Научная статья на тему 'BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARINING DIZAYNERLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA HAMKORLI PEDAGOGIKASINING AHAMIYATI'

BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARINING DIZAYNERLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA HAMKORLI PEDAGOGIKASINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
hamkorlik pedagogikasi / dizayn / model / konstruksiyalash / modellashtirish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Norbutayeva Dilafruz Abdurasulovna

Ushbu maqolada bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchisining dizaynerlik kompetensiyasini rivojlantirishda hamkorlik pedagogikasining ahamiyati haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARINING DIZAYNERLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA HAMKORLI PEDAGOGIKASINING AHAMIYATI»

BO'LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O'QITUVCHILARINING DIZAYNERLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA HAMKORLI PEDAGOGIKASINING AHAMIYATI Norbutayeva Dilafruz Abdurasulovna

O'zPFITI mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10115214

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo'lajak texnologiya fani o'qituvchisining dizaynerlik kompetensiyasini rivojlantirishda hamkorlikpedagogikasining ahamiyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: hamkorlik pedagogikasi, dizayn, model, konstruksiyalash, modellashtirish, texnologiya, texnologik ta'lim, kreativlilik, dizaynerlik kompetensiyasi.

Hozirgi zamonda ta'lim tizimi oldida ta'lim oluvchilarga ta'lim-tarbiya berishda yuqori malakali va chuqur bilimga ega bo'lgan mutaxassislar yetkazib berish dolzarb masala bo'lib turibdi.

Shu bois texnologik ta'limda ham bo'lajak o'qituvchilarni dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirish, texnologik ta'limi dasturlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.

Ma'lumki, oliy ta'lim tizimida o'qitiladigan har bir fan asoslarini muayyan ta'lim bosqichlarida ta'lim tamoyillarini belgilab beruvchi asosiy normativ hujjatlar malaka talablari hisoblanib, unda muayyan fanni o'qitishning maqsad va vazifalari, ta'lim oluvchilar o'zlashtirishi zarur bo'lgan bilimlar mazmuni, ular asosida egallashlari kerak bo'lgan ko'nikma va amaliy malakalarning kompetensiyaviy talablari ham belgilab berilgan.

Texnologik ta'lim yo'nalishi bo'yicha malaka talablarida bo'lajak texnologiya o'qituvchisiga dizaynerlik faoliyati bo'yicha quyidagi talablar belgilangan:

- dizayn sohasida zamonaviy kiyim modellarini, kiyimlarning istiqbolli yo'nalishlarini va iste'molchi talablarini inobatga olgan holda kostyum elementlarini konstruksiyalash va modellashtirish;

- yangi zamonaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni amalda qo'llash;

- kiyim elementlari dizaynini tizimli yondashuv asosida avtomatlashtirilgan ravishda ishlab chiqishni o'z faoliyatida qo'llash;

- kiyimning katta va kichik detallarini, bezak elementlarini tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarish uchun konstruktorlik hamda dizaynerlik hujjatlarini va tayyor kiyim namunalarini ishlab chiqish.

Jamiyat va fan-texnika taraqqiyotining hozirgi davrida ta'lim-tarbiya jarayoni, uning mazmuni, shakl, metod va vositalari, mutaxassislar tayyorlash jarayoniga ta'sirini tahlil etganda, bo'lajak texnologiya o'qituvchilarida dizaynerlik faoliyatga bo'lgan ehtiyoj quyidagilar bilan belgilanishini aniqlandi:

- zamon talabiga mos holda ta'lim tizimi metodologiyasi va o'quv jarayoni texnologiyasini yangilashni talab qiladi. Bu jarayonda bo'lajak texnologiya o'qituvchisining dizaynerlik faoliyatida yangiliklar yaratish, kreativ fikrlash va dizaynerlik kompetensiyasini rivojlantirish zaruratini keltirib chiqaradi.

- texnologik ta'lim o'quv rejasidagi fanlarni bo'lajak o'qituvchilarga etkazib berishda o'qitishning yangi tashkiliy shakllari, texnologiyalarini izlash, ya'ni ta'limga innovatsiyalar kiritishni taqozo qiladi.

- konstruktorlik - dizaynerlik bilim, ko'nikma, malakalarni o'zlashtirish va uni amaliyotga tatbiq etishga nisbatan bo'lajak texnologiya o'qituvchilarda motivatsion-qadriyatli, ijodiy-faoliyatli va operatsion-texnologik komponentlarini rivojlantirish kabilar tadqiqot muammosining ijtimoiy, pedagogik-psixologik jihatdan dolzarbligini ifodalaydi.

Bo'lajak texnologiya o'qituvchisini tayyorlashda dizaynerlik kompetensiyasini rivojlantirishda avvalambor mazkur tushunchaning mohiyatini ochib berilishi, uning tarkibiy tuzilmasini belgilanishini belgilab olishni taqazo etadi.

