Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINI BOSHQARISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI VA AHAMIYATI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINI BOSHQARISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
111
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
axborot / menejment / boshqaruv / “Bolalar bog‘chasi” / Face ID tizimi / emotsional buzilishlar / hissiyotlar / tajovuzkorlik / ijodiy qobiliyat / shaxs / estetik ko‘nikma

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Feruza Turakulovna Muhammadiyeva

Ushbu maqolada axborot menejment tizimiga uni rivojlantirish va takomillashtirish masalalari, o‘ziga xos xususiyatlari, “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimini ishga tushirish va unga kiritiladigan ma’lumotlar shaffofligi doirasidagi masalalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINI BOSHQARISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI VA AHAMIYATI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTINI BOSHQARISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O'RNI VA AHAMIYATI

Feruza Turakulovna Muhammadiyeva Termiz davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada axborot menejment tizimiga uni rivojlantirish va takomillashtirish masalalari, o'ziga xos xususiyatlari, "Bolalar bog'chasi" axborot tizimini ishga tushirish va unga kiritiladigan ma'lumotlar shaffofligi doirasidagi masalalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: axborot, menejment, boshqaruv, "Bolalar bog'chasi", Face ID tizimi, emotsional buzilishlar, hissiyotlar, tajovuzkorlik, ijodiy qobiliyat, shaxs, estetik ko'nikma

THE ROLE AND IMPORTANCE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN THE MANAGEMENT OF A PRESCHOOL EDUCATIONAL

ORGANIZATION

Feruza Turakulovna Mukhamadieva Termez State Pedagogical Institute

Abstract: This article highlights the issues, specifics of the introduction of the kindergarten information system into the information management system, issues of its development and improvement, issues within the framework of the introduction of the kindergarten information system and transparency of the information entered into it.

Keywords: information, management, management,"kindergarten", Face ID system, emotional disorders, emotions, aggression, creativity, personality, aesthetic skills

KIRISH

Bugungi globallashuv jarayonlarida texnologiyalar asrining muhim jihatlaridan biri bu axborot almashinuvidir. Ilmiy nuqtai nazardan qaraladigan bo'lsa,"axborot" atamasi lotincha so'z bo'lib, - "...xabardorlik, biror hodisa yoki biror kishi faoliyati haqida xabarga ega bo'lish ma'nosini bildiradi" Axborot menejment tizimiga uni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida faol ta'sir etish uchun zarur ma'lumotlar yig'indisidan iboratdir. Odatda yetarli va aniq axborotga ega bo'lmay boshqaruvni tashkil etish mumkin emas.Ishlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o'rtasidagi aloqa usulidir. Boshqaruvchi tizim boshqariladigan tizimdan ishlab

chiqarish holati va uning xo'jalik faoliyati to'g'risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan axborot asosida boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho beradi, menejmentni yanada takomillashtirish maqsadida ko'rsatma, farmoyishlar chiqarib, boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi. Axborot menejment tizimida alohida bo'g'in bo'lib hisoblanadi. Unga bir qator o'ziga xos xususiyatlar mansub bo'lib, ular axborot boshqaruvining barcha bo'g'inlari, barcha vazifalarini qamrab olishiga bog'liqdir. Axborot - bu boshqaruv apparati faollyatining ham dastlabki nuqtasi, ham natijasidir. Shuningdek, amalga oshirilayotgan harakalar mavjudligi sharti, mustahkamlash usulidir. Axborot hajmi ortishi bilan boshqaruv axborotining sifat ko'rsatkichlariga bo'lgan talab ham ortib boradi.

