Научная статья на тему 'BIZNES JARAYONLARIDA YURIDIK XIZMAT FAOLIYATINING ASOSIY YOʻNALISHLARI'

BIZNES JARAYONLARIDA YURIDIK XIZMAT FAOLIYATINING ASOSIY YOʻNALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yuridik xizmatlar / biznes subyektlari / hamkorlik / huquqiy holat.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mavlonov F.O.

Ushbu maqolada bugungi kunda biznes subyektlari o’rtasida huquqiy aloqalar va ularning mazmuni, qolaversa, yuridik xizmat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarining o’ziga xos xususiyatlari muallif tomonidan yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BIZNES JARAYONLARIDA YURIDIK XIZMAT FAOLIYATINING ASOSIY YOʻNALISHLARI»

BIZNES JARAYONLARIDA YURIDIK XIZMAT FAOLIYATINING ASOSIY

YO'NALISHLARI

Mavlonov F.O.

SamISI, "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda biznes subyektlari o'rtasida huquqiy aloqalar va ularning mazmuni, qolaversa, yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo'nalishlarining o'ziga xos xususiyatlari muallif tomonidan yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: yuridik xizmatlar, biznes subyektlari, hamkorlik, huquqiy holat.

Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida qonunchilikni ta'minlashda yuridik xizmatning roli. Yuridik xizmatninng korxona faoliyatida qonunchilikni ta'minlash borasidagi ishlari - uning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Korxonalar yuridik xizmati bu sohadagi faoliyati quyidagi funktsiyalarni - tashkiliy, nazorat, huquqiy tarbiya, axborot-ma'lumotnoma ishlarini - olib borish bilan amalga oshiriladi.

Yuridik xizmatning tashkiliy funktsiyasi - uning qonunchilikni ta'minlash bo'yicha tashkiliy ishlari, shuningdek huquqiy ishlar darajasini yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishda o'z ifodasini topadi.

Ushbu funksiya boshqaruv organlari yuridik xizmati vazifasi sifatida qonunchilikda aniq belgilangan. Unga ko'ra yuridik xizmat boshqa tarbiya bo'linmalari bilan birgalikda markaziy apparatda hamda boshqaruv organi tizimida qonunchilikning to'g'ri qo'llanishini ta'minlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi (yuridik xizmat to'g'risidagi Nizomning 8-a bandi).

Yuridik xizmatning nazorat funktsiyasi - u bajaradigan vazifalar hajmi va vakolat doirasi bo'yicha asosiy funktsiya hisoblanadi.

Yuridik xizmat to'g'risidagi qonunchilikning rivojlanishi uning qonunchilikni ta'minlashga qaratilgan faoliyatida mustaqilligini kuchaytirishga yo'naltirilganligini ko'rsatmokda. Natijada yuridik xizmat xodimlar nafaqat korxona rahbari yoki boshqa mansabdor shaxslarga huquqiy masalarda maslahatlar beradi, balki qonunchilikka rioya qilish ustidan nazorat qilish funktsiyasini ham keng ko'lamda amalga oshiradi.

Yuridik xizmat korxona faoliyatiga taalluqli bo'lgan barcha qonunlar va qonun osti hujjatlarini, shu jumladan yuqori boshqaruv organlari normativ hujjatlari, korxona loqal hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni olib boradi.

Yuridik xizmatni nazorat funktsiyasi - ichki idoraviy nazoratning tarkibiy qismi hisoblanib, u quyidagi vositalar orqali amalga oshiriladi.

1. Yuridik xizmat korxona rahbariga imzolash uchun taqdim qilinayotgan buyruqlar va huquqiy mazmundagi boshqa hujjatlar loyihalarining qonunga muvofíqligini tekshiradi va ularga viza qo'yadi.

Huquqiy tahrir qilish-yuridik xizmatning huquqiy hujjat loyihasi bilan o'tkazadigan ishining asosiy mazmunidir. Turli xil vaziyatlar yuriskonsulbtdan yuqori tezkorlikni, printsiplilikni, muayyan ichki sezgini va albatta qonunchilikni, ishlab chiqarishning o'ziga xos xususiyatlarini bilishni talab qiladi. Matnlarni yuriskonsulbt

tomonidan tahrir qilinishi qabul qilinishi lozim bo'lgan hujjatda noaniqliklarni oldini olishga, ko'rsatmalarni har xil izohlash imkoniyatini yo'qotishga qaratilgan.

