Научная статья на тему 'SERGEY VASILYEVICH RAXMANINOV IJODIGA BIR NAZAR'

SERGEY VASILYEVICH RAXMANINOV IJODIGA BIR NAZAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
622
107
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
teatr / kompozitor / romantizm / drijor / orkestr / xor / libretto / ariya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dildora Mirzayeva, M.Qurbonova

Ushbu maqolada kompozitor, ijrochi va drijor Sergey Vasilevich Raxmaninovning hayoti va ijod yo‘li, musiqaga qo‘shgan hissasi, asarlari haqida ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari romantizim oqimi va bu oqimda ijod qilgan kompozitorlar haqida ham so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SERGEY VASILYEVICH RAXMANINOV IJODIGA BIR NAZAR»

SERGEY VASILYEVICH RAXMANINOV IJODIGA BIR NAZAR

Dildora Mirzayeva Ilmiy rahbar: M.Qurbonova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada kompozitor, ijrochi va drijor Sergey Vasilevich Raxmaninovning hayoti va ijod yo'li, musiqaga qo'shgan hissasi, asarlari haqida ma'lumotlar berilgan. Bundan tashqari romantizim oqimi va bu oqimda ijod qilgan kompozitorlar haqida ham so'z yuritilgan.

Kalit so'zi: teatr, kompozitor, romantizm, drijor, orkestr, xor, libretto, ariya.

A GLANCE AT THE CREATION OF SERGEY VASILYEVICH

RACHMANINOV

Dildora Mirzayeva Scientific supervisor: M. Qurbanova Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article provides information about the life and creative path of composer, performer and conductor Sergei Vasilievich Rachmaninov, his contribution to music, and his works. In addition, the Romanticism stream and the composers who created in this stream are also discussed.

Keywords: theater, composer, romanticism, conductor, orchestra, chorus, libretto, aria.

XIX asrning ikkinchi yarmida rus musiqasi san'ati yanada yuksaldi va Yevropada yetakchi musiqiy madaniyatlardan biriga aylandi. Bu davrga kelib, Rossiya ijtimoiy hayotida muhim voqealar bo'lib o'tdi. 1861-yilda krepostnoylik huquqi bekor qilindi va bu jarayon demokratik o'sishni vujudga keltirdi. San'atning barcha turlari rivojlanib bordi. 1860-yillar rus adabiyoti, teatr, tasviriy san'at va aniq fanlar gullab-yashnagan davr bo'ldi. Musiqa hayotida juda katta o'zgarishlar sodir bo'ldi. Musiqa tobora keng doirada tarqala boshladi. 1859-yilda Peterburgda, 1860-yilda Moskvada Rus musiqa jamiyati (RMJ) tashkil topdi. Bu jamiyat nizomida, Rus musiqa jamiyati maqsadi -"Rossiyada musiqiy ta'limning keng tarqalishiga ko'maklashish, musiqa san'atining barcha sohalari rivojlanishiga o'z hissasini qo'shibgina qolmay, qobiliyatli rus san'atkorlarini va musiqa fani o'qituvchilarini ish samaradorligini oshirish maqsadida ularni rag'batlantirib borish" dan iborat edi. Rus musiqa san'atini targ'ib qilish bilan shug'illanuvchi musiqa jamiyati tomonidan tashkil qilingan konsert dasturlarida, rus

kompozitorlarining asarlari ijro etilishi o'z navbatida rus san'atkorlarining konsertlar berish imkoniyatiga zamin yaratdi.

Birinchi rus konservatoriyasi 1862-yilda Peterburg shahrida ochildi. Unga direktor etib taniqli pianino ijrochisi, kompozitor, dirijor, musiqiy jamoat arbobi Anton Grigorevich Rubinshteyn tayinlandi. Moskva shahrida 1866-yilda ochilgan konservatoriyaga esa, Anton Grigorevichning akasi, yetuk malakali ziyoli musiqachi, mohir pianist, dirijor, pedagog va musiqiy jamoat arbobi Nikolay Grigorevich Rubinshteyn direktor etib tayinlandi. 1862-yili M.A.Balakirevning tashabbusi bilan bepul o'qitiladigan musiqa maktabi ochildi.

