Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA INKLUZIV TA’LIM MUAMMOLARI VA UNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI'

O‘ZBEKISTONDA INKLUZIV TA’LIM MUAMMOLARI VA UNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
110
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ta'lim / bolalar / nogironlar / maxsus ta'lim / umumiy ta'lim / inklyuziv ta'lim / umumiy ta'lim muassasalari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Irgasheva Durdona To‘Xtasin Qizi

Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyatlari, xususiyatlari va qobiliyatlariga ko'ra maxsus yoki umumiy ta'lim tizimida ta'limni amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta'lim tizimi amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada O’zbekistonda inkluziv ta’limning muammolari va uni rivojlantirish istiqbollari hususida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA INKLUZIV TA’LIM MUAMMOLARI VA UNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI»

O'ZBEKISTONDA INKLUZIV TA'LIM MUAMMOLARI VA UNI RIVOJLANTIRISH

ISTIQBOLLARI Irgasheva Durdona To'xtasin qizi

Toshkent davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi, Sirdaryo viloyati 71-sonli

mahsus maktab-internat logopedi https://doi.org/10.5281/zenodo.10799658

Annotatsiya. Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyatlari, xususiyatlari va qobiliyatlariga ko'ra maxsus yoki umumiy ta'lim tizimida ta'limni amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta'lim tizimi amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada O'zbekistonda inkluziv ta'limningmuammolari va uni rivojlantirish istiqbollari hususida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Ta'lim, bolalar, nogironlar, maxsus ta'lim, umumiy ta'lim, inklyuziv ta'lim, umumiy ta'lim muassasalari.

Abstract. The issue of educating children with disabilities is becoming one of the most urgent issues today. Currently, in our Republic, an inclusive education system is implemented in order to provide education in a special or general education system according to the level of development, capabilities, characteristics and abilities of children who need special support. This article discusses the problems of inclusive education in Uzbekistan and the prospects for its development.

Keywords: Education, children, disabled people, special education, general education, inclusive education, general educational institutions.

Аннотация. Вопрос обучения детей с ограниченными возможностями здоровья сегодня становится одним из наиболее актуальных. В настоящее время в нашей Республике реализуется система инклюзивного образования с целью предоставления образования в системе специального или общего образования в зависимости от уровня развития, возможностей, особенностей и способностей детей, нуждающихся в специальной поддержке. В данной статье рассматриваются проблемы инклюзивного образования в Узбекистане и перспективы его развития.

Ключевые слова: Образование, дети, инвалиды, специальное образование, общее образование, инклюзивное образование, общеобразовательные учреждения.

Sharqning mashxur allomalari Ibn Sino, Imom Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniylarning tarbiyaning maqsadlari har bir bola shaxsining rivojlanishiga ta'limning ta'siri tug'risidagi qarashlari inklyuziv talim rivojlanishining metodologik bazasi xisoblanadi. Juda uzoq vaqt davomida maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta'lim muassasalariga nisbatan maxsus segregatsion ta'lim muassasalarida ta'lim tarbiya berish samarali deb hisoblanib kelindi. 1970-1980 yillarga kelib jahon miqyosida insonparvarlik va kamsitishlarga yo'l qo'ymaslik g'oyasining ilgari surilishi maxsus ehtiyojli bolalarga e'tiborning yanada yaxshilanishiga olib keldi.

Inklyuziv ta'lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning hal etilishi talab etiladi:

- ta'lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va usmirlarning ta'lim olishlari uchun zaruriy psixologik

-pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yunaltirilgan umumta'lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruxiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish;

- o'quvchilarning ta'limdagi tenglik xuquqini kafolatlash;

- jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va saglom bolalarning extiejlarini qondirish, ijtimoiy xaetga erta moslashtirish;

- imkoniyati cheklangan bolalar va usmirlarni oilalardan ajramagan xolda yashash xuquqini ruebga chiqarish;

- jamiyatda imkoniyatti cheklangan bolalar va usmirlarga nisbatan dustona va mexr-muxabbatli munosabatni shakllantirishdir.

