Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(5), May, 2023
BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIDA AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI
Mamajonova Mastura Valijonovna
Bog'dod tumani, 2-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi,
Musurmonqulova Feruza Obidovna Bog'dod tumani, 2-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada bo 'lajak o 'qituvchilarning innovatsion kompetentligini shakllantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligi asoslangan hamda bo'lajak o 'qituvchilarda innovatsion kompetentlikni shakllantirishning samarali shakl, metodlaridan foydalanish imkoniyatlari va usullari ochib berilgan.
Kalit so'zlar: interfaol o'qitish, interfaol o'qitish metodlari, keys-stadi, videometod, trening, videotrening, innovatsion kompetentlik, viktorinalar.
АННОТАЦИЯ
В данной статье она основывается на том, что формирование инновационной компетентности будущих учителей является актуальной педагогической проблемой, и рассматриваются возможности использования эффективных форм и методов формирования инновационной компетентности будущих учителей, методов оценивания.
Ключевые слова: интерактивное обучение, интерактивные методы обучения, кейс, видеометод, обучение, видеотренинг, инновационная компетентность, викторины.
ABSTRACT
In this article, it is based on the fact that the formation of innovative competence of future teachers is an urgent pedagogical problem, and the possibilities of using effective forms and methods for the formation of innovative competence of future teachers, formal and informal assessment methods adopted by teachers are considered.
Key words: interactive learning, interactive teaching methods, case study, video method, learning, video training, innovative competence, quizzes.
KIRISH
Zamonaviy ta'limning asosiy maqsadlaridan biri — bu har bir ta'lim oluvchining nafaqat bilimlar yig'indisi bilan qurollantirilishi, balki qiziqishlari, moyilligi, rivojlanishi va tarbiyasi, ularni ta'lim jarayonidagi faol pozitsiyalarini shakllantirishiga mos ravishda sifatli ta'limni ta'minlashdan iborat.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
Bugun talim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash ma'qullanmoqda:
• Faoliyat yo'nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi).
• Kiritilgan o'zgarishlarning tavsifiga ko'ra (radikal, modifikatsiyalangan, kombinatsiyalangan).
• O'zgarishlar kolamiga ko'ra (lokal, modulli, tizimli).
• Kelib chiqish manbayiga ko'ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan). Innovatsiyaning maqsadi - sarflangan mablagi yoki kuchdan eng yuqori natija olishdan iborat.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ma'lumki interfaol o'qitish jarayonini tashkil etishning muhim vositasi interfaol o'qitish metodlari hisoblanadi. Interfaol o'qitish metodlari (IO'M) - ta'lim oluvchining bilish faoliyatini faollashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqib o'quv jarayonini o'zaro hamkorlik asosida tashkil etilgan"sub'ekt-sub'ekt" munosabatlariga asoslgan o'qitish metodlari tizimidir. Hamkorlikdagi harakat, ta'lim jarayonida bilimlar, g'oyalar, faoliyat vositalarini o'zaro almashish, har bir talabaning ish jarayonga muayyan hissa qo'shishiga imkon beradigan vositalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Bunda o'zaro harakat ta'lim oluvchilarning faollashuvi, guruh tajribasiga asoslanish, teskari aloqa o'rnatish kabi tamoyillarga asoslanadi. Interfaol o'qitish metodlari an'anaviy o'qitish metodikasidan yana shu jihati bilan farqlanadiki, bunda nafaqat avval o'zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, balki o'zaro hamkorlikdagi faoliyat asosida yangi bilimlarni o'zlashtirish jarayoni amalga oshiriladi.
Ta'limni axborotlashtirish boshlang'ich sinf o'qituvchilari kasbiy-mutaxasisislik sifati va ularni tayyorlash darajasiga yangi talablarni qo'yadi. Ta'limni takomillashtirish mazmunida bo'lajak o'qituvchini tayyorlash sifati integral ko'rsatkichlariga insonning egallagan bilim va tajribalaridan ma'lum vaziyatlarda foydalanish malakasini xarakterlovchi kasbiy-mutaxassislik kompetentligi sifatida qaralishi lozim. O'qituvchining kasbiy-mutaxassislik kompetentligi o'z ichiga turli tarkibiy, jumladan, axborotli qismlarni ham oladi.
