Научная статья на тему 'BO‘LAJAK REJISSYORLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA ART TEXNOLOGIYALARNI LOYIHALASHTIRISH MASALALARI'

BO‘LAJAK REJISSYORLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA ART TEXNOLOGIYALARNI LOYIHALASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
19
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
san’at / sahna / rejissyor / rejissura / san’at ta’limi / art texnologiya / kasbiy kompetent / pedagogik jarayon / kreativlik. / искусство / сцена / режиссер / режиссура / художественное образование / художественная технология / профессиональная компетентность / педагогический процесс / творчество

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — J.A. Mamatqosimov

maqolada bo‘lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda art texnologiyalarni loyihalashtirish masalalari tadqiq etilgan bo‘lib, dunyo ta’lim tizimida art texnologiyalardan fodalanish tadqiq etilgan. Mavzu yuzasidan “Rejissyor mutolaasi”, “Rejissyor – dramaturg” va “ArtEdu+” art texnoliyalari tavsiya etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ART TECHNOLOGY DESIGN ISSUES IN DEVELOPING THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE DIRECTORS

в статье рассматривается проектирование арт-технологий в развитии профессиональной компетентности будущих режиссеров, а также использование арт-технологий в мировой системе образования. Рекомендуются художественные технологии «Режиссерское чтение», «Режиссер-драматург» и «ArtEdu+».

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK REJISSYORLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA ART TEXNOLOGIYALARNI LOYIHALASHTIRISH MASALALARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© J.A. Mamatqosimov1^_

1O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada bo'lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda art texnologiyalarni loyihalashtirish masalalari tadqiq etilgan bo'lib, dunyo ta'lim tizimida art texnologiyalardan fodalanish tadqiq etilgan. Mavzu yuzasidan "Rejissyor mutolaasi", "Rejissyor - dramaturg" va "ArtEdu+" art texnoliyalari tavsiya etiladi.

MAQSAD: bo'lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan art texnologiyalarni ishlab chiqish.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida analiz, kreativ yondoshuv, kuzatish kabi metodlaridan foydalanildi va olingan natijalarning samaradorligi pedagogik-tajriba sinov jarayonida tasdiqlangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: bo'lajak rejissyorlarning mutolaa ko'nikmasini rivojlantirishga qaratilgan "Rejissyorlik mutolaasi", bo'lajak rejissyorlarning adabiy asar yozish ko'nikmasini rivojlantirishga qaratilgan "Rejissyor - dramaturg", bo'lajak rejissyorlarning adabiy asarlar ustida ishlashi va uni sahnalashtirishning nazariy-ijodiy jarayonlarini qamrab olgan "ArtEdu+" art texnologiyalari ishlab chiqildi. Mazkur art texnologiyalardan auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg'ulotlarda, individual mashg'ulotlarda, mustaqil ta'lim, mustaqil rejissyorlik ishlarini sahnalashtirish jarayonida keng foydalanish mumkinligi texnologiyaning samarali va afzalligini bildiradi. Mazkur art texnologiyalar bo'lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini adabiy asarlar asosida rivojlantirishning muhim komponenti bo'ib uni amalga oshirish bosqichlari, mazmuni va uning shakllari, metodlari, vositalaridir.

XULOSA: Mazkur art texnologiyalar havaskorlikdan professionallikka tamoyiliga asoslangan holda muhim nazariya va amaliyotni hamda kasbiy kompetentlikni shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi pedagogik jarayondir.

Kalit so'zlar: san'at, sahna, rejissyor, rejissura, san'at ta'limi, art texnologiya, kasbiy kompetent, pedagogik jarayon, kreativlik.

ПРОБЛЕМЫ АРТ-ТЕХНОЛОГИИ ДИЗАИНА В РАЗВИТИИ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ РЕЖИССЕРОВ

Iqtibos uchun: Mamatqosimov J.A. Bo'lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda art texnologiyalarni loyihalashtirish masalalari. // Inter education & global study. 2024. №6. B.122-128.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №6

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

© Дж.А. Маматкасимов1Н

1 Государственный институт искусства и культуры Узбекистана, Ташкент, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье рассматривается проектирование арт-технологий в развитии профессиональной компетентности будущих режиссеров, а также использование арт-технологий в мировой системе образования. Рекомендуются художественные технологии «Режиссерское чтение», «Режиссер-драматург» и «ArtEdu+».