Yuridik xizmat, birinchidan, amaldagi qonunlar va me'yoriy hujjatlarni tartibli hisobga olish va saqlashni tashkil qilgan holda ularni to'g'ri qo'llanilishini ta'minlash choralarini ko'radi; ikkinchidan, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish talablaridan kelib chiqqan holda qonunlar va me'yoriy hujjatlarga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritish haqida takliflar tayyorlashda faol ishtirok etadi; uchinchidan, xo'jalik shartnomalari loyihalarini tayyorlash, uni tuzish va ijrosini nazorat qilishga oid ishlarda qatnashadi; to'rtinchidan, xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni oldini olish bo'yicha tegishli huquqiy chora-tadbirlarni ko'radi, sudda va boshqa organlarda korxona manfaatlarini himoya qiladi.

Korxonaning tarkibiy bo'linmalari rahbarlari tomonidan chiqarilgan huquqiy hujjatlarni qonunga muvofiqligi nuqtai nazaridan tekshirish yuridik xizmat nazorat funktsiyasini amalga oirish vositalaridan boshqa biri hisoblanadi. Bu holatda yuridik kuchga kirgan hujjat tekshiriladi va bunday hujjatning qonunga zidligi aniqlansa, yuridik xizmat tomonidan tegishli choralar ko'riladi. Bunday choralar jumlasiga: tarkibiy bo'linma rahbariga qonun buzilishi mohiyatini tushuntirgan holda, huquqiy hujjatni o'zgartirish yoki bekor qilishni taklif qilish: korxona rahbarini tarkibiy bo'linma rahbari tomonidan qonuniy huquqiy hujjat qabul qilinganligi to'g'risida xabardor qilish kiradi.

Xo'jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o'zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini, shuningdek talabnoma bildirish va uni ko'rib chiqish tartibga rioya etilishini nazorat qilish ham yuridik xizmatning qonunda belgilangan nazorat funktsiyasi hisoblanadi.

Korxona va uning tarkibiy bo'linmalarida qonunchilikka rioya qilishini o'rganish va umumlashtirish ham yuridik xizmat tomonidan nazorat funktsiyasini amalga oshirishning alohida vositasi hisoblanadi. Bu ishlar odatda boshqa tarkibiy bo'linmalar bilan birgalikda olib boriladi. Masalan, yuridik xizmat iqtisod, moliya, hisob-kitob xizmatlari bilan birgalikda korxonaning xo'jalik faoliyati natijalarining iqtisodiy-huquqiy tahlil qiladi, samarasiz harajatlarning tarkibini va ularning kelib chiqish sabablarini, balans hisobidagi debtorlik va kreditorlik qarzlar ahvolini o'rganadi.

Yuridik xizmatning ma'lumotnoma-axborot faoliyati o'z ichiga quyidagilarni

oladi:

a) normativ hujjatlar fondini tashkil qilish;

b) tarkibiy bo'linmalarni normativ hujjatlar matni bilan ta'minlash;

c) normativ hujjatlar matniga o'zgartirish va qo'shimchalarni kiritib borish, bekor qilingan normativ hujjatlarni foydalanishdan chiqarish va bu xaqda tarkibiy bo'linmalarni xabardor qilish;

d) xo'jalik, jinoyat va fuqarolik sudlari amaliyoti materiallarini yig'ish;

e) amaldagi qonunlar bilan xodimlar, mansabdor shaxslar va jamoat tashkilotlarini tanishtirish (bunda jumladan, komptyuterlar, devoriy gazetalar, stendlar va boshqa yetkazish yo'llaridan foydalanish mumkin);

f) amaldagi qonunlami va sud amaliyotini qo'llash tartibini tushuntiгish. Yuгidik xizmatning xo'jalik shartnomalari (kontгaktlaг) tuzish va ulaming ijrosini ta'minlashda ishtiгoki.

Mustaqil гespublikamizda o'tkazilayotgan iqtisodiy islo-hotlaT, ma'muгiy buyruqbozlik tizimidan voz kechish ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub o'zgarishlami amalga oshirishni va biгinchi navbatda ishlab chiqarish-xo'jalik aloqalaгi o'matishning bozoг munosabatlaгiga mos shakl va uslublami yaratishni taqazo qiladi.

Bozor munosabatlari sharoitida esa shartnomalar - barcha mulk shaklidagi koi^ona^, shuningdek tadbiгkoгlaг, hamda boshqarnv oгganlaгi o'гtasidagi iqtisodiy munosabatlami o'matuvchi asosiy huquqiy hujjat bo'lib hisoblanadi.

