CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A
I
AL ASIAN |q#INAi.OF IU1SI IPLT№3KY RKSEAKCH MANAGEMENT STUDIES
BO LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O'QITUVCHILARINI PISA BAHOLASH DASTURI ORQALI KASBIY- PEDAGOGIK FAOLIYATGA MOSLASHISHNING PEDAGOGIK SHART-
SHAROITLARI
Atabayeva Xumora Muhammadjanovna Toshkent viloyati pedagoglarini kasbiy rivojlantirish markazi Metodik xizmat ko"rsatish bo"limi texnologiya fani metodisti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13371360
ARTICLE INFO
Received: 20th August 2024 Accepted: 22nd August 2024 Published: 25th August 2024
KEYWORDS shaxs, texnologiya, baholash tizimi, kasb, moslashish, ko^nikma, malaka
ABSTRACT
Maqolada bo'laj'ak texnologiya fani o'qituvchilarini PISA baholash dasturi orqali kasbiy- pedagogik faoliyatga moslashishning pedagogik shart-sharoitlariyoritilgan
Barkamol shaxs va yetuk mutaxassislarni tarbiyalashga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy modelining jahon miqyosida e'tirof etilishi ko'p jihatdan umumiy o'rta ta'lim tizimining tubdan yangi asoslarda tashkil etilayotganligi bilan ham belgilanadi. Bu borada amalga oshirilayotgan ulkan vazifalarning muvaffakiyatli hal etilishi ko'p jihatdan kasbiy maxoratli, o'z faoliyatida innovatsion texnologiyalarni dadillik bilan joriy eta oladigan,darslarni milliy an'analarga xos va mos yuqori kasbiy- pedagogik tayyorgarlik va shaxsiy nuqtai nazarga ega texnologiya fani o'qituvchilarini tarbiyalash bilan bog'liq. Biroq ta'lim jarayonlarini takomillashtirishga qo'yilayotgan yangi, yanada yukorirok talablar, shuningdek, yangicha fikrlaydigan,milliy axloqiy fazilatga ega Kasbiy-pedagogik faoliyatni takomillashtirigan mutaxassisni shakllantirish zarurati va shunga imkon beradigan sharoitlarning ishlab chikilmaganligi o'rtasida obyektiv ziddiyatlar mavjud. Respublikamizning hozirgi taraqqiyot bosqichi umumiy o'rta ta'lim tizimida isloxatlarning jadallashtirishni talab etmokda.
So'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda.
Bu o'z-o'zidan o'quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama ta'lim tarbiyaga e'tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarning ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Ta'lim siyosatini ishlab chiqish jarayonida PISA va shunga o'xshash xalqaro standartlashtirilgan baholash darajalari milliy va xalqaro miqyosda tobora ko'proq qo'llanilmoqda.
PISA umumiy, xalqaro miqyosda kelishilgan doirada muntazam baholash orqali ta'lim tizimi faoliyati milliy monitoringi tomonidan taqdim etiladigan ma'lumotni yanada keng kontekstda yaratish uchun o'ylab topilgan; talabalarning bilimlari va boshqa omillar o'rtasidagi
munosabatlarni o'rganish orqali ular "mamlakatlar ichidagi va mamlakatlar o'rtasidagi chiqishlarning o'zgarishi manbalari to'g'risida tushuncha berishlari" mumkin.
So'nggi o'n yilliklarda PISA va shunga o'xshash baholarning qo'llanilishi, o'quvchilarning bilimlarini baholashdan tortib, "ta'lim sohasi (ularning an'anaviy vakolatxonasi) bilan siyosiy maydon" ni bog'lashgacha kengaydi. Bu PISA ma'lumotlari ularga asoslangan asosiy siyosiy qarorlarning og'irligini ko'tarish uchun etarlicha mustahkammi yoki yo'qmi degan savolni tug'diradi, chunki Breakspear ma'lumotlariga ko'ra PISA ma'lumotlari "tobora shakllanib, aniqlanib va baholanmoqda. Bu shuni anglatadiki, PISA testlarini o'rnatganlar - masalan. baholanadigan va baholanmaydigan tarkibni tanlashda - munozara shartlarini belgilash va dunyoning ko'plab mamlakatlarida ta'lim islohotlarini yo'naltirish uchun katta kuchga ega.
PISA shuningdek talabalarni innovatsion sohalarda baholaydi.
