Научная статья на тему 'NUTQIY KOMPETENSIYA VA KASBIY KOMPETENSIYA MASALASI'

NUTQIY KOMPETENSIYA VA KASBIY KOMPETENSIYA MASALASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kompetentsiya / vakolat / huquq / ixtiyor / kompetent mutaxassis / kompetentlik / kasbiy vazifa / qobiliyat / nutq madaniyati / mezon.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Begimov Odil Toʻxtamishovich

Zamonaviy oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda talabalarning nutqiy kompetensiyasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqoloda nofilologik oliy oʻquv yurti talabalarning kommunikativ kompetentsiyalarini shakllantirshning ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Uning shakllantirsh va takomillashtirishning yoʻl va usullari koʻrsatilgan, shuningdek, mavjud muammolar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NUTQIY KOMPETENSIYA VA KASBIY KOMPETENSIYA MASALASI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

p y v HW^ ,1 1

vfirm-

EURASIAN JOURNAL OF

NUTQIY KOMPETENSIYA VA KASBIY KOMPETENSIYA

MASALASI Begimov Odil To'xtamishovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori https://doi.org/10.5281/zenodo.10677594

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 12th February 2024 Accepted: 18th February 2024 Online: 19th February 2024

KEYWORDS Kompetentsiya, vakolat, huquq, ixtiyor, kompetent mutaxassis, kompetentlik, kasbiy vazifa, qobiliyat, nutq madaniyati, mezon.

Zamonaviy oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlashda talabalarning nutqiy kompetensiyasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqoloda nofilologik oliy o'quv yurti talabalarning kommunikativ kompetentsiyalarini shakllantirshning ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Uning shakllantirsh va takomillashtirishning yo'l va usullari ko'rsatilgan, shuningdek, mavjud muammolar tahlil qilingan.

Kirish. Oliy ta'limni modernizatsiyalash sharoitida ta'lim sifatini oshirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki mamlakat xalq ho'jaligining rivoji bevosita shu muammoning qanday hal qilinishiga kelib taqaladi. Xususan, oliy ta'lim bosqichida o'qitish sifatini yaxshilash va kadrlar tayyorlash darajasini oshirishning yo'llaridan biri kompetentik yondashuv hisoblanadi. Bu yondashuvning umumiy mohiyati ta'lim jarayonini amaliy yo'naltirilgan tarzda tashkil etishda namoyon bo'ladi.

Bugungi kunda ta'lim sohasida "kompetentsiya" so'zi o'zbek tilida ham keng qo'llanilmoqda. Kelib chiqishiga ko'ra inglizcha bo'lgan bu so'z dastlab rus tiliga o'zlashgan, keyinchalik o'zbek tiliga ham qo'llana boshladi. Bu so'z ta'lim sohasida yangi Davlat ta'lim standartlari qabul qilingunga qadar rasmiy-idoraviy sohalarda funtsional vazifalar doirasini ifodalash maqsadida qo'llanilib kelingan. Jumladan, ikki tomlik ruscha-o'zbekcha tarjima lug'atida kompetentsiya so'zi quyidagicha talqin qilingan - "1. Kompetentsiya (biror kishi yaxshi xabardor bo'lgan soha yoki masala; эти проблемы вне моей компетенции - bu masalalar mening sohamga kirmaydi; 2. Kompetentsiya, vakolat, huquq, ixtiyor; приём и увольнение входят в компетенцию директора - ishga olish va ishdan bo'shatish direktorning kompetentsiyasiga kiradi (direktor ixtiyorida); ishga olish va ishdan bo'shatish huquqi direktorda [2, 456]. O'zbek tilining izohli lug'atida kompetensiya so'zi lotincha competere - layoqatli, munosib bo'lmoq ma'nosini anglatishi ko'rsatilgan va uning ikki xil izohi keltirilgan: 1. Muayyan organ yoki mansabdor shaxsning rasmiy hujjatlarda belgilangan vakolatlari doirasi; vakolat. 2. Shaxsning biron-bir sohadan xabardorlik, shu sohaning bilish darajasi [4, 396]. Demak, agar xodim "Bu mening kompetentsiyamga kiradi (yoki kirmaydi)" desa, demak, bu shuni anglatadiki, bu xodim u yoki bu masalani, u yoki bu topshiriqni hal qilish vakolatiga yoki imkoniyatiga ega(yoki ega emas). Odatda, biz "kompetent mutaxassis" deganda o'z sohasini yaxshi bilgan, keng dunyoqarashga ega bo'lgan xodimni tushunamiz. Bu

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

kontekstda kompetentsiya tushunchasiga har bir mutaxassis javob bera olishi kerak bo'lgan kasbiy tayyorgarlik talabi ham yuklatilgan.