ЦЕЛЬ: развитие художественных технологий, направленных на развитие профессиональной компетентности будущих режиссеров.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в ходе исследования использовались такие методы, как анализ, творческий подход и наблюдение, а эффективность полученных результатов была подтверждена в процессе педагогико-экспериментального тестирования.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: «Режиссерское чтение», направленное на развитие навыков чтения будущих режиссеров, «Режиссер-драматург», направленное на развитие навыков написания литературных произведений будущих режиссеров, теория работы будущих режиссеров над литературными произведениями и ее постановкой». «ArtEdu+» разработаны художественные технологии, охватывающие творческие процессы. Тот факт, что данные художественные технологии могут широко использоваться в аудиторных и неаудиальных занятиях, индивидуальных занятиях, самостоятельном обучении, самостоятельной режиссуре работ в процессе постановки, показывает эффективность и преимущество технологии. Данные художественные технологии являются важной составляющей развития профессиональной компетентности будущих режиссеров на основе литературного произведения, этапов его реализации, содержания, форм, методов и инструментов.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: Данная художественная технология представляет собой педагогический процесс, формирующий и развивающий важную теорию и практику, а также профессиональную компетентность, основанную на принципе от дилетантства к профессионализму.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: искусство, сцена, режиссер, режиссура, художественное образование, художественная технология, профессиональная компетентность, педагогический процесс, творчество.

Для цитирования: Маматкасимов Дж.А. проблемы арт-технологии дизайна в развитии профессиональной компетентности будущих режиссеров. // Inter education & global study. 2024. №6. С. 122-128.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 6

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ART TECHNOLOGY DESIGN ISSUES IN DEVELOPING THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE DIRECTORS_

© Jahangir A. Mamatkasimov1®

1 State Institute of Art and Culture of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the article examines the design of art technologies in the development of professional competence of future directors, and the use of art technologies in the world education system. "Director's reading", "Director-playwright" and "ArtEdu+" art technologies are recommended.

AIM: development of art technologies aimed at developing the professional competence of future directors.

MATERIALS AND METHODS: during the research, methods such as analysis, creative approach, and observation were used, and the effectiveness of the obtained results was confirmed during the pedagogical-experimental testing process.

DISCUSSION AND RESULTS: "Director's Reading" aimed at developing the reading skills of future directors, "Director-Playwright" aimed at developing the skills of writing literary works of future directors, theory of future directors' work on literary works and its staging. "ArtEdu+" art technologies covering creative processes were developed. The fact that these art technologies can be widely used in classroom and non-auditory trainings, individual trainings, independent education, independent directing works in the process of staging shows the effectiveness and advantage of the technology. These art technologies are an important component of developing the professional competence of future directors based on literary works, the stages of its implementation, its content, its forms, methods, and tools.

CONCLUSION: This art technology is a pedagogical process that forms and develops important theory and practice, as well as professional competence, based on the principle of amateurism to professionalism.

Key words: art, stage, director, directing, art education, art technology, professional competence, pedagogical process, creativity.

Dunyo ilm-fan tamaddunida pedagogik texnologiyalar, jumladan art texnologiyalar rivojlanib, ommalashib bormoqda. Art texnologiyalar muammoga kretiv yondoshish orqali, ta'lim oluvchining tanqidiy fikrlashini rivojlantirib, muammoga o'zgacha yondoshishi bilan qiziqarli va samarali usuldir.

Art texnologiya haqida tadqiqotchi T.V.Petrova quyidagicha tushuncha beradi "Bu hissiy holatni o'zgartirishning eng qadimiy, tabiiy shakli bo'lib, undan ruhiy stressni bartaraf

For citation: Jahangir A. Mamatkasimov. (2024) 'Art technology design issues in developing the professional competence of future directors', Inter education & global study, (6), pp. 122-128. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

etish, tinchlantirish va diqqatni jamlash uchun foydalanib kelishgan. Ta'limda art texnologiya bir vaqtning o'zida zamonaviy ta'lim texnologiyalarni rivojlantirishning ikkita tendentsiyasi doirasida qo'llanilishi mumkin. Birinchisi hayotiylik, ya'ni insonning yashash tarzida san'atdan beixtiyor ta'sirlanish, erkin tarbiY. Ikkinchisi ta'lim jarayoniga art texnologiyalarni joriy etish va uning emotsional ta'siri asosida qo'llanilishi mumkin" [3].

