Научная статья на тему 'BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O’QITUVCHILARINING RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH'

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O’QITUVCHILARINING RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / kadrlar / axborot kommunikatsion texnologiyalar / raqamli texnologiya / kognitiv faoliyat / boshlang’ich ta’lim / raqamlashtirish. / Education / personnel / information and communication technologies / digital technology / cognitive activity / primary education / digitization.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ro‘Zimatov Jamshid

Hozirgi kundagi hayotimizning barcha sohalarini raqamlashtirish, jumladan,maktabgacha ta’lim va boshlang’ich ta’limda raqamli texnologiyalarning o’rni, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlashda raqamli texnologiyalarning o’rni, zamonaviy ta’limning muammolari ko’rib chiqilgan. Boshlang’ich ta’limda raqamli texnologiyalarni joriy etishning ijobiy va salbiy tomonlari, boshlang’ich ta’limning xususiyatlari va imkoniyati, boshlang’ich ta’limda raqamli texnologiyalar ahamiyati, ulardan oqilona va samarali foydalanish talablarikeltirilgan. Maqolada hozirgi globallashuv davrining muhim ehtiyoji hisoblanmish maktabgacha va boshlang’ich ta’lim yoshidagi bolalarning bilim faolligini, dunyoqarashini va motivatsiyasini oshiruvchi zamonaviy o’quv jarayoni vositasi sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli texnologiyalarni qo’llash nazariyasi va metodologiyasining dolzarb muammolari muhokama qilinadi. Hozirgi sharoitda zamonaviy maktab o’z kasbiy faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo’yichabilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan, yaxshi shakllangan axborot-kommunikatsiya kompetentsiyasiga (AKM) ega bo’lgan o’qituvchilarga muhtoj. Ta’lim va tarbiya jarayonida raqamli texnologiyalarni qo’llash maktabgacha yoshdagi bolalar yutuqlarining kafolatlariva keyinchalik maktabda muvaffaqiyatli o’qish kafolatlari haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE METHODOLOGY OF USING DIGITAL EDUCATIONAL TECHNOLOGIES OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS

Digitization of all areas of our life today, including the role of digital technologies in preschool and primary education, the role of digital technologies in training future primary school teachers, the challenges of modern education. drawn up. The positive and negative aspects of the introduction of digital technologies in primary education, features and opportunities of primary education, the importance of digital technologies in primary education, requirements for their rational and effective use are presented. The article discusses the current problems of the theory and methodology of the use of information and communication technologies and digital technologies as a means of the modern educational process that increases the cognitive activity, worldview and motivation of children of preschool and primary school age, which is considered an important need of the current era of globalization. In the current conditions, a modern school needs teachers who have knowledge and skills in using information and communication technologies in their professional activities, who have well-formed information and communication competence (IEC). The use of digital technologies in the process of education and upbringing guarantees the achievements of children of preschool age and the guarantees of successful studies at school later.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O’QITUVCHILARINING RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

IMPROVING THE METHODOLOGY OF USING DIGITAL EDUCATIONAL TECHNOLOGIES OF FUTURE PRIMARY

CLASS TEACHERS Ruzimatov Jamshid

Teacher of Gulistan state pedagogical institute https://doi.org/10.5281/zenodo.11072732

EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 18th April 2024 Accepted: 25th April 2024 Online: 26th April 2024

KEYWORDS Education, personnel,

information and

communication technologies, digital technology, cognitive activity, primary education, digitization.

Digitization of all areas of our life today, including the role of digital technologies in preschool and primary education, the role of digital technologies in training future primary school teachers, the challenges of modern education. drawn up. The positive and negative aspects of the introduction of digital technologies in primary education, features and opportunities of primary education, the importance of digital technologies in primary education, requirements for their rational and effective use are presented. The article discusses the current problems of the theory and methodology of the use of information and communication technologies and digital technologies as a means of the modern educational process that increases the cognitive activity, worldview and motivation of children of preschool and primary school age, which is considered an important need of the current era of globalization. In the current conditions, a modern school needs teachers who have knowledge and skills in using information and communication technologies in their professional activities, who have well-formed information and communication competence (IEC). The use of digital technologies in the process of education and upbringing guarantees the achievements of children of preschool age and the guarantees of successful studies at school later.

BOLAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING RAQAMLI TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ro'zimatov Jamshid

Guliston davlat pedagogika instituti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11072732 ARTICLE INFO ABSTRACT

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Received: 18th April 2024 Accepted: 25th April 2024 Online: 26th April 2024

KEYWORDS Ta'lim, kadrlar, axborot kommunikatsion texnologiyalar, raqamli

texnologiya, kognitiv faoliyat, boshlang'ich ta'lim,

raqamlashtirish.

