Научная статья на тему 'VENA KLASSIK MAKTABI YETAKCHISI F.Y.GAYDNNING IJODIGA BIR NAZAR'

VENA KLASSIK MAKTABI YETAKCHISI F.Y.GAYDNNING IJODIGA BIR NAZAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
201
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ijodkor / kompozitor / janr / klassika / simfoniya / kvartet / sonata / shakl / monogramma

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ulug‘bek Karimjonovich Xuramov

Musiqa san’atining rivojlanishida o‘zining o‘chmas, boy ijodiy faoliyati bilan iz qoldirgan hamda, vena klassik maktabi namoyondasi, yetakchisi, simfoniya va kvartetlar otasi hisoblangan buyuk klassik kompozitor Frans Yozef Gaydn haqida adabiyotlarda keltirilmagan ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Kompozitorning boy g‘oyaviy mazmunga ega asarlarini o‘rganish nechog‘li ahamiyatli ekanligi haqida fikr yurutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VENA KLASSIK MAKTABI YETAKCHISI F.Y.GAYDNNING IJODIGA BIR NAZAR»

VENA KLASSIK MAKTABI YETAKCHISI F.Y.GAYDNNING IJODIGA BIR

NAZAR

Ulug'bek Karimjonovich Xuramov xurramov_ulugbek@mail .ru Termiz davlat universiteti

Annotatsiya: Musiqa san'atining rivojlanishida o'zining o'chmas, boy ijodiy faoliyati bilan iz qoldirgan hamda, vena klassik maktabi namoyondasi, yetakchisi, simfoniya va kvartetlar otasi hisoblangan buyuk klassik kompozitor Frans Yozef Gaydn haqida adabiyotlarda keltirilmagan ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Kompozitorning boy g'oyaviy mazmunga ega asarlarini o'rganish nechog'li ahamiyatli ekanligi haqida fikr yurutilgan.

Kalit so'zlar: ijodkor, kompozitor, janr, klassika, simfoniya, kvartet, sonata, shakl, monogramma

A LOOK AT THE CREATION OF F.Y. HAYDN, THE LEADER OF THE

CLASSICAL SCHOOL OF VIENNA

Ulugbek Karimjonovich Khuramov khurramov_ulugbek@mail .ru Termiz State University

Abstract: Unpublished information about the great classical composer Franz Joseph Haydn, who left a mark on the development of music art with his indelible, rich creative work and is considered the representative and leader of the Viennese classical school, the father of symphonies and quartets, is presented. It was discussed how important it is to study the composer's works with rich ideological content.

Keywords: creator, composer, genre, classic, symphony, quartet, sonata, form, monogram

Musiqa san'atining rivojlanishida qadimgi davrlarda "musiqachi" yoxud "cholg'uchi" va "qo'shiqchi" degan tushunchalar kam qo'llanilgan. Chunki, bir kishi ham she'r yozgan, ham yozgan she'riga musiqa bastalab, qo'shiq qilib kuylagan. Bu shaxsni ijodkor desak mubolag'a bo'lmaydi. Aynan cholg'u hamda qo'shiqchilarning musiqiy asarlari yetuk va mohir ijodkorlar tomonidan bastalanadi. Bu esa asar ijodkoridan keng qamrovda bilim va ijro malakalarini egallaganligini talab qiladi. Natijada ijodkor bilimini oshirish maqsadida adabiyotga murojaatini oshiradi. Chunki, tinglovchi oldida qo'shiq qilib kuylanadigan she'rining ma'no mazmuni

hamda, qofiyaligi yetuk darajada bo'lishi talab etiladi. Aks holda tinchlovchi ijodkorga nisbatan salbiy baho berishiga, ijodiga bo'lgan rag'bati yo'qolishiga sabab bo'ladi. Shu tariqa musiqa taraqqiy etib o'z rivojlanish bosqichlarini bosib o'tgan.

