Научная статья на тему 'BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHISINING KREATIV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI'

BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHISINING KREATIV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Innovatsion g‘oyalar / kreativ kompetentlik / kuy / tovush / ijodiy qobiliyat.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dilorom Namozova

Ushbu maqolada bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini takomillashtirishyo‘llari, o‘qitishning pedagogik manbaalari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHISINING KREATIV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

J mi '

EURASIAN JOURNAL OF

BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHISINING KREATIV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI

Dilorom Namozova

Farg'ona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.10677577

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 12th February 2024 Accepted: 18th February 2024 Online: 19th February 2024

KEYWORDS Innovatsion g'oyalar, kreativ kompetentlik, kuy, tovush, ijodiy qobiliyat.

Ushbu maqolada bo'lajak musiqa fani o'qituvchilarining kreativ kompetentligini takomillashtirishyo'llari, o'qitishning pedagogik manbaalari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Kirish. Mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati inson hayoti faoliyatining barcha sohalarini o'zida qamrab oluvchi ijtimoiy makon bo'lib, unda jamiyatning har bir a'zosini shaxsiy manfaatlari, qiziqishlari, hohish-istaklari hisobga olinadi, ijtimoiy himoya qilinadi va ro'yobga chiqish uchun qulay sharoit yaratiladi.

Bu borada O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish taraqqiyot strategiyasi mohiyati bilan uzviy bog'liq holda milliy o'zligimizni anglash, madaniyatimizni har tamonlama rivojlantirish, xalqimiz, avvalo, yosh avlodimizni yuksak insoniy tuyg'ular ruhida tarbiyalash, uning estetik didi va tafakkurini shakllantirishda musiqa ayniqsa maqom san'atining imkoniyatlaridan foydalanish muhimdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining". O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida ta'kidlanganidek: "O'zbekistonda maqom san'atini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar va an'analarni, buyuk bastakorlar, hofizlar va sozandalar merosini chuqur ilmiy asosda o'rganish va qayta tiklash..."1 vazifalarini amalga oshirish uchun bo'lajak musiqa o'qituvchisining kreativlik kompetentligini hamda innovatsion texnologiyalarini takomillashtirish muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Asosiy qism. Dunyo tajribasida bo'lajak kadrlarni tayyorlashda yangilik yaratish, yangi innovatsion g'oyalar ishlab chiqish, turli kutilmagan vaziyatlarda samarali yo'nalishni tanlash va oqilona qaror qabul qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga doir pedagogik vazifalar dolzarblik kasb etmoqda. Ayniqsa innovatsion o'zgarishlar, optimallashgan jarayonlar, yangiliklarning tez inkor qilinishi va bu yo'nalishdagi raqobat salmog'ining tez ortib borishi bo'lajak kadrlarda kreativ kompetentlikni rivojlantirish zaruratini yuzaga chiqarmoqda. Shu nuqtai nazardan jamiyat taraqqiyoti uchun eng muhim sanalgan ta'lim tizimi, uning maqsadi va vazifalarini innovatsion usulda takomillashtirishda ta'lim jarayonining asosiy ishtirokchi

1 Узбекистан Республикаси президентининг карори. Узбек миллий маком санъатини янада ривожлантириш чора тадбирлари тугрисида. Халк сузи газетаси. 2017 йил 18 ноябрь. 233 (6927) 2-бет.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

sanalgan bo'lajak o'qituvchilarning kreativ kompetentsiyasini rivojlantirish dolzapb ahamiyat kasb etmoqda.

