf musiqa darslari / musiqiy faoliyatlar / jamoa bo‘lib kuylash / musiqa savodi / musiqa idroki / DTS

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mahfuza Ergash Qizi Xo‘jageldiyeva

Ushbu maqolada umumta’lim maktabi “Musiqa madaniyati” darslarining o‘ziga hosligi, musiqiy faoliyatlar hamda ushbu faoliyatlar mazmuni haqida ma’lumotlar keltirilgan. Musiqa madaniyati darslari oʼquvchilarda musiqani idrok etish malakalarini oʼstirish, unga emotsional munosabatni shakllantirishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINF MUSIQA DARSLARIDA MUSIQIY FAOLIYATLAR MAZMUNI»

BOSHLANG'ICH SINF MUSIQA DARSLARIDA MUSIQIY FAOLIYATLAR

MAZMUNI

Mahfuza Ergash qizi Xo'jageldiyeva Termiz davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta'lim maktabi "Musiqa madaniyati" darslarining o'ziga hosligi, musiqiy faoliyatlar hamda ushbu faoliyatlar mazmuni haqida ma'lumotlar keltirilgan. Musiqa madaniyati darslari o'quvchilarda musiqani idrok etish malakalarini o'stirish, unga emotsional munosabatni shakllantirishdan iborat.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf musiqa darslari, musiqiy faoliyatlar, jamoa bo'lib kuylash, musiqa savodi, musiqa idroki, DTS

CONTENT OF MUSICAL ACTIVITIES IN PRIMARY CLASS MUSIC

LESSONS

Mahfuza Ergash kizi Khojageldiyeva Termiz State Pedagogical Institute

Abstract: This article contains information about the uniqueness of the "Music Culture" lessons of the general education school, musical activities and the content of these activities. Music culture lessons are aimed at developing students' skills of perceiving music and forming an emotional attitude towards it.

Keywords: elementary music lessons, musical activities, group singing, music literacy, music perception, SES

Bugungi kunda ta'lim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, ta'lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Ta'limni demokratlashtirish, individuallashtirish, mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish tamoyillari asosida barcha o'quv fanlari, shu jumladan musiqa darslari bo'yicha ham yangi o'qitish kontseptsiyasi ishlab chiqilmoqda. Bu holatlar milliy musiqa ustivorligi nuqtai nazaridan qayta ishlab chiqilgan dasturlarda ham o'z aksini topmoqda.

Musiqa yosh avlodning ma'naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g'urur, vatanparvarlik, nafosat va ijodkorlik tarbiyasini amalga oshirishga, dunyoqarashini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni o'stirishga xizmat qiladi. Musiqa san'ati - milliy qadriyatlar asosidagi nafis san'at, u fan, u xalq dardi, tili, dini, ma'naviy madaniy, ma'rifiy tadbirlar mazmuni tarbiyaviy

ahamiyati teran anglashga yordam beruvchi vositadir. So'z mulkining sultoni Alisher Navoiy o'z asarlarida musiqa tarbiyasining qirralarini chuqur o'rganib shunday deydi. "Musiqa jamiyat hayotining muhim negizidir. Faqat musiqagina odamlarni qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o'z-o'zidan qanoat tuyg'usini olib kiradi va uni baxtiyor qiladi".

Umumiy ta'lim maktablarida musiqa madaniyati darslari orqali o'quvchilarda musiqiy poydevor shakillantiriladi. Kichik yoshdagi o'quvchilar musiqa san'ati bilan bolalar bog'chalarida, oilada, radio va telvideniyadan berilgan ko'rsatuvlar orqali tanish bo'ladilar. Musiqa madaniyati darslarida quvnoq kuy va qo'shiqlarni tinglash, kuylash, raqs elementlarini bajarish, chapak chalish hamda bolalar cholg'u asboblariga jo'r bo'lish musiqaga ishtiyoqlarini yanada tez oshirib boradi. Chunki bu yoshdagi bolalarda hali diqqat-e'tibor uncha to'liq shakillanmagan bo'ladi, ular ko'proq serharakat va o'yinga moyil bo'ladilar.

