Научная статья на тему 'BIR GURUH SHAXSLAR TOMONIDAN AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB SODIR ETILGAN FIRIBGARLIK VA O‘G‘RILIK JINOYATLARINING SODIR ETISH USULLARI VA ULARNI TERGOV QILISHGA OID AYRIM MULOHAZALAR'

BIR GURUH SHAXSLAR TOMONIDAN AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB SODIR ETILGAN FIRIBGARLIK VA O‘G‘RILIK JINOYATLARINING SODIR ETISH USULLARI VA ULARNI TERGOV QILISHGA OID AYRIM MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
13
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Bir guruh shaxslar / axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar / transmilliy jinoyat / kiberfiribgarlik / kibero‘g‘rilik / tranzaksiyalar / e’lektron dalillarni ko‘zdan kechirish / Group of persons / crimes in the field of information technology / transnational crime / cyber fraud / cyber theft / transactions / verification of electronic evidence.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Jabbarov Zokirjon Qodirjonovich, Qushboqov Shoxrux Xasan O‘g‘li

Mualliflar mazkur maqolada bir guruh shaxslar tomonidan axborot texnologiyalardan foydalanib sodir etilgan firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etish usullari va ularning aniqlashda yuzaga kelayotgan muammolar, dalillarni to‘plash va tergov harakatlarini olib borishga oid ayrim fikr-mulohazalarni huquqshunos olimlarning fikrlari, maxsus adabiyotlarda keltirilgan tushunchalar asosida tahlil qilishga harakat qilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF COMMITTING CRIMES OF FRAUD AND THEFT COMMITTED BY A GROUP OF INDIVIDUALS USING INFORMATION TECHNOLOGY, AND SOME CONSIDERATIONS FOR THEIR INVESTIGATION

In this article, the author tries to analyze methods of fraud and theft, crimes committed by a group of people using information technology, and the problems that arise when disclosing them, some opinions on collecting evidence and conducting investigations, based on the opinions of lawyers. scientists and specialized literature have done.

Текст научной работы на тему «BIR GURUH SHAXSLAR TOMONIDAN AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB SODIR ETILGAN FIRIBGARLIK VA O‘G‘RILIK JINOYATLARINING SODIR ETISH USULLARI VA ULARNI TERGOV QILISHGA OID AYRIM MULOHAZALAR»

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

/

• ',«>. k

mm

f A à

Sr ( \ f fe

Iff f %g

law, FINANCE AND APPLIED SCIENCES

. „,„„..««' I»»""""

ARTICLE INFO

METHODS OF COMMITTING CRIMES OF FRAUD AND THEFT COMMITTED BY A GROUP OF INDIVIDUALS USING INFORMATION TECHNOLOGY, AND SOME CONSIDERATIONS FOR THEIR INVESTIGATION

Jabbarov Zokirjon Qodirjonovich

Senior lecturer, doctor of philosophy in legal Sciences, Associate Professor, Lieutenant Colonel of the Department of investigative activities of the Academy of the Republic of Uzbekistan Qushboqov Shoxrux Xasan o'g'li Senior lecturer, captain, Department of Administrative Law, University of the Republic of Uzbekistan https://doi.org/10.5281/zenodo.11221434

ABSTRACT

Received: 12th May 2024 Accepted: 19th May 2024 Online: 20th May 2024 KEYWORDS

Group of persons, crimes in the field of information technology, transnational crime, cyber fraud, cyber theft, transactions, verification of electronic evidence.

In this article, the author tries to analyze methods of fraud and theft, crimes committed by a group of people using information technology, and the problems that arise when disclosing them, some opinions on collecting evidence and conducting investigations, based on the opinions of lawyers. scientists and specialized literature have done.

