Научная статья на тему 'INKULIZIV TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING MAQSDA VA VAZIFALARI'

INKULIZIV TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING MAQSDA VA VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
417
693
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bola / ta’lim / tarbiya / malaka / ehtiyoj / muammo / muassasa / sog’lom / maxsus / inklyuziv ta’lim / ota-onalar / nogiron / hayot / korreksion.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Muxtarova Aziza Alamjonova

Ushbu maqolada maxsus ehtiyojli bolalarni umum ta’lim muassasalariga qabul qilinishi o‘quvchilarni yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko‘proq o‘quvchilarni qamraydigan yangi o‘qitish uslublarini ishlab chiqish va bunday bolalarga imkoniyatlar yaratish haqida gap boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKULIZIV TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING MAQSDA VA VAZIFALARI»

INKULIZIV TA'LIMNI TASHKIL ETISHNING MAQSDA VA VAZIFALARI

Muxtarova Aziza Alamjonova

Xalqaro Nordik Unversiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10659565

Annotatsiya. Ushbu maqolada maxsus ehtiyojli bolalarni umum ta'lim muassasalariga qabul qilinishi o'quvchilarni yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko'proq o'quvchilarni qamraydigan yangi o'qitish uslublarini ishlab chiqish va bunday bolalarga imkoniyatlar yaratish haqida gap boradi.

Kalit so'z: bola, ta'lim, tarbiya, malaka, ehtiyoj, muammo, muassasa, sog'lom, maxsus, inklyuziv ta'lim, ota-onalar, nogiron, hayot, korreksion.

Alohida ehtiyoj ga muhtoj bolalarga ta'lim va tarbiya berish muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Hech birimizga sir emaski, bugungi kunda juda ko'plab bolalar turli xildagi sabablarga ko'ra ta'limdan chetda qolib ketish holatlariga guvoh bo'lamiz. Bularni hisobga olib inklyuziv ta'limga jalb qilishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini ko'rib chiqib, tegishli mutaxassislarini tayyorlash, ularni malakasini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umum ta'lim muassasalariga jalb qilishning o'ziga xos asosiy omillari mavjud:

Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar ham sog'lom bolalar bilan birgalika ta'lim olishga haqli hisoblanadi. Ta'limdagi inklyuziv ta'limni maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsh lozim. Chunki, maxsus ehtiyojli bolalar har tomonlama ijtimoiy tomondan yordamga muxtoj bolar hisoblanadi. Bunday nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va e'tibor bilan munosabatda bo'lishimiz darkor. Sababi bu bolalarni ta'lim jarayoniga jalb qilish ularning infantillik xususiyatlarini e'tiborga olib tashkil etiladi.

Bunday bolalar ham sog'lom bolalari bilan yonma-yon o'qishi, tarbiyalanishi huquqiga ega ekanligi "Ta'lim to'g'risida"gi qonunda ham ta'kidlab o'tilgan. Chunki, qonunlar, ularni kerakli moddiy va ma'naviy resurslar bilan ta'minlaydi va amalga oshirishni kafolatlaydi. Imkoniyati cheklangan bolalarga ta'lim berishda, ota-onalar, mahallalar pedagoglar, mutaxassislar hamkorligida faoliyat olib borsalar maqsadga muvofiq bo'ladi. Sababi shundaki, bunday bolalaga ta'lim va tarbiya berish barcha pedagoglarni majburiyati hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda hamkorlikda faoliyat olib borilsa ta'lim samarali natija beradi.

Alohida ehtiyojga muhtoj bolalar ham sog'lom tengdoshlari bilan birgalikda o'z qobiliyat darajasida faoliyat ko'rsatish, ta'lim olishi, kasb-hunar egallashlari mumkin. Inklyuziv ta'lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, bunday bolalarning qobiliyatlari, mahoratlarni ham shakllanib, rivojlanishiga imkoniyatlar tug'iladi.

Alohida yordamga muhtoj bolalar uchun tashkil etilgan maxsus turdagi muassasalarda bolalarni korreksiya qilish orqali ularni ijtimoiy jamiyatga moslashtirish lozim. Sababi, kelajakda ijtimoiy muhitda uchraydigan qiyinchiliklarga duch kelganda yechim yo'larni topishga harakat qiladi. Yuqoridagilarni inobatga olib maxsus maktablar mana shu jihatlariga juda katta e'tibor qaratishlari lozim. Ba'zi holatlarda maxsus ehtiyojli bolalarni keng jamoatchilik davrasidan ajratgan holda yashashlari ularning ijtimoiy muhitga moslasha olmaslikka ham sabab bo'lib qolmoqda. Jamiyatda, o'z tengdoshlari orasida qanchalik ko'p muomala-munosabatga kirishsa, ulada shunchalik moslashuvchanlik yuqori bo'ladi. Sababi maxsus ehtiyojli bolalar ham sog'lom bolalar qatorida haq-huquqlarga egadirlar.

Inklyuziv ta'limda maxsus yordamga muhtoj bolalar o'z oilasi mahallasi va qarindosh-urug'lari davrasida uzoqroqda bo'ladi. Uyidan, oilasidan, ota-ona mehridan uzoqda bo'lgan bola mehrga muhtoj bo'lib o'sadi. Chunki bolalar oila tarbiya, mehr olib ulg'ayadi. Bunday bolalarnig ham o'z dunyoqarashi, o'z kechinmalari ham mavjud. Maxsus ehtiyojli bolalrni umum ta'lim muassasalariga qabul qilinishi o'quvchilarni yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko'proq o'quvchilarni qamraydigan yangi o'qitish uslublarini ishlab chiqishga undaydi.

