Научная статья на тему 'BIZNES JARAYONLARIDA YURIDIK XIZMATNING HUQUQIY HOLATI'

BIZNES JARAYONLARIDA YURIDIK XIZMATNING HUQUQIY HOLATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yuridik xizmatlar / biznes subyektlari / hamkorlik / huquqiy holat.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mavlonov F.O.

Ushbu maqolada bugungi kunda biznes subyektlari o’rtasida hamkorlik aloqalari va ularning mazmuni, qolaversa, yuridik xizmat huquqiy holatining o’ziga xos xususiyatlari muallif tomonidan yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BIZNES JARAYONLARIDA YURIDIK XIZMATNING HUQUQIY HOLATI»

VI. NAZARIYA, METODOLOGIYA VA PEDAGOGIKA BIZNES JARAYONLARIDA YURIDIK XIZMATNING HUQUQIY HOLATI

Mavlonov F.O.

SamISI, "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda biznes subyektlari o'rtasida hamkorlik aloqalari va ularning mazmuni, qolaversa, yuridik xizmat huquqiy holatining o'ziga xos xususiyatlari muallif tomonidan yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: yuridik xizmatlar, biznes subyektlari, hamkorlik, huquqiy holat.

Tadbirkorlik sohasida faoliyat ko'rsatayotgan yuridik xizmatning huquqiy maqomi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2017 yil 19 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan «Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat to'g'risidagi Nizom» va boshqa bir qator qonunlar va me'yoriy hujjatlarda belgilab qo'yilgan.

Shuningdek, yuridik xizmatning huquqiy maqomi tegishli tarmoq va korxonalar faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ichki nizomlar, yuridik xizmat xodimlarining mansab yo'riqnomalari va boshqa huquqiy hujjatlar bilan ham belgilanishi mumkin.

Nizomga muvofiq oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lgan shaxs boshqaruv organlarida va mulkchilik shaklidan qat'i nazar korxonalarda yuriskonsulbt bo'lib ishlashi mumkin. Vazirlik, davlat qo'mitasi, idora va respublikaning boshqa boshqaruv organi yuridik bo'linmasining boshlig'i yoki yuriskonsulbt lavozimini egallash uchun kamida 5 yillik yuriskonsult ish stajiga ega bo'lishi zarur.

Davlat boshqaruv organlari va korxonalar, yosh mutaxassislar va homilador ayollardan tashqari, barcha yuridik xizmat xodimlarini 5 yilda bir marta O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining adliya boshqarmalariga qayta tayyorlash va attestatsiyadan o'tkazish uchun yuborishga majburdirlar.

Respublikamizda ilgari amalda bo'lgan nizomlardan farqli o'laroq 1993 yilgi Nizomda yuridik xizmatning asosiy vazifalari alohida ko'zda tutilmagan. Biroq, xozirgi zamon talablaridan kelib chiqib korxonalar yuridik xizmatining majburiyatlari yanada aniqroq bayon qilingan.

Nizomning 9-bandida korxonalar yuridik xizmati:

a) korxona ishinining huquqiy ta'minlanishini tashkil etadi; bo'linmalarning o'zaro munosabatlarini va bo'linmalarning iqtisodiy javobgarligini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar tizimini, korxonaning ishlab chiqarish-xo'jalik va ijtimoiy faoliyatining boshqa masalalarini tayyorlash va joriy qilishda ishtirok etadi; korxonada belgilangan ichki xo'jalik da'volarini qo'zg'ash va ko'rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

iqtisod, moliya, hisob-kitob xizmatlari va boshqa bo'linmalar bilan birgalikda korxonaning xo'jalik faoliyati natijalarini iqtisodiy-huquqiy tahlil qiladi, samarasiz xarajatlarning tarkibini va ularning kelib chiqish sabablarini, balans hisobidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o'rganadi, sud va tergov organlariga jo'natish uchun pul mablag'lari va tovar-moddiy boyliklarning kamomadi va ularni o'g'rilashlar bo'yicha materiallarni rasmiylashtiradi;