Oliy ta'lim tizimida texnologiya ta'limi o'qituvchilarida dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlanish jarayonini takomillashtirish borasidagi olib borilgan tadqiqotlar tahlili, shuningdek texnologiya ta'lim yo'nalishining malaka talablari, o'quv me'yoriy hujjatlari, o'quv reja va dasturlarini tahlili asosida bo'lajak texnologiya ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashda quyidagi muhim masalalarni hal etish dolzarb vazifa ekanligi aniqlandi:

- bo'lajak texnologiya o'qituvchilarining dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirishda ta'limga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, qo'llay olish kompetensiyasini rivojlanganlik darajalarini aniqlash.

- bo'lajak texnologiya o'qituvchilarining dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirishga (motivatsiyat-qadriyatli, ijodiy-faoliyatli, operatsion-texnologik) tayyorgarligining tarkibiy komponentlari ko'rsatkichlarini taqqoslash.

- ushbu fan o'qituvchilarining dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlanganlik darajasini aniqlovchi tajriba-sinov ishlarini tashkil etish, o'tkazish va amaliyotga tadbiq etish.

Oliy ta'lim tizimida o'qitiladigan barcha ixtisosliklar fanlari o'zida asosan faqat ma'lumot beruvchi, o'rgatuvchilik funksiyasi bilan chegaralanib qolmasdan fikrni rivojlantiruvchi, integrallashtiruvchi, tarbiyalovchi funksiyalariga ham egadir.

Bo'lajak texnologiya o'qituvchisining dizaynerlik kompetensiyasining rivojlanishi uning jamiyatdagi o'rni, pedagogika oliy o'quv yurtidagi majburiyati va vazifalariga hamda individual qobiliyatlariga bog'liq bo'ladi. O'qituvchining dizaynerlik kompetensiyasining rivojlanishi uning individual xususiyatlari (fikrlashning ilmiy tarkib topganligi, ishga ijodiy yondashishi, o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga intilishi va boshqalar)ning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.

O'qituvchining dizaynerlik kompetensiyasini rivojlanishini ta'minlovchi asosiy ziddiyat inson qobiliyatlari hamda pedagogik faoliyat talablari o'rtasidagi tafovut bilan belgilanadi. Bo'lajak o'qituvchining dars berish jarayonda yuzaga keluvchi ziddiyatlarni o'z imkoniyatlari va qobiliyatlari darajasida hal qiladi. Bu faoliyat o'qituvchining individual uslubini belgilab beradi.

Bo'lajak texnologiya o'qituvchisining o'z-o'zini boshqarish, jur'atlilik, qat'iylik, jasurlik, atrofdagi insonlarga hurmat va e'tibor, kamchiliklarini his qilgan holda o'zining imkoniyatlariga ishonch, o'z kuch-quvvatini maqsadli yo'naltira olish, faoliyatini baholashda haqqoniylik, kuchli iroda, aqliy faollik va o'zgaruvchan sharoitlarga moslasha olish, faoliyat va belgilangan vazifalarni amalga oshirish yo'lida imkoniyatlarini jamlay olish, belgilangan maqsadni amalga oshirishda faoliyatini to'g'ri boshqarib borish, shaxsni harakatga keltiruvchi kuch hamda ijtimoiy olam bilan o'z imkoniyatlarini qiyoslay olish sifatlariga ega bo'lsagina yuksak kasbiy mahorat darajasiga erisha olishi mumkinligi aniqlangan.

Bo'lajak o'qituvchilarning o'quv materialini o'zlashtirishi ularda fikrlash jarayonining samaradorligi, shu o'quv materialidan dizaynerlik faoliyatida zarur bo'lgan xulosalarni chiqara bilishi, o'quv materialini umumlashtira olishi, maqsadiga erishuvchanligi, o'z fikrida qat'iy

turishi, o'quv materialining ta'lim jarayonidagi kamchiliklarni to'ldirishga yordam berishi ham inobatga olinishi zarur. Shuning uchun bo'lajak o'qituvchilarga beriladigan o'quv materialining ilmiy, ta'limiy-didaktik va axloqiy talablarga javob beradigan qilib tanlanishi ularning ertangi bilim saviyasi, kelajakda amaliyotdagi yutug'i, shaxs sifatidagi takomili majmuasi hamdir.

Demak, ixtisoslik fanlarini o'qitishda psixologik-pedagogik qonuniyatlarni hisobga olinishi bevosita bo'lajak texnologiya o'qituvchisining dizaynerlik kompetensiyasini shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekan.

