Научная статья на тему 'BO’LAJAK TASVIRIY SAN’AT O’QITUVCHILARIDA ETNOMADANIY KOMPYETYENSIYANI MILLIY-HUDUDIY MATYERIALLAR VOSITASIDA RIVOJLANTIRISH'

BO’LAJAK TASVIRIY SAN’AT O’QITUVCHILARIDA ETNOMADANIY KOMPYETYENSIYANI MILLIY-HUDUDIY MATYERIALLAR VOSITASIDA RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
26
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Madaniy dialog / ijodkoplik / metod / badiiy-estetik buyumlar / mintaqa / hudud / kompozitsiya / milliy g‘urur / estetik tarbiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Suyarov Nodirjon Taxirovich

Mazkur maqolada Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida badiiy-estetik kompetentlikni rivojlantirishga doir qator ilmiy izlanishlar, o‘quvchilarni vatanga bo‘lgan muhabbat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor berish kerakligi hamda tasviriy san’at darslarida Milliy-hududiy mazmundagi materiallar orqali "Tasviriy san’at” fani dasturlarining an’anaviy bo‘limlari va mavzularining konkretlashtiruvchi qismi hisoblanib, o‘qituvchilarning ish dasturlariga o‘lkashunoslikka oid hududiy ma’lumotlar kiritish metodikasi bilan bog‘liq muhim jihatlar qayd etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK TASVIRIY SAN’AT O’QITUVCHILARIDA ETNOMADANIY KOMPYETYENSIYANI MILLIY-HUDUDIY MATYERIALLAR VOSITASIDA RIVOJLANTIRISH»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARIDA ETNOMADANIY KOMPYETYENSIYANI MILLIY-HUDUDIY MATYERIALLAR VOSITASIDA

RIVOJLANTIRISH Suyarov Nodirjon Taxirovich

Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti(PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10157356

Annotatsiya. Mazkur maqolada Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarida badiiy-estetik kompetentlikni rivojlantirishga doir qator ilmiy izlanishlar, o'quvchilarni vatanga bo'lgan muhabbat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e 'tibor berish kerakligi hamda tasviriy san'at darslarida Milliy-hududiy mazmundagi materiallar orqali "Tasviriy san'at" fani dasturlarining an'anaviy bo'limlari va mavzularining konkretlashtiruvchi qismi hisoblanib, o'qituvchilarning ish dasturlariga o'lkashunoslikka oid hududiy ma'lumotlar kiritish metodikasi bilan bog'liq muhim jihatlar qayd etilgan.

Kalit so'zlar: Madaniy dialog, ijodkoplik, metod, badiiy-estetik buyumlar, mintaqa, hudud, kompozitsiya, milliy g'urur, estetik tarbiya.

Аннотация. В данной статье проведен ряд научных исследований по вопросам развития художественно-эстетической компетентности будущих учителей изобразительного искусства, необходимости уделить особое внимание вопросам воспитания учащихся в духе любви к Родине, конкретизации традиционных разделы и темы предметных программ «Изобразительное искусство» на материалах национального и регионального содержания на занятиях по изобразительному искусству, отмечены важные аспекты, связанные с методикой внесения региональной информации, связанной с краеведением, в рабочие программы учителей.

Ключевые словa: Культурный диалог, творчество, метод, художественно-эстетическое предметы, регион, территория, композиция, национальная гордость,

Abstract. In this article, a number of scientific studies have been carried out on the development of artistic and aesthetic competence of future teachers of fine arts, the need to pay special attention to the education of students in the spirit of love for the motherland, the concretization of traditional sections and themes of subject programs "Fine Arts" on materials of national and regional content on classes in fine arts, important aspects related to the methodology for introducing regional information related to local history into the work programs of teachers are noted.

Keywords: Cultural dialogue, creativity, method, artistic and aesthetic objects, region, territory, composition, national pride.

Kirish. Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarida badiiy-estetik kompetentlikni rivojlantirishga doir qator ilmiy izlanishlar, o'quvchilarni vatanga bo'lgan muhabbat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e'tibor berish kerakligi hamda tasviriy san'at darslarida badiiy-didaktik o'yinlar vositasida tasviriy san'atni o'qitishning metodik tizimini takomillashtirish, bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarini etnomadaniy kompetensiyani milliy-hududiy materiallar vositasida rivojlantirishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borish taqozo etmoqda.

O'zbekicton Pespublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoyishining "Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish" nomli bandida "Bolalarni sport bilan

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

ommaviy tarzda shug'ullanishga, ularni musiqa hamda san'at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va san'at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish" (2) kabi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Bu o'z navbatida mamlakatimizda yosh avlodning ijodiy qobiliyatlarini to'laqonli ro'yobga chiqarishni ta'minlash borasida yangi davrni boshlab berdi va Respublikamizda badiiy ta'limning milliy tizimiga asos solindi. Boshqacha so'z bilan aytganda, Respublikamizda o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini tarbiyalashning mukammal milliy tizimi shakllantirildi. Bu uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida iste'dodlarni tarbiyalashda o'z samarasini bermoqda. Zero, bola dunyoga kelar ekan, unda ma'lum darajada ijodiy faoliyatning muayyan turiga nisbatan tabiiy moyilliklar mavjud bo'ladi.