Ma'lumki, menejment jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida axborot to'plash, uzatish va qayta ishlash, boshqaruv buyruqlari ko'rinishida axborot berish va uni ijrochilarga yetkazishdan iborat. Axborotning quyidagi turlari mavjud: statistik, operativ, iqti- sodiy, hisob, moliya, ta'minot, kadrlar bo'yicha, texnologik, marketing, konstruktorlik, ijtimoiy va boshqalar.Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot alohida o'rin egallaydi, chunki u kishilarning moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonidagi munosa-batlarini aks ettiradi. Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyoti asosida ishlab chiqarish rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy-texnikaviy axborot ahamiyatini ham ta'kidlab o'tish lozim. Axborot tashqi va ichki axborot turlariga bo'linadi. Tashqi axborot tashqi muhitdan olinadigan xabarlardan iborat bo'ladi. Bular jumlasiga yuqori tashkilotlar farmoyishlari, reja topshiriqlari, mahsulotni sotish shartlari haqidagi axborotlar kiradi.Ichki axborot korxona yoki uning boshqaruv bo'g'inida shakllanib, iste'mol qilinadi. Korxona miqyosida ular jumlasiga sexlar tomonidan rejaning bajarilishi, moddiy-texnikaviy taminot, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi haqidagi axborotlar kiritli- shi munikin. Yo'nalishi bo'yicha axborot - boshlang'ich va boshqaruvchi axborot turlariga bo'linadi. Boshlang'ich axborot doimo menejment tizimining quyi darajasidan yuqoriroq darajaga qarab harakat qiladi, rahbarlik axboroti esa teskari yo'nalishda harakatlanadi. Rahbarlik axboroti boshlang'ich axborotni qayta ish- lash asosida qaror qabul qilish natijasidir.Axborot vaqt o'tishi bilan turli ahamiyat kasb etadi. Barqarolik darajasi bo'yicha uni barqaror, shartli-barqaror, o'zgaruvchan turlarga bo'Iish mumkin.Barqaror axborot uzoq muddat davomida o'z ahamiyatini o'zgartirmaydi.

Menejment faoliyatida, shuningdek, boshlang'ich axborotni qayta ishlash natijasida olingan xosila axborotdan ham foydalaniladi. Axborot yig'indisi menejmentning axborot tizimini tashkil etib, u menejment jarayonini axborot bilan ta'minlash shaklida namoyon bo'ladi. Axborot to'g'ri, aniq, o'z navbatida, obyektiv, mazmunli va qarorlarni qabul qilish uchun tushunarli bo'lishi kerak. Axborot hajmi jihatidan kichik, mazmun jihatidan chuqur, uning matni tushunarli va sodda bo'lishi

lozim. Korxonani axborot bilan ta'minlash to'g'ri aloqalar ko'rinishidagi turli-tuman axborot oqimlari vositasida amalga oshirilib, ular aniq ishlab chiqarish vazifasini hal etish imkonini beradi. Zamonaviy yirik korxonalarda axborot hajmi million hujjat satrigacha yetadi, bu o'rinda barcha axborot tez qayta ishlanishi zarurligini ham inobatga olish zarur. Masalan, aviatsiya zavodida kundalik birlamchi axborot million ko'rsatkichni tashkil etadi.

Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tashkil etish bo'yicha quyidagi qator muammolarni hal etish lozim bo'ladi:

- maqbul axborot tizimini ishlab chiqish;

- axborot oqimlarini shakllantirish usullarini ishlab chiqish;

- axborot qabul qilish va yuborishning maqbul usullarini tanlash;

- axborotni saqlash va izlashni tashkil etish;

- axborotni qayta ishlash jarayonini mexanizatsiyalash va av- tomatlashtirish.

Axborot tizimi - hujjatlar axborot oqimlari, aloqa kanallari va menejment

obyektining texnikaviy vositalarini qamrab oluvchi murakkab axborot majmuidir. Menejment obyektining qandaydir bir qismi bo'yicha axborot yig'indisi kichik tizimni tashkil etadi. Maqbul axborot tizimini tashkil etish menejmentning u yoki bu tashkiliy tizimini loyihalashtirish va uning samarali faol- yat yuritushuning muhim shartlaridan bo'lib hisoblanadi. Axborot tizimlari oddiy va murakkab tizim bo'lishi mumkin. Oddiy axborot tizimi uni qayta ishlashni talab etmaydi, axborot manbasidan u iste'mol qilinishi joyigacha yetkazishda o'zgarish yuz bermaydi. Bunday axborot telefon yoki boshqa xabar berish vositalari yordamida bir marta beriluvchi xabar sifatida yetkazlladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shuni ta'kidlash mumkinki, boshqaruv vazifalari axborot bilan ishlash orqali amalga oshiriladi, shu bois boshqaruv jarayoni qator hollarda axborotni to'plash, saqlash, ishlash va uzatish jarayoni sifatida belgilanadi. Bioq asosiysi - aynan boshqaruvning o'ziga xos mazmunini tashkil etuvchi narsa ochib berilmaydi. Teleko'rsatuvlarni tayyorlash va translyatsiya qilishda ham axborot to'planadi, saqlanadi, ishlanadi va uzatiladi. Ammo bu boshqaruv jarayoni hisoblanmaydi. Boshqa hollarda boshqaruv jarayoni qarorlarni ishlab chiqish jarayoni sifatida tushuniladi. Har bir inson o'z hayotida ko'plab qarorlar qabul qiladi, biroq bu boshqaruv qarorlari emas.

