Научная статья на тему 'BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING INTELLEKTUAL-IJODIY KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY AHAMIYATI'

BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING INTELLEKTUAL-IJODIY KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abduvaliyeva Dilsora Nodirjon Qizi

Jamiyatning asosiy bo’g’inlaridan hisoblangan uzluksiz ta’lim tizimi turli yo’nalishlarida jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Intellekt bu shundayin ta’limiy boylikki, u ta’lim jarayonida oʻzining ijodiy ta’siri bilan jarayonni aktivlashtiradi va ijodiy jarayonlar bilan doimiy boyitib borilishni taqazo etadi. Bu masalada ta’limni modernizatsiya qilish ham alohida ahamiyatli boʻlib, shaxsni tizimli ravishda intellektual rivojlanishini talab qiladi. Zamonaviy ta’limning bir qator yo’nalishlari tarkibida intellektual-ijodiy shaxsni shakllantirishga xizmat qiladigan taʼlim sharoitlarini yaratish vazifalari qo’yilmoqda. Uzluksiz ta’limda ijodiy fikrlaydigan pedagog, intellektual isteʼdodli ta’lim oluvchilar taʼlim muassasasi faoliyati muvaffaqiyatining eng muhim koʻrsatkichlari hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING INTELLEKTUAL-IJODIY KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING INTELLEKTUAL-IJODIY KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY AHAMIYATI

Abduvaliyeva Dilsora Nodirjon qizi

O'zbekiston Respublikasi, Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti

(DSc)

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.11079228

Jamiyatning asosiy bo'g'inlaridan hisoblangan uzluksiz ta'lim tizimi turli yo'nalishlarida jadal sur'atlarda rivojlanmoqda. Intellekt bu shundayin ta'limiy boylikki, u ta'lim jarayonida o'zining ijodiy ta'siri bilan jarayonni aktivlashtiradi va ijodiy jarayonlar bilan doimiy boyitib borilishni taqazo etadi. Bu masalada ta'limni modernizatsiya qilish ham alohida ahamiyatli bo'lib, shaxsni tizimli ravishda intellektual rivojlanishini talab qiladi. Zamonaviy ta'limning bir qator yo'nalishlari tarkibida intellektual-ijodiy shaxsni shakllantirishga xizmat qiladigan ta'lim sharoitlarini yaratish vazifalari qo'yilmoqda. Uzluksiz ta'limda ijodiy fikrlaydigan pedagog, intellektual iste'dodli ta'lim oluvchilar ta'lim muassasasi faoliyati muvaffaqiyatining eng muhim ko'rsatkichlari hisoblanadi.

Oliy ta'limni modernizatsiya qilish kontseptsiyasi shunchaki kutilayotgan o'zgarishlar, harakatlardagi o'zgarishlar dasturi, balki yangi maqsadlar va yangi qadriyatlarni belgilaydigan yangi oliy ta'lim falsafasi hamdir. Hozirda ma'lum vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qila oladigan, ularning sodir bo'lishi mumkin bo'lgan oqibatlarini ko'ra oladigan, ma'lum qarorlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oladigan savodli, yuqori darajada intellektual salohiyatli, ijodiy fikrlarini amalda qo'llay oladigan yetuk kadrlarni yetishtirish dolzarb masala bo'lib qolmoqda.

Zamonaviy ta'lim tizimi ijtimoiy, siyosiy, texnologik rivojlanish jabhalari bilan uyg'unlikda mazmun, talab, sifat o'zgartirishini boshdan kechirmoqda. Bu obyektiv ravishda zarurdir, chunki aks holda oliy ta'lim muassasasiasosiy ijtimoiy ta'lim instituti maqomini yo'qotadi. Boshqa tomondan, pedagogik korpusning ekstensiv pedagogik va metodik qoidalar asosida tarbiyalangan, va faqat "o'qituvchi" nomi muayyan ijtimoiy imtiyozlarni berishi mumkin deb ishonadigan qismi, yangiliklarga psixologik va metodik tayyor emasliklari sababli innovatsion pedagogika va metodika sharoitida doimiy psixologik taranglik holatida tushib qoldi.

Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda innovatsion yondashuvning mohiyatiga ko'ra, zamonaviy jihatdan jihozlangan texnologiyalardan foydalanishni talab qiladi, ammo oliy maktab domla-o'qituvchilari hali ham shaxsning kreativ qobiliyatlarini rivojlantiradigan yangi texnologiyalarni yetarlicha egallasalar maqsadga muvofiq bo'ladi. Ham metodik, ham metodik bo'lmagan fanlar o'qituvchilarni kreativ texnologiylarni egallash yo'nalishida metodik qo'llab-quvvatlash zarur.

Hozirgi kunda bo'lajak o'qituvchilarni o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini -rivojlantirishga o'rgatish, talabalarda ushbu qobiliyatlarni o'zi mustaqil rivojlantirishga, OTM domla-o'qituvchilarini kreativ texnologiyalarga o'rgatish ongli - zaruratning natijasidir.

