Soliq tekshiruvining turlari va uni tashkil etishning o'ziga xos
xususiyatlari
Sardor Bahodir og'li Mavlonov Nasiba Komiljanovna Ismailova Toshkent moliya instituti
Annotatsiya: Maqolada soliq tekshiruvining turlari va uni tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari keng yoritib berilgan. Mamlakatmizdagi soliq tekshiruvining turlari va uni tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari, ular faoliyatini yanada rivojlantirishda davlat moliyaviy nazoratining o'rni va ahamiyatini oshirish yo'llari ko'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: soliq, davlat moliya nazorati, moddiy ishlab chiqarish, moliyaviy nazorat, davlat siyosati, iqtisodiy o'sish, byudjet-soliq siyosati, moliyaviy barqarorlik, iqtisodiy xavfsizlik, bozor munosabatlari, pul jamg'armalari, soliq subyektlari, moliya tizimi, majburiy to'lovlar
Types of tax audit and specific features of its organization
Sardar Bahadir Ogli Mavlanov Nasiba Komiljanovna Ismailova Tashkent Financial Institute
Abstract: The article describes in detail the types of tax audit and the peculiarities of its organization. The types of tax audit in our country and the specific features of its organization, ways to increase the role and importance of state financial control in the further development of their activity were considered.
Keywords: tax, state financial control, material production, financial control, state policy, economic growth, budget-tax policy, financial stability, economic security, market relations, monetary savings, tax subjects, financial system, mandatory payments
KIRISH
Davlat moliya nazoratining sohalaridan biri soliq munosabatlari sohasi bo'lib, davlat tomonidan soliq nazorati amalga oshirilishini taqozo etadi. Bunday nazorat moliya nazoratiga xos jihatlarga, biroq ayni paytda o'ziga xos xususiyatlarga ham ega. Soliq nazoratining o'ziga xos jihati shundaki, u davlat moliya nazoratiga nisbatan torroq faoliyat doirasida amalga oshiriladi.
Davlat moliya nazoratining obyekti moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohada, moliya tizimining barcha bo'g'inlarida moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan pul munosabatlari bo'lsa, soliq nazoratining obyekti soliq munosabatlari, ularning huquqiy bazasi hisoblanadi. Soliq munosabatlari davlat (soliq nazorati subyektlari) bilan soliq subyektlari - shaxsiy mablag'lari hisobidan soliqla to'lash huquqiy majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasida yuzaga keladi. Soliq munosabatlaridan avval soliq nazorati subyektlari tomonidan belgilangan normalar, qoidalar doirasida nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratishga doir (boshqaruv, huquqiy) chora-tadbirlar tizimi qabul qilinishi mumkin.
Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy siyosat to'la va izchil amalga oshirilishi, iqtisodiyotning muhim ustuvor tarmoqlarining belgilab berilishi hamda ularni rivojlantirish bo'yicha barcha imkoniyatlarning safarbar etilishida moliyaviy nazorat o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Davlat moliya nazoratining o'ziga xosligi shunda namoyon bo'ladiki, uning faoliyat sohasi va tekshiruvlar obyekti moliyaviy munosabatlar hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat moliyaga xos tekshirish funksiyasini amalga oshirish shakli hisoblanadi. Aynan moliya moliyaviy nazoratning maqsadi va mazmunini belgilab beradi. E.A.Voznesenskiy moliyaviy nazoratning o'ziga xosligini ta'kidlab, moliyaviy nazoratning bevosita obyekti - ijtimoiy mahsulot qiymati taqsimlanishini aks ettiruvchi pul jamg'armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonlarini ekanligini aytadi. Biroq, nazarimizda, bozor munosabatlari sharoitida soliq nazorati obyektiga berilgan bunday tavsif to'liq emas.