Hozirgi kundagi hayotimizning barcha sohalarini raqamlashtirish, jumladan,maktabgacha ta'lim va boshlang'ich ta'limda raqamli texnologiyalarning o'rni, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashda raqamli texnologiyalarning o'rni, zamonaviy ta'limning muammolari ko'rib chiqilgan. Boshlang'ich ta'limda raqamli texnologiyalarni joriy etishning ijobiy va salbiy tomonlari, boshlang'ich ta'limning xususiyatlari va imkoniyati, boshlang'ich ta'limda raqamli texnologiyalar ahamiyati, ulardan oqilona va samarali foydalanish talablari keltirilgan. Maqolada hozirgi globallashuv davrining muhim ehtiyoji hisoblanmish maktabgacha va boshlang'ich ta'limyoshidagi bolalarning bilim faolligini, dunyoqarashini va motivatsiyasini oshiruvchi zamonaviy o'quv jarayoni vositasi sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli texnologiyalarni qo'llash nazariyasi va metodologiyasining dolzarb muammolari muhokama qilinadi. Hozirgi sharoitda zamonaviy maktab o'z kasbiy faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan, yaxshi shakllangan axborot-kommunikatsiya kompetentsiyasiga (AKM) ega bo'lgan o'qituvchilarga muhtoj. Ta'lim va tarbiya jarayonida raqamli texnologiyalarni qo'llash maktabgachayoshdagi bolalar yutuqlarining kafolatlari va keyinchalik maktabda muvaffaqiyatli o'qish kafolatlari haqida so'z yuritilgan.

Jahonda yuz berayotgan ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida fanlarda yangi tarmoqlarning paydo bo'lishi hamda fanlararo integratsiyaning jadal rivojlanishi oliy ta'lim tizimida mutaxassislarni tayyorlash jarayonida axborotlar, xususan bilim, ko'nikma va malakalarga qo'yilgan talablarning ortishiga olib kelmoqda. Bunday sharoitlarda bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayoniga innovatsion va integratsion texnologiyalarni joriy qilish, axborotlarni uzatishda fanlararo aloqadorlik tamoyillariga qat'iy amal qilish muammolari yuzaga kelmoqda. Natijada oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash jarayonining innovatsion va integratsion texnologiyalarini takomillashtirish zaruriyatini oshirmoqda. Dunyo miqyosida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash mazmuni, ijtimoiy va tabiiy yaxlitlik sifatida real dunyoning mavjudligi va rivojlanishi qonunlari, uning elementlari o'rtasidagi asosiy aloqalar va munosabatlarning tabiati haqida tasavvurlarni shakllantirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, innovatsion fikrlashni rivojlantirish muammosining o'ziga xos xususiyatlari, ta'limni tashkil etish jarayonida innovatsiya va integratsiya muammolari, integratsiyaning nazariy masalalariga bag'ishlangan tadqiqotlar natijalari muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birgalikda, bo'lajak boshlang'ich sinf

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

o'qituvchilarining bilim, ko'nikma va malakalarini ta'lim jarayonini tashkil etishning innovatsion va integratsion texnologiyalari, jumladan, integratsiya jarayonlarining qonuniyatlari to'g'risidagi ma'lumotlar bilan boyitish dolzarb vazifalarga aylanmoqda. Mamlakatimizda pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini oshirish, tabaqalashtirish, variativ o'quv rejalari, fanlarni o'qitishda o'quvchilarni hayotga tayyorlash tamoyillarini keng joriy qilish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. "Pedagogika sohasi ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari uchun zamonaviy o'quv jarayoni vositasi sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli texnologiyalarni qo'llash nazariyasi va metodologiyasini joriy etish..." vazifalari belgilanib, talabaning aqliy, intellektual va jismoniy kuchlarini raqamli texnologiyalar orqali ma'lum bir maqsadga yo'naltirish, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to'ldirish, bilimlarni, dizaynni, kommunikativ-nutq hamda tashkiliy bilim va ko'nikmalarni rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda nazariy bilim, amaliy bilim va ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan innovatsion yondashuvlar asosida fanlararo integratsiyaning samarali mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "Yangi O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son, 2019-yil 8-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son, 2022-yil 6-iyuldagi "O'zbekiston Respublikasining 2022-2026- yillarga mo'ljallangan innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-60-son Farmonlari, 2018-yil 5-iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan kompleks islohotlarda faol ishtirok etishini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3775-son, 2022-yil 21-iyundagi "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagoglarni tayyorlaydigan oliy o'quv yurtlari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-289-son Qarorlari va ushbu sohaga tegishli boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarni tayyorlashda zamonaviy o'quv jarayoni vositasi sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli texnologiyalardan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari, pedagogik shart-shartlari, boshlang'ich sinflarda qo'llashning alohida ahamiyatga ega ekanligi hech kimga sir emas. Raqamli texnologiyalar bizning davrimizda tez va shiddat bilan bilan rivojlanayotgan, hozirgi kunning dolzarb, lekin juda samarali usullaridan biri sifatida rivojlanayotgan vositalar tizimidir. Zamonaviy o'quv jarayoni vositasi sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli texnologiyalarini ta'lim texnologiyalarida foydalanishni amalga oshirishda o'qituvchilar jamoasi qat'iy sa'y-harakatlar olib borishmoqda. Pedagogik ijodning asosiy mohiyati pedagogik faoliyatning maqsadi va xususiyatiga bog'liqdir. Pedagogik faoliyat - bu inson shaxsiyatini, uning dunyoqarashini, e'tiqodini, ongini, xarakterini shakllantirish kabi umumiy maqsadga bo'ysunadigan bir qator pedagogik muammolarni hal qilish jarayonidir. O'qituvchining ijodiy faoliyati ta'lim usullarini izlashda va ushbu muammolarga yechim topish qobiliyatida namoyon bo'ladi. Pedagogik ijod manbayi pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba muammoli vaziyatlarga to'ladir. Ilg'or pedagogik tajriba deganda,o'qituvchining o'z vazifasiga ijodiy yondashishi,

