Научная статья на тему 'O‘QUV FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING ASOSIY VAZIFASI'

O‘QUV FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING ASOSIY VAZIFASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tafakkur / ta’lim / o’quv faoliyati / ta’lim vazifasi / nazorat ishi / baholash / intellectual rivojlanish / rag’batlantirish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muxamadaliyeva Madinabonu Bohodirjon Qizi

Ushbu maqolada bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini o’quv faoliyatga kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishda boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalari haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUV FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING ASOSIY VAZIFASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

O'QUV FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH - BOSHLANG'ICH TA'LIMNING

ASOSIY VAZIFASI Muxamadaliyeva Madinabonu Bohodirjon qizi

Farg'ona davlat universiteti BTU kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11004495

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini o'quvfaoliyatga kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishda boshlang'ich ta'limning asosiy vazifalari haqida fikr yuritilgan

Kalit so'zlar: tafakkur, ta'lim, o'quv faoliyati, ta'lim vazifasi, nazorat ishi , baholash, intellectual rivojlanish, rag'batlantirish

Аннотация. В данной статье рассмотрены основные задачи начального образования в совершенствовании профессиональной подготовки будущих учителей начальных классов к учебной деятельности

Ключевые слова: Mышление, образование, учебная деятельность , учебная задача, Контрольная работа, оценка, интеллектуальное развитие, стимулирование

Abstract. This article reflects on the main tasks of primary education in improving the professional training offuture primary school teachers for educational activities

Keywords: Thinking, education, educational activities, educational task, control work, assessment, intellectual development, promotion

Ma'lumki, o'qitish va rivojlantirishning o'zaro aloqasi va muammolari bo'yicha rus olimlari Guzeev V.V, Davidov V.V, Dorofeev G.V lar tomonidan boshlang'ich maktab o'quvchilari bilan birgalikda fundamental ilmiy tadqiqotlar keng doirada olib borilgan. Ta'limda rivojlantiruvchi ta'lim g'oyalarini amalga oshirish uchun yuqori siniflardan farqli o'laroq, boshlang'ich sinf fundamental ilmiy asosga ega ekanligi yuqoridagi olimlar tomonidan ilmiy asoslangan.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tushunchalar tafakkurini, real tushunchalar darajasidan mavhum tushunchalar darajasiga qo'tarila olish qobiliyatini shakllantirish ularni rivojlantirishning muhim tomoni hisoblanadi. Tushunchalarning bu tizimida bola echimni izlash, bajarilayotgan amallarni nazorat qilish va ularni o'zi mustaqil baholash bilan bog'liq turli fikrlash jarayonlarida (tahlil qilish, sintez qilish, taqqoslash, tasniflash, umumlashtirishni) bajarish bilan bog'liq o'quv vazifasini anglashni talab qiladigan o'quv faoliyatini o'zlashtiradi. Psixologitya fani o'qitish va fikrlashni rivojlantirish jarayonlari bir biri bilan chambarchas bog'liq degan xulosaga kelgan. Fikrlashni rivojlantirishning samardorligi "turli ma'lumotlarning juda turli munosabatlarda va aspekatlarda doim bir-biri bilan taqqoslanadigan xamda solishtiriladigan, turlicha etkaziladigan va tabaqalashtiriladigan, sabab-oqibat aloqalarining turli zanjirlariga kiradigan holdagi bilimlarning tartibga solingan uzviy tizimini" shakllantirish bilan namoyon bo'ladi.

Olim V.V. Davidovning fikriga ko'ra , boshlang'ich sinf o'quvchilari o'quv faoliyatining asosi bo'lgan xolda, o'quv faoliyati ushbu o'quvchilarning tafakkur xosilalarini, bola psixikasi va shaxsiyatining rivojlanishini belgilaydi. YOshga oid yangi tafakkur hosilalar deganda "shaxsni va uning faoliyatini qurishning bu pog'onada birinchi marta yuzaga keladigan va bolaning ongini, uning muhitga muosabatini, uning ichki va tashqi hayotini, bu davrda uning rivojlanishining to'laqonli kechishini asosiy tarzda belgilaydigan ayni tipi va ayni psixik va ijtimoiy o'zgarishlar" tushuniladi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Nazariy ong va fikrlash bilan bog'liq bilimlar, malakalarni egallash bo'yicha o'quv faoliyatini amalga oshirish orqali boshlang'ich maktab o'quvchilarida voqelikka nisbatan kundalik hayot yumushlari chegarasidan tashqari chiqish va dunyoda sodir bo'layotgan hodisalarning keng doirasida o'z o'rnini egallash imkonini beradigan nazariy munosabat shakllanadi.