TADQIQOTNING METODOLOGIK ASOSLARI VA USULLARI

Tadqiqot metodologiyasi tilshunoslikda kuzatilgan tarixiy tendentsiyaga asoslanadi, ya'ni ma'lum bir tarixiy jarayondagi barcha hodisalar tarixiy shartlar va hodisalardan ajratmasdan talqin qilishga asoslanadi.

Tadqiqotning ilmiy-nazariy bazasini zamonaviy tilshunoslik sohasida qo'llaniladigan ilmiy fikrlarni tahlil qilish usullari tashkil etadi.

Shuningdek, til, lison, nutqiy jarayonlarning lingvistik tadqiqida jamoa va xususiylik, mohiyat va hodisa, shakl va mazmun bilan uyg'unlashgan dialektik qonuniyatlarga asoslanadi.

Asosiy tadqiqot usuli sifatida tasniflash, tahlil etish, tuzilish va shakllanishiga ko'ra tahlil qilish, til faktlarini solishtirishdan foydalanilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Mamlakatimizda yangi avlod Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqishda, xususan, kompetentsiya va kompetentlikka yo'naltirilgan yondashuv tushunchasiga e'tibor qaratildi va bu bilan unga qo'shimcha mazmun yuklatildi. Ko'pgina tadqiqotchilar kompetentsiya -"harakatdagi bilim", ya'ni "ishning talabi bilan mos ravishda maqsadli harakat qilish tayyorgarligi va qobiliyatiga ega bo'lish" tushunchasini ifodalashini ta'kidlashadi [1, 5].

Mutaxassis egallashi lozim bo'lgan kompetentsiya xususiyatlarini umumlashtirib, uning kompetentligi deb atashimiz mumkin. Kompetentik yondashuv nuqtai nazaridan qaraganimizda "kompetentlik" tushunchasi ancha keng ma'no-mazmunga ega bo'ladi. Kompetentlik - bu nafaqat o'z mutaxassislik sohasini yaxshi egallash, kasbiga oid harakatlarni amalga oshira olish, kasbiy vazifa va topshiriqlarni bajara olish qobiliyatiga ega bo'lish, balki kishilar bilan o'zaro til topisha olish, ular bilan samarali hamkorlik munosabatlarini o'rnata olish va hatto o'zini shaxsiy va kasbiy rivojlantirishga moyil bo'lgan mutaxassis.

Hayotiy tajribalarning ko'rsatishicha, bugungi kunda mehnat bozori, birinchidan, kasbiy kompetentlikka ega bo'lgan; ikkinchidan, ijtimoiy yetuk va faol; uchinchidan, ma'naviy jihatdan barkamol bo'lgan mutaxassislarni talab qilmoqda. Ish beruvchilarning fikriga ko'ra kasbiy kompetentliklar orasida kommunikativ kompetentlik birinchi o'rinni egallaydi. Kommunikativ kompetentsiyaning qanchalik darajada shakllanganligi, birinchi navbatda, mutaxassisning nutq madaniyatining qanchalik egallaganligida namoyon bo'ladi va bu uning umumiy kompetentlik darajasini ko'rsatuvchi asosiy mezon bo'lib xizmat qiladi. O'z ona tiliga nisbatan muhim qadriyat sifatida munosabatda bo'lishni tarbiyalash va nutq madaniyatini kommunikativ kompetenttsiya sifatida shakllantirish maqsadining dolzarbligi quyidagi ziddiyatlar bilan bog'liq: hozirgi zamonga tegishli murakkab kommunikativ vazifalarni bajara olish qobiliyatiga ega bo'lgan yetuk mutaxassislarga bo'lgan kuchli ehtiyoj va oliy o'quv yurtiga kirayotgan quyi ta'lim bosqichi bitiruvchilarining yetarli nutqiy madaniyat hamda bilimga ega bo'lmasliklari.

