Abdurahimova D.A., p.f.d. (DSc), professor O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Harbiy psixologiya va pedagogika kafedrasi professori
BO'LAJAK OFITSERLARNING KOMMUNIKATIV-NUTQ MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada bo'lajak ofitserlarda kommunikativ nutq madaniyati tushunchasini rivojlantirishning o'ziga xos tomonlari, afzalliklari yuzasidan fikrlar bayon qilingan.
Kalit so'zlar: Ta'lim, isloxat, nutq madaniyati, kasb, qobiliyat, qadriyat, pedagogikjarayon, kommunikativ-nutq, bilim, rivojlantirish.
Abdurakhimova D.A., (DSc) Doktor of Sciences, professor Academy of the Armed Forces Republic of Uzbekistan
DEVELOPMENT OF COMMUNICATIVE SPEECH CULTURE OF
FUTURE OFFICERS
Annotation: This article describes the features and benefits of the concept of communicative speech culture of future officers.
Key words: Education, reform, culture of speech, profession, ability, value, pedagogical process, communicative speech, knowledge, development.
Jahon harbiy ta'lim tizimida bo'lajak ofitserlaming kommunikativ-nutq kompetentligini rivojlantirish metodikasi, tashkiliy-pedagogik omillari, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash mexanizmlari, kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirishning amaliy pedagogik tizimi, o'qitish modellari texnologik taraqqiyot g'oyalari bilan uyg'unlashtirilgan interfaol dasturlar ta'lim jarayoniga tatbiq etilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining "XXI asrning Oliy ta'limi" Butunjahon deklaratsiyasi, YuNESKOning "Oliy ta'limni isloh qilish va rivojlantirish" dasturiy hujjatlarida dunyo miqyosida oliy harbiy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirishga, modulli ta'limni tashkil etishga, o'qitishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali bo'lajak ofitserlarning kommunikativ-nutq madaniyatini rivojlantirishni yanada takomillashtirishga alohida e'tibor berilgan.
Dunyo oliy harbiy ta'lim tizimida zamonaviy va istiqbolli mehnat bozori talablari asosida ta'limiy axborot infrastrukturasi bazasini kasbiy faoliyatga aloqador predmetlar doirasida rivojlantirishning nazariy asoslari, bo'lajak ofitserlarning kommunikativ-nutq madaniyatini rivojlantirish, kommunikativ ko'nikma va malakalarini takomillashtirish bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. AQSh, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarda bo'lajak ofitserlarning kommunikativ-nutq madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari samaradorligini oshirishda modulli o'qitish, blended
learning (aralash o'qitish), mahorat darslari, vebinarlar, evristik metodlar, virtual ta'lim texnologiyalarini qo'llash zaruriyatini izohlaydi.
Mamlakatimiz oliy harbiy ta'lim muassasalarida bo'lajak ofitser kadrlarni tayyorlashga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, ilg'or pedagogik va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim jarayoniga keng joriy qilish, moddiy texnik bazasini yangilashga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida "Oliy harbiy ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish,yoshlarni turli axborotxurujlari, yot g'oyalar ta'siriga tushib qolishi, ular tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishi holatlarining oldini olish, Vatanimiz istiqboli yo'lida birlashtirish maqsadida ta'lim-tarbiyaning ta'sirchan usullari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalridan keng foydalanish, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etishda ularning qiziqishini e'tiborga olish va tashabbuslarini qo'llab-quvatlash" [1] bo'yicha ustuvor vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalar bo'lajak ofitserlarning kasbiy ta yyorgarligini zamonaviy talablar darajasida oshirish, kommunikativ-nutq madaniyatini rivojlanishga imkoniyatlar yaratadi.