O'qituvchi shaxsida kasbiy moslashish qobiliyatlarini shakllantirish va o'zlashtirilgan bilimlardan amaliyotda ijodiy foydalanishga oid tadqiqotlar natijalari hozirgacha ma'lum bir tizimga keltirilmagan. Buni ko'p sonli misollar tasdiqlaydi. Masalan, nazariy bilimlarni yaxshi o'zlashtirgan talabalar amaliy faoliyatda duch keladigan ishlab chiqarish xarakteridagi masalalarning mohiyatini tushuntira olmaydilar. Bu holat nazariyani amaliyot bilan uzviy bog'lab o'rganmaslik oqibatida kelib chiqadi. Ta'lim mazmunini loyihalashdagi kamchilik va nuqsonlar oqibatida talabalar amaliyotdan ajralib qolgan, normal hamda yahlit bo'lmagan shakldagi bilimlarni egallaydilar. Talabalar bilimlarining formal ekanligini yana bir sababi ko'pchilik holatlarda ularning tayyor holda, mohiyatini tushunmay, mexanik ravishda o'zlashtirilishidir. Bunday bilimlardan faqat standart holatlarda foydalanish mumkin, ammo o'zgargan (nostandart) sharoitda ulardan foydalanish muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Hozirgi paytda texnologiya fani o'qituvchilarini tayyorlash muammosining qiyosiy tahlili, anketa so'rovlari bu borada quyidagi ziddiyatlar mavjudligini ko'rsatdi:
• oliy pedagogik ta'lim muassasalari oldida turgan nazariy va amaliy masalalar, yosh pedagog va talabalarni tayyorlashning mavjud mazmuniga maktab tomonidan qo'yilayotgan yangi talablar bilan bo'lajak pedagoglarga kasbiy ta'lim berishga yondashishning yetarlicha nazariy ishlab chiqilmaganligi o'rtasida;
• fan-texnika taraqqiyotining zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash darajasiga qo'yadigan talablari hamda umumiy o'rta ta'lim tizimi o'quvchilarining tayanch bilimlari darajasi o'rtasida;
• talabalar mustaqil ishlarini tashkil qilishga qo'yilgan talablarning kuchaytirilishi, mustaqil o'rganish faoliyati va ularni tashkil etish bo'yicha bilimlari va malakalari yetishmasligi o'rtasidagi;
• mavjud pedagogik ta'lim tizimining ko'p jihatdan reproduktiv xususiyatga ega ekanligi va oliy pedagogik ta'lim muassasasi bitiruvchisi - bo'lajak o'qituvchining pedagogik moslashuvchanligini shakllantirishga individual-ijodiy yondashish zarurligi o'rtasida;
• o'qitish jarayoniga mavjud qarashlar va jamiyatning kasbiy ta'lim rivojlanishiga qo'yadigan zamonaviy talablari o'rtasida;
• o'qituvchilik kasbining ommaviylik xususiyati bilan maktabning ijodiy fikrlovchi, yuksak kasbiy, pedagogik mahoratga ega bo'lgan o'qituvchiga ehtiyoji o'rtasida;
• yangi pedagogik texnologiyalarni ta'lim amaliyotiga nisbatan keng tatbiq etilishi hamda ularning yakuniy natijalarini kafolatlangash muammosining hal etilmaganligi o'rtasida;
• o'qitish zamonaviy texnologiyalari sifatiga talablar o'sganligi bilan ularni loyihalashtirishdagi an'anaviy metodlar o'rtasida;
• pedagogik texnologiyalarga talabalarni o'qitish yordamida mahoratlilik asoslarini shakllantirish zarurligi va ushbu vazifani bajarish uchun yetarli didaktik ta'minotning yo'qligi o'rtasida;
• eng yaxshi o'qituvchilar faoliyati natijasida paydo bo'lgan o'qitish texnologiyasining
sifat ko'rsatkichi va ularni baholashdagi eski metodlar o'rtasida.
Ko'rsatib o'tilgan qarama-qarshiliklarni yo'qotish, shaxsning har tomonlama rivojlanishi, kasbiy faoliyat yaxlit obrazini egallash uchun ta'lim jarayoni maqsadlari, mazmuni, shartlari, vositalari, natijalari o'rtasidagi mustahkam bog'liqlikni ta'minlay oladigan mutaxassis tayyorlash modelini ishlab chiqish zarur.
Shu bilan birga, bunday tayyorgarlik asosini oliy pedagogik ta'lim tizimida zamonaviy ta'lim texnologiyalariga asoslangan novatorlik-tashkiliy-iqtisodiy yechimlaridan foydalangan holda bitiruvchini kasbiy tarkib toptirish g'oyasi tashkil etishi kerak.
Oliy ta'lim muassasasi sharoitida kasbiy moslashish sifatlarini shakllantirish talaba shaxsining bilish sifatini aks ettirgan o'quv-tarbiyaviy va kasbiy faoliyati tizimlarini yaqinlashtirish asosida qaraladi . Bu o'rinda biz talabaning bilish faoliyatidagi moslashuvchanlik kasbiy yo'nalganlik kasb etib, oxir-oqibat kasbiy moslashishga o'tishi to'g'risidagi E.F.Zeyerning fikrlariga qo'shilamiz . Bo'lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarliklarini o'rganishda ko'pchilik tadqiqotchilar asosiy e'tiborni o'qitish mazmuni, metodlari va didaktik vositalarni qo'llashga oid turli metodikalarga qaratadilar. Bularning barchasi, albatta, kasbiy faoliyatining turli tomonlariga ma'lum ta'sir ko'rsatadi. Lekin mutaxassis shaxsining alohida xususiyatlar va sifatlari emas, balki ularning yaxlit shakllanishi maqsadlarini samarali amalga oshirish uchun, bilim va malakalarni shakllantirish tizimini, dunyoqarash, motivatsion doirasini, ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishni ta'minlash, keyingi kasbiy faoliyatida bilim va malakalarni egallash jarayonini obektiv mazmun bilan to'ldirish kerak. E.G'oziyev , A.S.Linda , Z.A.Reshetova va boshqa psixolog olimlarning fikricha, talabalarning formal bilimlarini bartaraf etishda quyidagi didaktik omillardan keng ko'lamda foydalanish zarur:
- muammoli va dasturli ta'lim elementlari;
- talabalar tomonidan mustaqil ish rejasini tuzish, ma'lumotnomalar bilan ishlash;
- ma'lumotlari to'liq bo'lmagan yo'riqnomalardan foydalanish, bunday sharoitda talabalar qo'yilgan masalani yechish uchun jiddiy o'ylashga majbur bo'ladi.
Bu esa o'z navbatida xalqaro baholash tizimlari bilan o'zaro bog'lanish asosida pedagogik kadrlarni kasbga moslashish imkoniyatlarini yanada oshirishdan dalolatberadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4884-son qarori;
2. Jo'rayev R.H, Tolipov O'.T., Sharipov SH.S. Uzluksiz ta'lim tizimida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirishning ilmiy pedagogik asoslari -Toshkent, «Fan», 2004. - 120 b.
3. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar.-Qarshi: «Nasaf», 2000.-144b.