Boshqaruv - bu shunchaki qarorlarni ishlab chiqish emas, balki ko'plab odamlar birgalikda unumli ishlashi uchun zarur va yetarli bo'lgan shart-sharoitni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko'rishdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil, 6 - noyabrdagi "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorida 2022 - yil, 1 - yanvarga qadar maktabgacha ta'lim tizimida zamonaviy o'qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish

jumladan, bolalarning o'sishi hamda maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi jarayonlarini monitoring qilish bo'yicha "Bolalar bog'chasi" axborot tizimini ishga tushirish va unga kiritiladigan ma'lumotlar shaffofligini ta'minlash belgilangan edi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim xizmatlari uchun elektron to'lov tizimlarini joriy etish, sohada axborot tizimini boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish kabi vazifalar ham yuklatilgan. Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan "Bolalar bog'chasi" axborot tizimi yordamida bolalarni maktabgacha ta'limga qamrab olishni monitoring qilish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat xizmatlari agentligi bilan axborot tizimi integratsiyasi orqali bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga navbatga qo'yish va qabul qilish uchun yo'llanma olish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatiladi.

Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, Maktabgacha ta'lim vazirligi MTT xodimlari va tarbiyalanuvchilarini zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo'llagan holda avtomatik hisobga oladigan "Bolalar bog'chasi" axborot tizimini takomillashtirish loyihasini ishlab chiqib, tajriba-sinov tariqasida poytaxtimizning Bektemir tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida joriy qildi. Mazkur tashkilotlarda biometrik identifikatsiya qilish, ya'ni Face ID qurilmalari o'rnatildi. Shuningdek, "Bolalar bog'chasi" axborot tizimi yurtimizda mavjud elektron to'lov tizimlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilinishi natijasida onlayn to'lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. "Bolalar bog'chasi" axborot tizimining yana bir afzalligi shundaki, u tashkilotga qamrab olingan tarbiyalanuvchilar hamda xodimlarni yuz qiyofasi orqali avtomatik ravishda ro'yxatga oladi. Bolaning maktabgacha ta'lim tashkilotidagi har bir daqiqasi nazoratda bo'ladi. Xodimlarning ham har bir kuni, soatigacha ko'rsatilib boriladi. Agar MTTning biror xodimi ishdan vaqtli ketsa yoki sababsiz ishga kelmasa, ularning ish soati to'laqonli yozilmaydi. Bu esa, o'z navbatida, davomat masalasida kuzatilishi mumkin bo'lgan ba'zi ko'rinishdagi korruptsion holatlarga ijobiy echim bo'lmoqda

XULOSA VA TAKLIFLAR

Face ID tizimi o'rnatilganiga ko'p bo'lmagan bo'lsada, o'z samarasini ko'rsatyapti. Bu tizim nafaqat tarbiyalanuvchilar, balki xodimlarni ham tartib-intizomga o'rgatib boryapti. Qolaversa, bolalarning salomatligini asrash, sog'lom ovqatlanishini ta'minlashda ham ahamiyati katta bo'lyapti. Ilgari bolalarning tana haroratini tanometrda o'lchardik. Hozirgi qurilma avtomatik ravishda bolaning tana haroratini ko'rsatadi va ota-ona bolasining sog'lomligiga ishonch hosil qilib, ko'ngli xotirjam holda keta oladi. Tana harorati 37 darajadan yuqori bola bog'chaga qabul qilinmaydi va ota-onalarga davolanish bo'yicha ko'rsatma beriladi. Ushbu tizim MTTda oziq-ovqat xarajatlarini nazorat qilishda ham afzalliklarga egaligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Novikova G.P. Zamonaviy maktabgacha ta'limni boshqarish. /qo'llanma/. - M.: Ventana-Graf, 2007.-- 80 b. - (Kutubxona bolalar bog'chasi).

2. Pozdnyak L. V., Lyaschenko N. N. Maktabgacha ta'limni boshqarish: Darslik. stud uchun qo'llanma. ped. universitetlar. - 2-nashr, Stereotip. M.: "Akademiya" nashriyot markazi, 2001.-- 432 b.

3. Inomjonovna, R. I. (2023). STEAM EDUCATION IS ONE OF THE MAIN TRENDS IN THE WORLD. Journal of new century innovations, 21(2), 27-32.

