Научная статья на тему 'BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARINING DIZAYNERLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TA’LIM VOSITALARIDAN FOYDALANISH'

BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARINING DIZAYNERLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TA’LIM VOSITALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
28
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
raqamli ta’lim vositalari / loyihalash / modellashtirish / texnologiya / kreativlilik / dizaynerlik kompetensiyasi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — D. A. Norbutayeva

Mazkur maqolada bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirishda raqamli ta’lim vositalarini qo‘llash haqida so‘z boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARINING DIZAYNERLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TA’LIM VOSITALARIDAN FOYDALANISH»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

BO'LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O'QITUVCHILARINING DIZAYNERLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TA'LIM VOSITALARIDAN

FOYDALANISH D. A. Norbutayeva,

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7995433

Annotatsiya. Mazkur maqolada bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarining dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirishda raqamli ta'lim vositalarini qo'llash haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: raqamli ta'lim vositalari, loyihalash, modellashtirish, texnologiya, kreativlilik, dizaynerlik kompetensiyasi

Respublikamizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy hayotida sodir bo'layotgan o'zgarishlar, ya'ni fan-texnika va texnologiyalarning jadal taraqqiyoti va boshqa shu kabi ko'plab omillar ta'lim tizimini, shu jumladan oliy ta'lim muassasalari talabalariga ta'lim berish jarayonini zamon talablari asosida modernizatsiya qilishni taqozo etmoqda. Jahonda yuz berayotgan globallashuv sharoitida pedagog kadrlarning ijodkorlik va kasbiy-kreativlik sifatlarini rivojlantirishga qo'yiladigan talablarning ortib borishi ta'lim sifatini oshirishda innovatsion faoliyatni keng ko'lamda tashkil etishga e'tiborni kuchaytirilayotgan paytda bu tabiiy xol albatta. Bu borada fanlarning elektron didaktik ta'minotini ishlab chiqish, ularni ta'lim jarayonida qo'llash va raqamli ta'lim vositalaridan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda.

Ta'limdagi raqamli vositalar - bu o'qitishda axborot uzatish sifati, tezligi va jozibadorligini oshirish uchun ishlab chiqilayotgan raqamli texnologiyalarning kichik guruhi: elektron ta'lim tizimlari, ijtimoiy tarmoqlar, video xizmatlar, grafikalar bilan ishlash va boshqalar.

Raqamli ta'lim vositalari qo'yilgan metodik maqsadlarni amalga oshirishi uchun o'qituvchiga o'qitishning turli shakllaridan va ularning majmuasidan foydalanish, ya'ni zaruriy ta'lim muhitini barpo etish imkonini beradi. O'qitishning raqamli ta'lim vositalaridan foydalanishda o'qituvchi kompyuterlashtirilgan o'qitish va nazorat qilish dasturlari sharoitdan kelib chiqib o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Raqamli ta'lim vositalari asosida o'qitish: darslarda animatsion, audio-vizual vositalarni hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash bo'lajak o'qituvchilarga mustaqil ishlash samaradorligini oshiradi va ijodiy faoliyat bilan shug'ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi, axborotlarning noan'anaviy manbaalariga murojaat qilish imkoniyatlarini ochib beradi, fanga oid kompetensiyalarini rivojlantiradi. Raqamli ta'lim vositalarini eng so'nggi pedagogik qonuniyatlar asosida ishlab chiqib, yosh avlodda o'ziga ishonch, fanga qiziqish, mehnatsevarlik, o'zgalar mehnatini qadrlash, zamonaviy bilim olish, hunar egallashga bo'lgan qiziqish, mustaqil va kreativlik xislatlarini rivojlantirishda muhim o'rin egallaydi. Bu esa mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ularning komponentlarini takomillashtirish, jismonan sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan yosh avlodni ijodiy va intellektual salohiyatli qilib yetishtirishda katta ahamiyatlidir.

Bo'lajak texnologiya o'qituvchilarini o'qitish jarayonida talabalarning dizaynerlikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishda raqamli ta'lim vositalarini yaratish o'quv faoliyatining quyidagi turlarida qo'llash mumkin: yangi nazariy materiallarni o'rganish va bayon etishda; nazariy va amaliy mashg'ulotlarni tashkil etishda; o'rganilgan o'quv materialini

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

mustahkamlash, nazorat qilish va tekshirishda; o'quvchilarning mustaqil ishlarida; ochiq darslar, telekonferensiyalar, audiokonferensiyalar, namunaviy mashg'ulotlarni o'tkazishda; amaliy mashg'ulotlar j arayonida.

