Научная статья на тему 'BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA PEDAGOGIK AMALIYOTNING AHAMIYATI'

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA PEDAGOGIK AMALIYOTNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Boshlang’ich sinf / amaliyot mazmuni / amaliyot vazifasi / kasbiy mahorat / o‘quvchilar jamoasi / psixologik xususiyat / o‘quvchilar jamoasi.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Kazakova Sojida

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o’qituvchilarini tayyorlashda pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari hamda ushbu amaliyot jarayonini amalga oshirishda bo‘lajak o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar, dars jarayonlarida ma’suliyatli bo‘lishi va o‘quvchilarni darsga qiziqtirishi uchun foydalanadigan metodik qo‘llanmalari haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA PEDAGOGIK AMALIYOTNING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INNOVATIVE APPROACHES IN STUDY OF THE LANGUAGE, LITERATURE, TRANSLATION, TOURISM AND CULTURAL HERITAGE ON THE SILK ROAD", MAY 3-4, 2024

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA PEDAGOGIK AMALIYOTNING AHAMIYATI Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2Kazakova Sojida

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lmda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi

o'qituvchisi

2Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.1109902 7

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashda pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari hamda ushbu amaliyot jarayonini amalga oshirishda bo'lajak o'qituvchilarga qo'yiladigan talablar, dars jarayonlarida ma'suliyatli bo'lishi va o'quvchilarni darsga qiziqtirishi uchun foydalanadigan metodik qo'llanmalari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar:Boshlang'ich sinf, amaliyot mazmuni, amaliyot vazifasi, kasbiy mahorat, o'quvchilar jamoasi, psixologik xususiyat, o'quvchilar jamoasi.

XXI asr butun mamlakatlar aro ta'lim rivojining jadal yuksalayotgan raqobatdosh mamlakatlar asridir. Ta'lim-tarbiya sohasining rivoji haqida so'z borar ekan bizning yurtimiz ham bundan mustasno emas. Bu borada respublikamiz prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "2022-2026-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi farmonida ham maktab o'quvchilarining bilimi va ko'nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o'qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o'quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, maktab ta'limi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirish haqidagi gaplari ham ta'limning rivojlanayotganidan yaqqol namunadir.

Bugungi kunda bo'lajak pedagoglarni ta'lim berishga tayyorligini yanada oshrish maqsadida turli xil tadqiqot ishlari, amaliyotlar katta ko'makchi vazifasini o'tamoqda. Shunday ekan, talabalarni o'qituvchilik darajasigacha tayyorlash ham murakkab jarayon hisoblanadi. Amaliyot jarayonlarida bo'lajak pedagoglar ham bir qancha muvaffaqiyatlarga erishishi ertangi kunining poydevoridir. Pedagogik amaliyoning ham o'z mazmun mohiyati, maqsad va vazifalari mavjud. Bo'lajak o'qituvchining maktab o'quv-tarbiya ishlari bilan tanishishi, dars jarayonlarini kuzatishi, o'quvchilar jamoasining psixologik xususiyatlarini o'rganishi, o'qituvchilar va sinf rahbarining ta'limiy ishlarini o'rganib tahlil qilishi, sinf rahbarining yordamchisi sifatida tarbiyaviy ishlar olib borishi hamda darsdan tashqari turli xil to'garaklarni tashkil etishi pedagogik amaliyotning mazmuni hisoblanadi.

Har bir bo'lajak o'qituvchining pedagogik faoliyatga ongli ravishda qiziquvchanlik bilan yondashishini shakllantirish, o'z kasbiga muhabbat bilan qarash, zamon talablariga javob beradigan kasbiy mahoratlarini egallashga ko'maklashish, qolaversa, bo'lajak pedagoglarning oliy ta'limda egallagan bilim va ko'nikmalarini yanada churuqlashtirish va mustahkamlash pedagogik amaliyotning muhim vazifalaridan hisoblanadi.

