Научная статья на тему 'BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISINI BOSHQARUV KOMPENETLIGINI SHAKLANTIRISHDA SHIFOKOR MODELI'

BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISINI BOSHQARUV KOMPENETLIGINI SHAKLANTIRISHDA SHIFOKOR MODELI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Shifokor / pedagogik / Kompetentlik / psixologiya / model / boshqaruv.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sevinch Mardonova Shahobiddin Qizi

Boshqaruv kompetentligini shakllantirishda shifokor modelining o`qituvchilik uchun amaliy qo`llanishini maqsad qiladi. Ushbu mavzuda, shifokor modelining tushunchasi, boshqaruv sohasida qanday qo`llanilishi, o`qituvchi bilan bog`liqlik, afzalliklarini va chegaralarini ko`rib chiqadi. Shifokor modelining boshqaruv sohasida qanday qo`llanilishi, uning kompetentligini shakllantirish va rivojlanish jarayoni o`rin oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISINI BOSHQARUV KOMPENETLIGINI SHAKLANTIRISHDA SHIFOKOR MODELI»

BOSHLANGICH SINF OQITUVCHISINI BOSHQARUV KOMPENE TLIGINI SHAKLANTIRISHDA SHIFOKOR MODELI Sevinch Mardonova Shahobiddin qizi

Toshkent Kimyo xalqaro unversiteti "Boshlang'ich ta'lim" 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11085778

Annotatsiya. Boshqaruv kompetentligini shakllantirishda shifokor modelining o'qituvchilik uchun amaliy qo'llanishini maqsad qiladi. Ushbu mavzuda, shifokor modelining tushunchasi, boshqaruv sohasida qanday qollanilishi, o'qituvchi bilan bogliqlik, afzalliklarini va chegaralarini ko 'rib chiqadi. Shifokor modelining boshqaruv sohasida qanday qo'llanilishi, uning kompetentligini shakllantirish va rivojlanish jarayoni o rin oladi.

Kalit so^zlar: Shifokor, pedagogik, Kompetentlik, psixologiya, model, boshqaruv.

Аннотация. Она направлена на практическое применение модели врача в обучении при формировании управленческой компетентности.В данной теме рассмотрено понятие модели врача, как она используется в сфере менеджмента, взаимоотношения с преподавателем, преимущества и ограничения. Рассмотрены модели врача, как она применяется в сфере, происходит процесс формирования и развития его компетентности.

Ключевые слова: врач, педагог, Компетентность, психология, модель, управление.

Abstract. Aims at the practical application of the doctor's model for teaching in the formation of management competence. In this topic, the concept of the doctor's model, how it is used in the field of management, the relationship with the teacher, the advantages and limitations of the doctor's model are considered. how it is used in the field of management, the process of formation and development of its competence takes place.

Keywords: Doctor, pedagogue, Competence, psychology, model, management.

KIRISH

Bolajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari yetakchi ya'ni olg'a intiluvchan bo lishi lozim. Chunki ichki xissiyotga berilib ortoqlari orasida o zini erkin tuta olmasa ustoz u bolaning qirralarini ochishi kerak.Bu uchun pedagog ham psixologiyadan xabari bolmogi kerak. Kasbga doir topshiriq va vazifalarni yaratish, o'quv-tarbiya jarayonini boshqarishda pedagogik-psixologik yondashish ta'lim-tarbiyani modellashtirish to'g'risidagi ma'lumotlar ham mazmunidan keng o'rinda foydalanishlari zamonaviy ta'lim tizimi rahbarlarining zimmasiga yuklatilmoqda.

Kompetentlik tushunchasi nafaqat aniq bilim va ko'nikmalar, balki aniq strategiya, mos emotsiya va munosabat shuningdek, butun bir tizimni boshqarish mexanizmi mavjud ekanligi talab etiladigan murakkab amaliy masalalarni hal etish bilan bog'liq. U o'z ichiga nafaqat kognitiv tashkil etuvchini, balki qadriyatli yo'nalganlikning motivatsion, etik, ijtimoiy va ahloqiy tizimlarini ham oladi. Bo'lajak pedagog har sohadan o'zi uchun qo'llanma olishi zarur.1

Masalan, shifokor kasbini oladigan bo'lsak samimiy bo'ladi, be'morni shirin so'z bilan davolay olishi mumkin, O'qituvchi bo'lsa o'zlashtirishi qiyin bo'lgan bolalar bilan ishlay olishi lozim. Ustozlar har bir bola uchun ham ona ham uni hayot yo'lini porlatguvchi quyosh misoli bo'la olishi kerak. Ustozlar har bir bolaning kelajagi uchun qimmatli vaqtini ayamasdan unga bor mehrini berib ular bilan shug'ullana olishi kerak. Bobolarimiz aytganidek, "Ustoz ko'rmagan shogird, har maqomga yo'rg'alar", shuning uchun har bir bolani ustoz qo'liga topshirar ekanmiz, "Eti sizga, suyagi bizga" deb bejizga aytilmagan. Dunyoda shunday kasb borki, o'qituvchilik,

1 Pedagogik konpetentlik (uslubiy qo'llanma): - Pedagogika va psixologiya / -T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2018. - 80 bet.

qolgan kasblar uning hosilasidir. Bitta onaning o'ttizta yoki yigirma beshta farzandi bo'lmasligi mumkin, lekin bitta muallimaning shuncha farzandi bo'ladi. Bola go'yoki shunday oq qog'oz bo'ladiki, ustoz nimani yozsa, bola shuni qabul qiladi. Shuning uchun ham boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari ko'proq adabiyot o'qigan va bolaning har bir savoliga javob beradigan darajada kuchli bilim egasi bo'lishi lozim.

