Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ta’lim / tajriba / ijtimoiy-iqtisodiy hayot / kasbiy faoliyat / bo’lajak o’qituvchi.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Ne’matova Mavsuma Ulug’bek Qizi

Xalqaro tajribalarga ko’ra, ta’lim amaliyotining differentsiatsiyalanishi va innovatsionlik sharoitida ishlashga, yangiliklarni amaliy joriy etishga qodir professional pedagoglar tayyorlash oliy ta’limning strategik vazifalaridan hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI

RIVOJLANTIRISH Ne'matova Mavsuma Ulug'bek qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11548634 Annotatsiya: Xalqaro tajribalarga ko'ra, ta'lim amaliyotining differentsiatsiyalanishi va innovatsionlik sharoitida ishlashga, yangiliklarni amaliy joriy etishga qodir professional pedagoglar tayyorlash oliy ta'limning strategik vazifalaridan hisoblanadi.

Kalit so'zlari: Ta'lim, tajriba, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, kasbiy faoliyat, bo'lajak o'qituvchi.

Bugungi kunda zamonaviy sharoitlarda jahon fani va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirishning hamda mamlakatimizning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili bo'lib bormoqda. Chunki bugungi tezkor rivojlanish davrida jamiyat uchun faol fikrlovchi, innovatsion g'oyalarni yaratuvchi hamda ularni amaliyotda samarali qo'llovchi malakali mutaxassislar zarur. Bu esa o'z navbatida, ta'lim jarayoniga innovatsiyalarni, o'qitishning zamonaviy interfaol va ijodiy uslublarini joriy etish va sohaga yo'naltirish orqali ta'lim sifatini oshirishga ko'maklashuvchi innovatsion o'quv dasturlarini ishlab chiqish, oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining ilmiy tadqiqotlarini tashkil etish va boshqarish ularning innovatsion kompetentligini rivojlantirishni talab etadi.

"Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorida ham, Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida innovatsion va texnologik g'oyalarni har tomonlama rivojlantirish hamda qo'llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, professor-o'qituvchilar, yosh olimlar va talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish borasidagi tashabbuskorligini oshirish yuzasidan aniq choralar ko'rish masalasi o'rin olgan.

Bugungi kunda ta'limdagi yangilanish, asosan, Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqishnigina amalga oshirmay, balki oliy ta'lim muassasalaridagi o'quv jarayoni orqali talabalarni o'z kelajagini yorqin tasavvur qila oladigan, bu borada o'z taqdiri va o'z shaxsiga ongli munosabatda bo'lib, turli faoliyatlarda o'z-o'zini rivojlantira oladigan tafakkuri shakllangan, erkin, faol va mustaqil shaxsni shakllantirishni ko'zda tutadi.

Talabalarga iqtisodiy fanlarni o'qitishda, ularning iqtisodiy tafakkurini shakllantirishda har qachon, milliylik va milliy manfaatlar nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda darslarni tashkil etish lozim. Har bir davr iqtisodiy taraqqiyoti darajasi va iqtisodiy munosabatlari tizimini o'rganish va baho berishda xolislikka va adolatga suyanmoq kerak.

Hozirgi kunda, milliy iqtisodiyotni shakllantirayotgan ekanmiz, talabalar ongida shakllanayotgan yangi iqtisodiy munosabatlar tizimini o'rgatuvchi iqtisodiy ta'limni milliy qadriyatlarimiz bilan uyg'unlashtirgan holda yetkazishimiz, buning uchun oliy ta'lim muassasalari uchun tayyorlanayotgan iqtisodiy fanlarga oid darsliklar, o'quv qo'llanmalarni jahon andozalari talabi darajasida hamda, milliylikni unutmagan holda tayyorlanishini alohida qayd

etishimiz o'rinlidir. Buning uchun biz davlatchiligimiz tarixida bozorga xos bo'lgan iqtisodiy munosabatlar kechagi kundan paydo bo'lgan emas, aksincha, uning paydo bo'lishi uzoq tarixga borib taqalishini ham anglab yetishimiz zarur.

Oliy ta'lim muassasalari uzluksiz ravishda ijodiy tafakkurni talab qiladigan, muammoli xususiyatdagi topshiriq va masalalar tizimidan iboratdir. Har bir ma'ruza, seminar, mustaqil ta'lim, laboratoriya ishlari ham muammoli vaziyat, holatning tarkibiy qismlaridan tuzilgan bo'ladi. Ularni hal qilish esa talabadan ijodiy izlanishni talab qiladi. Chunki muammoli holatgacha davr, muammoli vaziyat, muammoli vaziyatdan keyingi aqliy jarayonlar ham talabadan ijodiy qidiruv, tadqiqot faoliyatini amalga oshirishni taqozo etadi. Topshiriqlarni mustaqil bajarish talabalardan tafakkur operatsiyalari (analiz, taqqoslash, solishtirish, mavhumlashtirish, umumlashtirish, guruhlash) va shakllaridan (tushuncha, hukm, xulosa chiqarishdan) foydalanishni talab qiladi.