O'zbekiston Respublikasining "Soliq to'g'rida"gi qonuni Soliq nazorati subyektlari (soliq inspektsiyalari) zimmasiga korxonalar (mulkchilik shaklidan qat'i nazar) va fuqarolarning soliqqa tortish va pul mablag'larini davlat daromadiga o'z vaqtida hamda to'liq safarbar etish maqsadlariga qaratilgan pul mablag'lari harakati bilan bog'liq turli pul hujjatlari va hisobotlarini tekshirish majburiyatini yuklaydi. Soliq nazorati subyektlari zimmasiga yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, mansabdor shaxslar davlat pul jamg'armalarini shakllantirish bilan bevosita bog'liq bo'lmagan, balki mazkur jarayon infratuzilmasini yaratuvchi amaldagi qonunlar va me'yoriy hujjatlarga rioya etishini tekshirish (masalan, xo'jalik yurituvchi subyektlarni aniqlash va ro'yxatga olish, tadbirkorlik faoliyatini ro'yxat olish qoidalariga amal qilish, nazorat-kassa apparatlaridan foydalanish, litsenziyalashni nazorat qilish) vazifasi ham yuklatiladi. Shuni qo'shimcha qilish joizki, soliq nazorati subyektlari soliqlarni to'g'ri hisoblash va ularni o'z vaqtida to'lashni nazorat qilish jarayonida soliq qonunchiligini buzgan yuridik, jismoniy va mansabdor shaxslarni moliyaviy hamda ma'muriy javobgarlikka tortish to'g'risida qaror qabul qilishi mumkin.
Davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar tegishli qarorlar hamda qoidalar bilan mustahkamlanayotir. Jamiyat ularni bajarmasdan o'z oldiga qo'ygan maqsadlarga, ya'ni iqtisodiy o'sish, moliyaviy barqarorlik, fuqarolarning turmush darajasini oshirish, ularning xavfsizligini ta'minlash va boshqa maqsadlarga eria olmaydi. Nazorat teskari aloqa shakli hisoblanadi, ayni paytda boshqaruv qarorlari bajarilishining katalizatori rolini o'ynaydi. Boshqarilayotgan obyektning haqiqiy ahvoli to'g'risida ma'lumot olib va uni tahlili qilib vaziyatni yaxshilashga qaratilgan me'yoriy hujjatlar, boshqaruv qarorlari qabul qilish orqali muqobil tadbirlarni amalga oshirish zarurati to'g'risida xulosa qilish mumkin.
Moliyaviy nazoratning turlari
Umumdavlat Vakolatli Ichki xo'jalik Jamoal -chilik Mustaqil
moliyaviy moliyaviy moliyaviy nazorati moliyaviy moliyaviy
nazorati nazorat (horxonalarning nazorati nazorat
(Davlat (Viazirlik- moliyaviy xizmat (alohida (Audit
hokimiyati va ning organlari tomonidan jismoniy nazorati,
bosharuvi nazorat amalga oshiriladi. shaxslar manffat-
tomonidan taftish Ularn in g fi mks iyas i tomonidan dorlar
amalga bo 'limlari korxona-ning ishlab amalga iqtisodiy
oshiriladigan tomonidan chiqarish moliyaviy oshiriladi) agentlari)
nazorat) amalga fao-liyatini tekshirish
oshiriladi) hisoblanadi)
1-rasm. Moliyaviy nazoratning turlari Hozirgi paytda korxonalar mustaqil xo'jalik subyektlariga aylanayotganligi, vertikal aloqalar o'rnini gorizontal aloqalar egallayotganligi, ilgari mavjud bo'lgan taqsimlash munosabatlari o'zgarayotganligi munosabati bilan iqtisodiyot fanida nazorat muammosi oldingi o'ringa chiqib, dolzarb masalalardan biriga aylanadi.
Nazorat muammosini o'rganayotgan mualliflarning umumiy fikricha, nazorat boshqaruvning organik qismi bo'lib, usiz har qanday darajada malakali boshqaruvni amalga oshirib bo'lmaydi. Boshqaruv tizimi qanchalik murakkab bo'lsa, nazorat ham shunchalik xilma-xil va malakali bo'lishi lozim.
Iqtisodiy adabiyotlarida nazorat davlat va jamiyat hayotining belgi (atribut)laridan biri, iqtisodiyot normal faoliyat yuritishi uchun zarur bo'lgan shartlardan biri sifatida tavsiflangan. Madaniy jamiyat tabiati taqozo etgan o'ziga xos boshqaruv funksiyasi sifatida nazoratning obyektiv zarurati asoslangan, nazorat turlari, ularni qo'llash sohalari, amalga oshirish uslublari va h.k. ochib berilgan. Davlat nazorati, ayniqsa davlat moliyaviy nazorati turlari sinchiklab o'rganilgan.
Nazorat boshqaruvning funktsional elementi sifatida muayyan qarorlarning bajarilishini tekshirishga doir chora-tadbirlar majmui, tizim sifatida tavsiflangan.