Tadqiqotchi S.N.Begidova "Zamonaviy oliy ta'lim modernizatsiyasining asosiy vazifasi - dunyoni ijodiy o'zgartirish metodologiyasini o'zlashtirishdir. Ijodiy o'zgartirish jarayoni esa, birinchi o'rinda, yangi narsalarni: yangi obektlar, yangi bilimlar, yangi muammolar, ularni hal qilishning yangi usullarini o'z ichiga oladi. Ta'lim faqatgina ko'nikmalarni egallash bilan cheklanib qololmaydi, u eng yuqori maqsadlarga erishish, ijodda o'zini namoyon qilish va o'zini tasdiqlash vositasi hamdir" [2] - degan fikrlaridan kelib chiqib qayd etish kerakki, bo'lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda albatta yangicha yondoshuv va innovatsion ta'limga asoslangan texnologiyalar muhimdir.

Shu jumladan, bo'lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini adabiy asarlar asosida riojlantirish yuzasidan bir qancha art texnologiyalar ishlab chiqildi.

Zamonaviy art-texnologiya usullari, bugungi kunda maxsus maktab uchun o'quv jarayonining zaruriy va asosiy komponentiga aylanib bormoqda. Chunki pedagogik texnologiya o'qitishga o'ziga xos yangicha yondashuvdan iborat bo'lib, o'yin yangicha, ilg'or, shu bilan birga samarador usullarini ta'lim tizimiga dars jarayonida tatbiq etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Interfaol usullarni maxsus maktab ta'lim tizimiga kiritish, tatbiq etish, qiziqarli usullardan foydalanish, o'zining samarasini bermoqda. Shulardan biri - art-texnologiyalardir [1].

Shu jumladan, dunyo ta'lim tizimida art texnologiyalardan samarali foydalanish yuzasidan qator yo'nalishlarda tadqiqotlar olib borilib, art texnologik yondoshuv asosida talabalarda san'atning g'oyaviy-estetik jozibasiga ma'naviy ehtiyojni shakllantirishi bilan ahamiyatlidir.

Shu nuqtai nazardan, bo'lajak rejissyorlarning mutolaa ko'nikmasini rivojlantirishga qaratilgan "Rejissyorlik mutolaasi", bo'lajak rejissyorlarning adabiy asar yozish ko'nikmasini rivojlantirishga qaratilgan "Rejissyor - dramaturg", bo'lajak rejissyorlarning adabiy asarlar ustida ishlashi va uni sahnalashtirishning nazariy-ijodiy jarayonlarini qamrab olgan "ArtEdu+" art texnologiyalari ishlab chiqildi. Mazkur art texnologiyalardan auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg'ulotlarda, individual mashg'ulotlarda, mustaqil ta'lim, mustaqil rejissyorlik ishlarini sahnalashtirish jarayonida keng foydalanish mumkinligi texnologiyaning samarali va afzalligini bildiradi.

Mazkur art texnologiyalar bo'lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini adabiy asarlar asosida rivojlantirishning muhim komponenti bo'ib uni amalga oshirish bosqichlari, mazmuni va uning shakllari, metodlari, vositalaridir. Mazkur art texnologiyalar havaskorlikdan professionallikka tamoyiliga asoslangan holda muhim nazariya va amaliyotni hamda kasbiy kompetentlikni shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi pedagogik jarayondir. Tavsiya etilayotgan art texnologiyalarning tasnifi quyidagilardan iborat:

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

"Rejissyorlik mutolaasi" art texnologiyasi (1-rasmga qarang). Mazkur texnologiya bo'lajak rejissyorlarning mutolaa ko'nikmasini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, texnologiya bo'lajak rejissyordan kitobxon sifatida emas, balki mazkur asar asosida spektakl sahnalashtiruvchi rejissyor sifatida mutolaa qilishni o'rgatadi.