Inklyuziv ta'limning muammolari. Ko'plab davlatlarda inklyuziv ta'limni joriy etish bo'yicha davlat normativ xujjatlarida qayd qilinmaganligi; Nogiron bolalarga nisbattan salbiy munosabat; Imkoniyati cheklangan bolalarning hamjamiyatda ko'rinmaslik muammosi; Imkoniyati cheklangan bolalarning maktabda ko'rinmaslik muammosi; Moddiy mablag' muammolari; Ta'lim muassasalarini moslashtirish; Sinfda o'quvchilar sonining ko'pligi; Kambag'allik; Jinsiy tafovutlarga qarab kamsitish; Imkoniyati cheklangan bolalarning boshqalarga qaramligi; Favqulodda vaziyatlar , mojarolar, qochoqlar; Kadrlar masalasidagi muammolar. Haqli savol tug'iladi, nima uchun imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta'lim tizimiga jalb etish kerak? Yuqorida keltirilgan dalillarni hal etib inklyuziv ta'lim tizimiga o'tishga qanday zaruriyat bor?

Darhaqiqat, bu ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish oson kechmaydi. Ammo bu ta'lim tizimining nafli jixati juda ko'p ular sirasiga quyidagilar kiradi:

- Inklyuziv ta'lim qashshoqlik iskanjasidan qutilishga imkon beradi;

- Inklyuziv ta'lim barcha uchun ta'lim sifatini yaxshilaydi;

- Kamsitishlarni oldini oladi;

- Inklyuziv ta'lim yanada inklyuzivlikka olib keladi.

Inklyuziv ta'limning prinsiplari: 1. Insonning qadr qimmati, uning qobiliyati va yutug'iga bog'liq emas. 2. Har bir inson o'ylash va xis qilish qobiliyatiga ega. 3. Har bir kishi eshitish va muloqot qilish qobiliyatiga ega. 4. Har bir kishi bir\biriga muxtoj. 5. Shaxsning to'liq va haqiqiy ta'lim olishi faqat real hamkorlikda amalga oshadi. 6. Hamma kishilar o'z tengdoshlarini qo'llab quvvatlashga muxtoj. 7. Hamma ta'lim oluvchilarni yutuqga erishishiga ularning nimadir qila olmasligi emas , balki nimanidir qila olishidir. 8. Hamkorlik qilish kishi hayotini har tomonlama kuchaytiradi.

Inklyuziv ta'lim tizimi quyidagi ta'lim muassasalarni o'z ichiga oladi; maktabgacha umuta'lim, umu o'rta ta'lim, o'rta maxsus kasb-xunar va oliy ta'lim. Bu ta'lim muassasalarning maqsadi bolalarning ta'lim olishi va kasb-xunarga tayyorlashda ularning o'rtasidagi to'siqlikni bartaraf etib ochiq ta'lim muxitini yaratishdan iborat. Umumta'lim maktablarda alohida dastur va darsliklardan foydalanish imkoniyati bo'lmaydi. Inklyuziv ta'lim tizimi integratsiyalashgan ta'lim tizimidan o'zining mazmun - moxiyati, maqsadi, vazifalari va xarakat dasturi bilan farqlanadi. Bolaning tarbiya va o'quv faoliyatida orqada qolishi psixik funksiyalarni o'zlashtirmaganligi natijasidir. Masalan, bolaning kiyim kiyishida ketma-ketlikning buzilishi uning xotirasi zaifligidan emas, balki ushbu jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan malakalarni egallamaganligi tufayli ro'y beradi. Bunday psixik muammoni psixoreksiyalash usullari bilan birga bolaga kiyimlarni to'g'ri ketma-ketlikda kiyish tasvirlangan rasmlar taqdim etilishi mumkin.

Ta'lim-tarbiya tizimini har bir millat va elatning o'ziga xos tomonlari, milliy an'analari, urf-odatlari, davlatning maqsad-vazifalari hamda tarbiyalanuvchilarning ruhiy va jismoniy rivojlanishidagi xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Imkoniyati cheklangan bolalarda kattalar bolaning rayiga, mustaqil bo'lishiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagi, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi qiyinchiliklar o'z-o'zidan barham topadi. Imkoniyati cheklangan bolada o'jarlik, qaysarlik, itoatsizlik xususiyatlari paydo bo'lishi bu kattalarning haddan tashqari paypaslaganliklari oqibatida vujudga keladi.