Jamiyat rivojlanishidagi zamonaviy tendentsiyalardan kelib chiqadiki, ham o'rta va ham oliy o'quv yurtlarida shakllangan ta'lim amaliyoti bilimlarning maksimal hajmini uzatishga -qaratilgan bo'lib, o'z dolzarbligini yo'qotdi, uning o'rnini bilimlarni maqbul ravishda tasarruf eta oladigan, samarali ravishda amalga oshira oladigan va jamiyat tomonidan talab qilinadigan kreativ shaxsni shakllantirish zarurati egallaydi. Ta'limning strategik maqsadi individuallikni shakllantirishdir; bu maqsadda insonning ma'naviy, axloqiy va kasbiy mohiyatini iloji boricha

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

to'liq ifoda etilgan va bilimlarning insonning ta'lim olganligining (savodliligi) asosi sifatidagi mohiyati yo'qotilmagan.

Oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak o'qituvchilarning intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirish bilan ta'lim mazmunini, tuzilishini, funktsiyalarini o'zgartirish mumkin. Pedagogik oliy ta'lim muassasalarida yuqori darajada ta'lim olgan, professional, intellektual-ijodiy kompetent mutaxassisni tayyorlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Biz yuqori malakali mutaxassisni kreativ kompetentligi shakllantirilgan shaxs sifatrida tayyorlash muammosini oliy maktabni isloh qilishning dolzarb masalalari qatoriga kiritamiz. Ta'limda bo'lajak o'qituvchilar bilim,ko'nikma,malakalar bilan bir qatorda, zamonaviy interfaol, faol metodlar, innovatsion texnologiyalar bilan tanish bo'lishlari lozim. Bo'lajak o'qituvchilar tanqidiy, tahliliy,mantiqiy fikrlaydigan, og'zaki va yozma nutqi yaxshi, ijodkor va tashabbuskor, o'quv jarayonida zamonaviy o'qitish uslublaridan foydalanish malakalariga ega bo'lishi darkor. Shuningdek, bo'lajak o'qituvchilar o'quv jarayonida, natijalar ko'rsatishda, mustaqil qarorlar qabul qilishdan qo'rqmaydigan, ishdan zavq oladigan mutaxassislar bo'lishligi muhim hisoblanadi.

V.V.Serikovning fikricha, ta'limning sifati modernizatsiyaning muhim natijasi hisoblanadi, Mutaxassisning kompetentligi ta'limni modernizatsiya qilish nuqtai nazaridan sifatning integral ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi. Bunday kompetentlik bilim va malakalarning ma'lum miqdori bilan belgilanmaydi, balki insonning olingan bilim va tajribasini konkret vaziyatda safarbar qila olish malakasini tavsiflaydi. "Bilimlarga" asoslangan, fanga oid tajribadan farqli o'laroq, kompetentlik oldindan tayyor holda mavjud emas. Har bir sub'ekt uni o'zi uchun yangidan yaratishi shart. Birovning kashfiyotini, qoidasini o'zlashtirish mumkin, ammo birovning kompetentligini o'zlashtirib bo'lmaydi. Kompetentlik individual ijodkorlik va o'zini mustaqil rivojlantirish mahsuli sifatida yaratilishi kerak" [3].

Oliy ta'lim sohasi tadqiqotchilari darajali oliy kasbiy ta'limi joriy etishni modernizatsiyaning asosiy yo'nalishi sifatida o'rganishadi. Ikki bosqichli (pog'onali) modelni yaratish (bakalavr va magistratura) o'qitish amaliyotiga, shu jumladan talabalarni o'qitish amaliyotiga bir qator yangi narsalarni kiritish bilan birga keladi: fanlararo kommunikativ muhitni yaratish, metametodikani yaratish, modulli o'qitish orqali asosiy va maxsus fanlarni o'rganish intensivligini oshirish, bitta fanniing o'zi bo'yicha muqobil kurslarni o'qish, tanlov asosida o'rganiladigan kurslarini joriy etish, oraliq nazoratni joriy etish, ilmiy-pedagogik va ilmiy — tadqiqotchilik amaliyotlarining katta hajmlarini kiritish.

REFERENCES

1. Брякова И.Е. Методическая система формирования креативной компетентности студентов-филологов педагогического вуза. Специальность 13.00.02- теория и методика обучения и воспитания (литература, уровень общего и профессионального образования). Диссертация на соискание ученой степени доктора педагогических наук. Санкт - Петербург 2010. 184 c.

2. Садовничий, В.А. Традиции и современность / В.А, Садовничий. // Высшее образование в России. 2003. №1. С.11-18.

3. Сериков, В.В. Личностный "подход в-образовании: концепции и техно-логии: Монография-. / В.В. Сериков. Волгоград: Перемена; 1994. 150с.

4. Субетто, А.И. Онтология и эпистемология компетентностного подхода. Классификация и квалиметрия компетенций / А.И. Стоюнин. СПб. - Кострома: КГУ им.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Некрасова. Исследовательский центр проблем каче-ства подготовки специалистов, 2006. 72с.

5. Тестов, В.А. Фундаментальность образования: современные подходы / В.А.Тестов // Педагогика. 2006. №4.

6. Шемет, О.В. Дидактические основы компетентностного подхода в высшем профессиональном образовании /О.В.Шемет //Педагогика. 2009. №10. С. 16-22.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.