Ma'lumki, innovatsion ta'lim sharoitlarda o'qituvchining axborot ko'nikmasi uning professional pedagogik kompetentligini aniq belgilaydi. Bo'lajak boshlang'ich sinflar o'qituvchisining axborot ko'nikmalarini shakllantirish uning axborot qobiliyatining asosiy komponentlari (turli xil axborot faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq kasbiy yo'naltirilgan ko'nikmalar) va maxsus komponentlar bloklari ishlab chiqilishini nazarda tutadi, mazkur tadqiqot ishida ular birgalikda maxsus axborot kompetentligi sifatida belgilangan. Shu tariqa, o'qituvchining axborot
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
kompetentligi boshlang'ich sinfda o'quv jarayonining samaradorligini oshirishda hal qiluvchi omil bo'lib xizmat qila boshlaydi.
Kompetentli yondashuvning ilmiy asosi mustaqil davlatlar hamdo'stligi olimlaridan O. V. Akulova, Y. S. Zair-Bek, I. A. Zimnyaya, V. A. Kozirev, A. A. Pinskiy, N. F. Radionova, M. V. Rijakov, A. P. Tryapitsina, I. D. Frumin, A. V. Xutorskiy, S. Y. Shishov va boshqalar ishlarida berilgan. Ularda boshlang'ich ta'lim nazariyasi va metodikasida informatika kursini o'qitish yoki bo'lajak boshlang'ich sinflar o'qituvchilarini tayyorlashda o'quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari o'rganilgan. Biroq, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari axborot kompetentligini rivojlantirish masalasi alohida e'tibor qaratildi. Shubhasiz, agar o'qituvchilar yetarli darajada mazkur axborot texnologiyalari dasturiy mahsulotlarini izlash va tanlash qobiliyatiga ega bo'lmasa va aniq didaktik vazifalarni hal qilish uchun ularni to'g'ri qo'llash imkoniga ega bo'lmasalar, boshlang'ich sinflar o'qituvchilari ushbu texnologiyalarni o'quv jarayonida qo'llashda yetarli darajada bilimga ega bo'lmasa, boshlang'ich sinflarda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish befoyda bo'ladi.
Boshlang'ich sinf o'qituvchisini axborot kompetentligini rivojlantirishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:
- bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisini kasbiy-mutaxassislik tayyorgarligiga zamonaviy talablar va o'qituvchining professional malakasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri sifatida axborot ko'nikmalarini, shu bilan birga, bo'lajak boshlang'ich sinflar o'qituvchisining axborot kompetentligini oshirishning aniq maqsadga yo'naltirilgan jarayonlarni tashkil etish;
- yangi axborot texnologiyalari sohasidagi taraqqiyot, ularning didaktik imkoniyatlari kengayib borayotganligi va o'qituvchilarni boshlang'ich ta'lim jarayonida ularni to'g'ri yo'naltirish.
Mazkur vazifalarni hal etish jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining axborot kompetentligini shakllantirish (rivojlantirishda boshqarish)ga yondashuvlarni ishlab chiqildi.
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining axborot kompetentligini rivojlantirish asosini: insonparvarlashtirish va shaxs rivoji g'oyalari, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi o'qitish konsepsiyasi, o'qitish jarayonini tashkil etishga shaxsiy-faoliyatli yondashuv konsepsiyasi, pedagogik hodisalarni va uning qo'llanilishini o'rganishga tizimli yondashuv tashkil etadi.
O'qituvchi o'z faoliyatini o'z hamkasblari tahlil qila olganidek, tahlil qila olishi zarur. Busiz kasbda rivojlanishga erishib bo'lmaydi. Xo'sh. tahlil qilishning o'zi nimalardan iborat? U qanday prinsiplarga asoslanadi? Bizningcha, pedagogik
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
