Научная статья на тему 'BО‘LAJAK AKTYORLAR BILAN TANLANGAN ASARNING DRAMATIK TAHLILI USTIDA ISHLASH'

BО‘LAJAK AKTYORLAR BILAN TANLANGAN ASARNING DRAMATIK TAHLILI USTIDA ISHLASH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
85
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Drama / dramaturgiya / teatr / aktyor / rejissor / xarakter / obraz

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — B G’ofurova

Ushbu maqolada bо‘lajak aktyorlar bilan tanlangan asarning dramatik tahlili ustida ishlash, bitiruv malakaviy ishi uchun asar tanlashda, eng avvalo, kurs talabalarining individual mahoratiga, talabalar tarkibiga tayanib ishlash masalalari haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BО‘LAJAK AKTYORLAR BILAN TANLANGAN ASARNING DRAMATIK TAHLILI USTIDA ISHLASH»

BO'LAJAK AKTYORLAR BILAN TANLANGAN ASARNING DRAMATIK

TAHLILI USTIDA ISHLASH

B.G'ofurova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo'lajak aktyorlar bilan tanlangan asarning dramatik tahlili ustida ishlash, bitiruv malakaviy ishi uchun asar tanlashda, eng avvalo, kurs talabalarining individual mahoratiga, talabalar tarkibiga tayanib ishlash masalalari haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: Drama, dramaturgiya, teatr, aktyor, rejissor, xarakter, obraz.

WORK ON THE DRAMATIC ANALYSIS OF THE SELECTED WORK

WITH FUTURE ACTORS

B.Gafurova

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article tells about the issues of working on the dramatic analysis of the selected work with future actors, choosing a work for the graduation thesis, first of all, relying on the individual skills of the course students and the student body.

Keywords: Drama, dramaturgy, theater, actor, director, character, image.

Dramaturgning teatr va aktyor, rejissor hayot tarzidan voqifligi, pyesa tilidagi dramatizmning ta'sirini oshiradi. Janr qonunlariga rioya qilingan asarlardagi ijro, dramaturgning asar yaratishdagi diqqatini xarakter yaratishga qaratganligidan belgidir. U xarakter yaratishda asar voqea va hodisalariga to'qnashib pishib shakllangan rollarni yaratishga qiynalib, hayotda bor teatrdagi mashxur aktyorga uning shaxsiy fazilatlariga tayanib obraz xarakterini yozadi. Bu bilan dramaturg o'z qahramonlarining taqdirini boricha hal etishdan ko'ra ijrochilarning muruvvatiga topshirib qo'ya qoladi. Ma'lumki, rol ijro etishda xarakter yaratishda ideal aktyor bo'lmaydi, faqat rolning ozmi ko'pmi to'g'ri talqini haqida gap borishi mumkin. Ijrochiga mos loyiq kelsin uchun aktyor shaxsiga yozilgan obrazlar, xarakterlar shu aktyor, shu aktrisa hayoti bilangina yashaydi. Uni qayta yoki boshqa aktyor ijrosiga urinsa, skleti yo'q asarga aylanib qoladi. Har qancha urinmasin haqiqiy san'atdan yiroqlashaveradi. Chunki bu xarakter yaratish jarayonidagi janr qonuniyatlarining haddan tashqari oshib ketganining guvohi bo'lamiz. Demak, sahna yozuvchilarni individual shaxslardan ko'ra ko'proq tillar yaratishga da'vat etadi. Hayotdan olingan, hayotda mavjud tiplarni adabiyotga ko'chirish anchayin qobiliyatlilarning ishidir.