Yuqorida ta'kidlangan ijodkor ya'ni musiqiy ijodkor vaqtlar o'tib o'z faoliyatini tubdan o'zgartirib, ijod etgan asarlari bir-biridan farqlanib turgan. Musiqiy ijodkorning faoliyatidan kelib chiqib uni kompozitor1 deb atashgan. Kompozitorning ijod etgan asarlari asosiy ikki turga ya'ni cholg'u musiqasi hamda vokal musiqasi turlariga bo'lingan. Shu tariqa cholg'u va vokal musiqalari o'zining mustaqil janrlariga2, yo'nalishlariga bo'linib rivoj topib taraqqiy etgan. Bunga hissa qo'shgan kompozitorlarning asarlari hozirgi kunga qadar ideal ya'ni klassik3 sanalib kelinmoqda. Klassika tushunchasi tor ma'noda yevropaliklar nazdida antik davr -Yunoniston, ellinizm va qadimgi Rim adabiyoti va san'atidagi yetuk asarlar tushuniladi. Sharq mamlakatlari nazdida ham o'zlarining klassik ya'ni mumtoz deb ataluvchi ideal san'at va adabiyot namunalari hisoblanadi. Keng ma'noda esa -insoniyatning badiiy merosidagi olamshumul qiymatiga ega bo'lgan, eng mukammal asarlar. Adabiyot va san'atdagi ijodi butun dunyoda tan olingan, asarlari katta g'oyaviy-badiiy qiymatga ega bo'lgan mashhur ustalar, ijodkorlar klassiklar deb yuritiladi.

Yuqorida aytib o'tilgan klassik sifatiga ega bo'lgan buyuk Avstriya kompozitori Frans Yozef Gaydndir. Y.Gaydn musiqasi butun jahon ommasining mulkiga aylanib ketdi. U uzoq hayot kechirgan va Motsart, Betxoven, yosh Shubert kabi ko'plab kompozitorlarning zamondoshi ham bo'lgan. Kompozitor tomonidan bir necha janrlarda ko'p sonli musiqa asarlari yaratilgan. Aynan shu janrlarning ham mazmunan, ham shaklan taraqqiy etishida sabab bo'lgan. Jumladan kamer musiqa janrlari uchun:

skripka va fortepiano uchun 12 ta sonata; torli va kamonli cholg'ular uchun 83 ta kvartet4; fortepiano uchun 52 ta sonata5; skripka va alt uchun 7 ta duet;

fortepiano, skripka yoxud fleyta va violonchel uchun 40 ta trio; 2 ta skripka va ciolonchel uchun 21 ta trio;

baritone, alt va violonchel uchun 126 ta trio. Shulardan 3 tasi bariton, skripka va violonchel uchun;

aralash mis damli va torli kamonli cholg'ular ucun 11 trio.

1 Kompozitor (lotincha: compositor - tuzuvchi, ijod etuvchi) - ko'p ovozli musiqa asarlari muallifi, musiqa ijodkori.

2 Janr (fransuzcha: genre - jins, tur) - san'at turlarida tarixan shakllangan ichki bo'linish hamda mazkur bo'linishni ifodalovchi tushuncha.

3 Klassika lotincha: classicus - namunali.

4 Kvartet (lotincha: guartus - to'rtinchi) - to'rt sozanda (xonanda)dan iborat ansambl. Shu tarkib uchun yozilgan cholg'u musiqa asarlarini ham kvartet deyiladi.

5 Sonata (italiyancha: sonata; lotincha: sonare - yangramoq) - kamer-cholg'u musiqasining asosiy janrlaridan. ITiy^^^BI 201 ISSN 2181-063X/lmpact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Konsert janri uchun quyidagi asarlarni yaratgan:

skripka va orkestr uchun 4 ta konsert (1 tasi yo'qolgan);

violonchel va orkestr uchun 3 ta konsert;

klarnet va orkestr uchun 3 ta konsert;

valtorna va orkestr uchun 4 ta konsert (2 tasi yo'qolgan);

ikkita valtorna va orkestr uchun konsert (yo'qolgan);

goboy va orkestr uchun konsert;

fortepiano va orkestr uchun konsert 11 ta;

organ konsertlari 6 ta;

ikkita g'ildirakli lira uchun konsert 5 ta;

bariton va orkestr uchun konsert 4 ta;

kontrabas va orkestr uchun konsert (yo'qolgan);

fleyta va orkestr uchun konsert (yo'qolgan);

truba va orkestr uchun konsert (yo'qolgan);

13 ta divertismentlar.

