Научная статья на тему 'BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARINING NUTQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH USULLARI'

BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARINING NUTQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
6
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutqiy madaniyat / bo’lajak tarbiyachi / muloqot / innovatsion texnologiyalar / notiqlik / kreativ fikrlash / nutq odobi / madaniy nutq malakasi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xamrayeva Ezozxon Muzaffarovna

Ushbu maqolada bo’lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining nutqiy madaniyatini shakllantirish usullari, olimlarning fikrlari orqali tarbiyachilarning nutq madaniyatini shakllantirish usullari va ahamiyati to’g’risida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARINING NUTQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH USULLARI»

BO'LAJAK MAKTABGACHA TA'LIM TARBIYACHILARINING NUTQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH USULLARI

METHODS OF FORMING THE SPEECH CULTURE OF FUTURE

PRESCHOOL TEACHERS

Xamrayeva E'zozxon Muzaffarovna

JDPU, Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi ezozahamraeva@gmail .com

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo'lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining nutqiy madaniyatini shakllantirish usullari, olimlarning fikrlari orqali tarbiyachilarning nutq madaniyatini shakllantirish usullari va ahamiyati to'g'risida fikr yuritilgan.

Annotation: This article discusses the methods and importance of forming the speech culture of future preschool educators, as well as the ideas of scientists.

Аннотация: В данной статье рассматриваются методы формирования речевой культуры будущих педагогов дошкольного образования, методы и значение формирования речевой культуры воспитателей через мнения ученых.

Tayanch so'zlar: nutqiy madaniyat, bo'lajak tarbiyachi, muloqot, innovatsion texnologiyalar, notiqlik, kreativ fikrlash, nutq odobi, madaniy nutq malakasi.

Key words: speech culture, future educator, communication, innovative technologies, oratory, creative thinking, speech etiquette, cultural speech skills.

Ключевые слова: культура речи, будущий педагог, общение, инновационные технологии, красноречие, творческое мышление, речевой этикет, культурные речевые навыки.

Mavzusining dolzarbligi va zarurati. Bugungi dunyo tа'lim tizimidа аmаlgа oshirilаyotgаn tub islohotkr mаktаbgаchа tа'lim sifаtini oshirishdа yangi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyoj vа tаlаblаrgа moslаshgаn mаlаkа oshirish jаrаyonini tizimli yо'lgа qо'yish, tinglovchilаrning kаsbiy mаlаkаsini rivojlаntirishning vаriаtiv shаkllаrini isЫаb chiqishni tаqozo etmoqdа. Kаttаlаr tа'limi, jumlаdаn, ta'lim jаrаyonidа bo'lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining nutqiy madaniyatini rivojlаntirish mаsаlаlаri bilаn YUNESKO, YUNISEF, Yevropа Univers^t^n Аssotsiаsiyasi, mаktаbgаchа tа'lim sifаtini tа'minlаsh Yevropа tаrmog'i kаbi tаshkilotlаr keng shug'ullаnmoqdа. Ayni shu rivojlаngаn dаvlаtlаr tаjribаsidаn sаmаrаli foydаlаngаn holdа jаrаyonidа bo'lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining nutqiy madaniyatini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtish, bo'lajak ta^yacM^^ ta^tiv й^^кт shаkllаntirish modellаrini isЫаb chiqish dolzаrb аhаmiyat kаsb etmoqdа.

297

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi qarorida maktabgacha ta'limda fanlarni rivojlantiruvchi muhitning innovatsion texnologiyalari va modullarini ishlab chiqish, maktabgacha va umumiy boshlang'ich ta'lim izchilligining mazmun va protsessual komponentlarini optimallashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik va musiqiy tarbiya hamda ta'lim darajasini oshirish, erta yoshdan boshlab STEAM o'qitish asoslarini joriy etish muhim vazifa sifatida ko'rsatib o'tildi.