Shuni qayd etish lozimki, bugungi kunda nofilologik, xususan, texnika oliy o'quv yurtlariga kirayotgan talabalarning nutq madaniyati sohasidagi bilimlari nihoyatda past darajada. Garchi oliy ta'limgacha bo'lgan barcha ta'lim bosqichlarida ona tili, o'zbek tili, hozigi o'zbek adabiy tili predmetiga yetarli darajada o'quv soatlari ajratilgan bo'lsa ham, ayrim

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko'ra bu fanlardan bitiruvchilarning bilim darajalari talabga javob bermaydi.

Qayd etish o'rinliki, hozirgi kunda o'rta maktablarda ona tili fanini o'qitishda uning yozma va og'zaki nutq shakllarini rivojlantirishga qaratilgan til me'yorlarini o'qitishga yetarli e'tibor berilmayapti. O'quvchilarni ular bilan tanishtirish, nutq amaliyotida ularni o'zlashtirish va mustahkamlashga ko'pincha yuzaki yondashilmoqda, chunki o'quv soatlarining kattagina qismi faqat yozma nutq me'yorlari(asosan orfografik va punktuatsion me'yorlar) ga sarflanyapti. Qolganlariga yoki nihoyatda yuzaki, yoki umuman e'tibordan chetda qoldirilyapti. Xususan, ularga o'zbek tili leksik va frazeologik me'yorlarini, shuningdek, alohida grammatik me'yorlar va stilistika tamoyillarini kiritish mumkin. Shunga ko'ra, nofilologik oliy o'quv yurtlarida o'qitiladigan "Nutq madaniyati" faning vazifalaridan biri oldingi ta'lim bosqichlarida yetarli e'tibor berilmaganligi va o'quvchilar tomonidan kuchsiz o'zlashtirilganligi natijasida o'zlarining nutqiy amaliyotlarida muntazam tegishli til me'yorlari va qoidalari sohasida buzishlariga sabab bo'layotgan bo'shliqni to'ldirishdan iborat.

Bu narsa oliy ta'lim bosqichida ularning yozma va og'zaki nutqqa xos muammolarni keltirib chiqarmoqda. O'z navbatida, bunday muammolarni bartaraf etish katta qiyinchilik tug'dirmoqda. Bitiruvchilarda nutq madaniyati bilan bog'liq muammolarning yuzaga kelishiga bir qancha sabablar bor, albatta. Bunga quyidagi omillarni ko'rsatish mumkin: ona tiliga tegishli qonun-qoidalarni o'rganishga e'tiborsizlik, badiiy adabiyotlarni o'qishga qiziqishning yo'qligi(tajribalardan ma'lumki, keyingi vaqtda ko'pgina o'quvchi yoshlar boshqa omillarning ta'sirida badiiy kitob o'qish bilan umuman shug'ullanishmaydi), mobil aloqa - qo'l telefonlaridan foydalanishning kuchayib borishi ta'sirida yoshlar o'rtasida forum-, chat- va sms- tilini muloqatning asosiy shakliga aylanib borayotganligi, oilaviy munosabatda nutq madaniyati darajasining pasayib borayotganligi, ommaviy axborot vositalarining, jumladan, Internet tilining nihoyat darajada "demokratiyalashib" borayotganligi, ijtimoiy tarmoqlar nutqida jargonlar va vulgarizmlarning nihoyatda ko'p qo'llaniyotganligi, maktab o'qituvchilarining o'zbek tili va adabiyotini sifatli o'qitishga bo'lgan e'tibor va qiziqishlarini nihoyatda pastligi va h.k.

