Научная статья на тему 'TIBBIYOT INSTITUTI TALABALARIDA KLINIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH IJODIY JARAYON SIFATIDA'

TIBBIYOT INSTITUTI TALABALARIDA KLINIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH IJODIY JARAYON SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

67
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tibbiy ta‟lim / zamonaviy talab / samaradorlik / shakllantirish / klinik tafakkur / yangi ta‟lim paradigmasi / ijod. / Медицинское образование / современный спрос / эффективность / формирование / клиническое мышление / новая образовательная парадигма / креативность.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nigora Dadahonovna Ahmedova

Maqolada tibbiyot oliygohlari talabalarining ta'lim sifatini oshirish, tibbiy ta'limning ustuvor maqsadi va uning samaradorligi mezoni bo'lajak shifokorning shaxsiy salohiyatini rivojlantirish va professional komponentni amalga oshirish masalalari ko‟rib chiqilgan. Tibbiyot oliy o„quv yurti talabalarining klinik tafakkurini shakllantirish jarayoni ijodiy jarayon bo‟lishi muhimligi ta‟kidlanadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье рассматриваются вопросы повышения качества образования студентов медицинских вузов, как приоритетная цель медицинского образования и критерием его эффективности является развитие личностного потенциала будущего врача и реализация профессиональной составляющей. Подчеркивается, что процесс формирования клинического мышления студентов медицинского вуза является творческим процессом.

Текст научной работы на тему «TIBBIYOT INSTITUTI TALABALARIDA KLINIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH IJODIY JARAYON SIFATIDA»

TIBBIYOT INSTITUTI TALABALARIDA KLINIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH IJODIY JARAYON SIFATIDA

Nigora Dadahonovna Ahmedova

ADTI O'zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi mudiri PhD dotsent

ANNOTATSIYA

Maqolada tibbiyot oliygohlari talabalarining ta'lim sifatini oshirish, tibbiy ta'limning ustuvor maqsadi va uning samaradorligi mezoni bo'lajak shifokorning shaxsiy salohiyatini rivojlantirish va professional komponentni amalga oshirish masalalari ko'rib chiqilgan. Tibbiyot oliy o'quv yurti talabalarining klinik tafakkurini shakllantirish jarayoni ijodiy jarayon bo'lishi muhimligi ta'kidlanadi.

Kalit so'zlar: Tibbiy ta'lim, zamonaviy talab, samaradorlik, shakllantirish, klinik tafakkur, yangi ta'lim paradigmasi, ijod.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются вопросы повышения качества образования студентов медицинских вузов, как приоритетная цель медицинского образования и критерием его эффективности является развитие личностного потенциала будущего врача и реализация профессиональной составляющей. Подчеркивается, что процесс формирования клинического мышления студентов медицинского вуза является творческим процессом.

Ключевые слова: Медицинское образование, современный спрос, эффективность, формирование, клиническое мышление, новая образовательная парадигма, креативность.

ABSTRACT

The article discusses the issues of improving the quality of education of students of medical universities, as a priority goal of medical education and the criterion for its effectiveness is the development of the personal potential of the future doctor and the implementation of the professional component. It is emphasized that the process of forming the clinical thinking of medical students is a creative process.

Keywords: Medical education, modern demand, efficiency, formation, clinical thinking, new educational paradigm, creativity.

Tibbiy ta'limni isloh qilish bo'yicha takliflar insonparvar, mehribon shifokorlarni tarbiyalashga yordam berish uchun kasbiy identivlikga yo'naltirilgan ta'limni tavsiya qiladi.

April, 2023

189

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-8-18

Tibbiyot oliygohlari talabalarining ta'lim sifatini oshirish haqida o'ylar ekanmiz, biz ko'pincha bu bilan shakllangan xususiyatlarning ishonchliligini, olingan ta'limning fanning hozirgi holatiga, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga mosligini, qo'shimcha parametrlarning o'zgarishini hisobga olgan holda tushunamiz,bular ta'limning qadr-qimmatini oshiradilar [2].