Boshlang'ich ta'limning yuqori sinf o'qvchilarida jiddiy intellektual yuklanishga dosh bera olish, kelgusi ta'lim olishni davom etish imkonini beradigan fikrlash jarayonlari(tahlil qilish, sintez qilish, taqqoslash, tasniflash, umumlashtirishni) va faoliyat malakalari shakllanadi.

Boshlang'ich siniflarda bolada o'quv faoliyatining psixologik asosi sifatidagi nazariy bilimlarga bo'lgan ehtiyoj mavjud emas. Bu ehtiyoj keyinroq, maktab o'quvchisi o'qituvchi va tengdoshlari bilan hamkorlikda tegishli o'quv vazifalarini bajarishga yo'naltirilgan eng sodda o'quv amallarini bajarishda elementar nazariy bilimlarni o'zlashtirish jarayonida yuzaga keladi. Olim L.S. Vigotskiyning fikriga ko'ra: " ta'limning psixologik asosining rivojlanishi ta'limning boshlanishidan oldin sodir bo'lmaydi, balki uning u bilan chambarchas bog'liqlikda ilgari boradigan ish harakati davomida amalga oshiriladi" . Maktabda tahsil olishning birinchi qadamlaridan boshlab, boshqa bolalar va o'qituvchi bilan hamkorlikda, alohida tushunchalarni o'zlashtirish jarayonida bolada o'quv maqsadlarini belgilash va o'quv motivlari shakllanadi. SHu asosda nazariy bilimlarni o'zlashtirishga bo'lgan umumiy ehtiyoj bosqichma-bosqich yuzaga keladi va shakllantiriladi.

Bilimlarni olishga bo'lgan ehtiyoj rag'batlantirishlar orqali amalga oshiriladi. rag'batlantirish - faoliyatning turtki beruvchi kuchi, faoliyat mana shu kuch sababli amalga oshiriladi (uni amalga oshirish uchun sabab). O'quv faoliyatining rag'batlantirilishi dinamik tabiatga ega va shaxsning ijtimoiy cholatiga bog'liq ravishda o'zgaradi. Boshlanishda, o'quv faoliyati rag'batlantirilishi unga nisbatan tashqi bo'lgan, ushbu faoliyat mazmuni bilan aloqador bo'lmagan omillar ta'sirida shakllanadi. Har qanday faoliyatning rag'batlantirilishi ko'p sonli bo'ladi. Fikrlash yordamida tahsil oluvchi turli turtkilarni baholaydi. ularni taqqoslaydi, o'zida mavjud e'tiqodlar bilan solishtiradi, va, ushbu turtkilarni emotsional baholagandan so'ng, faoliyatning maqsadini belgilab, uni amalga oshirishga kirishadi. Tahsil olish jarayoni shunday qurilishi kerakki, uning rag'batlantirilishi o'zlashtirish predmetining ichki mazmuni bilan aloqador bo'lsin, o'quv faoliyati davomida o'quvchilar oldiga qo'yiladigan vazifalar nafaqat tushunarli bo'lishi, balki vazifalar uning uchun ahamiyat kasb etishi uchun u vazifalarni ichdan qabul qilishi ham zarur, ya'ni bilish motivatsiyasini shakllantirish zarur. Bunday rag'batlantirishning shakllantirilishi o'qitishning mazmuni va usullari bilan bog'liq.

O'quv faoliyati strukturasiga quyidagilar kiradi:

1. Ta'lim vazifasi — o'quvchi o'zlashtirishi zarur bo'lgan narsa;

2. O'quv amali — o'quvchi o'rganayotgan predmetning xossalarini topishi uchun zarur bo'lgan amallaridir;

3. nazoarat ishi — o'quvchi amallarni to'g'ri yoki noto'g'ri amalga oshirayotgani borasidagi ko'rsatmadir;

4. baholash amali — o'quvchi natijaga erishga yoki erishmaganini aniqlash.

Olim D.B.Elkonin ta'kidlaganidek,o'quv faoliyati natijaga emas, balki uni o'zlashtirish usulini ajratib ko'rsatishga yo'naltirilgan.