Vokal janrlari uchun 24 ta opera, 14 ta oratoriya hamda 14 ta messalar yaratgan. Bu boy meros ichida simfoniyalar, kvartetlar va fortepiano uchun sonatalar uning eng yaxshi asarlari hisoblanadi. Shuning uchun ham musiqashunos olimlar, kompozitorlar Gaydnni simfoniya va kvartetning otasi deb hisoblashadi. Yozef Gaydnning bunday deb atalishiga nafaqat 104 ta simfoniya6 yaratganligi balki mazkur simfoniyalarning mazmunan boyligi, badiiy jihatdan zamonining realistik g'oyalariga asoslanganligi sabab bo'lishi mumkin. Gaydngacha ko'plab sonatalar, simfoniyalar va kvartetlar yaratilgan. Mazkur janrlar faqat Gaydnning ijodidagina taraqqiy etib, bu janrlar klassik janrlarga aylandi. Gaydn o'zining musiqasida xalq kuylaridan keng foydalangan. Uning asarlariga yorqinlik va hayotbaxshlik, asar shaklining sodda tuzilganligi xosdir. Kompozitor asarlaridagi mana shu sifatlarning o'zi Gaydn musiqasini klassik deb atalishiga yetarlicha asos bo'ladi. Gaydnning hayoti Vena shahri yonida va Venaning o'zida o'tganligi sababli, Gaydnni Vena klassigi deb atashadi. Vena klassigi deb atalish huquqini yana Gaydndan yosh bo'lgan uning zamondoshlari: V.Motsart va L.Betxoven qo'lga kiritdilar.

Shunday qilib kompozitor Gaydn ya'ni Vena klassik maktabining yetakchi vakili nafaqat klassik janrlarni, jumladan simfoniya, sonata, cholg'u va orkestr uchun kontsert, kvartetlarni, qolaversa ularning shakllarini, ayniqsa, sonata shakli va sonata-simfoniya turkumlarining rivojlanish tamoyillarini o'z asarlari yordamida taraqqiy ettirdi. Asardagi musiqiy mavzuni mavzuli motiv tamoyillari bilan rivojlantirishni keng qo'llagan. Biz yosh ijodkorlar uchun buyuk kompozitorning ijodidan unumli foydalangan holda mustaqil ijodiy faoliyat yuritishimizda keng zamin bo'lishi

6 Simfoniya (yunoncha: symfonia - ohangdoshlik) - simfonik musiqaning yetakchi janri, kompozitorlik yo'nalishidagi cholg'u musiqasining oliy shakli.

[fciTii^^Bl 202 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

mumkin. Bunda hozirgi yosh kompozitorlar o'zlarining yangi yaratmoqchi bo'lgan asarlarini ham mazmun jihatdan, ham shakl jihatdan namuna sifatida olishi maqsadga muvofiq bo'ladi va klassik asarlar ko'payishiga o'zlarining hissalari qo'shilgan hisoblanadi. Zero klassik darajadagi asarlarni yaratish uchun avvalam bor klassik asarlarni tinglash, tahlil qilish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Y.Gaydn musiqasida o'z davrining his-tuyg'ulari, o'y-xayollari va kayfiyatini tasvirlab bera oldi. Gaydn musiqasini uning zamondoshlari sevishardi va hayajon bilan olqishlashar edi. Kompozitor odamlarga o'z musiqasi bilan "dam olish va tetiklik" baxsh etishni orzu qilar edi, mana, oradan uch yuz yilga yaqin vaqt o'tyapdi-hal ham uning musiqasini sevib tinglashadi.

Yozef Gaydn Avstriya poytaxti Vena shahri yaqinida joylashgan Rorau qishlog'ida 1732-yil 31-martda tug'ilgan. Otasi oddiy hunarmand bo'lib, aravalarga g'ildirak yasardi. Mehnatdan bo'sh vaqtlarda Gaydnlar xonadonida musiqa ixlosmandlari to'planishar, ular qo'shiq kuylab, raqsga tushishardi, asosiysi, mehmondo'st mezbon qo'shiq kuylashini yaxshi ko'rishardi, Gaydnning otasi o'z qo'shig'iga arfada jo'r bo'lar edi.

Otasining musiqiy iqtidori, shuningdek musiqani sevishi farzandlariga ham o'tdi. Kichkina Yozef hali besh yoshidayoq musiqachilar diqqatini o'ziga jalb qildi. U ajoyib eshitish, eslab qolish, ritm qobiliyatlarini namoyon etdi. Uning jarangdor, tiniq ovozi hammani lol qoldirardi.

