O'ZBEKISTONDA FORTEPIANO SAN'ATINING RIVOJLANISHI
Mo'min Mo'minov
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada fortepiano san'atining paydo bo'lishi va taraqqiyot bosqichilari hamda o'zbek kompozitorlar ijodining o'ziga hos tomonlari haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: fortepiano, klassizm, milliy cholg'u, ohang, kompozitor, sozlar uyg'unligi
DEVELOPMENT OF FORTEPIANO ART IN UZBEKISTAN
Momin Mominov
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: This article talks about the emergence and stages of development of piano art, as well as specific aspects of the work of Uzbek composers.
Keywords: piano, classicism, national instrument, melody, composer, harmony of words
Jahon musiqa san'atida fortepiano cholg'u ijrochiligi san'ati eng keng tarqalgan turlardan biri sanalanadi. Dunyoda barcha millatlar o'z milliy cholg'ulariga ega hamda mazkur cholg'u ohanglari orqali o'zining o'zligini, milliylik sadolarini namoyon qilishadi. Fortepiano bugungi kunga kelib, ko'p mamlakatlarda keng ommalashgan cholg'ular bo'lib, bu sozlarda ijrochilar, dunyo komozitorlari asarlari bilan birgalikda milliy ohanglarini ham ijro etishmoqda. Fortepiano cholg'usi kompozitorlarning sevimli sozlaridan biri fortepiano hisoblangani bois ko'plab asarlarini ushbu cholg'u uchun kuy bastalashgan. Jahon kompozitorlari: I.Gaydn, A.Motsart, L.Betxoven, Sh.Shubert, F.Shopen, F.List kabilar bilan bir qatorda O'zbekiston kompozitorlari ham go'zal va betakror asarlar na'munalarini yaratdilar. Yaratilgan asarlar hozirgi kunda yosh ijrochilar tomonidan sevib ijro etib kelinmoqda.
Tarixdan ayonki, fortepiano san'ati Klassitsizm davrida paydo bo'lib, shakllana boshlagan va cholg'usi yaratilgan. I.S.Bax va uning o'g'illari, shogirdlari klavir musiqasi uchun birinchi namunalarni yaratadilar. Gaydn, Mosart, Betxovenlarning fortepiano ijodi bu cholg'uning yuksaklarga ko'tarilishida va ommalashishida muhim o'rin tutdi. London va Vena maktablari shakllandi. Klementi va Gummel ijodi ravnaq topdi. O'z navbatida Parij maktabi ham paydo bo'lib, Kalkbrener va Talberg ijod namunalari tarqaldi. Shuningdek, Cherni ijrochilik mahorati maktabi shakllandi va
ficiv^^^BI 65 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
bugungi kunda ham ushbu namunalar fortepiano ijrochiligining asosiy maktabi hisobladi.
Romantizm davriga kelib fortepiano ijrochilik san'ati yanada yuksaldi. Avstriya va Germaniya romantizmiga Yevropaning barcha ijodkorlari ergasha boshlashdi. Shubert, Veber, Mendelson, Shuman kabilarning fortepiano ijodi madaniyati tarixidan o'rin oldi. Shopen va List eas o'z davrida ijrochi va pedagog sifatida dunyoga tanildilar. Ularning fortepiano ijodlaridan namunalar dunyoning eng mohir sozandalari repertuarlaridan o'rin oldi. Yevropa milliy fortepiano maktablari, Nemis fortepiano maktabi XIX asr ikkinchi yarmida milliy fortepiano maktablari shakllanishiga andoza bo'ldi. Nemis fortepiano maktabi vakillari - Brams va Reger, Fransiya fortepiano maktabi - Bize, Frank, Norveg-Chex fortepiano maktablari - Grig, Smetana kabi kompozitorlar milliy fortepiano maktablarining namoyandalari bo'ldilar.