Dunyoning ilg'or ilmiy tadqiqot markazlari va xalqaro institutlarida ijodiy fikrlash va kreativlikni rivojlantirish masalalariga qaratilgan bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda musiqa ta'limi bo'yicha bo'lajak kadrlarni tayyorlash tizimini takomillshatirish asosida ularda mustaqillik, tashabbuskorlik, liderlik va kreativlik sifatlarini qaror toptirish hamda rivojlantirish masalalari o'rganilmoqda. Shuningdek, bu boradagi ilmiy izlanishlarda kreativlikni rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlarini aniqlashtirish, kreativlikni rivojlantirishga doir ta'limiy faoliyatni tashkil etishning metodik tizimini takomillashtirish, bo'lajak o'qituvchilarning kreativ ko'nikmalarini rivojlantirishning innovatsion pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish vazifalari ham ustuvor vazifalardan biri bo'lib qolmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son, 2020 yil 26 maydagi "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6000-sonli Farmonlari hamda boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Bu dolzarb muammoning yechimini topish uchun avvalo ajdodlardan meros milliy madaniy boyligimizni asrab-avaylash, tahliliy o'rganish, kasbiy-ijodiy, ijtimoiy-psixologik, uslubiy jihatdan ibratli xususiyatlarga tayanib ma'naviy tarbiyamizni yo'lga qo'ymog'imiz, ta'lim-tarbiya tizimida mutaxasislarning kreativ kompetentligini oshiruvchi texnologiyalarni takomillashtirish bo'yicha izlanishlar olib borishimiz dolzarbdir.

O'qitishning pedagogik manbaalari - turli mashqlar, matnlar, suhbatlar to'g'ridan-to'g'ri moslashtirilgan ijro etilgan asarning daromad ( fors.t. kirish, boshlang'ich bo'lak) i aruz (uzun va qisqa bo'g'inlar munosabatiga asoslanuvchi she'riy vazn) talablarga muvofiq bajarilgani tushuntirildi va shu o'rinda Mavlono Abdurahmon Jomiyning nag'malar (yakka musiqiy tovushlar) muloyimligi inson ruhiga qanday ta'sir etishi haqidagi fikrlari iqtibos sifatida keltirildi. "Nag'malar ta'lifotida boshqa hech bir ta'lifotda uchramaydigan shunday xususiyat borki, ular bir-biriga muvofiq (muloyim) bo'lganda ruhga tez yetib borib, huzur bahsh etish bilan uni butunlay cho'lg'ab, o'ziga rom etadi. Lekin ruh undan huzur ola boshlaganda, u yo'qlik pardasiga o'ranib, g'oyib bo'ladi. Uning yo'qolishi umidsizlik hosil qilsa, yana umidsizlik tamom bo'lmasdan turib, keyingi paydo bo'lgan nag'ma avvalgi huzurning qaytib kelishini ta'minlaydi va shu tarzda nag'malar ta'lifi muvofiqlikda o'zaro almashib, takrorlanib turadi"2

Mashg'ulotimizning asosiy maqsadlaridan biri bo'lajak musiqa o'qituvchilari ruhiyatida asar shavqini saqlab qolish, ya'ni dilda paydo bo'lgan holatni yaqin qalblar bilan baham ko'rish, zavq lazzatini uyg'otish, ana shunday his-tuyg'ular tutashuvida uyg'unlashgan musiqa jarayonini yuzaga keltirish asnosida ularda kreativ kompetentlik (ijodkorlik-yaratuvchilik) texnologiyalarini takomillashtirishga ko'maklashildi.

2 XOMHH AögypaxMOH. Pnco^aH Mycn^HH. Ky^e3Ma. VOATTTH № 1331.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Shuningdek bo'lajak musiqa o'qituvchilari musiqa shunchaki tovushlar majmuasi emas, aksincha parda va usullarning muvofiqlashgan tizimi, ya'ni, kuy - bu yoqimli tovushlar vositasida ifodalangan ma'no ekanligi, kuylar negizida xalq xotirasi mujassam bo'lishligini uqib oladilar.

Xulosa. Xulosa sifatida aytish mumkinki, bo'lajak musiqa o'qituvchilari cholg'u jo'rligida asarni shaxsan kuylar ekanlar, ko'zlaridagi mehr va g'urur, dillaridagi surur, yuzlaridagi nur, rost qaddilari bilan uyg'unlashib, Mulla To'ychi Toshmuhammedov, Yunus Rajabiy, Domla Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Hojixon Boltaev, Mamatbuva Sattorov, Komiljon Otaniyozov, Jo'raxon Sultonov, Ma'mirjon Uzoqov, Tavakkal Qodirov, Fattoxon Mamadaliev kabi maqomchi xonanda va sozandalar izidan borishga, maqom san'ati vositasida yosh avlodning zavq-shavqini sarbaland etish, ularning qalbida Vatanga cheksiz muhabbat, milliy fahr tuyg'ulari jo'sh urishlari uchun o'z ijodiy qobiliyatlarini safarbar etgan holda yangi-yangi kreativ kompetentlik usul va texnologiyalarini takomillashtirish uchun rag'bat uyg'otildi. Eng muhimi "O'rgan-o'rgat" tamoyili ustuvorlik kasb etdi.