Bo'lajak texnologiya o'qituvchisining dizaynerlik faoliyati - bu o'quv tarbiyaviy jarayonga o'zining faol munosabatlarini bildirib, qo'yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy - iqtisodiy nuqtai nazardan yondoshib, komil inson sifatlari bilan birga aqliy, yangi kiyim modellarini yaratishda tafakkurini rivojlantirishga yordam beruvchi faoliyatdir. Shuning uchun ham dizaynerlik bo'yicha ko'nikma va malakani shakllantirishda, har tomonlama takomillashgan ixtisoslik fanlaridan chuqur egallangan bilim zarurdir. Bo'lajak texnologiya o'qituvchilariga ixtisoslik fanlaridan beriladigan bilimlarning o'ziga xos sintezini aniqlash va bu sintezda qatnashayotgan bilimlarning tabiati, ularning o'zaro aloqadorligi, tuzilishi va boshqa fanlar bilan aloqadorligi haqida ma'lumotlarning ta'lim jarayonida berib borilishi maqsadga muvofiqdir.

Har bir bo'lajak texnologiya o'qituvchisining imkoniyatiga, asosan bilimga bo'lgan intilishiga ko'ra o'zining bilimlar blokiga ega bo'ladi. Bu bilimlar tuzilmasiga ko'ra, texnik va texnologik mazmundagi, psixologik-pedagogik, falsafiy, fizik-matematik hamda zamonaviy modellarni yaratish va tikish bo'yicha bilimlar to'plami bo'lib, bo'lajak o'qituvchining qaysi yo'nalishga mos bilimlar kerakligiga tayangan holda, shu mazmundagi bilimlarni bankdan ajratadi. Bu bilimlarni chuqurlashtirib talab qilingan maqsadda foydalanishga harakat qiladi.

Shu sababli har bir bo'lajak texnologiya o'qituvchisi uchun o'rganilishi lozim bo'lgan bilimlar to'plamiga nisbatan uni o'zlashtirish darajasi kasbiy xarakterga egadir. Boshlang'ich holatda bilimlar ketma-ketligi va o'zaro bog'liqligi didaktik ko'rinish kasb etadi. U bo'linmagan yoki bo'linishga loyiq bo'lmagan voqelik hodisalari modeli ko'rinishida qatnashib, qandaydir, nazariyani yoki o'zini namoyon etishning boshlang'ich holatini ifoda etib, bevosita uni bilishga imkoniyat yaratib beradi. Bunda biror-bir yaratiladigan kiyim modeli ustida analiz (tahliliy fikr yuritish) - sintez (xulosa chiqarish) ishlarining olib borilishi, komponentlarning o'zaro bog'liqligi, kiyimda ishlatiladigan gazlama, bezak elementlarining ma'lum va noma'lum tarkibiy qismlar orasidagi bog'lanishlarda empirik qonuniyatlarning mavjudligi kuzatiladi va shu asosda to'g'ri xulosalar chiqarishga harakat qilinadi va ko'zda tutilgan kiyim modellarini yaratiladi. Bunday bilim va malakalarning shakllantirilishi va rivojlanishi dizaynerlikka oid masalalarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, bo'lajak texnologiya o'qituvchisining ixtisoslik bilimlari tizimida etakchi o'rinda turadi.

Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bo'lajak texnologiya o'qituvchisida dizaynerlik komietensiyasini shakllanishi hamda rivojlanishi mazkur o'qituvchining individualligining maqsadlarini tasavvur qilish, ya'ni ijodiy faoliyat maqsadini belgilash hamda dizaynerlik faoliyatida muvaffaqiyatga erishishga intilish, unga oid tasavvurining rivojlanishi, dizaynerlik faoliyatida o'zining emotsional holatlarini boshqarish, shuningdek, bu faoliyatni amalga oshirishdagi qat'iyatlilik, maqsadga intiluvchanlik, echimini topilishi qiyin bo'lgan vaziyatlarni engib o'ta olish, izlanuvchanlik holatida o'z-o'zini boshqara olish, o'zining yaratgan kiyimlarida dizaynerlikka oid echimlarini tahlil qila olish qobiliyatlarini rivojlantira

olish, ijodkor texnologiya o'qituvchisi sifati tasavvurlarning, mustaqil fikrlashning rivojlanishi

kabilardan iborat.

REFERENCES

1. Ibraimov Kh. I. Creativity as one of the characteristics of the personality of the future teacher // Science, education and culture. - 2018. - no. 3 (27). - P. 44-46.

2. Ibragimovich Kh.I. Peculiarities of using credit-module technologies in the higher education system of Uzbekistan //Integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal. - 2021. - P. 209-214.

3. Muslimov N.A, Urazova M.B., Eshpulatov SH.N. Kasb ta'limi o'kituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2013.

4. N.A.Muslimov, D.A.Norbutayeva, "Development of designing creative competencies of future teachers of professional education", SCIENCE COMMUNITY: WEB OF CONFERENCES / KOMUNITAS SAINS:WEB KONFERENSI November-December, 2021 Djakarta, Indonesia

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.