I icOE^^^^HI 597 http://oac.dsmi-qf.uz

Ular shu yo'l bilan obrazni sof ongli tarzda yaratishning, sof o'ylanilgan muntazamlik izchillikning mohirona ta'rifchilariga aylanib, izlanuvchan va talabchanliklari bilan janr qonunlari uslubiga amal qilib muvofaqqiyatga erishmog'i mumkin bo'ladi. Demak, "Xarakter yaratish garchi ongsiz va hech narsa bilan cheklanmagan jarayon bo'lsa-da, bu hamisha bitta maqsadga muvofiq ishtiyoqqa bo'ysindirilgan bo'ladi. Bu ishtiyoqni esa "pochta kaptari" instinkti, deb atasak tuzukroq bo'ladi." Drama - muallif nutqisiz dialog shaklida yozilgan va sahnada ijro etish uchun mo'ljallangan badiiy adabiyotning lirika va epos qatoridagi bir turi hisoblanadi. U dramatik adabiyotning bir qismi bo'lib, tragediyadan hayot hodisalarining o'rtacharoq o'tkirlikdagi tasviri bilan komediyadan esa hayot hodisalarini kulgu orqali emas, balki jiddiy tasvirlash bilan farq qiladi. Har bir rejissor sahnalashtirmoqchi bo'lgan asarini tahlil qilib, yangi talqinda namoyish etadi. Bu ijodning shoh yo'lidir. "Diplom spektakli uchun asar tanlash va uni tahlil qilish o'z xonadoningizga kelin qidirishdek nozik va mas'uliyatli hamda o'ta muhim jarayondir", - deydi O'zbekiston xalq artisti B.Yo'ldoshev. Bitiruv malakaviy ishi uchun asar tanlashda, eng avvalo, kurs talabalarining individual mahoratiga, talabalar tarkibiga tayaniladi. Negaki, kurs talabalari o'ta mahoratli bo'lishi, lekin ular orasida Gamlet, Otello yoki Navoiy obrazini yarata oladiganlari bo'lmasligi mumkin. Kurs talabalari o'ta mahoratli bo'lishi, lekin ular ichida atigi bitta yoki ikkita talaba qizlar bo'lishi mumkin. Shu sababli ham kurs talabalarining tarkibini e'tiborga olish joizdir. O'quv spektakli ustida ishlashning ilk bosqichida yuqoridagi omillar e'tiborga olinadi. G'ulom Zafariyning "Halima" musiqali dramasini olaylik. "Halima" asari o'ta dardli asar, o'tgan asrning yigirmanchi yillarining eng durdona asarlaridan. Uni "maktab" sifatida tanlash o'rinli deb hisoblanadi. Klassik asarlarga murojaat etishda nimalarga suyanamiz? Nimalarga asoslanamiz? Axir boricha sahnalashtira olmaymiz-ku?! Bu hayotiy haqiqatdan uzoq asarku, degan savollar tug'ilishi tabiiy. Gap shundaki, hamma davr dramaturglari nihoyatda sidqidil bilan ijod qilganlar. H.H.Niyoziy, K.Yashin, Z.Fatxullin, Z.Saidlar qatorida G'.Zafariy ham shular jumlasidandir. Bu ijodkorlar yaratgan asarlar osonlikcha sahna yuzini ko'rmagan, chunki o'z davrining talab va ehtiyojlarini bajarmaslikning iloji yo'q edi. Asarni mustabid tuzumning senzurasidan o'tkazish bilan birga o'z o'y-fikrlari, o'z so'zi, o'z gapini ham gapira olish muammosini xal etganlar. Bu asarlarni bir yoqlama o'qib bo'lmaydi. O'qish jarayonida bu ikki muammoni ajratib olish zarur. Ularning o'z fikrlarini topa olsangiz va tushunib yetsangizgina asarni asl mohiyatini bilib olasiz. Ular nihoyatda go'zal asarlarga aylanishi mumkin. Misol uchun: H.H.Niyoziyning "Boy ila xizmatchi" asari K.Yashin tomonidan qayta ishlangan, ammo K.Yashin shu qadar ustalik bilan asarga qo'shilganki, natijada Hamzaning asl pyesasi saqlanib qolgan. K.Yashin kelajakda bu asarga murojaat etganlar meni H.H.Niyoziydan ajratib, so'ng sahnalashtiradilar deb aniq bilgan, shuning uchun H.H.Niyoziy