Shuningdek birinchi sinf o'quvchilari psixologik-fiziologik harakterga ko'ra, ma'lum darajada xotirasi, nutqi diqqati-e'tibori, ovoz apparatlari to'liq rivojlanmagan, ovoz pardalari nozik kuchsiz bo'ladi. Shunga ko'ra bolalarni musiqaga tobora qiziqtirishda, butun dars davomida ularni kayfiyatini saqlashda, o'qituvchi ochiq samimiy va shirin muomilasi, yoqimli xatti-harakatlari bilan erishishi lozim. Birinchi darsdan boshlab o'quvchilar musiqaga qiziqish yo'li bilan, ularni musiqiy o'quv, qobilyatlarini kuylash hamda ovoz sifatini sinchiklab o'rganib olishi lozim.

Boshlang'ich sinflarda musiqa o'qitishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsaq qilib qo'yiladi.

1. O'quvchilarda musiqaga ixlos uyg'otish va ularning musiqiy qobilyatlarini ritm tuyg'usini o'stirish musiqiy o'quv xotira, diqqat va badiiy didni shakillantirish.

2. O'quvchilarda milliy musiqa merosimizga va u orqali Ona-Vatanga muhabbat hissini tarbiyalash.

3. O'quvchida badiiy ijodkorlik qobilyaotini o'stirish.

Boshlang'ich sinflarda musiqa darsining sifat va samaradorligini oshirishni ta'minlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ma'lumki, musiqa darslari quyidagi kabi asosiy faoliyatlarni o'z ichiga oladi:

✓ musiqa tinglash;

✓ musiqa savodi;

✓ jamoa bo'lib kuylash;

✓ o'quvchilarning qiziqishiga qarab u yoki bu "musiqiy cholg'u"ga yo'llash.

Darsning har bir faoliyat turida bolalar turli musiqa asboblarida chalish, kuy va

qo'shiqlarga mos raqs harakatlarini bajarish, musiqa asboblarini chalishni qo'l harakatlari bilan taqlid qilish, chapak chalish va dirijyorlik qilish kabi elementlardan keng foydalanish darslarning yanada qiziqarli va jozibali bo'lishini ta'minlaydi.

Barcha darsfaoliyatlari bir-biri bilan uzviy, mantiqiy bir butunlikni vujudga keltirishni taqozo etadi. Musiqiy faoliyatlarni esa o'zaro mantiqiy uyg'unlik natijasi, o'qitishning rivojlantiruvchi, ta'lim va tarbiya vazifalari amalga oshiradi. Musiqa madaniyati darslarini mazmunli, hamma uchun foydali o'tishini ta'minlashda fortepiano cholg'usi bilan bir qatorda o'zbek xalq yoki qardosh xalqlar milliy cholg'ularidan keng foydalanish yuqori samara beradi.

Musiqa darslari bir qator xususiyatlariga ko'ra boshqa fanlardan farq qiladi: birinchidan - musiqa darslari boshqa maktab fanlaridan o'zining badiiyligi, bolalarda emotsional tuyg'u va kechinmalar uyg'otishi bilan ajralib turadi. Musiqa ayniqsa, bolalarning aqliy va axloqiy rivojiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ijobiy his-tuyg'u insonning aqliy faoliyatini o'stiradi.

ikkinchidan - u musiqa tarixi, nazariyasi va ijrochiligiga doir turli namunalardan kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodi, musiqa tahlili va adabiyoti elementlaridan iborat;

uchinchidan - musiqa darsi o'quvchilar tomonidan bajariladigan turli musiqiy faoliyatlarni o'z ichiga olishi.

Musiqa dasturi bolalar bog'chasi va maktab bilan uzviylik hosil qiladi. Boshlang'ich sinflar dasturi bolalar bog'chasida musiqa mashg'ulotlari tarkibiy tuzilishini saqlab qolgan: 6-7 yoshli bog'cha bolalari musiqa tinglaydilar, qo'shiq o'rganadilar, raqslar va o'yinlar bajaradilar, murakkab bo'lmagan musiqiy parchalarni bolalar cholg'ularida ijro etadilar. Musiqiy faoliyatlarning bunday turliligi bolalar musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish omilidir.