BIR GURUH SHAXSLAR TOMONIDAN AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB SODIR ETILGAN FIRIBGARLIK VA O'G'RILIK JINOYATLARINING SODIR ETISH USULLARI VA ULARNI TERGOV QILISHGA

OID AYRIM MULOHAZALAR Jabbarov Zokirjon Qodirjonovich O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Tergov faoliyati kafedrasi katta o'qituvchisi, yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent, podpolkovnik Qushboqov Shoxrux Xasan o'g'li O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Ma'muriy huquq kafedrasi katta o'qituvchisi,

kapitan

https://doi.org/10.5281/zenodo.11221434

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 12th May 2024 Accepted: 19th May 2024 Online: 20th May 2024

KEYWORDS

Mualliflar mazkur maqolada bir guruh shaxslar tomonidan axborot texnologiyalardan foydalanib sodir etilgan firibgarlik va o'g'rilik jinoyatlarini sodir etish

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

usullari va ularning aniqlashda yuzaga kelayotgan muammolar, dalillarni to'plash va tergov harakatlarini olib borishga oid ayrim fikr-mulohazalarni huquqshunos olimlarning fikrlari, maxsus adabiyotlarda keltirilgan tushunchalar asosida tahlil qilishga harakat qilgan.

Hozirgi kunda dunyoda kibertahdidlarning transchegaraviy xavfi kun sayin ortib bormoqda. Ayniqsa, kiberjinoyatlarning mintaqaviy va xalqaro ahamiyati, ular keltirayotgan zararlarning ko'lami kengayib bormoqda. Xususan, bir guruh shaxslar tomonidan axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib sodir etilgan firibgarlik va o'g'rilik jinoyatlariga qarshi kurash, ularni tergov qilish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, "Iqtisodiy jinoyatchilik hamda kibermakonda yoki axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlarni tergov qilish bo'yicha faoliyatning metodik ta'minotini takomillashtirish muhimdir"1.

O'zbekiston Respublikasining Yangi Konstitutsiyasining 31-moddasida "Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo'lish, o'z sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega. Har kim yozishmalari, telefon orqali so'zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega" ekanligi mustahkamlangan.

Kiberfiribgarlik va kibero'g'rilik jinoyatini sodir etgan shaxslar davlat, jamiyat, yuridik va jismoniy shaxslarning iqtisodiy huquq va manfaatlariga turli darajada zarar yetkazish yoki zarar yetkazish ijtimoiy xavfini keltirib chiqarmoqda.

Mamlakatimizda kiberjinoyatlarning asosiy ko'rinishlari hisoblangan kibero'g'rilik va kiberfiribgarlik jinoyatlariga qarshi kurash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bir qator qonunlar, farmon va qarorlar qabul qilinib, ular asosida davlat organlari tomonidan talaygina chora-tadbirlar ko'rib borilmoqda. Birgina e'tiborli tomoni, "Kiberxavfsizlik to'g'risida"gi qonunda "Kiberjinoyatchilik — axborotni egallash, uni o'zgartirish, yo'q qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta'minot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig'indisi"2 deb tushuncha berilgan. Mazkur qonunda kiberjinoyatlarni oldini olish va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari ham nazarda tutilgan.

Mamlakatimizda so'ngi yillarda barcha sohalarni jadal raqamlashish va elektron raqamli hujjatlarni joriy etish sharoitida axborot xavfsizligiga tahdidlar salmog'i ortib, kiberjinoyatlarning yangi ko'rinishdagi shakl va usullari kengayib bormoqda. Ayniqsa, axborot texnologiyalardan foydalangan holda sodir etilayotgan kibero'rilik va firibgarlik jinoyatlari kun sayin ortib bormoqda. Xususan, statistik ma'lumotlarga ko'ra mamlakatimizda 2023 yil 12 oyi davomida sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 14,7 foizi (13033 ta) firibgarlik, 10,9 foizi (9734

1 https://president.uz/uz/lists/view/5397 p.eKTpoH MaHÖara Mypo^aT KH.HHraH BaKT: 15.05.2024)

2 Y30eKHCTOH Pecnyö.HKacHHHHr 2022 HH. 15 anpe.garu "KHÖepxaB^CH3.HK TyrpHCHga"™ YP^-764-COH ^OHyHH.

Bir guruh shaxslar, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar, transmilliy jinoyat, kiberfiribgarlik, kibero'g'rilik, tranzaksiyalar, e'lektron

dalillarni ko'zdan kechirish.