Bugungi kunda oliy ta'lim bitiruvchisida kasbiy kompetenttsiyani har tamonlama shakllantirish uchun, birinchi navbatda, uning kommunikativ kompetentsiyasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oliy ta'limni bitiruvchi bo'lajak mutaxassisda quyidagi kommunikativ kompetentsiyalar shakllangan bo'lishi lozim: 1) o'z ona tilisini belgilar sistemasi va tafakkur va madaniyat mavjudligining usuli, uning tuzilishi, rivojlanishi va shakllanishi haqidagi fan sifatida bilishi; 2) hozirgi zamon o'zbek adabiy tilining me'yorlari va vazifaviy uslublari haqidagi bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish; 3) yozma va og'zaki nutq me'yorlarini yetarli darajada egallash; 4) turli kommunikativ yo'nalishlarga tegishli matnlarni tuzish bilan bog'liq nutqiy-kommunikativ ko'nikma va malakalarni shakllantirish; 5) barcha turdagi nutqiy faoliyat turlarini puxta egallash; 6) o'zbek tiliga milliy-madaniy qadriyatlarning muhim ajralmas qismi sifatida munosabatda bo'lish tuyg'ularini shakllantirish.

"Nutq madaniyati" kursini o'rganish jarayonida talabalarda og'zaki va yozma nutqning asosiy me'yorlari haqidagi; o'zbek tilining vazifaviy uslublariga xos morfologik, leksik va sintaktik me'yorlar va ularning qo'llanish xususiyatlari haqidagi; turli uslubiy buyoqdorlikka

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

ega bo'lgan matnlar, shu jumladan, ommabop nutqning tuzilish qonuniyatlari haqidagi; matnlar ustida ishlash usullari va tamoyillari haqidagi; o'zbek tili lug'atshunosligi haqidagi; nutqiy etiket me'yorlari va o'zbek tili me'yorlariga mos ravishda turli yo'nalishlarga tegishli matnlarni yaratish haqidagi; turli muloqat vaziyatlarida eng samarali bo'lgan til vositalarini tanlash, qo'llash, matnni tahlil qilish, qisqartirish, kengaytirish me'yorlari haqidagi; mutaxassisilikka oid original adabiyotlar bilan ishlash, lingivistik va mutaxassisilikka oid lug'atlar bilan ishlash haqidagi bilim hamda malaka shakllanishi lozim.

Nutq madaniyati intellektual, ekologik, ma'naviy, estetik, huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, oilaviy munosabat madaniyati kabi tushunchalar qatori barkamol shaxsning eng muhim tayanch madaniy komponentlaridan biri hisoblanadi. Ma'lumotli va tarbiyali inson yuqori darajada nutq madaniyatiga ega bo'lishi lozim, chunki busiz madaniy muloqotni amalga oshirish hech qanday mazmunga ega bo'lmaydi. Jamoa o'rtasida o'zaro foydali bo'lgan kasbiy va dustona aloqa hamda munosabatlarni qaror topishi, hamkorlari va o'z kasbdoshlari bilan samarali faoliyat olib borishga erishish faqat kerakli kommunikativ kompetentsiyaga ega bo'lish orqali amalga oshadi.