Dars mazmuniga xarakteri, kayfiyati, turlicha bo'lgan asarlar kiradi, shuning uchun darsning mantiqan yaxlitligiga erishishda darsning tuzilishini, ya'ni faoliyat turlarining ketma-ketligi, darsda "hissiy sozni" ushlab turish maqsadida bir asardan ikkinchisiga o'tish yo'llarini topish, aniqlash muhimdir.

Umumta'lim maktablarida musiqiy ta'limning muhim vazifalaridan biri -o'quvchilarda musiqani idrok etish malakalarini o'stirish, unga emotsional munosabatni shakllantirishga erishishdir. Bu jarayon darsdagi musiqiy faoliyatlarning barcha turlari asosida amalga oshiriladi. Musiqiy idrok - murakkab psixologik jarayon bo'lib, uning asosida real borliqning obrazlar orqali musiqiy tovushlarda aks etishini eshita olish va undan ta'sirlanish qobiliyati yotadi.

O'quvchilarda musiqiy idrokni rivojlantirish - ularni musiqani, insonning hissiyotlari, kechinmalari, fikrlari, hayotiy g'oya va obrazlarni aks ettiruvchi san'at sifatida qabul qilishga o'rgatish demakdir. Buning uchun esa ularda musiqaga hissiy ta'sirchanlik, qiziqishni o'stirish, musiqiy ijodiy qobiliyatlar, didni rivojlantirishga qaratilgan malaka va ko'nikmalarni shakllantirish talab etiladi.

Musiqiy asarlarni tinglash, idrok etish, mazmuni va kayfiyatini anglash jarayonida o'qituvchi o'quvchilarga yordam berishi lozim. Buning uchun o'qituvchi:

✓ o'quvchüarni tinglanayotgan asarga hissiy tayyorlaydi;

✓ o'quvchida madaniyatli tinglovchi malakalarini shakllantiradi;

✓ musiqaning mazmuni, ifoda vositalarini oddiy tahlil qilishga o'rgatadi;

✓ musiqa haqida fikr yuritish, asarga estetik baho berish ko'nikmalarini hosil qiladi;

✓ o'tilgan asarlarni jaranglashidan tanib eslashni, asarning nomi va kompozitorlarining nomlarini bilishni.

O'quvchi-yoshlarning musiqiy madaniyatini tarbiyalashda musiqiy faoliyatlarning o'rni benihoya katta hisoblanadi. Musiqa darsi jarayonida imkon qadar ko'proq musiqiy faoliyatlardan unumli foydalanish orqali o'quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga erishish mumkin. Ma'lumki, musiqa madaniyati darsida ko'pgina musiqiy faoliyatlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Dars mazmunini qiziqarli bo'lishi va ta'lim samaradorligini sizilarli darajada oshirish maqsadida ham raqs, musiqiy-ritmik harakatlar, chapak va o'quvchilar cholg'u asboblarida (ayniqsa, doiracha, qoshiq, qayroq va boshqalarda) chalib, musiqa ijodkorligi kabi yangi musiqiy faoliyatlar qo'llaniladi.

Jamoa bo'lib kuylash - o'quvchilarni musiqa san'atiga musiqa san'atiga faol jalb etishning eng ommaviy shaklidir. Har bir sog'lom bola kuylay oladi. Kuylash bola uchun estetik ehtiyoj, hissiyat va kayfiyatni ifodalashning eng tabiiy va qulay vositasidir. Bola qo'shiq ijro etar ekan, unda his-hayajon, zavq-shavq, ko'tarinlik, quvnoqlik, harakatchanlik kabi ijobiy tuyg'ular hosil bo'ladi.

Qo'shiqda ikkita estetik vosita - musiqa va badiiy so'z birlashadi. Qo'shiqning badiiy, chiroyli, ifodali ijrosiga erishishning muhim vositasi - o'quvchilarda vokal-xor malakalarini rivojlantirishdir.