References:

1. O'zbekiston Respublikasi prezidentining qarori. O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida. Xalq so'zi gazetasi. 2017 yil 18 noyabrb. 233 (6927) 2-bet.

2. Жомий Абдурах,мон. Рисолаи муси;ий. Кулёзма. УФАШИ. № 1331.

3. Namozova, D. T. (2021). Musiqa Darslarida O'quvchilarni Kreativlik Hamda Erkin Tafakkurini Shakllantirishni Tashkil Etish. Scientific progress, 2(2), 1313-1315.

4. Namozova, D. (2022). BO'LAJAK MUSIQA O 'QITUVCHILARINING KREATIV KOMPETENTLIGINI MUSIQA TARIXI FANINI O 'QITISH VOSITASIDA SHAKLLANTIRISH. Science and innovation, 1(B6), 942-950.

5. Tursunovna, N. D. (2023). BO 'LAJAK MUSIQA O 'QITUVCHISIDA KREATIV KOMPETENTLIKNI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 1(6), 200-209.

6. Shermuhammadov, B., & Namozova, D. (2023). МОДЕЛЬ РАЗВИТИЯ КРЕАТИВНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ МУЗЫКИ. Farg 'ona davlat universiteti ilmiy jurnali, (1), 13-17.

7. Namozova, D. T., & Astanova, Z. T. (2022). KO 'ZI OJIZ YOSHLARNING MUSIQIY SAVODXONLIGINI TAKOMILLASHTIRISH YO 'LLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 436-441.

8. ЮЛДАШЕВА, М. Э., НАМАЗОВА, Д. Т., & УСМАНОВА, Д. Х. (2014). ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ ПРОФЕССИОНАЛИЗМ КАК ОСНОВНОЙ СТИЛЬ ТВОРЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧИТЕЛЯ. In Будущее науки-2014 (pp. 136-138).

9. Namozova, D., Astanova, Z., & Egamberdiyev, M. (2023). APPROACH TO THE USE OF THE LIVES AND WORKS OF BLIND MENTOR ARTISTS IN EDUCATING YOUNG PERFORMERS (ON THE EXAMPLE OF RASULQORI MAMADALIYEV). Science and innovation, 2(B4), 149-151.

10. Namozova, D. T. (2022). RENESSANS-BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHISINING KOMPETATSION TAKOMILI SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 491-496.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

11. Namozova D.T.//Musiqa ta'limini o'qitish jarayonining samaradorligini oshirishda interfaol usullarning ahamiyati.//Cholg'u ijrochiligi masalalari.//Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiali to'plami.// Toshkent 2019 yil. B.53-56.

12. Турсунова Лайло Ергашевна. (2023). МУСИКА МАДАНИЯТИ ТУШУНЧАСИ МАЗМУН-МОХИЯТИ, ТАРКИБИ ВА КОНЦЕПТУАЛ АСОСЛАРИ. THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES, 2(17), 20-23.

13. Турсунова , Л. . (2023). ЁШЛАР МУСИКА МАДАНИЯТИНИ ЮКСАЛТИРИШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ФАЛСАФИЙ ОМИЛЛАРИНИ Х.АЁТГА ТАДБИК ЭТИШ. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 3(5 Part 2), 23-34.

14. Erkindjanovna, Z. G., & Ergashevna, T. L. (2022). BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABLARIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN "O'ZBEK XALQ CHOLG'U ORKESTR" LARI UCHUN REPERTUARLAR TANLASH MASALASI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(10), 61-63.

15. Laylo, T. (2022). FUNCTIONS OF MUSICAL CULTURE IN THE FORMATION OF A SPIRITUAL WORLD VIEW. World Bulletin of Social Sciences, 6, 72-77.

16. Tursunova, L., & Xoliqova, S. (2022). MAKTABDA MUSIQA FANINI O 'QITISHDA YANGICHA YONDASHUV. Science and innovation, 1(B8), 782-785.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.