b) qonunchilik aktlari, yuqori boshqaruv organlarining normativ hujjatlarini, korxona mahalliy normativ aktlarining tartibga solingan hisobini va saqlanishini tashkil etadi; boshqa bo'linmalar bilan birgalikda korxonaning idoraviy hujjatlarini tartibga solish ishlarini olib boradi;

c) korxona rahbariga imzolash uchun taqdim qilinayotgan buyruqlar va huquqiy mazmundagi boshqa hujjatlar loyihalarining qonunga muvofiqligini tekshiradi va ularga viza qo'yadi. Korxona huquqiy aktlarini, ularning amaldagi qonunga muvofiqligi to'g'risidagi yuridik xizmatning vizasi bo'lmasa, chiqarilishiga yo'l qo'yilmaydi;

d) boshqa korxonalar bilan xo'jalik shartnomalari, shuningdek, chet el kompaniyalari va firmalari bilan kontraktlar tayyorlash, tuzish va ularning ijrosini nazorat qilishga oid ishlarda qatnashadi, shartnomalar va kontraktlar loyihalariga viza qo'yadi;

e) talabnoma-da'vo ishlarini olib boradi, sudda, xo'jalik sudida, shuningdek, boshqa organlarda huquqiy masalalar ko'rilayotganda belgilangan tartibda korxona manfaatlarini himoya qiladi; talabnoma ishlari agar boshqa bo'linmalar tomonidan olib borilsa, bu ishga rahbarlikni amalga oshiradi;

j) moddiy boyliklarni hisobdan chiqarish hujjatlari, buzilishlari va suiiste'molliklar topilgan taftish va qayta ro'yxatga olish aktlari bo'yicha huquqiy xulosalar beradi;

z) mehnat jamoasi tomonidan ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish masalalarini hal etishda, o'zini-o'zi boshqarishni amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishiga yordam beradi; jamoa shartnomasini tayyorlashda va tuzishda qatnashadi, mehnat jamoasi kengashiga, kasaba uyushmasi qo'mitasiga va boshqa jamoat tashkilotlariga o'z vakolatlarini amalga oshirishda huquqiy yordam ko'rsatadi;

i) yuridik umumiy o'quvni tashkil etishda va uni amalga oshirishda, xodimlarni amaldagi qonunlar bilan tanishtiradi, ularni qo'llash tajribasini tushuntiradi;

k) korxona faoliyatida qonunchilikni buzish hollarini oldini olish yuzasidan zarur choralar ko'rish uchun rahbarni xabardor qiladi.

Nizomning 10-bandiga muvofiq yuridik xizmat quyidagi huquqlarga ega:

a) davlat boshqaruv organi, korxona, tuzilma birliklari faoliyatida qonunchilikka rioya etilishining ahvoli bilan tanishish; taftish o'tkazishlarda va qayta ro'yxatga olishlarda qatnashish;

b) mansabdor shaxslardan davlat boshqaruv organlarida, korxonalarda belgilangan tartibda hujjatlar, ma'lumotnomalar, hisob-kitoblar va o'z burchlarini bajarish uchun zarur bo'lgan boshqa ma'lumotlarni olish;

c) rahbariyatga qonun buzishlarning bartaraf etish, keltirilgan zararni qoplash, amaldagi qonunlarning bajarilishini ta'minlamagan yoxud buzayotgan bo'linmalar va xizmatlarning rahbarlarini, boshqa xodimlarni javobgarlikka tortish haqida takliflar taqdim etish;

d) davlat boshqaruv organi va korxona rahbariyati bilan kelishilgan holda normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash, shuningdek, o'ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq yuridik xizmat tomonidan o'tkaziladigan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun boshqa bo'linmalar va xizmatlarning xodimlarini jalb etish;

e) davlat boshqaruv organi, korxona rahbariyati tomonidan chaqiriladigan hay'at majlislarida, tegishli kengashlarda ishtirok etish.