Vokal-xor malakalariga quyidagilar kiradi:

1. Qo'shiq aytishdagi holat.

2. Kuylash nafasi.

3. Tovush hosil qilish.

4. Talaffuz.

5. Soz.

6. Ansambl.

Umumiy ta'lim maktabi musiqa madaniyati darsi tarkibida musiqa savodi o'zining musiqa haqidagi kompleks bilimlar doirasidan iboratligi bilan ajralib turadi. Musiqa savodi faoliyat turi umumta'lim maktablarining musiqa darsining asosiy bo'limlaridan biri bo'lib, xor bilan qo'shiq aytishga nisbatan ikkinchi darajali o'rin tutadi. Shunga qaramasdan musiqa savodi musiqa ta'limida katta rol o'ynaydi. Musiqa nazariyasi va tarixidan boshlang'ich bilim berilib, o'quvchilarning musiqiy bilim saviyasini oshirib borishiga yordam beradi. Musiqa savodi musiqaga, uning

ifoda vositalariga ongli munosabatni tarbiyalaydi, musiqaning mazmunini tushunib olishga yordam beradi.

O'quvchilarning har tomonlama musiqiy rivojida musiqiy-ritmik harakatlar boshqa faoliyat turlari kabi muhim ahamiyatga ega. Ularda musiqiylik, ijodiylik qobiliyatlari rivojlanadi, jamoa bo'lib harakat qilish malakalari shakllanadi. Musiqaga mos harakat bajarishning tarbiyaviy ahamiyati - ritm hissi faollashadi, musiqiy materialning o'zlashtirishi chuqurlashadi. Harakatlar bajarish musiqiy obraz rivojini kuzatishga yordam beradi. Musiqani diqqat bilan tinglab o'z hissiyotlarini harakatlarda ifodalash imkoniyati o'quvchining o'z harakatlarini nazorat qilish qobiliyatiga ham ta'sir etadi.

O'quvchilar musiqa cholg'u asboblarida chalish - boshlang'ich sinf o'quvchilari jamoaviy ijrochilik faoliyati turlaridan biridir. Musiqa darsida faoliyatning ushbu turidan foydalanish - bola musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish, kichik yoshdagi o'quvchilar badiiy bilim va tajribasini boyitish, ularning ijrochilik faoliyatiga bo'lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirishga qaratiladi. O'quvchilar cholg'u asboblarida chalish faoliyati boshlangich sinflarda milliy cholg'u asboblari bilan tanishish va ularning tovush tuslarini anglab olish bilan uzviy bog'lanib amalga oshirilishi zarurdir. Bunda doirachilar, qayroq, qoshiq, kichik safoillar kabi urma cholg'u asboblaridan foydalanib, o'qituvchi ijrosi va magnitafon tasmasi orqali taraladigan kuylarga ritmik jo'r bo'lish malakalari rivojlantiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xo'jageldiyeva, M. (2021). Music as a Scinece and its peculiarities. International Journal of Innovative Analyeses and Emerging Technology.

2. Xo'jageldiyeva, M. (2021). Dutar national instruments and performance methods. Analytical Journal of Education and Development, 1(06).

3. KME Qizi, CSN Ugli THE HISTORY OF THE ORIGIN OF POP ART AND ITS PLACE IN UZBEK MUSIC. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 67-71.

4. Khojageldiyeva, M. E., & Sayfiddinova, S. A. (2022). THE HISTORY OF THE ORIGIN OF THE WORD DUTAR AND METHODS OF ITS PERFORMANCE. Экономика и социум, (4-2 (95)), 211-214.

5. Xo'jageldiyeva, M. Musiqa madaniyati fanining mazmuni hamda musiqaning bola tarbiyasida tutgan o'rni. International Journal of Discourse on Innovation, Integration and Education.

6. Ходжагельдыева, М. Э., & Машрабалиева, Б. М. (2022). ИСТОРИЯ ПРОИСХОЖДЕНИЯ СЛОВА" ДУТАР" И СПОСОБЫ ЕГО ИСПОЛНЕНИЯ. Экономика и социум, (6-2 (97)), 919-923.

7. Pardayevna, H. N. (2022). The role of club activities in the development of students' musical abilities in general education schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 10, 13-15.