"Rejissyorlik mutolaasi" art texnologiyasi

Bosqiclilar

Tadrijiy

Tahliiiv

Tarkibiy

Mazmun Sliakl, metod, vo sit alar

+ +

Asarning yaxlit obrazini topiisli. obrazning - davri. manzili. jiiisi, yoshi, xarakteri, rangi, shakli. libosini aniqlash Individual, guruhli, suhbat, adabiy talilil, badiiy-psixologik yondashuv

+ +

Asarning g'oyasi, maqsadi. mazmum, tub ma'nosi, janri. yozuvchi uslubini, pedagogik va psixologik ta'sirini aniqlash Individual, guruhli, adabiy tahlil, bacliiy-psixologik yondashuv, kasbiy prognoz

+ +

Asarning tarkibiy tuzilishi: prolog, bosh voqea. asoiiy voqea, voqealar rivoji, konflikt. kulminatiiya, epilogni aniqlash Individual, guruhli. adabiy taldil. rejissyorlik talilili. kasbiy prognoz

1-rasm. "Rejissyorlik mutolaasi" art texnologiyasi

Kitobxon mutolaasi va rejissyorlik mutolaasi o'rtasida katta farq bor. Jumladan, kitobxon adabiy asarning mazmuniga intilsa, rejissyorlik mutolaasi asosida adabiy asarning mazmun-mohiyatini sahnalashtirishga harakat qiladi. Rejissyorlik mutolaasi negizida adabiy asarning tub ma'nosini chuqur anglash orqali, minglab tomoshabinlarga yetkazish zarurati mavjud. Rejissyor adabiy asarni mutolaa qilar ekan, yozuvchining asl maqsadi va g'oyasini to'g'ri anglashi, uni sahnalashtirish usullarini, aktyorlar jamoasini shakllantirish, ssenografiya kabi badiiy yondoshuvlarni his qilgan holda mutolaa qiladi. Kitobxon mutolaasi va rejissyorlik mutolaasi o'rtasidagi yana bir farq, kitobxon yaxshi ko'rgan adabiy asarini bir yoki ikki marotaba o'qib, o'ziga xulosalar chiqarsa, rejissyor sahnalashtirishni rejalashtirgan adabiy asarni o'nlab, balki undan ham ko'p marotaba o'qishi kasbiy zaruratdir.

"Rejissyorlik mutolaasi" art texnologiyasi uch bosqichdan iborat bo'lib, tadrijiy bosqichda rejissyorlik mutolaasi uchun muhim komponentlar: asarning yaxlit obrazi topiladi, obrazning davri, manzili, jinsi, yoshi, xarakteri, rangi, shakli, libosi aniqlanadi. Bu bosqichda aniqlangan jihatlar asarni sahnalashtirishning xomaki variantini tayyorlashda asosiy mezondir.

Texnologiyaning tahliliy bosqichda asarning g'oyasi, maqsadi, mazmuni, tub ma'nosi, janri, yozuvchi uslubi, asarning tomoshabinga pedagogik va psixologik ta'siri aniqlanadi. San'atning tarbiyaviy-estetik xususiyatlarini ta'minlashda mazkur bosqich muhim jarayondir.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 6

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №6

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Texnologiyaning tarkibiy bosqichida asarning tarkibiy tuzilishi: prolog, bosh voqea, asosiy voqea, voqealar rivoji, konflikt, kulminatsiya, epilog aniqlanadi. Mazkur bosqichda adabiy asarning rejissyorlik tahlili amalga oshiriladi.

Mazkur texnologiya adabiy asarning sahnalashtirishgacha bo'lgan jarayonini qamrab oladi. Texnologiyaning samaradorligini ta'minlash yuzasidan individual, guruhli, badiiy-psixologik yondashuv, suhbat, adabiy tahlil, kasbiy prognoz, rejissyorlik tahlili kabi shakl, metod, vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.

"Rejissyor - dramaturg" art texnologiyasi (2-rasmga qarang). Mazkur texnologiya bo'lajak rejissyorlarning adabiy asar yozish ko'nikmasini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, texnologiya bo'lajak rejissyordan adabiy asarni sahnalashtiruvchi rejissyor sifatida, ya'ni ikkinchi muallif sifatida faoliyat yuritishga asos bo'ladi. Texnologiya bo'lajak rejissyorning yozuvchilik, dramaturgik qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Bu jarayonda kurs badiiy rahbari tomonidan talabaning individual imkoniyatidan kelib chiqib kichik hajmdagi hikoyalar mashq qilish uchun tavsiya etilishi lozim.

Texnologiya bo'lajak rejissyorlarning badiiy tafakkurini rivojlantirish bilan birgalikda muloqat jarayonida nutqiy ravonligini, adabiy so'zlarni tanlash va ishlatish ko'nikmasini, majoziy obrazlar va majoziy ma'noli so'zlar bilan ishlashni, tub ma'no va voqealardagi uzviylik, izchillik va mantiqiylikni ta'minlaydi.