Shu yillarda A.N.Skryabin va S.A.Raxmaninovning to'liq yetuklikka erishdi. Bu davr - jamoatchilik harakatining o'sishi hamda ijtimoiy hayotda katta o'zgarishlar davri bo'ldi. Har bir kompozitor o'z dunyo qarashlari va uslublari bilan musiqiy asarlarida o'sha davr ijtimoiy hayotini tasvirlar edi. Masalan, A.N.Skryabinning asarlarida yuksak g'oyalarga intilish shiddatli ehtiros bilan nomoyon bo'lgan. A.N.Skryabinning "Ilohiy poema"si, "Zavq poemasi", "Prometey" asarlari ko'tarinki romantik ruh bilan yo'g'rilgan bo'lib, buyuk iroda bilan dunyoni o'zgartira oladigan qaxramon shaxsini ifodalaydi. S.N.Raxmaninovda esa tashvishli, Eramatik fojeali-hayajonli musiqiy qiyofani yaratadi. N.A.Rimskiy-Korsakovning oxirgi operalari rus opera klassikasining yorqin davrini yakunlaydi. Ushbu janr sohasida kompozitorlarning yosh avlodi bo'lmish S.I.Taneyev va S.V.Raxmaninov o'z faoliyatini olib bordilar. S.I.Taneyev 1894-yilda "Oresteya" operasini, Raxmaninov esa bir aktli "Xasis bahodir", "Francheska da Rimini" operalarini yaratdi. A.N.Skryabin, S.V.Raxmaniniv va N.K.Metnerlarning ijrochilik faoliyati fortepiano san'atini yuksak darajaga olib chiqdi.

XIX asrga kelib musiqa san'at olamida yangi bir oqim, romantizm oqimi vujudga keldi. Romantizm so'zining lug'aviy ma'nosi, fransuz tilidan olingan bo'lib "hayol surish" degan ma'noni anglatadi. Eng avvalo romantizm oqimi san'atni avvalgi davrda badiiy ijodda uchramagan yangi mavzular bilan boyitdi. Insonning ichki kechinmalarini, ruhiy olamini, his-tuyg'ularini ko'rsatib berish bunga yaqqol misoldir. Oddiy kishilarning g'ururi, orzu-umidlari, mehr-muhabbati, dardi, armonu-alamlari haqida hikoya qiladigan asarlar ko'plab yaratildi. Tabiat mavzusi ham romantik kompozitorlarga o'zgacha ilhom bahsh etadi. Xalq ertaklari, afsonalar, fantastik voqealar va obrazlar bilan bog'liq mavzular romantik kompozitorlarni o'ziga jalb etmasdan qolmaydi. Romanatizmning yangi obrazlari bo'lgan lirik-psixologik kayfiyatlar, ertak bilan bog'liq fantastik obrazlar, qahramonona ko'tarinki ruh va boshqa ko'plab obrazlarni tasvirlash zarurati musiqa ifoda vositalarining boyishiga sabab bo'ldi. Kuy, garmoniya va tembr go'zalligi eng yorqin ifoda vositasidir. Insonning ichki dunyosi, uning o'zgaruvchan kayfiyatlarini ifodalash uchun kompozitorlar melodiya va garmoniyani nihoyatda go'zal va ifodali bo'lishiga

erishdilar. Romantizm oqimi musiqa san'atida butun XIX asr davomida yetakchilik qildi. F.Shubert, K.M.Veber, F.Mendelson, R.Shuman, F.List, R.Vagner, I.Brams va boshqa ko'plab buyuk kompozitorlar romantizm oqimining yetuk nomoyondalaridir.