Rubinshteyn, Chaykovskiy kabi kompozitorlar eas Rus fortepiano ijodida o'z aksini topdi. XIX asr ikkinchi yarmida musiqa sohasida "fortepiano pedagogikasi" atamasi paydo bo'ldi. Skryabin, Metner, Raxmaninov fortepiano san'atlari - ijodiyot hamda ijrochilikdagi yangi yo'nalishlar sifatida nom qozondi. XX asrning 20-40-yillarida ham fortepiano ijrochiligida sezilarli pog'onalarni kuzatish mumkin bo'ldi. 20-yillar yangi uslub yo'nalishlarining faol rivojlanish davri deb etirof etish mumkin. S.Prokofev fortepiano ijodi o'zgacha musiqiy til paydo bo'lishiga turtki bo'ldi. Ko'plab sonata va konsertlar yaratildi. Prokofev nafaqat kompozitor, balki pianinochi sifatida ham jahon ahliga tanildi. Asr o'rtalarida yangi uslub yo'nalishlari shakllandi. Musiqiy avangardning har xil oqimlari paydo bo'ldi. A.Shyonbergning shogird va izdoshlari nafaqat butun dunyoda, hatto O'zbekistonda ham paydo bo'ldi. Musiqa materialini umumiy (total) qator birlashtirilishiga intilishning kuchayishi kuzatildi. Bunday rivojlanish bosqichlari O'zbekistonda ham bo'lib o'tdi.
O'zbekistonda fortepiano san'atining jadal rivojlanishi soha mutaxassislari oldiga bir qator dolzarb muammolar qo'yib, ularning yechimini topishga undamoqda. Avvalo, fortepiano musiqasining milliy an'analarga tayangan holda rivojlanishi va yaratilgan asarlarning ijrochi repertuariga kiritilishi masalasidir. Ma'lumki, O'zbekiston kompozitorlarining asarlari o'zbek xalq musiqasi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ijodiy jarayonda xalq kuylarini sof holda qo'llash bilan bir qatorda, ularni qayta ishlash, folklor materialining nisbatan murakkab tarzda qo'llanilishi kuzatiladi. O'zbekiston fortepiano musiqasi fondida deyarli barcha janrlar qamrab olingan bo'lib, miniatyura janridagi asarlardan boshlab, to turkumli asarlar namunalarigacha mavjud. Hozirgi kunda yosh kompozitorlarning ijodida ana shunday keng qamrovli rivojlanish jarayonlari kechmoqda. Ularning ijodida turli yo'nalishlar ta'siri kuzatiladi.
Ijod jarayonida milliy an'analarga tayanish, milliy ohanglar asosida ijod qilish birlamchi omillardan ekanligi ayon bo'lmoqda. Kompozitorlar milliy ohanglar, usullar, shakllardan unumli foydalangan holda, o'z asarlarida rus va xorijiy musiqa an'analarini
ncTTÜ^^Bl 66 ISSN 2181-063X/lmpact Factor 4.047 (SJIF 2021)
ham milliy qirralar bilan uyg'unlashtirishga harakat qilmoqdalar. O'zbek kompozitorlarining eng sara asarlarida ushbu unsurlar o'zaro shunday bog'langanki, bunda zamonaviy davrga xos bo'lgan ohang "qorishmasi" hosil bo'layotganini guvohi bo'lyapmiz. So'nggi yillarda kompozitorlik yo'nalishi yangi nomlar bilan boyidi. Hozirgi kunda ko'plab O'zbekiston davlat konservatoriyasining bitiruvchilari qatorida ustoz kompozitorlardan O.Abdullayeva, D.Zokirov, A.Xasanov, X.Xasanova va boshqalar mumtoz meros an'analari va zamonaviy musiqa qonuniyatlarini egallagan kompozitorlar sifatida turli janrlarda asarlar yaratmoqdalar.
Respublikadagi musiqa bilim yurtlarida ta'lim olayotgan talabalar va talabalarning ijro repertuariga O'zbekiston kompozitorlari qalamiga mansub fortepiano uchun asarlarining kiritilishi ham quvonarli hol bolib ayni paytda ham pedagogik jarayon uchun muhim va dolzarb masalalardan biridir. Yaxshi musiqiy did tarbiyalanishida, shuningdek, o'zbek xalq musiqasi bilan uzviy bog'liq bo'lgan fortepiano uslubining yaratilishida yaratilgan asarlarning qiymati katta. Zamonaviy talablarga javob beradigan musiqachi kadrlarni tarbiyalash deganda o'quv tizimiga kiritilgan barcha fanlardan olinadigan majmuaviy bilimlarga ega bo'lgan talabalarni tarbiyalash tushuniladi. Majmuaviy yondashuv fortepiano darslarini birinchi darajadagi amaliy ahamiyatga ega bo'lgan fan sifatida qaralishiga sababdir. Fortepiano-musiqiy ta'lim olishda umumiy pedagogik jarayonni yetakchi komponentidir. U turli mutaxassisliklar bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarning estetik didi shakllanishida asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Fortepiano darslari talabalarning musiqiy adabiyot bilan ishlash ko'nikmalarini hosil qilishlariga yordam beradi. Cholg'uning o'ziga xos tomonlari turli janr va turli hil tarkibli ansambl va orkestrlar (klavir ko'rinishida) uchun yaratilgan asarlarni chalish imkonini beradi.