8. ME Khojageldiyeva, KH Nabiyeva (2022) THE IMPORTANCE OF APPLICATION OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS Экономика и социум, 207-210.

9. Pardayevna, H. N. (2022). MUSIC LESSONS THROUGH SCHOOL AND EXTRACURRICULAR ACTIVITIES ARE WAYS TO INCREASE STUDENTS'COPING SKILLS. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(3), 127-130.

10. Akramovna, S. S. (2021). Dutar National Instruments and Performance Methods. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(6), 329-331.

11. ED Uktamovna. (2023). FORM, METHODS AND MEANS OF FORMING CHILDREN'S MUSICAL ABILITY. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 19 (8), 58-62

12. HN Pardayevna. (2023). UMUM TA'LIM MAKTABLARI "MUSIQA MADANIYATI" DARSLARINING MAZMUNI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 19 (8), 63-66.

13. CS Nasriddin o'g'li (2023). CONTENT OF MUSIC CULTURE LESSONS AND ELEMENTS ORGANIZING THE MUSIC EDUCATION SYSTEM. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 18 (8), 72-77

14. KME qizi 2022/6/30 THE EMERGENCE OF NATIONAL POP ART IN UZBEKISTAN Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development 563-566

15. KME qizi Factors for Increasing Students' Musical Competence in Music Culture Classes European Journal of Innovation in Nonformal Education 13-15.

16. M Xo'jageldiyeva INSONIYATNI QAMRAB OLGAN INTERNET TARMOQLARINING YOSHLAR ONGIGA SALBIY TA'SIRI ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 29 (1), 173-178

17. SN Baxramovna MUSIC THERAPY AND ITS IMPACT ON HUMAN HEALTH Neo Scientific Peer Reviewed Journal 2023-08-20

18. A Munisa, M Xo'jageldiyeva RUBOB PRIMA CHOLG'USINI O'RGANISH VA DARS O'TISH METODIKASI Лучшие интеллектуальные исследования 2 (1), 114-123

19. SN Baxramovna, M Xo'jageldiyeva CHOLG'U IJROCHILIGIDA DUTOR CHOLG'USINING YARATILISHI VA UNI IJRO ETISH USULUBLARI Лучшие интеллектуальные исследования 2 (1), 129-134

20. SS Akramovna ISSUES OF ACOUSTICS AND PERFORMANCE SKILLS IN DUTOR DRUM Neo Scientific Peer Reviewed Journal 2023-07-14

21. SS Akromovna O'ZBEK MILLIY MUSIQASIDA MILLIY CHOLG'U ASBOBLARINING TUTGAN O'RNI Proceedings of International Educators Conference 2 (6), 9-14

22. ED Uktamovna MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARDA MUSIQIY BURCHAKLARNI TASHKIL ETISH VA UNING FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA MUSIQA RAHBARLARINING O'RNI. 53-56

23. ХМЭ кызы ИСТОРИЯ ПРОИСХОЖДЕНИЯ СЛОВА ДУТАР И СПОСОБЫ ЕГО ИСПОЛНЕНИЯ Новости образования: исследование в XXI веке 1 (4), 486-490

24. Karimjonovich, K. U. (2021). Sherna bakhshi's work and its place in sherobod school of friendship. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(4), 13413-13417.

25. Karimjonovich, X. U. B. (2022). Important importance of elementary theory of music in the field of music education. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 200-204.

26. Khurramov, U. K. (2021). Processes of formation of performance traditions in folk instruments. Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari, 9, 186192.

27. Хурамов, Великобритания (2019). СТАНОВЛЕНИЕ, РАЗВИТИЕ И ИСТОРИЯ ГАРМОНИИ. Теоретическая и прикладная наука , (12), 77-82.

28. Karimjonovich, X. U. B. (2023). QADIMIY KUYLAR VA ULARNI TASHKIL ETUVCHI QISMLAR. Scientific Impulse, 1(7), 74-81.

29. Musurmonqulovna, B. F., & Khurramov, U. (2022). ARTISTIC INTERPRETATION OF WORKS FOR THE PIANO IN THE WORKS OF YOUNG COMPOSERS OF THE XXI CENTURY. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(4), 95-97.