Bo'lajak texnologiya o'qituvchilarini tayyorlashda, ularga ixtisoslik fanlar turkimiga kiruvchi "Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish" fanini, kiyim modelini yaratishda uning dizaynini mukammal o'rgatish maqsadga muvofiq. Talabalar o'z mutaxassisliklarining mohir ustasi bo'lishlari uchun ularni konstruktorlik-texnologik prinsipi asosida rassom-modelyer-texnologga qo'yiladigan kompleks talablar darajasida tayyorlash maqsadga muvofiq.

Bo'lajak texnologiya o'qituvchilarini o'qitish jarayonida ayniqsa dizaynerlikka oid tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishda raqamli ta'lim vositalarini qo'llash katta imkoniyatlar yaratadi. Sababi raqamli ta'lim vositalari rang-barangligi, ko'rgazmaligi va ko'rsatmaligi, animatsiyalarga, audio-vizual vositalarga boyligi bilan bo'lajak o'qituvchilarni o'ziga tortadi hamda ijodiy yaratuvchanlik qobiliyatlarini, loyihalash, texnologik, kreativlilik va dizaynerlik kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Masalan, modellashtirish operasiyasini amalga oshirishda ta'lim jarayonida raqamli vositalarni qo'llash muhim ahamiyatga ega.

Modellashtirish - bu turli shakl va bichimdagi kiyim modelining konstruksiyasini ishlab chiqaradigan murakkab ijodiy jarayondir. Shuning uchun biror buyumni modellashtirishdan oldin turli shakl va bichimdagi modalar konstruksiyasini tuzilmoqchi bo'lgan asosiy konstruksiya bazasi ustida ishlash yoki shu asos bazasidan olish mumkin. Bu jarayon texnik modellash deb ataladi. Texnik modellash namunaviy konstruksiya asosini yangi model konstruksiyasi darajasigacha yetkazishdan iborat.

Ushbu yo'nalishda oliy ta'lim tizimida raqamli ta'lim vositalarini qo'llashning maqsadi talabalarda dizaynerlik va kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirish hamda ijodiy qobiliyatlarini takomillashtirish bilan bevosita bog'liq holda ishlab chiqiladi. O'z navbatida talabalarda dizaynerlikka oid tayanch kompetensiyalarni shakllantirish keyingi mehnat faoliyati davomida doimiy ravishda o'z-o'zini rivojlantirib borishiga qaratilgan sifatlarni tarkib toptirishga alohida xizmat qiladi.

Bunda, oliy ta'lim tizimida raqamli ta'lim vositalar asasida elektron muhitni tashkil etish dizaynerlik kompetensiyalarini shakllantirish, ta'lim jarayonlarida axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish pedagogik ta'limning axborot-ta'lim resurslarini yaratish ta'lim sifatini oshiruvchi omil sifatida ahamiyatlidir.

Bizning fikrimizcha bo'lajak texnologiya fani o'qituvchisi o'z kasbiy sohasi bo'yicha egallagan bilimlarini amaliyotda qo'llay olishi bilan birga pedagog uchun muhim bo'lgan kasbiy sifatlarga ega bo'lishi (o'z-o'zini rivojlantirish, yangiliklarga intilish va h.k) yoki bir so'z bilan aytganda dizaynerlik kompetensiyalariga ega bo'lishida raqamli ta'lim vositalarining o'rni katta.

Xulosa qilib aytganda, professional ta'lim tizimida bo'lajak pedagog kadrlarni mehnat bozorida raqabatbardosh mutaxassislar sifatida tayyorlash, ularning dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirishda zamonaviy metodikalar, o'quv qo'llanmalari va darsliklar, zamon talablari darajasidagi o'quv dasturlari va rejalarining ta'minlanishi hamda ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi kabi vazifalar ustuvor hisoblanadi.

REFERENCES

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni: https://lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori: https://lex.uz

3. Qurbonov N.Ya. Ijodkorlik kompetentligini maktab o'qituvchisida texnologik yondashuv asosida takomillashtirish // "Fanlarni o'qitishda innovatsion yondashuvlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. - Jizzax, 2019. - B. 127-129.

4. Ibragimov, X., Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

5. Ибраимов Х. И. Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога //Наука, образование и культура. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.

6. Ibragimovich, I. K., Kholboevna, I. F., Amrilloevich, I. A., & Rakhmonovich, U. S. (2021). PEDAGOGICAL ABILITIES OF A TEACHER, STRUCTURE AND DEVELOPMENT.

(ёш^ад, 48(12).

7. Ibragimovich X. I. O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - С. 209-214.

8. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.