Bizningcha, iqtisodiyot fanlaridan muammoli o'qitish jarayonida talabaning mustaqillik roli reproduktiv o'quv usullariga solishtirib qaraganda ancha samarali bo'ladi. Muammoli ta'limning maqsadi - talabalar bilan ishlash jarayonida ta'lim-tarbiya masalalari, yuzaga kelgan muammo va savollariga javob qidirish, ularni hal etish yo'llari bilan yangi bilimlarni o'zlashtirishni, talabalar o'quv faoliyatida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish va hal etish bo'yicha professor-o'qituvchilar ularda qiziqish uyg'ota olishidan iborat. Jumaladan:

1. Iqtisodiyotda yuzaga kelgan muammolarni tahlil qilib fikr yuritish, talabalarning mustaqil aqliy faoliyatini rivojlantirishning muhim talablaridandir. Bunday fikr yuritish talabani shu narsani anglay olmaganligini tushunib yetib, bu gapning ma'nosiga jiddiy ravishda e'tibor berishga, tafakkurini shakllantirishga qaratadi.

2.Oliy ta'lim muassasalarida o'qitish jarayonida iqtisodiy tafakkurni samarali, maqsadga muvofiq bo'lishi uchun uni o'quv jarayoni, o'quv-tarbiya ishlari asosining bir qismiga aylantirish zarur. Muammoli ta'lim yordamida esa bo'lajak iqtisodchi mutaxassislarda o'quv muammolari va mutaxassislik masalalarini yechishga tadqiqiy yondashish, iqtisodiy tafakkurini rivojlantirish, mustaqil tarzda o'rganish mahoratini shakllantirishni tarbiyalaydi.

3. Iqtisodiy ta'lim talabalar bilim tizimlari va aqliy hamda amaliy faoliyatlarida samarali o'zlashtirishga, tafakkurini shakllantirishga yordam beradi, o'zlashtirgan yangi bilimlaridan kelajakdagi vaziyatlarda unumli foydalana olishni, ta'lim muammolarini yecha bilish, mustaqil izlanishga o'rgatish, ijodiy tajribaga ega bo'lish va uni rivojlantirish, ta'lim jarayonining vazifalarini tahlil qilish, muammoli ta'limni aniqlash imkoniyatlarini ochib beradi.

Mamlakatimizda kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, ko'p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish, O'zbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida ko'rsatilgan iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, ya'ni iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishgina emas, insonlarda, ayniqsa, yoshlarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish muhim rol o'ynaydi. Chunki iqtisodiy tafakkur jamiyat a'zolarining dunyoqarashini shakllantirishda mustaqil fikr yuritish, vaziyatga ko'ra qaror qabul qilishga o'rganishiga asos bo'ladi.

Bozor iqtisodiyotining ichki o'ziga xos ilg'or xususiyati, bu barchaga, har bir kishiga teng iqtisodiy erkinliklarni berish, ularni mustaqil faoliyat ko'rsatishi, farovon hayot kechirish, o'zi va davlat manfaatlarini ro'yobga chiqarish uchun qulay imkoniyatlar, har qanday faoliyatning huquqiy, adolatli negizini yaratishdir. Buning uchun:

- mamlakatimizning har bir fuqarosida ana shunday imkoniyatlardan foydalana oladigan iqtisodiy fikrlash qobiliyatini tarbiyalash lozim;

- iqtisodiy bilimlar iqtisodiyotimizni rivojlantirishning kuchli omiliga aylanayotganini hisobga olib, oliy ta'lim muassasalarida iqtisodiy fanlarni chuqur o'rganishni yo'lga qo'yish zarur.

Iqtisodiy tafakkurni izchil rivojlanishi nazariya va amaliyotning uzviy bog'liqligidan kelib chiqadi. Aynan iqtisodiy nazariya va iqtisodiy siyosatning uzviy bog'liqligiga erishish iqtisodiy madaniyat yuksalishiga ijobiy ta'sir qiladi.

Milliy iqtisodiy tafakkurni rivojlanishi xususiy mulkchilikni e'tirof etish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarida tub tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlar salmog'ini oshirish bilan bir qatorda mutaxassis kadrlarni xalqaro miqyosda raqobatbardoshlikka qodir bo'lgan bilimlarni o'zlashtirishini talab etadi.