faoliyatni tahlil qilganda uning barcha tarkibiy qismlarini ajratib ko'rsatish, ularning uzviy bog'liqligini chuqur tushunish, o'qituvchi qo'vgan masalalar. uni yechish yoTlari va ko'zlangan maqsadlar qanchalik uyg'unlashib ketishini his etish lozim. Bunda: birinchidrm, biz hamkasbimiz darsini tashqaridan kuzatishimiz va faoiivatini tahlil qilishimiz: ikkinchidan, o'zimiz uchun alohida ahamiyatga molik bo'lgan o'z harakatlarimizni tahlil qilishimiz kerak. 50 Bunday tahlil (analiz) yoilarini egallash uchun muayyan bosqichdagi ishlarni bajarmoq zarur. Birinchi bosqich - psixologik-pedagogik fanning yangi g'oyalari, pedagogik faoliyatning tuzilishi. uning asosiy tarkibi. uning boshqa predmetlar bilan o'zaro ta'siri va o'zaro aloqasi bilan tanishish. Ikkinchi bosqich - tahlil. qayd etish, ro'vxatga olish, xronometrlash yo'llarini o'rganish. Biz ishlab chiqqan tahlil sxemasi (Analiz sxemasi)da faoliyatni qanday qilib va qanday izchillikda tahlil qilish lozimligi va ular o'rtasida qanday tarkibiy qismlar va o'zaro aloqa borligini ko'rish mumkinligi bavon qilinadi. 0'qituvchining o'z pedagogik faoliyatini ketma-ketlik asosida tahlil (analiz) qilish. Pedagogik topshiriqlar: - Dars (mavzu)ga qanday aniq vazifalar qo'vilgan: a) rivojlantiruvchi; b) tarbiyalovchi; d) talim beruvchi. - Ular qaysi umumiy vazifaning bir qismi bo'lib hisoblanadi? - Darsda barcha topshiriqlar bajariladimi? - Dars davomida vazifalar o'zgararadimi? O'zgargan bolsa, nima uchun? Pedagogik vosita va usullar: - Mazkur sinf va alohida o'quvchilarning xususiyatlari e'tiborga olindimi: a) ularning aqliy va psixik o'sishi darajasi; b) potensial imkoniyatlari; d) fanni bilish darajasi; e) hissiy holatlar va darsga tayyorgarligi; f) qanday hisobga olindi? Agar hisobga olinmagan bolsa, nima uchun? - Mazkur sinf bilan ishlashga o'qituvchining xohishi qanday edi? Darsga tayyorgarlik darajasi-chi? - Darsga tayyorgarlikda qanday usul va yo'llardan foydalanildi? Darsda vaqt taqsimoti qanday boidi? U maqsadga muvofiqmi? Pedagogik masalalarni hal qilish uchun qo'shimcha materialdan foydalanildimi? Qanday maqsadda? Bu ijobiy natijaga olib keldimi?
Shunday qilib, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'z kasbiy faoliyatida yangi axborot texnologiyalaridan to'g'ri foydalanishi malakasini shakllantirish kerakdir degan xulosaga keldik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Dilnoza Okhunova, (2022/6/14). The System of Cognitive Activity in the Acquisition of Professional Knowledge by Future Teachers. European Multidisciplinary Journal of Modern Science (7- tom 136-140).
2. Hamrayeva, O. F. Q. (2023). OLIY TA'LIM MUASSASASI TALABALARINI KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1), 537-544.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
3. Hamrayeva, Oynisa Farxod Qizi (2023). OLIY TA'LIM MUASSASASI TALABALARINI KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (1), 537-544.
4. Hamroyeva O.F.Q Jild: 04 | Nashr: 02 | Feb 2023 OLIY TA'LIM MUASSASASI TALABALARINI KOMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODLARI FAN, TA'LIM VA AMALIYOT INTEGRATSIYASI (ISSN: 21811776) 90-93.
5. Kahhorjonovna, O. D. (2022). Approaches to Preparing Future Teachers for the Organization of Cognitive Processes in General Secondary Schools. Miasto Przyszlosci, 29, 6-7.
6. Kahhorjonovna, O. D. (2022). Future Teachers' Specific Characteristics of Development of Cognitive Acceptance of Professional Knowledge. Miasto Przyszlosci, 29, 1-2.
7. Okhunova, D. K. (2022, October). APPROACHES TO EXPANDING THE POSSIBILITIES OF COGNITIVE ACCEPTANCE OF PROFESSIONAL KNOWLEDGE OF FUTURE TEACHERS. In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 1, No. 5, pp. 26-32).
8. Oxunova, D. (2022). O'QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR. Academic research in educational sciences, 3(2), 870-876.
9. Siddikov, B., & Djalalov, B. (2020, December). MODERNIZATION OF EDUCATION-THE FUTURE INNOVATIVE COMPETENCE OF TEACHERS AS A MAIN FACTOR OF FORMATION. In Конференции.
10. SUMMATIV, O. Q. B. F. V., & MEXANIZMLARI, B. DQ Oxunova-Farg'ona davlat universiteti o'qituvchi. FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI, 423.
11. Ахмедов, Б. А. (2020). Сиддиков Бахтиёр Саидкулович, Джалалов Бахромжон Бегмурзаевич МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, 9, 60.
12. Джалалов, Б. Б. (2022). BO 'LAJAK O ' QITUVCHILARNING INNOVATSION KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA SMART-TA'LIMNING IMKONIYATLARI. УЧИТЕЛЬ, 3(4).
13. Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. MODERNIZATION OF EDUCATION-THE FUTURE INNOVATIVE COMPETENCE OF TEACHERS AS A MAIN FACTOR OF FORMATION.