Biz yosh pedagoglar shifokorlardan shunday o'rnak olishimiz kerakki, ular har bir bolaning hayotini saqlab qolish uchun qanday harakat qilishsa, biz pedagoglar shu bolalarning kelajagi uchun harakat qilishimiz fidoiylikdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekistoning barcha viloyatlarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun 225-ta maktab o'z eshiklarini ochadi. Birlashgan Millatlar tashkilotining Bolalar jamg'armasining (UNICEF) Toshkentdagi vakolatxonasi buni mamlakat tarixidagi misli k'o'rilmagan qadam deb ataydi.Bu prezedentning 2020 yil 13-oktyabrdagi 4860 qarori bilan tasdiqlangan 2020-2025-yillarga moljallangan xalq ta'lim tizimida rivojlanish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshmoqda. Sog'ligida nuqsonni bo'lgan bolalarga alohida dars xonalari ajratilgan ular sinfda o'quvchilar soni,uch yoki to'rttadan iborat bo'ladi.

Yurtimizdagi yana bir yangiliklardan biri masuliyati cheklangan bolalar uchun turli fondlar tashkil etilmoqda. Bulardan biri "Zamin fondi", "Eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta'limni rivojlantirish" dasturi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar ochilib bolalarni o'z qamroviga olmoqda. Sog'ligida muammosi bor bolalar boshqa bolalar kabi maktabga yurib borgisi keladi Bu bolalarni ta'limga qamrab olinishida kamchiliklar bor. Masalan ta'lim bilan qamrab olinmagan, uyda otirib qolayotgan imkoniyati cheklangan bolalar bor.

Agar maktablarda inklyuziv talim to'g'risida band kiritilayabdi. Biroq bu modda xalqaro talablarga javob bermaydi.

Respublika bo'yicha 86 ta jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar iqtisoslashgan maktab -internetlari mavjud ularda 21 ming 153ta nafar o'quvchi ta'lim oladi.Bundan tashqari, 21sanatoriy turdagi maktab-internatda 6131nafar o'quvchi o'qiydi. 2019-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, O'zbekiston bo'yicha rasmiy tarzda 710-mingga yaqin nogironligi bo'lgan shaxs ro'yxatga olingan.

Ularning 101 ming nafari 16 yoshgacha bo'lgan imkoniyati cheklangan bolalardan iborat bu juda achinarli xolat lekin shunga qaramasdan Prezident tomonidan yoshlar uchun sharoitlar yaratilmoqda. Ko'zi ojizlar uchun ham Brayil alifbolari yaratilgan shu imkonoyatlardan foydalanib, dunyoning ko'zga ko'rilgan eng yuqori ko'rik tanlovlarida yuqori martabalarni olib kelmoqda. Ta'limni individual ravishda shakllantirish, imkoniyati cheklangan o'quvchilarni ularning shaxsiy qobiliyatlariga mos ravishta o'qitishga mos imkoniyat beradi. Har bir o'quvchi ozining ozaro farqlari va tajribalari boyicha ta'lim olish imkoniyati mumkin. Imkoniyati kechlanganlar o'qishi, texnologiyalardan intensiv darslar boshqa texnalogiyalardan foydalanish, o'quvchilarga yangiliklarni osonlik bilan o'rganish va ta'lim materiallariga erkin kirish imkonoyatini beradi.2

MUHOKAMA

O'qituvchiga taqlid etish bu- o'qituvchining shifokor yoki ustozning ko'nikmasi bilan o'quv materiallarini yaxshilash, ozining dars metodlarini o'zgarish va ularga ko'nikmalar yaratish jarayonidir. Bu o'quvchilar uchun qulaylik yaratish va o'quv jarayonini tizimlash imkonoyatlarini oshirish uchun juda foydali bo'ladi.

2 https://www.gazeta.uz/oz/2022/09/06/unicef/

Boshlang'ich sinf o'qituvchining vazifalari quyidagilar bo'lishi mumkin:

Boshlang'ich ta'limning prinsiplarini o'rganish va dars ishlarini tayyorlash Sinflarni tashkil etish va o'quvchilarga dars berish O'quvchilarning o'zlashtirish talablari O'quvchilarga foydali bilim va ko'nikmalarni o'rgatish O'quvchilarga individual ta'lim qo'llab-quvvatlash O'quvchilarning salomatligini ta'minlash

O'quv tajribalarini yaxshilash uchun boshqa o'qituvchilar va mas'ul shaxslar bilan hamkorlik qilish

• O'quvchilarning insoniy xususiyatlariga munosib ravishda munosib ta'lim olishini ta'minlash

Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quv jarayonini faollashtirish, talabalar bilim darajasini oshirish va ularning insoniy xarakterini tarbiyalashda muhim rol o'ynaydi. Ular o'z vazifalarini erkinlik, erkinlik va salomatlikda amalga oshiradi.