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

ta) o'g'rilik jinoyati hissasiga to'g'ri keladi. Ular orasda, bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan moliya va bank-kredit sohasidagi kiberjinoyatlar, kiberfiribgarlik va kibero'g'rilik jinoyatlarining soni ko'payib borayotganligini kuzatish mumkin. Ular asosan, jahon Internet tarmog'ida sodir etilayotganligi, aksariyat holatlarda ushbu tizimda dalillarni aniqlash va olishning qiyinligini kuzatish mumkin. Shuningdek, kiberfiribgarlik va kibero'g'rilik jinoyatlarini sodir etish joyi va usulini aniqlash murakkabligi, dalillarni to'plash, tekshirish va baholash bo'yicha zamonaviy texnik vositalarning yetarli emasligi, huquqiy va tenik bilimga ega mutaxassislarning yetishmasligi kabi omillar ham uchramoqda. Jinoyatlar asosan bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilib, ularning jinoyat izlarini turli joylardan qidirish bilan bog'liq qiyinchiliklarni ham kuzatish mumkin. Ayrim holatlarda, dalillar jinoyat sodir etgan shaxslar tomonidan yo'q qilinganida, mazkur dalillarni tiklashda tegishli ijtimoiy tarmoqlardan dalillarni olishda yuzaga kelayotgan vaziyatlar ham talaygina. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarning aksariyati xorijiy davlatlar hududida joylashganligi sababli mazkur tarmoqlarga so'rovnomalar yuborish va ulardan javoblar olish surishtiruv va tergov organlari uchun turli qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda.

Ayniqsa, kiberfiribgarlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali jinoiy xatti-harakatlari va turli yolg'on xabarlar orqali, sodda va ishonuvchan fuqarolarni aldab, ularni mulklarini talon-toroj qilish holatlari kun sayin ko'payib bormoqda. Bu esa, o'z navbatida ichki ishlar organlarining kiberfiribgarlik va kibero'g'rilik jinoyatlarini o'z vaqtida aniqlash, fosh etish va tergov harakatlarini olib borish faoliyatini takomillashtirishni taqazo etmoqda. Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, bu kabi kiberjinoyatlarga qarshi kurashda, ko'plab davlatlar o'rtasida o'zaro hamkorlikni keng doirada yo'lga qo'yish, inson huquq va erkinliklarini o'z vaqtida ta'minlash kechiktirib bo'lmas vazifalardan biri hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda kiberfiribgarlik va kibero'g'rilik jinoyatini sodir etayotgan shaxslar o'zlarining jinoiy xatti-harakatlarini yashirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Ayniqsa ushbu jinoyatlarga tayyorgarlik ko'rish vaqtida va jinoyat sodir etish vaqtida o'zlarining nomiga ochilgan bank plastik kartalardan foydalanib emas, balki boshqa begona fuqarolar (uchinchi shaxslar)ning nomiga rasmiylashtirib olingan "Uzkart" yoki "Xumo" bank plastik kartalardan yoxud "Kivikashilok" hamyonlaridan foydalanish holati ko'paygan. Yana shuni qayd etish kerakki, jinoyatchilar asosan o'zga shaxsning nomiga rasmiylashtirilgan "Simkarta"lardan foydalangan holda kiberfiribgarlik yoki kibero'g'rilik jinoyatlarini sodir etish usulidan ko'proq foydalanmoqda.

Hozirda birinchi galda tushunib olishimiz kerakki, jahon internet tarmog'i orqali bank plastik kartalaridan pul yechib olish va pul o'tkazmalarini amalga oshirish bilan bog'liq holda sodir etilayotgan kibero'g'rilik jinoyatining kiberfiribgarlik jinoyatini sodir etish usullariga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Mazkur jinoyatlarning farqli jihatlaridan biri shundaki, kibero'g'rilik jinoyatini sodir etgan shaxslar asosan jabrlanuvchining bank plastik kartalari va ularning maxfiyligi to'g'risidagi ma'lumotlarni jabrlanuvchi shaxslarning o'zlaridan axborot tarmoqlari orqali aldov yo'li bilan oladi, so'ng mazkur plastik kartalarning ichida mavjud bo'lgan pul mablag'larini yashirin ravishda talon-toroj qiladi. Bank plastik kartalaridan pul o'tkazmalari bilan bog'liq sodir etilayotgan kiberfiribgarlik jinoyatlari esa, axborot texnologiyalari tarmoqlari orqali jabrlanuvchi shaxslarning aldov yoki ishonchini suiiste'mol qilish yo'li ularning bank plastik kartalarida mavjud bo'lgan pul mablag'larini o'zlari foydalanib

