Научная статья на тему 'BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING BOSHQARUVCHI SIFATIDAGI HISSIY-EMOTSIONAL SIFATLARI.'

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING BOSHQARUVCHI SIFATIDAGI HISSIY-EMOTSIONAL SIFATLARI. Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

7
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bo'lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisi / boshqaruv / hissiyot / emotsiya / kayfiyat / stress / hamdardlik / tinglash madaniyati. tenglik / будущий учитель начальных классов / управление / эмоции / эмоции / настроение / стресс / эмпатия / культура слушания. равенство

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Rohila Ruzimboyevna Avеzova

Bugungi kunda bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchisining boshqaruv kompetentligi shakllantirishda hissiy-emotsional sifatlarni o‘rganish muhim bo‘lmoqda. Maqolada boshqaruv kompetentligi shakllantirishda bir nechta hissiyemotsional sifatlar va ularga xos bo’lgan jihatlar tahlili keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Сегодня изучение эмоционально-эмоциональных качеств становится важным при формировании управленческой компетентности будущего учителя начальных классов. В статье представлен анализ нескольких эмоциональноэмоциональных качеств и присущих им аспектов формирования управленческой компетентности.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING BOSHQARUVCHI SIFATIDAGI HISSIY-EMOTSIONAL SIFATLARI.»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING BOSHQARUVCHI SIFATIDAGI HISSIY-EMOTSIONAL SIFATLARI.

Rohila Ruzimboyevna Avezova

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi katta o'qituvchisi

[email protected]

Ilmiy rahbar: Dilafruz Rustamboyevna Turayeva

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi PhD, dotsenti dilafruz2501 @inbox.ru;

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining boshqaruv kompetentligi shakllantirishda hissiy-emotsional sifatlarni o'rganish muhim bo'lmoqda. Maqolada boshqaruv kompetentligi shakllantirishda bir nechta hissiy-emotsional sifatlar va ularga xos bo'lgan jihatlar tahlili keltirilgan.

Kalit so'zlar: bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi, boshqaruv, hissiyot, emotsiya, kayfiyat, stress, hamdardlik, tinglash madaniyati. tenglik

АННОТАЦИЯ

Сегодня изучение эмоционально-эмоциональных качеств становится важным при формировании управленческой компетентности будущего учителя начальных классов. В статье представлен анализ нескольких эмоционально-эмоциональных качеств и присущих им аспектов формирования управленческой компетентности.

Ключевые слова: будущий учитель начальных классов, управление, эмоции, эмоции, настроение, стресс, эмпатия, культура слушания. равенство

ANNOTATSIYA

Today, it is becoming important to study emotional-emotional qualities in the formation of managerial competence of the future elementary school teacher. The article presents an analysis of several emotional-emotional qualities and aspects inherent in the formation of management competence.

222

April 26, 2024

Keywords: future elementary school teacher, management, emotion, emotion, emotion, mood, stress, empathy, listening culture. Equality

KIRISH

Bugungi globallashuv jarayonida uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish yo'lini davom ettirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash muhim vazifalardan biridir.

Zamonaviy rahbar har qanday og'ir, chigal, o'ta ziddiyatli va mojaroli vaziyatda ham his - hayajonini jilovlay olishi, vaziyatdan chiqishning yoki uni yumshatishning yo'lini topishga irodasi, aqli va kuchini yo'naltira olishi lozim. Iroda erkin tanlash, qaror qabul qila olish mas'uliyati va salohiyatida "men shunday xohlayman" degan yondashuv emas, balki "men shunday qilishim shart, chunki vaziyat shuni talab qilmoqda" degan yondoshuvi maqsadga muvofiqdir.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo'lmasligi muhimdir.Hissiyotlar o'zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog'liq bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hissiy-emotsional sifatlarga oid bir qancha yondashuvlar mavjud bo'lib ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida hissiyot -kishining o'z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg'ul bo'layotganiga nisbatan o'zicha turli xil shaklda bildiradigan kichik munosabatdir1.