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalashda yangi va samarali usul, vositalarni izlash hamda ulardan foydalanishi tushuniladi. Hozirda raqamli pedagogika juda muhim masala hisoblanadi. Uning asosiy xarakteristikasi - ko'rgazmalilik, oshkoralik, izchillikdir. Yagona obyektiv talab - bu insonning intellektual rivojlanishi va tarbiyasi haqidagi bilim darajasidir. Yangiliklar, shuningdek, yangi fikrlarning shakllanishi tashabbus va raqamli texnologiyaga asoslangan bo'lib, ta'lim mazmunini yaxshilashga qaratilgan. Umuman olganda, bu o'rganish tuzilishi va tartibini rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni axborot texnologiyalari bilan boyitish nafaqat mavjud o'qitish usullari va texnologiyalarini o'zgartiradi, yaxshilaydi, balki kompyuterlar, planshetlar, dasturiy ta'minot va apparat vositalari, video va telekommunikatsiyalar, maxsus uskunalar, shuningdek, turli xil ma'lumotlarni qayta ishlash tizimlaridan foydalanish bilan bog'liq yangiliklarini shakllantiradi. Maqsad hamda vazifalarni tanlashda pedagogik integratsiyani amalga oshirishning qonuniyatlari va xususiyatlari g'oyalar birligini ta'minlash, bilimlarni yagona o'qitish metodikasi va vositalari asosida mustahkamlash uchun amalga oshiriladigan integratsiyaning mantiqiy mazmunini talab qiladi. Ta'lim jarayonida fanlararo bog'liqlik sharoitida talabalar bilimlarining samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning bilim qobiliyatlari, faolligi, qiziqishlari va intellektual salohiyati oshadi. O'quv jarayonida fanlarning integratsiyasi, ya'ni fanlararo aloqa talabalarning bilimlarini, shuningdek ularning bilish qobiliyatlari, faoliyati, qiziqishlari, intellektini samarali rivojlantirishni ta'minlaydi. O'quv darslarida fanlararo muloqot qilish imkoniyati talabalarni faktlarni tahlil qilishga, hodisalar va jarayonlarni o'rganishda sabab-oqibat tabiatini tushunishga, ilgari olingan bilimlarni yangi vaziyatlarda qo'llashga tayyorlaydi, shuningdek, boshlang'ich maktabda fanlarning integratsiyasini oshiradi.

Darsda yangi materialni o'rganish shaklini tanlash mashg'ulot ishtirokchilarining saviyasi, bolalarning xususiyatlari va tayyorgarlik darajasi, mavzuning xossalari, auditoriyaning imkoniyatlari, zamonaviy o'quv jarayoni vositasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli texnologiyalar, o'qituvchining mahorati va boshqalarga uzviy bog'liq bo'ladi.