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

kelayotgan bank plastik kartalariga pul mablag'larini o'tkazib olish orqali, ularning pul mablag'larini talon-toroj qiladi. Masalan, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi R. va K.lar jinoyat sodir etish uchun umumiy til biriktirib "Telegram" ijtimoiy tarmog'ida "Ishga marhamat" nomli guruh ochib, o'zlarining akkaunti (shaxsi va telefon raqami ko'rsatilmagan guruh)ni oshkora qilmagan holda, ushbu guruhda quyidagi so'zlar bilan sodda va ishonuvchan jabrlanuvchilarning aldab, ularning ishonchiga kirgan. Ya'ni, ushbu "Ishga marhamat" telegram guruhida "Bizda o'nta ish o'rni mavjud, tez ishga joylashib qoling, marhamat!!!. Oylik maoshi 7.000.000 so'mdan 10.000.000 so'mgacha. Ish o'rinlari cheklangan, hozirda beshta ish o'rni qoldi" deb soxta tashkilot rasmlarini tashlab, fuqarolarni aldab yozadi, mazkur guruhga qo'shilgan sodda va ishonuvchan ishga muhtoj shaxslar ishga joylashib olish maqsadida, mazkur telegram ijtimoiy guruhiga "Men ishga joylashmoqchiman, nima qilishim kerak? deb yozganida, jinoyat sodir etayotgan shaxs "Pasportingizni elektron nusxasini bizga tashlab bering, deb yozadi". Jabrlanuvchi shaxs mazkur guruhga pasporti nusxasini tashlaydi, shundan so'ng jinoyat sodir etayotgan shaxs "Siz ishga qabul qilindingiz, tabriklaymiz!!! va endi bizda ishlash uchun uch kunlik o'qishimiz mavjud, siz faqat o'qish uchun 650.000 so'm to'lashingiz lozim bo'ladi", deb yozadi. Shunda jabrlanuvchi "Ho'p qaysi karta raqamiga pul tashlay" deb so'rab yozadi, shu vaqtda jinoyatchi shaxs birovdan sotib olgan va birovning nomiga ochilgan, hozirda undan o'z manfaatlari yo'lida foydalanib kelayotgan bank plastik kartasi raqamini yozib jo'natadi va ushbu raqamga pul tashlang" deb yozadi. Shu chog'da sodda va ishonuvchan jabrlanuvchi, ushbu bank plastik kartasiga aytilgan pul summasini tashlaydi. So'ng jinoyatchi, jinoiy

xatti-harakatlarini davom ettirib, ushbu guruhga "Siz "Onlayn" shaklida o'qishga kirdingiz, bizda o'qishga qabul qilingan vaqtdan boshlab ishga qabul qilingan hisoblanadi, sizga oylik maoshi yozila boshladi, endi sizning nomingizga yangi plastik karta ochaylikmi yoki o'z nomingizda ochilgan bank plastik kartasi mavjudmi", deb so'rab yozadi, ushbu so'rovga javobar javoban jabrlanuvchilarning aksariyati "Meni nomimda bank plastik kartam bor, uni rasmga olib sizga tashlamoqdaman" deb yozib, o'z nomidagi "Uzkart" yoki "Xumo" bank plastik kartasini rasmga olib guruhga tashlash holati ko'plab kuzatilmoqda. Shundan so'ng, jinoyat sodir etayotgan shaxs guruhga "Siz ishga qabul qilindingiz, tabriklaymiz!!!, Sizga oylik maoshi tushadigan bank plastik kartasini tarmoqqa ulash uchun, hozir sizning telefoningizga "SMS" xabar kodi boradi, mazkur kodni bizga yozib yuboring deb" yolg'on xabar yuboradi. Shunda jabrlanuvchi maxsus kodni yozib yuboradi. So'ng jinoyat sodir etayotgan shaxs o'zining telefon aloqa vositasidan "Kilik" yoki "Paymi" tizimi orqali jabrlanuvchining bank plastik kartasini raqami va kodini kiritish orqali jabrlanuvchining bank plastik kartasini o'ziga bog'lab, ulanib oladi va mazkur kartaning ichida bo'lgan pul mablag'larini yashirin ravishda talon-toroj qiladi.

