Научная статья на тему 'BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISIINING BOSHQARUV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI KASBIY SIFATLARNING AHAMIYATI'

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISIINING BOSHQARUV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI KASBIY SIFATLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang’ich sinf o‘qituvchisi / kompetensiya / tashabusskorlik / mas’uliyatlilik / ijodkorlik / tashkilotchilik / qat’iyatlilik / moslashuvchanlik / sabr-toqatlilik / bag’rikenglik. / учитель начальных классов / компетентность / инициатива / ответственность / креативность / организованность / настойчивость / гибкость / терпение / толерантность.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — R.R. Avezova

boshlang'ich sinf o'qituvchisining roli bilim berishdan tashqarida; u sinf dinamikasini boshqarish, qulay o'quv muhitini yaratish va talabalarning turli ehtiyojlarini qondirishni o'z ichiga oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

F UTURE PRIMARY CLASS TEACHER IMPORTANCE OF PROFESSIONAL QUALITIES IN IMPROVING MANAGEMENT COMPETENCE

роль учителя начальной школы выходит за рамки передачи знаний; это включает в себя управление динамикой класса, создание благоприятной среды обучения и удовлетворение разнообразных потребностей учащихся.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISIINING BOSHQARUV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI KASBIY SIFATLARNING AHAMIYATI»

Original peper

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISIINING BOSHQARUV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI KASBIY SIFATLARNING AHAMIYATI

© R.R. Avezova1E

1Toshkent Kimyo xalqaro universiteti,Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: boshlang'ich sinf o'qituvchisining roli bilim berishdan tashqarida; u sinf dinamikasini boshqarish, qulay o'quv muhitini yaratish va talabalarning turli ehtiyojlarini qondirishni o'z ichiga oladi.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining boshqaruv malakasini oshirishda kasbiy fazilatlarning ahamiyatini o'rganishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda intervyular, so'rovlar va kuzatishlardan foydalangan holda sifatli tadqiqot metodologiyasi qo'llaniladi. Materiallarga tajribali o'qituvchilarning fikr-mulohazalari, o'qituvchi stajyorlari tomonidan to'ldirilgan o'z-o'zini baholash anketalari va sinfni boshqarish bo'yicha amaliy tadqiqotlar kiradi..

MUHOKAMA VA NATIJALAR: topilmalar shuni ko'rsatadiki, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida boshqaruv malakasini oshirishda bir qancha kasbiy fazilatlar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu fazilatlarga samarali muloqot, hissiy aql, moslashuvchanlik, tashkilotchilik qobiliyati va muammolarni hal qilishda faol yondashuv kiradi.

XULOSA: natijalar shuni ko'rsatadiki, o'qituvchilar ta'limi o'quv dasturida ushbu kasbiy fazilatlarni tajriba asosida o'rganish va uzluksiz kasbiy rivojlanish orqali tarbiyalashga ko'proq e'tibor qaratish lozim. Kelgusi tadqiqotlar ushbu fazilatlarning o'qitish samaradorligi va talabalar natijalariga uzoq muddatli ta'sirini o'rganishi, shuningdek, o'qituvchining butun faoliyati davomida kasbiy o'sishni qo'llab-quvvatlash va oshirish strategiyalarini o'rganishi kerak.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf o'qituvchisi, kompetensiya, tashabusskorlik, mas'uliyatlilik, ijodkorlik, tashkilotchilik, qat'iyatlilik, moslashuvchanlik, sabr-toqatlilik, bag'rikenglik.

Iqtibos uchun: Avezova R.R. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisiining boshqaruv kompetentligini takomillashtirishdagi kasbiy sifatlarning ahamiyati. // Inter education & global study. 2024. №4(2). B. 243-250.

БУДУЩИМ УЧИТЕЛЬ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ ЗНАЧЕНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КАЧЕСТВ В ПОВЫШЕНИИ УПРАВЛЕНЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ_

© Р. Р. Авезова1^_

Ташкентский международный университет Кимё, Ташкент, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: роль учителя начальной школы выходит за рамки передачи знаний; это включает в себя управление динамикой класса, создание благоприятной среды обучения и удовлетворение разнообразных потребностей учащихся.

