Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING DIDAKTIK TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHDA YO‘NALTIRUVCHI TOPSHIRIQLARNING AHAMIYATI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING DIDAKTIK TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHDA YO‘NALTIRUVCHI TOPSHIRIQLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ruzikulova Nigora Shuxratovna

Tadqiqotlarda bo’lajak o’qituvchilarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirishga ahamiyat qaratiladi. Ammo shaxsiy va kasbiy sifatlarning ma’lum jarayon yoki obyektga yo’naltirilganligi yetarlicha o’rganilmaydi. Bo’lajak o’qituvchilarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirishda maxsus topshiriqlar kompleksidan foydalaniladi. Tadqiqotchilar qayd etishicha, bo’lajak o’qituvchilarning shaxsiy va kasbiy sifatlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi: moslashuvchanligi, o‘ziga xosligi, aqliy faoliyatining mavhumligi, algoritmikligi, mantiqiyligi, kengligi va chuqurligi. Bunda bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-didaktik tayyorgarligini rivojlantirish o‘quv maqsadlarini belgilash asosida amalga oshirilishi kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING DIDAKTIK TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHDA YO‘NALTIRUVCHI TOPSHIRIQLARNING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING DIDAKTIK TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHDA YO'NALTIRUVCHI TOPSHIRIQLARNING AHAMIYATI

Ruzikulova Nigora Shuxratovna

O'zbekiston Respublikasi, Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti

(DSc)

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.11079255

Tadqiqotlarda bo'lajak o'qituvchilarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirishga ahamiyat qaratiladi. Ammo shaxsiy va kasbiy sifatlarning ma'lum jarayon yoki obyektga yo'naltirilganligi yetarlicha o'rganilmaydi. Bo'lajak o'qituvchilarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirishda maxsus topshiriqlar kompleksidan foydalaniladi. Tadqiqotchilar qayd etishicha, bo'lajak o'qituvchilarning shaxsiy va kasbiy sifatlari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi: moslashuvchanligi, o'ziga xosligi, aqliy faoliyatining mavhumligi, algoritmikligi, mantiqiyligi, kengligi va chuqurligi. Bunda bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy-didaktik tayyorgarligini rivojlantirish o'quv maqsadlarini belgilash asosida amalga oshirilishi kerak.

Pedagogikada maqsad deganda faoliyatda erishiladigan va kutilgan natija tushuniladi. I.A.Zimnyaya ta'kidlashicha, bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashning talab qilinadigan natijasi standartda shakllantirilgan, uning semantik toifalari vazifasini bajaradigan kompetensiyalar to'plami hisoblanadi [2, 3].

Tadqiqotlarni hisobga olgan holda, bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy-didaktik tayyorgarligini rivojlantirish bo'yicha asosiy maqsadlar guruhlarini shakllantiramiz:

- bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy faoliyatida talab qilinadigan bilimlarni, shuningdek, pedagogik muammolarni yechishning kreativ usullari haqidagi bilimlarni shakllantirish;

- bo'lajak o'qituvchilar kasbiy-didaktik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi bo'yicha ularning bilim va ko'nikmalarini shakllantirish;

- nostandart kasbiy (pedagogik) vaziyatlarni hal qilishni talab qiladigan muammolarni hal qilishda modellashtirish qobiliyatini shakllantirish;

- bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy faoliyatga qadriyatli munosabatini shakllantirish;

- kasbiy faoliyatning asosiy harakatlarini amalga oshirish tajribasini shakllantirish (mavjud ma'lumotlarni tahlil qilish va sintez qilish, nostandart vaziyatda muammoning yechimini izlash, mavjud bilimlarni prinsipial jihatdan yangi holatga o'tkazish va boshqalar);

- kasbiy faoliyat natijalarini aks ettirish va o'z-o'zini aks ettirish qobiliyatini shakllantirish.

Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy-didaktik tayyorgarligini rivojlantirish tamoyillari,

bosqichlari va maqsadlariga tayangan holda, to'rtta o'zaro bog'liq komponentlar bilan ifodalangan, uni shakllantirishning maqsadli vektori sifatida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy-didaktik tayyorgarligining tarkibiy qismlarini ko'rib chiqamiz: motivatsion, bilishga oid, faoliyatli, refleksiv.

Motivatsion komponent (anglaydi):

ta'lim oluvchilar kompetentligini rivojlantirishda fanning o'rni va ahamiyati;

yo'naltiruvchi faoliyatning muhimligi;

yo'naltiruvchi faoliyatni rivojlantirish zarurati.