Mazkur bank plastik kartalaridan foydalanib sodir etilayotgan kiberfiribgarlik va kibero'g'rilik jinoyatlarni kun sayin ortib borishining asosiy sababi, jinoyat sodir etayotgan shaxslarning o'ta mug'ombirligi, shu bilan bir qatorda sodda va ishonuvchan jabrlanuvchilarning beparvoligi ham sabab bo'lmoqda.

Hozirgi kunda Toshkent shahari hududida sodir etilayotgan umumiy jinoyatlarning deyarli yigirma besh foizi kiberjinoyatlar hissasiga to'g'ri keladi. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kiberfiribgarlik va kibero'g'rilik jinoyatlarni aniqlash, fosh etish va ular yuzasidan tergov harakatlarini olib borish bo'yicha muhim chora-tadbirlar o'z vaqtida amalga

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

oshirilmoqda. Xususan, jabrlanuvchi fuqarolarning murojaatlari asosan axborot texnologiyalardan foydalanib sodir etilgan firibgarlik (JK 168-m.), o'g'rilik (JK 169-m.), pul mablag'larini va boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat (JK 1881-m.) bilan bog'liq jinoyatlar yuzasidan bo'lib, ularning arizalari kun sayin ko'payib borishiga qaramasdan, jinoyatlarni o'z vaqtida fosh etish choralari ko'rib borilmoqda. Masalan, Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro B. ariza bilan murojaat qilib, arizasida o'ziga tegishli bo'lgan "Humo" bank kartasida bo'lgan jami 51.810.750 so'm miqdoridagi pullar noma'lum shaxslar tomonidan yechib olinganligi bo'yicha ariza bilan murojaat qilgan. Mazkur holat yuzasidan noma'lum shaxsga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi

3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Mazkur qo'zg'atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilib, bank siri bilan bog'liq ma'lumotlarni olish to'g'risidagi qaror asosida, jabrlanuvchi B nomiga "Mikrokreditbank" AT bankidan olingan plastik karta hisobidagi 2024 yil 1 yanvar kunidan 1 mart kuniga qadar bo'lgan pul aylanmalarining ko'chirmalari, ushbu vaqt oralig'ida pul mablag'larini qabul qilgan hisob raqam egalari (jismoniy va yuridik shaxslar) to'g'risida, pul o'tkazmalarni qabul qilgan shaxslar, texnik qurilmalar to'g'risida va "LOG" fayllar hamda kredit shartnomalari to'g'risidagi ma'lumotlari to'plangan.

To'plangan daliliy ma'lumotlarga asosan jabrlanuvchi B. ning bank kartasidan pullarini o'g'irlagan shaxslar A. va D.lar ekanligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan voqea joyini (kompyuter va telefon qurilmalarini tekshirish) ko'zdan kechirish, tintuv va olib qo'yish, kompyuter sud ekspertizasi, shuningdek gumon qilinuvchi shaxslar va guvohlar bilan olib borilgan so'roq qilish, yuzlashtirish hamda tergov eksperimenti kabi tergov harakatlari natijalariga ko'ra to'plangan dalillar tekshirilgan. Mazkur sodir etilgan jinoyat yuzasidan gumon qilinuvchi A. va D.lar jinoyat sodir etganligi o'z tasdig'ini topganligi sababli, ularga nisbatan tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi ikkinchi qismi "v" bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib) hamda uchinchi qismi "b" bandi (kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib) bo'yicha ayb e'lon qilingan.