ЦЕЛЬ: целью данного исследования является изучение значения профессиональных качеств в развитии управленческих навыков будущих учителей начальной школы.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использована качественная методология исследования с использованием интервью, опросов и наблюдений. Материалы включают отзывы опытных учителей, анкеты для самооценки, заполненные учителями-стажерами, и тематические исследования по управлению классом.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показывают, что некоторые профессиональные качества имеют решающее значение в развитии управленческих навыков у будущих учителей начальной школы. Эти качества включают эффективное общение, эмоциональный интеллект, гибкость, организаторские способности и активный подход к решению проблем.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты показывают, что учебные программы подготовки учителей должны уделять больше внимания развитию этих профессиональных качеств посредством обучения на основе опыта и непрерывного профессионального развития. Будущие исследования должны изучить долгосрочное влияние этих качеств на эффективность преподавания и результаты учащихся, а также стратегии поддержки и повышения профессионального роста на протяжении всей карьеры учителя.

Ключевые слова: учитель начальных классов, компетентность, инициатива, ответственность, креативность, организованность, настойчивость, гибкость, терпение, толерантность.

Для цитаты: Авезова Р.Р. Будущий учитель начальных классов значение профессиональных качеств в повышении управленческой компетентности. // Inter education & global study. 2024. №4(2). C. 243-250.

FUTURE PRIMARY CLASS TEACHER IMPORTANCE OF PROFESSIONAL QUALITIES IN IMPROVING MANAGEMENT COMPETENCE_

© Rohila R. Avezova1_

Tashkent International University Kimyo, Tashkent, Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION: the role of a primary school teacher goes beyond imparting knowledge; it includes managing classroom dynamics, creating a conducive learning environment, and meeting the diverse needs of students.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 4 (2)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

AIM: the purpose of this study is to investigate the importance of professional qualities in the development of management skills of future elementary school teachers.

MATERIALS AND METHODS: the study uses qualitative research methodology using interviews, surveys and observations. Materials include feedback from experienced teachers, self-evaluation questionnaires completed by trainee teachers, and classroom management case studies.

DISCUSSION AND RESULTS: the findings indicate that several professional qualities are crucial in developing management skills in prospective elementary teachers. These qualities include effective communication, emotional intelligence, flexibility, organizational skills, and a proactive approach to problem solving.

CONCLUSION: the results suggest that teacher education curricula should focus more on nurturing these professional qualities through experiential learning and continuous professional development. Future research should examine the long-term effects of these qualities on teaching effectiveness and student outcomes, as well as strategies to support and enhance professional growth throughout a teacher's career.

Key words: primary school teacher, competence, initiative, responsibility, creativity, organization, persistence, flexibility, patience, tolerance.

Bugungi kunda oliy ta'lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. Bunda asosiy e'tibor, talabalarda egallayotgan mutaxassisligi bo'yicha kompetensiya shakllanishi va takomillashuviga qaratilmoqda. Hozirda jamiyat uchun butunlay yangi qiyofadagi mutaxassis uchun talab yuqoridir. Ular faol ijodiy fikrlovchi, boshqaruvchi, izlanuvchan, ilmiy axborotlarni mustaqil ravishda izlab topuvchi va ularni o'z amaliy faoliyatida qo'llovchi mutaxassis bo'lib yetishishi lozim.

Kompetentlik - bu bilimlar, ko'nikmalar, ma'lumotlilik, o'z-o'zini shaxs sifatida namoyon qilish, ro'yobga chiqarish, o'zining dunyodagi o'rni, shular natijasida o'z kasbinining yashashdan maqsadini oliy maqsadi deb bilish, shaxsga yo'naltirilganligi bois, uning imkoniyatlarini to'laligicha safarbar qilish, atrofdagilar tan olishi manbai hisoblanadi. Darhaqiqat mamlakatimiz manfaati uchun xizmat qiluvchi bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining boshqaruv kompetentligini shakllantirish zarurligini ko'ramiz.