Shartnomalarning xizmat roli va iqtisodiy muno-sabatlami o'matishning yangi tamoyillaгi huquqiy jihatdan O'zbekiston Respublikasining Fuqaгolik kodeksi; mulk; kooperatsiya; ijara; tadbrikoriik; dehqon, fernem shiгkat xo'jaliklaгi; xo'jalik jamiyatlari va shirkatlari; aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish; banklar va bank faoliyati; chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar-ning kafolatlari; xo'jalik yurituvchi subyektlaг faoliyatining shartnomaviy -huquqiy bazasi to'g'гisidagi qonunlaráa belgilab qo'yilgan.

Korxona shartnoma-huquqiy ishlami tashkil qilish muгakkab jaryon bo'lib, unda deyarii koгxonaning baгcha taAibiy bo'linшalaгi ishtirok etadi. Shuning uchun ham bu ishni tashkil qilish bo'yicha korconada loqal hujjat (nizom, yo'riqnoma va h.k) ishlab chiqiladi.

Ushbu hujjatda quyidagilar nazarda tutilishi maqsadga muvofiqdir;

- shartnomani tuzish, o'zgartirish va bekoг qilish bilan bog'liq hujjatlaming taгkibiy bo'linmalar (tegishli mutaxassislaráan) o'tish taгtibi va muddatlari;

- shartnomani rasmiylashtirish uchun mas'ul bo'lgan tegishli taгkibiy bo'linшalaг, mansabdoг shaxsto va mutaxassislaг vazifalaгini taqsimlash;

- shartnomani rasmiylashtirish uchun mas'ul bo'lgan tegishli ta^ibiy bo'linmala^ mansabdoг shaxsto va mutaxassislaг vazifalaгini taqsimlash;

- shartnoma loyihalarini ishlab chiqish tartibi, shuningdek shartnoma shartlarini tegishli bo'linma va xizmat^ bilan kelishish tartibi;

- shartnomalami tuzish, o'zgaгtiгish va be^ qilish jaгayonida vujudga kelgan kelishmovchiliklami kontгagentlaг bilan hal qilish bo'yicha bo'linma, xizmat^ va mansabdor shaxslarning vazifalari;

- shartnomalar va boshqa shartnomaviy hujjatlarni hisobga olish va saqash tartibi;

- shartnoma bajarilishini ta'minlash maqsadida korcona taгkibiy bo'linшalariga shartnoma shartlarini yetkazish tartibi;

- shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish tartibi;

- shartnomaviy ishlar tahlili va uni mukammallashtirish bo'yicha ta^dif^ kiritish tartibi;

-shartnoma intizomini mustahkamlash maqsadida korxona majburiyatlarining buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash bilan bog'liq talabnomalar va da'vo arizalarini taqdim qilish (ko'rib chiqish) uchun materiallarni yig'ish tartibi;

- talabnomalar, da'vo arizalari va ularga javoblarni (fikrnomalarni) tayyorlash tartibi;

- ushbu materiallarni qayd qilish va saqlash tartibi;

- korxona va kontragentlar talabnomalari va da'vo arizalarini ko'rib chiqilishi, shuningdek xo'jalik sudlari qarorlari bajarilishi ustidan nazorat -qilish;

- talabnoma-da'vo ishlari, shuningdek talabnoma-da'vo ishlarini tashkil qilishning boshqa masalalarini tahlil qilish.

Bu vazifalarni amalga oshirishda xo'jalik yurituvchi subyektlarda faoliyat ko'rsatayotgan yuridik xizmatning o'ziga xos o'rni bor.

Xo'jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati:

- xo'jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o'zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini, shuningdek talabnoma bildirish va uni ko'rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

- shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da'vo ishlarini olib boradi;

- xo'jalik shartnomalari bajarilishi ustidan o'zaro tekshiruvlar o'tkazilishini nazorat qiladi;

- xo'jalik yurituvchi subyekt rahbariga imzolash uchun taqdim etilayotgan xo'jalik shartnomalari loyihalarining va ular bilan bog'liq huquqiy tusdagi boshqa hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshiradi;

- tayyorlangan xo'jalik shartnomasi va u bilan bog'liq huquqiy tusdagi boshqa hujjat loyihasi qonun hujjatlari talablariga mos emasligi aniqlangan taqdirda, o'z e'tirozini asoslagan holda uni qo'shimcha ravishda ishlab chiqish uchun qaytaradi;

- shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi.