Zamonaviy talablardan kelib chiqib, yangi ta'lim paradigmasi [4] ta'lim muassasalari oldiga muvaffaqiyatli raqobat va bitiruvchilarga bo'lgan talabni qondirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga moslashuvchan munosabatda bo'lish vazifasini qo'ydi[1]. Qo'yilgan vazifalarni hal qilish innovatsiyalarga va butun kasbiy faoliyati davomida ta'lim olishga tayyor bo'lgan harakatchan, o'zini- o'zi yo'naltira oladigan shaxsni shakllantirish va rivojlantirish bilan bog'liq. Bugungi kunda kasbiy tayyorgarlik bemorlarning ko'rsatilayotgan tibbiy yordam sifatiga bo'lgan talablarini oshishida va xususan, shifokorlarni vaqti-vaqti bilan ommaviy axborot vositalarida malakasizlikdagi ayblovlari shifokor-bemor munosabatlarining paternalistik modelining bosqichma-bosqich yo'qolishi, shifokorga muqaddas bilim tashuvchisi sifatida munosabatning yo'qolishi, bu bilan birga ishonchning yo'qolishi, bilan bog'liq sharoitda o'z ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrni erkin tanlash imkoniyatini oshirish yo'nalishida amalga oshirilmoqda. Bunday sharoitda bakalavrlarni tayyorlashga yondashuvni insoniyatning global muammolarini hal qilish bilan birgalikda, talabalarning ham dolzarb ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan qayta ko'rib chiqish zarurati kelib chiqadi.

Muammoni tushunishda quyidagi qarashlar o'rtasidagi qarama-qarshiliklarni aytib o'tish kerak: - jamiyatning klinik tafakkurga ega bo'lgan bo'lajak shifokorlarga bo'lgan ehtiyoji va oliygoh sharoitida bakalavrlarning klinik tafakkurini rivojlantirishni tashkil etishning yagona muvofiqlashtirilgan strategiyasining yo'qligi; - kasallikni aniqlash va uni samarali davolashning zamonaviy metodologiyasini, shuningdek, oliygohda shaxsiy rivojlanish va o'zini- o'zi kasbiy shakllantirish vositasi sifatida klinik (diagnostik va terapevtik) qarorlar qabul qilish metodologiyasini o'rganishga talablari shu bilan birga ushbu jarayonni ta'minlash mexanizmlari yo'qligi; - bo'lajak bakalavrlarni kasbiy tayyorlash jarayonining samaradorligini oshirish zarurati va klinik tafakkurni rivojlantirish uchun pedagogik shart-sharoitlarning noaniqligidir.

Ta'limning yangilanadigan paradigmasining asosiy xususiyati - shaxsga yo'naltirilgan ta'lim kontseptsiyasiga o'tish bo'lib, u bo'lajak mutaxassisning printsiplar sintezi; fundamentallik, individuallashtirish, shaxsiy o'zini o'zi rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarni amalga oshirish, kasbiy va ijtimoiy o'zini o'zi anglash asosida intellektning ustuvor rivojlanishini kafolatlaydigan kasbiy kompetentsiya darajasiga erishishni

nazarda tutadi.

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-8-18

Tibbiy ta'limning ustuvor maqsadi va uning samaradorligi mezoni bo'lajak shifokorning shaxsiy salohiyatini rivojlantirish va professional komponentni amalga oshirishdir.

Zamonaviy oliy ta'lim muassasalarining umumiy vazifasi bu kasbiy mahorat asosida yangi sharoitlarga moslasha oladigan bitiruvchilarni tayyorlashdan iborat [6]. Ayniqsa, tibbiy yo'nalishdagi ta'lim muassasalariga yuqori talablar qo'yilmoqda. Bemorga mustaqil ravishda zarur tibbiy yordam ko'rsatishga, mas'uliyatli qarorlar qabul qilishga qodir yuqori malakali mutaxassisning roli keskin ortib bormoqda. Bu qo'llab-quvvatlovchi ta'limdan (o'quvchilarni odatiy vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashga qaratilgan) muqobil innovatsion ta'limga (noaniqlik holatlari uchun zarur bo'lgan professionallikning ajralmas xususiyatlariga ega bo'lgan mutaxassisni shakllantirish) o'tishni talab qiladi.

