Научная статья на тему 'BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARINING DIZAYNERLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI'

BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARINING DIZAYNERLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
14
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
dars jarayonida

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilafruz Norbutayeva

Bugungi kunda ta’lim jarayoniga kirib kelayotgan yangicha ta’lim metodlari o‘qituvchidan hamda ta’lim oluvchidan ortiqcha aqliy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt mobaynida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Ta’lim oluvchi mashg‘ulot jarayonida o‘qitilishi kerak bo‘lgan ob’ektidan o‘zining tarbiyalanishida bevosita ishtirok etadigan sub’ekti darajasiga ko‘tarilmoqda. Ta’lim oluvchi xuddi o‘qituvchi singari dars jarayonining egasiga aylanib bormoqda. Ta’lim texnologiyalarining hozirgi ko‘rinishidagi darslarda o‘qituvchi hokim emas, ta’lim ouvchining katta yoshli hamkori, uning fikrlari, qarashlari bilan hisoblashadigan, dars jarayonida munozaralarda birgalikda faol qatnashadigan hamkori hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARINING DIZAYNERLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

BO'LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O'QITUVCHILARINING DIZAYNERLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI Dilafruz Norbutayeva

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mustaqil

izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10013621

Bugungi kunda ta'lim jarayoniga kirib kelayotgan yangicha ta'lim metodlari o'qituvchidan hamda ta'lim oluvchidan ortiqcha aqliy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt mobaynida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Ta'lim oluvchi mashg'ulot jarayonida o'qitilishi kerak bo'lgan ob'ektidan o'zining tarbiyalanishida bevosita ishtirok etadigan sub'ekti darajasiga ko'tarilmoqda. Ta'lim oluvchi xuddi o'qituvchi singari dars jarayonining egasiga aylanib bormoqda. Ta'lim texnologiyalarining hozirgi ko'rinishidagi darslarda o'qituvchi hokim emas, ta'lim ouvchining katta yoshli hamkori, uning fikrlari, qarashlari bilan hisoblashadigan, dars jarayonida munozaralarda birgalikda faol qatnashadigan hamkori hisoblanadi.

Bo'lajak texnologiya o'qituvchilarini tayyorlash jarayonida dizayn kompetensiyalarini rivojlantirishda ta'lim turlarining zamonaviy pedagogik texnologiyalari imkoniyatlaridan to'liq foydalanishga harakat qilish lozim. Texnologiya o'qituvchilarini tayyorlashda dizayn kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonida, shuningdek, ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida ta'limning turli texnologiyalarni joriy etish, shubhasiz, yangi sifatli natijalarning paydo bo'lishiga olib keladi. Lekin bu jarayonda asosiy maqsad bo'lajak o'qituvchilarning texnologik va dizayn bilimlarini o'zlashtirish, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish asosida ularning dizayn kompetensiyalarini rivojlantirish bo'lishi kerak, buning uchun dars mashg'ulotlarining turli shakl va usullari qo'llaniladi.

Bo'lajak texnologiya o'qituvchilarida dizayn kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonida ta'lim usullarni to'g'ri tanlashda o'qitishning quyidagi maqsadlariga e'tibor qaratishimiz kerak, ya'ni:

- bu ixtisoslik fanining boshqa fanlar tizimidagi o'rni;

- o'qitish usuli qo'llaniladigan o'quv mashg'ulotining maqsadlari;

- mavzu va o'quv materialining xarakteri;

- usul qo'llanilishi kerak bo'lgan ishning tashkiliy shakllari;

- o'qitishda qo'llaniladigan o'quv qurollari va didaktik vositalarning turi va xarakteri va murakkabligi;

- bo'lajak o'qituvchilarning nafaqat individual xususiyatlari, balki darslarni o'tkazishning o'ziga xos sharoitlari bilan ham belgilanadigan fiziologik va psixologik qobiliyatlari;

- ta'lim beruvchi o'qituvchining o'ziga xos mutaxassis, olim va o'qituvchi sifatidagi xususiyatlari.

Bo'lajak texnologiya o'qituvchilarida dizayn kompetensiyalarini rivojlantirishda asosiy e'tibor ijodiy, faol va mashg'ulotlarni olib borishda murakkab usullardan foydalanishga qaratilishi kerak. Shuning uchun bilim oluvchilarda dizayn kompetensiyalarini rivojlantirishning asosiy usullaridan biri integratsiyalashgan ta'lim usulidan foydalanishdir, ya'ni texnologiya o'qituvchilariga ta'lim berishda fanlararo aloqalarni tizimli ravishda amalga oshirish va amaliyotda olingan ko'nikmalarning maksimal miqdoridan foydalangan holda dizayn ta'limi jarayonini qurish imkonini beradigan integratsiyalashgan ta'lim usuli hisoblanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Bo'lajak texnologiya o'qituvchilarida dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonining har bir bosqichida hikoya, suhbat, ma'ruzalar qildirish, muammoli mashqlar bajartirish, mehnat topshiriqlari, ta'lim beruvchi o'yinlar, bahs-munozaralar, ta'lim jarayonidagi rag'batlantirish va tanbeh berish, o'quv materialini muammoli tarzda o'rgatish, muammoli suhbat, tadqiqotlar, induktiv va deduktiv muhokamalar, kitob bilan mustaqil ishlash, ta'limda kompyuterlardan foydalanish, og'zaki so'rov, yozma ishlar, mustaqil nazorat ishlari singari ta'lim metodlari u yoki bu darajada ta'lim jarayonida keng qo'llanish orqali katta natijalarga erishildi.