Ajoyib kompozitor, ijrochi va drijor Sergey Vasilevich Raxmaninov o'z ijodi bilan butun dunyo musiqa san'ati olamida katta o'rin egalladi. Zamodoshlari Virubel, Blok, Skryabin singari Raxmaninov o'z ijodida XIX asrning oxiri XX asr boshlaridagi rus san'atiga xos romantik yo'nalishni va intilishni ifodalovchisidir. S.V.Raxmaninov 1873-yil 20-mart kuni Novgorod guberniyasi dvoryanlar xonadonida tug'ildi. Birinchi musiqa saboqlarini o'z onasidan oladi. 1885-yil Raxmaninov Moskva konservatoriyasi Zverev sinfiga o'qishga kiradi. 1988-yillar yuqori bo'limiga Ziloti sinfiga o'tib, Ganiv va Arenskiylardan fuga va kompozitsiya darslarini oldi. 1889-yil xolasi Satinanikiga ko'chib boradi va konservatoriyada o'qish bilan birgalikda musiqa bilim yurtida dars beradi. O'qish davrida xilma xil asarlar yaratdi.1 Roxmaninov asarlari ichida 1-chi fortepiano konserti, 1892-yil Raxmaninov konservatoriyani bitirishiga bir aktli "Aleko" operasini 17 kun ichida yozadi va imtixon ishiga topshiradi. 1893 yil Chaykoviskiy yordamida, aprel oyida katta teatr sahnasida namoyish etiladi. 1890-yillar o'rtasida kompozitor ijrochi sifatida ham tanildi. Kiyev shahrida esa, uni drijor deb tanlashadi. Roxmaninovning №2 simfoniyasi Peterburgda pressp tominidan qattiq tanqid qilindi. Kompozitor bu jarayondan ranjlanib 3 yil mobaynida musiqa bilan shug'ullanmay qo'yadi, 1897-yildan boshlab S.V.Raxmaninov dirijorlik faoliyatini boshlaydi. 1900-yil ijodiy krizisdan o'tib kompozitor yangi yirik asar yaratadi. Bular 2 ta fortepiano va orkestr uchun konsert va II fortepiano uchun syuita, 1904-1906-yillar davomida kompozitor katta teatrni bosh drijori bo'lib ishladi. Uning rahbarligida "Ivan Susanin", "Pikovaya Doma", "Knyaz Igor" operalari sahnalashtirildi. 1906-yil Italiyaning Drezden shahrida 3 yil davomida yashab 1 simfoniya "O'liklar oroli" simfoniyasini, romans siklida "Salambo" operasini boshlanish qismini yaratdi. 1918-1943-yil Roxmaninov AQSHga ko'chib ketadi. 10 yil davomida musiqa yarata olmaydi. 1926-yili ijodiy yo'lga ketadi. Chet elda yashash davrida 4 ta konsert, orkestr va xor uchun 3 ta rus xalq qo'shig'ini yaratadi. Ijodini so'nggi yillardagi xarakteri tragedik ko'rinishda edi, chunki kompozitorning dunyoqarashi ancha o'zgarishlar bo'ldi. Vatan sog'inchi bilan g'oyaviy sharoitni qabul qilmas edi. Uning asarlarida ruhiy dramma o'z aksini topadi. 1943-yilda 28-mart kuni uch oy ichida rivojlanib kelayotgan kasallik uni o'limga olib keladi.

Raxmaninov drammatik mavzularda Chaykovskiy singari to'lqinsimon, sekvensiya, variantli rivojlanish bilan birga tez erishiladigan avjdan foydalanadi. Janr bo'yicha kompozitorning ijodiy merosi 3 ta opera: "Aleko", "Skupoy ritsar",

1 O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi Farg'ona iqtisoslashtirilgan maktabi "Musiqa nazariyasi" kafedrasi bo'lim boshlig'i M. Mahmudova Ma'ruzalar matni. Farg'ona 2019-yil 30- avgust.

"Franchesko da Rimni" 4 ta simfoniya №1, №2 simfonik fantaziya. "O'liklar oroli" poemasi, "Utsoy", 2 ta kantata-Bahor" va "kolokola"

Epik Trio - "Pamyati velikogo xudojnika" (Chaykovskiyga bag'ishlangan) 80 dan oshiq romanslar, 5 ta konsert ( 4 ta konsert va Paganini mavzusida rapsodiya) 2 variatsiyali to'plam. 24 ta Prelyudiya yaratgan. Raxmaninov ijodining asosini prelyudiya, etyud-tasvirlar va konsert janrlari tashkil etadi. Prelyudiyalarda asosan kompozitorning fortepiano uslubi alomatlari sezilarli darajada.

Raxmaninovning prelyudilari Shopen va Skryabin prelyudiyalari kabi barcha major va minor tonalliklarini o'z ichiga oladi.

Si bemol major prelyudiyasi (№ 2 soch 23) - qahramonona -monumental asardir. Qahramonona xarakteri bilan Glinkaning epik musiqasining yakunidir.

Re minor prelyudiyasi (№ 3 soch 23) - daramatik ko'rinishda bo'lib, kompozitor tomonidan menuet janriga yaqinlashgan.