Boshqaruv kompetentligi ta'rifiga bir qancha yondashuvlar mavjud: konfusiy o'z davrida «boshqaruvda beshta go'zal usulga astoydil amal qilish va to'rtta yaramas usuldan o'zini tiyish zarur»ligini isbotlab bergan. U beshta go'zal boshqaruv usulida: himmatli zotning muravvatli bo'lishini, biroq isrofgarchilikka yo'l qo'ymasligini; u ish paytida talabchan bo'lishini, biroq boshqalarda norozilik uyg'otmasligini; istak-xohishda ochko'zlikka berilmasligini; keng fe'lli, ammo takabbur bo'lmasligini; ulug'vor, ammo atrofdagilarga vajohat solmasligini ko'rsatib bergan. Boshqarishning to'rt yaramas usulida

For citation: Rohila Avezova. (2024) 'Future primary class teacher importance of professional qualities in improving management competence', Inter education & global study, (4(2)), pp. 243-250. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

esa: boshqalarni qonunni chetlab o'tib, o'zboshimchalarcha o'limga hukm etishni -shafqatsizlik; ishning natijasini ogohlantirmasdan talab etishni - zo'ravonlik; ish bajarilib, yakunlanishga yaqinlashib qolsa-da, shunga tegishli buyruqni hayallatib o'tirishni -qaroqchilik; mehnatga haq to'lashda xasislik qilishni - pastkashlik deb e'tirof etgan[1]. Buyuk mutafakkir bobomiz Abu Nasr Forobiy inson baxt- saodatga yerishuvi uchun ularni baxtli-saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo'lishi kerak deyishlari bejiz emas. Yusuf Xos Xojib o'zining «Qutadg'u bilig», ya'ni «Saodatga boshlovchi bilim» asarida boshqaruvchi shaxsi, ya'ni podsho xalq bilan birga va adolatli bo'lishi lozimligi g'oyasi ilgari suriladi. «Kishi qanchalik yuqori martabaga erishmasin, u baribir kamtar bo'lib qolishi lozim»[4]. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytish joizki, o'tmishda ham kishilarni samarali boshqarish uchun ularga ta'sir qilishning bir qancha usullari mavjud bo'lgan.

Amerika olimi R.Meyers "kompetentlik - bo'lajak mutaxassisning qandaydir ma'lum kriteriyalarga javob berishi emas, balki uni amaliyotda qo'llab, isbotlay olishidir", -degan xulosani beradi (Ivanov, 2007)[3].

Darhaqiqat bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisida boshqaruv kompetetligini shakllantirish orqali yetuk, bilimli, tarbiyali, zamonaviy, ijodkor, kasbiy sifatlarga ega boshqaruvchi shaxsni shakllantirish asosiy vazifamizdir.

Zamonaviy sharoitda ta'lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko'ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash, boshqaruvchilik kompetentligini shakllantirishga yo'naltirilish talab qilinmoqda. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining boshqaruvchilik kompetentligini quyidagi sifatlar asosida shakllantish maqsadlidir.

Maqsadning qo 'yilishi - rahbardagi tashkilotning biznes maqsadlariga mos keluvchi vazifalarini ishlab chiqa bilish va uni boshqalarga yetkazib bera olish kompetensiyasi. Tashkilotchilik - muayyan ish harakatni boshlab berish, tashkil etish, uyushtirish yoki uyushtirishni oqilona rejatashtirish xislati. Ushbu kompetensiyaga ega bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'yin, ta'lim va mehnat ko'rinishidagi faoliyatlarni tashkil etish, ijtimoiy munosabatlar jarayonini faollashtirish, jamoani jipslashtirish va yagona maqsad atrofida birlashtirishda tashabbus hamda nazoratni o'z qo'liga olish, uni samarali boshqarish va mavjud imkoniyatlaridan unumli foydalanish, shuningdek, jamoadoshlarni faollik ko'rsatishga rag'batlantirish, yetakchilik (liderlik) fazilatiga egalikdir.