Har qanday xalqning tili - bu millatning asl ruhi, uning birinchi darajali va eng yaqqol belgisi. Tilda va til orqali milliy psixologik, millat xarakteri, uning tafakkuri va badiiy ijodi xususiyatlari ifodalanadi. Til fikrni shakllantirish va ifodalash vositasi, insonning atrof-olamni anglashi, fikrlari va his-tuyg'ularining ifodalanishi sifatida talqin etilgan. Til insonlar o'rtasidagi muloqot vositasi bo'lib, nutqda yashaydi va mavjud bo'ladi, bu uning yetakchi funksiyasi. Unda kommunikativ funksiyasida, odatda, sotsiolingvistikada ajratiladigan tilning bilishga doir, regulyativ, qadriyatli yo'nalgan, etiketga doir barcha qolgan funksiyalari integratsiyalanadi. Mutafakkirlar "inson nimani va qanday xotirlashi, zarur materialni u qanchalik tez va aniq takrorlab berishi ko'p jihatdan, ba'zan esa hal etuvchi darajada inson oldida turga maqsadlarga erishishi, uni harakatlarga undovchi motivlarni amalga oshirishiga bog'liq," deb hisoblaydilar. Psixologik pedagogik aspekt kommunikativ-nutq madaniyatini rivojlantirish muammosini insonning psixik faoliyatining butun majmuida, eng avvalo, uning fikrlash bilan o'zaro aloqadorligida ko'radi.
Uchta muhim tushuncha vatan, til va madaniyat bularsiz taraqqiy etgan mamlakatda yashovchi xalq birligini tasavvur qilib bo'lmaydi. "Jamiyatning har bir a'zosi, har qanday mutahassis, zamon bilan hamqadam har qanday kadr, eng avvalo, o'z ona tilining sadoqatli sohibi bo'lmog'i lozim. Ona tilining chinakam sohibi bo'lmoqning bosh sharti esa uning tuganmas imkoniyatlarini tugal egallamoq, ya'ni fikrni mustaqil, ravon, go'zal va lo'nda ifoda eta olmoqdan iborat nutqiy madaniyat malakalarini shakllantirishdan iborat. Zotan, nutq madaniyati tildan bemalol va maqsadga o'ta muvofiq tarzda foydalana olishni ta'minlaydigan ko'nikma, malaka va bilimlarning jami demakdir",-deb ta'kidlaydi o'zbek tilshunos olimi Nizomiddin Mahmudov. [2].
Ma'lumki, har bir soha mutahasislari uchun nutqiy faoliyatida tildan foydalanish jarayoni juda murakkabdir. Ular kasbiy faoliyatda nutqiy muloqatga kirishishlari kerak bo'ladi. Buning uchun esa ulardan o'z ona tili lug'at boyligini to'la egallashlari, ulardan erkin va savodli foydalana bilishlari va to'g'ri nutq qurish
va ifoda etishlari talab qilinadi. Nutq madaniyati nutqning to'g'riligi demakdir. Nutq madaniyati uslubiy jihatdan silliqlikni ya'ni keng ma'noda nutq madaniyati nutqiy ta'sirchanlikni, ijodiy yorqinlikni o'tkirlik va ifodalikni b ildiradi.
Madaniyat so'zi lotincha kultura so'zidan olingan bo'lib, insoniyat jamiyatining ijtimoiy, ma'naviy va ishlab chiqarishdagi hayoti yutuqlarining muayyan darajasini bildiradi.
Madaniyat ijtimoiy hodisa sifatida muayyan odamlar jamoasi tomonidan to'plangan va to'planib kelinayotgan moddiy- ma'naviy qadriyatlar majmui, jamoa ijtimoiy faolligi mahsuli bo'lib, alohida shaxsning shakllanishida muhim rol o'ynaydi. Muayyan shaxsiy madaniyat (iqtisodiy, gumanitar, boshqaruv va, jamiyat, iqtisodiyot, hayotning sog'lom tarzi, ijtimoiy boshqaruv shart-sharoitining biron sohasiga muvofiq ravishda, insonning bilim olish va amaliy faoliyatida namoyon bo'ladi.
Boshqa tarafdan olib qaraganda, muayyan shaxsiy madaniyat, shaxs madaniyatining negizi sistemasidagi tarkibiy tuzilma hisoblanadi. Shuning uchun ham u o'zini shaxsda - kasbiy ijod va ijtimoiy kommunikatsiyada, shaxsning o'zini o'zi shakllantirish va kamol toptirishida namoyon etadi.