Yuridik xizmat xodimlari tomonidan olib boriladigan talabnoma ishlari o'z ichiga quyidagilarni oladi:

a) talabnomani rasmiylashtirish uchun kerakli bo'lgan ma'lumot va hujjatlarni yig'ish, talabnoma matnini yozish va uni rasmiylashtirish hamda tegishli xo'jalik yurituvchi subyektlarga yuborish;

b) xo'jalikka kelib tushgan talabnomalarni ko'rib chiqish, ular bo'yicha kerakli hujjatlarni o'rganib, talabnomani to'liq yoki qisman qanoatlantirish yoxud rad etish haqida xulosa berish va javobni rasmiylashtirib, uni jo'natish;

c) yuborilgan va kelib tushgan talabnomalar to'g'risidagi ma'lumotlarni umumlashtirib, ularni tahlil qilib, ishlab chiqarish, xo'jalik, moliya, hisob-kitob, mehnat intizomlarini buzilishi kabi holatlarning oldini olish bo'yicha takliflar kiritish va chora-tadbirlar belgilash.

Talabnoma ishlari boshqa tarkibiy bo'linmalar (buxgalteriya, moliya, ta'minot, mahsulotlarni realizatsiya qilish va hokazo) tomonidan olib borilganda yuridik xizmat xodimlari talabnoma ishlariga quyidagicha rahbarlik qiladilar:

Da'vo ishlarini olib borish quyidagilarni o'z ichiga oladi: da'vo arizasi va unga ilova qilinadigan hujjatlarni tayyorlash va ularni xo'jalik sudiga taqdim qilish;

-korxonaga da'vo arizasining nusxasi tushganda u haqda yozma fikr bildirib, uni tegishli xo'jalik sudiga va da'vogarga yuborish;

-korxona vakili sifatida sud majlisida ishtirok etish, ish yuzasidan so'zga chiqish;

-hal qiluv qarori, qaror yoki ajrimning qonuniy va asosliligini tekshirish to'g'risida apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlarini, nazorat tartibida protest keltirish huquqiga ega bo'lgan mansabdor shaxslarga arizalarni tayyorlash va tegishli xo'jalik sudiga, mansabdor shaxslarga yuborish;

-korxona foydasiga chiqarilgan hal qiluv qarorining ijrosini nazorat qilish va uni tezroq bajarilishi uchun barcha qonuniy choralarni ko'rish.

Yuridik xizmat xodimining ishda ishtirok etuvchi taraflarning (da'vogar yoki javobgarning) vakili sifatidagi huquqlari va majburiyatlari Xo'jalik protsessual kodeksining 35 va 52 - moddalarida belgilab qo'yilgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat:

-ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko'chirmalar olish, nusha ko'chirish; -rad qilish to'g'risida arz qilish;

-dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish; -savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish; -xo'jalik sudiga og'zaki va yozma tushuntirishlar berish; -ishni ko'rish davomida tug'iladigan barcha masalalar bo'yicha o'z vajlarini, xulosalarini taqdim qilish;

-ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlariga e'tiroz bildirish;

-sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish va Kodeksda ularga berilgan boshqa protsessual huquqlar.

Yuridik shaxs tashkil qilmasdan faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlar ham korxonalarda kam bo'lmagan darajada yuridik xizmat yordamiga muhtojlar. Xo'sh, ularga bunday yordamni kim ko'rsatadi O'zbekiston Respublikasining "Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida"gi Qonunida belgilanganidek, ularga shartnoma asosida jalb etiladigan advokatlar huquqiy xizmat ko'rsatishi mumkin. Tadbirkorlar advokatlar (advokatlik firmalari va byurolari) bilan huquqiy yordam olishning hajmi, muddatlari va mazmuniga qarab, quyidagi shakllardagi shartnomalarni tuzishlari mumkin:

a) axborot-huquqiy xizmat ko'rsatish shartnomasi;

b) alohida topshiriqlar bo'yicha yuridik xizmat ko'rsatish;

c) barcha masalalar bo'yicha huquqiy xizmat ko'rsatish. Axborot-huquqiy xizmat ko'rsatish shartnomasi bo'yicha advokatlar

tadbirkorlarni amaldagi qonun hujjatlari bilan tanishtiradilar va ularni amalda tug'ri qo'llash bo'yicha maslahatlar beradilar. Bunday shartnoma ma'lum bir muddatga (masalan, bir yilga) yoki bir marta axborot olish uchun tuzilishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Shodmonov F. Kontraktatsiya shartnomasini buzganlik uchun javobgarlik //Xo'jalik va huquq, 1999 - №8, 9;

2. Tursunov Y. Tadbirkorlik va mehnat qonunchiligi. - T.: Adolat, 2002 (Tadbirkor huquqiy kutubxonasi), 16-son;

3. Usmonaliev M., Tohirov F. Tadbirkorlik huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik. - T.: Adolat, 2001 (Tadbirkor huquqiy kutubxonasi), 14-son;

4. Shoraxmetov Sh. Xo'jalik protsessida boshqa shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi shaxslar //Xo'jalik va huquq, 2001 - №5;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.