Og'zaki muloqot-rahbarning xodimlari bilan birgalikda faoliyat yuritayotganda va suhbat paytida o'z fikrlarini aniq ifoda eta olish qobiliyati muhimdir. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quvchilar, ota-onalar va hamkasblarni oson tushuna olishlari uchun barcha tovushlarni to'g'ri talaffuz qila olishi, professional hamkorlik jarayonida gapni tuzishda auditoriyaning bilim darajasi va tajribasini hisobga olishi, og'zaki nutqda grammatik to'g'ri so'zlar va gap qurilishlaridan foydalana olishi, mantiqan to'g'ri gapira olishi, g'oyalarini qisqa va lo'nda qilib ifodalay olishi lozim.

Yozma muloqot-bu rahbardagi ish bilan bog'liq yozishmalarda fikrini tushunarli qilib yoza olish zarur jihatdir. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi rahbar sifatida qog'ozga fikrlarni qisqa va lo'nda qilib yoza olishi, fikrlarni qog'ozda ketma-ket, xat boshidan qilib yozadi va axborotlarni o'quvchiga ravon qilib yetkaza olishi, yozma fikrlarni shunday

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tuzadiki, o'quvchiga ma'lumotlar aniq yetib bora olishi, qiyin yoki texnik ma'lumotlarni izohlashda grafiklar yoki boshqa vositalardan foydalana olishi, orfografik xatolarsiz yoza olishi, yozma muloqotda maxsus yozuv usullarini (yozuv tillarini) qo'llay olishi, tinish belgilarini to'g'ri qo'ya olishi, grammatik qoidalarga amal qililishi maqsadlidir.

Tashabbuskorlik - tegishli ko'rsatmalar olish yoki kuchli zaruriyat tug'ilgunga qadar nima qilish kerakligini ko'ra olish. Masalan, amerikalik mashhur psixolog Deyl Karnegining ta"kidlashicha, asr boshida amerika dollarida hisoblaganda yiliga bir milliondan ortiq daromad topadigan boshqaruvchilarning soni ikki nafarni tashkil qilgan. Ulardan biri Uolter Kraysler va ikkinchisi - Charlz Shveblardir. Amerika cho'yan quyish industriyasining yetakchilaridan bo'lgan Endryu Karnegi Shvebga odamlarni yaxshi ishlatib, korxona daromadini keskin oshirib yuborganligi uchun kuniga uch ming dollar, yiliga bir million dollar haq to'lagan. Lekin ana shu millionerning o'z esdaliklarida qoldirgan quyidagi so'zlari e'tiborga loyiqdir: "Men cho'yan quyish borasida eng oddiy ishchidan ham no'noq edim, asosiy yutug'im - men o'zgalarni boshqarishni bilganman. Mendagi eng noyob sifat - odamlarda tashabbusni uyg'otish qobiliyati edi. Chunki insondagi eng noyob, qimmatli narsani tan olish - uning tashabbusini qo 'zg'atishdir"[2] Shunday ekan ushbu kompetensiyaga ega boshlang'ich sinf o'qituvchisi murakkab vaziyat yuzaga kelishini oldindan ko'rib, nima qilishni va qanday yo'l tutish kerakligini biladi, undan buni so'rashlarini kutib o'tirmaydi, aniq vaziyatda ishni talab qilinganidan ham ortiqroq qilib bajaradi, vaziyatning boshqa qatnashuvchilari istiqbolni qanday ko'rayotganliklariga qiziqadi, voqea-hodisalarni o'zlashtirish uchun mustaqil qadam tashlaydi.