Tabiatan, boshlang'ich sinf o'quvchisining boshqaruvchilik kompetentligi shakllantirishida shifokor modeli yaxshi ravishda ishlatish mumkin. Shifokor modeli yaxshi ravishda ishlatish mumkin. Shifokor modeli boshqaruvchilikni o'qituvchilar va mentorlar orasida o'quvchi o'rganish jarayoni ko'maklashish uchun juda maxsus ishlaydigan tajriba sifatida olsak bo'ladi.

Shifokor inson qo'rqmas bo'lganidek ustoz ham shundek dovyurak bo'lmog'i kerak. Bu ustozlik kasbi ulug' kasblardan biri ustoz deganda ham shifokor ko'z oldimga keladi. Bolaning sog'ligi eng birinchi o'rinda yosh avlod sog'lom bo'lmog'i kerak.

Bolaning psixologiya sinf xona uchun ham ahamiyati bor masala; sog'ligida nuqsoni bor bolalar uchun xona dizayni oddiygina xona oq yoki ko'k rangli bo'lishi kerek bo'lmasa uning psixikasiga ta'sir qiladi. Sog'lom bolalarning sinf xonasi fasllarga moslasha ustoz o'quvchini o'ziga qarata oladi.

Shifokor modeli har bir kompaniyaning muvaffaqiyatiga katta ta'sir qiladigan strategiyalardan biridir. Bu model kompaniyada muomala va o'quvchilar orasidagi aloqalarni mustahkamlashtirish va o'quvchilarning malakasini oshirishga yordam beradi. Shifokor modeli asosan qolipnoma va rivojlanishga yo'l qo'yadigan strategiya, kadrlar va ma'naviyatlarni mavjud tajribalar va amaliyotlar asosida qo'llab-quvvatlaydi.

Shifokor modelining asosiy maqsadi, kompaniya tomonidan qabul qilingan o'quvchilar bilan amalga oshiriladigan yangi strategiyalar, dastur va texnologiyalarni muvaffaqiyatli boshqaruvchi sifatida qabul qilish. Bu model o'quvchilarga ishlab chiqarish, jamoaviy ro'yxatdan o'tish va ishbilarmonlikni oshirishda ko'p yordam berishi mumkin.

XULOSA

Shifokor modeli, boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun o'quvchilarni o'rganish jarayonini samarali boshqarish uchun keng qamrovli va yordamchi bo'lish uchun samarali bir vosita sifatida qabul qilinadi. Bu model o'qituvchilarni o'quv jarayonini ta'sir etish va o'quvchilarning o'zlarining o'rganishni oshirishda yordam berish uchun samarali strategiyalar ishlab chiqishga intiladi.

REFERENCES

1. Pedagogik konpetentlik (uslubiy qo'llanma): - Pedagogika va psixologiya / -T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2018. - 80 bet.

2. Alavutdinova, N., & Abdurahmonova, M. Ijodiy fikrlash ko 'nikmasini shakllantirish muammolari. O 'ZBEKIST, 87.

3. ALAVUTDINOVA GANIEVNA, N. (2015). 20. ASIR OZBEK DiLBiLiMINDE MORFOLOJiYE AiT GORU§LERiN §EKiLLENMESiNDE PROF. EYYUP GULAMOV'UN YERi. Turkish Studies (Elektronik), 10(12), 1-14.

4. Azimovna, R. F. (2024). Youth Entrepreneurship and its Development Measures. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 3(1), 340-343.

5. Alavutdinova, N., & Ergasheva, L. (2024). COMMUNICATIVE CHARACTERISTICS OF TEACHING THE UZBEK LANGUAGE AS A FOREIGN LANGUAGE. Science and innovation, 3(B1), 29-34.

6. Ganievna, N. A. (2015). 20. Asir Ozbek Dilbiliminde Morfolojiye Ait Goru§lerin §ekillenmesinde Prof. Eyyup Gulamov'un Yeri.

7. Отажонова, М. (2016). ИЖОДКОР БАДИИЙ ТАФАККУРИДА ВО^ЕЛИКНИНГ МИФОЛОГИЗАЦИЯЛАНИШИ. ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА, 32(3), 127-129.

8. Sharipova, S., & Xalimova, F. (2024). ACTUAL PROBLEMS OF TEACHING A LANGUAGE IN THE CLASSROOM AND THEIR SOLUTIONS. Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit, 133-135. https://doi.org/10.2024/41yemx68

9. Sharipova, S. (2023). THE ROLE OF COACHING TECHNOLOG Y IN THE DEVELOPMENT OF CREATIVE THINKING AND ABILITIES OF ADULTS IN LANGUAGE LEARNING PROCESS. Solution of social problems in management and economy, 2(13), 5-12.

10. https://www.gazeta.uz/oz/2022/09/06/unicef/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.