M.Vohidovning "Bolalar psixologiyasi" o'quv qo'llanmasida hissiyot deb -tashqi olamdagi narsa va hodisalarga bo'lgan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirilishga aytiladi2.

Q.Turg'unov muallifligidagi lug'atda hissiyot-shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda o'z-o'ziga bo'lgan munosabatlarida kelib chiqadigan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalardan iborat.

Professor E.G'oziev muallifligidagi "Umumiy psixologiya" darsligida hissiyot-odamda, tirik mavjudotlar miyasida, ya'ni shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va

1 .Xaydarov F.I.Xalilova N.I Umumiy psixologiya darslik Toshkent 2009 231 bet

2 Xaydarov F.I.Xalilova N.I Umumiy psixologiya darslik Toshkent 2009 232 bet

April 26, 2024

223

unga monelik qiluvchi ob'ektlarga nisbatan uning munosabatlarini aks ettirish ma'nosida qo'llaniladi.3

Adabiyotlarda hissiyot bilan birga emotsiya tushunchasi ham keng doirada qo'llaniladi. Jumladan professor E.G.'G'oziev emotsiya-odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo'ladigan his-tuyg'ularni, ichki kechinmalarni ifodalanishidan iborat psixik jarayonni yuzaga kelishining aniq shaklidir, deb ta'riflanadi4. Emotsiyalarning tashqi ifodasiga mimika, imo-ishora, aft-bashara va qad-qomatning o'zgarishlari, yosh hamda ayrim harakatlarning xususiyatlaridagi o'zgarishlar, ya'ni ularning tezligi, kuchi, koordinasiyasi va hokazolar kiradi.

Adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki boshlang'ich sinf o'qituvchisi boshqaruvchi sifatida uning kayfiyati yaxshi xursand, ruhi tetik bo'lganda ishi ham barakali bo'ladi, aksincha ustozning dili ham, qandaydir tashvishli yoki g'amgin bo'lganda qo'li ishga bormaydi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning inson hayotidagi roli juda kattadir. Hissiyot boshqa bilish jarayonlariga ham ta'sir qiladi.Shunday ekan rahbar hissiy -emotsional fazilatlarga ega bo'lishi darkor.

MUHOKAMA NATIJA

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining boshqaruvchilik kompetentligining samaradorligini oshirish uchun quyidagi hissiy- emotsional sifatlarni shakllantirish maqsadlidir.

Hissiy-emotsional sifatlar - qayg'u, qoniqish, quvonch, g'am-alam, istirob, umidsizlik, ko'ngil qolish, achinish, nafrat, anduh, g'amginlik, siqilish, qo'msash, ayb, uyat, sarosima, jirkanish, ajablanish, qiziqish, ikkilanish, yumor tuyg'usiga egalikni ifodalovchi sifatlar.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchining hissiy-emotsional sifatlari -o'qituvchiga o'quvchining qayg'usi, quvonchi, g'am-alami, istirobi, umidsizligi, nafrati, anduhi, g'amginligi, siqilishi, sarosimasi, jirkanishi, ajablanishi, qiziqishi, ikkilanishi, qo'msashini tushunish, aybini tan olganligini va uyatni his qilganligini anglash, yumor tuyg'usiga egaligini his eta olishga yordam beradigan sifatlardir. O'qituvchining hissiy sifatlari ta'lim, tarbiya jarayonida o'quvchi bilan o'quv muassasasi, ko'cha-kuy va oila muhitida tashkil etiladigan o'zaro muloqot, munosabat jarayonida aks etadi. O'quvchilar tomonidan o'quv fanlari asoslarini puxta o'zlashtirilishi, ta'lim muassasasida o'rnatilgan tartib-intizom qoidalariga rioya qilinishida, shuningdek, ularda zarur axloqiy sifatlarning hosil bo'lishida

3 Goziyev E. UMUMIY PSIXOLOGIYA darslik Toshkent 2002 174- bet

4 Goziyev E. UMUMIY PSIXOLOGIYA darslik Toshkent 2002 182- bet

April 26, 2024

224

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

_mumovayechimlaL

o'qituvchining hissiy sifatlarga egaligi ham muhim ahamiyatga ega. Zero, o'qituvchining hissiy sifatlarga egaligi o'quvchi bilan o'zaro hamkorlik o'rnatish, hamjihatlikka erishish, yagona maqsad sari harakatlanishga yordam beradi.