Nazoratning asosiy funksiyasi jamiyat iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonunga muvofiqligini tekshirishdan iborat. Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqarilayotgan tuzilmaning murakkabligi nazoratga ham ta'sir o'tkazadi. Nazorat ko'p tarmoqli, turlicha va ta'sirchan bo'lishi, ya'ni moliya, narx, kredit munosabatlari va boshqa sohalardagi nazorat bir-biridan farq qilishi lozim. Bularning barchasini iqtisodiy nazorat (bozor sharoitida - pul nazorati) tushunchasi o'z ichiga qamrab oladi.
Uning funksiyasi - iqtisodiy operatsiyalar qonun, boshqaruvchi subyektning farmoyishlari va ko'rsatmalari asosida to'g'ri amalga oshirilganini tekshirishdan iborat. Shuning uchun pul nazoratining vazifasi iqtisodiy operatsiyalarning o'zini, ularning qonuniy amalga oshirilganini tekshirishdan iborat.
Iqtisodiy ahvol, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar rivojlanishini nazorat qilish tizimining bo'g'inlaridan biri moliyaviy nazorat hisoblanadi. Moliyaviy nazorat qiymat kategoriyalaridan foydalanish bilan bog'liq alohida nazorat sohasi sifatida muayyan qo'llanish sohasi ega va tegishli maqsadga yo'naltiriladi. Barcha darajalarda va xalq xo'jaligining hamma bo'g'inlarida moliyaviy resurslarni shakllantirish hamda ulardan foydalanishdagi pul munosabatlari, taqsimlash jarayonlari moliyaviy nazorat obyekti hisoblanadi. Moliyaviy tizim singari murakkab boshqaruv tizimida nazoratni turli subyektlar: davlat, xo'jalik yurituvchi subyektning o'zi, yuqori turuvchi tashkilot, mustaqil organ (masalan auditorlik tashkiloti) amalga oshirishi mumkin. Shu sababli davlat moliyaviy nazorati, xo'jalik ichki nazorati, idora ichidagi nazorat va mustaqil (auditorlik) nazorati farqlanadi.
Iqtisodiyot va moliya tizimi ko'ngildagidek faoliyat yuritishining asosiy shartlaridan biri davlat tomonidan moliyaviy nazorat yuritilishi hisoblanadi. Uning davlat moliyaviy nazorati deb atalashiga sabab shuki, uni davlat nomidan harakat qiluvchi organlar amalga oshiradi. Davlat moliyaviy nazorati turli yo'nalishlarda amalga oshiriladi.
Moliyaviy nazoratning bevosita obyektlari foyda, daromad, soliq turlari, rentabellik, tannarx, muomala xarajatlari, turli maqsadlar va jamg'armalarga ajratmalar kabi moliyaviy (qiymat) ko'rsatkichlari hisoblanadi.
E.A.Voznesenskiyning ta'rificha, moliya nazorati - davlat va jamoatchilik organlarining markazlashtirilgan hamda markazlashtirishdan chiqarilgan pul jamg'armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonlari asoslanganligini tekshirishdan iborat faoliyatidir. Bunda korxonalar, ta'lim sohasidagi muassasalar va fuqarolarning faoliyati, shuningdek, nafaqat davlat, balki boshqa ijtimoiy ishlab chiqarish subyektlarining pul jamg'armalarini taqsimlashi va ulardan iqtisodiyotni
samarali rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirish yo'lida foydalanishi qonuniy va maqsadga muvofiq ekanligi tekshiriladi.
Davlat moliya nazoratining sohalaridan biri soliq munosabatlari sohasi bo'lib, davlat tomonidan soliq nazorati amalga oshirilishini taqozo etadi. Bunday nazorat moliya nazoratiga xos jihatlarga, biroq ayni paytda o'ziga xos xususiyatlarga ham ega. Soliq nazoratining o'ziga xos jihati shundaki, u davlat moliya nazoratiga nisbatan torroq aoliyat doirasida amalga oshiriladi. Davlat moliya nazoratining obyekti moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohada, moliya tizimining barcha bo'g'inlarida moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan pul munosabatlari bo'lsa, soliq nazoratining obyekti soliq munosabatlari, ularning huquqiy bazasi hisoblanadi. Soliq munosabatlari davlat (soliq nazorati subyektlari) bilan soliq subyektlari - shaxsiy mablag'lari hisobidan soliqla to'lash huquqiy majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasida yuzaga keladi. Soliq munosabatlaridan avval soliq nazorati subyektlari tomonidan belgilangan normalar, qoidalar doirasida nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratishga doir (boshqaruv, huquqiy) chora-tadbirlar tizimi qabul qilinishi mumkin.