Aniqlanishicha, bu turdagi ta'limning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ta'lim mazmunini fanlararo tashkil etish; mazmuni va o'qitish usullarining innovatsionligi; bitiruvchilarning nafaqat o'quv jarayonida bilimlarni o'zlashtiribgina qolmay, balki tubdan yangi bilim va texnologiyalarni yaratish qobiliyati; talabalarning klinik tafakkurini shakllantirish.

Tibbiyot oliy o'quv yurti talabalarining klinik tafakkurini shakllantirish jarayoni ularning mustaqil o'quv va ilmiy faoliyati bilan maqsadli tashkiliy birlik va ko'p bosqichli integrativ pedagogik texnologiyalar, professional harakatlar va klinik-kontent tadqiqot vazifalarining haqiqiy tibbiy amaliyotga yaqin bo'lgan algoritmlarni o'z ichiga olgan yaxlit uslubiy tizim bilan didaktik ta'minlansa samarali bo'ladi..

Klinik tafakkur - bu boshlang'ich aqliy operatsiyalar: tibbiy diagnostika, terapevtik va ijodiy-texnologik prognozlar yo'nalishi bo'yicha tahlil, taqqoslash, sintez va umumlashtirish, yakuniy: qaror qabul qilish, nazorat qilish va davolash jarayonlarining jihati va shifokor va bemorning psixologik pedagogik o'zaro ta'siri asosida baholashni amalga oshiradigan professional-tizimli tafakkurdir. Eng qisqa ta'rifni prof. R.G. Artamonov beradi: "Klinik tafakkur - bilim, tajriba va tibbiy sezgi asosida ma'lum bir bemorda kasallik diagnostikasi, davolash va prognozi masalalarini professional, ijodiy hal qilish"[3].

Tibbiy faoliyatning o'ziga xos xususiyatlariga ko'ra, ushbu aqliy operatsiyalar kasbiy jihatdan o'ziga xos ifodaga ega bo'ladi - simptomatik-kompleks tahlil, nazariy va amaliy-klinik taqqoslash, nazariy shartli umumlashtirish - obraz, amaliy-shartli umumlashtirish - obraz, texnologik qarorlar qabul qilish, refleksiv-baholovchi nazorat.

Talabalarning klinik tafakkurini rivojlantirishning asosiy yo'nalishi ularning o'quv va ilmiy faoliyatidir. Bu insonning kasbiy, shu jumladan tibbiy faoliyat sub'ekti sifatida shakllanishining umumiy shartlari

bilan bog'liq. O'quv va ilmiy-tadqiqot faoliyati jarayonida

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-8-18

maqsadlarni muvofiqlashtirish quyidagicha mantiqiy sodir bo'ladi: o'qituvchi ta'lim jarayonini sifat jihatidan yangi intellektual darajada - o'quvchining ta'lim faoliyatini intellektual o'zini tashkil etishini; talabaning analitik va kognitiv harakatlarini rag'batlantirish - mustaqil izlanish va o'z faoliyatini tashkil etish; talabalarning klinik tafakkurining tarkibiy elementlarini bosqichma-bosqich shakllantirish - ular tomonidan klinik tafakkurning tarkibiy elementlarini bosqichma-bosqich to'plash va shifokor mutaxassisligi standartiga o'zaro, ikki tomonlama erishish.

Klinik tafakkurning birinchi ko'rinishlari o'qishning uchinchi yilida talabaning o'zida kasallikning klinik belgilarini izlash shaklida kuzatiladi.