Pedagogik amaliyot jarayoni bakalavriat universiteti tomonidan o'quv rejalariga muvofiq tarzda amaliyot dasturi asosida ishlab chiqiladi. Amaliyot jarayonlarida bo'lajak o'qituvchilar nazariy bilim va ko'nikmalarini yanad mustahkamlaydilar. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarinig amaliyot o'tashidan ham asosiybmaqsad shu. Ya'ni o'qituvchining kelajakda o'quvchilar bilan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INNOVATIVE APPROACHES IN STUDY OF THE LANGUAGE, LITERATURE, TRANSLATION, TOURISM AND CULTURAL HERITAGE ON THE SILK ROAD", MAY 3-4, 2024

ishlashini yanada osonlashtirish, amaliyot davrida har bir o'quvchi bilan qay tarzda ishlashiga oqilona yondashish kabi kompitensiyalar shu jumladandir.

Bo'lajak o'qituvchilar amaliyot davrida boshlang'ich sinflar bilan ishlashni o'rganishga katta e'tibor berishi lozim. Chunki boshlang'ich sinf o'quvchilarida ham ta'limiy-tarbiyaviy ko'nikmalar uncha rivojlanmagan bo'ladi. Shu bois bo'lajak o'qituvchilar ular bilan muloqot qilish, dars o'tish jarayonlarida o'z o'rnida qattiqqo'llik bilan birga ko'proq shirinso'z bo'lishi hamda ularni ko'proq rag'batlantirishi eng e'tibor talab vazifa sanaladi.

Pedagogik amaliyot o'tashda ham bo'lajak o'qituvchilarning bir qator majburiyatlari ham mavjud. Ya'ni ular amaliyot jarayonlarida o'rgangan narsalarini mas'ul rahbarga hisobot tariqasida topshirishi, kerakli joyida chizmalar chizishi, bo'yashi, tashkiliy ishlarda o'z hissasini qo'shishi asosiy majburiyatlardan biri hisoblanadi. Aslini olib qaraganda amaliyotlarning tashkil etishi talabalarga berilgan muvaffaqiyatlar kaliti desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki ushbu davrda, bo'lajak o'qituvchilar o'zlaridagi o'qituvchilarga xos fazilatlarni shakllantiradilar, yutuq va kamchiliklarini to'g'rilaydilar, qolaversa, bola shaxsini rivojlantirish, ular bilan ishlashda nimalarga e'tibor berishi kerakligi hamda har bir o'quvchining xarakteridan kelib chiqqan holda munosabat o'rnatishni o'rganadilar.

Xulosa o'rnida aytish joizki, boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashda pedagogik amaliyot muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki boshlang'ich sinflarda savod o'rgatish davri olib borilganligi sababli o'qituvchilardan katta mahorat, qolaversa, shunga yarasha sabr ham talab qiladi. Pedagogik amaliyotni o'tashdan oldin bo'lajak o'qituvchilar o'zlarida o'z kasbiga muhabbatni, shu bilan birgalikda bilim, malaka va yetarlicha ko'nikmalarga ega bo'lishi zarur. Eng muhimi bo'lajak pedagoglar o'zlari tashkillashtiradigan dars jarayonlari uchun o'z ustida ishlashi, darsning samarali o'tishi uchun uni qiziqarli tashkillashtirishi hamda interfaol metodlardan foydalanishi, shu bilan birgalikda o'quvchilarning bilimlarini baholash uchun xalqaro baholash tizimlaridan foydalanishi bo'lajak o'qituvchilarning qay darajada mohirligi hamda zamon bilan hamnafas yashashidan dalolatdir.

REFERENCES

1. Sh.Mirziyoyev "2022-2026-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi 11.05.2022-yildagi PF-134-sonli farmoni.

2. G.Doshanova. Talaba amaliyotchilar uchun metodik qo'llanma. Nukus-2021

3. B. Rizayev, H. Kobilova. "Malaka amaliyotini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha metodik ko'rsatma". "KAMOLOT" nashriyoti. Buxoro 2023

4. B. Ruzmetov, S.Aminova, Sh. Ruzmetov. 2-kurslar talabalari uchun malakaviy amaliyot dasturi. Urganch-2022

5. www.interscience.uz

6. www.researchGate.net

7. www.pedagoglar.uz

8. www.newjournal.org

9. www.oefen.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.