Talabalarda nutq madaniyati malakalarini shakllantirish muammosining hal qilinishining murakkabligi ta'lim oluvchilarning ixtiyoriy motivatsiyalari orqali aniqlanadi. Afsuski, ko'p hollarda bunday motivatsiya kuzatilmaydi. Agar ta'lim oluvchi biron bir masala, tenglamani yecholmasa, grafik tuzolmasa, u, albatta, bu ishlarni bajarishni o'rganishga majbur bo'ladi. Lekin ko'pchilik to'g'ri gapirish yoki yozishni ham o'rganish lozimligini bir lahza bo'lsa-da, o'ylab ko'rmaydi. O'rganishga bo'lgan motivatsiya masalasi tarbiyaviy xarakter kasb etib, shaxsning motivatsiyaga bo'lgan ehtiyoji hamda zarurati natijasida tug'iladi. O'qituvchining hisobida o'quvchining bilimini nazorat qilish bilan bog'liq motivatsiyaning turli didaktik usullari mavjud: unga nazorat va kurs ishlari, seminarlar, joriy, oraliq va yakuniy nazorat bosqichlarida amalga oshiriladigan testlar, kollokviumlar, imtihonlar va ularga qo'yiladigan baholash mezonlari kiradi. Ammo bu usullar motivdan ko'ra ko'proq stimulga daxldor bo'ladi, chunki pedagogikada o'rganish motivi deganda kerakli bilimni hosil qilishda ichki ehtiyojdan kelib chiqish tushuniladi. Xuddi mana shu ichki ehtiyojni maqsadga yo'naltirish ko'nikmalarini shakllantirish lozim bo'ladi. Bilim olish ehtiyoji sirasiga kiruvchi ma'naviy ehtiyojlarni tarbiyalash, ya'ni o'z-o'zini rivojlantirish va o'z-o'zini komillika yo'naltirish ta'lim jarayoni tashkilotchilari va ishtirokchilaridan maxsus tayyorgarlikni talab etadigan murakkab vazifa hisoblanib, u ta'lim va tarbiyada ta'limning barcha bosqichlari va o'qituvchilar motivatsiyasi o'rtasidagi izchilikni ta'minashda namoyon bo'ladi. Bu holatda kasbiy ideal tarbiyaviy ishni maqsad darajasida izchilligini ta'minlab turadigan va ta'lim va tarbiyaning sifatini oshirish motivining integratsiya markazi bo'lib maydonga chiqadi [3, 203]. Kasbiy ideal deganda o'z kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishayotgan mutaxassis obrazi tushuniladi. Bu obraz protatip bo'lishi ham mumkin, ya'ni ideal sifatida real bir shaxs ham bo'lishi, mavhum, ya'ni xohlagan kasbiy maqsadiga ko'ra biron bir kasbga daxldor kishilarga xos xususiyatlarning umumlashgan obrazi ham bo'lishi mumkin. Ideal o'ziga tortuvchi va ajralib turuvchi sifatlari bilan sub'ekt uchun ulkan qo'zg'atuvchi kuchga ega bo'ladi va har qanday faoliyat uchun qudratli stimul hamda motiv sifatida maydonga chiqadi.

XULOSA

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Shunday qilib, "Nutq madaniyati" kursining asosiy vazifasi talabalarda nutq madaniyati malakalarini hosil qilishdan iborat bo'lmog'i lozim. Nutq madaniyati deganda tilni yetuk darajada egallash, xususan, matn yaratishda yozma va og'zaki nutqiy faoliyatning barcha til me'yorlarini bilgan holda unga rioya qilish, nutqning turli vazifaviy uslublarni egallash va kommunikativ maqsadga erishish uchun nutqiy vaziyatga mos til vositalarini to'g'ri tanlash, ommabop nutqlarda ifoda va emotsional vositalarni bilish va to'g'ri qo'llay olish, nutqiy etiket me'yorlarini bilish va unga rioya etish tushuniladi.

Xulosa qilib aytganda, kasbiy ideal har bir shaxsning o'zini kasbiy va tarbiyaviy tayyorgarlikka ega bo'lishga undaydigan motiv va stimul sifatida namoyon bo'ladi. Kasbiy idealning mazmunini kasbiy faoliyatga xos xususiyatlar aniqlab beradi. Lekin shuni qayd etish lozimki, har qanday kasbga xos idealning mazmunida umumiylik bor, chunki har qanday faoliyat shaxs omili orqali yuzaga chiqadi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy hayotda sodir bo'layotgan tezkor o'zgarishlar, yaxlit standartga mos kelmaydigan son-sanoqsiz kommunikativ vazifalar o'sib borayotgan bugungi kunda nutqiy kommunikativ kompetentsiyaning ahamiyati kundan-kunga oshib boraveradi.

References:

1. Baydenko V. I. Kompetentsii v professionalnom obrazovanii (k osvoeniyu kompetentnostnogo podxoda)// Vyisshee obrazovanie v Rossii. 2004. № 11. S. 3-13.

2. Rusko-uzbekskiy slovar: v 2-x t. - T. 1983. - S.808.

3. Frolova S. L. Filologicheskie nauki.// Voprosyi teorii i praktiki, № 1 (3), Tambov, 2009. st. 202-207.

4. O'zbek tilining izohli lug'ati. A.Madvaliyev tahriri ostida. -Toshkent: "O'zbekiston nashriyoti", 2021. [electron resurs]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.