Nutq madaniyati muammosi insoniyat sivilizatsiyasining barcha bosqichlarida o'rtaga qo'yib kelinganligi ham sir emas. U ta'limot sifatida qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo'lsa ham, shunga qadar Misr va Assuriyada, Hindiston va Xitoyda mavjud bo'lganligi notiqlik san'ati tajribasidan ma'lum. Gap shundaki, u payt-larda davlat arboblarining obro'-e'tibori va yuqori lavozimlarga ko'tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog'liq bo'lgan. Yunon notig'i Demosfen (eramizdan oldingi 384-322) va Rim notig'i Sitseron (eramizgacha 106-43) larning hayoti bunga misol bo'la oladi. O'rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati bilan shug'ullanish o'ziga xos mavqega ega bo'lgan. Ulug turk olim Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk", Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarlari bu masalaning juda qadimdan o'rtaga qo'yib kelinganligidan dalolat beradi. U paytlar "nutq odobi" deb yuritilgan sodda va o'rinli gapirish, qisqa va mazmundor so'zlash, ezmalik va laqmalikni qoralash, keksalar vaustozlar oldida ga-pirganda odob saqlash, to'g'ri, rost va dadil gapirish, yolg'onchilik va tilyog'lamalikni qoralash singari bir qator qoida va ko'rsatmalar bugun biz "nutq madaniyati" deb atab kelayotgan tushunchaning aynan o'zidir. Mahmud Koshg'ariyning "Devon" ida nutq odobi uchun ahamiyatli bo'lgan til ma'lumotlari bilan birgalikda nutq, nutq madaniyati, nutqiy go'zallikka oid qimmatli ma'lumotlar mavjud. Birgina misol: Ko'p sukutga qush qo'nar, Ko'rkluk kishiga so'z kelar, ya'ni, shoxiko'p, shoxlari o'ralib ketgan daraxtga qush qo'nadi, yaxshi kishiga so'z (maqtov) keladi. Tarixda davlat arboblarining obro'-e'tiborlar va yuqori lavozimlarga ko'tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog'liq bo'lgan. Notiqlik san'ati sarkardalik mahorati bilan barobar darajada ulug'langan. Mashhur notiq Sitsiron: "Tarixda yo yaxshi harbiy sarkarda, yo yaxshi notiq bo'lish kerak", degan ekan. Ulug' vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy to'g'ri so'zlash, to'g'ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va chiroyli nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va 10 mantiqning na-qadar ahamiyati kattaligi haqida shunday deydi: "Qanday qilib ta'lim berish va ta' -lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish qanday so'rash va qanday javob be-rish (masalasi)ga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman" Kaykovus tomonidan 1082-1083-yillarda yaratilgan, qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri

298

hisoblangan "Qobusnoma" da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz fikrlar aytilgan. Asar 44 bobdan iborat bo'lib, uning 6-, 7- boblari so'z odobi haqidadir. Muallif farzandiga qilgan nasihatlari orqali o'quvchini yoqimli, muloyim, o'rinli so'zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi.Nutq madaniyati deb yuritilgan qoida va kurs atamalarda sodda va o'rinli gapirish qisqa va mazmundor so'zlash, ezmalik, laqmalikni qoralash, keksalar ustozlar oldida nutq odobini saqlash, to'g'ri, rost va dadil gapirish, yolg'onchilik, tilyog'lamalikni qoralash va boshqa shu kabi mavzularda so'z boradi. «Qobusnoma»da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz fikrlar aytilgan. Muallif farzandiga qilgan nasihatlari orqali o'quvchini yoqimli, muloyim, o'rinli so'zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi. So'zlaganda o'ylab, har bir fikrdan kelib chiqadigan xulosani ko'z oldiga keltirib gapirish kerakligini, kishi aql-idrokli bo'lishi, o'zini xalq orasida omiy, kamtar tutishi lozimligini eslatib, mahmadonalik qilish, ko'p gapirish donolik belgisi emasligini ta'kidlab, "Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi nutq qobiliyatidir" deydi. « Ey farzand, agar sen har qanday notiq bo'lsang ham, o'zingni bilganlardan pastroq tutgil, toki so'z bilimdonligi vaqtida bekor bo'lib qolmagaysan. Ko'p bilu, oz so'zla, kam bilsang, ko'p so'zlama, chunki aqlsiz kishi ko'p so'zlaydi, deganlarki, jim o'tirish salomatlik sababidir. Ko'p so'zlovchi aqlli odam bo'lsa ham, xalq uni aqlsiz deydi...» - deb uqtiradi alloma. U axloqlilikning birinchi belgisi, suxandonlik deb biladi.Suxango'ylar notiqlikda rost so'zlash kerak. So'zlaganda andishalik bo'lish, sovuq so'zlik bo'lmaslik, kam gapirish, kamtarlik, birovning so'zini diqqat bilan eshitish ularning burchidir deb ta'kidlaydi. Taniqli notiqlar ham o'z nutqlarining namunali bo'lishini ta'minlashda quyidagi asosli holatlarga alohida e'tibor berganlar:

1. O'zi to'xtalmoqchi bo'lgan masalaga o'z munosabatini aniq belgilab olish;

2. O'z dunyoqarashiga ega bo'lish, so'z bilan ish birligi, nazariya bilantajribaning dialektik birligiga erishish, fikrlarni ilmiy asoslash;

3. Mavzuga mas'uliyat bilan yondoshish, uni omma oldida to'liq ochib berishga, yoritishga diqqa qilish;

4. Har bir nutqqa jiddiy tayyorgarlik ko'rish, jumladan, ma'ruzani nimadan boshlashdan tortib, nima bilan tugatishgacha jiddiy o'ylab olish, masalalarni o'rtaga tashlash, ketma-ketligini yaxshi belgilab olish, ularning o'zaro bog'lanishini ta'minlash, ma'lum rejalar yoki reja-konspektlar tuzib olib, o'zi uchun alohida va keng to'xtalish zarur bo'lgan urinishlarini belgilab olish va b.