Psixolog olima L.M.Krijanovskaya imkoniyati cheklangan bolalarning inklyuziv ta'lim tizimida ta'lim-tarbiya berishda psixologik korreksiyalash metodlari orqali tarbiyalash yo'llarini keng yoritib bergan. Uning fikricha, inklyuziv ta'lim tizimida ta'lim-tarbiya ishlarining samarali bo'lishi, yaxshi yutuqlarga erishishda maktab psixologi, pedagog, tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi uzviy bog'langan bo'lishi lozim.

Inklyuziv ta'lim tizimida jahon miqyosida amaliyotga joriy qilish borasida bugungi kunga qadar ham juda ko'plab muammolar va to'siqlar mavjud. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: Salbiy munosabat; Hamjamiyatda ko'rinmaslik; Moddiy mablag' muammolari; Jismoniy moslashtirish; Sinfdagi o'quvchilar soni; Qaramlik; Jinsiy belgilarga qarab kamsitish; Favqulodda vaziyatlar, mojorolar va qochoqlar. Salbiy munosabat-maxsus ehtiyojli bolalarning umumta'lim muasasalari tizimida ta'lim tarbiya olaishlari uchun eng katta to'siq bo'lsa kerak. Salbiy munosabat muammosining mazmuni shundaki, ota-onalar, hamjamiyat a'zolari, o'qituvchilar, umumta'lim muassasalari hodimlari, boshqaruv organlaridagi hatto maxsus ehtiyojli bolalarning o'zlaridagi umumta'lim muassasalarida ta'lim tarbiya olishlariga nisbatan qarshiliklari va buni istamasliklaridir. Bunga sabab nogironlarga nisbatan insonlardagi noto'g'ri fikr, ular to'g'risida ma'lumotlarning yetishmasligi, nogiron bolalarning chegaralangan muhitda o'sganligi va boshqalardir. Hamjamiyatda ko'rinmaslik muammosining mazmuni shundaki, ko'pincha ko'plab maxsus ehtiyojli bolalar ota-onalar tomonidan qattiq berkitiladi. Ularni uyga qamab hech kimga ko'rsatmaydilar, ro'yxatga olish jarayonida nogiron bolasi to'g'risida hech bir ma'lumot berilmaydi. Natijada ko'plab nogiron bolalar hamjamiyatda ishtirok etishdan mahrum bo'ladilar. Ular to'g'risida hech bir ma'lumotni bo'lmasligi ta'lim-tarbiya muassasalariga qatnamasliklariga olib keladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Inklyuziv ta'limni amaliyotga joriy etish ustida olib borilgan tajribalardan shu narsa o'z isbotini topdiki, har qanday imkoniyati cheklangan bolalarni nuqsonini ilk yoshdan o'z vaqtida aniqlab mutaxassislarga murojaat qilinsa va maktabga tayyorgarlik ishi o'z vaqtida olib borilsa, abatta ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. Ya'ni inklyuziv ta'limning samarasi yuqori darajada bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 13.10.2020 yildagi PQ-4860-son. https://lex.uz/docs/-5044711

2. Maktablar hamma uchun - Save the children - 2002y. 20\23 bet

3. Qodirova, F., Ibadullayeva, S. N. (2022). Nutq ustida ishlashning tizimli yondashuvlari orqali eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarni inklyuziv ta'limga tayyorlash. Pedagogik ta'lim innovatsiyon klasteri, 1(1), 350-352.

4. D.S.Qaxarova "Inklyuziv ta"lim texnologiyasi" o'quv va metodik qo'llanma 2014-yil.

5. Maftuna, G. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91-94.

6. Ganiyeva, M. (2023). Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining darslarda o'quvchilarning mantiqiy fikrlarini o'stirish metodikasi. Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy habarlari.

7. Ganiyeva, M. (2023). Mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda TRIZ ning imkoniyatlari. Scienceweb academic papers collection.

8. Maxsudova, S. (2023). THEORETICAL AND METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPING THE CREATIVITY OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS. Science and innovation, 2(B11), 540-543.

9. Maxsudova, S. (2023). BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ILG'OR XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. Models and methods in modern science, 2(5), 50-53.

10. Taniberdiyev, A., & Maxsudova, S. (2023). CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF THE FORMATION OF CREATIVITY IN FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS. Modern Science and Research, 2(12), 466-472.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.