Maktabda o'qitiladigan hamma predmetlarni shartli ravishda quyidagicha tasniflash mumkin: fan asoslaridan saboq beradigan o'quv predmetlari (ximiya, biologiya, fizika, matematika, tarix, ona tili); estetik tarbiya berishga qaratilgan o'quv predmetlari (tasviriy san'at, musiqa, ashula); amaliy faoliyatni o'rgatadigan o'quv predmetlari (jismoniy tarbiya, mehnat ta'limi, tasviriy san'at). Fan asoslarini o'rgatuvchi predmetlarda o'quvchilarga asosan ushbu sohaga oid bilimlar bayon etiladi. Tarbiyaviy yo'nalishdagi predmetlar o'quvchilarda nafosat va go'zallikni tarkib toptiradi. Faoliyatni o'rgatish predmetlari jismoniy chiniqish, mehnat qilish ko'nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Tasviriy faoliyatning har bir turi o'quvchilarda aqliy faollikni, ijodkorlikni, badiiy didni shakllantiradi va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tabiatga muhabbat singapi insoniy fazilatlarni rivojlantirish imkonini beradi. Bunday fazilatlarsiz ijtimoiy faol shaxsni shakllantirib bo'lmaydi. Shuning uchun ham har qanday sohada ijodkorlikni namoyon etish imkoniyatlari mavjud bo'lib, muhimi, uni to'g'ri tashxislash, mazmunan to'g'ri yo'nalish berish shaxsning ijodiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishda yetakchi mezon hisoblanadi.

Ma'lumki, har bir madaniyat shu maskanda yashovchilarning dunyoqarashini shakllantiradigan milliy, o'ziga xos xususiyatlar tizimini o'z ichiga qamrab oladi, bular esa, bizning fikrimizcha, shaxs tomonidan umuminsoniy, universal va etnomadaniy qadriyatlarning o'ziga xos talqini natijasida yig'iladi. Etnomadaniyat atamasi ikki iboradan tashkil bo'lib: etno va madaniyat so'zlari qo'shilmasidan hosil bo'lib, biror xalqning (masalan, o'zbek xalqining) kelib chiqishi, uning madaniyati, turmush tarzi, ma'naviy-ma'rifiy xususiyatlarini tarixiy jarayon (davr)larda ravnaq topib, hozirgi kunimizgacha rivojlanib kelayotgan ma'naviy hamda madaniy merosini o'rganadigan fan hisoblanadi. Etno - yunoncha - elat, xalq demakdir va shu bilan birga, ma'lum bir elat yoki xalqqa bo'lgan ishora, ko'rsatuv. Bu ibora biror xalqning kelib chiqishi (etnogenez)ni ifodalaydi [20:55]. Madaniyatlararo integratsiya etnomadaniy ta'lim jarayonining asosiy va strategik maqsadi hisoblanadi. Agar alohida millat nisbatan qisqa vaqt ichida etnik o'ziga xoslikka erisha olsa, madaniyatlararo integratsiyaga erishish mintaqada yashovchi barcha etnik guruhlar vakillarining sa'y-harakatlarini talab qiladigan uzoq jarayondir.

"Etnobadiiy ta'lim" tushunchasi XX asrning 90-yillarida ilmiy muomalaga kiritilgan. Etnobadiiy ta'lim - etnomadaniy ta'lim turlaridan biri bo'lib, uning mazmunini xalq badiiy madaniyati, ya'ni. xalq amaliy san'ati asarlari, ularni yaratish, ko'paytirish, mavjud bo'lish, saqlash, tarqatish va avloddan-avlodga o'tkazishning an'anaviy shakllari va usullari majmui tashkil etadi. U quyidagi uch komponentni o'z ichiga oladi: (1) ta'lim-tarbiyaning ilk bosqichidan (propedevtik) oila va ta'lim muassasalarida etnikmadaniy muhitni yaratish (xalq tarixi, madaniyati, urf-odatlari bilan tanishish); (2) ta'lim institutsional shakli (turli ta'lim muassasalarida

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

fundamental va etnobadiiy ta'lim); (3) faoliyatga yo'naltirilgan (to'garaklar, sinfdan tashqari ishlar), ijtimoiy-madaniy soha va ijodiy markazlar tomonidan ta'minlanadigan qo'shimcha ta'lim.

Zero, umuminsoniyat madaniy taraqqiyot jarayonlaridan nisbatan mustaqil milliy badiiy madaniyat rivojlanishining har bir bosqichi, jahon badiiy madaniyati taraqqiyoti tajribalarining konkret ijtimoiy-tarixiy sharoitlarida umumlashuvini ifodalaydi. Bundan tashqari, milliy badiiy asarlarning muayyan ijtimoiy ong shakllarini, shu jumladan shaxs ekologik onggi, badiiy-estetik tafakkuri va madaniyatini rivojlantirishdagi roli, ular tomonidan umuminsoniyat progressiv yangi tajribalarning o'zlashtirilishi etnobadiiy ta'limga bog'liq bo'ladi.