Fortepiano kursida o'rganiluvchi ansambl, jo'rnavozlik, transpozitsiya tarzidagi ijro turlari talabalarning umumiy va musiqiy iste'dodlarini rivojlanishida birlamchi omil sifatida xizmat qiladi (ijodiy ta'assurot, ichki eshitish qobiliyati, eslab qolish qobiliyati, garmonik va polifonik tafakkur, ritm hissi va boshqalar). Fortepiano ijrosi talabalarning butun o'quv va ijodiy jarayonida davom ettiriladi. Cholg'uda amaliyotsiz musiqiy-nazariy bilimlarni to'liq egallash mumkin emas. Bular, solfedjio, garmoniya, polifoniya, musiqiy asarlar tahlili, musiqa tarixi, partitura o'qish kabi fanlardir. Fortepiano kursi mutaxassislik fani bilan uzviy bog'liq bo'lganligi sababli, ahamiyati salmoqlidir. Cholg'uchi talabalarning fortepiano cholg'usini erkin ijro eta olish ko'nikmalari, mutaxassislik darslarida o'zlari yaratgan asarlarni bemalol ijro etishlari uchun zarurdir. Fortepiano sinfida olib boriladigan o'quv-tarbiyaviy ishning muhim bo'limlaridan biri, talabalarning madaniy o'qituv faoliyatidir. Tarbiyaviy ishning shakllaridan biri talabalar konsertining muhokamasidir. Bu kabi uslub talabada asarga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondashishni shakllantirib, uni o'qituvchilik mahoratini shakllanishiga yordam beradi.
fîcïV^^^BI 67 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
So'ngi yillarda kompozitorlar tomonidan fortepiano uchun ko'plab asarlar yaratildi. Mazkur asarlar turli janrlarda bo'lib, kompozitorlar ijodiy jarayonda nafaqat folklor materiallariga tayanganligini, balki folklorga yaqin bo'lgan original mavzularning yaratilganligini ham e'tirof etish lozim. O'zbek kompozitorlarining asarlarida imitatsiyali, turli mavzuli va ovoz osti polifoniya usullari keng qo'llanilmoqda. Kompozitorlarning polifonik asarlari yordamida yosh ijrochilar nafaqat klassik polifoniya an'analari, balki milliy meros ta'sirida vujudga kelgan o'zbek polifoniyasining o'ziga xos qirralarini ham egallaydilar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. G.X.Alimatova. Umumiy fortopiano. Toshkent-2009 y.
2. Qurbonova, M. (2023). DIRIJORLIK SAN'ATI TARIXI. Oriental Art and Culture, 4(1), 289-295.
3. Qurbonova, M. (2023). CHOLG 'U IJROCHILIGINI O 'ZLASHTIRISHDA O 'QITUVCHI VA TALABANING O 'ZARO MUNOSABATI. Oriental Art and Culture, 4(3), 353-355.
4. Mirzayeva, D., & Qurbonova, M. (2022). SERGEY VASILYEVICH RAXMANINOV IJODIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, 3(4), 97-101.
5. Xudoyberdiyeva, M. S. Q., & Qurbonova, M. (2022). AFG 'ON RUBOB CHOLG 'USINING KELIB CHIQISHI TARIXI. Oriental Art and Culture, 3(4), 636638.
6. Boboyev, V. (2022). KONSERT IJROCHILIGI REPERTUARINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, 3(4), 323-325.
7. Boboyev, V. (2022). The Multifaceted Creative Artist Chokariy-Matyusuf Kharratov. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 77-80.
8. Yuldashyev, A., & Boboyev, V. (2022). CHOLG'UCHI-SOZANDA TALABALARNI O 'ZBEK XALQ KUYLARI VA BASTAKOR-KOMPOZITORLAR IJODIDAN NAMUNALAR IJRO QILISHLARIDA IJODIY YONDOSHUVCHANLIKKA O 'RGATISH. Oriental Art and Culture, 3(1), 219-225.
9. Topildiev, S. (2022). Makom-Invaluable Art. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 261-263.
10. Yuldashev, A., Azizov, S., & Boboyev, V. (2021). A LOOK AT THE GENRE OF UZBEK FOLK MUSIC. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 226-232.
68
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)