Научная статья на тему 'BО‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI О‘QITUVCHILARINING DIZAYNERLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KREATIV FIKRLASHNING AHAMIYATI'

BО‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI О‘QITUVCHILARINING DIZAYNERLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KREATIV FIKRLASHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kreativ fikrlash / kasbiy ijodkorlik / dizaynerlik kompetensiyasi / bilish / motivatsiya / intellektual / rivojlanish / ijod / ta’lim / texnologiya / dizayn / model / konstruksiyalash / modellashtirish / texnologik ta’lim.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Norbutayeva Dilafruz Abdurasulovna

Ushbu maqolada bо‘lajak texnologiya fani о‘qituvchilarining dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirishda kreativ fikrlashga о‘rgatishning pedagogik jihatlari, kreativ fikrlash jarayonlarini faollashtirish tizimini takomillashtirish, kreativlik orqali shaxsning mustaqil fikrlash sifatlari, ijodkorlik faoliyatida intellektual rivojlanishning pedagogik ta’sir vositlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BО‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI О‘QITUVCHILARINING DIZAYNERLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KREATIV FIKRLASHNING AHAMIYATI»

BO'LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O'QITUVCHILARINING DIZAYNERLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KREATIV FIKRLASHNING

AHAMIYATI Norbutayeva Dilafruz Abdurasulovna

O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10679580

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarining dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirishda kreativ fikrlashga o'rgatishning pedagogik jihatlari, kreativ fikrlash jarayonlarini faollashtirish tizimini takomillashtirish, kreativlik orqali shaxsning mustaqil fikrlash sifatlari, ijodkorlik faoliyatida intellektual rivojlanishning pedagogik ta'sir vositlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: kreativ fikrlash, kasbiy ijodkorlik, dizaynerlik kompetensiyasi, bilish, motivatsiya, intellektual, rivojlanish, ijod, ta'lim, texnologiya, dizayn, model, konstruksiyalash, modellashtirish, texnologik ta'lim.

O'zbekiston Respublikasida ta'lim va fan sohasida olib borilayotgan islohotlarning bosh zamirida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda ularning kreativ fikrlashini rivojlantirish masalasi dolzarb vazifa sifatida ilgari surilmoqda. Jumladan, hozirgi davrda talabalarning bilim olish motivatsiyalarini shakllantiruvchi mexanizmlar va o'qitishning yangi shakl, noan'anaviy metodlari orqali ularning bilish jarayonlarini faollashtirish tizimini takomillashtirish, ulardagi kasbiy-pedagogik ijodkorlikni shakllantirish hamda indikatorlar tizimi orqali ta'lim-tarbiya jarayoni sifatini boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqib amalga joriy etish metodlari mavjud bo'lib, aynan mana shular uzluksiz ta'lim tizimini mazmunan modernizatsiyalashni, ta'lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko'tarishga xizmat qiladigan ta'sirchan choralarni ko'rishni taqozo qiladi. Jamiyat rivojlanishi bilan texnika va texnologiyalarning juda tez almashinishi insondan o'z hayoti mobaynida o'zgarishi mumkin bo'lgan kasblar va mutaxassisliklarga moslashib borishni talab qiladi.

Shuning uchun talabalarda bo'lajak kasbi va kasbiy faoliyatga kreativ yondashishni tarbiyalash zarur hisoblanadi. Ayniqsa, texnologiya o'qituvchisi boshqa o'qituvchilardan farqli o'laroq ish uslubida kreativlik va ijodiy fikrlash qobiliyatlariga ega bo'lmog'i zarur. Zehnlilik, topqirlik, sinchkovlik, qiziquvchanlik, izlanuvchanlik sifatlari, mustaqil va tanqidiy fikrlashning tarkib toptirilishi bo'lajak o'qituvchining kreativlik faoliyatini tashkil qilishning asosiy omillari hisoblanadi.

Kreativlik (lot., ing. "create " - yaratish, "creative" - yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyat. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi va iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi [1]. Kreativlik negizida qanday holatlar aks etadi, degan savolga javob qaytarar ekan amerikalik olim Patti Drepayeu quyidagilarni ko'rsatadi: muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o'zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o'zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta'sirchanlik [2]. Ko'p holatlarda kreativlik ijodkorlikni ifodalaydi, ularning ikkisi bir-biriga sinonim tushunchalar, degan fikrni ilgari surishadi. Mohiyatiga ko'ra, har ikki tushuncha turli holatlarni ifodalaydi. Ya'ni, ijodkorlik - ijod mahsulotini yaratishga qaratilgan harakat bo'lsa, kreativlik -

ko'plab yangi, o'ziga xos, bir-biriga o'xshamagan, biror-bir muqobili bo'lmagan g'oyalarni ilgari surish sanaladi. Bir-birini taqozo etuvchi ushbu tushunchalar shaxs yangi, o'ziga xos g'oyalariga tayangan holda ijod mahsulotini yaratishga xizmat qiladi.