4. Inomjonovna, R. I. (2023). FACTORS OF WORKING WITH VIOLENT CHILDREN AND ADULTS USING ART THERAPY TECHNOLOGIES. THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY, 1(5), 80-88.

5. Turakulovna, M. F. (2023). MAKTABGACHA TA'LIMDA TEXNOLOGIYA TA'LIMI: BOLALARGA ARTEFAKTLARDAN FOYDALANISH VA YARATISH IMKONIYATLARINI TA'MINLASH: Muxammadiyeva Feruza Turakulovna, Termiz davlat pedagogika instituti, maktabgacha ta'lim nazariyasi kafedrasi o 'qituvchisi. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (2), 180-182.

6. Muhammadiyeva, F. (2022). THE ROLE OF EDUCATORS OF THE PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION IN SOCIAL ACTIVITIES WITH CHILDREN. International Bulletin of Applied Science and Technology, 2(10), 225-227.

7. Muhammadiyeva, F. T. Technology familiarization of preschoolers with various materials through cognitive research activities. European research, 1, 75.

8. TURAKULOVNA, M. F., & QIZI, M. M. M. (2021). COMPETENCE OF THE EDUCATOR IN THE ORGANIZATION OF VISUAL ACTIVITIES. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 1(2), 100-103.

9. Karimjonovich, K. U. (2021). Sherna bakhshi's work and its place in sherobod school of friendship. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(4), 1341313417.

10. Karimjonovich, X. U. B. (2022). Important importance of elementary theory of music in the field of music education. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 200-204.

11. Khurramov, U. K. (2021). Processes of formation of performance traditions in folk instruments. Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari, 9, 186192.

12. Хурамов, Великобритания (2019). СТАНОВЛЕНИЕ, РАЗВИТИЕ И ИСТОРИЯ ГАРМОНИИ. Теоретическая и прикладная наука , (12), 77-82.

13. Karimjonovich, X. U. B. (2023). QADIMIY KUYLAR VA ULARNI TASHKIL ETUVCHI QISMLAR. Scientific Impulse, 1(7), 74-81.

14. Musurmonqulovna, B. F., & Khurramov, U. (2022). ARTISTIC INTERPRETATION OF WORKS FOR THE PIANO IN THE WORKS OF YOUNG COMPOSERS OF THE XXI CENTURY. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(4), 95-97.

15. Xuramov, U. B. K. (2022). MUSIQA ASARLARIDAGI DAVRIYA TURLARI. Oriental Art and Culture, 3(4), 198-204.

16. Irnazarov, O. Y. (2022). HISTORY AND STAGES OF DEVELOPMENT OF THE ART OF BAXSHI. Евразийский журнал академических исследований, 2(3), 314-319.

17. Yuldoshovich, I. O. (2023). URMA ZARB CHOLG'ULARNING KELIB CHIQISH TARIXI VA QO'LLANILISHI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(8), 46-50.

18. Yolandevych, I. O., & TerDP, K. K. M. (2023). PERFORMANCE OF DAP INSTRUMENT OF SURKHANDARYA REGION AND ITS PECULIARITIES.

19. Yuldashevich, I. O. THE PERFORMANCE GROUP OF MUSICAL INSTRUMENTS, THE EMERGENCE OF THE" DOIRA" MUSIC FROM MUSICAL INSTRUMENTS.

20. Musurmonqulovich, O. U. B. (2022). Buyuk akbarshohning yoshligi. Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 31-35.

21. Musurmonqulovich, O. U. B., & Abdurayimovna, T. D. (2023). "BOBURNOMA" ASARIDA MUSIQAGA OID VOQEALAR. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(8), 54-57.

22. Musurmonqulovich, O. U. B. (2022). AKBARSHOHNING SAN'ATGA BO'LGAN E'TIBORI. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(4), 495499.

23. Raxmatullaev, X. S. (2023). MESOPOTAMIYA (IKKI DARYO ORALIGI) MUSIQASI. Академические исследования в современной науке, 2(9), 102-113.

24. Raxmatullaev, X. S. (2023). THE EPIC OF ERGENEKON OR THE RETURN OF THE TURKIC PEOPLES. Science and innovation in the education system, 2(1), 15-20.

25. Raxmatullaev, X. S. (2022). BLIND SON OR INFANT SON? HEROIC EPIC OF TURKISH PEOPLES THROUGH THE EYES OF THE WORLD. Scientific Impulse, 1(5), 1588-1592.