Jamoadada ishlash ko'nikmalarini tarbiyalash -jamoada rahbarining guruhni birgalikda ishlashga o'rgatishi orqali o'z qiziqishi, ko'nikmasi va muvaffaqiyatini namoyish eta olish kompetensiyasi. A.Kron ta'kidlaganidek "Odamlarni hurmat qil. Ularning haq-huquqlarini, mehnatini, tinchligini, fikrlarini va qadr-qimmatini e'zozla"[8]. Bo'alajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quvchilar, ota-onalar va hamkasblar jamoalari bilan ishlashda ularning g'oyalarini eshita olishi,jamoaning boshqa a'zolari taklif va g'oyalarini qo'llab-quvvatlashi, jamoaning boshqa a'zolari bilan o'z muammolarini ochiq-oydin bo'lisha olishi, o'z noroziligini konstruktiv ravishda ifoda eta olishi,jamoaning boshqa a'zolari yutuqlarini qo'llab-quvvatlay olishi, jamoaning boshqa a'zolari bilan o'z fikrlarini adolatli va konstruktiv bo'lisha olishi, jamoaning barcha a'zolari qo'llab-quvvatlaydigan qarorlar uchun kurashishi, kasbiy bilim va tajribalarini jamoaning boshqa a'zolari bilan bo'lisha olishi, bilim va tajribaga ega bo'lish maqsadida guruh tarkibida ishlashi maqsadga muvofiqdir.

Kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma'naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo'lgan bilimlarning ko'pqirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilish, o'rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va o'zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo'ladi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi barcha o'quvchilarning ijodiy salohiyati va shijoatini hisobga oluvchi ta'limning yangi shakllarnii yo'lga qo'yilishi zarur. Ken Robinsonning fikriga ko'ra, "Kreativlik - o'z qiymatiga ega

orginal g'oyalar majmui"dir. Gardner esa o'z tadqiqotlarida "Kreativlik-shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo'lib, u o 'zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma'lim amaliy qiymatga ega bo'lishi lozim"[7]. Olimning yondoshuviga ko'ra kreativlik muayyan soha bo'yicha o'zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko'nikmalarga ham ega bo'lish demakdir. Kreativlik ayniqsa ta'lim jarayoniga unchalik qiziqish bildirmayotgan o'quvchilarga yordam berishi mumkin va ular o'z fikrini ayta olishiga, salohiyatini ochishiga xizmat qiladi.

Vaqtni boshqarish - vaqtni to'g'ri taqsimlash va ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish insondan ma'lum bilimlarni bilishni talab qilish bilan birga ushbu muammolar bo'yicha shaxsning o'z ustida muntazam ish olib borishi orqali hal etish imkonyatini beradi. O'qituvchi vaqtni to'g'ri taqsimlashi, har qanday vazifani imkon qadar hal etishga bugunoq kirisha biling. Vaqtni boshqarishga oid qobiliyatlaringizni tahlil qilishga o'rganing.Vaqtning eng kichik bo'laklarini ham tejash, va unumli foydalanish darkor. O'quvchilarni ham vaqtdan unumli foydalana olishga o'rgatish muhimdir.

Texnika va texnologiya sohasidagi kompetensiya - rahbarning texnika va texnologiya sohasidagi chuqur bilim va ko'nikmalarini ko'rsata olish lozim. Zamonaviy o'qituvchi axborot texnologiyalarni bilishi va undan ta'lim -tarbiya jarayonida samarali qo'llay olishi maqsadlidir.

Vijdonlilikka- ega bo'lgan boshlang'ich sinf o'qituvchisi har bir ishni fidoyilik, halollik bajarib, har bir ish sifatini kuzatib boradi, ma'lumotlarni tekshirib boradi, o'zi va o'zgalarning ishiga aniqlik kiritish maqsadida kuzatib, tahlil qilib, yordam berib boradi. Barcha foydalanuvchilar uchun uchun zarur materiallar yoki ma'lumotlarni yig'adi va tashkil etadi. O'quvchilar, ota-onalar hamda hamkasblar bilan ishlashda sidqidildan yondashadi. Har bir bolaning bilimi va salohiyati uchun kurashadi.