Shuni ham qayd etishimiz kerakki, mamlakatimizda hozirgi kunda, jahon Internet tarmog'i orqali sodir etilayotgan kiberfiribgarlik va kibero'g'rilik jinoyatlari mamlakatimiz, jamiyat va fuqarolarimizning iqtisodiy xavfsizligiga katta xavf solmoqda. Jahon Internet tarmog'i orqali sodir etilayotgan jinoyatlarning aksariyati chet el fuqarolari bilan mamlakatimiz fuqarolarining o'zaro bir guruh bo'lib yoki uyushgan guruhga birlashgan holda sodir etilib, ularning ijtimoiy xavflilik darajasi ortib bormoqda. Ayniqsa, bir guruh shaxslar tomonidan kiberfiribgarlik jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik ko'rish va uni sodir etish usullari murakkab tus olib bormoqda. Masalan, Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro P.ning (jinoyat tashkilotchisi) va ko'rsatmalari asosida, uning turmush o'rtog'i E. (dalolatchi) bir guruh shaxslarni moddiy manfaat evaziga qiziqtirishi natijasida Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolari A., R., N., E., V., G, R, L, Ye., Ya., va Yo.lar(yordamchi)ning nomiga bank plastik kartalar va elektron hamyon rasmiylashtirilgan. So'ng, barcha olingan bank plastik kartlar va elektron hamyonlar moddiy manfaatdorlik evaziga Ukraina Respublikasi fuqarosi A. Gushinga sotilgan. Jinoyatni bevosita qisman birga bajaruvchilar Ukraina fuqarosi A. Gushin va mamlakatimiz fuqarolari P. va E.lar o'zganing mulkini firibgarlik bilan qo'lga kiritish maqsadida, bir guruhga

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

birlashib, fuqarolarga birja orqali pul ishlab topishni o'rgatib, shunda birjaga kiritgan pullarini ko'paytirib, qaytarib olishlarini taklif qilgan. Fuqarolar jami 63.365 AQSh dollar pullarni o'tkazib berib, ushbu pul mablag'larni yuqoridagi shaxslar qo'lga kiritib, aloqalarni uzgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida bank siri bilan bog'liq ma'lumotlarni olish to'g'risidagi qaror asosida, jabrlanuvchi Z. va gumon qilinuvchilar P., E., R., N., E., V., G, R, L, Ye., Ya., Yo.larning nomlariga rasmiylashtirilgan plastik karta hisobidagi 2023 yil 1 maydan 1 sentyabr kuniga qadar bo'lgan pul aylanmalarining ko'chirmalari, ushbu vaqt oralig'ida pul mablag'larini qabul qilgan hisob raqam egalari (jismoniy va yuridik shaxslar) to'g'risida, pul o'tkazmalarni qabul qilgani, texnik qurilmalar to'g'risida va "LOG" fayllar O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish bosh markazi» davlat unitar korxonasi Milliy banklararo protsessing markazi va Yagona umum respublikasi protsessing markazi hamda pul o'tkazmalarni amalga oshiruvchi to'lov tashkilotlari ("Click", "Oson" va boshqalar)dan maxsus tizimida amalga oshirilgan tranzaksiyalar to'g'risida ma'lumotlar olingan. Bank tizimida amalga oshirilgan tranzaksiya ma'lumotlariga ko'ra bir qancha jinoyatdan jabrlangan shaxslarning pul mablag' o'tkazmalari to'g'risidagi ma'lumotlar o'z tasdig'ini topgan. Masalan, P2P, PEYMI va boshqalar.