Azaldan nutq madaniyati insonning umumiy madaniyati tarbiyasida asosiy omil bo'lib xizmat qilib kelgan. Antik davrdan buyon to'g'ri va sof nutq - to'g'ri ijtimoiy xulq-atvor belgisi, yuqori darajadagi fuqaro ongliligi namunasi sifatida qadrlab kelingan. Qadimiy davr kishilarida nutq madaniyati va tilni egallashning ko'rinishlari tabiiy holda, o'zo'zidan ya'ni stixiyali tarzda yashagan va rivojlangan.
Qadimdan nutq madaniyati ko'rinishlari ko'proq til odobi (nutq odobi) tarzida namoyon bo'lgan va tilni egallash, umuman tildan, nutq vositalaridan to'g'ri foydalanish, tilga munosabat va hurmat, asosan, ahloqiy me'yorlar orqali boshqarilib turilgan. Bunday ahloq-odob qoidalari, ularning asosiy ko'rinishlari va talablarini halq og'zaki ijodlarida, qadimiy yozma yodgorliklarida uchratish mumkin.
Ulug' allomalarimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy kabi nutqning inson hayotidagi o'rni haqida ko'plab fikrlarni bayon qilganlar. Masalan, Mahmud Qashg'ariyning "Devonu lug'atit turk" asarida "Erdam boshi til" ya'ni odobning boshi til deyilgan maqol keltirilgan. Ushbu maqolda insonning madaniyati va odobi tilda namoyon bo'ladi degan ma'no bor [3].
Ulur bobokalonimiz Amir Temur nutqiy ifodaning aniqligi va rostligini yuksak qadrlagan, boshqalardan ham talab qilgan. Amir Temur arab olimi Ibn Xaldunga O'rta Yer dengizining janubiy qirg'og'idagi yerlar haqida yozib berishni topshirgaida ham "Shunday yozginki, men o'qiganda o'sha joylarni o'z ko'zim bilai ko'rganday bo'lay" deb tayinlagan.
So'z va sarkardalik ilmining benazir bilimdoni bo'lgan Zahiriddin Muhammad Bobur nutqning sodda, ravon va aniq bo'lishiga, nutqiy malakaning yuqori bo'lishi lozimligiga alohida e'tibor bergan. Bobur o'z farzandlarining ham adib va arbob sifatidagi kamolini ko'zlab, ularning nutq san'atini egallashini, o'ta savodli inshoga ega bo'lishini eng jiddiy vazifa deb hisoblagan.
Ko'rib turganimizdek, qadimdan har qanday xalqlarning ongida til birinichi o'rinda turadi. Inson turmush tarzini tilsiz tasavvur etilmaydi, nutq tilning
xarakatdagi ifodasi bo'lib, agar nutq muvaffaqiyatli bo'lmasa, bajarilayotgan ish ham samara bermaydi.
Til odamlar uchun muloqot va yangi axborotni o'zlashtirish vositasi, fikr va tuyg'ularning ifoda quroli. Undan samarali foydalanish, odamlar ongi va qalbiga ta'sir o'tkaza olish uchun esa til egasi o'z milliy madaniyatining uzviy davomi bo'lmish nutq madaniyatiga ega bo'lishi zarur.
Bo'lajak ofitserlarning kommunikativ-nutq madaniyati tuzilishini aniqlashda quyidagilarga tayanamiz:
bo'lajak ofitserning «kommunikativ-nutq madaniyati» tushunchasining mohiyatiga;
bo'lajak ofitserning kasbiy va kommunikativ kompetentligiga bog'liq bo'lgan yaxlit pedagogik jarayon nazariyasiga;
Bo'lajak ofitser uchun eng zaruri nutq madaniyatini egallashdir. Ofitserning nutqi kundan-kunga shaxsiy tarkib uchun ibratli bo'lib borib ularning nutq madaniyatini shakllantirishga yordam berishi kerak. Nutqning grammatik to'g'riligi, uning leksik boyligi, yaxshi ifodalanganligi, obrazliligi, nutq texnikasini egallanganligi ofitserning turli xil kasbiy masalalarni sifatli yechishiga imkon beradi.