26. Raxmatullaev, X. S. (2022). THE GREATEST EPIC OF THE TURKIC PEOPLES IS MANAS. Scientific Impulse, 1(5), 1593-1598.

27. Raxmatullaev, X. S. (2022). ANOTHER LOOK AT THE TURKISH HEROIC EPIC. Scientific Impulse, 1(5), 1585-1588.

28. Raxmatullaev, X. S. (2023). OSIYO, AVSTRALIYA, SHIMOLIY VA JANUBIY AMERIKA QITALARIDA TARIXGACHA BOLGAN DAVRLARDA MUSIQA. Aкaдемические исследовaния в современной туке, 2(9), 114-120.

29. Raxmatullaev, X. S. (2023). MUSIQANING KASHF QILINISHI HAQIDAGI NAZARIYALAR. TARIXGACHA BOLGAN DAVR. Solution of social problems in management and economy, 2(4), 70-75.

30. Raxmatullaev, X. S. (2023). ERAMIZGACHA BOLGAN DAVRLARDA QADIMGI MISR MUSIQASI. Aкaдемические исследовaния в современной туке, 2(9), 97-101.

31. Rustamova, I. K., Abdullayev, R. A., & Xolmirzayeva, M. F. (2020). Study of depression and anxiety prevalence in patients undergoing acute myocardial infarction. Вестник Kaзaхского нaционaльного медицинского yниверситетa, (2-1), 628-629.

32. Sadullayevna, J. M. (2023). HXON MAMADALIYEVNING IJODIY MEROSI.

33. Sadullayevna, J. M. (2023). AN'ANAVIY XONANDALIK IJROCHILIGI ASOSIDA TALABALARDA TAFAKKUR VA IDROKNI YUKSALTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI.

34. Sadullayevna, J. M. (2023). О 'ZBEK AN'ANAVIY QО ' SHIQCHILIGIDA FATTOHXON MAMADALIYEVNING IJODIY MEROSI. ОБРAЗОВAHИE HAУKA И ИHHОВAЦИОHHЫE ИДЕИ В МИРЕ, 22(5), 112-115.

35. Nuriddinovich, M. H. (2023). HISTORY AND DEVELOPMENT PROCESSES OF CHORAL ART.

36. Uktamovna, E. D. (2023). FORM, METHODS AND MEANS OF FORMING CHILDREN'S MUSICAL ABILITY. ОБРAЗОВAHИE ^У^ И ИHHОВAЦИОHHЫE ИДЕИ В МИРЕ, 19(8), 58-62.

37. Pardayevna, H. N. (2023). UMUM TA'LIM MAKTABLARI "MUSIQA MADANIYATI" DARSLARINING MAZMUNI. ОБРAЗОВAHИE ^У^ И ИHHОВAЦИОHHЫE ИДЕИ В МИРЕ, 19(8), 63-66.

38. Pardayevna, H. N. (2023). UMUM TA'LIM MAKTABLARI "MUSIQA MADANIYATI" DARSLARINING MAZMUNI. ОБРAЗОВAHИE ^У^ И ИHHОВAЦИОHHЫE ИДЕИ В МИРЕ, 19(8), 63-66.

39. Akramovna, S. S. (2023). ISSUES OF ACOUSTICS AND PERFORMANCE SKILLS IN DUTOR DRUM.

40. TO, T. C. I. P. P. Khojageldiyeva Mahfuza Ergash qizi.

41. Ходжaгельдыевa, М. Э., & Мaшрaбaлиевa, Б. М. (2022). ИСТОРИЯ ПРОИСХОЖДЕтЯ СЛОВAм ДУТAР" И СПОСОБЫ ЕГО ИСПОЛHEHИЯ. Экономикa и социум, (6-2 (97)), 919-923.

42. Pardayevna, H. N. (2022). The role of club activities in the development of students' musical abilities in general education schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 10, 13-15.

43. Amanovich, K. E. (2022). TRADITIONAL SINGING AND TRADITIONAL MUSIC SKILLS. EBpa3HHCKHH ^ypHan npaBa, ^HHaHCOB h npHKnagHbix HayK, 2(2), 206-210.

44. Khojageldiyeva, M. E., & Sayfiddinova, S. A. (2022). THE HISTORY OF THE ORIGIN OF THE WORD DUTAR AND METHODS OF ITS PERFORMANCE. 3K0H0MHKa h wuyM, (4-2 (95)), 211-214.

45. Khojageldiyeva, M. E., & Nabiyeva, K. H. (2022). THE IMPORTANCE OF APPLICATION OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS. 3K0H0MHKa h wuyM, (4-2 (95)), 207-210

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.