Muayyan huquqlarga ega bo'lish bilan birga yuridik xizmat o'ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarilishi uchun, yuridik xizmat boshlig'i esa yuridik xizmat faoliyati, va o'ziga yuklatilgan funktsiyalarni bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

Yuridik xizmat xodimlari O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga muvofiq ushbu Nizomda ko'zda tutilgan vazifalarni bajarmaganliklari uchun intizomiy va moddiy javobgardirlar. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi organlari davlat boshqaruv organlari, korxonalarning yuridik xizmat xodimlarini o'tkaziladigan tekshirishlar natijalari bo'yicha ular o'z xizmat vazifalarini bajarmaganliklari uchun intizomiy javobgarlikka tortish haqida taqdimnoma kiritishga haqlidirlar.

Yuridik xizmat huquqlari va majburiyatlari mustaqil va ularga turli xildagi toifalar sifatida qarab bo'lmaydi. Agar fuqaro davlat tomonidan berilgan u yoki bu huquqdan foydalanish-foydalanmaslikni o'zi hal qilsa, yuridik xizmatga berilgan huquq esa uning davlat oldidagi bajarilishi zarur bo'lgan vazifasi ham hisoblanadi. Masalan, yuridik xizmat o'z korxonasida qonunchilikka amal qilishni tekshirish huquqiga ega bo'libgina qolmay, balki bunday tekshirishlarni amalga oshirishi ham lozimdir. Shu bilan birga yuridik xizmat huquqi korxona ma'muriyati yoki bo'linmasi uchun majburiyat hisoblanadi. Masalan, yuridik xizmatning normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun boshqa bo'linmalar va xizmatlar xodimlarini jalb qilish huquqi bir vaqtning o'zida tegishli bo'linma va xizmatlar rahbarlarining zarur xodimlarni ajratish majburiyati hamdir.

Shuningdek, Nizomning 7 bandida ko'zda tutilgan korxonaning yuridik xizmatni bir maromda ishlashi uchun sharoitlar yaratish majburiyatiga yuridik xizmatning ushbu sharoitni yaratishni talab qilish huquqi sifatida qarash mumkin. Yuridik xizmat xodimlariga huquqiy ishlarga taalluqli bo'lmagan boshqa ishlarning yuklatilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Yuridik xizmatga yuklatilgan vazifalarni bajarishga va unga berilgan huquqlardan foydalanishga mansabdor shaxslar tomonidan qarshilik ko'rsatilishi oqibatida qonunchilikning buzilishiga yo'l qo'yilsa, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga zarar yetsa, bunday mansabdor shaxslar O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning organlari taqdimnomasi bo'yicha yuridik javobgarlikka tortiladilar.

Shunday qilib, yuridik xizmatning huquqlari, majburiyatlari va mas'uliyatini qonun hujjatlari bilan belgilab berilishi uning huquqiy davlatni shakllantirish va bozor

iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish shaгoitlaгida qonuniylikni ta'minlash boгasidagi faoliyatini takomillashtirishda, obгo'-e,tiboгini va ahamiyatini oshirishda muhim го1 o'ynaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Shodmonov F. Kontraktatsiya shartnomasini buzganlik uchun javobgarlik //Xo'jalik va huquq, 1999 - №8, 9;

2. Tursunov Y. Tadbirkorlik va mehnat qonunchiligi. - T.: Adolat, 2002 (Tadbiгkoг huquqiy kutubxonasi), 16-son;

3. Usmonaliev M., Tohirov F. Tadbirkorlik huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik. - T.: Adolat, 2001 (Tadbn-ког huquqiy kutubxonasi), 14-son;

4. Shoraxmetov Sh. Xo'jalik pгotsessida boshqa shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi shaxslaг //Xo'jalik va huquq, 2001 - №5;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.