Talabalarning klinik tafakkurini shakllantirish jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish yagona tizimni qo'llab-quvvatlovchi asosga ega, ular faoliyatining ma'lum bir bosqichida yangi ifoda - maqsadni amalga oshirishga asoslanadi.

Klinik tafakkur xususiyatlarni aniqlash, tahlil va sintez, taqqoslash va farqlash, abstraktsiya va umumlashtirish, mantiqiy fikrlash, induksiya va deduksiya, bilim va tajriba va boshqalar kabi operatsiyalarga asoslanadi.

Klinik tafakkur - bu "bemor to'g'risida turli yo'llar bilan olingan barcha ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish va sintez qilish, bir vaqtning o'zida ilgari duch kelgan kuzatuvlar, nazariy bilimlari va sezgi (tajriba) bilan individual tashxis qo'yish, davolash taktikasini belgilash qobiliyati"dir [5]. Klinik tafakkur - bu muayyan kasbiy faoliyat doirasida amalga oshiriladigan ijodiy jarayon.

Talabalar uchun tibbiyot oliygohida o'qishning boshidanoq shifokorlik kasbini egallash jarayoni ko'p sonli fanlarni o'rganishdan boshlanadi, bu ko'plab tushunchalar va atamalarni ishlab chiqishni, ularni eslab qolishga harakatni o'z ichiga oladi va talabalardan kuchli harakatni talab qiladi. Bu nazariy bilimlar klinik masalalarni yechishda bevosita talabalarning amaliy faoliyatida emas, talabalar ularni faqat nazariy kafedralarda boshlaydilar, balki faqat vaziyatli topshiriqlarda aktuallashtiriladi. Shuning uchun talabalar klinik vazifalar, shifokorning kasbiy faoliyati bilan bog'liq holda katta hajmdagi nazariy materialni o'zlashtirishda o'zlari uchun shaxsiy ma'no topmaydilar. Natijada ularning o'quv jarayoniga qiziqishi yo'qoladi, motivatsiyasi pasayadi. Agar talaba nazariy materialning ushbu ulkan qatlamini nima uchun o'rganayotgani, bu shifokor o'z kasbiy faoliyatida hal qilishi kerak bo'lgan klinik vazifalar bilan qanday bog'liqligi haqida ozgina tasavvurga ega bo'lmasa, hatto iroda, qat'iyat va sabr-toqatning namoyon bo'lishi ham vaziyatni tubdan o'zgartirishga yordam bermaydi.

Shu sababli, shifokorlik kasbini egallashning dastlabki qadamlaridan boshlab, tibbiyot talabalari ijodiy klinik tafakkurni shakllantirishlari kerak, bu nazariy va klinik fanlar o'rtasidagi magistral aloqalarni

ajratishni o'z ichiga oladi. Birinchi kursdayoq talabalar amaliy

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-8-18

klinik muammolarni hal qilishda bilim va ko'nikmalar qanday ekanligi haqida birlamchi umumiy tasavvurni shakllantirishlari kerak. Klinik (ijodiy) tafakkurni shakllantirish o'ziga va dunyoga nisbatan bazaviy munosabatni yaratishni o'z ichiga oladi, bu o'zgaruvchan, mustaqil, mazmunli pozitsiyani nazarda tutadi. Bu pozitsiya ta'limning ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi, chunki u ongli va refleksiv

Klinik amaliyot bilan bog'liq asosiy yo'nalishlar tibbiy diagnostikani amalga oshirishda nazariy bilimlar, empirik tajriba va ko'nikmalarni to'plashni optimallashtirishning didaktik usullaridir. Klinik tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish usullarini takomillashtirish, klinik amaliyotni tashkil etish va moddiy-texnika ta'minotini takomillashtirish bilan bir qatorda, tibbiy yordam samaradorligini oshirishga qaratilgan ancha dolzarb va muhim tashkiliy-uslubiy vazifadir.