Boshlanishida sinf o'quvchilari o'quv vazifalarini va ularni echish bo'yicha amallarni mustaqil ifodalay olishmaydi; shuning uchun boshlang'ich davrlarda o'qituvchi yordam beradi. O'quvchilar zarur malakalarni bosqichma-bosqich (asta-sekin) olishadi, va aynan mana shu jarayonda ularda o'quv faoliyati shakllanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Boshlang'ich sinf o'quvchilari o'quv vazifalarini ifodalay (tuza) olishlariga erishish uchun ular quyidagi amallarni o'zlashtirishlari zarur:

1) o'quv vazifasini uning turli namoyon bo'lishlari bilan qonuniy aloqasi bo'lgan ma'lum bir (qaysi bir) mushtarak munosabatni topish maqsadida tahlil qilish;

2) bu umumlashtirish asosida ba'zi xususiy munosabatlarni chiqarish va ularni yaxlit ob'ektga birlashtirish;

3) ushbu tahliliy-sintez jarayonida o'rganilayotgan obektni tasavvurda qurishning umumiy usulini egallash .

O'quv vazifasi muayyan-amaliy vazifadan uning maqsadi o'quvchining barcha tur vazifalarini echishning umumiy usulini egallashidan iboratligi bilan farq qiladi. Aytish joizki, muayyan-amaliy vazifaning maqsadi esa natija-javobni olishdan iboratdir.

Maktab o'quvchilari o'quv vazifasini o'quv amallari yordamida echishadi. Bu amallar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- qo'yilgan o'quv vazifasidan muammoni aniqlab olish;

- o'rganilayotgan ob'ektning umumiy munosabatini bilib olish maqsadida vazifaning shartlarini o'zgartirish;

- ajratib olingan munosabatni predmetli grafik va harflar shakllaridan modellashtirish;

- amalning mushtarak munosabatlari va umumiy usullarining xususiy namoyon bo'lishlari bilan muayyanlashtirish va boyitish;

- oldingi amallarning bajarilganligini nazoarat qilish;

- umumiy usulni o'zlashtirilganligini berilgan o'quv vazifasini echish natijasi sifatida baholash.

Tahsil oluvchilar o'quv amallarini bajarish usullarini egallashlari uchun dastavval bu amallarni ushbu amal tarkibiga kiradigan barcha amallarning to'la keng amalga oshirilishida bajarish zarur. Keyinchalik esa, u yoki boshqa amallarni bajarib sayqallashtirgan sari, amalni bajarish jarayoni yig'ishtiriladi va oxir oqibatda yagona amal ko'rinishida tez va oson bajariladi. Biroq, avval ushbu barcha bosqichlarni yoxud moddiy jihatdlan biror predmetlar yordamida, yoki materiallashtirilgan holda ularning belgilarini o'rnini almashtiruvchilar yordamida bajarish zarur.

O'quv amallarini bajarish jarayonida, boshlang'ich sinf o'quvchilari o'zlari o'zlashtirayotgan tushunchaning kelib chiqish shart-sharoitlarini ochishadi: uning mazmuni nima uchun va qanday qilib ajratib ko'rsatiladi, nima sababdan va nimada u markazlashadi, keyinchalik qaysi xususiy vaziyatlarda namoyon bo'ladi?

Boshlang'ich sinif o'quvchilari tomonidan qaysi bir tushunchani qo'rish jarayoni o'qituvchining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiriladi, rahbarlik tabiati bosqichma-bosqich o'zgarib boradi va tahsil oluvchilarning mustaqillik darajasi xam mos ravishda oshib boradi.

Nazorat va baholash o'quv amallarini boshlang'iya sinif o'quvchilarining bilimlarni o'zlashtirishlarida alohida ro'l o'ynaydi. Nazorat boshqa o'quv amallarining o'quv vazifasining shartlari va talablariga muvofiq kelishini o'rnatishdan (aniqlashdan) iborat. Uning yordamida tahsil oluvchi, amallarning tuzilmaviy tarkibini o'zgartirish bilan, ularning o'quv vazifasining va olinadigan natijaning u yoki boshqa xususiyatlari bilan aloqasini aniqlaydi. Nazoratning bir nechta turlari mavjud:

1) amallarni bajarish natijalarini tahlil qilish asosida nazorat;

2) amalning avvaldan o'rnatilgan to'la taxminiy asosiga muvofiq har bir amal (har bir qadam) bo'yicha nazorat.