Davlat moliya nazoratining o'ziga xosligi shunda namoyon bo'ladiki, uning faoliyat sohasi va tekshiruvlar obyekti moliyaviy munosabatlar hisoblanadi. Moliyaviy nazorat moliyaga xos tekshirish funksiyasini amalga oshirish shakli hisoblanadi. Aynan moliya moliyaviy nazoratning maqsadi va mazmunini belgilab beradi. E.A.Voznesenskiy moliyaviy nazoratning o'ziga xosligini ta'kidlab, moliyaviy nazoratning bevosita obyekti - ijtimoiy mahsulot qiymati taqsimlanishini aks ettiruvchi pul jamg'armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonlarini ekanligini aytadi. Biroq, nazarimizda, bozor munosabatlari sharoitida Soliq nazorati obyektiga berilgan bunday tavsif to'liq emas.
O'zbekiston Respublikasining "Soliq to'g'rida"gi qonuni Soliq nazorati subyektlari (soliq inspektsiyalari) zimmasiga korxonalar (mulkchilik shaklidan qat'i nazar) va fuqarolarning soliqqa tortish va pul mablag'larini davlat daromadiga o'z vaqtida hamda to'liq safarbar etish maqsadlariga qaratilgan pul mablag'lari harakati bilan bog'liq turli pul hujjatlari va hisobotlarini tekshirish majburiyatini yuklaydi. Soliq nazorati subyektlari zimmasiga yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, mansabdor shaxslar davlat pul jamg'armalarini shakllantirish bilan bevosita bog'liq bo'lmagan, balki mazkur jarayon infratuzilmasini yaratuvchi amaldagi qonunlar va me'yoriy hujjatlarga rioya etishini tekshirish (masalan, xo'jalik yurituvchi subyektlarni aniqlash va ro'yxatga olish, tadbirkorlik faoliyatini ro'yxat olish qoidalariga amal qilish, nazorat-kassa apparatlaridan foydalanish, litsenziyalashni nazorat qilish) vazifasi ham yuklatiladi. Shuni qo'shimcha qilish joizki, soliq nazorati subyektlari soliqlarni to'g'ri hisoblash va ularni o'z vaqtida to'lashni nazorat qilish
jarayonida soliq qonunchiligini buzgan yuridik, jismoniy va mansabdor shaxslarni moliyaviy hamda ma'muriy javobgarlikka tortish to'g'risida qaror qabul qilishi mumkin.
Demak, davlat bilan soliq subyektlari - qonunchilik va boshqa huquqiy normalarga qat'iy muvofiq ravishda soliqlar hamda boshqa majburiy to'lovlarni to'lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasida yuzaga keladigan soliq munosabatlari soliq nazoratining obyekti hisoblanadi.
Soliqlarning fiskal va iqtisodiy funksiyalari qay darajada bajarilishi soliq nazoratini tashkil etish darajasi hamda uning samaradorligiga bog'liq.
Konstitutsiya xo'jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolardan qonunlarga qat'iy rioya etishni talab qiladi. Soliq nazorati davlat va jamiyat manfaatlarini ta'minlashi, yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag'lari jamg'armalarini shakllantirishda davlat oldidagi majburiyatlarini qay darajada ijro etayotganini tekshirishi lozim. Shu sababli, pul mablag'larining davlat xazinasiga safarbar etilishini nazorat qilish uchun moliyaviy va buxgalteriya operatsiyalari, hisobotlar, deklaratsiyalarning qonuniyligi hamda haqqoniyligini aniqlash maqsadida daromad manbaalarini kuzatish tizimiga ega bo'lish lozim.