Zamonaviy o'quv jarayoni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli texnologiyalaridan foydalanib darslarni tashkil etib quyidagi afzalliklarga ega bo'lamiz:

❖ talabalarning turli xil intellektual ko'nikmalarini rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratiladi;

❖ talabalar dunyoni, atrofdagi voqelikni idrok etishning yanada yaxlit tasvirini olishadi;

❖ individual mavzularni o'qitish muddatlari qisqartiriladi;

❖ o'quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari, ya'ni o'rganish istagi va qobiliyati shakllanadi;

❖ turli mavzulardagi materiallarni bir butun sifatida o'zaro bog'liqligini o'rganish qobiliyati rivojlantiriladi;

❖ aqliy faoliyatni rivojlantirish amalga oshiriladi;

❖ talabalar nutqini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish uchun keng imkoniyat yaratiladi;

❖ o'rganish istagini kuchaytiradi va ijobiy axloqiy fazilatlarni boyitadi;

❖ ilmiy bilimlar, adabiyot, rasm, musiqa va boshqalarni jalb qilgan holda dunyoni xilma-xilligini to'liq namoyish etish imkoniyati yuzaga chiqadi.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Boshlang'ich ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli texnologiyalaridan foydalanish talabalarni individual qobiliyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda, tanlangan o'quv topshiriqlari bilan ta'minlash asosida o'qituvchiga ishni avvalgi faoliyat natijalariga tayanish, solishtirish, keyingi o'quv vazifasini bajarishga hissiy yo'naltirilgan ongli ehtiyojni yaratadigan tarzda tashkil etishga imkon beradi.

References:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "Yangi O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son

2. 2019-yil 8-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son

3. 2022-yil 6-iyuldagi "O'zbekiston Respublikasining 2022-2026- yillarga mo'ljallangan innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-60-son Farmonlari

4. Ruzimatov, J. (2024). THE ROLE OF USING DIGITAL EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN METHODICAL TRAINING OF FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS. Евразийский журнал академических исследований, 4(3 Part 2), 109-113.

5. Rozimatov, J. (2023). ENHANCING THE METHODOLOGY FOR UTILIZING DIGITAL EDUCATIONAL TECHNOLOGIES AMONG FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS (USING NATURAL SCIENCE AS AN EXAMPLE). Евразийский журнал академических исследований, 3(12 Part 2), 11-13.

6. Ravshan, A., Sirojiddin, G., Azamat, Z., & Gulizahro, T. (2023). DEVELOPING EFFECTIVE APPROACHES TO THE USE OF MODERN INFORMATION TECHNOLOGY IN EDUCATION. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(6), 53-55.

7. Abdullayeva Q. va b. O'qish kitobim. 2- sinf, T., 2021.

8. Abdullayeva Q., va boshqalar "Savod o'rgatish darslari" T., "O'qituvchi", 1996

9. Abdullayeva Q. va b. 2- sinfda o'qish darslari. T., 2014.

10. Azizxo'jayeva N. N. Pedagogik texnolofiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent. 2016.

11. Abdullayeva Q. va b. Ona tili. T., "O'qituvchi ", 2020.

12. Bo'ri Ziyamuhammedov, Mamarajab Tojiyev. Pedagogik texnoloya zamonaviy o'zbek milliy modeli. Toshkent. 2019.

13. Abduqodirov A.A., To'rayev B.Z. "Informatika va axborot texnologiyalari" sohasidagi bo'lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy kompetentligini shakllantirish nazariyasi va metodikasi. Monografiya. "Navro'z". Toshkent - 2015. 176-b.

14. Abduquddusov O. Integrativ o'quv predmetlari mazmuni va tuzilmasi -T.: J Xalq ta'limi.1999.№ 1B.175-80bet.

15. Abduquddusov O. Integrativ yondashuv - chuqur bilim, yaxshi fazilatlarni shaklantirish omili/-T.: Xalq ta'limi № 2000 y

16. Abdullayeva B.S. Fanlararo aloqadorlik turlari haqida/ Uzluksiz ta'lim. - Toshkent: 2005. № 1. - B. 12-16 b.

17. Asadov Yu.M. O'quvchilarda kompetentsiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan darsliklarga qo'yiladigan talablar/"Boshlang'ich ta'limni modernizatsiyalash orqali o'quv-tarbiya jarayoni sifatini va samaradorligini oshirish" mavzusida boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari Forumi. Toshkent - 2016 y. B. 18-19b.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

18. Xudoyberdiyevich, R. B., & Abdurazzoqovna, S. A. (2023). BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARDA PEDAGOGIK MAXORATINI VIRTUAL TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI. Ustozlar uchun, 25(1), 191-198.

19. Ergashevna, N. G. (2023). Improving Educational Mastery Opportunities in Primary School.

20. Nurqulova, G. (2023). ACCENTUATION FOR TEENAGERS. Modern Science and Research, 2(6), 274-276.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.