Bo'lajak o'qituvchilarda kreativ fikrlashini rivojlantirish insonning bilish jarayoni bilan bevosita bog'liqdir. Insonning bilish jarayoni psixik jarayonlarning tizimli tarzda namoyon bo'lishini ifodalaydi. Bular bo'lajak o'qituvchining kasbiy bilimlarni idrok etishi, xotirasida saqlab qolishi, eslab qolishi, qayta ishlashida o'z ifodasini topadi. Ta'limda mazkur jarayonlarni faollashtiruvchi, mahsuldor usullar va metodlarni o'tgan asrning oxirlaridayoq mutaxassislar tomonidan tizimli tarzda o'rganila boshlangan.

Bunda bo'lajak o'qituvchining bilish faoliyatini jadallashtirish orqali kreativ fikrlashlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Bo'lajak texnologiya o'qituvchilarini tayyorlashda maxsus fanlar tarkibiga kiruvchi "Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish" fani kreativ fikrlash, dizaynerlik faoliyati bilan chambarchas bog'liqdir. "Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish" fani amaliy mashg'ulotida shu ta'lim yo'nalishidagi barcha umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan olingan nazariy va amaliy bilim, ko'nikma va malakalar, ya'ni integratsion mazmun amalda qo'llanilib, ta'lim oluvchilarning dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bo'lajak texnologiya o'qituvchilarining dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirishda past kurslarda olingan nazariy va amaliy bilimlarini mazkur fanda qo'llashlari uchun imkoniyat tug'iladi, chunki "Materialshunoslik" fanida olingan bilimlarga asoslanib, model yaratishda gavda turiga moslab gazlamaning xususiyatini e'tiborga olib zamonaviy modellarni yarata oladi. "Chizma geometriya va muxandislik grafikasi" va "Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish" fanlarida turli buyumlarni konstruksiyalash va modellashtirish bo'yicha egallangan bilimlariga asoslanib, tanlangan model uchun asos konstruksiyasini quradilar hamda texnik modellashtirib yangi model andozasini hosil qiladilar.

Tikuv buyumlari bo'yicha mohir konstruktor bir vaqtning o'zida bir nechta sifatlar egasi: rassom, kreativ fikrlovchi, o'z g'oyalarini eskizda, gazlamada amalga oshirishga qodir, shuningdek, kiyim orqali odamlarga o'zlarining ichki fazilatlarini namoyon etishga yordam beradigan psixolog hamda ma'lum darajada rejissyor bo'lib, mijozga har safar yangi obraz, yangi rol taklif qila oluvchi bo'lishi lozim.

Dizayn - badiiy loyihalashning bir turi bo'lib, buyumlar muhitini qulaylik, tejamkorlik va go'zallik tamoyillarini birlashtirgan holda yaratishga xizmat qiladi.

Dizayn (ingl. design - loyiha, chizma, rasm) - narsalar muhitining estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi tushuncha. Dizayner esa, kuchli rassom va loyihachidir.

Tikuvchilik buyumlarini loyihalash bilan shug'ullanadigan kishi o'z faoliyatining pirovardida chiroyli buyum yaratishga harakat qilar ekan, birinchi navbatda, mazkur buyumning estetik qiymati nimadan iborat ekanligini bilishi lozim. Bo'lajak texnologiya o'qituvchilarining dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirishda kreativ fikrlashlarini rivojlantirishning muhim shartlaridan biri mashg'ulotlarda ta'lim metodlarining to'g'ri tanlanishidagina emas, o'qitish shakllarining aniq belgilanishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan ham izohlanadi. Kasb ta'limida amaliy metodlar eng samarali metod hisoblanib, bu metod talabalar ongida ma'lumotning 75%i saqlanib qolishi bilan ahamiyatlidir. Lekin, o'quv-materiallarini talabalar tomonidan mustaqil o'rganish, amaliy mashg'ulotlarini mustaqil bajarish metodlari undan ham samaraliroq hisoblanadi, bunda 90% bilim o'zlashtiriladi va ko'nikma hosil bo'ladi. Demak,

talabalarni mustaqil o'rganish, izlanish, muammolarni mustaqil yechish, amaliy ta'sirlariga yo'naltirilgan faol metodlarni qo'llash yaxshi samara beradi. O'qitish jarayonida guruhdagi talabalar soni muhim ahamiyatga ega.