Kayfiyat - tushunchasiga psixologik manbalarda turli nuqtai nazardan yondashilgan taqdirda ham mazmunan ular bir xillikni anglatadi. Jumladan A.V.Petrovskiyning "Umumiy psixologiya" darsligida kayfiyatlar ancha vaqt davomida kishining butun xatti-harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi, deb ta'kidlanadi5. Kayfiyat, ya'ni odamning xursand yoki g'amgin kayfiyati hech vaqt sababsiz maydonga kelmaydi. Boshqaruvchi bajarayotgan biror ishning mavaffaqiyatli tugashi - yaxshi tetik kayfiyatni yuzaga keltiradi. Qilayotgan ishingizni oldinga yurmasligi yoki ishga berilgan yomon baho odamda ma'yuslik, kuchiga ishonmaslik kayfiyatini tug'diradi.

Stress - inson organizmini haddan tashqari zo'riqish natijasida paydo bo'ladigan tanglik jarayonidir. Profssor E.G'ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og'ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar ishlarning me'yoridan oshib, ketib xavfli vaziyatlar tug'ilganida, zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo'rig'ishlar sifatida ko'rsatiladi.6 Stresslarni boshqarish - rahbarning bosim o'tkazilganda va ziddiyatli vaziyatlarda o'zini qo'lga ola bilish xususiyati. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi stressli vaziyatlarda tinch turishi, bir vaqtning o'zida bir necha muammo va masalalarni samarali hal eta olishi, tanqid, tuhmat va shu kabilarga uchraganda o'zini nazorat qila olishi, qiyin vaziyatlarda ham yumor kayfiyatini saqlay olishi, stresslarni kamaytirish, yo'qotish maqsadida o'z xulq-atvorini boshqara olishi hamda o'z- o'zini nazorat qilishi, tushunishi, tahlil qila olishi muhimdir.

Hamdardlik- bu o'zingizni boshqa birovning o'rniga qo'yishdir, shunda siz vaziyatda ular nimani his qilishlarini his qilishingiz mumkin. Boshqa tomondan, rahm-shafqat - bu kimningdir his-tuyg'ularini tan olish va unga yordam berishni xohlashdir. Talabarda o'qituvchi sifatida boshqalarning o'z his-tuyg'ulari va tajribalarini baham ko'rganlarida diqqat bilan tinglashi,bunday vaziyatlarda hamdardlikni boshdan kechiradigan odamlar savol berishlari yoki kimdir baham ko'rgan narsalar haqida o'ylashlari, boshqa odamlarning his-tuyg'ulariga moslashish bilan tavsiflanadi. Misollar, kimdir qayg'uli, baxtli, xafa bo'lgan yoki g'azablanganini ayta olishdir. Shu bilan birga boshqalar nimani his qilayotganini his qilish: boshqalar nimani his qilayotganidan xabardor bo'lishdan tashqari hissiy reaktsiyalarni his qilish

5 Xaydarov F.I.Xalilova N.I Umumiy psixologiya darslik Toshkent 2009 231 bet Xaydarov F.I.Xalilova N.I Umumiy psixologiya darslik Toshkent 2009 240 bet

April 26, 2024

225

qobiliyatini o'z ichiga oladi. Xuddi shu his-tuyg'ularni boshdan kechirish uchun siz ushbu his-tuyg'ularni o'zlashtirayotgandek tuyulishi mumkin.