I ihSi^^Bl ®98 http://oac.dsmi-qf.uz

asarlarini to'plagan va qayta ishlashga jur'at etgan. Bu bilan H.H.Niyoziy asarlarini shu kunga yetib kelishiga sababchi bo'lgan. G'.Zafariyning "Halima" asari ham 1920 yillar yozilganini e'tiborga olsak, u yerda Qo'qon fabrika ishchilari, temir yo'l depochilari, rus ishchilari, revolyusiyachilar bo'lishi tabiiy edi. Ikkinchi tarafdan G'.Zafariy xuddi shu davrning o'zida odamlarning "qat'iyatsiz"ligidan kuyadi. Bu qat'iyatsizlik farzandlarni nobud qilish darajasiga yetganidan ranjiydi, hatto xalqning boshiga chorasizlik musibat solayotganidan bong uradi. Kurashishga ojiz, qat'iyatsizligidan kuyinadi. Millatning qat'iyatsizligi uni taraqqiyotdan orqada qolishiga sabab bo'lishi haqida bezovtalanadi. O'z fikrini aytish, noto'g'ri da'vatlar, yoqmagan ishlarga o'z vaqtida "yo'q" deb javob bera olish bu "g'alaba" hisoblanadi. Johiliyatning yo'li to'siladi. Yomonliklar, noxushliklar oldi olinadi. Buning uchun inson qat'iyatli bo'lishi, o'z qadr-qimmatini himoya qila olishi kerak. Bu esa insonni taraqqiyot yo'liga olib chiqadi. Ammo bilsangiz, aslida eng e'tiborli, qiziq holat bu boshi berk ko'cha, ya'ni "tupik", chorasizlik holati, chunki bu holat inson istasa-istamasa uni beixtiyor o'ylashga majbur qiladi. Inson o'ylay boshladimi, albatta o'ziga ma'qul yo'lni topadi. G'.Zafariyning "Halima" asari o'z davrida xalqni o'ylashga, o'z ahvoli haqida astoydil o'ylab ko'rishga chaqirgan asar. Chunki har sevishgan yigit-qiz taqdiri o'lim bilan yakunlanaversa, unda ota-onaning yashashdan murodmaqsadlari nima bo'ladi? - ularni yolg'izlik, musibat kutib oladi. Bu tomoshani ko'rgan xalq sevishgan farzandlar haqida to'g'ri xulosa chiqarishga o'rganadi. Mana bugungi kun uning misoli. Sevishmoq ayb sanalmaydi. Sevish baxt ekanligini hamma tushunadi. Buni esa qadrlash kerak. Sevgi qadrlanayotgan zamonni esa asrash, avaylash, shukronasini qilish kerak bo'ladi. "Halima" musiqali dramasi shu jihatlari bilan juda qiziq, ayniqsa musiqa, ariya, duet, xolar betakrorligi har qanday ijodkorning e'tiborini o'ziga jalb etadi. Talaba aktyorlar uchun katta mahorat maktabini o'tay oladi. Xarakterlarning rang-barangligi, vaziyatlarning keskinligi va tabiiy ijro imkoniyatlari mavjudligi, bu asar yangicha yondashuvga muhtojligi, talabalarning shu asarga mos tushishlari va o'z imkoniyatlarini ochishlari uchun sharoit borligi asos bo'la oladi. Zarur lavhalarni jamlab "lavhalar" tarzida sahnalashtirib ko'rsa bo'ladi. Asar ustida ishlash jarayonini quyidagi bosqichlarda hal etishni taklif etamiz: - Muallif bilan tanishuv, asarning yaratilish tarixi va sabablari; -Pyesani o'qish va o'rganish; - Rollar tasnifi; - Aktyorlarning ijro jarayonidagi bir-biriga munosabati; - Ariyalar ustida ishlash, matnlar tahlili; - Nutqiy xarakter yaratish yo'llari; - Kiyim tanlash va jihozlar bilan mashq qilish ko'nikmalari; - Chiroq bilan ishlash malakasi; - Progon, asar yaxlitligiga erishish.

Bugun teatr - teatr muxlislarigagina xizmat qilayotgan jabhaga aylandi. Xo'p shunday aziz muxlislarimizga qaysi fikr, qaysi yangilik aytiladi? Teatr doim o'z o'rnini bilgan dargoh, u aytmaydi, u ko'rsatadi. U dardni, ishqni o'lmas tuyg'ularni kechmishni, dard chekuvchilarga dardkash bo'lishni istovchilarni o'ziga jalb etib

I ícclT^^^^H 599 http://oac.dsmi-qf.uz

yashayveradi. Musiqiy teatrida o'mak bo'la oluvchi ijro maktabimiz bor ijrochilar, ijodkorlar, tashkilotchilar albatta yangi-yangi uslublar bilan sahna asarlari yarata beradilar. Mavjud yettita notadan shu kungacha qancha musiqa, qo'shiq, kuy, musiqiy spektakllar yaratilgan bo'lsa yana shunchasi hali o'z kashfiyotini kutmoqda, degan umiddamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. K. S. Stanislavskiy - "Aktyorning o'z ustida ishlashi" (T. Xo'jayev tarjimasi) Toshkent - "Yangi avlod"- 2017

2. M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" "Tafakkur qanoti" nashriyoti Toshkent - 2014

3. M. Abdullayeva. "Rejissura" "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti Toshkent -

2016

4. Sayfullayev B, Mamatqosimov J. Aktyorlik mahorati. -T:,2013

5. Boltaboeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSION-ZIYO, 2019.

6. Boltaboeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSION-ZIYO, 2021.

600

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.