Nazarimizda, soliq nazoratiga soliq mexanizmi, ya'ni soliq munosabatlarini boshqarish tizimining funktsional elementi sifatida qarash lozim. Shu bilan birga soliq inspektsiyalari soliq qonunchiligini tekshirish choralarini amalga oshirish jarayonida quyidagilar bilan muayyan huquqiy munosabatlarga kirishadi:
- soliq to'lovchilar - yuridik va jismoniy shaxslar bilan soliqlarni to'lash, soliq qonunchiligini buzish uchun (sud va suddan tashqari) javobgarlikka tortish yuzasidan;
- vakillik va ijro hokimiyati organlari bilan soliqlar yig'ishni tashkil qilish, soliq qonunchiligiga rioya etilishi to'g'risida ma'lumot berish va h.k. yuzasidan;
- ijro hokimiyati, nazorat organlari va bank tizimi bilan axborot almashish va nazorat funksiyalarini amalga oshirish, soliq tushumlari bilan bog'liq vaziyatni tahlil qilish va h.k. yuzasidan;
- huquqni muhofaza qilish organlari bilan soliq to'lovchilar bilan bo'lgan nizolarni hal etish va javobgarlikka tortish (javobgarlikdan ozod qilish) masalalari yuzasidan.
O'zbekiston Respublikasida Davlat soliq nazorati tizimi soliq qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat tizimining umumiyligi, mustaqilligi va markazlashtirilishi tamoyillari asosida qurilgan.
Tizimining umumiyligi soliq siyosatining umumiyligi tamoyilidan kelib chiqadi: soliq qonunchiligining bir xilda qo'llanishini ta'minlash uchun yagona nazorat organi bo'lishi lozim. Davlat soliq nazorati o'z vakolatlarini davlat va mahalliy soliqlarga nisbatan amalga oshiradi.
Hozirgi paytgacha soliq organlarini tashkil qilishning umumiy tamoyillarini belgilovchi qonun qabul kilinmagan. Bunday qonun qabul qilingunga qadar ilari federal darajada qabul qilingan normavtiv hujjatlar o'z kuchini saqlab qoladi. Kelgusida soliq organlarini tashkil qilishda umumiylik tamoyiligi ehtiyoj yo'qolishi mumkin. Biroq hozirgi sharoitda unga rioya etish zarur.
Soliq nazorati subyektlarining mustaqilligi deyilganda ularning hududiy va mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv organlaridan mustaqilligi tushuniladi. U hokimiyat bo'linishi tamoyilining aniq belgisi bo'lib, mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy soliqlarni joriy qilish, to'lov stavkalari, imtiyozlarni belgilashda namoyon bo'ladi. Soliq inspektsiyalari mahalliy hokimiyat organlarining qonunga muvofiq va o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan soliq masalalariga doir qarorlarini bajaradi.
Mazkur tamoyil Davlat soliq nazorati endi shakllana boshlagan mahalliy hokimiyat organlari qonunlarga zid bo'lgan ma'muriy-buyruqbozlik usullaridan voz kechmagan, soliq organlari esa to'liq vakolatga ega nazorat organlari kuchiga ega bo'lmagan davrda muhim rol o'ynadi.
Soliqqa tortish og'irligini jismoniy shaxslar zimmasiga ko'chirish, aholining keng qatlamlari, jumladan davlat xizmatchilarining xarajatlarini deklaratsiyalash mexanizmi joriy qilish sharoitida mustaqillik tamoyili yanada dolzarblik kasb etadi.
O'zbekiston Respublikasida soliq qonunchiligiga rioya etish ustidan markazlashtirilgan nazorat tizimi bo'ysinish va lavozimlarga tayinlashning vertikal tuzilmasini ko'zda tutadi hamda uchta darajaga ega: yuqori (markaziy), o'rta (hududiy) va quyi (mahalliy). Davlat soliq xizmatining tashkiliy tuzilmasining o'ziga xos xususiyati davlat ma'muriy-hududiy bo'linishiga muvofiqligi hisoblanadi. Ushbu tamoyilga hozirgacha amal qilib kelinmoqda va Davlat soliq xizmati to'g'risidagi nizomning tegishli davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik borasidagi talablariga javob beradi.
Soliq inspektsiyalarining soliq nazorati subyektlari sifatidagi ish tajribasi soliq organlarining vertikal bo'yicha qat'iy bo'ysinishi va mahalliy soliq inspektsiyalarining aparat tuzilmasini tanlashdagi erkinligi o'rtasida ziddiyat mavjudligini ko'rsatadi. Bunday vaziyat yuqori soliq idoralarining quyi idoralar bilan boshqaruv, metodik rahbarlik, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, faoliyatning istiqbolli yo'nalishlari ijobiy tajribani joriy qilish va boshqa masalalardagi munosabatlariga salbiy ta'sir ko'rsatdi.
Davlat soliq nazorati markaziy apparatdan tashqari hududiy soliq inspektsiyalari, shaharlar va tumanlar bo'yicha soliq inspektsiyalarini birlashtirgan.