Kurs badiiy rahbari tomonidan mualliflik hikoyalarini yozishda o'zgalarning g'oya va maqsadini o'zlashtirish, adabiy o'g'rilik kabi salbiy odatlar va ularning oqibatlari haqida ma'lumot berilishi lozim.

"Rejissyor -

Bosqichlar

dramaturg" art texnologiyasi

\lazmun

Shakl, metod, vositalar

Assotsiatsiya -

Mantiqiy -

Mualliflik -

i ■

Sintez

Badiiy rahbar tomonidan hikovaning bosh voqeasi aytiladi. Har bir talabahikoyani ketma- -ketlikda bir jumladan davom ettiradi

Guruhli muloqat, assosatsiya, adabiy. badiiy. g'oyaviy. maqsadli yondashuv

Biror yozuvchining notanish hikoyaiiini bosh voqea asosida mantiqiy davom. ■ettirish. yoki pedagog tomonidan berilgan personajlar asosida mantiqiy hikoya yozish.

Individual mantiqiy, adabiy, badiiy-psixologik yondashuv, kasbiy prognoz

Badiiy rahbar tomonidan berilgan shart-sharoit yoki o'z mualliflik konsepsiyasida drabbl, hikoya, dratnatik asar yozish

Hikoya. roman аз о si da inssenirovka va biror mavzuga bag'ishlangan adabiy-badiiy asarlar asosida ssenariy tavvoshlash

Individual, mantiqiy, adabiy, badiiy yondashuv, mualliflik kotisepsiyasi. kasbiy prognoz

Individual, sintez, rejissyorlik tahlili, adabiy, badiiy, kasbiy prognoz

2-rasm. "Rejissyor - dramaturg" art texnologiyasi

© intereduglobalstudy.com

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2024, ISSUE 6

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Texnologiyaning assotsiatsiya bosqichi bevosita rejissyorning muallif sifatida adabiy asar yozish jarayonining ilk bosqichi bo'lib, bevosita guruh talabalarining assosiativ muloqati asosida yartiladi. Bunda kurs badiiy rahbar tomonidan hikoyaning bosh voqeasi aytiladi. Har bir talaba hikoyani ketma-ketlikda bir jumladan davom ettiradi. Bunda fikrlar izchilligi va uzviyligi, voqealar mantiqiyligi, talabalarning badiiy firlashi birlamchi omildir.

Texnologiyaning mantiqiylik bosqichida kurs badiiy rahbari tomonidan biror yozuvchining notanish hikoyasinining kirish qismi yoki bosh voqeasi o'qib eshittiriladi. Talabalar hikoyani mantiqiy davom ettirishi lozim. Bunda yozuvchi tomonidan berilgan shart-sharoit, personajlar saqlanib qolinishi lozim. Mantiqiylik bosqichining yana bir yo'nalishi bu kurs badiiy rahbari tomonidan turli sohalarga oid persojanlar (buyumlar) hikoya qahramoni sifatida beriladi. Masalan, atirgul, yetti qaroqchi yulduz, sakkiz oyoq. Bunda atirgulning makoni - bog', yetti qaroqchi yulduzning makoni - osmon, sakkiz oyoqning makoni - ummon ekanligi talabalarga bir oz mushkul bo'lsada, lekin badiiy yondoshuv orqali syujet qurilishi mumkin.

Texnologiyaning mualliflik bosqichida kurs badiiy rahbar tomonidan berilgan shart-sharoit yoki o'z mualliflik konsepsiyasida drabl, hikoya, dramatik asar yozish amalga oshiriladi. Bunda avvalo, jarayonni kichik hajmli asarlardan boshlash tavsiya etiladi.

Texnologiyaning sintez bosqichida biror yozuvchining hikoya yoki romani asosida inssenirovka yohud biror mavzuga bag'ishlangan adabiy-badiiy asarlar asosida ssenariy tayyoshlash amalga oshiriladi.

Ma'lumki, inssenirovka va ssenariy adabiy asar namunasi bo'lsada, lekin ular qayta badiiy ishlangan adabiy asarlar hisoblanadi. Shu sababli mazkur asarlarda badiiy sintez, jumaladan san'atlar sintezi muhimdir. Masalan, biror mavzuga oid ssenariy yozilayotganda mavzuga xos qo'shiqlar, raqslar, sahna ko'rinishlari bir-biriga badiiy sintez qilinib to'laqonli adabiy asarga aylantiriladi.