Kompozitor dastlabki musiqiy ta'limni Xaynburgdagi maktab o'qituvchisi I.M.Frankdan olgan. 1740-49 yillarda Venadagi Avliyo Stefan sobori xorida qo'shiq kuyladi hamda, klavesin, skripka va organ cholg'ularida ijrochilik ko'niklamarini takomillashtirdi. Ayniqsa xor jamoasida kuylash Gaydn uchun eng yaxshi va yagona maktab vazifasini o'tadi. Bolaning qobiliyati tez rivojlanib bordi va unga murakkab yakkaxon partiyalarni topshira boshlashdi.

1753-56 yillarda italiyalik pedagog, kompozitor va xonanda Nikolo Porporaga konsertmester bo'lib ishlashi bilan bir vaqtning o'zida u xizmatkorlik vazifasini ham bajarardi. Qolaversa buning evaziga undan kompozitsiya asoslarini o'rgandi.

Y.Gaydn uchun tomning tagi yoxud chordoq boshpana vazifasini o'tagan. Shunga qaramasdan, u siniq ya'ni nosoz bo'lgan klavikordda7 taniqli kompozitorlar asarlarini qunt bilan o'rgangan. U kecha-yu kunduz Vena ko'chalarini kezib qanchadan-qancha xalq qo'shiqlarini tinglagan. U vaqtlarda Vena shahri qo'shiqlarga boy edi. Hamma yerda turli xalq ohanglari: avstriya, venger, chex, slavyan ukraincha, xorvatcha va boshqa shu kabi xalq qo'shiqlari yangrab turgan. Shu sababli Gaydn asarlari ajoyib, asosan quvnoq va hayotbaxsh kuylar bilan yo'g'rilgan. Yosh

7 Klavikord (lotincha: clavis - kalit, yunoncha chordk - tor) - klaviatura torli zarbli qisqichli musiqa asbobi, fortepiano o'tmishdoshlaridan biri.

kompozitor hayoti va xizmat sharoitlari ila mahoratga erishgan yo'li mana shulardan iborat edi.

Vena hukumati Gaydn xotirasiga bag'ishlab kompozitor hayotining so'ngi yillari o'tgan uyni muzeyga aylantirdi. Qolaversa uning yorqin ijodiy hayot yo'lini munosib e'tirof etish maqsadida Merkuriy sayyorasidagi kraterlardan biriga Gaydn nomi berilgan. Bundan tashqari kompozitor vafotining yuz yilligiga atab olti nafar fransuz kompozitorlari hammualliflikda "Yozef Gaydnga bag'ishlov" deb atalgan fortepiano uchun suita asarini yaratganlar. Bu kompozitsiyaning quyidagi fortepiano uchun yozilgan asarlardan tarkib topgan:

Klod Debyussi - "Gaydnga bag'ishlov";

Pol Dyuka - H-A-Y-D-N nomiga elegiyali preludiya;

Reynaldo An - H-A-Y-D-N nomiga variatsiya;

Vensan d'Endi - H-A-Y-D-N nomiga menuet;

Moris Ravel - H-A-Y-D-N nomiga menuet;

Sharl-Mari Vidor - H-A-Y-D-N nomiga Fuga.

Ushbu asarlar to'plamining muqaddimasida shunday kirish so'zi berilgan: "Bu bitta mavzuga asoslangan asar bo'lib, u Gaydn familiyasining monogramma8si bo'lib, mashhur B-A-C-H motiviga o'xshaydi. B, A, D (HAD) yozuvlari fransuz monogramma usuli yordamida D va G (YN) harflari bilan to'ldirilgan". Aniqroq qilib aytganda kompozitorning nemis tilidagi talaffuziga binoan Haydn familiyasi harflariga mos notalarning harfiy ishoralariga bionan tovushlar tanlanib bir yaxlit musiqiy mavzu sifatida olinib unga kompozitorlik texnikasi bilan yangi asar darajasida ijod qilishgan. Biz bilamizki asosiy tovushlar ya'ni do, re, mi, fa, sol, lya, si harfiy belgilanishda c, d, e, f, g, a, h deb belgilanadi. Shunga muvofiq haydn ismidagi harflarning tovushlar kesimidagi monogrammasi quyidagi tovushlar jamlanmasiga to'g'ri keladi: h harfiga si tovushi, a harfiya lya, y va d harflariga re va n harfiga sol tovushlarini muvofiq keltirib musiqiy monogramma holatiga keltirishgan:

Buyerda bizni e'tiborimizni tortadigan Y hamda N harflaridir. Bu harflarga aynan re hamda sol tovushlarini muvofiq kelishi bu XX asr boshlarida fransuz musiqa nazariyasi va amaliyotiga tadbiq qilingan yangicha monogrammadan darak beradi. Qolaversa buyuk kompozitorning ijodiga bo'lgan hurmat yuzasidan esdalik tangalar hamda pochta markalari ham yaratilgan.