Davlat soliq nazorati mutaxasssislarining fikricha soliq organlari xodimlari sonini ko'paytirish byudjet tizimiga qo'shimcha ravishda soliqlar va majburiy to'lovlar kelib tushishini ta'minlaydi.
Davlat soliq nazorati asosan davlat byudjeti mablag'lari hisobidan ta'minlanadi. Kechikishlar bilan va to'liq bo'lmagan miqdorda moliyalash, ayrim hollarda moliyalashning umuman mavjud emasligi soliq organlarining nazorat hamda soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning yig'iluvchanligini oshirishga doir tahliliy ishlarini bajarishdagi vaziyatni keskinlashtiradi.
XULOSA
O'zbekiston Respublikasida soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning yiQilishi soliq to'lovchilar ishlashni bevosita ta'minlovchi hududiy va quyi soliq inspektsiyalari o'z faoliyatini amalga oshirayotgan shart-sharoitlarga bog'liq.
Mustaqil balansda xizmat binolarining yo'qligi, shuningdek, inspektsiyalarning davlat xizmati organlari uchun yaroqsiz binolarda joylashtirilishi tezkor axborot uzatish va aloqa vositalaridan foydalanish, moddiy-texnikaviy bazani rivojlantirish, ishonchli qo'riqlashni ta'minlash imkonini bermaydi. Shu blan birga soliq inspektsiyalarini moddiy-texnikaviy ta'minlash va boshqa ijtimoiy masalalarni mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga yuklash soliq inspektsiyalarini bog'liq holatga tushrib qo'yishi mumkin.
Hozirgi paytda soliq xizmatini modernizatsiyalash loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning amalga oshirilishi davlat soliq inspektsiyalarini texnikaviy ta'minlash, zamonaviy axborotni muhofaza qilish vositalarini joriy etish, telekommunikatsiyalar tizimini rivojlantirish, axborotni magnitli uzatgichlar va aloqa kanllari bo'yicha uzatishni huquqiy ta'minlashni ko'zda tutadi.
O'tish davrida davlat soliq inspektsiyalarining tashkiliy tuzilmalari bo'yichaa loyihalarni o'rganish bo'yicha o'tkazgan tadqiqotlarimiz natijalari soliq xizmavtini modernizatsiyalash muammosini uzoq muddatli va yirik investitsiyalarsiz amalga oshirish mumkin emas degan xulosaga kelish imkonini beradi; tuzilmani modernizatsiya kontseptsiyasiga muvofiqlashtirish uchun xodimlar soni ayniqsa qishloq hududlarida etarlicha emas.
Soliq organlari faoliyatida soliq to'lovchilar, ularning mulkiy va moliyaviy ahvolini xisobga olishni avtomatlashtirish, shuningdek soliq to'lovlarining to'liq va o'z muddatida amalga oshirilishini tezkor monitoring qilish tizimi muhim rol o'ynaydi. Biroq soliq organlarini jihozlash darajasi etarlicha emas va mavjud soliq ma'lumotlarining 50 foiziga ishlov berish imkonini beradi.
Soliq xizmati ishini maqsadli rivojlantirish va moddiy-texnikaviy bazani mustahkamlashsiz, ya'ni belgilangan normativlarga muvofiq xizmat binolari, transport, ko'paytirish va hisoblash texnikasi, telekommunikatsiya aloqasi vositalari bilan ta'minlash, soliq nazorati jarayonini zamonaviy axborotni yig'ish, ishlov berish, saqlash va uzatish vositalarisiz takomillashtirish mumkin emas.
Bugungi kun voqeligi soliq organlari moddiy-texnikaviy bazasini rivojlantirish bo'yicha yagona kontseptsiyani ishlab chiqish hamda so'zsiz amalga oshirishni talab
qilmoqda. Butun respublikada soliq inspektsiyalari moddiy-texnikaviy bazasini bir xilda rivojlantirish kelajakda gorizontal va vertikal bo'ylab barcha darajalarda yaxlit axborot ta'minoti tizimini yaratish imkonini beradi.
Hozirgi paytda soliqlarni yig'ish ustidan nazorat etarlicha bo'lmagan metodik va kadrlar ta'minoti sharoitida amalga oshirilmoqda. Metodik ta'minot soliq nazoratining maqsadi, shakli va usullarini belgilovchi yo'riqnoma, ko'rsatmalar, tavsiyalar va boshqa materiallarni ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Davlat soliq nazorati xizmatining metodik ishlanmalari (tekshiruvlar dasturlari va rejalari, ko'rsatmalar, qo'llanmalar, tavsiyalar va b.) joylarga kechiktirib etkaziladi.