"Rejissyor - dramaturg" art texnologiyasining samaradorligini ta'minlash yuzasidan guruhli muloqat, assosatsiya, individual, adabiy, badiiy-psixologik, g'oyaviy, maqsadli, mantiqiy yondashuv, mualliflik konsepsiyasi, kasbiy prognoz kabi shakl, metod, vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.

"ArtEdu+" art texnologiyasi (3-rasmga qarang). Mazkur texnologiya bo'lajak rejissyorlarning to'rt yillik o'qish davrida mustaqil rejissyorlik ishlarini sahnalashtirishda adabiy asar bilan ishlash ko'nikmasini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, texnologiya bo'lajak rejissyorning aktyorlar bilan ishlashida adabiy asarning mazmuni, tub ma'no va mohiyatini to'laqonli tushuntirish va ijro jihatdan to'g'ri talqin etishini ta'minlaydi.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №6

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

3-rasm. "ArtEdu+" art texnologiyasi

"ArtEdu+" art texnologiyasi mazmuni haqida ma'lumot berishdan oldin, bo'lajak rejissyor mustaqil rejissyorlik ishi sifatida qanday ijodiy ishlarni amalga oshirishi lozimligi haqida qisqacha ma'lumot berishni maqsadga muvofiq deb bilamiz.

Bo'lajak rejissyorning mustaqil rejissyorlik ishlari janr va hajm jihatidan oddiylikdan murakkablikka tamoyiliga asoslanib, o'quv yilining har biri semestrida kurs badiiy rahbari nazoratida mustaqil rejissyorlik ijodiy ishini sahnalashtiradi va jamoatchilik ko'rigiga topshiradi.

"ArtEdu+" art texnologiyasi besh bosqichdan iborat bo'lib, analitik bosqichda mustaqil rejissyorlik ishi uchun adabiy manba to'plash va rejissyorlik tahlilini amalga oshirish; tashkiliy-tayyorlov bosqichida adabiy manbani sintezlash jarayoni; faoliyatga doir bosqichida sahnalashtirish rejasini tuzish, monitoring bosqichida repititsiya va pragon jarayoni, natija bosqichida spektaklni jamoa ko'rigiga muhokama uchun topshirish jarayonlarini qamrab olingan.

Har bir bosqich o'ziga xos ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan iborat bo'lib, kurs badiiy rahbarining qat'iy nazoratida ostida amalga oshirilishi lozim. Texnologiyani amalga oshirishda rejissyorlik tahlili, rejissyorlik g'oyasi, rollar taqsimoti, tempo-ritm, premera kabi shakl, metod va vositalardan foydalaniladi.

"ArtEdu+" art texnologiyasini amalga oshirishda ta'lim resurslari sifatida ijodiy ustaxonalar, o'quv teatri, professional teatr, ochiq maydon va sahnalar (teatrlashtirilgan tomoshalar uchun), elektron ta'lim resurslaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 6

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Texnologiyani amalga oshirishda ta'lim resurslari sifatida qayd etilgan ijodiy ustaxonalar, o'quv teatri bu bevosita oliy ta'lim muassasida auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar asosida amalga oshirilsa, professional teatr, ochiq maydon va sahnalar (teatrlashtirilgan tomoshalar uchun)dagi mashg'ulotlar auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar, malakaviy amaliyot bazasi sifatida yoki fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida amalga oshiriladi.

Texnologiyani amalga oshirishda elektron ta'lim resurslaridan foydalanish tavsiya etiladi. Hozirda oliy ta'lim tizimida HEMIS platformasidan keng foydalaniladi. HEMIS - bu oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi bo'lib, platforma "Ma'muriy boshqaruv", "O'quv jarayoni", "Ilmiy faoliyat", "Moliyaviy boshqaruv va statistika" axborot tizimlarini o'z ichiga olib, oliy ta'lim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga ma'muriy xodimlar, professor-o'qituvchilar va talabalarga elektron ta'lim xizmatlarini taqdim etadi [4].