8 Monogramma (yunoncha: monos - bitta va gamo - harf) -ism va familiyaning bosh harflaridan tashkil topgan, bir-biriga bog'langan, yonma-yon joylashtirilgan belgi, yoki butun ismning qisqartmasi.

Vena klassik maktabi yetakchisi Frans Yozef Gaydnning hayotiy yo'li hamda ijodiy faoliyati shulardan iborat edi. Mashhur kompozitorning qoldirgan boy merosini to'laqonli o'rganish pirovardida yosh musiqachilar, musiqachi pedagoglar yetuk kasbiy kompetentlarni o'zlarida shakllantiradilar. Pedagogik faoliyatda ham kreativ yondashuvlar, ham asosli qarorlar qabul qila olish ko'nikmalariga ega bo'ladilar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimjonovich, K. U. (2021). Sherna bakhshi's work and its place in sherobod school of friendship. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(4), 1341313417.

2. Karimjonovich, X. U. B. (2022). Important importance of elementary theory of music in the field of music education. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 200-204.

3. Khurramov, U. K. (2021). Processes of formation of performance traditions in folk instruments. Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari, 9, 186192.

4. Хурамов, Великобритания (2019). СТАНОВЛЕНИЕ, РАЗВИТИЕ И ИСТОРИЯ ГАРМОНИИ. Теоретическая и прикладная наука , (12), 77-82.

5. Karimjonovich, X. U. B. (2023). QADIMIY KUYLAR VA ULARNI TASHKIL ETUVCHI QISMLAR. Scientific Impulse, 1(7), 74-81.

6. Musurmonqulovna, B. F., & Khurramov, U. (2022). ARTISTIC INTERPRETATION OF WORKS FOR THE PIANO IN THE WORKS OF YOUNG COMPOSERS OF THE XXI CENTURY. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(4), 95-97.

7. Xuramov, U. B. K. (2022). MUSIQA ASARLARIDAGI DAVRIYA TURLARI. Oriental Art and Culture, 3(4), 198-204.

8. Irnazarov, O. Y. (2022). HISTORY AND STAGES OF DEVELOPMENT OF THE ART OF BAXSHI. Евразийский журнал академических исследований, 2(3), 314-319.

9. Yuldoshovich, I. O. (2023). URMA ZARB CHOLG'ULARNING KELIB CHIQISH TARIXI VA QO'LLANILISHI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(8), 46-50.

10. Yolandevych, I. O., & TerDP, K. K. M. (2023). PERFORMANCE OF DAP INSTRUMENT OF SURKHANDARYA REGION AND ITS PECULIARITIES.

11. Yuldashevich, I. O. THE PERFORMANCE GROUP OF MUSICAL INSTRUMENTS, THE EMERGENCE OF THE" DOIRA" MUSIC FROM MUSICAL INSTRUMENTS.

12. Musurmonqulovich, O. U. B. (2022). Buyuk akbarshohning yoshligi. Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 31-35.

13. Musurmonqulovich, O. U. B., & Abdurayimovna, T. D. (2023). "BOBURNOMA" ASARIDA MUSIQAGA OID VOQEALAR. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(8), 54-57.

14. Musurmonqulovich, O. U. B. (2022). AKBARSHOHNING SAN'ATGA BO'LGAN E'TIBORI. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(4), 495499.

15. Raxmatullaev, X. S. (2023). MESOPOTAMIYA (IKKI DARYO ORALIGI) MUSIQASI. Академические исследования в современной науке, 2(9), 102-113.

16. Raxmatullaev, X. S. (2023). THE EPIC OF ERGENEKON OR THE RETURN OF THE TURKIC PEOPLES. Science and innovation in the education system, 2(1), 15-20.

17. Raxmatullaev, X. S. (2022). BLIND SON OR INFANT SON? HEROIC EPIC OF TURKISH PEOPLES THROUGH THE EYES OF THE WORLD. Scientific Impulse, 1(5), 1588-1592.