Baholash amali quyidagilarni aniqlash imkonini beradi: a) ushbu o'quv vazifani

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

echishning umumiy usuli o'zlashtirilganmi yoki yo'qmi? b) o'quv amallarining natijasi ularning yakuniy maqsadiga muvofiq keladimi?

O'zlashtirilishi lozim bo'lgan mazmun va o'quv amallarining birligi tahsil oluvchilarning aqliy rivojlanishiga, avvalambor ularning fikrlashining rivojlanishiga hal qiluvchi ta' sir ko'rsatadi.

Olim A.M. Matyushkin quyidagicha yozadi: " fikrlash inson egallagan bilimlarning biror bir yig'indisi bilan, insonniing ko'nikmalariga aylangan (amaliy yoki aqvliy) amallar bilan cheklanmaydi. Ta'limda fikrlashning funksiyasi u o'zlashtiriladigan amallarning yangi usullari va yangi bilimlarni ochish (kashf etish) uchun xizmat qilishidan iborat. "

Demak, kichik boshlang'ich sinf yoshi - jadal intellektual rivojlanish yoshi ekan. Intellekt barcha boshqa funksiyalarning rivojlanishiga vosita bo'ladi. Barcha psixologik jarayonlarning intellektuallashuvi, o'quvchilarni anglanishi bilan namoyon bo'ladi. Psixologlarning fikriga ko'ra, aynan kichik boshlang'ich sinf yoshida refleksiya va amallarni reja bilan tavsiflaydigan, keyingi bosqichlarda muvaffaqiyatli bilish faoliyati uchun zarur bo'lgan o'quv faoliyati shakllantiriladi.

Bilimlarni o'quv faoliyati vositasida o'zlashtirishning o'zi maktab o'quvchining ong va fikrlashini kengaytiradi xolos, ularni rivojlantirmaydi. Boshlang'ich maktab o'quvchining rivojlanishi nazariy bilimlarni o'zlashtirishda o'quv va fikrlash amallari yuzaga kelganda va rasmiylashtirilsagina amalga oshadi. Boshlang'ich sinf o'quvchisi bilimlarni to'laqonli o'zlashtirishi va turli psixik yangi hosilalarning rivojlanganlik darajasini oshirishi uchun unda o'quv faoliyatining barcha tarkibiy qismlarining shakllantirilishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish zarur.

Aynan o'quv faoliyatining barcha tarkibiy qismlarini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida kichik boshlang'ich maktab o'quvchisi bosqichma-bosqich, olim V.V.Davidovning so'zlari bilan aytganda, "o'quv faoliyatini amalga oshirishda o'zini o'zgartiradigan va taminlashtiradigan bolaga" aylanadi. Bolaning o'quv faoliyati rag'batlantirilishi o'quv faoliyatga bo'lgan ehtiyojini, hamda unda ta'lim olishga xohishni shakllantirishga yordam berishini. o'quv amallarini eggallash esa ta'lim olish malkasini shakllantirishini ta'kidlab o'tamiz.

REFERENCES

1. Давыдов В.В. Теория развивающего обучения. М.,ИНТОР, 1996 - 544с

2. Выготский Л.С. Педагогическая психология. М. Просвещ.,1991 - 479с.

3. Эльконин Д.Б. Избранные психологические труды. М, Педагогика, 1989.-560с

4. Матюшкин A.M. Проблемные ситуации в мышлении и обучении. М.,1972. -208с.

5. Qizi, M. M. B. (2021). Craftsmanship through mugs of primary school students targeted referral technologies. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(9), 246-249.

6. Qizi, M. M. B. (2021). The technology of increasing the effectiveness of mathematics lessons in innovative educational conditions. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 1259-1262.

7. Muxamadaliyeva, M. (2021). USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN MATHEMATICS LESSONS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 3(3), 25-30.

8. Muxamadaliyeva Madinabonu Bohodirjon qizi. (2022). IMPROVING THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS FOR EDUCATIONAL ACTIVITIES. American Journal of Interdisciplinary Research and

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Development, 9, 201-205. Retrieved from

https://ajird.iournalspark.org/index.php/ajird/article/view/291 9. Adkhamjanovna, K. M. ., Mirzakholmatovna, K. Z. ., Raxmonberdiyevna, T. S. ., & kizi, M. M. B. . (2022). Increasing Interest in the Lesson through Extracurricular Activities. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 6, 256-261.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.