Soliq organlarining ish tajribasi yaxlit soliq statistikasi tizimini shakllantirish zarurligi ko'rsatmoqda. Bundan tizimini yaratish to'g'risidagi masala Davlat soliq nazorati xizmatining chora-tadbirlar rejasida o'z aksini topgan. Mazkur rejada ko'zda tutilgan chora-tadbirlar soliq, moliya, statistika organlari va boshqa iqtisodiy idoralarning soliq tizimi faoliyati, keng axborot tarmog'ini yaratish borasidagi say'-harakatlarini birlashtirishni nazarda tutadi.
Soliq organlaridagi kadrlar qo'nimsizligiga soliqlarni yig'ish ustidan nazorat davlat solq inspektsiyasi xodimlariga nisbatan jinoiy va huquqbuzarlik harakatlari sodir etilayotgan sharoitda aolib borilayotgani ham ta'sir ko'rsatmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2017. - 104 b.
2. Нуритдинова, В. Ш. (2021). Цифровая экономика и ее роль в системе образования. Экономика и бизнес: теория и практика, (1-2), 18-21.
3. Аллаяров, С. Р., & Зайнитдинов, С. М. У. (2021). Идтисодий усишга таъсир курсатувчи омиллар ва уларнинг таснифи. Science and Education, 2(11), 1156-1169.
4. Аллаяров, С. Р., Мардонов, Ш. Х., & Абдурахимова, Г. М. (2020). Ретроспективный и целеориентированный подходы к оценке эффективности фискальной политики. Экономика и социум,(4), 138-147.
5. Sharapova, M. A. (2018). The role of budgetary control in the use of social sector expenditures. Экономика и бизнес: теория и практика, (1), 101-104.
6. Аллаяров, С. (2022). К ВОПРОСУ РЕАЛИЗАЦИИ ОПТИМИЗИРОВАННОЙ ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ ПРИ СТИМУЛИРОВАНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА. Архив научных исследований, 2(1).
7. Allayarov, S., Allayarov, S., Yuldasheva, U., & Madjidov, N. (2020). Assessment of the effectiveness of the results of the fiscal policy of the republic of Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(7), 79207926.
8. O'G'Li, D. G. A., & Allayarov, S. R. (2022). Respublika va mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta'minlashning ustuvor yo 'nalishlari. Science and Education, 3(2), 1565-1573.
9. Allayarov, S. (2018). Theoretical Study of Optimal Fiscal and Monetary Policies for Stimulating Economic Growth. Research Journal of Finance and Accounting, 9(8), 206-212.
10. Сатторов, Б. К., & Аллаяров, С. Р. (2017). Развитие экономики Узбекистана в условиях мировых интеграционных процессов. Наука, техника и образование, 1(5 (35)), 98-100.
11. Фозилчаев, Ш. К^., & Хидиров, Н. F. (2017). Инвестиция ва лизинг асослари. Укув кулланма. Т.: Молия.
12. Anvarov, N. M. O. G. L., & Allayarov, S. R. (2022). Mahalliy byudjetlarni qo 'shimcha manbalardan foydalanishning umumnazariy asoslari. Science and Education, 3(2), 1519-1527.
13. Khidirov N. (2020) "SPECIFIC FEATURES OF FINANCING INVESTMENT ACTIVITY OF INDUSTRIAL ENTERPRISES," International Finance and Accounting: Vol. 2020: Iss. 1, Article 31.
14. Sotvoldiyev, A. I., & Xidirov, N. G. (2022). Dinamik modellarni iqtisodiyotda qo'llanilishi. Science and Education, 3(3), 1128-1137.
15. Khidirov, N. G. (2021). Mechanisms and methods of financing enterprise investment projects. Journal of Economics, Finance and Management Studies, 4(05), 475-482.
16. Mehmonaliev, A. G. U., & Khidirov, N. G. (2022). Public finance management its modern problems. Science and Education, 3(11), 1075-1080.
17. KHIDIROV, N. EVALUATION OF EFFICIENCY OF INVESTMENT ACTIVITY IN INDUSTRIAL ENTERPRISES. ИНТЕРНАУКА Учредители: Общество с ограниченной ответственностью" Интернаука", 46-48