Sol minor prelyudiyasi esa (№ 5 soch 23) marsh janrining psixologik jihatlarini talqin etgan. Prelyudiyada ikkita emotsional holat o'zaro solishtiriladi.

Re major prelyudiyasi (soch № 4 ) Raxmaninovning musiqiy lirik tasvirining eng yorqin namunalaridan biri. Rus tabiat obrazlari bilan boyitilgan.

Raxmaninovning etyudlari yangicha talqinga ega bo'lib ya'ni oddiy etyud bo'lib qolmay, balki adabiy asar sifatida rivojlangan. Shu bilan birga Raxamaninov opera janrida ham o'z faoliyatini olib borgan. Opera - bu grek tilidan olingan bo'lib "ish, mehnat" degan ma'noni bildiradi. Opera janri sahnada namoyish etiladigan yirik musiqiy asardir. Bu asar 4 xil san'at turi yig'indisidan hosil bo'ladi. Bular: musiqa san'ati, teatr san'ati, raqs san'ati va rassomchilik san'atidir. Musiqa san'ati operada asosiy o'rinni egallaydi. Bunga sabab opera voqealari va bosh qahramonlarning ichki kechinmalarini asosan kuylash va simfonik orkestrning ijrosi orqali tasvirlanadi. Har bir honanda sahna mahoratiga ega bo'lishi bilan bir qatorda, ulardan aktyor bo'lish ham talab qilinadi. Operada raqs nomerlari ham mavjud. Rassomchilik san'atining vazifasi esa, sahnani bezash va dekoratsiya yaratishdir. Opera asari kompozitor tomonidan tarixiy voqealar, ertak va afsonalar yoki yozuvchi va shoirlarning asarlari asosida yaratiladi. Opera musiqasi yaratilishidan avval uning adabiy matni yoziladi. Bu matn biror shoir tomonidan yoziladi va Libretto deb nomlanadi. Opera tomoshasi bir necha bo'lim (parda) dan iborat. Opera musiqasi nomerlardan iborat bo'lib, ular besh xil bo'ladi:

1. Yakka nomerlar (ariya, monolog, qo'shiq romans va h.k).

2. Ansambl nomerlari (duet, trio, kvartet, kvintet va h.k).

3. Xor nomerlari.

4. Raqs nomerlari.

5. Orkestr nomerlar

Opera tomoshasi orkestr ijro etadigan kuy-uvertyura bilan boshlanadi. Uvertyura musiqasi operaning mazmunini aks ettiradi. Opera asari mazmuniga qarab kulguli yoki fojiali bo'ladi. Buni uvertyurani eshitib payqash mumkin. Birinchi opera 1594-yilda Italiyaning Florensiya shahrida yaratildi. Uning mualliflari kompozitor J.Peri va shoir O.Rinuchinni edilar. Bu opera asarining yaratilishiga sabab, qadimgi grek tragediyasidir.

1892-yil Roxmaninov konservatoriyani bitirishiga bir aktli "Aleko" operasini 17 kun ichida yozadi va imtixon ishiga taklif qilinadi. Bu opera A.S.Pushkin asari asosida yaratilgan. Chaykovskiy yordamida 1893-yil aprel oyida katta teatr sahnasida ommaga taqdim etilgan. Bu operada ishqiy munosabat mavzusi ko'rsatilgan.

Roxmaninov hayotini tahlil qilishda, bu insonning o'z hayotini juda samarali va ijodkorona o'tkazganligiga guvoh bo'lamiz. Uning asarlari san'at kollejlari va oliy o'quv yurtlarida o'quv rejasiga kiritilgan. Bu asarlar o'quvchidan texnik mahoratini ko'rsatishni talab qiladi. Roxmaninovning ijod yo'li har bir san'atkor havas qilarli darajada bo'lib o'tgan.

Bizning yurtimizda san'atga bo'lgan e'tiborni, madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Prezidentimizning farmonlari, maqom maktablarini tashkil qilinishi aksida ham ko'rishimiz mumkin.

Foydanilgan adabiyotlar

1. Nosirova Yu. Rus musiqa tarixi (IX-XVIII) - T., O'zDK nashriyot bo'lim, 2009

2. Ganixonova Sh. XX asr musiqa tarixi - T., 2011

3. Tursunova R., Tursunova G. Jahon musiqa tarixi - T., "Voris - nashriyoti", 2017

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.