18. Raxmatullaev, X. S. (2022). THE GREATEST EPIC OF THE TURKIC PEOPLES IS MANAS. Scientific Impulse, 1(5), 1593-1598.

19. Raxmatullaev, X. S. (2022). ANOTHER LOOK AT THE TURKISH HEROIC EPIC. Scientific Impulse, 1(5), 1585-1588.

20. Raxmatullaev, X. S. (2023). OSIYO, AVSTRALIYA, SHIMOLIY VA JANUBIY AMERIKA QITALARIDA TARIXGACHA BOLGAN DAVRLARDA MUSIQA. Академические исследования в современной науке, 2(9), 114-120.

21. Raxmatullaev, X. S. (2023). MUSIQANING KASHF QILINISHI HAQIDAGI NAZARIYALAR. TARIXGACHA BOLGAN DAVR. Solution of social problems in management and economy, 2(4), 70-75.

22. Raxmatullaev, X. S. (2023). ERAMIZGACHA BOLGAN DAVRLARDA QADIMGI MISR MUSIQASI. Академические исследования в современной науке, 2(9), 97-101.

23. Rustamova, I. K., Abdullayev, R. A., & Xolmirzayeva, M. F. (2020). Study of depression and anxiety prevalence in patients undergoing acute myocardial infarction. Вестник Казахского национального медицинского университета, (21), 628-629.

24. Sadullayevna, J. M. (2023). HXON MAMADALIYEVNING IJODIY MEROSI.

25. Sadullayevna, J. M. (2023). AN'ANAVIY XONANDALIK IJROCHILIGI ASOSIDA TALABALARDA TAFAKKUR VA IDROKNI YUKSALTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI.

26. Sadullayevna, J. M. (2023). О 'ZBEK AN'ANAVIY QО ' SHIQCHILIGIDA FATTOHXON MAMADALIYEVNING IJODIY MEROSI.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 22(5), 112115.

27. Nuriddinovich, M. H. (2023). HISTORY AND DEVELOPMENT PROCESSES OF CHORAL ART.

28. Uktamovna, E. D. (2023). FORM, METHODS AND MEANS OF FORMING CHILDREN'S MUSICAL ABILITY. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(8), 58-62.

29. Pardayevna, H. N. (2023). UMUM TA'LIM MAKTABLARI "MUSIQA MADANIYATI" DARSLARINING MAZMUNI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(8), 63-66.

30. Pardayevna, H. N. (2023). UMUM TA'LIM MAKTABLARI "MUSIQA MADANIYATI" DARSLARINING MAZMUNI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(8), 63-66.

31. Akramovna, S. S. (2023). ISSUES OF ACOUSTICS AND PERFORMANCE SKILLS IN DUTOR DRUM.

32. TO, T. C. I. P. P. Khojageldiyeva Mahfuza Ergash qizi.

33. Ходжагельдыева, М. Э., & Машрабалиева, Б. М. (2022). ИСТОРИЯ ПРОИСХОЖДЕНИЯ СЛОВА" ДУТАР" И СПОСОБЫ ЕГО ИСПОЛНЕНИЯ. Экономика и социум, (6-2 (97)), 919-923.

34. Pardayevna, H. N. (2022). The role of club activities in the development of students' musical abilities in general education schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 10, 13-15.

35. Amanovich, K. E. (2022). TRADITIONAL SINGING AND TRADITIONAL MUSIC SKILLS. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 2(2), 206-210.

36. Khojageldiyeva, M. E., & Sayfiddinova, S. A. (2022). THE HISTORY OF THE ORIGIN OF THE WORD DUTAR AND METHODS OF ITS PERFORMANCE. Экономика и социум, (4-2 (95)), 211-214.

37. Khojageldiyeva, M. E., & Nabiyeva, K. H. (2022). THE IMPORTANCE OF APPLICATION OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS. Экономика и социум, (4-2 (95)), 207-210

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

38. Musurmonqulovna, B. F., & Khurramov, U. (2022). ARTISTIC INTERPRETATION OF WORKS FOR THE PIANO IN THE WORKS OF YOUNG COMPOSERS OF THE XXI CENTURY. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(4), 95-97.

3 9. http: //nlib .org.ua/ru/mp3/piano/2910

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.