Klinik tafakkurga ega bo'lgan shifokorni quyidagi qobiliyatlarga ega bo'lgan mutaxassis sifatida ta'riflash mumkin:

- bilimlarni to'plash va boyitish;

- klinik ko'rinishlarning turli xususiyatlarini sezish va farqlash, muammoli vaziyatlarda bilimlarni qo'llash;

- intuitiv his qilish.

Shunday qilib, klinik tafakkur stereotipli tafakkur emas. Bu sof professional, tibbiy tafakkur ekanligi aniq. Uni o'zlashtirishni istamagan odamga o'rgatish mumkin emas. Klinik tafakkurni o'rgatish jarayoni faqat ijodiydir. Tibbiyot oliygohi talabalarining klinik tafakkurini shakllantirish jarayoni - bu talabalarning pedagogik va individual maqsadlarining umumiy yo'nalishini, o'qituvchi tomonidan o'quv jarayonini tadqiqot darajasiga o'tkazishni va talabalarning o'quv faoliyatida o'z-o'zini tahliliy-qidiruv tizimini aks ettiruvchi uslubiy tizimdir. Talabaning analitik va kognitiv harakatlarini pedagogik rag'batlantirish va tadqiqot ko'nikmalarini mustaqil ravishda to'plashni ta'minlash, klinik tafakkurni rivojlantirish va uning elementlarini talaba sa'y-harakatlari bilan bosqichma-bosqich to'plash uchun didaktik yordam berish kerak. O'quv jarayonida an'anaviy va noan'anaviy vositalar (dasturiy ta'lim matnlari, tadqiqot orqali talaba tomonidan mustaqil ravishda olingan yangi bilimlar, innovatsion tibbiy amaliyot modellari); shakllar (nazariy va turli amaliy tadqiqotlar) va o'quv-eksperimental usullardan foydalanish mumkin.

REFERENCES

1. Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019-yil 23-sentyabrdagi "Oliy ta'lim muassasalari raxbar va pedagog kadrlarining uzluksiz mala-kasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi tuFrisida"gi 797-son Karori // Uzbekiston Respublikasi konun xujjatlari ma'lumotlari milliy

bo'ladi.

bazasi, 2019-y., 09/19/797/3793-son.

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-8-18

2. Anoshkin, N.K. Psixologo-pedagogicheskiye osnovbi formirovaniya refleksivnogo klinicheskogo mishleniya [Tekst]: Dis. ... d-ra psixol. nauk / N.K. Anoshkin. - Perm, 2001 - 358 c.

3. Artamonov, R.G.O klinicheskom mbishlenii [Elektronnbiy resurs]. /

http://medreferatra/referat/new/9999/2154?phrase_id=421571:

4. Zimnyaya I.A. Klyuchevbiye kompetensii - novaya paradigma rezultata obrazovaniya. // "Eksperiment i innovatsii v shkole" jurnali. 2009. №2.

5. Kuzminov O.M., Pshenichnbix L.A., Krupenkina L.A.Formirovaniye klinicheskogo mbishleniya i sovremennbiye informatsionnbiye texnologii v obrazovanii: monografiya. - Belgorod: nashriyot uyi, 2012. - 110-yillar.

6. Mustafoyeva Durdona Asilovna, "Oliy ta'lim muassasalari ixtisoslik fan o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish" Zamonaviy ta'lim / sovremennoe obrazovanie 2020, 7 (92)

7. Агзамова, Н. Ш., & Каримов, А. Р. (2022). СОЦИОБИОЛОГИЯ И БИОЭТИКА. Academic research in educational sciences, 3(NUU Conference 2), 232-241.

8. Агзамова, Н. Ш., & Адилова, А. Ш. (2020). ЭТИЧЕСКИЕ ПОСЛЕДСТВИЯ ПАНДЕМИИ КОВИД-19. Научный журнал" Академический вестник ЭЛПИТ, 6.

R.G.Artamonov. // Medreferat.ru

Rejim dostupa:

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.