Qat'iyatlilikka sifati - bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi vaqt chegaralangan, murakkab yoki noma'lum vaziyatlarda qaror qabul qilishga tayyor turishni, boshi berk ko'chaga kirib qolgan muammoni hal etishni, vaziyatdan chiqib ketish uchun qilingan qarorning kafolatini va guruhga boshchilik qilishni o'z zimmasiga oladi. Murakkab qarorlar qabul qilishda qat'iyatlilik muhimdir. Abu Rayhon Beruniy o'zining "Hindiston" asarida ushbu g'oyani ilgari suradi: "Tabiatan boshqarishga moyil bo'lgan hokim o'z fikri va qarashlarida qat'iy bo'lishi, o'z ishlarini amalga oshirishda donishmandlar tomonidan bildirilgan ilg'or mulohazalarga bo'ysunishi lozim. Odil hokimning asosiy vazifasi oliy va past tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlar orasida tenglik va adolat o'rnatishdan iboratdir. Hokimning muhim vazifalaridan yana biri fan taraqqiyotiga, olimlarga g'amxo'rlik qilishdi"[4]. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi har bir faoliyatda qat'iyatlilik asosida ish yuruta olsa,har qanday yot g'oyalarga rarshi turib, o'quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashi lozimdir.

Moslashuvchanlik - ishning yangicha usullariga moslashuvchanlik, o'zining sevimli ishlash uslubini zamonaviylashtirishga tayyor turish.Ushbu sifatga ega boshlang'ich sinf o'qituvchisi nafaqat o'z ishiga, balki o'zga hamkasblari ishiga ham munosib bo'ladi, tashkilotning yangi tuzilma, usul va texnologiyalarga xayrixoxligini bildiradi, dastlabki

strategiya muvoffaqiyatsiz chiqsa, boshqasini tanlay oladi, qarama-qarshi holat to'g'ri ekanligiga dalillar etarli bo'lsa, oldingi holatdan osonlikcha voz kecha oladi.

Rejalashtirish - pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga o'quvchilar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshga ko'ra pedagogik ta'sir mazmunini va usullarini tanlashga, o'quvchilar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo'llangan bo'lishi kerak. Reja o'quvchilar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tayyorgarlik ko'rish metod vausullarni yaxshilab o'ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi rejalashtirgan hamma ishlar har bir o'quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashi lozim.

Ishonchli bo'lish - boshqaruvchining o'zini mas'uliyatli, ishonchga arziydigan shaxs ekanligini ko'rsata olishi muhimdir. Ishonch- o'z g'oyalari va muvoffaqiyat qozonish imkoniyatlariga ishonch hamda qarama-qarshi mavqeidagi shaxs oldida mustaqil lavozimni egallashga tayyor bo'lish. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi maqsadlarga erishishdagi o'z imkoniyatlariga ishonishni, zarur paytda adolat mezonlari asosida, haq bo'lgan shaxs yoki guruhni qo'llab-quvvatlay bilishni, murakkab masalalarga o'z kuchiga to'la ishonch bilan yondasha olishni bilishi lozim.

Ishbilarmonlik -bu zamonaviy texnologiyalarni jadal joriy etish har doim eng so'nggi tendentsiyalardan xabardor bo'lishi va amaliyotda qo'llay olishi. Ishbilarmonlikda bahs-munoza va muzokaralarini to'g'ri olib borish haqiqiy san'atdir. Amir Temur bobomizning fikricha: "Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat"iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir"[5]. Ishbilarmon o'qituvchi otaga yoki onaga o'xshaydi. Bu butun qalbi bilan bolasi uchun ildiz otayotgan odam.

Qaror qabul qilish- boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni aniq bir doira ichida o'tishi qiyin. Har bir rahbar o'z xususiyatidan kelib chiqqan holda muammo yechimiga turli uslub va yo'llar asosida namoyon etadi. Qaror yaratilishi davomida rahbar o'z ichki dunyosida sodir bo'layotgan jarayonlarni bilishi, ushbu holatni maqsadga muvofiq ravishda boshqarish imkonini beradi. Shu bois qaror qabul qilish amallarini bosqichma-bosqich tahlil etish lozimdir. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko'pqirrali va murakkab jarayon bo'lib, unda muammoni o'rganish, g'oyalar ishlab chiqish, ma'qul keluvchi g'oyalarni ajratib olishi, yangilikni joriy etishni rejalashtirish, qayta aloqa va tahlil qilishni bilishi muhimdir.