Bilishga oid (biladi):

asosiy tushunchalar va bazaviy vazifalarni yechishning usullari;

topshiriqlarni yechish usullari;

ta'lim oluvchilar kompetentliligini rivojlantishning usullari.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Faoliyatli (qila oladi):

faoliyatning asosiy harakatlarini bajarishda mavjud ma'lumotlarni tahlil qilish va sintez qilish, nostandart vaziyatda muammoning echimini izlash, yaqin va uzoq tizim ichidagi va tizimlararo bilimlarni yangi vaziyatga o'tkazish, qonuniyatlarni, ob'ektning xususiyatlarini ochish;

an'anaviy vaziyatda yangi muammoni ajratib ko'rsatish; bilimlarni yangi vaziyatga o'tkazishni amalga oshirish; nostandart masalalarni yechishda kreativ usullarni qo'llash; pedagogik vaziyatlarda modellashtirish bosqichlarini amalga oshirish. Refleksiv (amalga oshiradi):

bilimlarni kasbiy muammolarni hal qilish jarayonida qo'llash;

shaxs xususiyatlarini shakllantirish mezonlarini, o'z-o'zini baholash;

olingan natijalarni taqqoslash va baholash mezonlarini tanlash;

faoliyatni amalga oshirish jarayonida guruh ishiga qo'shgan hissasini tahlil qilish;

xulosalarni shakllantirish;

o'z harakatlarini - o'z-o'zini nazorat qilish.

Kompetentlikka yo'naltirilgan vazifalar deganda standart yoki nostandart, hayot va kasbiy vaziyatlarni modellashtiradigan va mustaqil bilim faoliyatini amalga oshirishni talab qiladigan vazifalarni, shuningdek, bunday faoliyatga tayyorlikni belgilaydigan shaxsiy fazilatlar tushuniladi [1].

Yo'naltiruvchi vazifalar tushunchasini aniqlash uchun «o'quv vazifasi», tushunchasini ko'rib chiqamiz.

Pedagogik entsiklopediyada o'quv vazifasining quyidagi ta'rifi beriladi: "1) kuzatish, tajribalar, adabiyotlarni o'rganish va kognitiv faoliyatning boshqa turlarida hal qilinishi kerak bo'lgan muammoni shakllantirish; 2) talabalar auditoriyada, laboratoriyada yoki boshqa sharoitlarda mustaqil bajarishlari kerak bo'lgan har qanday masalani o'rganish uchun o'qituvchi tomonidan belgilangan ish hajmi; butun o'quv guruhi uchun, uning bir qismi yoki individual mo'ljallangan bo'lishi mumkin» [4].

L.M.Fridman fikriga ko'ra, "vazifa" - bu ma'lum bir shartga nisbatan ba'zi bir aniq yoki bilvosita ko'rsatilgan harakatlar ketma-ketligini bajarish uchun ba'zi bir tilda (tabiiy yoki sun'iy) bildirilgan talab [5].

Yo'naltiruvchi vazifalar sifatida nostandart, hayotiy yoki kasbiy vaziyatlarni taqlid qiluvchi, kasbiy faoliyatni amalga oshirishni nazarda tutuvchi, masalani hal qilishda turli usullardan foydalanish talablarini aniq yoki bilvosita o'z ichiga olgan vazifalar tushuniladi.

Turli mualliflarning kompetentlikka yo'naltirilgan vazifalarni ishlab chiqish talablarini tahlil qilib hamda bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy-didaktik tayyorgarligini rivojlantirish uchun yuqoridagi shartlarni hisobga olgan holda kompetentlikka yo'naltirilgan vazifalarni ishlab chiqish tamoyillarini ko'rib chiqamiz:

1. Topshiriqning ma'lum muammolar yechimiga qaratilishi va ta'lim oluvchilarning o'quv va hayotiy faoliyat elementlarini amalga oshirishiga asoslanish lozim.

2. Topshiriqni bajarishning maqsadi talabalar tomonidan yangi bilimlarni olish va pedagogik muammolarni hal qilishda kreativ faoliyatga ongli ravishda jalb qilish tajribasini egallashdan iborat bo'lishi kerak.