Ixtisoslik fanlarini o'qitish jarayonida darslarda muammoli vaziyat hosil qilishning umumiy talablari quyidagilardan iborat:

1. Talabalar oldida muammoli vaziyatni tashkil qilish uchun shunday amaliy yoki nazariy masala qo'yilishi kerakki, uning yechimi davomida talaba o'zlashtirishi lozim bo'lgan yangi bilimlarni o'zi o'rganib olsin.

2. Talabaga taklif etilayotgan muammoli masala uning intellektual imkoniyatlariga mos tushishi kerak. Talabaning intellektual imkoniyatlari qancha katta bo'lsa, o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilimlarning yangilik darajasi va umumlashtirilganligi shunchalik yuqori bo'ladi.

3. Muammoli masala o'rganilishi lozim bo'lgan bilimlardan oldinda bo'lishi kerak.

Ixtisoslik fanlaridan "Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish"

mashg'ulotlarida bo'lajak o'qituvchilarga mavzu haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishlari uchun muammoli vaziyatlardan foydalanildi. Masalan, ta'lim oluvchidan tikuvchilik buyumlaridan uy kiyimlari modellarini yaratishda gazlama xususiyatlarini e'tiborga olish yo'lini izohlash talab qilinganda, u buyum modelini yaratish bilan chegaralanmay, odam gavdasi haqidagi ma'lumotlarni ham o'rganishi kerak bo'ladi. Chunki gavdaga molab model yaratishi kerak bo'ladi.

Bo'lajak texnologiya o'qituvchilariga ixtisoslik fanlaridan muammoli dars, muammoli masala va savollar orqali ularni mustaqil mulohaza yuritishga, o'z xulosalarini chiqarishga, fikrlarini asoslashga o'rgatishi amaliyot jarayonida ko'rindi. Bo'lajak texnologiya o'qituvchilarida dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonida, amaliyot shuni ko'rsatadiki, turli darajadagi dizayn loyihalari va ijodiy vazifalarni bajarishda reproduktivdan ijodiy, dizayn faoliyatiga o'tish bosqichlari sifatida muammoli ta'lim darajalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Bo'lajak texnologiya o'qituvchilarida dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonini tashkil etish, o'qituvchi buning uchun turli darajadagi murakkablikdagi dizaynerlik vazifalaridan foydalangan holda ta'lim oluvchilarga individual va differensial yondashuvni amalga oshirishga qodir bo'lishi kerak. Amaliyot jarayoni shuni ko'rsatadiki, ta'lim oluvchilarning dizaynerlik faoliyatiga bunday yondashish bo'lajak o'qituvchilarga dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonida taklif qilingan vazifalarni osongina bajarishga imkon berdi. Shu bosqich bo'lajak o'qituvchilarda ijodiy fikrlash va umuman ijodkorlikni rivojlantirish uchun eng kuchli turtki bo'ldi.

Bo'lajak texnologiya o'qituvchilarida dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirishni amalga oshirish yo'llarini izlash quyidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi:

1. Bo'lajak texnologiya o'qituvchilarida dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirishda mashg'ulotlarning an'anaviy va faol shakl hamda usullaridan foydalanish mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

2. Dizaynerlik faoliyatining shakllari va usullarini tanlashda ijodiy bo'lish kerak, faqat kognitiv, ijodiy faoliyat, kompozitsion fikrlashni rivojlantirishga hissa qo'shadigan, turli xil ish yo'nalishlarini tanlashda dizayn kompetensiyalarini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish kerak.

3. Tadqiqot jarayonida uzoq vaqtdan beri tasdiqlangan ta'lim usullari va shakllarini o'zgartirish va ta'lim oluvchilarning bilim hamda ijodiy faolligini rivojlantirishga yo'naltirilgan yangilarini joriy etish kerak, bu esa yangi ta'lim konstruksiyalarini shakllantirishga olib keladi. Natijada bo'lajak texnologiya o'qituvchilarining dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi.

REFERENCES

1. Ibraimov Kh. I. Creativity as one of the characteristics of the personality of the future teacher // Science, education and culture. - 2018. - no. 3 (27). - P. 44-46.

2. Ibragimovich Kh.I. Peculiarities of using credit-module technologies in the higher education system of Uzbekistan //Integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal. - 2021. - P. 209-214.

3. Ibragimov, X., Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

4. Norbutayeva D.A. "Bo'lajak texnologik ta'limi o'qituvchilarining dizaynerlik kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari", Xalq ta'limi ilmiy-metodik jurnal.-2023.4-son. 14-18-betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.