Inkyuziv ta'limdagi muammolarni hal etishning maqsad va vazifalari Inklyuziv ta'lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalar hal etilishi talab etiladi: ta'lim muassasida imkoniyati cheklangan bolalar va o'smirlarning ta'lim olishlari uchun zaruriy psixolog - pedagogik, korreksion sharoitlar yaratish;

ularning imkoniyatini hisobga olgan holda yo'naltirilgan umum ta'lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish;

maxsus yordamga muhtoj bolalarning ruxiy rivojlanishini inobatga olib, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish;

ta'limdagi o'quvchilarning tenglik huquqini kafolatlash;

nogiron va sog'lom bolalarning jamiyatning va oilaning faol ishtirokida ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga faol moslashtirish;

imkoniyati cheklangan bolalar va o'smirlarni oilalardan ajramagan xolda yashash huquqini ro'yobga chiqarish;

imkoniyati cheklangan bolalar va o'smirlarga nisbatan jamiyatda do'stona va mehr-muhabbatli munosabatni shakllantirish va b.

Inklyuziv ta'limga kiritishning asosiy tamoyillari va ularning mazmuni Ta'lim tizimini joriy etish har doim ma'lum bir qonun qoidalarga, tamoyillarga asoslanishni talab etadi. Inklyuziv ta'lim tizimini joriy qilishda esa quyidagi tamoyillarga asoslaniladi:

1) Inklyuziv ta'limning e'tirof etilishi.

2) Inklyuziv ta'limning barcha uchun ochiq bo'lishi tamoyili.

3) Bog'lanishning mavjud bo'lishi tamoyili.

4) Markazlashtirilmagan bo'lishi tamoyili.

5) Inklyuziv ta'limda kompleks yondashishi tamoyili.

6) Inklyuziv ta'limda moslashuvchanlik tamoyili.

7) Malakaviylik tamoyili.

Bu tamoyillar maxsus ehtiyojli bolalar uchun bevosita va bilvosita xizmat qiladi. Bundan pedagoglar unumli foydalana olishlari lozim. Bundan tashqari inklyuziv ta'lim sohasida faoliyat olib borayotgan pedagogda pedagogik mahotrat va shu bilan birga defektlogiya sohasi bo'yicha ham bilim va malakaga ega bo'lishi kerak.

Inklyuziv ta'limni qo'llab-quvvatlash yo'llari

Inklyuziv ta'limga maxsus yordamga muhtoj bolalarni jalb etish global muammolardan biri hisoblanadi. Inklyuziv ta'limning asosiy qismi bolalarning bilim olishi uchun qulay imkoniyat yaratishdir. Ularga do'stona munosabatda bo'lish va ularga bilim olishlari uchun imkon beruvchi muxitni yaratishdir. Maxsus yordamga muhtoj bolalarga ilk yoshdan e'tibor berilsa, ancha yuqori samaralarga erishish mumkin. Imkoniyati cheklangan bolalarni ta'lim-tarbiyaga bo'lgan ehtiyojlarni qondirishga mos bo'lgan siyosatni ishlab chiqish inklyuziv ta'limni qo'llab -quvvatlashning asosi hisoblanadi. Inklyuziv ta'limni qo'llab-quvvatlashda quyidagi holatlarni berish lozim:

Jamiyatda bunday bolalarga nisbatan ijobiy munosabatda bo'lish. Jamiyatda insonlar orasida nogiron bolalar ta'limdan chetda qolib ketmaliklari darkor. Bundan tashqari nogiron bolaning qobiliyatlari, huquqlari va ehtiyojlari muntazam ravishda qadrlanishi kerak, natijada bunday bolalarda o'ziga va qobiliyatlariga nisbatan ijobiy munosabatlar shakllanib boradi.

Inklyuziv ta'lim muhitini rivojlantirish. Inklyuziv ta'limning asosiy qismi-bolalarga bilim olish uchun do'stona munosabat va o'qishga imkon beruvchi muhitni yaratish kerak. Bunday bolalar ta'lim maskanlariga bexatar, qiyinchiliklarsiz etib borish imkoniga ega bo'lishlari lozim. Bundan tashqari, amaldagi umumta'lim maskanlariga bolani moslashtirish, dars jadvalini sharoitni, uslubiyatni va o'quv qurollarini o'zgartirish kerak bo'ladi. Bunday o'zgartirishlar nafaqat maxsus ehtiyojli bolalarga, balki, normal rivojlanishdagi bolalar uchun ham ta'lim sifatini yaxshilashga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Qisqa qilib aytganda bunday bolalarning rivojlanishiga ertaroq, e'tibor berilsa, natijasi bolaning keyingi rivojlanishida samarali ta'sir ko'rsatadi. Bolada o'ziga ishonch va o'zini qadrlash hissini rivojlantirishda kattalarning qiyofasi juda muhim. Chunki maxsus ehtiyojli bolalarning ota-onalarga farzandiga ta'lim berish muhimligini tushintirish lozim. Buning uchun esa maxsus ehtiyojli bolalarni ota-onalarini maktablarga taklif etish kerak. Buning natijasida inklyuziv ta'limni targ'ib qilishda katta samaraga erisha olamaiz deya etirof etishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Davletshin M. G. «Maxsus psixologiya» T-2000 y.

2. Maxsus maktab, maktab-internatlari dasturlari majmuasi. -Toshkent-2009.

3. MavlonovaR., To'raevaO., HoliqberdievK. Pedagogika. - Toshkent: O'qituvchi, 2001.

4. Surdopedagogika. Podred. E.G.Rechitskoy. - M.: Vlados, 2004.

5. Aytmetova S.SH. «Aqlizaif o'quvchilarni mehnatga tayyorlash». T.: 1982 y.

6. Po'latova P. M. «Maxsus pedagogika (oligofreno pedagogika)» «O'qituvchi»- 2005 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.