Tadbirkorlik- ushbu sifatga ega boshlang'ich sinf o'qituvchisi foydali imkoniyatlarni sezadi va qo'ldan boy bermaydi, ta'lim muassasasi, sinfi uchun yangi imkoniyatlarni ochib berish mumkin bo'lgan voqea-hodisalardan doimiy xabardor bo'lib turadi, o'quvchilar, hamkasblaridagi tadbirkorlik xulq-atvorini qo'llab-quvvatlaydi.

Taklifimiz, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida boshqaruvchilik kompetentligini shakllantirish uchun interfaol darslar, davra suhbatlari, binar ma'ruzalar, loyihalar, treninglar o'tkazish maqsadga muvofiqdir, ya'ni bo'lajak pedagoglarni rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining boshqaruv kompetentligini shakllantirishda nazariy tayyorgarliklar bilan birga amaliy tayyorgarliklar uzviyligi ko'zga tashlanadi. Boshqaruv kompetentlikni shakllantirish oliy ta'lim muassasasida boshlanadi va ish joyida tajribali ustozlar nazorati ostida davom etadi. Bo'lg'usi boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ta'lim-tarbiya jarayoniga, jamoaga, manbalarga, o'ziga bo'lgan ma'suliyatlilik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, moslashuvchanlik, ijodkorlik, tadbirkorlik, qat'iyatlilik, qadriyatli munosabatlarni shakllantirish orqali zamonaviy pedagoglarni tayyorlaymiz. Shuni unutmaslik kerakki, boshqaruv kompetentligini nafaqat bilim darajasi, balki o'qituvchining amaliy ko'nikmalari, tajribasi va shaxsiy sifatlari ham muhimligi bilan ajralib turadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. K.Xoshimov va С. Nishonova Pedagogika tarixi Darslik /.—Т.: «», 2001.-6

2. Abdurashid To'xtaboyev MENEJER FAZILATLARI 0'quv qo'llanma TOSHKENT «ABU MATBUOT-KONSALT» nashriyoti 2008 130 b

3. Hayitov O.E., Djalalova S.M. Boshqaruv psixologiyasi: O'quv qo'llanma. TDIU, 2008. - 184 b. 9-bet

4. Boboyorov B.N. va Boboyorov Sh. Maqolasi ."Yangi O'zbekiston: barqaror rivojlanishning ijtimoiy-falsafiy, iqtisodiy-siyosiy va huquqiy masalalari" VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 23 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7 ww.oriens.uzApril 2022 MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG'RIKENGLIK -MA'NAVIY TARAQQIYOT POYDEVORI

5. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi Birinchi jild Toshkent 2000y

6. Конфуций. Лунюй. Изречения. - М.: «Эксмо», 2008.

7. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - Т.: «A.Qodiriy nomidagi xalq merosi

8. nashriyoti», 1993

9. Лебедев О.Е. Компетентносный подход в образовании. www.nekrasovepb.ru

10. Зимняя И.А., И.А. Ключевных. Компетенции - новая парадигма результата образования. quality.petrsu.ru

11. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 Academic Research, Uzbekistan 209 www.ares.uz Gulmira Rifovna Tojiboeva PEDAGOGIK KOMPETENTLIK: NAZARIYA VA AMALIYOT maqola

12. Pedagogik konpetentlik (uslubiy qo'llanma): -T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2018. - 80 bet

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HRohila Avezova, katta o'qituvchi [Рахила Авезова, старший преподаватель], [Rahila Avezova, senior teacher]; manzil: 100121 Toshkent, Shota Rustaveli ko'chasi, 156-uy [адрес: 100121, ул. Шота Руставели, 156, г.], [address: 100121, Shota Rustaveli Street, 156, Tashkent,]; e-mail: rohilaavezova@mail.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.