3. Topshiriqni bajarishda talabaning topshiriqni bajarish usuli to'liq ma'lum emas yoki unga ma'lum bo'lgan usullarning kombinatsiyasidan iborat bo'lishi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

4. Vazifadagi ma'lumotlar ortiqcha, etishmayotgan yoki nomuvofiq bo'lishi mumkin. Talaba muammoni hal qilish uchun kerakli ma'lumotlarni tanlashi kerak yoki yetarli bo'lmagan taqdirda qo'shimcha ma'lumotlarni qidirishi kerak. Vazifadagi ma'lumotlar turli shakllarda taqdim etilishi mumkin: rasm, jadval, diagramma, diagramma, grafik, matn, video va boshqa ko'rinishlarda.

5. Topshiriqni ishlab chiqishda talim oluvchilarning hayotiy tajribasidan foydalanish. Yo'naltiruvchi topshiriqlarni bajarish jarayonida muhim jihatlarni quyidagicha ifodalash

mumkin:

nostandart vazifalarni yechishda nazariy materialga tayanishning ahamiyatini tushunish; nostandart masalalarni yechish texnikasini bilish (bilimlarni yangi vaziyatga o'tkazish, ma'lum bo'lgan vazifaga o'tish, ob'ektning muhim xususiyatlarini aniqlash va boshqalar). kasbiy faoliyatda fanlararo aloqalarni aniqlash va ulardan foydalanish rolini bilish; o'quv profili yoki faoliyat mavzusiga aloqador bo'lmagan muammo syujetini tahlil qilish; modellashtirish usullaridan ijodiy foydalanish: berilgan chizma bo'yicha yangi syujetlarni taklif qilish; mustaqil ijodiy faoliyat ko'nikmalarini o'zlashtirish (topshiriq uchun mualliflik syujetini tuzishda g'oyalarni shakllantirish, vazifa syujeti bo'yicha xulosalarni shakllantirishda funksiyalar va ularning xususiyatlari to'g'risidagi bilimlarni qo'llash); to'plangan tajribadan ijodiy foydalanish; masalalarni yechish usullaridan foydalanish; ma'lumotlarni qayta ishlash;

muammoni ajratib olish va uni hal qilishga ijodiy yondashish;

bilimlarni yangi vaziyatga yaqin va uzoq, tizim ichidagi va tizimlararo o'tkazish;

nostandart yondashuvni o'z ichiga olgan yechim taklif etiish;

bilimlarini aks ettirish va ularni kasbiy (o'quv) vazifalarni hal qilishda qo'llash;

muammoni ajratib olish va uni hal qilishga ijodiy yondashish;

mavjud matn ma'lumotlari asosida chizma (diagrammab jadval, ...) chizish;

asosiy elementar funksiyalar va ularning xossalarini bilish;

bilimlardan foydalanish imkoniyatlarini anglash;

ijtimoiy va gumanitar sohalarda funksional bog'liqliklardan foydalanish; vaziyatning modelini yaratish va olingan natijalarni sharhlash; miqdoriy ma'lumotlarni sharhlash usullariga ega bo'lish;

amaliyotga yo'naltirilgan muammolarni hal qilishda bilimlardan foydalanish imkoniyatlarini anglash;

tasodifiy hodisa yehtimolining bashoratlash;

intuitiv idrok va ehtimollik nazariyasi o'rtasidagi ziddiyatning mavjudligini baholash; Xulosa qilib aytish mumkinki, bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy-didaktik tayyorgarligini rivojlantirishda yo'naltiruvchi topshiriqlar muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Бекешева И.С. Формирование креативной компетентности будууих бакалавров-учителей в процессе обучения матиматике на основе специального комплекса зиданий. Дисс. на соис. уч. степ. кан. пед. наук. Абакан - 2017 й. 250 с.

2. Зимняя, И.А. Ключевые компетенции - новая парадигма результата образования / И.А. Зимняя // Высшее образование сегодня. - 2003. - № 5. - С. 34-42.

3. Зимняя, И.А. Компететностный подход. Какого его место в системе современных

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

подходов к проблемам образования? (Теоретико-методологический аспект) / И.А. Зимняя // Высшее образование сегодня. - 2006. - № 8. - С. 21-26.

4. Педагогический словарь [Электронный ресурс]. - Режим доступа: http://enc-dic.com/pedagogics/Issledovatelskij -Metod-Obuchenij a-710

5. Шершнева, В.А. Педагогическая модель развития компетентности выпускника вуза / В.А. Шершнева, Е.В. Перехожева // Высшее образование в России. - 2008. - № 1. - С. 152-154.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.