So'roq qilish va boshqa tergov harakatlarini o'tkazish jarayonida, Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar P. va E.larning plastik kartalaridan Ukraina Respublikasi fuqarosi A. Gushinga pul o'tkazmalar amalga oshirilganligi va ular o'rtasida telefon muloqotlari va "Telegram" ijtimoiy tarmog'i orqali amalga oshirgan muloqotlar to'g'risida gumon qilinuvchi shaxslardan ma'lumotlar olingan. Shu bilan bir qatorda kiberfiribgarlik jinoyatini sodir etgan shaxslarni so'roq qilish jarayonida so'roq qilishning boshqa taktik usullarini qo'llab ham zaruriy ma'lumotlarni olingan. Bu borada A.B.Sabirbaeva "kiberfiribgarlar o'zining aybini rad etgan taqdirda, IT sohasi va texnologiyalarida ko'nikmalari bor yo'qligi, uning alibisi (unga yangi texnologiyalar va IT-mutaxassislarni jalb qilgan holda, bank muassasalaridan olingan bank operatsiyalar to'g'risida ma'lumotlar, videokuzatuv kameralarining imkoniyatlaridan foydalangan holda har qanday jinoyatni ochishi mumkinligi to'g'risida ogohlantirish kerak" deb ta'kidlaydi. B.S.Madraximov, O.D.Allanazarov kabi olimlar esa, gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so'roq qilish jarayonida mantiqiy va shaxsga ijobiy ruhiy ta'sir o'tkazishga qaratilgan taktik usullar ijobiy natija berishini qayd etadi. Xususan, ruhiy ta'sir o'tkazish usullariga gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni tushuntirish, shaxsning ijobiy xususiyatlariga e'tibor qaratish va ularni e'tirof etish, jinoyat hodisasi va uning ishtirokchilari to'g'risida tergovchi ko'p ma'lumotlarga egaligi to'g'risida tasavvur paydo qilish, kutilmagan savollarni berish va buni unga qanday ta'sir etishini kuzatish, gumon qilinuvchi jinoyat ishtirokchilaridan birontasini yoqtirmasligidan foydalanish zarur. Mantiqiy usul - gumon qilinuvchini jinoyat sodir etgunga qadar, jinoyat sodir etayotgan paytidagi va keyingi harakatlarining tafsilotlari aniqlanadigan ko'rsatuvlarini batafsil tekshirish, gumon qilinuvchining ko'rsatuvlaridagi qarama-qarshiliklarni mantiqiy tahlil qilish, ilgari so'roq qilingan boshqa ishtirokchilar ko'rsatuvlari bilan qarama-qarshi bo'lgan holatlarni qisman yoki to'la tekshirish hamda dalillarni taqdim etish muhimligini qayd etiladi.

So'roq jarayonida yana bir masalaga e'tibor qaratishimiz zarurki, mazkur kiberfiribgarlik jinoyatni sodir etishni tashkilotchisi, dalolatchisi, yordamchisi, eng asosiysi jinoyatni bevosita to'la bir shaxs o'zi bajarganmi, yoki bir qancha shaxslar jinoyatni bevosita ma'lum bir

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

qismlarini umumiy qasd bilan bajarganmi degan savollarga aniq javob, topish orqali jinoyatning har bir ishtirokchisini aybini aniq isbotlashga qaratilgan dalillar to'planishi, tekshirilishi va ishtirokchilarning har birini yMyMHH aybini isbotlovchi dalillar majmuiga e'tibor qaratilishi mumimdir.

Shu o'rinda qayd etishimiz kerakki, Ukraina Respublikasi fuqarosi A.Gum,in jinoyat sodir etganligi to'g'risida so'roq jarayonida ko'rsatmalar olinishi mumkin, ammo Ukraina Respublikasi fuqarosi A.Gum,in tomonidan bank plastik kartalariga oid ma'lumotlar va ularning tranzaksyalari to'g'risida ma'lumotlarni olish uchun, xalqaro ahamiyatga ega SWIFTdan bank siri bilan bog'liq ma'lumotlarni olish bo'yicha so'rovnoma yuborilib, ulardan tegishli ma'lumotlar olish maqsadida xatlar yuborilishi talab etiladi. Bir qancha davlatlar o'rtasida sodir etilayotgan kiberjinoyatlarni aniqlash va fosh etishda Butunjahon Banklararo Moliyaviy Telekommunikatsiyalar Jamiyati bilan o'zaro hamkorlikda tergov harakatlari olib borilishi lozim bo'ladi.