Agar guruhda talabalar ko'pchilik bo'lmasa, faol metoddan foydalanib, o'qitishni jadallashtirish mumkin. Agar talabalar ko'p bo'lsa, faol metodlardan foydalanish yaxshi natija bermasligi mumkin. Talabalarning har biri bilan ishlashning imkoni bo'lmaydi. Bo'lajak texnologiya o'qituvchisi to'laqonli ijodiy, amaliy, mustaqil faoliyat yuritishi uchun kompleks bilim va malakalarga ega bo'lishi, ya'ni yetarlicha bilim-malakali konstruktor-texnolog bo'lishi lozim.

Bunda ixtisoslik fanlaridan "Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish" bilan birgalikda "Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi" fanlarini o'qitish jarayonini bosqichma-bosqich qayta ko'rib chiqib, yuqoridagi bildirilgan fikrlarga asoslangan holda bo'lajak texnologiya o'qituvchilarini tayyorlash bosqichlari quyidagilardan iborat bo'ladi: 1. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun hamda Davlat ta'lim standartlariga muvofiq ta'lim mazmuni belgilanadi. 2. Ta'lim oluvchiga bilim berishdagi o'qitishning: og'zaki (suhbat, hikoya, tushuntirish, ma'ruza, bahs-munozara, natijalarni tahlil qilish); ko'rsatmali metodlar (rasmlar, plakatlar, xom-ashyoni namoyish etish, slaydlar); amaliy metodlari dars mavzulariga mos ravishda tanlanadi. 3. Ta'lim shakllari: guruhda, yakka tartibda, juftlikda, kichik guruhda, guruhlararo o'quv xonalarida olib boriladi. 4. Ta'lim vositalari: tikuv mashinalari, dastgohlar, gazlamalar, kostyum andozalari, qirqish moslamalari, manekenlar, tayyor mahsulotlar. 5. Texnik vositalar: kompyuter, videofilmlar, multimedia, doska-stendlardan foydalanish yo'llari aniqlanadi. 6. O'quv materiallari - chop etilgan o'quv va ko'rgazmali materiallardan foydalaniladi.

Ta'lim oluvchida dizaynerlik kompetensiyasi rivojlanishi uchun umumkasbiy, ixtisoslik fanlardan nazariy bilimlar, amaliy ko'nikmalar, avtomatlashtirilgan nazariy bilim va ko'nikmalar majmui, nazorat, shuningdek, monitoring tizimi ishlab chiqilishi zarur. Bu bosqichlar to'liq amalga oshirilgach, dizaynerlik kompetensiyasiga ega bo'lgan bo'lajak texnologiya o'qituvchi shakllanadi. Tavsiya qilingan bu bosqichlarni amalga oshirishda ta'lim jarayoniga ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash talab etiladi. Shunday qilib, bo'lajak texnologiya o'qituvchilariga umumkasbiy, ixtisoslik fanlarini olib borishda ta'lim usullari va mashg'ulot shakllaridan oqilona foydalanish orqali ta'lim oluvchilardagi texnologik kompetentlik, loyihalash va kreativ (ijod qilish) kompetentliklari rivojlanishi orqali dizaynerlik kompetensiyalarini shakllanganligi va rivojlanganligi ko'rinadi, ya'ni mazkur fanlarni o'qitish orqali ta'lim oluvchilarda dizaynerlik kompetensiyalarini o'zida aks ettiruvchi mezonlar: konstruk-texnologik kompetensiya va kreativ kompetensiya (ijod qilish, dizaynerlik qobiliyat) shakllanadi.

Oliy ta'lim tizimida tayyorlanayotgan bo'lajak o'qituvchilarga har tomonlama chuqur bilim berish, ularda izlanuvchanlik, intiluvchanlik, ijodkorlik malakalarini shakllantirish, har qanday sharoitda muammolar yechimini topishga o'rgatish oldimizda turgan asosiy maqsad va vazifalardandir.

REFERENCES

1. Муслимoв Н.А., YcMoHÔoeBa М., Сайфурoв Д., Тураев А. Педагогик шмпетентлик ва креативлик а^^пари. - Т.: ТДПУ, 2015.

2. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). - Alexandria - Virginia, USA: ASCD, 2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.