HEMIS platformasining quyidagi afzalliklari mavjud: barcha subektlarni, shu jumladan talabalar va ularning ota-onalarini ham axborotga bo'lgan ehtiyojini qondira oladi; tizim boshqaruvchilar tomonidan axborotlarni tahlil qilish va ular asosida qarorlar qabul qilish samaradorligini oshiradi; talabalar HEMIS mobil ilovasini yuklash orqali o'z ta'lim ma'lumotlari bilan muntazam ravishda tanishib borishi va ilova orqali ma'lumotlarni elektron ko'rinishda olish hamda qaror qabul qilishda subektiv omillarning ta'sirini bartaraf etish mumkin; talabaga tegishli bo'lgan barcha ma'lumotlar zahiralanadi hamda ta'lim jarayonidagi axborot oqimlari maqsadli ravishda tashkil etiladi; eng muhimi talaba dars jadvali, fan resurslari, ma'lumotlar, nazorat jadvali, shartnomalar hamda topshiriqlar bilan istalgan vaqt, istalgan joyda tanishib chiqa oladi. Bu esa, talaba o'z ta'lim jarayonini nazorat qilishiga katta yordam beradi.

HEMIS platformasining fan resurslari komponentida professor-o'qituvchi tomonidan talaba uchun zaruriy resurslar: ma'ruzalar, amaliy ishlanmalar, o'quv adabiyotlari, elektron resurslar kabilar joylanadi. Rejissyorlik ixtisosligida elektron resurs sifatida joylanashi zarur bo'lgan video materiallarning hajmi kattaligi sabablari ularni platformaga joylashtirishda video materialning link manzili berilmoqda. Bu o'z o'rnida video materialni joylashtirish uchun boshqa elektron resursdan foydalanishni taqoza etadi.

Shu sababli HEMIS platformasi amaliyotga joriy etilmasdan avvalroq, 2020-yil bo'lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish va "ArtEdu+" art texnologiyasini amaliyotga joriy etish maqsadida "ArtEdu+" platformasiga asos solingan. "ArtEdu+" platformasining maqsadi bo'lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, mazkur platformada onlayn o'quv mashg'ulotlari, talabalar mustaqil rejissyorlik ishlari, o'quv spektakllari joylangan.

Bo'lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda art texnologiyalarni loyihalashtirish masalalari yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijasiga ko'ra quyidagi xulosalarga kelindi:

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

bo'lajak rejissyorlarning mutolaa ko'nikmasini rivojlantirishga qaratilgan "Rejissyorlik mutolaasi" art texnologiyasi nafaqat ta'lim sifatida, balki talabalarning ijodkorlik, kreativ qobiliyatini ham rivojlantirishga xizmat qiladi;

bo'lajak rejissyorlarning adabiy asar yozish ko'nikmasini rivojlantirishga qaratilgan "Rejissyor - dramaturg" art texnologiyasi talabalarning badiiy tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan;

bo'lajak rejissyorlarning adabiy asarlar ustida ishlashi va uni sahnalashtirishning nazariy-ijodiy jarayonlarini qamrab olgan "ArtEdu+" art texnologiyasi talabalar uchun ham nazariy, ham ijodiy ahamiyatga ega;

tavsiya etilayotgan art texnologiyalardan auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg'ulotlarda, individual mashg'ulotlarda, mustaqil ta'lim, mustaqil rejissyorlik ishlarini sahnalashtirish jarayonida keng foydalanish mumkinligi texnologiyaning samarali va afzalligini bildiradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Gulboyev A.T. Inklyuziv ta'lim jarayonida bolalar nutqini rivojlantirishda art-texnologiyalaridan foydalanish // Pedagogy of cooperation in improving the quality of education: international experience and modern approaches. International scientific-practical conference, November 13, 2023. - B. 183.

2. Бегидова С.Н. Теоретические основы профессионально-творческого развития личности специалиста физической культуры и спорта. - М.: Майкоп: АГУ, 2001. - 269 с.

3. Петрова Т.В. Арт - технологии в образовательном процессе // https://nsportal.ru (26.04.2024).

4. www.hemis.uz

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HJahongir Abirqulovich Mamatqosimov, dotsent, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD). [Джахангир Абиркулович Маматкасимов, доцент, доктор философии в области педагогических наук (PhD)], [Jahangir A. Mamatkasimov, dotsent, Doctor of Philosophy (PhD) in the field of Pedagogical sciences], manzil: O'zbekiston, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Yalang'ochh dahasi 127 A uy. [адрес: Узбекистан, г. Ташкент, М.Улугбек р. Массив Ялангач, д. 127 А.], [address: Uzbekistan, Tashkent city, M.Ulugbek dst. Massiv Yalangach, 127 A]; e-mail: [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.