SWIFT - dunyodagi eng yirik axborot uzatish tarmog'i bo'lgan noyob tizimi orqali moliyaviy xabarlarni (shu jumladan pul o'tkazmalarini) tezkor, xavfsiz va mutlaqo ishonchli uzatishni ta'minlovchi moliyaviy telekommunikatsiya sohasidagi yetakchi xalqaro tashkilotdir. Tizim o'z ishtirokchilarini tarmoqda ishlash uchun maxsus dasturiy ta'minot bilan ta'minlaydi. Bugungi kunda, mazkur banklar bilan tergov organlarining bugungi kundagi o'zaro hamkorligini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, mazkur kiberfiribgarlik jinoyatlarini tergov qilishda, to'plangan raqamli dalillarni sinchkovlik bilan o'rganib chiqilishi talab etiladi. Shu o'rinda, raqamli dalillar deganda, tergov uchun ahamiyatli bo'lgan raqamli axborot tashuvchilaridan olinib, sinchkovlik bilan qayta ishlangan va tahlil qilingan hamda elektron qurilma tomonidan saqlanadigan, olingan va uzatilayotgan axborot va ma'lumotlar tushuniladi. Tergovchi kiberjinoyatlar yuzasidan o'tkaziladigan tergov harakatlari jarayonida raqamli dalillarni aniqlaganida, elektron qurilmalar va ularda mavjud bo'lgan ma'lumotlarni o'z vaqtida tekshirish va ularni qayd qilib olish orqali raqamli dalillarni olishi mumkin bo'ladi. Chunki, raqamli dalillar jahon internet ijtimoiy tarmog'i orqali chegaralarni tez va osonlik bilan kesib o'tadi, ular oson o'zgartirilishi, shikastlantirilishi, o'chirilishi hamda vaqt o'tishi bilan ta'sirchanlik natijasida yo'q bo'lib ketishi mumkin.

Mazkur sodir etilgan kiberfiribgarlik jinoyati yuzasidan gumon qilinuvchi shaxslarning aybini isbotlash maqsadida o'tkaziladigan tergov harakatlari jarayonida, kiberfiribgarlar foydalangan tarmoq uskunalarining o'zi ham raqamli (kompyuter-texnika) ekspertiza ob'ekti sifatida foydali dalil bo'lishi mumkin. Telefon va kompyuter qurilmalarining funksiyalari, imkoniyatlari va kompyuter tizimi bilan bog'liq har qanday aniqlovchi ma'lumotlar, komponentlar va birikmalar, internet protokoli (IP), kompyuter va qurilmalar bilan bog'liq mahalliy tarmoq (IAN) manzillari, keng eshittirishli uzatish sozlamalari, shuningdek multimediaga kirish kartasi (MAC) yoki tarmoq interfeysi kartasi (NIC) manzillaridan dalil sifatida foydalanish mumkin bo'lgan ma'lumotlarni aniqlashi mumkin.

Xulosa o'rnida shuni qayd etish kerakki, bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan kibero'g'rilik va kiberfiribgarlik jinoyatlari yuzasidan jinoyat sodir etgan shaxsni aniqlash uchun, u tomonidan sodir etilgan jinoyatning usuli, foydalangan telefon va kompyuter qurilmasining IP adresi, telefonda foydalanib yurgan SIM kartasi, nomlariga rasmiylashtirilgan

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

plastik karta hisobidagi pul aylanmalari, pul mablag'larini qabul qilgan hisob raqam egalari (jismoniy va yuridik shaxslar) to'g'risida, pul o'tkazmalarni qabul qilgan akkauntlarilar,"Click", "Paysm" yoki "Kivikashilok" foydalanuvchilarining tranzaksiyalari, texnik qurilmalar to'g'risida va "LOG" fayllar haqida ma'lumotlar to'planishi muhimdir. Shundan so'ng, jinoyat sodir etgan shaxslardan ashyoviy dalillarni olish, gumon qilinuvchi shaxslarni so'roq qilish, yuzlashtirish va boshqa tergov harakatlarini o'tkazish orqali jinoyat sodir etgan shaxslarning aybini isbotlash choralarini ko'rish muhimdir. Mazkur holatlarga yechim topish uchun yagona konsepsiya ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

References:

1. https://president.uz/uz/lists/view/5397 (Elektron manbaga murojat qilingan vaqt: 15.05.2024)

2. O'zbekiston Respublikasining 2022 yil 15 apreldagi "Kiberxavfsizlik to'g'risida"gi O'RQ-764-son Qonuni.

3. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.