Nutqiy madaniyat vazifalarini ko'rib chiqish uning muloqotda qanday o'rin egallashini, nima uchun xizmat qilishini va suhbatdosh muloqotining umumiy kontekstiga qanday kiritilganligini tushunishga imkon beradi. Nutq madaniyati xalq madaniyatining asosiy elementlaridan biri, muomala va muloqot madaniyatining bir qismidir. Nutq odob-axloq qoidalarini egallash darajasi insonning kasbiy yaroqlilik

darajasini belgilaydi, obro'-e'tiborga ega bo'lishga yordam beradi, ishonch va hurmatni keltirib chiqaradi.

Muammoni o'rganishda falsafiy, lingvistik va psixologik tadqiqotlar bilan bir qatorda biz bir qator pedagogik ishlarga ham tayandik (V.A.Grigorieva-Golubeva, N.A.Komar, S.Korovina, A.N. Ksenofontova, V.A. Otrishko, SV. Tarxanova, A.P. Xramchenko va boshqalar). Bu tadqiqotchilarning fikricha, bo'lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining nutqiy madaniyati o'quv muammolarini optimal hal etish uchun nutq so'z birikmalarini oson qurishni ta'minlovchi bilim, ko'nikma va malakalar yig'indisidir.

Pedagogika fanining "nutq madaniyati" kabi hodisani o'rganishga bo'lgan qiziqishi so'nggi paytlarda paydo bo'lgan bir qator atamalardan dalolat beradi: "nutq mahorati" (V.P. Chixachev), "pedagogik nutq" (Yu.V. Rojdestvenskiy).

Nutq faoliyatining pedagogik nazariyasida nutqiy madaniyat shaxsning ma'naviy boyligi, tafakkur madaniyatining muhim ko'rsatkichlaridan biri, shaxsni kamol toptirish vositasi sifatida qaraladi. Ushbu sohadagi pedagogik tadqiqotlar til, fikrlash, kognitiv jarayonlar o'rtasidagi ob'ektiv mavjud bog'liqlik tamoyili asosida hal qilinadigan muloqotning nutq madaniyati muammolari bilan bog'liqligi o'rganilgan (V.A. Grigorieva-Golubeva, VG. Zaitseva, A.P. Xramchenko) .

M.M.Berdiyeva tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarni pedagogik qo'llab-quvvatlash asosida intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish bo'yicha Maktabga tayyorlov guruhi uchun "Nutq o'stirish mashg'uloti" turli hayotiy va o'quv vaziyatlarida mayda motorika ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi aytib o'tilgan.

Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va metodikasi, bolalar intellektini rivojlantirishning turli jihatlari O.N.Makeva, M.R.Xalilova, Sh.Shodmonovalar tomonidan tadqiq etilgan. 6-7 yoshdagi bolalar o'zini o'rab turgan olam bilan tanishish orqali shaxslararo munosabat haqida tasavvurga ega bo'ladi. Chunki ular oila a'zolari, o'rtoqlari va kattalar bilan muloqot qiladilar. Ijtimoiy ko'nikmalarini egallaydilar.

N.Raxmonqulova tomonidan ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalashtirishning metodik jihatlari va rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalari tahlil etilgan. Maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi muhit yaratish orqali bolalarda mustaqil fikrlash va mushohada yuritishga imkon yaratiladi.

D.R.Babayeva bolalar nutqini o'stirishning nazariy jihatlarini asoslagan.Shuningdek, bolalar nutqini o'stirish metodikasi takomillashtirilgan. Kichkintoylarning ijtimoiy intellektini rivojlantirishda didaktik tamoyillarga, ya'ni ko'rgazmalilik, amaliyot bilan bog'lash, uzviylik va uzluksizlik, tizimlilikka tayaniladi. Bu esa bolalarning bilimlarni puxta o'zlashtirishlariga asos bo'ladi. N.Sh.Abdullayevaning tadqiqot ishida uzluksiz ravishda bolalarni bilish jarayoni va

300

ijodiy qobiliyatini rivojlantirish dinamikasini baholovchi pedagogik diagnostika tizimining boshlang'ich, oraliq va yakuniy bosqichlari aniqlashtirilgan. Ya'ni bolaning maktabgacha ta'lim muassasasiga ilk qadam qo'ygandagi shaxsiy qobiliyatlarini, qiziqishlarini aniqlash (boshlang'ich diagnostika); bola rivojlanishining ijtimoiy vaziyat xususiyatlarini tahlil qilish (oraliq diagnostika); maktabaga tayyorlash jarayonida bolaning rivojlanishini monitoring qilish (oraliq diagnostika); katta maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanish xususiyatlarini, uning maktabda o'qishga tayyorligini aniqlash (yakuniy diagnostika) asoslangan.

