Научная статья на тему 'BO’LAJAK MUTAXASISLARNI INTELLEKTUAL JIHATDAN SHAKLLANTIRISHDA INDIVIDUAL YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH'

BO’LAJAK MUTAXASISLARNI INTELLEKTUAL JIHATDAN SHAKLLANTIRISHDA INDIVIDUAL YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim jarayoni / bo‘lajak mutaxasis / individuallik / intellectual / shaxs / tafakkur / rivojlantirish / jamiyat / kreativ

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Saliyeva Saidaxon Axmadkul Qizi

Ta’lim jarayoni, undagi o’zgarishlar, uning ko’p faoliyatli didaktik maydonga aylanishi ta’lim ishtirokchilariga nisbatan yangicha pedagogik munosabatni qaror toptirishni taqozo qilmoqda. Bugun ta’lim oluvchini individuallashgan yondashuv asosida intellektual rivojlantirish o’quv jarayonining ustuvor maqsadiga aylandi. Keyingi yillarda o’quv jarayoni subyektlariga nisbatan qadriyatli munosabat pedagogik madaniyatning tarkibiy qismiga aylanib ulgurdi. Bularning barchasi bo‘lajak mutaxasislarga individual yondashgan holda ularni intellektual rivojlantirish zaruriyati mavjudligini ko’rsatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK MUTAXASISLARNI INTELLEKTUAL JIHATDAN SHAKLLANTIRISHDA INDIVIDUAL YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH»

BO'LAJAK MUTAXASISLARNI INTELLEKTUAL JIHATDAN SHAKLLANTIRISHDA INDIVIDUAL YONDASHUV ASOSIDA

RIVOJLANTIRISH

Saliyeva Saidaxon Axmadkul qizi

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti "O'zbek tili pedagogika va jismoniy

madaniyat" kafedrasi assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.13897449

Annotatsiya. Ta'lim jarayoni, undagi o'zgarishlar, uning ko'p faoliyatli didaktik maydonga aylanishi ta'lim ishtirokchilariga nisbatan yangicha pedagogik munosabatni qaror toptirishni taqozo qilmoqda. Bugun ta'lim oluvchini individuallashgan yondashuv asosida intellektual rivojlantirish o'quv jarayonining ustuvor maqsadiga aylandi. Keyingi yillarda o'quv jarayoni subyektlariga nisbatan qadriyatli munosabat pedagogik madaniyatning tarkibiy qismiga aylanib ulgurdi. Bularning barchasi bo'lajak mutaxasislarga individualyondashgan holda ularni intellektual rivojlantirish zaruriyati mavjudligini ko'rsatadi.

Abstract. The educational process, changes in it, its transformation into a multi-functional didactic field require a new pedagogical attitude towards the participants of education. Today, intellectual development of the learner based on an individualized approach has become the priority goal of the educational process. In the following years, the valuable attitude towards the subjects of the educational process became a component of the pedagogical culture. All this shows that there is a needfor intellectual development of future specialists with an individual approach.

Kalit so'zlar: ta'lim jarayoni, bo'lajak mutaxasis, individuallik, intellectual, shaxs, tafakkur,rivojlantirish,jamiyat,kreativ

Keywords: educational process, future specialist, individuality, intellectual, person, thinking, development, society, creative

Bo'lajak mutaxasislarning bilishga asoslangan tafakkur tarzlarini rivojlantirish, ularni intellektual rivojlantirishning muhim shartidir. Bugungi kunda intellektual jihatdan taraqqiy etgan shaxsni shakllantirish uchun, talabalarning bilishga asoslangan tafakkur tarzlarinigina rivojlantirish yetarli emas. O'quvchilar tabiat va kishilik jamiyati qonuniyatlarini tushunishlari uchun, ularni ijodiy o'zlashtirishlari va tabiat hamda jamiyat olamiga olib kirishlari lozim. Buning uchun, talabalarning ko'pdan-ko'p masalalarda o'z shaxsiy nuqtai nazarlariga ega bo'lishlari talab etiladi. Shu maqsadda ularni ma'naviy, intellektual jihatdan takomillashtirish kerak. Shuning uchun ham bo'lajak mutahasislarda kreativ tafakkurni shakllantirish nihoyatda zarurdir.

Talabalarning ijodiy tafakkurlari tabiiyligi, betakrorligi, hozirjavobligi bilan ajralib turadi. Tafakkurning bunday tarzi uchun divergent, ya'ni tafovutli hamda produktiv, ya'ni mahsuldor fikrlash tarzi xosdir. Mahsuldor fikrlash tarziga ega bo'lgan talabalar axborotlarni tanlash, to'plash va muammolarnni yechishda o'zlarining mustaqilliklari bilan ajralib turadilar. Divergent, ya'ni tafovutli fikrlash tarziga ega bo'lgan o'quvchilar esa, muammolarning yechimiga turli tomondan yondasha olishlari bilan alohida namoyon bo'ladilar .

Shuning uchun ham o'quvchilarni intellektual rivojlantirish maqsadini qo'yganda ularga individual yondashgan holda, fikrlash tarzining turli ko'rinishlarini egallashlariga alohida e'tibor qaratish lozim. Har bir talabaning fikrlash tarzi o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. O'qituvchi ulardagi o'ziga xosliklar, yutuqlar, kamchiliklarni o'z vaqtida payqay olishi lozim, aks holda talabalarni intellektual rivojlantirishda samaradorlikka erisha olmaydi.