Tinglash madaniyati- turli masalalar bo'yicha huzuriga kirgan kishining gaplarini qunt bilan tinglash olishi zarur. Rahbar shu jihatga e'tibor berishi lozimki unga murojat qilgan kishi shikoyatchi bo'lsa, u dardini to'la bayon qilish bilan hovuridan tushishi va natijada o'ziga aytilajak javobni to'g'ri qabul qilishga tayyor bo'lishini bilishi darkor. O'z ish faoliyati va kundalik hayotida zarur, muhim bo'lgan ko'pgina ma'lumotlarni bilishi va har bir masalaning mohiyatiga chuqur kirib borish imkoniga ega bo'lishi maqsadlidir. Suhbatdoshni tinglash va tushunish orqali unga nisbatan hurmati va ishonchi ortadi

Tenglik - yuqori hissiy intellektga ega rahbar vaziyatni tahlil qilish va baholashni, xavf va mukofot imkoniyatlarini muvozanatlashtira olishi maqsadlidir. Sizning o'quvchingiz tashabbus ko'rsatdimi, u iqtidorli yoki sust o'zlashtiruvchi o'quvchi bo'lishidan qa'tiy nazar uning tashabbusini o'rganib, xulosa va tahlil qila olib, qo'llab-quvvatlay olishi muhimdir. Shunda har bir o'quvchi maqsad qo'yib, yanada harakat qiladi. Bu esa muhim jihatdir.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchisining boshqaruv kompetensiyasi takomillashuvida hissiy -emotsional sifatlarni o'rni muhimdir. Bu sifatlarni ta'lim- tarbiya jarayonida ya'ni ma'ruza, seminar, amaliy mashg'ulotlar, tarbiyaviy tadbirlar, seminar-treninglar hamda mustaqil ta'lim jarayonida shakllantirish maqsadlidir. Shuningdek darsliklarni o'qish hamda uni tahlil qilishi, hissiy -emotsional sifatlarga doir kinofil'mlar, spektakl ko'rish va audiolarni eshitish orqali tarbiyalash muhimdir.

REFERENCES

1. Boymurodov N. Rahbar psixologiyasi. //- Toshkent: "Yangi asr avlod", 2016.132 b

2.Maksumxanova A.M, Shafkarov B.X,.Xoliyorov U.E "Tashkiliy xulq". O'quv qo'llanma 2019.- 215 bet.

3. Goziyev E. UMUMIY PSIXOLOGIYA Darslik Toshkent 2002 174- bet

4.To'xtaboyev.A Menejer fazilatlari. O'quv qo'llanma - Toshkent:«ABU MATBIJOT-KONSALT», 2008. - 128 bet.

5.O'zbekiston milliy ensiklopediyasi 2000-2005 B. 23469

6. Razzoqov Sh. Rahbarlik san'ati. // Toshkent. - Lesson Press, 2017. - 120 bet.

226

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

_mumovayechimlaL

7.Hayitov O.E, Djalalova S.M. Boshqaruv psixologiyasi: O'quv qo'llanma. TDIU, 2008. - 184 b.

8. Xaydarov F.I, Xalilova N.I Umumiy psixologiya. Darslik Toshkent 2009 240 bet

9.Тураева, Д. Р. (2021). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ СТИЛЕЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

ПЕДАГОГОВ. In Приоритетные направления развития спорта, туризма, образования инауки (pp. 555-560).

10.Тураева, Д. Р. (2018). СТИЛИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПЕДАГОГОВ В СИСТЕМЕ «ПЕДАГОГ-УЧАЩИЙСЯ»-КАК ПРЕДМЕТ ИССЛЕДОВАНИЯ. In Международная научно-техническая конференция молодых ученых БГТУ им. ВГ Шухова (pp. 5628-5634).

11.Тураева, Д. Р. (2014). Факторы, определяющие индивидуальнопсихологические особенности личности педагогов профессионального колледжа. Современные гуманитарные исследования, (3), 118-121.

12.Avezova, R. MODERN PEDAGOGICAL APPROACHES TO EDUCATION. Chief Editor.

13.RAKHMATULLAYEVA, M. A. K., & AVEZOVA, R. R. (2021). THE CONCEPT OF INTEGRATION IN PRIMARY EDUCATION. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (12), 786788.

227

April 26, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.