Ma'lumki maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi chuqur bilimli, yuksak pedagogik qobiliyatli, ayniqsa, nutq madaniyatini egallagan bo'lishi lozim. Odatda, tarbiyalanuvchilar tarbiyachiga nisbatan o'ta talabchan tankidiy ko'z bilan qaraydilar. Ular birinchi uchrashuvdayoq uning pedagogik mahoratiga, bilim saviyasiga, uzini tutishi va tashki kiyofasiga, shuningdek, gap-so'ziga xamda tarbiyalanuvchilar bilan muomilasiga qarab munosabatga kirishadilar. Zero nutq madaniyati nutq adabiy til qoidalariga asoslangan, muayyan talab va usullarga buysungan xolda namoyon bo'lishi kerak. Nutq madaniyati notiqlik san'atining tarkibiy qismi xisoblanadi. Nutqni ilmiy, sermazmun, aniq, ravshan, tiniq, ravon, tug'ri, badiiy, mantiqiy, jarangdor bayon etishdan iborat.Buning uchun nutq, avvalo, orfoepik, qolaversa adabiy til qonun-qoidalariga to'lik javob berishi lozim.

Nutq madaniyati va ortologiya. Ortologiya to'g'ri va aniq nutqni o'rganuvchi soha. Nutq madaniyati nutqiy malaka, ko'nikma sifatida. Madaniy nutq malakasi. Madaniy nutq malakasi o'zbek adabiy tili va uning me'yorlarini egallash ekanligi ahamiyatlidir. Yosh avlodda madaniy nutq malakasining kelishi va takomillashuvida maktabgacha ta'lim tashkilotlari, o'rta va oliy ta'limining o'rni yuqori. Tarbiyachining pedagogik faoliyatida nutq madaniyatini egallash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun bo'lajak tarbiyachi avvalo nutq sirlarini, uning tarbiyalanuvchilar bilan bo'ladigan muloqotda ta'sir kuchini puxta bilishi kerak. Nutqning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish uchun, nutq madaniyatiga oid talablarni bilish lozim. Bu talablar nutqning mantiq jihatdan to'g'ri, aniq, chiroyli, yorqin va maqsadga muvofiq bo'lishidir. Pedagog va psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, o'z faoliyatini endigina boshlayotgan tarbiyachilar duch keladigan qiyinchiliklarning asosiysi aynan pedagogik texnikaga oid ma'lumotlarni bilmasligi oqibatida sodir bo'lmoqda.

Haqiqatdan ham bo'lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining nutqiy madaniyatini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtish zamirida sog'lom turmush madaniyati, sog'lom dunyoqarash asoslari shakllantiriladi. Ammo bo'lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining nutqiy madaniyatini takomillashtish omil real hayot, ya'ni amaliyot hisoblanadi. Real amaliy hayotda maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab bolalarni umumiy muhim kompetensiyalar hamda odob-axloq

301

me'yorlari asosida dunyoqarashlari shakllantirib borilsa, unda bolalar ma'naviy-axloqiy fazilatlarini tarkib toptirish oson va samarali kechadi, ma'naviy dunyoqarash tafakkur jarayonining negizini tashkil etadi.

Demak, bolalarning maktabgacha ta'lim tashkilotlarida vaqtini sermazmun o'tkazish, ularning ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan kamol topishlarini ta'minlash, ular ongiga milliy g'oyani, vatanparvarlik tuyg'ularini hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish maktabgacha ta'lim tarbiyachisining innovatsion potensialiga ko'p jihatdan bog'liq bo'lib hisoblanadi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 -yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 -yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-son Qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida" gi 802-son Qarori.

3. J.G'.Yo'ldoshev, M.K.Shirinov, F.I.Ochilov "Pedagogik diagnostika" o'quv metodik qo'llanma T.:2014

4. O'tkir Tolipov, Dilnoz Ro'ziyeva "Pedagogik texnologiyalar va pedagogic mahorat" «Toshkent innovatsiya-ziyo» T.: 2019

5. Z. Ashurova » Maktabgachata'limda STEAM texnologiyasidan foydalanish »Metodik qo'llanma . Buxoro:2020.

6. https : //www. pedago glar.uz

7. https://www.researchgate.net

8. https://elib.jdpu.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.