Tasviriy san'at o'qitish metodikasi sohasida "hududiy (mintaqaviy) komponent" tushunchasi mavjud bo'lib, pedagogika fanida doimiy tadqiq etib kelinadi. Hudud (lotincha regio - mamlakat, viloyat, tuman) - kenglik, makon (geografik, ijtimoiy hayot, madaniyat) bilan bog'liq bo'lib, bunda insonning ijtimoiylashuvi, hayot tarzining shakllanishi, milliy urf-odatlarni saqlab qolishi va kelajak avlodga yetkazish hodisasi sodir bo'ladi. Bu dunyoda ijtimoiy hayot normalarining yo'qolib ketayotgan bir davrda juda muhim sanaladi. Shu ma'noda tasviriy san'at darslarida milliy-hududiy mazmundagi materiallardan foydalanish nafaqat qadriyatlarni saqlash vositasi, balki, tasviriy san'at ta'limi mazmunini takomillashtirish omili sifatida ham ahamiyatlidir.

Ilmiy adabiyotlapda "mintaqa" va "hudud" tushunchalarining aniq ta'rifi mavjud emas buning sababi jahon zamonaviy mintaqashunoslik yo'nalishlarida tushunchalarning xilma-xil ma'noda qo'llanishidadir. Shu o'rinda rus tadqiqotchilari V.G. Ignatov va V.I.Butov tomonidan berilgan ta'rifga to'xtalamiz. Olimlarning yozishicha: "O'lka - bu tupli millat kishilarini yagona jamoaga birlashtiruvchi umumiy hudud. O'lka - deb geografik, ijtimoiy va madaniy tarixiy o'ziga xoslikka ega bo'lgan va unda yashovchi aholi o'rtasida ma'lum iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy aloqalar o'rnatilgan hudud tushuniladi".

Tasviriy san'at ta'limi mazmunini takomillashtirishda milliy-hududiy materialllardan foydalanish - deganda tasviriy san'at darslarida o'quvchilarning tarixiy-madaniy obidalar tarixini chuqur o'zlashtirgan va xalq amaliy san'at namunalaridan foydalangan holda Farg'ona vodiysi hududida yashovchi xalqlarning milliy-madaniyatini boshqa madaniyat vakillariga jumladan, jahonga tanitish ko'nikma va malakalarini takomillashtirish nazarda tutiladi. Milliy-hududiy madaniyat deganda ma'lum bir hududda, mintaqada yashovchi xalqlarning turmush tarzi, milliy-madaniy va ma'naviy hayotini tashkil etuvchi "butun madaniy va ma'naviy boyligi" tushuniladi.

Tahlil va natijalari:

Shu ma'noda tasviriy san'at darslarida milliy-hududiy mazmundagi materiallardan foydalanish nafaqat qadriyatlarni saqlash vositasi, balki, tasviriy san'at ta'limi mazmunini takomillashtirish omili sifatida, milliy-hududiy materiallarning badiiy va pedagogik imkoniyatlari art ta'limning milliy madaniyat va san'atga yo'naltirilgan etnobadiiy, zamonaviy o'qitish texnologiyalariga doir loyihaviylik, qayta ishlab chiqishga yo'nalganlik, natijaviylik kabi metodik-texnologik komponentlarini "madaniy dialog" konsepti bilan muqobillik darajasini bosqichma-bosqich kengaytirish orqali aniqlashtirilgan.

Xulosa: Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarini tayyorlashda tasviriy san'atni o'qitish hamda amaliy bezak san'at mashg'ulotlarini o'rgatish metodikasi kursi alohida o'rin egallaydi. Chunki o'qitish metodlarini bilmay turib, mashg'ulot olib borib bo'lmaydi. REFERENCES

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

1. Суяров Н.Т. Использование регионального компонента на уроках изобразительного искусства 5-7 классов. Jackson ville Florida, USA. December 30 th 2021. - P.1-3. https://conferencepublication.com.

2. Suyarov N.T., Erkaev E.T. (2021). Implementation of national-regional component in the educational process in the republic of Uzbekistan. Current research journal of pedagogics. Impact factor: 5.7. (USA), 2 (08), Volume 01, Issue 06, Avgust, 2021. -P.117-121. (ISSN 2767-3278). (Ulrich's Periodicals Directory 18)

3. Ghiasi G., Lariviere V., Sugimoto C.R. On the compliance of women engineers with a gendered scientific system // PLOS ONE. 2015.

4. Ганиева Г.Ж. Гендерные исследования в Центральной Азии. УзР ФА Шаркшунослик института илмий туплами. № 16 сон. Т. 2013, Б. 131-136.

5. Кулиева Ш.Х., Каримова М.Н., Давлаткулова М.Х. (2014) Организация теоретических и практических занятий в процессе подготовки учителей профессионального образования на основе системного подхода. Молодой ученый №8, стр.804-807.

6. Каримова М.Н. (2019) Проблемы и перспективы преподавания предмета" Технология" в общеобразовательных школах. Вестник науки и образования №2-2, (56), стр.17-19.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.