Bo'lajak ofitserning kommunikativ-nutq madaniyati, albatta, kasbiy kompetensiyani nazarda tutadi. Harbiy jarayonni takomillashtirish maqsadida "komandir-askar" tizimida ratsional va samarali o'zaro munosabatni amalga oshirishga imkon beruvchi bilim, ko'nikma va malakalarni egallash kommunikativ-nutq madaniyatining zaruriy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ya'ni, "komandir-askar" tizimida samarali o'zaro munosabatlarni ta'minlovchi malakalarga egalik hamda "komandir-askar" tizimidagi o'zaro munosabatlar metodidan foydalanganlik. Bunda bo'lajak ofitserlar kommunikativ-nutq madaniyati komponentlarini (bo'lajak ofitserlar nutqining ta'sirchanligi, nutq madaniyatini namoyish eta olish, nutq texnikasini o'z o'rnida qo'llay bilish) kommunikativ-nutq madaniyatining rivojlanganlik mezonlariga mos uyg'unlashtirish asosida takomillashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bo'lajak ofitserning kasbiy kompetentligining hosil bo'lishiga ta'sir ko'rsatuvchi ko'pgina metodikalar orasida, eng murakkab va muhimlaridan biri nutq materialini tanlash va tashkil etish hisoblanadi. "Qanday o'qitishni aniqlash uchun, o'qitish ob'ekti nima hisoblanishi to'g'risidagi masalani hal etish zarur".
Biz o'qish to'g'risida o'qitish vositasi sifatida gapirganimizda, kommunikativ-nutq madaniyatini rivojlantirishda ko'rgazmali mustahkamlash va mazmunli asos sifatida matnlardan foydalanishni nazarda tutamiz. O'qish to'g'risida o'qitish maqsadi sifatida aytganda, uch bosqichda tashkil etilgan alohida ishlar tizimi nazarda tutiladi:
boshlang'ich bosqich. O'qish texnikasining shakllanishi.
Ilg'or bosqich. Idrok etish birligini oshirish asosida o'qish texnikasini takomillashtirish. Axborotni olish usullariga o'rgatish.
Yakuniy bosqich. Kommunikativ-nutq madaniyatini rivojlantirish uchun o'qish va olingan axborotdan foydalanish ko'nikmasini takomillashtirish.
Badiiy asarlar zamonaviy dunyoning eng qiziqarli va dolzarb masalalarini ifodalab, tarixiy hodisalarni yoritib, syujetli assotsiatsiyalarga boy bo'lib, faqatgina
fikrlash operatsiyalarinigina tug'dirmaydi, balki muloqotga "chiqish"ni, boshqa insonlar bilan fikr almashishni talab etadi, bo'lajak ofitserlarning kasbiy shakllanishlari uchun asos hamda psixologik sharoitlarni yaratadi. Badiiy-etik matnlarni tanlash mezonlari o'qishni o'rgatishda metodik talablarga javob berishi kerak.
Badiiy asarlarni o'rganish orqali bilimlarni yetkazish shakli nafaqat kursantlarning idrokiga, balki hissiyotlariga ham ta'sir ko'rsatadi va uni ma'lumot va dalillarni tanqidiy egallash, asar mazmunini mustaqil baholashga o'rgatib, idrokini shakllantiradi. Bu holatda foydalaniladigan nutq kommunikatsiyasi bo'lajak ofitserlarning kasbiy rivojlanishlariga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda,bo'lajak ofitserlarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish qiziqarli, ammo oson bo'lmagan vazifadir. Bo'lajak ofitserlarda badiiy asarlarni o'qish jarayonida gapirish, ijod qilish qobiliyati asta-sekin rivojlanib boradi, bilimlar to'planadi, umumiy madaniyat, savodxonlik, o'z fikrlarini bayon qilish qobiliyati o'sadi, ofitser shaxsi tarbiyalanadi va rivojlanadi.
Использованные источники: l.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.10.2019 yildagi PF-5847-son/
2.Mahmudov N. O'qituvchi nutqi madaniyati. - Toshkent, 2009.-B.8.
3. Ne'matov H., Bozorov O. Til va nutq. -Toshkent: "O'qituvchi", 1993, -B. 9.
4. Rustamov A. So'z xususida so'z. -Toshkent. :YeXTREMUM PRESS, 2010.-B. 134.To'ychiboev B. O'zbek tilining taraqqiyot bosqichlari.-Toshkent: "O'qituvchi", 2016.-176 b.