Hozirgi paytda ta'lim oluvchi shaxsida jamiyat va shaxsiy manfaatlar orasidagi muvozanatni vujudga keltiruvchi ta'sir mexanizmlarini ishlab chiqishga, shaxslarning o'zlarini takomillashtirib borishi va hayotda o'z o'rnini topib, jamiyatda samarali mehnat qilish yo'llarini o'rgatishga yo'naltirilmoqda.

Talabalarning intellektual rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan holat, ular tafakkurining boshqa barcha ruhiy jarayonlarga ko 'rsatadigan ta'sirini har tomonlama hisobga olishdan iboratdir. Bunda eng asosiy narsa, o 'quvchi tafakkurining uning xotirasi va idrokiga ko 'rsatadigan ta'sirini hisobga olishdadir.

Bo'lajak mutaxasisning idrokida moddiy borliq, xalqning turmush tarzini anglash imkoniyatining kengayishi, uning kuzatish jarayoniga aylanishi natijasida nazariy bilish faoliyati sifatida namoyon bo'ladi. O'quvchilarda kuzatuvchanlikning rivojlanishi asosan ularning 5-9-sinflarda o'qish davriga to'g'ri keladi (S.L.Rubinshteyn) [147]. O'quvchilarni intellektual rivojlantirish ichki manbalari mohiyatining ortib borishi natijasida, ularning mustaqil fikrlash darajalari ortadi va intellektual qiyofasi o'zgaradi. Bu jarayonda o'quvchilarning fikriy barqarorligi va atrofdagi o'zgarishlarga nisbatan bir xildagi o'ziga xos munosabati qaror topadi.

Taniqli ruhshunos A.Maslou [16] ning ta'kidlashicha, o'quvchining ongli faoliyatiga asoslangan mustaqilligi katta ozodlik va erkinlik imkoniyatiga ega. Shunga ko'ra talabaning mustaqilligini uning ozodligi va erkinligi sifatida baholash kerak. D.A.Leontg'ev [92], shaxsning erkinligi va ozodligini istagan paytda boshqa yo'nalishga burish mumkin bo'lgan faol harakat sifatida talqin qiladi. Shunga ko'ra, ta'lim jarayonida o'quvchilarga individual yondashuvni ta'minlash orqali inellektual rivojlantirishga xizmat qiladigan izchil didaktik tizimni vujudga keltirish lozim. Talabaning ichki nomustaqilligi unga ta'sir qiluvchi tashqi hamda ichki kuchlarni tushunmasligiga olib keladi. Bunday talabalar o'z oldilariga aniq maqsad qo'ya olmaydilar. Talabalarning mustaqil fikrlash faoliyatlarini ta'minlash orqali, ularning faolliklari va intellektual rivojlanishlarini ta'minlash mumkin.

O'qituvchilar talabalarni intellektual rivojlanishini ta'minlashga yo'naltirilgan o'quv jarayonining sifatini yaxshilash bilan bir qatorda, unga qo'yiladigan talablar va mazkur o'quv jarayoni samaradorligini ta'minlashga xizmat qiladigan tabiiy omillarni ham o'zlashtirishlari zarur. O'qituvchilar talabalarga taqdim etiladigan o'quv materiallarining mazmun-mohiyati, qurilishi, ularni tanlash manbalarini ham bilishlari muhim ahamiyatga ega. Masalan, o'qituvchilar o'quv materiallari hajmi va mazmunini kengaytirishlari, o'quv jarayonini loyihalashtirishlari, bunda o'quv vaqti imkoniyatlarini inobatga olishlari muhimdir. O'quv jarayoni loyihalarini mujassamlashtirish natijasida uning yaxlit tavsifi vujudga keladi. Talabalarni intellektual rivojlantirishga xizmat qiladigan o'quv materiallarining miqdori aniq belgilab qo'yilishi lozim.

Shaxs xotirasining mantiqiy jihatdan boyishi natijasida u mantiqiy fikrlay boshlaydi. Esga olish esa, talabalarni topilishi zarur bo'lgan tushunchalarni izlashlariga undaydi. Bu esa, talabalarda erkin tarzda shakllangan xotiraning mustahkamlanishiga olib keladi. Ushbu holat talabalarning eslab qolish usullarini egallaganliklarida namoyon bo'ladi.

Ko'rinib turibdiki, talabalarni intellektual rivojlantirishda ularga individual yondashuv nihoyatda zarur ekan. Bugungi kunda pedagogika fani oldiga bo'lajak mutaxasislarni intellektual rivojlantirish vazifasi o'z yechimini kutayotgan ekan, buning uchun har bir talaba va talabalar guruhining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni intellektual rivojlantirishga yo'naltirilgan didaktik tizimni vujudga keltirish alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, individual yondashuv asosida talaba yoshlardagi aqliy salohiyat qanchalik rivojlantirilsa,jamiyat rivojidagi muvaffaqqiyatga ham ijobiy ta'sir eta oladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonuni // www.lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019yil 29apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi" // PF-5712-son Farmoni//www.lex.uz

3. Abdullayeva Q.A., Safarova R.F. va boshq. Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasi // Boshlang'ich ta'lim. -Toshkent, 1998. - №6. - B. 12

4. Abraham Harold Masloou. Motivation and Personality. Year of the edition: 2011.

5. Adizov B.R. Boshlang'ich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. - T.: 2002.6. Абдуллаева Ш.Ш. Педагогические технологии развития познавательных творческих

способностей младших школьников. Дис... кан. пед. Наук: 13.00.01. Р УЗ Узб НИИ пед. Наук им. Т.Н.Кары-Ниязова Т., 2005.-С. 230

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.