30. Xuramov, U. B. K. (2022). MUSIQA ASARLARIDAGI DAVRIYA TURLARI. Oriental Art and Culture, 3(4), 198-204.

31. Irnazarov, O. Y. (2022). HISTORY AND STAGES OF DEVELOPMENT OF THE ART OF BAXSHI. Евразийский журнал академических исследований, 2(3), 314-319.

32. Yuldoshovich, I. O. (2023). URMA ZARB CHOLG'ULARNING KELIB CHIQISH TARIXI VA QO'LLANILISHI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(8), 46-50.

33. Yolandevych, I. O., & TerDP, K. K. M. (2023). PERFORMANCE OF DAP INSTRUMENT OF SURKHANDARYA REGION AND ITS PECULIARITIES.

34. Yuldashevich, I. O. THE PERFORMANCE GROUP OF MUSICAL INSTRUMENTS, THE EMERGENCE OF THE" DOIRA" MUSIC FROM MUSICAL INSTRUMENTS.

35. Musurmonqulovich, O. U. B. (2022). Buyuk akbarshohning yoshligi. Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 31-35.

36. Musurmonqulovich, O. U. B., & Abdurayimovna, T. D. (2023). "BOBURNOMA" ASARIDA MUSIQAGA OID VOQEALAR. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(8), 54-57.

37. Musurmonqulovich, O. U. B. (2022). AKBARSHOHNING SAN'ATGA BO'LGAN E'TIBORI. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(4), 495499.

38. Raxmatullaev, X. S. (2023). MESOPOTAMIYA (IKKI DARYO ORALIGI) MUSIQASI. Академические исследования в современной науке, 2(9), 102-113.

39. Raxmatullaev, X. S. (2023). THE EPIC OF ERGENEKON OR THE RETURN OF THE TURKIC PEOPLES. Science and innovation in the education system, 2(1), 15-20.

40. Raxmatullaev, X. S. (2022). BLIND SON OR INFANT SON? HEROIC EPIC OF TURKISH PEOPLES THROUGH THE EYES OF THE WORLD. Scientific Impulse, 1(5), 1588-1592.

41. Raxmatullaev, X. S. (2022). THE GREATEST EPIC OF THE TURKIC PEOPLES IS MANAS. Scientific Impulse, 1(5), 1593-1598.

42. Raxmatullaev, X. S. (2022). ANOTHER LOOK AT THE TURKISH HEROIC EPIC. Scientific Impulse, 1(5), 1585-1588.

43. Raxmatullaev, X. S. (2023). OSIYO, AVSTRALIYA, SHIMOLIY VA JANUBIY AMERIKA QITALARIDA TARIXGACHA BOLGAN DAVRLARDA MUSIQA. Академические исследования в современной науке, 2(9), 114-120.

44. Raxmatullaev, X. S. (2023). MUSIQANING KASHF QILINISHI HAQIDAGI NAZARIYALAR. TARIXGACHA BOLGAN DAVR. Solution of social problems in management and economy, 2(4), 70-75.

45. Raxmatullaev, X. S. (2023). ERAMIZGACHA BOLGAN DAVRLARDA QADIMGI MISR MUSIQASI. Академические исследования в современной науке, 2(9), 97-101.

46. Rustamova, I. K., Abdullayev, R. A., & Xolmirzayeva, M. F. (2020). Study of depression and anxiety prevalence in patients undergoing acute myocardial infarction. Вестник Казахского национального медицинского университета, (21), 628-629.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

47. Sadullayevna, J. M. (2023). HXON MAMADALIYEVNING IJODIY MEROSI.

48. Sadullayevna, J. M. (2023). AN'ANAVIY XONANDALIK IJROCHILIGI ASOSIDA TALABALARDA TAFAKKUR VA IDROKNI YUKSALTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI.

49. Sadullayevna, J. M. (2023). О 'ZBEK AN'ANAVIY QO ' SHIQCHILIGIDA FATTOHXON MAMADALIYEVNING IJODIY MEROSI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 22(5), 112115.

50. Nuriddinovich, M. H. (2023). HISTORY AND DEVELOPMENT PROCESSES OF CHORAL ART.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.