Bugungi kunda olimlarning tadqiqotlari natijasida shu narsa aniqlandiki, oliy ta'lim muassasalarida ta'lim oluvchilar tafakkurining shakllanishi birinchi galda o'qitish ta'siri ostida amalga oshar ekan. Tafakkur qilish esa, ta'limning mazmuni, o'qitishning prinsiplari va shakllari kabi pedagogik kategoriyalar orqali amalga oshadi. Shu bois, "tafakkur" tushunchasi pedagogik kategoriya sifatida qabul qilinadi. Binobarin, talabalarda tafakkurning shakllanishini pedagogik nuqtai nazardan qarab chiqish juda muhimdir. Talabalarning tushunchaviy tafakkurini shakllantirish o'quv-tarbiya jarayonida tafakkurni rivojlantirishning shartlarini, yo'llarini aniqlash kabi tushuniladi. Tafakkur qilish pedagogik kategoriyalar orqali amalga oshishini nazarda tutsak, bilimlarning shakllari, o'qitishning prinsiplari, metodlari va shakllarining tafakkurni, xususan tushunchaviy tafakkurni rivojlantirishga qay darajada yo'nalganligini aniqlash juda muhimdir. Bu esa tushunchaviy tafakkurni rivojlantirishning shartlarini, yo'llarini va vositalarini aniqlashga imkon beradi.

Talabalar fikr yuritish faoliyatida o'zi aks ettirgan, sezgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning to'g'riligi, aniqligi, haqiqiyligi yoki ularning voqelikka mos tushishini aniqlaydi. Ijtimoiy hayotda, ta'lim jarayoni va ishlab chiqarishda insonlar o'rtasida obyektiv tarzda yuzaga keladigan aloqa va subyektiv munosabatlar ham tafakkur yordamida namoyon bo'ladi.

Harakatlar strategiyasining "Ijtimoiy sohani rivojlantirish" deb nomlangan to'rtinchi yo'nalishi oliy ta'lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Iqtisodiyot oliy ta'lim muassasalarida talaba-yoshlarni mustaqil ta'lim olishga, o'z-o'zini rivojlantirishga tayyorlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Buning uchun mashg'ulotlar jarayonida o'qitishning turli xil texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq:

1. Talabalarda o'quv faoliyat butunligini hamda mantiqiy tafakkurni shakllantirish.

2. Talabalarning mustaqil ta'lim olish faoliyatini faollashtirish.

3. Talabalarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun fikrlash xususiyatlarini shakllantirish.

4. Mashg'ulotlar jarayonida talabalarda dialektik tafakkurni rivojlantirish.

5. «Bilimlar iqtisodiyoti», «Innovatsion iqtisodiyot» va iqtisodiyotga oid fanlarni o'tish jarayonida talabalarda ijodiy tafakkurni shakllantirish.

Talabalarni muammoli vaziyatlarga tortish, tanqidiy holatlarini muhokama qilish ulardagi muammolarni mustaqil holda topish va ularni yechish uchun o'z loyihalarini, keyslarni tuzish va himoya qilish talabalar tafakkurining ma'nodor va unumdor bo'lishiga xizmat qiladi.

Bugungi xalqaro maydonda O'zbekistonning munosib o'rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, oliy ta'lim muassasalarida mutaxassis kadrlar tayyorlash, uning sifat va samaradorligini oshirish borasida ham so'nggi yillarda keng ko'lamli ishlar qilindi va qilinmoqda. Jumladan, tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning kasbiy mustaqilligi, ijodkorligi, tadbirkorligi, faolligi kabi xislatlarni tarkib toptirishga va oliy ta'limni tashkiliy va mazmun jihatdan takomillashtirishga katta e'tibor berilmoqda. Bu esa, ta'lim mazmunini integratsiyalash, ilm-fan uslublarini oliy ta'lim shart-sharoitlariga moslashtirishni taqozo etadi. Ta'limdagi tizimlilik va ketma-ketlikni, turli o'quv fanlariga oid tushuncha, qonun va nazariyalarning o'zaro bog'liq ta'sirchan omili sifatida talqin etish lozim, chunki fanlarning integratsiyalashuvi umumlashgan bilimlarni shakllantirish, ular mazmunini chuqurlashtirish va boyitish imkonini beradi.

Umuman olganda, iqtisodiyot oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonida talabalarning tafakkurini shakllantirishga yo'naltirilgan ana shunday o'qitish ularga o'z-o'zini anglash va o'z-o'zini rivojlantirish uchun yordam beradi. Bunday holatda ta'lim olish talabalar tomonidan erishish lozim bo'lgan maqsad deb emas, balki o'z shaxsini rivojlantirish vositasi deb qabul qilinadi va so'zsiz mashg'ulotlar o'tish jarayonida ularning iqtisodiy ta'limga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. -T.: Fan va texnologiya, 2012.-170 b.

2. Rayzberg B.A. Psixologicheskaya ekonomika: Uchebnoye posobiye. - M.: INFRA-M, 2019.

3. Spivak V.A. Organizatsionnoye povedeniye i upravleniye personalom: Uchebnoye posobiye. - Spb., 2008. -62 s.

4. Tojiboyeva D. va boshq. Iqtisodiy pedagogika. - T.: Fan va texnologiya, 2008. -256 b.

5. Xadjabayev A., I.Xusanov. Kasbiy ta'lim metodologiyasi. -T.: Fan texnologiya, 2006. -175 b.

6. Hakimova M.F., Yulchyeva G.T. Zamonaviy iqtisodchining shaxsi. - T.: Fan va texnologiyalar, 2014. -207 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.